Авторы

  • Гавхарой Исраилжан кизи
    PhD, доцент, Андижанский государственный институт иностранных языков
  • Муслима Мухаммадова
    Студент, Андижанский государственный институт иностранных языков

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.foreign-linguistics.67622

Ключевые слова:

персонификация А. Кахор А. П. Чехов С. Мойем «Ужас» «Мальчики» «Гонолулу» художественное воображение ужас экзотическая среда

Аннотация

В данной научной работе изучается художественная интерпретация феномена персонификации на основе рассказов А. Каххара, А. П. Чехова и С. Моэма. Персонификация выступает как литературный инструмент, способствующий более глубокому пониманию изменений и их внутренней природы. В исследовании анализируется, как каждый из писателей использует персонификацию для освещения персонажей, окружающей среды и социальных проблем. В рассказе А. Каххара «Ужас» эмоции страха и ужаса передаются через образы природы. В рассказе А. П. Чехова «Мальчики» (Дети) окружающая среда оживает благодаря воображению и взаимодействию детей, что отражает мир подростков. Рассказ С. Моэма «Гонолулу» насыщен элементами экзотической природы с человеческими чертами, что вызывает у читателя различные эмоции.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная

лингвистика

и

лингводидактика

Foreign

Linguistics and Linguodidactics

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics

Interpretation of the phenomenon of personification based
on the stories By Abdulla Qahhor, Anton Pavlovich Chekhov
and Somerset Maugham

Gavkharoy ISROILJAN KIZI

1

, Muslima MUKHAMMADOVA

2

Andijan State Institute of Foreign Languages

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received August 2024
Received in revised form

10 September 2024

Accepted 25 September 2024

Available online

25 October 2024

This scientific work explores the artistic interpretation of

personification based on stories by A. Qahhor, A.P. Chekhov, and
S. Maugham. Personification, as a literary device, provides a

deeper understanding of transformations and their intrinsic

nature.

The research analyzes each writer's unique use of

personification to highlight characters, settings, and social

issues. In A. Qahhor's story "Horror," emotions of terror and fear

are personified through natural phenomena. In A.P. Chekhov's

story "Malchiki" (Children), the environment is animated
through the children's imagination and interactions, portraying

the adolescent world. S. Maugham's story "Honolulu" is enriched

with exotic natural elements given human traits, eliciting varied

emotional responses from the reader.

2181-3701

2024 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol2-iss4

/S

-pp45-50

This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (

https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru

)

Keywords:

personification,
A. Qahhor,
A. P. Chekhov,

S. Moyem,
"Horror",
"Malchiki",

"Honolulu", artistic
imagination,
horror,
exotic environment.

Abdulla Qahhor, Anton Pavlovich Chexov va Somerset
Moem hikoyalari asosida personafikatsiya hodisasini
talqin etilishi tahlili

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

personafikatsiya,
A.Qahhor,

A.P.Chexov,

Mazkur ilmiy ishda A.Qahhor,A.P.Chexov va S.Moyem hikoyalari

asosida

personafikatsiya

hodisasining

badiiy

talqini

o‘rganiladi.Personafikatsiya –

bu jonli bo‘lmagan narsalarga yoki

1

PhD, Associate Professor, Andijan State Institute of Foreign Languages.

2

Student, Andijan State Institute of Foreign Languages


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue

4 (2024) / ISSN 2181-3701

46

S.Moem,

”Dahshat”, ”Мальчики”,

“Honolulu”,

badiiy tasavvuri,

dahshat,
ekzotik muhit.

an’ana.

abstrakt tushunchalarga insoniy fazilatlarini berish orqali

o‘quvchining his

-

tuyg‘larini o‘zgartirish va ularining ichki

mohiyatini chuqurroq anglashga xizmat qiluvchi adabiy vosita
hisoblanadi.

Tadqiqotda har bir yozuvchining personafikatsiyadan

foydalanish uslubi va bu vosita orqali qahromanlar, muhit, hamda

ijtimoiy

muammolarni

qanday

yoritganini

o‘rganiladi.

A.Qahhorning “Dahshat” hikoyasida dahshat va qo‘rquv hissiyotlari

tabiiy hodisalar orqali personafikatsiyalangan. A.P.Chexovning

“Мальчики” (Bolalar) hikoyasida esa bolalarning tasavvurlari va

o‘zaro muloqoti orqali muhit jonlantiriladi, bu esa o‘smirlar
dunyosini ko‘rsatadi. S.Moemning “Honolulu” hikoyasi esa ekzotik

tabiat elementlari in

soniy xususiyatlar bilan boyitilib,o‘quvchida

turli turli hissiyotlar uyg’otadi.

Интерпретация феномена персонификации на основе
рассказов Абдуллы Каххора, Антона Павловича Чехова
и Сомерсета Моема

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

персонификация,

А. Кахор,

А. П. Чехов,

С. Мойем,

«Ужас»,

«Мальчики»,

«Гонолулу»,
художественное

воображение,

ужас,

экзотическая среда

.

В данной научной работе изучается художественная

интерпретация феномена персонификации на основе

рассказов А. Каххара, А. П. Чехова и С. Моэма.

Персонификация выступает как литературный инструмент,

способствующий более глубокому пониманию изменений и
их внутренней природы. В исследовании анализируется, как

каждый из писателей использует персонификацию для

освещения персонажей, окружающей среды и социальных

проблем. В рассказе А. Каххара «Ужас» эмоции страха и ужаса
передаются через образы природы. В рассказе А. П. Чехова

«Мальчики» (Дети) окружающая среда оживает благодаря

воображению и взаимодействию детей, что отражает мир

подростков. Рассказ С. Моэма «Гонолулу» насыщен

элементами экзотической природы с человеческими
чертами, что вызывает у читателя различные эмоции.

KIRISH

Adabiyot asarlarida personalifikatsiya,ya

ni insonning yoki hayotiy obyektlarning

shaxs sifatida namoyon etilishi,o

ziga xos stilistik va estetik vosita bo

lib xizmat

qiladi.Ushbu adabiy usul orqali mualliflar voqealarni,xarakterlani va hissiyotni
jonlantirishadi.Abdulla Qahhorning

Dahshat

”,

Anton Pavlovich Chexovning

Bolalar

va

Somerset Moemning

Honolulu

hikoyalarida bu usul o

ziga xos tarzda talqin qilinadi.

Jonlantirish (adabiyotda) - istiora turlaridan biri, odamlarga xos sifatlarni jonsiz hodisa va

buyumlarga koʻchirish. Jonlashtirish inson tafakkuri bilan bogʻliq. Inson voqelikdagi narsa
va hodisalarni qiyoslash, oʻxshatishlar, boʻrttirishlar orqali jonlir

oq va aniqroq tasavvur

qilishga, aniq, ilmiy tafakkur qilish bilan birga badiiy fikrlashga ham intiladi. Shuning
uchun Jonlashtiorish faqat badiiy asarlarda emas, jonli tilda ham uchraydi: "dengiz


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue

4 (2024) / ISSN 2181-3701

47

hayqiradi", "daraxt yigʻlaydi" va boshqalar. Jonlashtirish oʻzbek adabiyoti tarixida 2 xil
koʻrinishda namoyon boʻlgan: tashhis (shaxs bilan bogʻliq) —

shaxsga xos sifatlarni jonsiz

narsalar va hodisalarga berish: intoq (nutq bilan bogʻliq) —

narsa va hodisalarni nutq egasi

qilib koʻrsatish. Jonlashtirish ertak va masallarda, shuningdek, munozaralarda keng
qoʻllanadi. Masalan, Gulxaniyning "Zarbulmasal"ida, Solohiyning "Gulbulbul"ida,
Majlisiyning "Qissai Sayfulmuluk" asarlarida J.ning har ikki turi koʻp uchraydi. Hoz. oʻzbek

adabiyotida ham J.ning ajoyib namunalari mavjud

Abdulla Qahhorning “Dahshat” hikoyasida personafikatsiya

Abdulla Qahhorning “Dahshat” hikoyasi inson ruhiyati va hissiyotlari qanday

shakllanishi va rivojlanishi haqida batafsil mulohazalarni o‘z ichiga oladi.Asar
qahramonning ruhiy holati o‘z

-

o‘zidan jonlantiriladi,qo‘rquv va havotir insoniy sifatga ega

bo‘ladi. Qo‘rquv qahramonning ichki dunyosida jonli obrazga aylanadi, uni hayotidagi
barcha qarorlarida boshqaradi. Bunda personafikatsiya orqali qo‘rquv bir xil passiv
holatdan dinamik,kuchli hissiyot sifatida namoyon bo‘ladi va bu hodisa butun asar

davomida qah

ramonning o‘ziga,atrof

-muhitga munosabatida aks etadi.

Misollar: ”Shamol goh och bo‘riday uvillar,goh o‘lim changaliga tushgan mushukday

pixillar,vag’illar” (1

-

bet) A.Qahhor. Ushbu hikoyada shamolning uvillashi ko‘plab muhim

ma’nolarga ega bo‘lib u tabiatdagi kuchlarni va insonlarni qamrab olgan voqealarni

ang

latadi. Bu o‘z navbatida, inson hayotida muhim bo‘lgan o‘zgarishlar, xususan,ularning

hayotiga ta’sir etuvchi tashqi omillarni ko‘rsatadi.

“Lapanglab ketayotgan tobut” (1

-bet) A.Qahhor.Bu juda kuchli personafikatsiya

elementidir,chunki tobut odatda muhrlangan va harakat qilmaydigan narsa.Bunday

tasvir,o‘quvchiga tobut harakatlanayotgandek his qilinishi orqali qo‘rquvni kuchaytiradi.

Bu orqal

i personafikatsiya orqali tobutga insoniy sifatlar berish,o‘quvchini hikoyaning

atmosferasiga chuqurroq kirita olish imkoniyatini beradi.

“Shamolda egilayotgan tebranayotgan daraxtlar” (2

-bet) A.Qahhor. Ushbu

personafikatsiya orqali daraxtlarga jonli hissiy tasvir beriladi.Bundan obraz tabiiy

voqelikka o‘quvchining e’tiborini qaratib,unga hayotiylik qo‘shadi.

Shamolda egilayotgan daraxtlar tasviri orqali jonli va kuchli his-

tuyg’ularni aks

ettirirsh mumkin. Bu o‘quvchiga nafaqat daraxtlarning harakatini,balki ular orqali his

qilinayotgan vaziyatni ham yaqqolroq his qilish imkoniyatini beradi.

“Unsinning eti jivirlashib,sochi ro‘molini bir qarich ko‘targanday bo‘ldi” (3

-bet)

A.Qahhor. Bunday tasvir orqali qo‘rquv va bezovtalik hissi o‘quvchiga yetkaziladi. Bu

personafikatsiyada insonnning ichki kechinmalari,uning his qilayotgan dahshati jismoniy

belgilar orqali ko‘rsatiladi. His

-

tuyg‘ularni bu tarzda ko‘rsatish,o‘quvchiga unsinning ichki

dahshatini terantoq his qilish imkonini beradi.

“Shahar qorong’idan chiqqanda” (3

-bet) A.Qahhor. Ushbu tasvir kuchli atmosferaga

ega va o‘quvchiga shaharni jonli,sirli va xavfli holatda ko‘rsatadi. Bu frazada shahar go‘yo
o‘zini qorong’u pardaga o‘rab noaniq va qo‘rqinchli manzaraga aylangan bir makon s

ifatida

tasvirlanadi. Bu personafikatsiya orqali shahar go‘yo jonli mavjudotga aylanib, uning
qorong’usi o‘quvchida qo‘rquv va noaniqlikni uyg’otadi.Tungi shaharni qorong’i bilan

tasvirlash esa sirli va xavfli muhit yaratishga yordam beradi.

A.P.Chexovning “Мальчики” (Bolalar) hikoyasida personafikatsiya.

Chexovning “Мальчики”(Bolalar) hikoyasi bolalar psixalogiyasini aniq va jonli

tarzda aks ettiradi.hikoyada personafikatsiya nafaqat bolalar ruhiyatini, balki ularning

dunyoni qabul qilish tarzini tasviralshda muhim rol o‘ynaydi. Bolalar dunyosida oddiy


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue

4 (2024) / ISSN 2181-3701

48

narsalar va hodisalar ularga jonli va qiziqarli bo‘lib ko‘rinadi.Masalan,ularning hayollari va
tushlari,kundalik hayotda sodir bo‘ladigan oddiy voqealarni personafikatsiya qilgan holda

tushuntiriladi. Chexov bolalarning duny qarashini ochib beradi, ularning ongi va tasavvuri
real hayot hodisalariniinsoniy sifatlar bilan boyitadi. Bu yerda personfikatsiya nafaqat
psixologik tadqiqot vositasi,balki estetik funksiya sifatida ham xizmat qiladi.

Misollar: “Шел густой туман” (qalin tuman tushardi)(1

-bet)A.P.Chexov

A.P. Chexovning «Мальчики» (Bolalar) hikoyasida tabiatning tasviri, jumladan

«qalin tuman tushardi» iborasi, asarning atmosferasi va ramziyligini yaratishda muhim
ro‘l o‘ynaydi. Bu ifoda personafikatsiya elementi sifatida qaralishi mumkin.Chexov «qalin

tu

man tushardi» deb tasvirlaganda, tuman oddiy tabiiy hodisa emas, balki bolalarning

ichki holatlari, ularning noaniqliklari va ishonchsizliklari ifodasidir. Tuman go‘yoki «yurib
borardi», bu uni tirik jonzot sifatida tasvirlaydi. U shunchaki fon rolini o‘yn

amaydi, balki

voqealar va qahramonlar bilan o‘zaro aloqaga kirishadi, sirli, noma'lum va noaniqlik
tuyg‘usini yaratadi.

“Двери скрипели и хлопали"(Eshiklar g‘ichirlab va shatirlab yopilardi) (2

-bet)

A.P.Chexov. Ushbu iborada personafikatsiya qo‘llanilgan bo‘lib, eshiklarga insonga xos
harakat va fe’l

-

atvorlar berilgan. Bu yerda eshiklar go‘yo jonli jonzotlardek tasvirlanadi

,

ular g‘ichirlaydi va shatirlaydi, ya’ni qandaydir bezovtalik yoki jonli harakatni ifodalaydi.

Ushbu tasvir eshiklarning faqat texnik jihatdan harakatlanishini emas, balki ularning

shovqinli, bezovta yoki ehtimol, qo‘rqituvchi harakatlarini aks ettiradi.

Masalan, eshiklarni "g‘ichirlab va qattiq yopilardi" deb tasvirlash ularning mexanik

harakatini insonga xos hissiyotlar bilan boyitadi. Bu personafikatsiyaning misoli bo‘lib,
jonsiz narsalarga insonga xos fe’l

-atvor yoki hissiyot berish orqali ularga jonlilik beriladi.

“Cолнышко проникая сквозь снег и узоры на окнах” (Quyoshcha qor va naqshlar

orasidan kirib kelardi)(3-

bet)A.P.Chexov. Bu iborada personafikatsiya qo‘llanilgan bo‘lib,

bu yerda quyosh jonsiz osmon jismini emas, go‘yo tirik mavjudotni eslatadi. Quyosh o‘z

ha

rakati bilan tasvirlanib, "kirib kelardi" degan ibora orqali unga insoniy harakat va fe’l

-

atvor beriladi. Shu tariqa, quyoshcha xuddi tirik jon kabi qor va derazadagi muz

naqshlaridan o‘tib, o‘zining iliqligi va yorug‘ligini tarqatayotgandek tasvirlanadi.

Quyoshning "kirib kelishi" bu yerda uning hayot beruvchi va o‘zgartiruvchi rolini

ham ko‘rsatadi. U qor va sovuq muhit ichida harakat qilib, tiriklik, iliqlik va yangilanishni
o‘zida aks ettiradi, bu orqali quyoshga insoniy xususiyatlar beriladi.

Somerset Moyemning “Honolulu” hikoyasida personafikatsiyasi.

Somerset Moemning “Honolulu” hikoyasida personafikatsiya hodisasi yanada

nozikroq va turlicha usullarda Somerset Moemning "Honolulu" hikoyasida
personafikatsiya tabiiy muhit va ob-havoni jonlantirish orqali qahramonlarning hissiy
holatlarini yanada chuqurroq aks ettirishga yordam beradi. Tabiat insoniy his-

tuyg‘ularni

ifoda etishda, qahramonlar va ularning harakatlarini kuchaytirishda muhim rol o‘ynaydi.
Bu holat o‘quvchiga asarning chuqur ma’nosini anglashga yordam beradi va Maughamning

asarlarini yanada b

oyitadi. U o‘z hikoyasida geografik joylashuvni go‘yoki mustaqil shaxs

sifatida ko‘rsatadi, bu esa hodisalarga nisbatan o‘quvchi e’tiborini jalb qiladi.

Hikoyadan misollar: “the clouds hang heavy and low” (bulutlar og‘ir va pastda osilib

turadi) S.Moem. Ushbu ibora personafikatsiya misoli bo‘lib, bu yerda bulutlarga insoniy

xususiyatlar berilgan.

Bulutlarni "og‘ir" va "past" deb tasvirlash orqali Maugham ularga yuk va zulmat

hisini beradi. Bu personafikatsiya bulutlar inson kabi yuk ko‘tarayotgandek


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue

4 (2024) / ISSN 2181-3701

49

tasvirlanganini anglatadi, xuddi o‘z hissiyotlari yoki mas’uliyatlari bilan og‘irlikda qolgan

odam kabi. Bulutlarning "osilib turishi" ham harakatlanuvchanlik yoki harakatsizlik

tuyg‘usini keltirib chiqaradi, bu esa ruhiy holati past bo‘lgan odamga o‘xshay

di.

"Honolulu" hikoyasida "bulutlar og‘ir va pastda osilib turadi" iborasi

personafikatsiya misoli sifatida xizmat qiladi. Bulutlarga insoniy xususiyatlar berish orqali
Maugham hikoyaning hissiy rezonansini kuchaytiradi, qahramonlarning ichki kurashlarini
aks

ettiradi va o‘quvchining voqealariga boy atmosferani yaratadi. Bu tarzda

personafikatsiyaning qo‘llanilishi tabiiy dunyo va insoniy hissiyotlar o‘rtasidagi o‘zaro
bog‘liqlikni ta’kidlaydi, tashqi sharoitlarning ichki tajribalarni qanday aks ettirishi

mumk

inligini ko‘rsatadi.

Bu hikoyada yana shunday jumla ham kelib "Coconut trees crowded upon the beach

of a coral island" (Kokos daraxtlari marjon orolining plyajida to‘plangan) S.Moem.

Bu iboradagi "to‘plangan" so‘zi kokos daraxtlariga insoniy xususiyatlar berib, tabiiy

muhitda hayot va jonliligi hissini taqdim etadi hamda "to‘plangan" so‘zi kokos daraxtlariga

insoniy sifatlarni yuklaydi, bu esa ularning bir-biriga yaqin joylashganligini

ko‘rsatadi."Kokos daraxtlari marjon orolining plyajida to‘plangan" iborasida

personafikatsiya muhitning tasvirini va hissiy chuqurligini boyitadi. Daraxtlarga insoniy

sifatlar berish orqali muallif jonli va dinamik muhit yaratadi, bu esa tabiatning go‘zal

ligi va

murakkabligini aks ettiradi. Bu tarzda qo‘llaniladigan personafikatsiya nafaqat tasvirning
vizual ta'sirini kuchaytiradi, balki jamiyat va 1barcha tirik mavjudotlar o‘rtasidagi o‘zaro
bog‘liqlikni chuqur ma’noda ifodalaydi.

S.Moemning "Honolulu" hikoyasidagi yana bir personifikatsiya misoli sifatida

keltirilgan jumla: “dilapidated frame houses stand next door” (eshik yonida eskirgan

ramka uylari turadi). Bu yerda "turadi" deb tasvirlanishi uylarga insoniy fazilat berishning
b

ir ko‘rinishi bo‘lib, go‘yo ular o‘zlari o‘z o‘rnida qimirlamay turgandek tasvirlanadi. Bu

tasvir orqali uylardagi eskirganlik va xaroblik ularning "turishi" bilan kuchaytiriladi, ya’ni

ularning hayoti tugab borayotganidek bir kayfiyat yaratiladi. "Eskirgan ramka uylari"

go‘yo o‘z vaqtini o‘tkazib qo‘ygan, yillar davomida to‘plangan vaqt va o‘tgan hayotning

izlarini olib turgan bir mavjudot sifatida tasvirlanadi. Bu personifikatsiya orqali Moem
faqatgina uyning holatini tasvirlab qolmay, balki ularning atrofdagi hayot bilan qanday
munosabatda ekanligini ham aks ettiradi.

S.Moemning "Honolulu" hikoyasida personifikatsiyaga yana bir misol qilib “electric

cars rumble noisily" (elektr mashinalar shovqin bilan gumburlaydi) degan tasvirni olsak,

bu yerda mashinalar go‘yo tirik mavjudotlardek "gumburlaydi" va "shovqin soladi". B

u

tasvir orqali mashinalarga insoniy xususiyatlar berilib, ularning shovqinli va kuchli
harakatlarini yanada jonliroq tasvirlashga xizmat qiladi.

Mashinalarning "gumburlashi" nafaqat ularning fizik harakatini aks ettiradi, balki

shahar hayotining shovqin-suroni, chaqqonligi va tezkorligini ham his qildiradi. Bu yerda
elektr mashinalar faqat texnologik vosita sifatida emas, balki atrof-muhitning bir qismi

sifatida tirik va faol obrazda ko‘rsatiladi. Personifikatsiya orqali Maugham transport
vositalarining shahar kayfiyatiga ta’sirini kuchaytiradi.

S.Moemning ushbu hikoyasida “My eyes fall on a piece porcelain” (ko‘zlarim bir

parcha chinni buyumga tushdi) bu yerda ko‘zlar "tushdi" deb tasvirlanadi, go‘yo ular
o‘zlari harakatlanib, chinni buyumni "ko‘rib qoldi." Bu tasvirda ko‘zlarga insoniy harakat

beriladi, bu esa kuzatish jarayonini yanada jonli va tabiiyroq qilib tasvirlaydi.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue

4 (2024) / ISSN 2181-3701

50

Ko‘zlarning "tushishi" tasviri nafaqat oddiy qarashni ifodalaydi, balki diqqat va

e'tiborni tortish jarayonini ham aks ettiradi. Bu turdagi personifikatsiya orqali ko‘zlar
passiv emas, balki faol rol o‘ynab, hissiyot va anglash jarayonini o‘zida mujassam e

tadi.

Chinni buyum esa go‘yo o‘ziga tortuvchi va e'tiborga loyiq bir obyekt sifatida tasvirlanadi.

XULOSA

Abdulla Qahhor, Anton Pavlovich Chexov va Somerset Moyem hikoyalari orasida

personafikatsiya hodisasining asosiy o‘xshashligi shundaki, bu yozuvchilar o‘z

qahramonlari orqali insoniy kechinmalar va jamiyatdagi umumiy muammolarni

ko‘rsatishga harakat qilishgan. Har bir yozuvchi o‘z uslubi va davrining o‘ziga xos

xususiyatlariga mos holda qahramonlarning ichki kechinmalarini chuqur tasvirlaydi va bu

qahramonlar orqali o‘z davri jamiyatining umumiy ruhiy holatini aks ettiradi.

Abdulla Qahhor qahramonlari orqali o‘zbek xalqining ijtimoiy va ruhiy

kechinmalarini tasvirlab, milliy qiyofani ochib bergan bo‘lsa, Chexov o‘z qahramonlari

orqali insonning ichki iztiroblari va psixologik ziddiyatlarini namoyon etadi. Moyem esa
insoniy tajriba va hayotning eng nozik jihatlarini hikoya orqali ochib beradi. Bu uch
yozuvchining hikoyalarida personafikatsiya qahramonlarning ichki olami va jamiyat bilan
munosabatlari orqali ifodalanadi.

Hikoya janrida personafikatsiya hodisasi qahramonlarning ichki dunyosi, ularning

ijtimoiy va psixologik muammolari orqali jamiyatning umumiy holatini tushunish va tahlil
qilish imkonini beradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Qahhor.A, “Adabiyot muallimi”, –

Toshkent: Yangi asr avlodi, 2019,

b.128.

2.

Qahhor A., “Tanlangan asarlar”, –Toshkent: O‘zbekiston davlat nashriyoti,1959, –

b.320. (A.Qahhor “Dahshat”(1907yil))

3.

Qahhor A., “O‘zbek adabiyoti tarixidan”, –Toshkent: O‘zbekiston, 1986, –

b.

318

4.

Qahhor A., “Anor” hikoyasi, G‘ofur G‘ulom nomidagi nashriyot

-matbaa ijodiy uyi,

2012,

B.72

5.

Quronov D., Mamajonov Z., Sheraliyeva M., “Adabiyotshunoslik lug‘ati”, Toshkent

“Akademnashr”, 2010, –

B.363.

6.

Chexov A.P. “Мальчики’’(Bolalar)(1887yil)

7.

Moem S. ”Honolulu”(1921 yil) hikoyalari.

8.

Хашимов Г. М. Типология сложных предложений разносистемных язиков. Т.

«Фан» 1991

9.

Лидский Ю. Я. Творчество Эрнеста Хемингуэя. Изд. 2

-

е. –К.: Наукова

думка, 1978.

1

0. Qo’shjonov M. “Abdulla Qahhor mahorati”. T. G’. G’ulom nomidagi adabiyot va

san’at nashriyoti,1988

11. Sanjar Sodiq “So’z san’ati jozibasi”. T. “O’zbekiston”, 1996

12. Qizi, G. I., (Gavharoy Isroiljon qizi.) & Ulikova, M. (2021). DESCRIPTION OF THE

CONCEPT OF LOVE AND FAMILY RELATIONSHIP. JOURNAL of Academic research in
educational sciences, 2 (10), 601-606.

13. Quronov.D, Mamajonov.Z, Sheraliyeva.M, “Adabiyotshunoslik lug‘ati”, Toshkent

“Akademnashr”, 2010, –

B.363.

Библиографические ссылки

Qahhor.A, “Adabiyot muallimi”, –Toshkent: Yangi asr avlodi, 2019, –b.128.

Qahhor A., “Tanlangan asarlar”, –Toshkent: O‘zbekiston davlat nashriyoti,1959, –b.320. (A.Qahhor “Dahshat”(1907yil))

Qahhor A., “O‘zbek adabiyoti tarixidan”, –Toshkent: O‘zbekiston, 1986, – b. 318

Qahhor A., “Anor” hikoyasi, G‘ofur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2012, –B.72

Quronov D., Mamajonov Z., Sheraliyeva M., “Adabiyotshunoslik lug‘ati”, Toshkent “Akademnashr”, 2010, –B.363.

Chexov A.P. “Мальчики’’(Bolalar)(1887yil)

Moem S. ”Honolulu”(1921 yil) hikoyalari.

Хашимов Г. М. Типология сложных предложений разносистемных языков. Т. «Фан» 1991

Лидский Ю. Я. Творчество Эрнеста Хемингуэя. Изд. 2-е. –К.: Наукова думка, 1978.

Qo’shjonov M. “Abdulla Qahhor mahorati”. T. G’. G’ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti,1988

Sanjar Sodiq “So’z san’ati jozibasi”. T. “O’zbekiston”, 1996

Qizi, G. I., (Gavharoy Isroiljon qizi.) & Ulikova, M. (2021). DESCRIPTION OF THE CONCEPT OF LOVE AND FAMILY RELATIONSHIP. JOURNAL of Academic research in educational sciences, 2 (10), 601-606.

Quronov.D, Mamajonov.Z, Sheraliyeva.M, “Adabiyotshunoslik lug‘ati”, Toshkent “Akademnashr”, 2010, –B.363.