Морфологическая структура и структурная модель фалеронимов

Аннотация

Целью исследования является анализ морфологического состава, структурных особенностей и закономерностей формирования фалеронимов. Особое внимание уделено их структурному анализу, а также обсуждению новых производных моделей, образованных на их основе.

Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
ВАК
elibrary
doi
 
Выпуск:
38-42
20

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Раззакова S. (2024). Морфологическая структура и структурная модель фалеронимов. Зарубежная лингвистика и лингводидактика, 2(5/S), 38–42. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/foreign-linguistics/article/view/68110
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Целью исследования является анализ морфологического состава, структурных особенностей и закономерностей формирования фалеронимов. Особое внимание уделено их структурному анализу, а также обсуждению новых производных моделей, образованных на их основе.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная

лингвистика

и

лингводидактика

Foreign

Linguistics and Linguodidactics

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics

Morphological structure and structural model of
phaleronyms

Sumbul RAZZAKOVA

1

Urgench State University

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received September 2024
Received in revised form

10 October 2024
Accepted 25 October 2024

Available online

25 November 2024

The aim of this study is to analyze the morphological

composition, structural patterns, and formation rules of

phaleronyms. The structural analysis of phaleronyms has been

conducted separately, and new derivative models have been
discussed.

2181-3701

2024 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol2-iss5

/S

-pp38-42

This is an open-access article under the Attribution 4.0 International

(CC BY 4.0) license (

https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru

)

Keywords:

one-component phaleronym,
multi-component

phaleronym,

structural-typological
construction,

structural model,

appellative basis.

Faleronimlarning morfologik tarkibi va struktural modeli

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

Bir komponentli faleronim,

ko‘p komponentli faleronim,

struktur-tipologik yasalish,

struktural model,

apellyativ asos.

Ushbu maqolada faleronimlarning morfologik tarkibi, tuzilish

qoliplari, yasalish qonuniyatlarini tahlil qilish tadqiqotning

maqsadi etib belgilandi. Faleronimlarning struktural tahlili

alohida o‘rganildi, ularning yangi derivatsion modellari ko‘rib

chiqildi.

1

Doctoral student, Urgench State University.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue

5 (2024) / ISSN 2181-3701

39

Морфологическая структура и структурная модель
фалеронимов

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

однокомпонентный
фалероним,

многокомпонентный
фалероним,

структурно

-

типологическое
построение,

структурная модель,
апеллятивная основа.

Целью исследования является анализ морфологического

состава, структурных особенностей и закономерностей

формирования фалеронимов. Особое внимание уделено их

структурному анализу, а также обсуждению новых

производных моделей, образованных на их основе.


KIRISH

Faleronimlar

ham o‘zbek tilining lug‘aviy boyligi bo‘lgani uchun bu tilning tuzilishi,

yasalish qonuniyatlariga bo‘ysunadi. Faleronimlarning tuzilish qoliplari, bir tomondan,
faleronim uchun asos bo‘lgan apellyativning xususiyatiga, ikkinchi

tomondan,

faleronimlarning

o‘ziga xos xususiyatlariga asoslanadi. Faleronimik tuzilma(struktura)

bilan unga asos bo‘lgan apellyativ strukturaning to‘la mos kelmasligini apellyativda
mavjud bo‘lgan ba’zi grammatik shakllarni obrazli ot strukturasiga taalluqli bo‘lmasligi,

balki uning tarkibida nofunksional, qotgan lisoniy element sifatida saqlanishi ham

tasdiqlaydi. Masalan, do‘stlik, mardlik singari faleronimlar tarkibidagi –lik qo‘shimchasi
faleronimik tizimning hosilasi emas, apellyativ negizda avval mavjud bo‘lgan
ko‘rsatkichlardir. Shu sababli ham ko‘pincha atoqli otlar o‘zak va yasovchi morfemalarga,
fonetik va morfemik strukturaga bo‘linmasdan yaxlit bir so‘z tarzida talqin etib kelinadi:
Atoqli otni va uning turdosh otdan farqini belgilash hozirga qadar, asosan, butun so‘z

sath

ida olib borildi. Shu sababli ko‘pgina ishlarda kichikroq sathlar ham doimo hisobga

olinavermaydi va atoqli otni tashkil qilgan unsur(element) tahlil etilmaydi, mavjud

ishlarning aksariyatida atoqli otga bir butunlikka ega so‘z sifatida qaraladi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Mana shunday fikr bildirishga qaramasdan A.V. Superanskaya ham toponimlar ikki

qismdan tashkil topadi deb hisoblaydi: negiz va formant: “atoqli otning tuzilishi haqida so‘z

borganda, asos va formantlar haqida gapirilishi kerak. Chunki nom asosi tarkibiga kiruvchi

old qo‘shimchalar, o‘zak va suffikslar, odatda, atoqli otlikkacha bo‘lgan yasalishga

tegishlidir. Atoqli ot tarkibiga ular tayyor asos sifatida kirgan. Demak, toponim negiz va

formantdan iborat bo‘lar ekan.

Z.

Do‘simov A.V

. Superanskayaning tildagi umumiy leksika va maxsus leksika

qarashlariga suyangan holda shunday yozadi: “Demak leksema va toponimni bir qatorga
qo‘yib bo‘lmaydi. Chunki umumiy leksika kishilik jamiyatidagi aloqaning barcha

sohalarida qatnashadi. Maxsus leksikaning esa funksional doirasi, lisoniy funksiyasi
chegaralangan. Demak toponimlarning yasamaligi haqida gapirilganda toponimlikkacha

va toponimlik davridagi ma’noni hisobga olish lozim bo‘ladi. Toponimiyada hosil qiluvchi

hosila orasida munosabat toponimik

va toponimiklikkacha bo‘lgan ma’nolarda

ifodalanadi”. U toponimlarni lisoniy tarkibiga qarab uchga: appellyativ toponimlar,
formantli toponimlar, affiksoidli toponimlarga bo‘ladi.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue

5 (2024) / ISSN 2181-3701

40

A.Otajanova xorazm etnotoponimlarini Z.Do‘simov qarashlariga suyangan holda

appelyativ asosli nomlar, formantli nomlar, indikatorli nomlarga bo‘ladi. Tadqiqotchi
apellyativ asosli nomlar deb hech qanday qo‘shimchasiz sof lug‘aviy strukturali
toponimlarni tushunadi. Ammo o‘sha yerning o‘zida “apellyativ asosli nomlar tarkibidagi

ay

rim tarixiy affikslar” tahlil qilingan.

O‘zbek tilidagi faleronimlarni lisoniy tuzilishiga ko‘ra ikki guruhga ajratish mumkin.

1. Bir komponentli(sodda) faleronimlar.
2.

Ko‘p komponentli(murakkab) faleronimlar.

Dastlab sodda faleronimlarning semantikasiga

kengroq to‘xtalamiz. Faqat bir

so‘zdan iborat sodda faleronimlar mavjud bo‘lib, ular hech qanday grammatik forma
olmay, yaxlit bir so‘z holida qo‘llanadi. Bunda apellyativ yaxlit leksema holatida faleronim
vazifasiga o‘tadi. Apellyativ atoqli otga o‘tgach

, bir qator xususiyatlarga (bosh harf bilan

yozilishi va shu kabi) ega bo‘ladi. Masalan, shuhrat (apellyativ) “Shuhrat” (faleronim)
medali, jasorat (apellyativ); “Jasorat” (faleronim) medali.

Bir komponentli faleronimlarni o‘z ichida sodda tub va sodda ya

sama

faleronimlarga ajratish mumkin. Masalan, “Jasorat” medali (sodda tub), “Mardlik” ordeni,

Do‘stlik” ordeni (sodda yasama).

NATIJALAR VA MUHOKAMA

Ko‘pchilik tadqiqotlarda sodda tarkibli atoqli otlarga sintaktik usul bilan yasalgan

(qo‘shma so‘z shaklidagi) nomlar ham kiritilgan va ularning so‘z birikmasidan farqli
tomonlari sanab o‘tilgan. A.Hojiyev yozadi: “Shuni aytish kerakki, so‘zlarni sintaktik usul
bilan biriktirish deganda, birdan ortiq so‘zning ma’lum grammatik qonun

-qoidalari

asosida o‘zaro bog‘lanishi tushuniladi. So‘zlarning ma’lum grammatik qonun

-qoidalar

asosida o‘zaro aloqaga kirishuvidan hech vaqt qo‘shma so’z hosil bo‘lmaydi, balki hamma
vaqt so‘z birikmasi hosil bo‘ladi. Ana shunday so‘z birikmalari til taraqqiyoti jarayonida
ma’lum davrlar o‘tishi bilan semantik, grammatik va fonetik jihatdan bir butun holga
kelishi, ya`ni qo‘shma so‘zga aylanishi mumkin. So‘zlarni grammatik qonun

-qoidalar

asosida o‘zaro aloqaga kirishuvidan so‘z birikmasi hosil bo‘lishi bilan shu birikmaning
qo‘shma so‘z

ga aylanishi tamomila boshqa-boshqa hodisadir. Ammo faleronimik birliklar

tuzilishida qo‘shma so‘z shaklidagi nomlar uchramaydi, aksincha ularning ko‘pchiligi so‘z
birikmasi ko‘rinishidadir. Shuning uchun biz tadqiqotimizda birikma tuzilishidagi

nomlarni h

am ko‘p komponentli faleronimlar tarkibida o‘rganishga qaror qildik.

Ko‘p komponentli faleronimik birliklarni ikki guruhga ajratish mumkin:

1.

Birikma ko‘rinishidagi faleronimlar (ikkita so‘zdan tashkil topgan).

2. Kengaygan

birikma ko‘rinishidagi faleronimlar (ikkidan ortiq so‘zdan tashkil topgan).

Birikma ko‘rinishidagi faleronimlar.

Nosirjon Uluqov o‘zbek tilidagi

faleronimlarning barchasini birikma holida tasnif qilgan, ya’ni unvon, orden, medal kabi

indikatorlarni ham faleronimlarning tarkibiga kiritgan. Ammo biz tadqiqotimizda faqat
faleronimlarning tarkibini tahlilga tortdik. Ular morfologik-

leksik tarkibiy tahliliga ko‘ra,

rang-

barang so‘z turkumlariga xos birliklardan tashkil topgandir.

Ularning xarakterli

ko‘rinishlari asosan quyidagilar:

1.

apellyativ (ot) + apellyativ (ot): “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni, “Oltin Yulduz”

medali, “Soha iftixori” ko‘krak nishoni, “Oltin qalam” mukofoti, “El

-

yurt hurmati” ordeni,

“Mehnat shuhrati” ordeni, “Kelajak bunyodkori” medali, “O‘zbekiston belgisi” ko‘k

rak

nishoni.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue

5 (2024) / ISSN 2181-3701

41

2.

apellyativ (sifat) + appellyativ (ot): “Ilg‘or fermer” ko‘krak nishoni, “Mo‘tabar

ayol” ko‘krak nishoni, “Namunali tomorqachi” ko‘krak nishoni, “Eng yosh olim”

nominatsiyasi.

3.

apellyativ (ot) + apellyativ (sifat): “Soha a’lochisi” ko‘krak nishoni, “Ma’naviyat

fidoyisi” ko‘krak nishoni, “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni.

Birikma ko‘rinishidagi faleronimlar tarkibidagi so‘zlar bir

-

biriga so‘z birikmasidagi

so‘zlarning bog‘lanish usullaridan moslashuv va bitishuv orqali bog‘langan va
moslashuvda asosan qaratqich kelishigi qo‘shimchasi belgisiz holda qo‘llangan.

Kengaygan birikma ko‘rinishidagi faleronimlar.

1. apellyativ (ot) + apellyativ

(ot) + apellyativ (sifat): “Xalq ta’limi fidoyisi” ko‘krak nishoni, “Madaniyat va san’at
fidokori”

ko‘krak nishoni, “Jismoniy tarbiya va sport a’lochisi”, “Ma’naviy

-

ma’rifiy ishlar”

a’lochisi.

2. apellyativ (sifat) + apellytiv (ot) + apellyativ (ot): “Innovatsion g‘oyalar

yetakchisi” ko‘krak nishoni, “Eng yaxshi matbuot xizmati” nominatsiyasi, “Eng yax

shi

marketing xizmati” nominatsiyasi.

3. apellyativ (sifat) + apellyativ (ot) + apellyativ (sifat): “Ma’naviy

-

ma’rifiy ishlar

a’lochisi” ko‘krak nishoni.

O‘zbek tili faleronimiyasi tarkibi bo‘yicha kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki,

faleronimlarning komponentlari turlicha va xilma-

xil hosil bo‘lmagan. Aksincha, takror

qo‘llanuvchi komponentlar juda ko‘p uchraydi. Shunday ekan, takror qo‘llanuvchi
komponentni universal komponent deyish mumkin. Universal komponent ko‘plab

faleronimlar tarkibida kela oladi, murakkab faleronimning ham birinchi ham ikkinchi
qismini tashkil qila oladi.

Demak, o‘zbek faleronimiyasi tizimining miqdoran boyishi universal bo‘lgan

leksemalarning ko‘plab faleronimlar tarkibida takrorlanib kelishi bilan bog‘liqdir.

Ko‘rinib turibdiki, yang

i faleronimlar har safar ham yangi apellyativlardan hosil

bo‘lavermaydi, balki faleronimiyaning ichki imkoniyatlariga tayangan holda shakllanadi.
Ushbu usul juda sermahsul bo‘lib, o‘zbek faleronimiyasi fondi rivojining muhim manbaidir.

Nomlarning qo‘shma i

smni tashkil qiladigan qismlarining universalligi tufayli yangi

toponimlar hosil bo‘lishini bir vaqtlar V.N.

Toporov va O.N. Trubachovlar qayd qilgan

edilar.

B.A. Seberinnikov toponimiya tadqiqotlarida nomlar tarkibida takrorlanib

turadigan qismlarni aniql

ash muhimligini qayd etadi. Bular, uning fikricha, “struktur

-

tipologik yasalishlar”,

“ya’ni struktural modellardir”.

O‘zbek tili faleronimlari tarkibida ham takrorlanib turadigan qismlarni aniqlash

muhim ahamiyat kasb etadi. Faleronimiya bo‘yicha kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki,
murakkab komponentli faleronimlar tarkibida keluvchi komponentlar qaysi o‘rinda
kelishiga ko‘ra 3ga bo‘linadi:

1. Murakkab faleronimlarning old qismida keluvchi komponentlar.
2. Murakkab faleronimlarning orqa qismida keluvchi komponentlar.
3. Murakkab faleronimning har ikkala qismida keluvchi komponentlar.

XULOSA

Shu o‘rinda o‘zbek tilining asosiy imlo qoidalaridan bosh harflar imlosining

72-

bandida faleronimiyaga doir qaydlarni sanab o‘tishni lozim topdik. Faleronimiya

tarkibidagi barcha nomlar bosh harf bilan yoziladi, chunki ular atoqli otlarga mansub.

Davlatning oliy darajadagi mukofoti nomi tarkibidagi har bir so‘z bosh harf bilan


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue

5 (2024) / ISSN 2181-3701

42

bosh

lanadi: “O‘zbekiston Qahramoni” (unvon), “Oltin Yulduz” (medal). Bosh mukofatlar,

faxriy unvonlar, nishonlar nomidagi birinchi so‘zlar bosh harf bilan boshlanadi:

“Sog‘lom

avlod uchun” (orden), “O‘zbekistonda ximat ko‘rsatgan fan arbobi” (faxriy unvon),

“M

atbaa

a`lochisi” (nishon) kabi.

Faleronimlarning deyarli barchasida qo‘shtirnoq belgisi faol qo‘llanuvchi tinish

belgisi hisoblanadi. U chegaralovchi tinish belgi bo‘lib faleronimik birlikni faleronimik

termindan ajratib ko‘rsatish uchun xizmat qiladi. Faleronimlarda qo‘shtirnoqning
qo‘llanishi quyidagi hollarda kuzatiladi: “Shuhrat” medali, Fidokorona xizmatlari uchun”

ordeni va b.

Faleronimlarda “nomli”, “nomidagi” so‘zlari ham qo‘llanadi. Bu so’zlar qo’llanganida

faleronimda

qo‘shtirnoq ishlatilmaydi. M

asalan, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti, Alisher

Navoiy nomidagi Davlat mukofoti .

Yuqoridagi tahlil namunalaridan quyidagicha xulosaga kelishimiz mumkin:

Ko‘p komponentli ya’ni murakkab faleronimlar tarkibida takrorlanib qo‘llanuvchi

universal komponentlar juda faoldir. Shunday ekan, faleronimlarning struktural tahlilida

ularni alohida o‘rganish, ularning yangi derivatsion modellarini aniqlash tilshunoslikning

faleronimika sohasidagi dolzarb masalalardan biridir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Hojiyev A. O‘zbek tilida qo‘shma, juft va takroriy so‘zlar.8

-bet.

2.

Otajanova A. Xorazm etnotoponimlari. Toshkent: Fan,1997. 78-85-betlar.

3.

Uluqov N.M. Faleronimlar xususida.O‘zbek tili va adabiyoti. 2011. №5.

- B.79-82

4.

Дусимов З. Историко

-

лингвистический анализ топонимии Хорезма:

Автореф. Дис. … докт.филол.наук.Тошкент 1986. С.26

5.

Серебренников Б.А. О методах изучения топонимических названий //

Вопросы языкознания.1959. №6. С.45

-47.

6.

Суперанская А.В. Структура имени собственного С. 12

-13

7.

Суперанская А.В. Апеллятив онома // Имя нарицательное и собственное. М.:

Наука 1978. С. 5

-6.

8.

Топоров В.Н., Трубачёв О.Н. Лингвистический анализ гидронимов

Верховного Поднепровья / Отв.ред. Толстой. И М.: Изд

-

во АН СССР,1962.С.159

-172.

Библиографические ссылки

Hojiyev A. O‘zbek tilida qo‘shma, juft va takroriy so‘zlar.8-bet.

Otajanova A. Xorazm etnotoponimlari. Toshkent: Fan,1997. 78-85-betlar.

Uluqov N.M. Faleronimlar xususida.O‘zbek tili va adabiyoti. 2011. №5.- B.79-82

Дусимов З. Историко-лингвистический анализ топонимии Хорезма: Автореф. Дис. … докт.филол.наук.Тошкент 1986. С.26

Серебренников Б.А. О методах изучения топонимических названий // Вопросы языкознания.1959. №6. С.45-47.

Суперанская А.В. Структура имени собственного С. 12-13

Суперанская А.В. Апеллятив онома // Имя нарицательное и собственное. М.: Наука 1978. С. 5-6.

Топоров В.Н., Трубачёв О.Н. Лингвистический анализ гидронимов Верховного Поднепровья / Отв.ред. Толстой. И М.: Изд-во АН СССР,1962.С.159-172.