Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika –
Зарубежная лингвистика и
лингводидактика – Foreign
Linguistics and Linguodidactics
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics
Interpretation of the typology of functional styles in
linguistic translation
Shokhida ABDULLAEVA
1
Uzbekistan State University of World Languages
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received August 2024
Received in revised form
10 August 2024
Accepted 25 September 2024
Available online
15 October 2024
The contribution of linguistics to the theory and practice of
translation is invaluable. However, translation encompasses far
more than linguistic theory alone. Before focusing on semantics,
translators were deeply engaged with terminology. For
translators, the translation process is often defined as the ability
to select the most appropriate term from the source text.
Specialized dictionaries on terminology have been developed to
aid this process. A significant portion of translators’ scholarly
work has been dedicated to the study and refinement of
terminology.
Identifying the most suitable alternative is a crucial aspect of
translation, where the role of linguistic theory remains
indispensable. A translator typically strives to find the closest
equivalent in the target language to the original text in the source
language. Translation, as a discipline, should be the subject of
scientific and theoretical inquiry. This involves focusing on the
processes of analysis and coordination: determining which
aspects of the text require emphasis, identifying essential
information, and understanding what elements need attention to
achieve the intended goal.
Translation is a multifaceted process that incorporates
linguistics, psychology, culture, literature, and other factors.
Various aspects of translation can be explored using
methodologies from these disciplines. To date, most theoretical
studies on translation have been conducted by linguists. The
linguistic theory of translation examines the forms of speech
communication between speakers of different languages.
2181-3701/© 2024 in Science LLC.
DOI:
https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol2-iss5-pp176-183
This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru
Keywords:
original language,
interlingual transformations,
cognitive process,
essence of equivalence,
lexical units,
translation,
thematics.
1
PhD, Associate Professor, Department of English Translation Theory, Uzbekistan State University of World
Languages. E-mail: shohi66@mail.ru
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue – 2 № 5 (2024) / ISSN 2181-3701
177
Funksional uslublar tipologiyasining lingvistik tarjimada
interpretasiyasi
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar:
asliyat tili,
tillararo transformatsiyalar,
kognitiv jarayon,
ekvivalentlik mohiyati,
leksik birliklar,
tarjima,
tematika.
Tilshunoslik fanining tarjima nazariyasi va amaliyotiga
qo‘shgan hissasi beqiyosdir. Boshqa tomondan tarjima
tilshunoslik nazariyasidan ko‘ra ancha ko‘proq biiimlami o‘z
ichiga oladi. Semantikaga qiziqish uyg‘otishdan oldin tarjimonlar
atamashunoslik bilan yaqindan shug‘ullanganlar. Tarjimonlar
uchun tarjima jarayoni asosiy matndan to‘g‘ri terminni tanlay
bilish hisoblangan. Terminologiya (atamashunoslik) bo‘yicha
maxsus lug‘atlar yaratilgan. Ko‘pchilik tarjimonlaming ilmiy
ishlari terminologiyaga bag‘ishlangan. Eng mos muqobilni topish
tarjimada juda muhim sanaladi, bu sohada tilshunoslik
nazariyasining hissasi beqiyosdir. Tarjimon odatda asliyat tilidagi
eng yaqin muqobilni tarjima qilinayotgan tilga moslashga harakat
qiladi. Tarjima ilmiy-nazariy o‘rganish ob’yekti bo‘lishi zarur.
Unda tahlil va uyg‘unlashtirish jarayoniga, matnda nimaga
ahamiyat berish lozimligiga, qanday axborot zarurligi va
maqsadga erishish uchun nimalarga e’tibor qilishga qaratilgan
bo‘lishi lozim. Tarjima rnurakkab jarayon bo‘lib, tilshunoslik,
psixologiya, madaniyat, adabiy jarayon va boshqa omillami o‘z
ichiga oladi. Tarjimaning har xil aspektlari yuqoridagi fanlar
metodlari bilan o‘rganilishi mumkin. Shu kungacha tarjima ustida
olib borgan ko‘pchilik nazariyilmiy tadqiqotlar tilshunoslar
tomonidan amalga oshirilgan. Tarjimaning lingvistik nazariyasi
turli tillarda so‘zlashuvchilar o‘rtasidagi nutq muloqot formalarini
o‘rganadi.
Интерпретация типологии функциональных стилей
в лингвистическом переводе
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
язык оригинала,
межъязыковые
трансформации,
когнитивный процесс,
сущность
эквивалентности,
лексические единицы,
перевод,
тематика.
Вклад языкознания в теорию и практику перевода
трудно переоценить. Однако перевод охватывает гораздо
больше, чем просто применение лингвистической теории.
Прежде чем сосредоточиться на семантике, переводчики
уделяли значительное внимание терминологии. Для них
процесс перевода заключается в способности выбрать
подходящий термин из исходного текста. Были созданы
специализированные
словари,
посвящённые
терминологии. Большинство научных исследований
переводчиков связано именно с этой областью.
Поиск наиболее подходящей альтернативы является
ключевым аспектом перевода, где роль лингвистической
теории особенно велика. Переводчик обычно стремится
найти ближайшую эквивалентную альтернативу между
исходным и целевым языками. Перевод должен
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue – 2 № 5 (2024) / ISSN 2181-3701
178
рассматриваться как объект научно-теоретического
исследования. Особое внимание следует уделять процессу
анализа и согласования: какие аспекты текста требуют
акцента, какая информация необходима, и на что следует
обратить внимание для достижения цели.
Перевод – это сложный процесс, объединяющий
лингвистику, психологию, культуру, литературные аспекты
и другие факторы. Различные аспекты перевода можно
изучать с помощью методов, предложенных этими
дисциплинами.
До
сих
пор
значительная
часть
теоретических исследований в области перевода была
проведена лингвистами. Лингвистическая теория перевода
изучает формы речевого общения между носителями
разных языков.
KIRISH
Zamonaviy tilshunoslik o‘rganadigan bir qator masalalar ichida tarjima yoki u bilan
bog‘liq jarayon tillararo nutqiy faoliyatning lingvistik jihatlarini o‘rganish muhim ahamiyat
kasb etadi. Insoniyat tarixidan ma’lumki, qadimda yashagan odamlar tillari bir-biridan
farq qilgan bo‘lib, ushbu qabilalar o‘rtasidagi muloqotni o‘rnatishda ikki tilni o‘zlashtirgan
bilingvistlar yordam berishgani shundan dalolat beradiki, tarjima, shak-shubhasiz, inson
faoliyatining eng qadimiy turlaridan biri bo‘lib, o‘tmishdayoq shakllangan. Keyinchalik,
yozuvning paydo bo‘lishi bilan og‘zaki nutqni bir tildan ikkinchi tilga o‘giruvchi tarjimon –
tilmochlarning safiga turli tematikali, shuningdek, rasmiy, diniy, ish yuritishga oid yozma
matnlarni o‘giruvchi tarjimonlar ham qo‘shildi. Demak, anglash mumkinki, tarjimaviy
faoliyat jamiyatda eng muhim ijtimoiy vazifani bajaribgina qolmay, undagi tillararo
muloqotni amalda joriy etdi. Ta’kidlash joizki, yozma tarjimaning taraqqiy etishi tarjima
tili foydalanuvchilariga adabiyot va madaniyatning o‘zaro ta’siri va bir-birini to‘ldirib
borishiga yordam bergan o‘zga millat madaniy yutuqlarini o‘z xalqiga tadbiq etishga
ko‘mak berdi. Xorijiy tillarni bilish asliyat tilidagi asarlar bilan tanishish imkonini yaratadi,
biroq, har bir odamda hech bo‘lmaganda, bitta chet tilini mukammal o‘zlashtirib, o‘sha tilda
kitoblar mutoala qilish qobiliyati bo‘lmasligi mumkin. Tarjima amaliyoti vositasida Gomer,
Shekspir, Dante va Gyote kabi yozuvchilarning shox asarlari tarjimalari bilan butun
insoniyat tanishdi.
Ma’lumki, tarjimon asliyat tili foydalanuvchilari xususidagi madaniy, tarixiy va til
haqidagi bilimlarni mukammal egallasagina, tarjima matni ijtimoiy funksiyasini to‘laqonli
ifodalashi mumkin bo‘ladi. Bunga T. Karleylning “O‘tmish va bugun” asarini ingliz tilidan
nemis tiliga o‘girgan tarjimonning quyidagi fikri dalil bo‘la oladi, “agar tarjimon ingliz
tilining o‘ziga xosligi va u xususida chuqur bilimga ega bo‘lmasa, inglizlar hayot tarziga
urg‘u beruvchi mubolag‘ali ifodalarni anglolmay, anchagina xatolarga yo‘l qo‘ygan bo‘lar
edi”. Bundan anglashiladiki, asliyat tili xususidagi chuqur bilimga ega bo‘lish bilan bir
qatorda, tarjima tili va uslubiga yuqori talab qo‘yiladi. Ushbu masalaga yangillik yaratish
maqsadida ayrim tarjimonlik maktablarining terminlar, frazeologik birliklar, aforizmlar,
ekspressif epitetlar va shu kabi tarjimasi qiyin bo‘lgan asliyat tili unsurlarini o‘girish
borasidagi ko‘pgina qiziqarli tavsiya va takliflarni amaliyotga tadbiq etilganligini kuzatish
mumkin.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue – 2 № 5 (2024) / ISSN 2181-3701
179
ADABIYOTLAR TAHLILI
1950-yillarda shakllangan lingvistik tarjima nazariyasi o‘z rivojlanish bosqichlarida
har bir davrga mos bo‘lgan lingvistik yo‘nalishlar va nazariy konsepsiyalarni faol qo‘llab
kelgan. Tadqiqotchilar ishlarida qiyosiy va tipologik lingvistika, N. Xomskiyning
transformatsion grammatikasi, J. Firt va M.A. Xollideyning funksional nazariyasi,
shuningdek, lingvistik pragmatika va kommunikatsiya nazariyasining tamoyillari aks
etgan. So‘nggi yillarda esa tarjima faoliyatining kognitiv va psixolingvistik jihatlarini
o‘rganishga bo‘lgan qiziqish ortib bormoqda.
Taniqli olimlar A.A. Leontev, I.A. Zimnyaya, Z.D. Lvovskaya, Yu.A. Sorokin,
T.A. Kazakova, E.S. Petrova, V.I. Xayrullin, M.Ya. Tsbilling, R. Bell, U. Eko, J. Dansett, J. Delil,
D. Kirali va A. Noybert) tomonidan olib borilgan tadqiqotlarda tarjima jarayoni avvalo
evristik nutq va tafakkur faoliyati sifatida ko‘rib chiqiladi. Bunda tarjimon til va mazmun
transformatsiyasini ma’lum ijtimoiy-madaniy kontekstda amalga oshiradi. Bugungi kunda
tarjima jarayonini chuqur o‘rganish uchun eksperimental tadqiqot usullari, ayniqsa,
psixolingvistik metodikalardan keng foydalanilmoqda. Ushbu yondashuvlar tarjima
nazariyasida yangi istiqbollar ochib, tarjimaning nafaqat tilshunoslik, balki tafakkur
jarayonlarining ham ajralmas qismi sifatida o‘rganilishini ta’minlaydi.
Ushbu tendentsiya tarjima nazariyasining sof lingvistik yondashuvlardan
bosqichma-bosqich uzoqlashayotganini anglatadi. An’anaviy nazariyalar doirasida tarjima
jarayoni bosqichma-bosqich transformatsiya sifatida talqin qilinar edi, ya’ni bitta til matni
boshqa tilga ko‘chirilganida, ushbu jarayon mazmuniy yoki funksional ekvivalentlikka
asoslanardi. Bunday yondashuvda ikki til birliklari o‘rtasidagi ekvivalent munosabatlar til
tizimining obyektiv jihatlariga tayangan holda amalga oshiriladi. Mazkur konsepsiya til
tizimini tarjima jarayonining asosiy ko‘rsatkichi sifatida ko‘rib, tarjimon harakatlarini
faqat tilning strukturaviy va semantik qoidalari bilan cheklab qo‘yadi. Biroq, zamonaviy
ilmiy yondashuvlar tarjimani kognitiv va nutqiy-tafakkur jarayonlari nuqtai nazaridan
o‘rganishni ilgari surmoqda. Endi asosiy e’tibor tarjimonning ongli faoliyatiga, ya’ni til
tizimlaridan ijodiy foydalanish va mazmunni sotsiolingvistik kontekstda talqin qilish
qobiliyatiga qaratiladi. Bunday yondashuv tarjimonni ikki tilni bir-biriga texnik tarzda
transformatsiya qiluvchi vosita sifatida emas, balki nutqiy-tafakkur faoliyatini amalga
oshiruvchi ijodiy subyek sifatida talqin qilish zaruratini yuzaga keltiradi. Shu sababli,
zamonaviy tarjima nazariyasi faqat til tizimlari o‘rtasidagi ekvivalentlik tushunchasi bilan
cheklanib qolmay, tarjima jarayonida yuzaga keladigan kognitiv, psixolingvistik va
madaniy omillarni ham inobatga olishni talab qilmoqda. Bu yondashuv tarjima
nazariyasining metodologik asoslarini chuqur qayta ko‘rib chiqishga undab, uni yanada
kengroq va ko‘p qirrali jarayon sifatida talqin qilish imkonini beradi.
METODOLOGIYA
Tarjima nazariyasining metodologik asoslarini qayta ko‘rib chiqish zarurati,
shuningdek, amaliy ehtiyojlar bilan ham bog‘liq. Xususan, tarjima o‘rgatishda
ekvivalentlik, matnlarning bir xillik yoki o‘xshashlik kabi an’anaviy tushunchalar asosida
ish olib borish ko‘pincha noto‘g‘ri tasavvurlarni shakllantiradi va xatolarga olib keladi.
Amaliy tajriba shuni ko‘rsatadiki, tarjima qilinayotgan matnning tabiiylikdan uzoqligi yoki
sun’iyligi ana shunday noto‘g‘ri tushunchalarning oqibatidir.
Shunday qilib, nazariyaning zamonaviy yondashuvi tarjima faoliyatiga subyektiv
tafakkur va kognitiv jarayonlarni jalb etib, unga ko‘proq ijodiy va ilmiy ko‘z bilan qarashni
taklif qiladi.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue – 2 № 5 (2024) / ISSN 2181-3701
180
A.V. Fedorov tarjima nazariyasini boshqa fanlar bilan uyg‘unlikda ko‘rib chiqish
imkoniyatini tan olgan bo‘lsa-da, uni asosan lingvistik soha sifatida belgilaydi. U kabi
fikrlovchi yondashuv tarafdorlari barcha turdagi matnlarni qamrab oladigan umumiy
tarjima nazariyasini yaratishga harakat qildilar. Ushbu sohada lingvistik nazariyaga
asoslangan bilimlar bilan cheklanibgina qolmay, tadqiqot ob’yekti, predmeti ko‘lamini
kengaytiruvhci yangi konsepsiyalar yaratildi. Bu boradagi tadqiqotlari bilan ko‘zga
ko‘ringan lingvist V.N. Komissarovning fikricha, “tarjimada tillar muhim ahamiyat kasb
etganligi bois, zamonaviy tarjimashunoslikda lingvistik nazariyalar yetakchi o‘rinni
egallaydi”. Bilamizki, til qonuniyatlari uning faqat va faqat taraqqiy etishi va
sayqallanishiga xizmat qilib, takomillashib borgan. Tildagi har bir unsur tabiati tarjimada
inobatga olingan holda o‘girilishi muhim ahamiyat kasb etadi.
L.S. Barxudarov esa, “tarjimaning lingvistik nazariyasi predmeti tarjima jarayonini
ilmiy tavsiflash bilan tillararo aloqalarni transformatsiyalash, ya’ni bir tildagi matnni
boshqa tildagi muqobil matnga aylantirishdir”, – degan fikrni ilgari surgan. Uning
ta’kidlashicha, tarjima lingvistik nazariyasi “asliyat va tarjima tillaridagi barcha
xususiyatlarni emas, balki ijtimoiy, jumladan, muntazam takrorlanadigan, tipik
munosabatlarni o‘rganishi kerak”. Ya’nikim, tillarning ijtimoiy jihatlari bir-birini
to‘ldirishga xizmat qilib, undagi ushbu holatlar millatlar madaniyatini boyitadi.
NATIJALAR
Matnlarni o‘girishdagi asosiy jihatiga kelsak, ular qurilishining tartibsizligi va
madaniy ma’lumotlarning ko‘pligi sabab, tarjimaning lingvistik nazariyasi ushbu birliklar
tarjimaviy amaliyot uchun birmuncha qiyinchiliklar tug‘dirsa-da, o‘zining tarkibiy qismiga
o‘zlashtira olmaydi. Tarjima sohasining vazifalarini V.N. Komissarov tadqiqotlarida
quyidagicha belgilagan:
1) tarjimaning umumiy lingvistik asoslarini izohlash va tavsiflash, ya’ni, til
tizimining o‘ziga xosligi va til voqelanish qonuniyatlari o‘girish jarayonining asosini tashkil
etib, uni amalga oshirilishi va chegaralarini aniqlab beradi;
2) tarjimani lingvistik tadqiqotlar ob’ekti sifatida aniqlash, uning til vositasida
qurilgan boshqa tillararo aloqalardan farqini ko‘rsatish;
3) tarjima faoliyati turlarini klassifikatsiyalovchi qonuniyatlarni ishlab chiqish;
4) ekvivalentlik mohiyatini asliyat va tarjima matnlarining kommunikativ tengligini
ta’minlovchi asos sifatida ochib berish;
5) tillarga oid turli kombinatsiyalar tarjimasi uchun xususiy nazariyalarni
yaratishga xizmat qiladigan tamoyillar ishlab chiqish;
6) asliyat matnidan tarjima matnini yaratish jarayonidagi faoliyatning umumiy
ilmiy qonuniyatlarini dalillash;
7) pragmatik va sotsiolingvistik omillarni tarjima jarayoniga ta’sirini aniqlash;
8) tarjima me’yori tushunchasiga aniqlik kiritish va tarjima sifatini baholovchi
tamoyillarni yaratish.
Tarjima lingvistik nazariyasini rivojlantirishga bo‘lgan harakat va urinishlar
avtomatlashtirilgan tarjimani paydo bo‘lishiga turtki bo‘ldi. Tarjimaning tilshunoslikka
asoslangan ta’limotini ishlab chiqishga, uni mukammallashritishga bag‘ishlangan bir
qancha tadqiqotlar olib borildi.
Lingvistik kontekst til birliklarini amalda joriy etilishining referensial vazifasi
hisoblanib, faqat nutqiy faoliyatdagina so‘zlar tashqi olamdagi muayyan narsa va
hodisalarni belgilash hamda anglatish xususiyatiga ega bo‘ladi.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue – 2 № 5 (2024) / ISSN 2181-3701
181
Muloqot lingvistik kontekstida polisemantik leksemalar ma’nolari farqlanib, ular
ma’lum ma’noda cheklanadi. Fikrimizga oydinlik kiritish maqsadida quyidagi leksik
birliklar va ularning tarjimalariga murojaat etamiz:
cost
– ingliz tilidagi so‘zning bir necha ma’nolari mavjud bo‘lib, ular: “
baho, narx”,
“harajatlar”, “necha pulga baholanganligi”, “narxini kelishmoq”, “narxini aniqlamoq”,
“hisoblamoq
”.
Ushbu so‘zning berilgan barcha ma’nolarining turli kontekstlarda voqelanishi
kuzatishimiz mumkin:
prime cost – asosiy harajat:
Due to the relatively low
prime cost
, construction of walls
of these blocks is too much cheaper than that of brick and even gas concrete blocks.
Sifat so‘z turkimiga oid so‘zlar bilan ot qo‘llangandagi holatni kuztamiz:
angry
sifati
look
fe’li bilan qo‘llanilganda
jahli chiqqan ko‘rinmoq
, “
The town has a European look
”
gapidagi kabi
European
leksemasi bilan birgalikda
ko‘rinish
ma’nolariga ega bo‘lib, keyingi
misollarga murojaat etamiz:
– accomodate
leksik birligi
with loan
birikmasi bilan ifodalanganda
qarzga pul
bermoq,
masalan: I needed money, and they
accommodated
me
with a loan
.
– new concepts
so‘zlari bilan
o‘z ichiga olmoq
ma’nolarini anglatib, quyidagi gapda
qo‘llanishini ko‘rishimiz mumkin: Any language must
accommodate new concepts
.
– application for job
– jumlasi
ishga joylashish uchun hujjat tophsirmoq
ma’nosini aks
ettiradi: Don’t you send your
application for a job
to the manager of a company without
ever having seen him?
– application of funds
so‘z birikmasi
mablag‘larni o‘zlashtirish
degan ma’noga ega
bo‘lib, gapda quyidagicha ifodalanadi: Budget expenditures have been reduced, the
application of funds
for National Projects falls behind the schedule.
Tarjimashunoslik nazariyasi asosan matnni bir tildan ikkinchi tilga o‘girish
jarayonida tarjimonning aqliy strategiyasi, uning tarjima usullaridan foydalanishi kabi
jihatlarni o‘rganadi. Qanchalik bu jarayonni kuzatish mushkul hisoblansa, shunchalik uni
o‘rganishga bo‘lgan qiziqish ortib, bilvosita usullar ishlab chiqilmoqda.
Asliyat matnidan tarjima matnini yaratishda turli nazariy modellar, amaliyotlar, va
shuningdek, psixolingvistik tajribalar keng qo‘llaniladi. Asosan tarjima matni
foydalanuvchilariga yoʻnaltirilgan, tarjimaning pragmatik yoki kommunikativ taʼsiri va
bunday taʼsirga erishish yoʻllarini tahlil qiluvchi tadqiqotlar zamonaviy tarjimashunoslik
fanining rivojlanishiga katta hissa qoʻshdi.
MUXOKAMA QISMI
Tarjima jarayonini til kommunikatsiyasining bir turi sifatida lingvistik tasvirlash
zarurati, hozirgi kunda ko‘p muhokama qilinayotganidek, faqatgina B.A. Larin aytganidek,
“har qanday tarjima lingvistik tayyorgarlik bilan boshlanishi va adabiy ijod bilan
yakunlanishi” zaruriyati bilan bog‘liq emas. Larin ushbu fikrini davom ettirib, “birinchi va
oxirgi jihatning muhimligi haqida bahs yo‘q” deb ta’kidlaydi. Tarjima va lingvistika
o‘rtasidagi yaqin aloqani aniqlaydigan asosiy jihat shundaki, tarjimada ham, bir tildagi
kommunikatsiyada bo‘lgani kabi, inson tilining asosiy vazifasi – muloqot vositasi sifatidagi
funksiyasi amalga oshiriladi.
Bundan tashqari, tarjima muammosi zamonaviy tilshunoslikning eng dolzarb
masalalari bilan uzviy bog‘liq: til belgisi semantikasi, gapning aktual bo‘linishi,
til belgilarining funksiyalari, shuningdek, til va semantik universaliyalar masalalari. Aynan
shular tarjimani nafaqat amaliy tilshunoslik, balki nazariy tilshunoslikning ham markaziy
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue – 2 № 5 (2024) / ISSN 2181-3701
182
vazifalaridan biriga aylantiradi. V.I. Lenin “Kim umumiy masalalarni hal qilmay turib,
xususiy masalalarga kirishsa, u har qadamda o‘zidan bexabar holda shu umumiy
masalalarga duch keladi” deb ta’kidlagan edi. Tarjima nazariyasida bunday umumiy,
tugunli masalalardan biri – ekvivalentlik masalasidir.
Tarjimon asliyat matni kommunikativ funksiyasini yoki tarjima matni
foydalanuvchilariga ta’sir etadigan boshqa istalgan natijani aks ettirishga intilishi mumkin.
Shu bilan birga, u ma’lum bir shaxsga yoki ma’lum bir madaniyat vakiliga tarjimada urg‘u
berishi mumkin.Bu borada R. Jakobson, ma’no va kommunikatsiya o‘rtasidagi aloqani
o‘rganib, til va uning semantik strukturasi haqida ko‘plab nazariyalar taklif qildi. “Til – bu
ma’no va shaklning birligi; har bir til belgilari o‘rtasida o‘zaro aloqalar mavjud”. Yana shuni
inobatga olish kerakki, tarjima matni aynan qaysi doiradagi auditoriyaga
mo‘ljallanganligiga qarab turli usullardan foydalangan holda amalga oshiriladi. Har qanday
holatda ham tarjima tili ommasiga va ularning madaniyati talablariga mos holda tarjima
matniga o‘zgartirishlar kiritiladi. Bu kabi lingvistik tarjima tadqiqotlari bir-birini istisno
qilish barobarida to‘ldirib ham boradi. Ko‘pgina tarjimashunoslar tillararo muloqotning
turli aspektlarini o‘rganish asnosida tarjima faoliyatini har tomonlama tadqiq etishga
harakat qilmoqdalar. Olib borilgan tadqiqotlarda tarjimaning lingvistik nazariyasi
xususidagi fikr va mulohazalarga duch kelish mumkinki, ularda “lingvistik tarjimaning
nazariy qismi” yoki “tarjima jarayonini tillararo transformatsiya” sifatida tavsiflangan.
Tarjimonlik faoliyati kasb maqomiga ega bo‘lib, tarjima nazariyasi chet tillarni o‘qitish
metodikasi asosida kasbiy tarjimani fan sifatida o‘qitishning samarali usullarini ishlab
chiqishning nazariy asosiga aylandi. Albatta, tarjima nazariyasi ham ushbu faoliyat bilan
hamohang rivojlangan bo‘lib, bu davrdagi tadqiqotlar markazida til tizimlari, ulardagi
o‘xshash va farqli jihatlarni o‘rganish muhim sanalib, barchasi tilshunoslik qonuniyatlariga
asoslangan. Bu borada A.V. Fyodrov quyidagicha fikr yuritadi, “tarjima nazariyasini
lingvistik me’yorga asoslanganligini ta’kidlasada, uni boshqa sohalar bilan uyg‘unlikda
o‘rganish mumkinligini tan oladi”.
Tarjima faoliyatidagi bunday yondashuv bir qancha masalalarni jumladan,
o‘girishda tillararo muvofiqlikni o‘rnatish, variantlar klassifikatsiyasi, muqobilga ega
bo‘lmagan leksemalar, realiyalar, atoqli otlar, frazeologizmlar tarjimalarida grammatik
mos kelishi va asliyat hamda tarjima matnlaridagi tafovutlarni aniqlash borasidagi
muammolarga oydinlik kiritilishini taqozo etdi. Shu ma’noda, qonuniy asosini tarjimaviy
amaliyotlarni aniqlashtirish va tizimlashtirish, turli leksik hamda grammatik
transformatsiyalarni tavsiflash tashkil etgan.
XULOSA QISMI
Emotiv funksiyada verbal xabar, agar u so‘zlovchi (muallif)ga yo‘naltirilgan bo‘lsa,
emotiv funktsiyani amalga oshiradi. Bu funksiya so‘zlovchining aytayotgan yoki
yozayotgan narsasiga nisbatan munosabatini ifodalaydi va his-tuyg‘ularni aks ettiradi.
Barcha shaxsiy yozuvlar, avtobiografiyalar, interyutsiya va boshqa ifodalar ushbu til
funksiyasiga kiradi.
Konativ funktsiya, verbal xabar tinglovchi yoki qabul qiluvchiga yo‘naltirilgan bo‘lib,
asosan, muayyan harakatga yoki reaktsiyaga undash maqsadida ishlatiladi. Imperativ
jumlalar, siyosiy nutqlar tilning konativ funksiyasidan keng foydalanadi. Ushbu funktsiya
doirasida ikkinchi shaxs zamirlariga (masalan, “sen” yoki “siz”) ko‘plab hollarda murojaat
qilinadi. Shuningdek, buyruqlar va duolar ham konativ funktsiyaning namunalari sifatida
ko‘rsatilishi mumkin. Konativ funksiya kommunikatsiyada muhim rol o‘ynab,
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue – 2 № 5 (2024) / ISSN 2181-3701
183
so‘zlovchining qabul qiluvchiga ma’lum bir xabarni etkazish va uni harakatga keltirish
niyatida ekanini ko‘rsatadi.
Referensial funksiya verbal xabarning eng keng tarqalgan funksiyasidir, chunki
ko‘pgina xabarlar kontekstga bog‘liq. Bu funksiya ma’lum obyektlar, g‘oyalar yoki
narsalarga murojaat qiladi. Shuning uchun, kontekst element bo‘lganda, tilning mos
funksiyasi referensial yoki denotativ hisoblanadi.
Fatik funksiya ba’zi nutq aktlari yoki xabarlar fatikdir. Bunday xabarlar aloqa
o‘rnatish yoki davom ettirishga xizmat qiladi. Bu tilning ijtimoiy jihatdan foydali
funksiyasidir. Fatik yondashuv moliya kontekstida ijtimoiy muloqotni o‘rnatishda muhim
ahamiyatga ega. Masalan, moliya-bank konsultatsiyasi davomida mijoz bilan o‘zaro aloqa
o‘rnatish va ishonch muhitini yaratishda foydalaniladi. Fatik funktsiya ko‘pincha asosan
muomala va aloqalarni o‘rnatishga qaratilgan bo‘lib, ma’lumotni uzatishda muhim
bo‘lmasligi mumkin. Qabul qiluvchi fatik yondashuvda ko‘proq e’tibor berilgan holatlar,
qabul qiluvchining qiziqish va ehtiyojlarini hisobga olmasligi mumkin, bu esa
samaradorlikni pasaytirishi mumkin.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Алексеева И.С. Введение в переводоведение. – СПб., 2004.
2.
Баpхударов Л.С. Язык и перевод. – М.: Международные отношения, 1975.
3.
Бархударов Л.С. Язык и перевод: Вопросы общей и частной теории
перевода. – М., 2008.
4.
Бархударов Л. С. Язык и перевод: Вопросы общей и частной теории перевода
/ Бархударов. М.: Междунар. отношения. 1975. 240 с.
5.
Виноградов В.С. Перевод: Общие и лексические вопросы. – М., 2004.
6.
Гарбовский Н.К. Теория перевода. – М., 2004.
7.
Комиссаров В. Н. Слово о переводе. – М., 1973.
8.
Комиссаров В.Н. Теория перевода. – М., 1990.
9.
Комиссаров В.Н. Современное переводоведение. – М., 2002.
10.
Комиссаров В. Н. Общая теория перевода: учеб. пособие /Комиссаров. М.:
Че о, 1999. 136 с.
11.
Комиссаров В.Н. Современное переводоведение: курс лекций /
Комиссаров. М.: Э, 1999. 192 с.
12.
Musaev. Tarjima nazariyasi asoslari. Toshkent 2005.2-B.
13.
Newmark P. Approaches to Translation. – New York a.o.: Prentice Hall, 1988. –
P. 19.
14.
Фёдоров А.В. «Введение в теорию перевода», 2002.
15.
Фёдоров А.В. Основы общей теории перевода. – М., 2002.
16.
Федоров Андрей. В. Введение в теорию перевода: (лингвистич. проблемы).
– 2-е изд., перераб. – Москва: Изд. лит. на иностр. яз., 1958. – 374 с.: 20 см – (Б-ка
филолога).
