Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная
лингвистика
и
лингводидактика
–
Foreign
Linguistics and Linguodidactics
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics
About Ahmad Muammoiy and his work
Dilnoza ESANOVA
National University of Uzbekistan named after Mirzo Ulugbek
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received July 2024
Received in revised form
10 August 2024
Accepted 25 August 2024
Available online
25 September 2024
This article explores the development of the muammo genre
in Uzbek literature across various historical periods, from
ancient times to the present day. Special attention is given to the
Turkish poet Ahmad al-Muammoiy and his work "Risalat al-
Muammo." The article analyzes different types of muammo,
poetic techniques, and symbolism used in this genre, as well as
its impact on the formation of literary tradition in Uzbekistan.
2181-3701
/©
2024 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol2-iss3
This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru
Keywords:
muammo,
Uzbek literature,
Ahmad al-Muammoiy,
genre,
poetic techniques,
historical evolution.
Ahmad Muammoiy va uning asari xususida
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
muammo,
o‘zbek adabiyoti,
Ahmad al-Muammoiy,
janr,
poetik usullar,
tarixiy evolyutsiya.
Maqolada o‘zbek adabiyotidagi muammo janrining tarixiy
rivojlanishi turli davrlar kesimida ko‘rib chiqiladi. Xususan,
turkiy shoir Ahmad al-Muammoiy va uning "Risolayi muammo"
asari tahlil qilinadi. Muallif muammo janrining turli shakllariga
izoh beradi va ushbu janrdagi murakkab poetik usullarni
yoritadi. Shuningdek, maqolada muammo janrining o‘zbek
adabiy an’analariga ta’siri va uning rivojlanishi tahlil qilinadi.
Об Ахмаде Муаммоий и его произведении
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
муаммо,
узбекская литература,
Ахмад аль
-
Муаммоий,
жанр,
В статье рассматривается развитие жанра муаммо в
узбекской
литературе
на
протяжении
различных
исторических периодов, начиная с древности и заканчивая
современностью.
Особое
внимание
уделяется
произведению турецкого поэта Ахмада аль
-
Муаммоий, его
1
Doctoral student, Uzbek Philology, National University of Uzbekistan named after Mirzo Ulugbek
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
3 (2024) / ISSN 2181-3701
230
поэтические приемы,
историческая эволюция
трактовке жанра и его основным теоретическим аспектам.
В статье анализируются виды муаммо и примеры их
использования, включая сложные поэтические приемы и
символику, а также влияние этого жанра на формирование
литературной традиции в Узбекистане.
Oʻzbek
adabiyotida muammo janrining tarixiy geneziyasi bir necha asosiy
bosqichlardan iborat.
1. Qadimiy davr: Oʻzbek adabiyotining dastlabki namunalari, masalan, “Alisher
Navoiy” asarlarida, insoniy muammolar va axloqiy masalalar ko‘tarilgan. Bu davrda
adabiyotda ijtimoiy adolat va axloqiy g‘oyalar muhim o‘rin tutgan.
2. Milliy uygʻonish davri (19
-asr oxiri
–
20-
asr boshlarida): Bu davrda Oʻzbek
adabiyoti milliy, ijtimoiy va madaniy muammolarni o‘rganishga qaratilgan. Abdulhamid
Cho’lpon va boshqa yozuvchilar xalqning haq
-
huquqlari, ta’lim va madaniyat masalalarini
yoritishga intildilar.
3. Sovet davri (1920-1991): Bu davrda muammo janri yangicha shakllandi. Inson
va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlar, ijtimoiy tenglik va adolat masalalari ko‘tarildi.
Yozuvchilar bu davrda siyosiy va ijtimoiy muammolarni o‘rganishga davom etdilar.
4. Mustaqillik davri (1991-
yildan hozirgacha): Mustaqil Oʻzbekistonda muammo
janri yangi, global muammolarni, madaniy identitet va tarixiy tajribalarni yoritishga
yo‘naltirildi. Zamonaviy yozuvchilar ijtimoiy va shaxsiy muammolarni yangi uslub va
shakllarda ifodalashga harakat qilmoqdalar.
Shunday qilib, Oʻzbek adabiyotida muammo janri tarixiy rivojlanish jarayonida
ijtimoiy va madaniy o‘zgarishlarga muvofiq shakllangan.Muammo janri, ko‘pincha
maqolalar, esse va hikoyalar shaklida, muhim ijtimoiy masalalarni, shuningdek, inson va
jamiyat o‘rtasidagi munosabatlarni, adabiy tanqidni o‘z ichiga oladi. Bu janrda Oʻzbekiston
adabiyotida Abdulhamid Cho’ lpon, Hamid Olimjon, va Ismoil Qutbiddin kabi yozuvchilar
muhim rol o‘ynadilar. Shu bilan birga, 1960
-70-yillarda muammo janri yana rivojlanib,
za
monaviy hayotning muammolarini, o‘zbek millatining identiteti va tarixiy tajribalarini
aks ettiruvchi asarlar yaratildi. Bugungi kunda ham bu janr o‘z ahamiyatini saqlab
qolmoqda, zamonaviy muammolar va globalizatsiya jarayonlari yuzasidan yangicha
qarashlarni talab etmoqda.
Muammo
–
arabcha a’mo
-
“ko‘zi ko‘r qilingan”, degan ma’noni anglatishi barchaga
ma’lum. Turkiyalik she’rshunos Ahmad al
-
Muammoiy o‘zining “Risolayi muammo” asarini
o‘z davridagi Rum elining askarlari qozisi bo‘lgan Axiyzoda Abdulhalim Afandining
topshiri
g‘i bilan yozganini shunday izohlaydi: “ammo bu asnoda ushbu da’vat
-chaqiriqning
hosil bo‘lishiga bois uldur, ki bu ta’lifning unvoni afzalul
-fuzaloi al- mutahayyiriyn, vorisi
ulumi Hazrat Sayyid -
al mursaliyn, manbai ziloli ulum va ma’orif, sarchashmai z
avorifi
avorif, nazm:
Muhiti ma’rifati bahri muruvvat,
Sipehri makramati xurshidi tal’at.
Sariri ilmu fazling jonishini,
Sharifi sadring bolonishini.
Muattar bo‘yi xulqi birla olam,
Nasimi anfosi jonbaxshi-la xushdam.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
3 (2024) / ISSN 2181-3701
231
Sadrul afozil, bahrul fazoil, mutajam’il
-
anvo’il funun al
- aqliya, hoviyi asnofil ulum
ush-
sha’ria van
-naqliya, AXIYZODA ABDULHALIM AFANDI, al-qoziy bil asokiril mansur fiy
Rum eli
”.
Aslida Ahmad Muammoyi bu janrga qiziqishini shunday ifodalaydi: “zakovat va
fatonat arboblarining zamiriga yashirin qolmasinkim, bu bekaslik va tanholik sahrosining
sargashtasi, faqir va haqir Ahmad Muammoyi bundan oldingi muammo risolalarini
ko‘pchiligiga ergashib, ba’zi vaqtlarda salim ta’bli va mustaqim zehnli do‘stlarimizga
ko‘rsatardik va ular bilan bahsu munozara qilardik. Ular mendan o‘z davrining
muammobayon shoirlaridan Amriy Chalabiyning zehnidan chiqqan lochinparvoz
muammolarni bir joyga yig‘ishni iltimos qildilar. Lekin bu ishga imkonim yo‘q edi, qo‘lim
kaltalik qilardi. Shunda bunga Qozi askar AXIYZODA ABDULHALIM AFANDI bosh
qo‘shdilar va qo‘llab
-
quvvatladilar, deydi. Ahmad Muammoyining “bekaslik va tanholik
sahrosining sargashtasi” jumlasidan uning oilasi bo‘lmagan, degan xulosa ham chiqarish
mumkin. U ulfat
–
do‘stlari bilan har joyda o‘tirishlarda muammo janridagi she’rlarni aytib
yurgan. Do‘stlari esa uning zehni o‘tkirligi uchun o‘zlaridan oldin o‘tgan Amriy
Chalabiyning muammolarini bir ye
rga yig‘ishini so‘rashgan. Lekin bunga moddiy mablag‘i
bo‘lmagan Shunda bu asarini o‘rtaga keltirishda unga moddiy ko‘makni Qozi askar
Axiyzoda bergan.
Muqaddimadan so‘ng Ahmad Muammoyi ushbu janriga tabiatiga izoh bergan:
“Muammo bir kalomedur, ki ramz va iymo tariqi
-la asmodin bir ism uzarina dalolat aylaya,
basharti on, ki tab’i salim va qalbi mustaqiym oning qabulindan ibo go‘starmaya (ibo
qilmasin, t
ortinmasin)”.
Keyin esa muallif muammolarning turlariga izoh beradi va dastlab ularning 4 ta
shaklini sanaydi:
1.Tahsiliy (hosil qilish bilan bog‘liq)
2. Takmiliy (komil qilish, to‘ldirish bilan bog‘liq)
3. Tas’hiliy (yengillashtirish bilan bog‘liq)
4. Tazyiliydur. (zoyil qilish, ya’ni oradan yo‘qotish bilan bog‘liq)
Muallifning yozishicha, “Tahsiliy muammo” moddaga xosdir. ya’niki uni anglash
uchun harf hosil qilinadi. “Takmiliy muammo” esa suratga mansub bo‘lib, hosil bo‘lgan
harflarning tartibi va takmiliga qarab chiqariladi. “Tashiliy muammo” bo‘lsa “modda va
sura
tdan biriga xos bo‘lmasdan, balki har birisining oson bo‘lishini ifoda qiladi. Yuqoridagi
uchta qismdan farqli o‘laroq, “tazliliy muammo” ismning tarkibida zarur bo‘lgan
amrlardan, ya’ni zoyil bo‘lish –
qisqarish orqali hosil bo‘ladi, ki ismdagi harflarnin
g illati,
tartibi natijasida hosil bo‘lmaydi, balki orizalar –
harakatlar asosida paydo bo‘ladi.
Jumladan, harakat, sukun, tashdid, tahfif va shunga o‘xshash amallarni bajarish orqali sodir
bo‘ladi. Demak, avvalgi uchta muammo asosan mavjud ismdagi olish va qo‘yishlar usuli
bilan topilsa, keyingi bittasining topish usuli o‘zgachadir, ya’ni fatha, kasra, zer –
zabar,
sokin, tashdid singari amallar orqali hosil qilinadi.
Biroq, ba’zi forsiy manbalarda bu muammo amallari 3 qism ekani haqida ma’lumot
berilgan. Jumladan: “Va a’moli muammo se qism ast. Chi ba’zi ba jihati tahsili modda va
hurufi ism ast va onro a’moli tahsili go‘yand. (va muammo amallari uch qismdir, ki ba’zi
lari
ismdagi modda va harflarni hosil qilish orqali bajariladi va unga tahsiliy
–
hosil qiluvchi
amallar deb aytishadi). Va ba’zi bajihati takmili surat va tartibash va onro a’moli takmili
xonand. (va ba’zilari suratni va tartibni mukammallashtirish bilan bog‘liq bo‘lib, uni
takmiliy
–
komilu qiluvchi, to‘ldiruvchi amallar deb atashadi). Va ba’zi ba jihati tashili in
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
3 (2024) / ISSN 2181-3701
232
a’mol foyda va naf’i on har du qismro shomil ast va inro a’moli tashili nomand (Va ba’zilar
bu amallarning foyda va naf’lari har ikki qismga xos va to‘ldiruvchidir, ki buni tashili
amallar deb nomlashadi)
Ahmad al-
Muammoiy eslatilgan turlaridan osoni bo‘lgan “tashiliy muammo”ga
diqqat qaratib, uni paydo qiluvchi amallari ham 4 ta ekanini aytadi: “A’moli tashiliy do‘rt
(4) qismdur: Intiqod, tahlil, tarkib, tabdildur. Ammo intiqod bir lafzing (so‘zning) ba’
zi
ijrosina vujuhdin bar-vajh-la ishorat etmakdin iboratdur. Anda tasarruf sharti-la. Va agar
tasarruf juz’i avval kalimada voqe’ o‘lsa, kerakdur, ki fil
-jumla bidoyata (boshlanishiga)
dalolat aylayan alfoz ila juz’i mazkur mashoriun
-
ilayh intiqod voqe’ o‘
la. Masalan: Sar, toj,
afsar, ro‘y, bolo va avj kalimalari kabi. Va daxi bularning amsoli alfoz irod qilub, harfi avval
kalimayi iroda aylayurlar. Chunonchi, dar ismi BAHROM:
Charxa qilich cheksa ul Mirrix nom,
Besar o‘lur mehr
-la moh tamom.
(Agar charxga qilichini solsa ul Mirrix nom, Mehr
–
quyosh ham, Moh
–
oy ham
tamoman boshidan judo bo‘ladi)
Harfi avvali kalimai MEHR besar iborati-la mashoriun-
ilayh intiqodiy voqe’ o‘lub,
harfi BO-
ga tabdili qasd o‘linmishdur. Va MOHdin uslubi inxisori va tasmiya vasotini
-la
kalimai LOM iroda qilinib, aning daxi harfi avvali mashoriun-
ilayh intiqodiy o‘lub, d
arajai
e’tibordin suqut bo‘lmishdur”. Demak, ushbu muammoga ko‘ra
رهم
so‘zidagi “mim”ning
boshi kesilsa “be” shakli (kema shakli) qoladi, ya’ni mim”ning boshi –
nuqtasi kesilib,
pastga tushadi va “mim” (boshi kesilgan mimdan qolgan kema shaklining pastiga bosh –
nuqta tushadi) va “be”ga aylanadi. Bunda faqat “mim”ning so‘z
boshida kelgan shakli
nazarda tutiladi. (
م
-
ب
). Mohning uslub inxirosi
هام
,
ya’ni kesilishi: kamayishi bilan “om”
qoladi. Intiqod haqida forsiy manbada quyidagicha keladi: “Intiqod –
ishorat kardan ast ba
ba’ze hurufi kalima ba jihati navye tasarruf dar
-
o‘ ba
-
don nav’, ki “avval” va “naxustin” va
“rux” va “sar” va “toj” va “jayb” va “bolo” va “sofi” va “shu’la” va onchi dalolat kunad bar
hurufi avvali kalima go‘yand va harfi avvalro xohand”. Intiqod so‘zdagi ba’zi harflarning
tasarrufining turlariga ishor
adir. Ya’ni bunda “avval”, birinchi, yuzi, boshi, toji, cho‘ntagi,
sofi, shu’lasi kabi so‘zlar orqali ko‘pincha muayan so‘zning birinchi harflarini nazarda
tutadilar. Keyin mazkur manbada quyidagi muammo keltiriladi:
Dili moro chu xohi boz justash,
Z-
ohu dardu mehnat jo‘
- naxustash.
(Agar bizning ko‘nglimizni yana ham topmoqchi bo‘lsang, OHdan, darddan va
mehnatingni birinchi qismidan izla!)
Bu muammodan O + D + M, ya’ni Odam so‘zi chiqadi. Shu o‘rinda Alisher Navoiyning
“Farhod va Shirin” dostonidan bir misolni keltirishni lozim topdik:
Anga farzona Farhod ism qo‘ydi,
Hurufi ma’xazin besh qism qo‘ydi.
Firoqi rashku hajru oh ila dard,
Birar harf ibtidodin aylabon fard .
Ayni shu baytdagi muammo yuqoridagi tahsiliy muammoning birinchi qismi bo‘lgan
intiqod amali shakliga mansubdir. Bundagi ikkinchi baytning birinchi misralaridagi bosh
harflardan FARHOD ismi hosil bo‘ladi. Ayni shu ismni hosil qilishda Hazrat Navoiy mazkur
ismni boshqa usullarini ham qo‘llagan bo‘lib, bu haqda keyingi maqolalarda to‘xtalib
o‘tamiz.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
3 (2024) / ISSN 2181-3701
233
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.
Ahmad al-Muammoiy
“
Risolayi Muammo
”.
Istanbul, Sulaymoniya kutubxonasi
“Yazma Bagıslar”fondı .No_566
2.
Navoiyshunoslik, (darslik) Sh. Sirojiddinov, D. Yusupova,O. Davlatov.
“Tamaddun”
Toshkent 2018.
3.
Alisher Navoiy
. “
Xamsa
”. “
Yangi
asr avlodi”,2016