Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika –
Зарубежная лингвистика и
лингводидактика – Foreign
Linguistics and Linguodidactics
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics
Verbalization of linguoculturems through symbols (based
on the symbol "Gold" in English)
Dilnoza NURULLAYEVA
1
Tashkent State University of Uzbek Language and Literature
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received August 2024
Received in revised form
10 August 2024
Accepted 25 September 2024
Available online
15 October 2024
This article explores the development of cultural linguistics, a
field that examines language through the lens of culture, focusing
on its primary object of study: the linguocultureme.
It emphasizes the verbalization of linguoculturemes through
symbols and provides examples of how the English symbol
"gold" is represented in language.
2181-3701/© 2024 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol2-iss5-pp188-193
This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru
Keywords:
antropocentric paradigm,
cultural linguistics,
linguocultureme,
symbol,
gold.
Lingvokulturemlarning ramz orqali verballashuvi (ingliz
tilidagi “Gold” simvoli asosida)
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlaz:
antroposentrik paradigm,
lingvomadaniyatshunoslik,
lingvokulturema,
ramz,
oltin.
Ushbu maqolada tilga madaniyat prizmasi orqali qarovchi
soha – lingvomadaniyatshunoslik fani rivojlanishi yoritilgan
bo‘lib, uning asosiy o‘rganish obyekti lingvokulturema
haqida ma’lumot berilgan. Lingvokulturemalar ramzlar orqali
verballanishi yoritilgan. Shuningdek, maqolada ingliz tilidagi
“gold” simvolining tilda ifodalanishiga misollar keltirilgan.
Вербализация лингвокультурем через символы (на
материале символа «Золото» в английском языке)
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
антропоцентрическая
парадигма,
В
статье
рассматривается
развитие
лингвокультурологии – научной дисциплины, изучающей
язык сквозь призму культуры. Особое внимание уделяется
1
PhD Student, Tashkent State University of Uzbek Language and Literature. E-mail: nurullayevad9@gmail.com
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue – 2 № 5 (2024) / ISSN 2181-3701
189
лингвокультурология,
лингвокультурема,
символ,
золото.
её основному объекту изучения – лингвокультуреме,
которая рассматривается как единица, объединяющая язык
и культурные смыслы. В статье выделяется процесс
вербализации лингвокультурем посредством символов, а
также приводятся примеры языкового выражения
английского символа «gold», демонстрирующего культурно
значимые ассоциации и образы.
KIRISH
Antroposentrik paradigmaning ilmga kirib kelishi bilan tilshunoslikda ham til
hodisasini o‘rganishga bo‘lgan qarashlar o‘zgardi. Endilikda til sistem holatdan
o‘rganilmasdan, markazida inson omili hodisasi bo‘lgan holatdan kelib chiqib o‘rganila
boshlandi. Buning natijasida tilshunoslikda yangi qarashlar, yangi metodlar orqali
yondashuvlar
paydo
bo‘lib,
lingvomadaniyatshunoslik,
kognitiv
lingvistika,
lingvopragmatika,
etnolingvistika,
madaniyatlararo
kommunikatsiya
kabi
tilshunoslikning yangi interditsiplinar sohalari vujudga keldi.
MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI
Tilshunoslikda xalqlarning madaniy dunyosiga til prizmasi orqali nigoh tashlab til
birliklarining madaniy ahamiyatga ega bo‘lgan jihatlarini ochib beruvchi, shuningdek, til
madaniyatni o‘zida aks etuvchi asosiy vosita ekanligini ko‘rsatib beruvchi soha bu
lingvomadaniyatshunoslikdir. Boshqacha qilib, til va madaniyat o‘rtasidagi aloqani
o‘rganib madaniyatning til orqali aks etishini lingvomadaniyatshunoslik fani o‘rganadi.
Ushbu soha ilmiy asosini V. Gumbolt, E. Sapir, B. Uvorf, A.A. Potebnyalar o‘z ilmiy ishlarida
shakllantirgan bo‘lsa, keyinchalik, A. Vejbitskaya, N.D. Arutyunova, Yu. Stepanov,
N.F. Aliferenko, V.V. Vorobyov, V.N. Teliya, V.A. Maslova kabi olimlar ushbu fanning
rivojiga katta hissa qo‘shdilar. D.U. Ashurova, M.R. Galiyeva, A.E. Mamatov kabi o‘zbek
olimlari ham lingvomadaniyatshunoslik fani rivojlanishiga kata hissa qo‘shdilar.
V.A. Maslova fikriga ko‘ra lingvomadaniyatshunoslikda til madaniyatning
fenomenidir. Bu milliy til prizmasi orqali dunyoga nisbatan ma’lum bir qarash bo‘lib, unda
til milliy mentalitetni ifoda etib beradi [9].
A.E. Mamatov lingvomadaniyatshunoslik – tilshunoslik va madaniyatshunoslikning
tutash joyida paydo bo‘lgan va xalqning tilda o‘z aksini topgan va mustahkamlanib
qolgan
madaniyati
paydo
bo‘lishini
tadqiq
qiladigan
fan
deydi.
Olim
lingvomadaniyatshunoslikning asosiy vazifasi etib quyidagicha belgilaydi: u til ko‘zgusida
aks etgan va inson tomonidan madaniylashtirilgan sohalar: makon, zamon, faoliyat va
hokazolarda qayd qilingan tasavvurlarni hamda til prizmasi orqali namoyon bo‘luvchi
madaniy arxitiplar bilan o‘zaro munosabatda bo‘ladigan tasavvurlarni til ma’lumotlari
yordamida tilda mustahkamlangan va matnlardo paydo bo‘ladigan madaniyatning tayanch
oppozitsiyasini aniqlashga jalb qilingan [2].
Lingvomadaniyatshunoslik
sohasining
asosiy
o‘rganish
obyekti
bu
linguakulturemadir. Lingvokulturema atamasini fanga birinchi bo‘lib V.V. Vorobyov
kiritgan bo‘lib, ushbu atamaga V.A. Maslova, S.G. Vorkachev, Yu.S. Stepanov, V.I. Karasik
kabi olimlar o‘z qarashlari va yondashuvlarini ilmiy asarlarida yoritib berishgan.
Lingvokulturema bu murakkab birlik bo‘lib [4], u lisoniy belgining shakli, mazmuni va shu
belgi bilan birga keladigan madaniy ma’noning birikmasidir [10]. Demak, lingvokulturema
so‘zdan farqli o‘laroq o‘zida nafaqat semantik ma’no balki madaniy komponentni aks etadi.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue – 2 № 5 (2024) / ISSN 2181-3701
190
V.V.Vorobyov: “Lingvokulturema bosqichlararo kompleks birlik sifatida lingvistik va
ekstralingvistik tushunchaga oid yoki predmetga oid mazmunlarning dialektik birligidan
iborat”, – deydi (Vorobev 1997:35). Ba’zi olimlar madaniy konseptlarni lingvokulturema
deb belgilaydilar (Карасик, 2004, Попова, Стернин, 2007). V.V. Vorobyov
lingvokulturemalarni tuzilishiga ko‘ra quyidagicha klassifikatsiya qilgan [4]: so‘z orqali
ifodalanadigan
lingvokulturemalar;
so‘z
birikmasi
orqali
ifodalanadigan
lingvokulturemalar; abzats orqali ifodalanadigan lingvokulturemalar; matn orqali
ifodalanadigan lingvokulturemalar. D.U. Ashurova va M.R. Galiyeva lingvokulturemalarni
tuzilish jihatdan so‘z, so‘z iborasi, abzats va matn orqali ifodalanishini ta’kidlaydi [5].
Lingvokulturemalar til prizmasi orqali madaniyatni aks etarkan turli vositalar orqali
namoyon bo‘lishi mumkin. Xususan, olim Maslova V.A. klassifikatsiyasi bo‘yicha
lingvokulturemalar quyidagi lisoniy birliklar orqali ifodalanadi[9]: ekvivalenti bo‘lmagan
leksika; mifologemalar (so‘zlar, frazeologik birliklar, maqollar va tasvirlar orqali
ifodalangan miflar, afsonalar va marosimlar); maqol va matallar; simvol (ramz),
stereotiplar va etalonlar; tasvirlar; stilistik vositalar; nutq madaniyati; nutq odobi
formulalari; diniy xarakterga ega til birliklari. D.U. Ashurova va M.R. Galiyeva
lingvokulturemaning asosiy manbaalari etib quyidagilarni ajratadilar: kundalik hayotning
realiyalari va fenomenlari; tasvir va qiyoslashlar; miflar; nutq madaniyati;
urf-odat va an’analar; din; adabiyot; irim va afsonalar; tarixiy fakt, hodisa va shaxslar.
Tasvirlar ko‘pgina stilistik qurilmalar orqali yuzaga chiqishi mumkin [5]. Ramz ulardan
biridir.
TAHLIL VA NATIJALAR
Ramz tushunchasi fanlararo xususiyatga ega bo‘lgan kesishuvchi tushunchadir.
Ushbu tushunchani falsafa, semiotika, madaniyatshunoslik, psixologiya, filologiya,
adabiyotshunoslik, mifopoetika va boshqa fanlar doirasida o‘rganiladi. Xusuan: 1) Ramz
belgi bilan o‘xshash tushuncha (tillarni sun’iy formallashtirish nuqtayi nazarida);
2) Hayotni san’at vositasida obrazli o‘rganishning o‘ziga xosligini ifodalovchi kategoriya
(estetita va san’at falsafasi nuqtayi nazarida); 3) Muayyan madaniy obyekt
(madaniyatshunoslik, sotsiologiya va boshqa ijtimoiy fanlar doirasida); 4) Ramz belgi
bo‘lib, uning dastlabki ma’nosidan boshqa ma’no uchun shakl sifatida foydalaniladi
(falsafa, lingvistika, semiotika va h.k) [9]. Tilshunoslik fani ham ushbu tushunchani chuqur
va batafsil tahlil etish zaruriyatini inkor etmaydi. Zero, har qanday til tarixiy-madaniy
o‘zakka ega. Ushbu o‘zak muayyan madaniy mentalitetni aks ettiruvchi tilda namoyon
bo‘luvchi ramzlarni o‘ziga qamrab oladi. Ushbu tushuncha mukammal va interditsiplinar
holatga ega bo‘lib, lingvistika sohasida F. de Sossyur, E. Sepir, E. Bennivista, A.A. Potebnya,
A.N. Veselovskiy,
V.V. Vinogradov,
Yu.M. Lotman,
A.F. Losev,
Yu.S. Stepanov,
N.D. Arutyunova, V.A. Maslova va boshqa olimlar ishlarida tadqiq qilingan.
Tilshunoslikda ramz tushunchasiga bo‘lgan yondashuvlarni ko‘rib chiqishni
lug‘atlarda ushbu tushunchaning yoritilish masalasidan boshlashga qaror qildik. “O‘zbek
tilining izohli lug‘ati”da ramzga quyidagi ta’rif berilgan: Ramz (a) 1. Biror gʻoya, tushuncha,
hodisa
kabilarni
ifodalovchi,
eslatuvchi
shartli
belgi,
ishora;
simvol.
2. Qochiriq yoki ishora bilan aytilgan gap; imo-ishora, shama. 3. Ramz (erkaklar ismi).
Shuningdek, ramz so‘zining uyadoshlar qatoriga kiruvchi ramzli(simvolik) va ramziy
(simvolik) so‘zlari lug‘atga kiritilgan [3].
“Simvol (gr. Symbolon) – 1) qadimgi yunonlarda – muayyan ijtimoiy guruh, sirli
jamiyat va hokazolarning a’zolari biluvchi shartli moddiy belgi; 2) muayyan obraz,
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue – 2 № 5 (2024) / ISSN 2181-3701
191
tushuncha, g‘oyaning shartli belgisi bo‘lib xizmat qiladigan predmet, harakat va boshqalar;
3) qandaydir g‘oyani in’ikos ettiruvchi badiiy obraz; 4) u yoki bu fan tomonidan qabul
qilingan qandaydir kattalikning shartli belgisi; … 5) e’tiqod jihatidan – e’tiqodning asosiy
holatlarining qisqacha bayoni…” [8]; “ramz belgilik aspektida olingan obraz sifatida
izohlanadi va u obrazning butun organikligi va tuganmas ko‘p ma’noliligi bilan yuklangan
belgidir” [12].
Demak, “ramz” so‘zining yuqoridagi ta’riflaridan kelib chiqqan holda, ramz birinchi
navbatda belgi bo‘lib, shuningdek o‘zining shartlilik va obrazlilik xususiyatlariga ega
ekanligi bilan ajralib turadi.
Qadim qadimdan qimmatli metallarning ramziy ahamiyati turli madaniyatlarda
e’tirof etilganligini ko‘rishimiz mumkin. Oltin yoki tilla metali ham shunday ahamiyatga
ega bo‘lgan razmlardan biridir. Oltinning kimyoviy ramzi Mendeleyev davriy jadvalida
Au kimyoviy belgisi bilan qayd etilgan. Au kimyoviy belgisi lotincha “aurum” so‘zidan
olingan bo‘lib, ushbu so‘z qadimgi rim mifologiyasidagi tong otishiga sabab bo‘luvchi va
dunyoga nur olib keluvchi xudo sanalmish Aurora xudosi nomidan kelib chiqqan. Ushbu
xudo dunyoga sariq rangli oltin nurlarni tongda osmonda paydo qiladi va dunyoga
yorug‘lik beradi. Shuning uchun “aurum” – “sariq” degan ma’noni anglatadi va u oltin
metalining sariq rangi bilan bog‘liqlikni ko‘rsatadi. Turli millatlarda oltin so‘zi turlicha
qayd etilgan, german xalqlari ham ushbu metalni qadimda ,,gelo” ya’ni ,,sariq” so‘zi bilan
atab uning rangi bilan bog‘liqlikni o‘z tilida aks etishgan. Hozirgi nemis va ingliz tillaridagi
“gold” so‘zi aynan ,,gelo”dan kelib chiqqan.
Oltin ming yillardan buyon boylik va kuch-qudrat ramzi bo‘lib kelmoqda. Uning
uzoq va murakkab tarixi oltinni qadim qadimdan asosiy pul o‘lchov birligi qilgan. Uning
noyob va nodir metal ekanligi, oltinni topishni qiyinligi va uning juda ham chidamli metal
ekanligi bilan bog‘liq. Oltin ilk davrlardayoq boylik timsoli va qudrat kafolati bo‘lgan.
Bu qimmatbaho metall qadimiy tamaddun va madaniyat o‘choqlarining yuksalishiga va
shu vaqtning o‘zida yemirilishiga, butun-butun xalqlarning qirilib ketishi sababchisidir.
Mazkur urushlar uchun bahonalar ham qanchalik ming turli bo‘lmasin, barchasining asl
maqsadi baribir boylik edi. Shuning uchun ko‘p oltinga ega bo‘lish nafaqat boylik timsoli,
balki kuch-qudratning naqadar muhim va obro‘li hisoblanishini qayd etkan. Hozirgi kunda
jamiyat uchun foydali bo‘lgan ulkan yutuqlar, sportdagi eng yuksak natijalar oltin medallar
bilan baholanishi sababi ham shudir.
Ko‘plab xalqlarda oltin bilan bog‘liq tushunchalar bor. Misol uchun, “oltin qo‘llar”,
“oltin so‘zlar”, “qora oltin” kabi tushunchalar mavjud. O‘zbeklar esa paxtani “oq oltin” deb
ataydi. Oltin nodir qadr-qimmat ramzi sifatida maqol va matallar, ertak va qo‘shiqlardan
joy olgan. Ingliz tilida gaplashuvchi xalqlar madaniyatida ham bunday tushunchalar tilida
aks etadi.
“Gold brick”
ingliz tilining amerikancha variantida uchraydigan bu noformal
fraza inson xarakteri bilan bog‘liq bo‘lib, dangasa, ishdan o‘zini kasal deb qochuvchi
insonlarga nisbatan ishlatiladi va negativ ma’no uyg‘unligini ifoda etadi.
“Gold-digger”
frazasi ham noformal bo‘lib, unda ham negativ bo‘yodlar aks etadi. Ushbu fraza asosan
ayollarga nisbatan qo‘llanilishi bilan gender bo‘linishga ega bo‘lib, o‘zining chiroyini
ishlatgan holda erkaklardan pul shilib oluvchi ayollarni ta’riflaganda ishlatiladi.
“Golden
boy”
frazasi ham gender bo‘linishni aks etadi va juda ham yoshligida muvaffaqqiyatga
erishgan o‘g‘il bolalarga nisbatan ishlatiladi. Ushbu fraza positiv bo‘yoqdorlikka ega[10].
Oltin simvolikasiga ega bo‘lgan frazalar nafaqat insonlar xarakteriga balki vaqtni
anglatishda ham ishlatiladi. Misol uchun,
“golden hour”
frazasi. Ushbu frazaning kelib
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue – 2 № 5 (2024) / ISSN 2181-3701
192
chiqishi tibbiyot bilan bog‘liq bo‘lib, inson tomonidan qattiq shikast (travma) olganidan
keyingi dastlabki birinchi soat ushbu travmani davolashdagi eng muhim soat hisoblanishi
bilan bog‘liq. Ushbu frazani mo‘jizaviy vaqtni ifodalashda ishlatiladi. Shuningdek,
“golden
hour”
frazasi fotografiya sohasida ham ishlatilib, quyosh ufqqa yaqinroq bo‘lgan paytni
ifodalaydi va suratga olish uchun eng zo‘r vaqt hisoblanadi. Yana bir vaqt bilan bog‘liq fraza
bu
“golden age”
bo‘lib, u hamma baxtli bo‘lgan paytni yoki biror san’at, madaniyat va
biznes o‘z muvaffaqiyatining cho‘qqisida bo‘lgan davrni anglatadi.
“Golden jubilee”
frazasi ham vaqt bilan bog‘liq positiv bo‘yoqqa ega bo‘lib, inson hayotining
50 yillik umrini yoki bo‘lmasa biror bir hodisaning 50 yillik yubileyini nishonlashni
bildiradi. Ish va mablag‘ bilan bog‘liq frazalar borki, ulardan biri
“golden hello”
bo‘lib,
biror kishi qandaydir ishni qabul qilishi uchun beriladigan mablag‘ga nisbatan ishlatiladi.
Ikkinchisi
“golden handcuffs”
frazsi bo‘lib, biror kishi qandaydir ishni tark etishi uchun
beriladigan mablag‘ni ifodalaydi. Yana bir fraza
“golden parachute”
bo‘lib, u ish
kontraktida qayd etilgan biror biznesmenga ishini tark etishga to‘g‘ri kelganda beriladigan
katta mablag‘ga nisbatan aytiladi.
XULOSA VA TAKLIFLAR
Til madaniyatning fenomeni. Tilga bo‘lgan antroposentrik yondashuv bir qator
yangi fanlarning vujudga kelishiga omil yaratdi. Lingvokulturologiya til va madaniyat
o‘rtasidagi aloqani o‘rganib, tilni madaniyat prizmasi orqali tadqiq etadi.
Lingvomadaniyatshunoslik sohasining asosiy o‘rganish obyekti bu lingvokulturema bo‘lib,
uni
V.V. Vorobyov,
V.A. Maslova,
V.S. Gorkachev,
Yu.S. Stepanov,
V.I. Karasik,
D.U. Ashurova, M.R. Galiyeva kabi olimlar tadqiq etishgan. Lingvokulteremalar ko‘plab
lisoniy birliklar va stilistik qurilmalar orqali yuzaga chiqishi mumkin. Ulardan biri ramzdir.
Oltin bu boylik va kuch-qudrat ramzi bo‘lib necha asrlardan beri xalqlar madaniyatiga
katta ta’sir ko‘rsatgan. Ingliz tilida ham ushbu ramz orqali ifodalangan frazalarda inson
xarakterini ochib beruvchi, vaqt bilan bog‘liqik, ish va mablag‘ bilan bog‘liqlik aks
etkanligini tadqiq qildik. Tadqiqotlarimiz davomida, yuqoridagi frazalarda positive va
negative bo‘yoqdorlik va gender bo‘linish kabi xususiyatlar borligini topdik.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Ashurova D.U, Galieva D.U. Cultural linguistics – Tashkent: Vneshinvestprom,
2019, p. 92;98.
2.
Mamatov. A.E. Zamonaviy lingvistika – Toshkent, ,,Noshir”, 2019, 40-bet.
3.
O‘zbek tilining izohli lug‘ati: ikki tomli, 60 000 so‘z va birikmasi/ S.F.Akobirov,
T.A.Aliqulov, S.I.Ibrohimov va b.; Z.M.Ma’rufov tahriri ostida. – T. I-II –M.: Русский язык,
1981, 613-bet.
4.
В. В. Воробьев Лингвокультурология: Монография – М: Изд-во РУДН, 2006,
стр. 44-45; 53-56.
5.
Джусупов.
Н.М.
Тюркский
символ
в
художественном
тексте
(лингвокогнитивный аспект). Монография. Астана-2011.
6.
Карасик В. И. Языковой круг: личность, концепты, дискурс. – М.: Гнозис,
2004. – 390 с.
7.
Кунин А.В. Курс фразеологии современного английского языка-М. Высшая
школа, 1996, стр. 126.
8.
Литературный энциклопедический словарь / Под. общ. ред. В.М.
Кожевникова, П.А. Николаева. – М.: Сов. энциклопедия, 1987, стр. 378.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue – 2 № 5 (2024) / ISSN 2181-3701
193
9.
Маслова В. А. Лингвокультурология – Москва, 2001, с. 5.
10.
Международный журнал экспериментального образования. – 2014. – № 5
(часть 1), стр. 144-146 .
11.
Попова З.Д., Стернин И.А. Когнитивная лингвистика. – М.: АСТ: Восток –
Запад, 2007. – 314 с.
12.
Словарь иностранных слов. – М.: Рус. яз., 1989, стр. 464.
13.
https://dictionary.cambridge.org/
14.
https://www.merriam-webster.com/
