Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная
лингвистика
и
лингводидактика
–
Foreign
Linguistics and Linguodidactics
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics
The Semantic Structure of Words in Medical Texts
Sayyora ISMAILOVA
1
Central Asian Medical University
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received August 2024
Received in revised form
10 September 2024
Accepted 25 September 2024
Available online
25 October 2024
The article examines the semantic structure of medical texts,
examines the concepts of words and terminology. It also shows
how lexical meanings of words are identified and expressed in
medical texts.
2181-3701
/©
2024 in Science LLC.
DOI:
https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol2-iss4
/S
-pp357-362
This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru
Keywords:
text,
word,
seme,
term,
lexical meaning,
semantic analysis,
context,
structure.
Meditsinaga oid matnlarda soʻzning semantik tuzilishi
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
matn,
so‘z,
sema,
termin,
leksik ma’no,
semantik tahlil,
kontekst,
struktura.
Maqolada meditsinaga oid matnlarning semantik strukturasi
o‘rganilib, so‘z va terminologiyaning qo‘llanilish tushunchalari
ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, meditsina matnlarida so‘zlarning
leksik ma’nolarini farqlanishi va ifodalanishi ko‘rsatilgan.
Смысловая структура слов в медицинских текстах
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
текст,
слово,
сема,
В статье исследуется смысловая структура медицинских
текстов, рассматриваются понятия слова и
терминологии.
1
Teacher of Foreign Languages in Medicine, Central Asian Medical University.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
4 (2024) / ISSN 2181-3701
358
термин,
лексическое значение,
семантический анализ,
контекст,
структура.
Также показано как выделяются и выражаются лексические
значения слов в медицинских текстах.
Matn ma’nosini anglashda soʻzning semantik strukturasi muhim ahamiyatga ega.
Meditsinaga oid matnlarda esa soʻzning ma’no strukturasi oʻziga xos
tarzda namoyon
boʻladi. Bu borada, ayniqsa, soʻz va terminologiyaning aniq, toʻgʻri qoʻllanishi muhim oʻrin
tutadi. Chunki meditsinada aniq va tushunarli tildan foydalanish klinik xabarlar, ilm-fan
axborotlarini toʻgʻri yetkazishga yordam beradi, bu esa oʻ
z navbatida bemorlarga
koʻrsatilayotgan tibbiy xizmat sifatiga ijobiy ta’sir koʻrsatadi. Bularning bari leksik ma’no
va uning qoʻllanishi bilan chambarchas bogʻliqdir.
Leksik ma’noga sinxron planda qaralganda, ya’ni tiplarga ajratishda hozirgi tilga oid
leksik ma’no koʻzda tutilganda, unga quyidagi jihatdan yondashish kerak boʻladi:
1) yasalish munosabatiga koʻra, 2) obyektni ifoda etishiga koʻra, 3) nutqda reallashish
holatiga koʻra
[1]
. Soʻzning semantik strukturasi leksik ma’noning shu uch jihati bilan
bogʻliq boʻladi. Chunki Sema (‹grek. Sema –
belgi) l
eksik ma’no (sememani tashkil
toptiruvchi komponentlar)dan iborat boʻladi
[2].
Soʻzning lugʻaviy ma’nosi esa real na
rsalar, hodisalar va ularning obyektiv olamdagi
aloqalarini, shuningdek, ona tilida soʻzlashuvchilarning malakaviy (baholovchi) axloqiy va
aqliy sohalari haqidagi tushuncha hamda gʻoyalarni aks ettiruvchi ideal borliqdir
[3].
Soʻz va uning ma’nosi hamda tushuncha bir biri bilan uzviy bogʻliq. Shuningdek, ular
oʻz
a
ro zidlanadi ham. Soʻz tashqi shakldan (tovush yoki grafik belgilar) iborat boʻlsa, ma’no
soʻzning material qismi (leksema) bildiradigan ma’no: tovush kompleksini ma’lum
obyektiv voqelikka bogʻlas
h bilan kishi ongida yuzaga keladigan mazmun-
mundarija boʻlsa
[4], tushuncha predmetlarni, hodisalarni muhim belgilari asosida boshqa barcha predmet
yoki hodisalardan ajratadigan fikr formasidir [
5]. Shuning uchun soʻz, ma’no va tushuncha
boshqa-boshqa hod
isa boʻlishi bilan birga ular oʻzaro bir
-birini taqozo etadi.
Tushunchani ta’riflashda tilshunoslikda soʻzning uch tomoni qarama
-qarshi
qoʻyiladi. Ya’ni uning tovush tomoni, leksik va grammatik jihatlari. Leksikada soʻz va
iboralar tizimi nazarda tutilsa, u bilan birga tilning tovush tomoni va grammatik jihati
barcha tillar uchun universal hisoblanadi [
6]. Bunda soʻzning semantik strukturasi muhim
oʻrin tutadi. Chunki
s
emantika (‹frans. Semantiquye ‹grek. semantikos –
ifodalovchi) til
birliklarining mazmun
, ma’no tomonidir
[7].
Leksik ma’no sema deb ham yuritiladi. Leksik ma’no, ya’ni semema semalardan
tarkib topadi. Sema leksik ma’no (semema)ni
hosil qiluvchi ma’no boʻlaklaridir
[8]. Bular
oʻz navbatida soʻzning semantik strukturasini tashkil etadi, ya’ni soʻzning semantik
tuzilishi soʻzning leksik ma’nosining tuzilishidir. Soʻzning semantik tuzilishi haqidagi gʻoya
komponentli semantik tahlil, ya’ni ma’noni eng kichik boʻlinmas ko
mponentlarga
–
semalarga boʻlish asosida ishlab chiqilgan. Aniq ma’noli soʻzning ma’nosi (semema)
elementlar tizimi
–
ularning oʻzaro munosabatida sema sifatida namoyon boʻladi.
Polisemantik soʻzning ma’nosi murakkab tizimdir. Bunday soʻzning har bir indiv
idual
ma’nosi yoki uning leksik
-
semantik varianti (LSV) bir ma’noli soʻz, semantik tuzilma
sifatida qaralishi mumkin [9].
Har qanday matnning leksik-
semantik jihatini oʻrganishda soʻzning semantik
strukturasini tibbiy terminologik kontekstida tahlil qilish va uning matn mazmuniga
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
4 (2024) / ISSN 2181-3701
359
ta’sirini koʻrib chiqish maqsadga muvofiq boʻladi. Soʻzlarning ma’no tuzilmasi, ularning
murakkabliklari va terminlar orqali amalga oshiriladigan axborot uzatish, meditsinaga oid
matnning tuzilishini belgilab beradi. Chunki meditsinaga oid matnlarda aniqlik va
tushunarlilik oʻta muhim oʻrin tutadi. Shuningdek, meditsinaga oid matnlarda fanlararo
bogʻliqlik juda kuchli namoyon boʻladi. Shuning uchun soʻz semantikasi faqat tibbiy
tildagina emas, balki interdissiplinar tadqiqotlar kon
tekstida ham koʻrib chiqilishi zarur.
Meditsinaga oid matnlarning semantik tahlili, biologiya, farmakologiya, psixologiya va
boshqa sohalar bilan bogʻliq boʻladi. Bunda soʻz va terminlarning aniqligi ularning klinik
amaliyotdagi ahamiyatini belgilab beradi
. Shu tariqa, tibbiy matnlarda soʻz semantik
strukturasi tadqiqi tibbiy sohada aniqlik va samaradorlikni ta’minlashga xizmat qiladi. Bu,
ayniqsa, meditsinaga oid ilmiy va maxsus matnlarda kuchli namoyon boʻladi. Chunki
meditsinaga oid matnlarda umumiste’mol soʻzlari matn talabidan kelib chiqib meditsinaga
oid tushunchalarni anglatishga xizmat qiladi:
buyrak yetishmovchiligi
. Buyraklar
faoliyat
ini
buzilish
i boʻlgan bemorlarda
levofloksasinning plazmadan yarim
chiqarilish
davri oshgan, bu holat kumulyasiyadan
saqlanish
uchun dozani
toʻgʻrilash
ni
talab qiladi
. Levofloksasin organizmdagi gemodializ
yoki
davomli
ambulator peritoneal
dializ yoʻli
bilan chiqarilmaydi.
Jigar
yetishmovchiligi
.
Jigar
faoliyatining buzilishi levofloksasinning metobolizmiga
ahamiyatli
ta’sir koʻrsatmaydi
.
(Qoʻllash boʻyicha yoʻriqnoma. Solisin. Solotsin)
Yuqoridagi matndagi
buyrak, yetishmovchilik, faoliyat, buzilish, chiqarilish, saqlanish,
toʻgʻrilash, talab qilmoq, davomli, yoʻl, jigar, ta’sir koʻrsatmoq
kabi soʻzlar matn talabidan
kelib chiqib, meditsinaga oid tushunchalarni atashga xizmat qilmoqda. Aslida bu
soʻzlarning lugʻaviy ma’nosi va tushunchasida
anat.
odam va umurtqali hayvonlarda siydik
hosil qiluvchi va uni ajratuvchi, loviya shaklidagi juft a’zo
[10], kamchilik, nuqson [11],
harakatchanlik, ta’sirchanlik, samaradorlik
[12], biror narsaning tabiiy, sof holatini
yoʻqotishi; yemirilish, parchalanish
[13], 1. Yuqoriga, balandga yoki biror narsa ustiga
koʻtarilmoq; 2. Biror transport vositasiga tushmoq, oʻtirmoq, minmoq; 3.Bir
or harakatni
amalga oshirish yoki biror narsaga erishish maqsadida muayyan joyga bormoq; 4. Biror
maqsadda uzoq joyga bormoq, turgan joyidan uzoqlashmoq [14], ehtiyot qilmoq;
ehtiyotkorlik bilan (biror joyda) asramoq, asrab-avaylab ishlatmoq [
15], 1. Toʻgʻ
ri shaklga
yoki holatga keltirmoq, toʻgʻri, tik qilmoq; 2. Xato, nuqson va sh
akli
ni yoʻqotmoq, tuzatmoq;
3. Tegishli vaziyatga keltirmoq, tartibga solmoq, tuzatmoq; 4. Biror tomonga qaratmoq,
roʻpara qilmoq; yoʻnaltirmoq; 5. Epini, ilojini qilib bitirmoq,
yuzaga keltirmoq, muhayyo
qilmoq; eplashtirmoq [
16], qat’iy tar
zda xohish-
istak, talab bildirmoq, soʻramoq
[17], Uzoq
davom etgan yoki etadigan; davomi bor [18], Odamlar, jonivorlar va boshqa narsalar
qatnovi natijasida iz bosilib hosil boʻlgan uzun, davom
li qism, qatnov qismi. Ichki
a’zolardan biri, bagʻir”
[
20], “Ta’siri yuzaga chiqmoq, sezilmoq; ta’sir bildirmoq, oʻtkazmoq
[
21] kabi ma’no anglatadi. Bu soʻzlarni matndan chiqarsak, ularning soʻzlashuv nutqiga
xoslik belgisi birinchi planga chiqadi va koʻpma’nolilik xarakteri koʻzga tashlanadi.
Masalan, jigar
–
tug‘ishgan, qarindosh; yoʻl –
ilojini qilmoq (yoʻlini topdi); talab qilmoq –
qat'iy soʻramoq; faoliyat –
harakat va shu kabi.
Matndagi soʻzlar tahlili shuni koʻrsatmoqdagi, meditsinaga oid matnlarda soʻzning
semantik strukturasida matn talabiga xoslanish kuzatiladi. Bu hol boshqa matn turlariga
nisbatan kuchli namoyon boʻladi.
Masalan:
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
4 (2024) / ISSN 2181-3701
360
orqa
miya
(
medulla spinalis
)
umurtqa pogʻonasi kanali
ichda joylashib,
41
–
45 sm uzunlikka ega, 31-32 juft oldingi va shuncha orqa
shox
lari
boʻladi. Orqa miyaning
oldingi va orqa shoxlarining oʻzaro anatomik va
funksional
bogʻliq boʻlgan qismlari
segment
lar deb ataladi
.
Birinchi 8 segment orqa miyaning
boʻyin
qismini tashkil qiladi
.
Koʻkrak
boʻlimi 12 segmentdan
,
bel
va
dumgʻaza
boʻlimlari esa har biri 5 ta segmentdan
iborat. Oxirgi 1-2 segment
dum
boʻlimini hosil qiladi.
Orqa miyaning tuzilishi. Orqa miyaning koʻndalang kesimida
yuqmodda
(
substantia
alba
)
va uning
markaz
ida kapalak shaklini eslatuvchi
kulrang
modda
(
ccrnu Iate-ralis
)
joylashgan (107-rasm
) [22].
1-rasm
(Zufarov K.A. Gistologiya 164-bet)
Matnda berilgan soʻzlarning aksariyati bosh ma’nosida qoʻllansa ham, ularda ma’no
koʻchishi ham koʻzga tashlanadi. Biroq ma’no semantik strukturadagi koʻchishiga asos
boʻlgan ma’no semasi saqlanadi. Matndagi
orqa
soʻzining bosh ma’nosi gavdaning qoringa
ni
sbatan ters tomoni, boʻyindan dumgʻazagacha boʻlgan qismi, ma’nosini bildirsa
-da, bu
soʻzning bosh ma’nosidagi
ters tomon
ma’nosi saqlanadi.
Miya
soʻzi oʻz ma’nosida –
odam va ba’zi hayvonlar nerv sistemasining markaziy
boʻlimi; odamda –
tafakkur a’zosi ma’nosida, ya’ni bosh ma’nosida hamda koʻchgan
ma’nosida, ya’ni 2
.
Odam va umurtqali hayvonlar suyagi boʻshligʻidagi toʻldirib turuvchi
toʻqima (koʻmik) ma’nosini ifodalagan. Chunki meditsinaga oid matnda bu soʻzning har ikki
ma’nosi bir
-
biri bilan bogʻliq holda, aloqadorlikda qoʻllanadi. Leksik ma’no, ya’ni semema
semalardan tarkib topgani uchun, sema leksik ma’no (semema)ni
hosil qiluvchi ma’no
boʻlaklari boʻlgani
[26] uchun ulardagi semantik tarkib zidlanmaydi, balki bir butun
yaxlitlikka ega boʻladi. Meditsinaga oid boʻlmagan matnlarda bunday hol, deyarli,
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
4 (2024) / ISSN 2181-3701
361
kuzatilmaydi. Leksik ma’noning biror semasi nutqda (matnda) ifodalanadi.
Meditsinaga
oid matnlarda tasvirlanayotgan obyektning, tasviri va funksiyasi birgalikda, aloqadorlikda
olib qaraladi. Shuningdek, nomlanayotgan predmetning xalqaro nomi ham (
medulla
spinalis
) keltirib oʻtiladi. Chunki xalqaro meditsinada qabul qilingan terminlar lotin tiliga
oid boʻlib, ularda ma’no koʻchishi kuzatilmaydi. Bu esa semama tarkibidagi semaning
nihoyatda aniqlik ottenkasini saqlaydi.
Umurtqa po
gʻonasi kanali
terminolgik birikmadagi
soʻzining bosh ma’nosi
1.
Zinaning, narvonning oyoq qoʻyib chiqiladigan va tushiladigan poyalaridan
har biri [27],
ma’nosidan umuman uzilgan. Balki
4. Birin-
ketin sodir boʻladigan ish
-harakatning har bir
bosqichi [28]
koʻchma ma’nosi asosida hosil qilingan.
Bu terminologik birikmada asos
ma’noning
faqat birin-
ketinlik ma’nosigina saqlangan.
Shox
soʻzining
butoq, shox, shoxcha
–
oʻsimlik, daraxt yoki buta tanasidan yon
-veriga
oʻsib chiqqan oʻsimta
[
29] ma’nosi, ya’ni bosh ma’nosi shakliga qiyoslash asosida yangi
ma’no hosil qilingan.
B
u oʻrinda soʻzning semantik strukturasidan koʻra,
predmet(denota
t)ning shakli asos boʻlgan.
Funksional
soʻzi
izohli lugʻatda funksiyaga oid; vazifaga aloqador; vazifaviy
[30]
ma’nolarni bildirishi koʻrsatib oʻtilgan. Matnda bu soʻz bosh ma’nosida qoʻllangan. Biroq
bu ma’noda ham vazifa semasi saqlangan xolos, ya’ni an
atomik (tuzilish) va vazifa jihatdan,
degan ma’no anglatgan. Shu jihati bilan bu soʻz meditsinaga oid matnga xoslangan.
Segment
[
Lot
.
Segmentum
–
boʻlak, laxtak; kesma ‹seko –
kesaman]
2
anat. Koʻp
boʻgʻinli jonivorlar tanasidagi har bir boʻgʻin yoki umurtqa pogʻonasining har bir qismi
[31]
ma’nosini bildiradi. Matnda esa bu soʻzning bir ma’nosi –
Segmentum
–
boʻlak (qism)
ma’nosi saqlangan. Garchi matndagi ma’nosi boʻlak, qism ma’nosiga yaqin kelsa ham,
aynan shu semani ifodalamaydi. Bu oʻrinda medits
inaga oid sema yuzaga kelganki,
bu umumiy matn va uning maqsadidan kelib chiqadi. Segmant ma’nosining zamirida oʻz
aro
bogʻlangan, shartlangan sistema elementlari sifatidagi
qism ma’nosini ifodalaydi.
Bu soʻzning semantik tuzilishini ham oʻzgartirib yubor
adi.
Boʻyin
1 odam va umurtqali hayvonlar gavdasining bosh bilan tanani biriktiruvchi
qismi; 2 ba’zi asboblarning ingichka uzunchoq qismi; boʻgʻiz; 3 tex.
o
ʻ
q, val va kryukning
podshipnikka oʻrnatiladigan qismi
[
32] ma’nolarini bildiradi. Matnda esa bu soʻ
zning
biriktiruvchi qism, ingichka uzunchoq qism semalari ifodalangan. Matnda soʻzning ikki
semasining ma’lum segmentlari saqlangan.
Koʻkrak, bel, dumgʻaza
soʻzlari oʻz ma’nolarida
ishtirok etgan.
Dum
6 umuman biror narsaning keti oxiri [33]
semasi saqlangan. Bu oʻrinda orqa
miyaning oxiri tushunchasini anglatgan.
Yuqmodda
(
substantia alba
) meditsinaga oid atama boʻlib, umumiste’mol leksik
qatlamida uchramaydi.
Markaz
1
. oʻrtalik, oʻrta er, holat, mavqe, vaziyat 2
. biror sath, maydon va sh.k.ning
oʻrta qismi; oʻrtasi. 3
.
koʻchma
ahamiyati, mohiyati va shakli jihatdan asos, asosiy
hisoblanuvchi joy, qism, oʻrin va b.
[34]
Kulrang
modda
(
ccrnu Iate-ralis
) birikmali termini kulrang va modda soʻzlarining
qoʻshiluvidan hosil qilingan boʻlib,
meditsinaga oid semaga ega ekanligi bilan
xarakterlanadi.
Meditsinaga oid matnlarning yana bir xususiyati shundaki, biror a’zo tasvirlansa,
uning rasmi (1-
rasm) keltirilishi bilan birga har bir qismi raqamlab koʻrsatiladi va har bir
raqam ishora qilgan qismi matn ichida batafsil izohlanadi.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
4 (2024) / ISSN 2181-3701
362
Boshqa sohalarga oid matnlarda (fizika, kimyo va sh.k.) ham rasm keltirilishi
mumkin, ammo ularning aksariyatida rasmda tasviri berilgan jism yoki moddaning koʻz
oldiga keltirish uchun taqdim qilinadi. Meditsinaga oid matnda har bir detal izohlanishi
bilan birga, uning funksiyasi, buzilishi, oʻzgarishi qiyosli asosda izohlanadi.
Xullas, medit
sinaga oid matnlarda soʻz ma’nosining maxsuslashishi boshqa
matnlarga nisbatan kuchli boʻladi. Bu meditsinaga oid matn talabi asos
ida yuz beradi.
Umumiste’mol soʻzlari matn talabidan kelib chiqib meditsinaga oid tushunchalarni
anglatishga xizmat qiladi,
bu esa meditsinaga oid matnlarda soʻzning semantik tuzilishida
o‘
ziga xoslik mavjudligini k
o‘
rsatadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘
YXATI:
1.
O‘zbek tili leksigologiyasi,
-
Toshkent, “Fan”, 1981
.
2.
Hojiyev A. Lingvistik terminlarning izohli lug‘ati,
-
Toshkent, “O‘qituvchi”, 1985
.
3.
Ufimtseva A.A., Leksicheskoye znacheniye,-
M.: “Nauka”, 1986
.
4.
Usmonov S. Umumiy tilshunoslik. -Toshkent,
“O‘qituvchi”, 1972
.
5.
Uluqov N., Tilshunoslik nazariyasi. -
Toshkent, “Barkamol fayz mediya”, 2016
.
6.
Matveyeva T. V. Polniy slovar lingvisticheskix terminov.- Rostov: Feniks, 2010.
7.
Zufarov K. A. Gistologiya: Uquv yurt. bosh boshqarmasi tibbiyot oliy bilimgohlari
talabalari uchun darslik.
–
Toshkent: Ibn Sino nomidagi nashriyot, 1991.