Авторы

  • Ферузабону Манноновa
    Старший преподаватель, Кафедра интегрированного курса английского языка № 3, Узбекский государственный университет мировых языков

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.foreign-linguistics.67697

Ключевые слова:

Суфизм образ эмблема символ реальность теология изобразительное выражение

Аннотация

Творение «Гульшани Роз» признано шедевром мировой культуры, объединяющим мистиков, философов, историков и лингвистов со всего мира. Оно сумело собрать этих выдающихся мыслителей в единой точке соприкосновения. Как уже отмечалось, произведение обладает множеством аспектов, повышающих его ценность, среди которых особое место занимает поэтика образов.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная

лингвистика

и

лингводидактика

Foreign

Linguistics and Linguodidactics

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics

The Significance of Mahmud Shabistari

s Work "Gulshani

Roz" in the Formation of Images and Symbols in Sufi
Literature

Feruzabonu MANNONOVA

1

Uzbekistan State University of World Languages

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received August 2024
Received in revised form

10 September 2024

Accepted 25 September 2024

Available online

25 October 2024

The work Gulshani Raz is recognized worldwide as a

masterpiece that encompasses contributions from mystics,
philosophers, historians, and linguists from across the globe,

uniting their perspectives within a single framework. As

previously noted, the work

s value is enhanced by numerous

aspects, with the poetics of its imagery holding a particularly
significant place.

2181-3701

2024 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol2-iss4

/S

-pp377-382

This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (

https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru

)

Keywords:

Sufism,

image,

emblem,

symbol,

reality,

theology,

pictorial expression.

Mahmud Shabistariyning “Gulshani Roz” asarining

tasavvuf adabiyotidagi obraz va ramzlar shakllanishidagi
ahamiyati

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

tasavvuf,

obraz,

timsol,

ramz,

reallik,

ilohiyot,

tasviriy ifoda.

“Gulshani Roz” asari butun dunyo tasavvufshunoslari,

faylashuflari, tarixchiyu

tilshunoslarini chetlab

o‘

tmagan va

barchani bir nuqtada jamlay olgan bir durdona asar

sifatida dunyo tamaddunida gavlanadi. Asarning qiymatining

oshiradigan jihatlari juda k

o‘

pligini biz aytib

o‘

tdik, shulardan

asardagi obrazlar poetikasi alohida

o‘

rin tutadi.

1

Senior Teacher, Department of the Integrated English Course № 3, Uzbekistan State University of World Languages.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue

4 (2024) / ISSN 2181-3701

378

Значение работы Махмуда Шабистари «Гулшани Роз»

в формировании образов и символов в суфийской

литературе

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

Суфизм,

образ,

эмблема,

символ,

реальность,

теология,

изобразительное

выражение.

Творение «Гульшани

Роз» признано шедевром мировой

культуры, объединяющим мистиков, философов, историков

и лингвистов со всего мира. Оно сумело собрать этих

выдающихся мыслителей в единой точке соприкосновения.

Как уже отмечалось, произведение обладает множеством

аспектов, повышающих его ценность, среди которых особое

место занимает поэтика образов.

KIRISH

Mahmud Shabistariyning o‘ziga ko‘ra, “Gulshani Roz” –

bu masnaviy, uning birinchi

she’riy asaridir. Turli ro‘yxatlariga ko‘ra, she’rning hajmi 958 dan 1007 baytgacha

versiyalari mavjud. Asarda allegoriya va metaforadan uslubidan foydalangan holda

Xudoning haqiqatini tushunish yo‘lida bo‘lganlar uchun musulmon tasavvuf ta’limotining

turli xil yashirin sirlarni hisobga olgan holda yaratilgan. Bu she’r darhol so‘fiylar or

asida

katta muvaffaqiyat qozondi va tasavvuf nazariyasi va uning falsafasi haqidagi eng muhim

bilimlar manbai bo‘ldi [11].

Umuman olganda, tasavvuf va tasavvuf adabiyotini to‘liq yoritib bergan Bertels ham

o‘z ishlarida Rumiy she’riyati va Mahmud Shabistariyning “Gulshani Rozi”ga ko‘plab etkan.

Ya’nikim, Bertels o‘zining “Tasavvuf va tasavvuf adabiyoti” asarida tasavvuf adabiyoti

obrazlarining mukammal tavsifini beradi.

U obrazlar klassifikatsiyasiga to‘xtalar ekan, avvalambor Xudo sur’atidan boshlab

ifoda

bera boshlaydi. Taqvodorlar uchun Xudoning obrazi

har bir insonning xatti-harakatlarini,

uning har bir ruhiy harakatini kuzatuvchi qo‘rqinchli hakam deya ta’rif beradi [5].

NAZARIY QISM

E.

Bertels so‘fiylik terminologiyasini bir qancha so‘fiy atamalarining lug‘atlari

matnlaridan foydalanib turli manbalardagi misollar yordamida o‘rganishni maqsad qilgan.

Masalan, Hudo obrazidan tashqari, Bertels “kokil va yuz”, sahoblara, murid va valiy

obrazlariga ham “Fors so‘fiylarining she’riy terminologiyasiga oid qaydlar” bo‘limida

atroflicha yoritgan.

O‘rganishlar davomida diqqat markaziga asosiy vazifa yangi badiiy obrazlarni

yaratish orqali yangi materialni kiritishdan ko‘ra, mavjud materialdan muammolarni

aniqlash, tushuntirish ma’nosida iloji boricha yaxsh

iroq foydalanish va tasavvuf falsafasi

muammolarini oydinlashtirishga aylanish keladi [5]. Bundan ma’lum bo‘ladiki, tasavvuf

she’riyatidagi obrazlar nafaqat oddiy obraz bo‘libgina qolmasdan, chuqur falsafiy ma’no va

ramziy qoliplarga ega bo‘lmog‘i lozim. Bunday ramziy qoliplar va falsafiy ma’nolarni aniq

tavsiflash va tasniflash obrazlarning o‘rganilish ko‘lamini kengaytiradi va kelasi natijalarni

olishga yordam beradi.

San’at va adabiyotda obraz deyilganda, inson nazarda tutilar ekan, demak u

ijodkorning

maqsad va muddaosini ifoda etuvchi kishi tasviri bo‘ladi. Xattoki asosiy

qahramonlari hayvonlar bo‘lgan masallarda ham obrazda inson timsoli gavdalanadi.

Shuningdek, badiiy obraz inson timsolidan tashqari, ijodkor foydalangan turli ko‘chma

ma’noli tushunchalar, abstrakt otlar bo‘lishi ham mumkin [3].


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue

4 (2024) / ISSN 2181-3701

379

Boshqa bir manbaga ko‘ra, “asarda qimirlaganki inson obrazi bo‘lsa –

katta yo

kichikiigi, syujetdagi ishtiroki, asar strukturasida tutgan o‘midan qat’i nazar –

hammasini

personaj deb atash mumkin. Sababi, bu termin qahramon, ishtirok etuvchi, xarakter

terminlari bilan bitta sinonimik qatomi tashkil qiladi va neytral ma’nosi bilan dominanta

vazifasini o‘taydi” deb ta’rif beriladi.

Biroq tasavvuf adabiyotiga kelganda, obrazlar tushunchali aksariyat hollarda ramz

va timsollar bilan bog‘liq bo‘ladi. Tasavvufning o‘zi ilohiyot va reallik o‘rtasidagi yo‘l

bolganidek, Sufiy adabiyotida ham realistik va ilohiy

majoziy obrazlar birgalikda

qoshilgan va ayri holda ham uchrashi va bir birini taqozo qilishi mumkin.

Demak

, badiiy asardagi badiiy vositalar o‘xshatish, mubolag‘alarga nisbatan ham bu

termini qo‘llash mumkin. Badiiy obraz qilib, ma’lum bir davr ham olinishi va davrning

to‘liq tasviriy ifodasi o‘sha davr manzarasi o‘quvchi ko‘z o‘ngida to‘la qonli gavdanalishin

i

ta’minlaydi.

METODOLOGIYA

Badiiy obraz, real hayotdan tashqari to‘qima obraz bolishi ham mumkin. Bunda

asosiy masala, o‘quvchiga badiiy obrazning naqadar ishonchli va mantiqiyligida bo‘ladi.

Badiiy obraz qay darajada mantiqqa yaqin yohud real hayotda qiisman, yoki umuman

bo‘lgan bo‘lganligi emas, auditoriyaga obraz va gavdalangan tasvir naqadar ishonchiligi

asarrining ta’sirchanligini va ijodkorning mahoratini ko‘rastib beradi. Badiiy obrazning

yaratishdan doimo muayyan maqsad bo‘lib, inson obrazi orqali fe’l

- atvor, zamon va makon

hodisalarini ham o‘z maqsadiga muvofiq namoyon etadi.

Shu o‘rinda obrazlarni turli kategoriyalarga bo‘lish mumkin. Umuman olganda,

badiiy obrazlar asar janridan kelib chiqib, takrorlanish chastotasi o‘zgarishi mumkin. Ular

quyidagilar:

1.

Realistik obrazlar;

2.

Majoziy (simvolik) obrazlar;

3.

Romantik obrazlar;

4.

Hayoliy fantastik obrazlar.

Tasavvufiy adabiyotdagi realistik obrazlar, ustoz, piru -komil, shogird, murid,

Payg‘ambarlar obrazlarini keltirishimiz mumkin. Bu ushbu obrazlarni

ng, real hayotga mos

kelishi va real voqeliklarda namoyon bo‘lishi bilan ifodalash mumkin.

“Gulshani Roz” asarining 6

-

savol javobida Shabistariy Ibrohim payg‘ambari

obraziga to‘xtalib o‘tar ekan, “Oy, quyosh va yulduzlarning ilohiyligidan sezgi, tasavvur

va

aqlni huddi Ibrohimdek ajratib olish kerak” deb ta’kidlaydi [10].

“Gulshani Roz” ning Edvard Uindfield tomonidan qilingan tarjimasida ham Odam, Muso,

Nuh, Idris, Iso, Muhammad payg‘ambarlar, Maryam ona, avliyo Mansur, Zardushtiyliklik ilohlari

Yezdan v

a Ahriman, Attor obrazlariga ko‘p marta murojaat qilingan [6].

Asarni yaratilishi 13 asrga borib taqaladi. Bundan kelib chiqadiki, tasavvuf

adabiyotining boshlang‘ich namunalaridan biri sifatida “Gulshani Rozda”dagi

Payg‘ambarlar va aziz

- avliyolar obrazig

a yaqindan murojaat keyin sufiy she’riyati yohud

adabiyoti uchun muhim hodisa sifatida, asarlarning yanada ta’sirli va ibratli bo‘lishiga

xizmat qilgan.

Masalan, Navoiyning “Layli va Majnun” dostonining 3

-

bobi Muhammad payg‘ambar

(s.a.v) madhiga bag‘ishlangan. Bu bobda Navoiy Muhammad payg‘ambar (s.a.v)ni risolat

sipehri (payg‘abarlik osmoni) ning quyoshi deb atab, Odam Аtoni uning daraxtidagi

mevaga oʼxshatadi. Kitobot sanʼati vositasida payg‘ambarlik muhri –

hotamning “

alif

va

te

sida uning oti yashiringanini aytadi:


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue

4 (2024) / ISSN 2181-3701

380

Ul muhri xututi vasfi zoting,

Xotam “alif”iyu “te”si oting.

Navoiy naʼtni Payg‘ambar va uning oilasiga yuz ming salavotu vasflar aytish bilan

yakunlaydi.

Nizomiy Ganjaviy madhida talmeh sanʼatining yetakchilik qilishini ku

zatish

mumkin. U fazilatda Turdagi Muso, qanoatda Qofdagi Аnqoga oʼxshatiladi:

Ham Turi fazilat uzra Muso,

Ham Qofi qanoat uzra Аnqo

[2].

Keyingi obraz turi majoziy obrazlar bo‘lib, majoziy obrazlar muayyan narsa

hodisalaring qiyofasini umumlashtirib ifodalovchi ramziy obrazlardir [1]. Jumladan

so‘fiyona dabiyotda, yor yohud oshiq, mashuqa, gul, sharob, gulzor obrazlarini
keltirishimiz mumkin. Ya’ni, yor Hudoni ifodalovchi timsol sifatida, Gul –

sir, sevgi izhori,

mehr razmi sifatida, sharob

sevgi-muhabbat, muhabbatdan sayhushlik kabi hodisalarni

ifodalasa, gulzor, gulbog‘ ramzlari –

oshiyon, sirli makon razmi sifatida keltiriladi. Bundan

tashqari, tubsiz ummon, duru- javohir, charxu-falak, vayrona kulba, shoxona saroy kabi

noinsoniy obrazlar ham ma’lum razm sifatida majoziy xarakterga ega bo‘lib, tasavvuf
adabiyotida bularning o‘rni beqiyosdir. Ularning bari komillik sufi dunyosini butunligicha

tasvirlash uchun xizmat qiladi. Tubsiz ummon- chegarasiz bilimlar dunyosi, duru-javoxir

egallagan va egallab ulgirilmagan bilimlar xazinasi, charxu falak-

taqdir va g‘ayrioddiy

hodisalar, vayrona kulba

g‘arib va mazlum ko‘ngli, shoxona saroy esa ba’zi hollarda oshiq,

piru komil qalbi, dunyosi yoki hursandchilik makoni deb sifatlanishi kuzatiladi.

Golland

sharqshunosi Johannes Tomas Piter Deverven to‘g‘ri ta’kidlaganidek, “fors

so‘fiy she’riyatining xizmatlari bilan 14

-

asrning boshidan unda soʻfiylik madaniyatida

majoziy obrazliklik toʻliq shakllangan". Va buning eng yaxshi namunasi sifatida u Mahmud

Shabis

tariyning “Gulshan

-

i roz” iga ishora qiladi. Shuni ta’kidlash kerakki, ramzlar va

obrazlar o‘rtasida sezilarli farq mavjud. Timsol, so‘fiylikni maxsus o‘rgangan olimlarning
fikriga ko‘ra ramziylik, bu obraz rivojlanishining eng yuqori nuqtasidir. U alohida

-alohida

ifoda etmaydi tushunchasi qabul qilingan, lekin ko‘p qatlamli g‘oyalarni o‘quvchiga
etkazadi. Masalan, "mạj" (kosa), Shabistariyning fikricha, so‘fiyning ichki dunyosi bo‘lib, u

dunyoviy vasvasalardan tozalangan. Buni Haqiqatni bilgan komil inson yuragi deb ham

tushunish mumkin. Shabistariy sharhlagan qahramonlarni ikki qismga bo‘lish mumkin:

1.

Alohida so‘fiyni o‘rab turgan narsalar, masalan, sham, piyola, qadah, sharob,

butler, tavern va boshqalar.

2.

Muayyan qismlarga ishora qiluvchi so‘zlar go‘zallik portreti –

yuz, ko‘zlar, qoshlar,

kirpiklar, lablar, kokil, mol va boshqalar. Shabistariyning fikricha, ilohiy kamolot sifatlari

diskret holatda shu yerda, Koinotning o‘zidadir. Faqat insonda ular birga yig‘iladi va
“jamlanma”da bo‘lgani kabi eng

adekvat tarzda gavdalantirilgan. [8] Shuning uchun

insonda Mutlaq o‘zini butunligi bilan anglab yetadi: inson go‘yo unga aylanadi o‘z

-

o‘zini

bilish, “Xudoning surati” tasavvur qila boshlaydi.

Demak, Shabistariy bu borada ochiq signal beradi.

… Bu sen va s

enda Ollohning surati bor,

O‘zingdan nima istasang baribi qidir

[4].

“Gulshani Roz” asari to‘g‘ridan to‘g‘ri Xudo obrazini yuklasak rivojlantirgan va ham

ramziy va majoziy ham hayoliy obrazlar qolipida yoritilgan sanoqli asarlardan biridir.

Tasavvuf adabiyotda yana bir obraz turi borki, uni ham obyektiv ham subyektiv

qabul qilish mumkin. Bu tur romantik obrazlar turidir. “Romantik obrazlar odatda


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue

4 (2024) / ISSN 2181-3701

381

ijodkorning orzu

hayollari istaklarini ifodalash uchun badiiy vosita sifatikda ko‘p

hollarda badiiy to‘qima yordamida yaratiladi” [8]. Romantik obrazlarga yorqin misol qilib,
“Hamsa” dostonidagi Farxod, Majnun obrazlarini, Rumiy va Umar Hayyom
masnaviylaridagi sevgan oshiq yigit obrazlarini yaqqol keltirsak bo‘ladi. Ular to‘g‘ridan
to‘g‘ri ham orzu hayollar mahsuli bo‘lgan razmiy obraz, ham real qahramon bo‘la olishi

bilan yuqoridagi fikrimizni isbotlaydi.

Farxod va Shirin dostonida ijodkor o‘zining orzularini gavlantirish uchun Farxod

obrazidan foydalanadi va uning ayrim hatti -xarakatlari real hayotga unchalik

to‘g‘ri

kelmagan taqdirda ham o‘quvchini zavqlantirish va Farxod obrazi orqali istaklarini

korsatish xarakat qilgani aniq. Bu Orinda Farxodning mashaqqat bilan ariq qaziganda

aytkan so‘zlari:

Hunarni adrabon netgundir oxir
Olib tuproqqami ketkundir oxir

deb o‘z ishini tashlab boshqa mehnat qilyotkan odamlarga yordamlashish uchun

krishib ketadi va ularni oldidan indamay o‘tib ketolmaydi. Bu orqali ijodkor Farxod
obrazidagi insoniylikni ko‘rsatib beradi.

Shu o‘rinda, aynan tasavvuf adabiyotida ikki obraz

turning bir birini taqozo etishi va

bazi hollarda obrazlarning aynan qaysi turga kirishini muayyan aniqlashda muammolarga

duch kelish hollarni ko‘rishimiz mumkin. Ijodkor bir obrazni ham majoziy obraz sifatida

ham romantik unsurlar bilan xarakterlashi tasavvuf adabiyotining boshqa adabiyot
shakllaridan eng katta farqli hususiyati sifatida keltirish mumkin.

“Gulshani Roz”ga keladigan bo‘lsak, asarda romantik obrazlar asosan bir birini

taqozo etuvchi

oshiq

va

murid

obrazlarini keladi.

Bir lahzada o‘tib keta

di bu dunyo,

Uyda haqiqatdan o‘zga qolmaydi.

O‘sha paytda yaqinlikka erishasiz,

Siz o‘zingizdan mahrum bolasiz

Va Oshiq bilan qovushkan bir on

[4]

Romantik obrazning eng yorqin namunasi “Majnun” hisoblanadi va Navoiy bu borada

g‘oyat ustalik bilan Аllohning yerdagi tajallisi tasvirini ushbu yozilayotgan dostoni g‘oyasi
bilan bog‘liq holda bayon qiladi. Yaratuvchining har yerdagi tajallisi jahonda Layli boʼlib
koʼrinadi, jilva qiladi, uning bu xususiyati esa yaratilganlarni Majnun qilishdan iboratdir

:

Ey har sorikim, qilib tajalli,

Ul mazhar oʼlub jahonda Layli.

Ey oniki Layli aylab otin,
Majnun qilmoq qilib sifotin.

[12]

Yuqoridagilardan shu ma’lum bo‘ladiki, Oshiq obrazi eng birlamchi romantik obrazi

hisoblanib, boshqa adabiyot turlaridan farqli ravishda, tavassuf adabiyotida romantic

oshiq obrazi, doimo o‘z ma’nosida kelavermaydi va aksincha bu razmiy majoziy sifatga ega
bo‘lib, ko‘p hollarda Alloh ishqida Majnundek o‘zini unitkan taqvodor inson ma’nosida

keladi.

Hayoliy fantastik obrazlar bir qar

ashda romantik turga o‘xshab ketkani bilan, eng

asosiy farq bundan obrazning inson qo‘lidan kelmaydigan hatti xarakatlarni amalga

oshirishi ifodalanadi. Fantastik obrazlar tasavvuf adabiyotida kam uchrashi sabab obrazga

bo‘lgan o‘quvchining munosabatini sof va to‘g‘ri yo‘lda saqlab qolishdadir [4]. Fantastik


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue

4 (2024) / ISSN 2181-3701

382

obrazlar asosan Alpomish, Kenja Botir kabi folklor namunalarida ko‘plab uchratish

mumkin. Biroq, tasavvuf adabiyoti ham bundan mustasno emas.

Tasavvuf adabiyoti turli tillardagi tasavvuf g‘oyalarini ifodalovchi va targ‘ib qiluvchi

asarlardan iborat. Tasavvuf Oʻrta Asr adabiyotiga, ayniqsa arab, fors, turkiy va urdu
tillarida yozilgan sheʼriyatga muhim taʼsir koʻrsatdi. So‘fiylik ta’limotlari va tashkilotlari
adabiyotga o‘sha davr saroy she’riyatidan ko‘ra ko‘proq erkinlik bergan. So‘fiylar o‘z
adabiyotlarida xalq og‘zaki ijodi unsurlarini o‘zlashtirganlar [7].

Nizomiy, Navoiy, Hofiz, Sam’oniy, Jomiy, Shabistariy ijodi so‘fiylik bilan bog‘liq edi.

Sanoiy (vafoti 1140-yil), Attor (1119-

yilda tugʻilgan),

Rumiy (1273-yilda vafot etgan) kabi

soʻfiy shoirlarning baytida ilohiy adolatga urgʻu berib, zulmga qarshi norozilik bildirilgan,
yovuz hukmdorlar, diniy aqidaparastlik, pravoslav musulmon ruhoniylarining ochkoʻzligi

va ikkiyuzlamachiligi tanqid qilingan.

Bu yozuvchilar qo‘llagan she’riy shakllar xalq

qo‘shig‘i, masal va ertakga o‘xshash edi.

Shabistariy o‘z asarida Xizr alayhissalom, Iblis, Majusiy, Jabroil, Vodiy, Samo, Do‘zax

kabi hayoliy fantastic va o‘z navbatida ilohiy fantastik obrazlar qorishiq ravi

shda

berilganini ko‘rishimiz mumkin. U o‘z hayolotini shunday ta’riflaydi:

Bir mavsumga Tinchlik vodiysiga keling,

Valiy ila “Men Xudoman” degan xitobni eshiting

[6].

XULOSA

Yuqorida biz eng asosiy badiiy obraz turlari va ularning tasavvuf adabiyotidagi

t

avsifini misollar yordamida ko‘rib chiqdik. Xususan, “Gushani Roz” asarida obrazlar

kompozitsiyasi muhim o‘rin tutadi. Chunki aynan obrazlar tilga kirib, asar izchilligi va
mantiqiyligini ta’minlagan. Biroq obrazlar tasnifi boshqa adabiyot turlariga qaraga

nda

tasavvuf adabiyotida birmuncha xususiyati bilan ajralib turadi. Buni yuqoridagi misollarda

ham ko‘rdik.

FOYDANALIGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Abdulhakim Sha’riy Jo‘zjoniy. Tasavvuf va Inson. Adolat. 2001.

2.

Alisher Navoiy. Layli va Majnun. Mukammal

asarlar to‘plami. 20 jildlik. –

T.: Fan,

1992. 9-jild.

3.

Aristotel. Poetika. T. Adabiyot va San’at –

1980

4.

D. Quronov. Adabiyot nazariyasi asoslari. NamDU. 91-bet.

5.

E. Bertels. Tasavvuf va tasavvuf adabiyoti. Nauka. 1965. 15- bet.

6.

E. Uindfild. Mahmud Shabistariy. Gulshani Roz. 8-bet.

7.

H.Boltaboev. Sharq mumtoz poetikasi: Manba va talqinlar. 1-kitob. / Nashrga

tayyorlovchi, talqin va sharhlar muallifi -

Т

.:

О

zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2006.

8.

I. Sultonov. Adabiyot nazariyasi. T. O‘qituvchi., 1986.

62-bet.

9.

Mahmud Shabistariy. Gulshani Roz. 11: 52 -bet

10.

M.M. Sharif. Musulmon falsafasi tarixi. 2- jild. 1966. Wiesbaden. 841- bet

11.

MOHAMMADIBAGMOLLAI MUHAMMADKAZEM KARIM. MAHMUD SHABISTORI

VA UNING “GULSHAN

-

I ROZ” SHE’Rining FORS

-TOJIK ADABIYOTI tarixidagi

o‘rni.

Dushanbe. 2019. 17- bet.

12.

T.

Ahmedov. Alisher Navoiyning “Layli va Majnun” dostoni. –

T.: Fan, 1970. 49- bet.

Библиографические ссылки

Abdulhakim Sha`riy Jo`zjoniy. Tasavvuf va Inson. Adolat. 2001.

Alisher Navoiy. Layli va Majnun. Mukammal asarlar to’plami. 20 jildlik. – T.: Fan, 1992. 9-jild.

Aristotel. Poetika. T. Adabiyot va San`at - 1980

D. Quronov. Adabiyot nazariyasi asoslari. NamDU. 91-bet.

E. Bertels. Tasavvuf va tasavvuf adabiyoti. Nauka. 1965. 15- bet.

E. Uindfild. Mahmud Shabistariy. Gulshani Roz. 8-bet.

H.Boltaboev. Sharq mumtoz poetikasi: Manba va talqinlar. 1-kitob. / Nashrga tayyorlovchi, talqin va sharhlar muallifi -Т.: О zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2006.

I. Sultonov. Adabiyot nazariyasi. T. O`qituvchi., 1986. 62-bet.

Mahmud Shabistariy. Gulshani Roz. 11: 52 -bet

M.M. Sharif. Musulmon falsafasi tarixi. 2- jild. 1966. Wiesbaden. 841- bet

MOHAMMADIBAGMOLLAI MUHAMMADKAZEM KARIM. MAHMUD SHABISTORI VA UNING “GULSHAN-I ROZ” SHE’Rining FORS-TOJIK ADABIYOTI tarixidagi o`rni. Dushanbe. 2019. 17- bet.

T. Ahmedov. Alisher Navoiyning “Layli va Majnun” dostoni. – T.: Fan, 1970. 49- bet