Подача загадок в «Кодексе Куманикус»

Аннотация

Статья посвящена куманскому манускрипту «Кодекс Куманикус». В ней рассматриваются турецкие загадки, представленные в рукописи, а также их современные аналоги. Особое внимание уделено роли загадок в фольклоре и их культурному значению.

Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
ВАК
elibrary
doi
 
Выпуск:
100-106
31

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Отакузиева M. (2024). Подача загадок в «Кодексе Куманикус». Зарубежная лингвистика и лингводидактика, 2(5/S), 100–106. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/foreign-linguistics/article/view/68128
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Статья посвящена куманскому манускрипту «Кодекс Куманикус». В ней рассматриваются турецкие загадки, представленные в рукописи, а также их современные аналоги. Особое внимание уделено роли загадок в фольклоре и их культурному значению.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika –

Зарубежная лингвистика и
лингводидактика – Foreign

Linguistics and Linguodidactics

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics

Presentation of Riddles in the “Codex Cumanicus”

Mukhlisaxon OTAKUZIYEVA

1

Tashkent State University of Uzbek Language and Literature named after Alisher Navoi

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received September 2024
Received in revised form

10 October 2024
Accepted 25 October 2024

Available online

25 November 2024

This article explores the Cumans and the manuscript Codex

Cumanicus. It examines the Turkish riddles contained in the

manuscript and presents their modern counterparts. The study
also highlights the role of riddles in folklore and their cultural

significance.

2181-3701/© 2024 in Science LLC.
DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol2-iss5

/S

-pp100-105

This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (

https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru

)

Keywords:

polovtsians,

cumans,

“Codex Cumanicus”,

riddle.

“Kodeks Kumanikus”da topishmoqlarning berilishi

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar:

poloveslar,

kumanlar,

“Kodeks kumanikus”,
topishmoq,

jumboq.

Ushbu maqolada kumanlarning “Kodeks kumanikus”

qo‘lyozmasi haqida so‘z yuritilgan. Qo‘lyozmada mavjud turkiy
topishmoqlar izohlangan va ularning bugungi kundagi muqobili

ko‘rsatilgan. Topishmoqlarning folklorshunoslikdagi o‘rni qay

darajada ekanligi ochib berilgan.

Подача загадок в «Кодексе Куманикус»

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

половцы,

Куманы,

«Кодекс Куманикус»,
загадка,

ребус.

Статья посвящена куманскому манускрипту «Кодекс

Куманикус». В ней рассматриваются турецкие загадки,
представленные в рукописи, а также их современные

аналоги. Особое внимание уделено роли загадок в

фольклоре и их культурному значению.

1

Tashkent State University of Uzbek Language and Literature named after Alisher Navoi.

E-mail: muxlisamuhammadaliyeva70@gmail.com


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 5 (2024) / ISSN 2181-3701

101

“Dashti Qipchoq” va “kumanlar” so‘zlarining kelib chiqishi, bu hudud va unda

yashagan etnosning qanday ekanligi ko‘pchilik olimlarni qiziqtirgan. “Tatarshunoslik”
jurnalida “Desht-i-Qipchoq. Oltin O‘rda” nomli maqola chop etilgan: “Fors tilidan tarjima
qilinganda, “Dasht-i-Qipchoq” “Polovetslar dashti” degan ma’noni anglatadi. Turkiyzabon
qipchoqlar, Xitoy manbalariga ko‘ra, mil. avv. III–II asrlardan ma’lum... G‘arbiy Yevropa
manbalarida qipchoqlar “kumanlar” deb ataladi (kumanlar qipchoqlarning g‘arbiy guruhi
degan fikr bor).”

Dashti Qipchoq aholisining asosini qipchoqlar tashkil etgan hamda ular tatarlar va

mo‘g‘ullar bilan aralash-quralash bo‘lib ketishgan bo‘lishlariga qaramasdan mazkur
o‘lkada yashovchi aholi “O‘zbeklar” nomi bilan atalgani bir qancha manbada keltirilgan.

Poloves, qipchoq, quman, qun (xun) terminlarining paydo bo‘lishi va ularning

qanday ma’no kasb etishi haqida I. Dobrodomov tomonidan e’lon qilingan maqolada juda
qiziqarli va qimmatli ma’lumotlar keltirilgan. Rus solnomalarida uchraydigan “qumanlar”
termini lotin manbalarida

cuman, coman

shaklida namoyon bo‘ladi.

“Kodeks kumanikus” obidasi yuqorida tilgan

olingan qumanlar yashagan muhitda yozilgan
noyob qo‘lyozma asardir. Ushbu asarni filologiya
fanlari doktori B.Jafarov o‘zining doktorlik ishida
“Tarjimon turkiy va ajamiy va mo‘g‘liy va forsiy”
qo‘lyozmasi bilan qiyosiy jihatdan tadqiq qilgan:
“Ushbu nodir obida XIV asr boshida yozilgan bo‘lib,
u lotincha-forscha-qumancha va qumancha-
nemischa, qumancha-lotincha so‘zlarni o‘zida
mujassam etgan lug‘at hamda xristian monaxlari
tomonidan quman tiliga tarjima qilingan diniy
madhiya va duolar, eng qadimgi turkiy
topishmoqlardan tarkib topgan qo‘lyozma sifatida
yuzaga kelgan”.

“Kodeks kumanikus” qo‘lyozmasi til va tarkib

jihatidan ikkita qismga ajratiladi. Ularning
birinchisi: lotincha-forscha-qumancha lug‘atdan
tashkil topgan bo‘lsa, ikkinchi qismi “Injil”dan
tarjima qilingan quman tilidagi xristian diniy duo va
madhiyalar,

nemischa-qumancha,

qumancha-

nemischa va ba’zi hollarda nemischa-lotincha-

qumancha qorishiq holdagi lug‘atlardan tashkil topgan. Obidaning bu ikki qismi tarkibiga
mos va muvofiq ravishda “Tarjimonlar kitobi” hamda “Targ‘ibot kitobi” deb yuritiladi.

“Kodeks kumanikus” bo‘yicha ko‘plab olimlar ilmiy izlanishlar olib borganlar. Ingliz

olimi Piter Golden ham ushbu noyob qo‘lyozma ustida bir qancha chop ettirgan.
U o‘z ilmiy ishlarida avval turklarva ularning urug‘lari haqida ma’lumotlar bergan, keyin
esa asarni sharhlagan, til xususiyatlari bo‘yicha tavsiflagan.

Obida qadimgi turkiy qo‘lyozmalar ichida bugungacha yagona lotin yozuvida

yozilgan asardir. Bundan tashqari, unda 47 ta eng qadimiy turkiy topishmoqlarning yozib
qoldirilgani obidani nafaqat lug‘atshunoslik, balki xalq og‘zaki ijodi nazariyasi va
amaliyotini yangi fakt va manbalar bilan boyitishga xizmat qiladi. Muhimi, ular hali hech
bir manbada uchramagan topishmoqlardir.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 5 (2024) / ISSN 2181-3701

102

Topishmoq – bu narsaning nima ekanligini bilishni tinglovchi yoki o‘quvchining

ixtiyoriga qoldiradigan o‘yin bo‘lib, uning xususiyatlarini ismini tilga olmay, bilvosita aytib
beradi. Topishmoqlar xalq donoligining mahsulidir. Ular kichik yoshdagi bolalarni ham,
yoshi ulug‘ insonni ham fikrlashga undaydi, hozirjavoblikka o‘rgatadi. Folklorning ushbu
turiga barcha birdek qiziqadi.

O‘zbek xalq topishmoqlari xalq og‘zaki ijodining eng qadimiy janrlaridan biri bo‘lib,

xalq badiiy tafakkurining nodir durdonasi sifatida uzoq yillardan buyon avloddan avlodga
o‘tib, o‘zining ta’limiy-tarbiyaviy ahamiyatini saqlab kelmoqda. Keng qamrovli, tarbiyaviy
ahamiyatga ega bo‘lgan topishmoqlar kishida mulohazakorlik, zukkolik fazilatlarini
shakllantirishga xizmat qiladi.

O‘zbek xalq topishmoqlari xalqimiz xalq sifatida shakllanishidan beri, ya’ni hali

“o‘zbek” degan nomni olmasdanoq paydo bo‘lgan va bugungi kungacha saqlanib,
sayqallanib bormoqda. Ayonki, topishmoqning ilk shakllari hozirgacha xuddi o‘zidek yetib
kelmagan, chunki asrlar mobaynida tilimizga mustamlakachilik va boshqa sabablar bilan
boshqa tillarning ta’siri kuchli bo‘lgan. So‘zlar o‘zgargan bo‘lsa-da, ma’no bir xil. Ularning
ba’zilari haligacha tom ma’noda jumboq.

O‘zbekistonda ham “Kodeks kumanikus” yodgorligi ustida ilmiy tadqiqotlar olib

borilgan. O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti olimasi Jo‘rayeva Munis Yunusovna
“O‘zbek xalq topishmoqlarining genezesi” mavzusidagi PhD dissertatsiyasida
topishmoqqa shunday ta’rif berilgan: “O‘zbeklar orasida topishmoq, topishmachoq,
topmacha, topar cho‘pchak, top-top, top-top cho‘pchak, top-top matal, cho‘pchak, matal,
jumboq (jummoq, jumoq), masala, chaldirmoq kabi nomlar bilan ataladigan folklor
asarlarining eng muhim xususiyatlaridan biri muayyan narsa-hodisa, predmetni uning
kelib chiqishi, vazifasi va hayotiy-maishiy qamrovida tavsiflashga asoslanganligi bilan
belgilanadi. Topishmoqda insonga yot bo‘lgan mavhum narsa va hodisalar emas, balki
kishi o‘z hayoti mobaynida ko‘rgan, ishlatgan, umuman unga tanish bo‘lgan narsa va
hodisalar yashirin holda tasvirlanadi. Topishmoqqa xos bo‘lgan bu xususiyat, ya’ni
yashirib tasvirlash kishini o‘ylashga, fikrlashga, narsa-hodisalarni muqoyasa qilishga va
solishtirishga undaydi. Shu jihatdan qaraganda, narsa-hodisalarning o‘ziga xos belgi-
xususiyatlarini metaforik nutq orqali poetik ifoda etuvchi xalq topishmoqlarini to‘plash va
o‘rganish muhim ahamiyatga ega”.

Ushbu dissertatsiyada topishmoqlarning shakllanish jarayoni “so‘z tabusi – yashirin

nutq – metaforik nutq – topishmoq” bosqichlaridan iborat ekanligi isbotlangan.

Yuqorida aytib o‘tilganidek, “Kodeks kumanikus”da 47 ta topishmoq keltirilgan

bo‘lib, ularning 5 tasi muammoli. Ya’ni javoblari berilmagan. Bu topishmoqlar jahon
folklorshunosligida “kuman topishmoqlari” deb nomlanadi. Quyida ulardan bir nechtasi
bilan tanishamiz.

“Ak k'üjmäniң ayzu jok” topishmog‘ining javobi “ol jumurtka” deyilgan. O‘zbek

foklorida ushbu topishmoqning “Oq quymonning og‘zi yo‘q” (tuxum) tarzidagi shakli
mavjud. Topishmoq matnida qo‘llanilgan “quymon” so‘zi tuxumga un va moy aralashtirib
pishiriladigan taom nomi bo‘lib, buxoroliklar shevasida uning “quymon”,
“chimchaquymon” kabi turlari tayyorlanadi. Bu atama adabiy tildagi “quymoq” leksemasi
bilan o‘zakdosh so‘zdir. Ushbu topishmoqning qozoq folklorida “Ay dalada ak otav avzi-
murni çok otav”, “Bir kubbe gördüm, elledikçe paralanur”, “Bir ajoyib kubbe gördüm,
bassam alni yarilir”, qirg‘iz xalq ijodida esa “Ay dalada ak sandik, ozu-murdu cok sandik”
tarzidagi shakllari mavjuddir.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 5 (2024) / ISSN 2181-3701

103

Tuxum haqidagi topishmoqlarning o‘zbek folklorida qayd qilingan “Oq o‘tov, og‘zi

butov”, “Mening bir o‘tovim bor, oynasi, eshigi yo‘q”, “Oy dalada oq o‘tov” kabi namunalari

ham ana shu qadimiy jumboq matni asosida yuzaga kelgan.

Xalq topishmoqlari o‘z navbatida badiiy asarlarga ham ko‘chgan. Xalq og‘zaki

ijodidagi “Qirq hujrada qizil qizlar” (anor) tarzidagi topishmoq mavjud. Buni Uvaysiy

o‘zining chistonlaridan biriga ushbu topishmoqning mazmuni singdirgan:

Ul na gumbazdir eshigi, tuynugidan yo‘q nishon,

Necha gulgunpo‘sh qizlar manzil aylabdur makon.

Sindurub gumbazni, qizlar holidin olsam xabar,

Yuzlarig‘a parda tortig‘liq, turarlar bag‘ri qon.

Topishmoqdagi hujra va qizlarni Uvaysiy badiiy mahorat bilan yuqoridagi chistonni

yaratgan.

Hazrat Alisher Navoiy ham ushbu mavzuda chiston yaratganlar va uni “Xazoyin ul-

maoniy” devoniga kiritgan:

Ne mijmardir to‘la axgar, vale ul mijmar andomi

Erur sun’ilgidan gohe muqaddas, hoh musamman ham

Chiqar ravzandin axgar dudiyu bu turfakim oning

O‘tig‘a dud yo‘qtur mijmarig‘a balki ravzan ham

O‘tu mujmar dema bor ul sadafkim, durlar oning

Evurdi qong‘a davroni musha’bid charxi purfan ham.

Navoiy ushbu baytda ruju’ san’atini qo‘llaydi. Chunki anorni manqal desak,

manqalning tutun chiqadigan joyi bo‘lishi kerak. Anorda esa tuynuk ham, tutun ham yo‘q.

Chiston boshida Navoiy anorni ichida cho‘g‘ yonib turgan idishga qiyoslaydi.

Bu bilan Hazrat Navoiyning tasavvur dunyosi naqadar boy ekanini bilishimiz mumkin.

“Yazda yavlı xayış yatır”, ya’ni “Tekislikda yog‘li (semiz) musht yotir” topishmog‘i

XXVIII tartib raqami bilan keltirilgan bo‘lib, uning javobi “ilon” deyilgan. Shunga o‘xshash

topishmoq o‘zbek folklorida ham mavjud bo‘lib, “Yer tagida yog‘li musht” topishmog‘ining

javobi ham ilondir. Ushbu topishmoqning qurilishi javobi “ilon” bo‘lgan “Yer tagida moyli

qayish”, “Yer ostida sariq qayish”, “Yer tagida yog‘li qamchi”, “Ko‘prik ostida yog‘li hasib”

kabi jumboqlarning shakllanishi uchun ham asos bo‘lgan.

“Kodeks kumanikus”dagi aksariyat topishmoqlar kabi “turna” to‘g‘risidagi

VIII raqamli topishmoqning matni ham she’riy shaklda ekanligi e’tiborga molik.

K’ün altundan älči keliyir,

K’ömuš burγy tar(ta) keliyir,

Aj altunda(n) elči keliyir,

Altun burγy t(arta) keliyir.

“Mazkur topishmoq ham hozirga qadar deyarli o‘zgarishsiz holda saqlanib kelgan

bo‘lib, uning Sirdaryo viloyatidagi Mirzacho‘l tumaniga qarashli Musofirobod qishlog‘ida

istiqomat qiluvchi Qunduz momodan yzoib olingan namunasida “kuman topishmog‘i”ga

xos bo‘lgan alliteratsiya badiiy vositasi (kun-kumush, oy-oltin), nomi yashiringan

obyekt (turna)ning odam suratida (elchi//yigit), ya’ni antropomorf ko‘rinishda

metaforalashtirilishi hamda cholg‘u asbobi timsolining qo‘llanilishi (burg‘u//surnay) kabi

xususiyatlar saqlanganligi kuzatiladi:

Oy oldidan o‘tgan jigit,

Oltin surnay tortgan jigit,

Kun oldidan o‘tgan jigit,

Kumush surnay tortgan jigit”

.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 5 (2024) / ISSN 2181-3701

104

“Kodeks kumanikus”da keltirilgan ba’zi bir topishmoqlar shaklan saqlanib qolgan

bo‘lsa-da, funksional yo‘nalishi o‘zgargani kuzatiladi. Jumladan, XXXV raqamli topishmoq
“Tüyma tüydim, tütg'äng'ä saldym” (“Tugun tugdim, tutganga soldim”) tarzida berilgan
bo‘lib, javobi “aql”, “fikr” deb izohlangan. Bu topishmoqning tatar folkloridagi “Тӛкмә
тейдем, тӛпкә салдым” varianti “es”, “xotira”, “yodga olish” haqidadir. O‘zbek folklorida
esa mazkur topishmoqning javob qismi o‘zgargan bo‘lib, Z. Husainova tomonidan nashrga
tayyorlangan to‘plamda “Tuydim, to‘bga tashladim” topishmog‘i javobi “uyqu” bo‘lgan
“Tepdim, to‘rga tashladim” jumbog‘ining varianti sifatida keltirilgan.

Poliz ekinlari haqidagi topishmoqning “Kodeks kumanikus”da qayd qilingan bir

namunasida qovunning palakda pishib-yetilish xususiyati asosiga qurilgan: “K'ök'cä
ularүym k'ög'tndä semirrir”, ya’ni “Ko‘kcha otim ko‘ganda semirar”. XXI raqamli bu
topishmoqning o‘zbek folkloridagi variantida jumboqning shakli saqlangan holda javob
qismi o‘zgargan: “Ko‘kkina qo‘zim quvanda turib semiradi” topishmog‘ining javobi
“tarvuz” deb izohlangan.

Xalqimiz orasida:
Tog‘da talaymonni ko‘rdim,
Suvda sulaymonni ko‘rdim,
Yumalab yotgan toshni ko‘rdim,

Tuzsiz pishgan oshni ko‘rdim, – topishmog‘i keng tarqalgan. Ma’lumki, ba’zi

topishmoqlarning obyekti ham, tasvir ko‘lami ham ko‘p predmetli bo‘ladi. Yuqoridagi
jumboqda ham shu holat kuzatiladi. Bu topishmoqning javobi to‘rtta predmetdan iborat:
bo‘ri, baliq, toshbaqa, sumalak.

Ushbu topishmoqning tarixiy asoslari xalqimizning qadimgi mifologik

tasavvurlariga borib taqaladi. Chunki “bo‘ri – turkiy xalqlarning totem-ajdod sifatida
sig‘ingan jonivorlaridan biri bo‘lib, u Ashina urug‘ining ajdod boshchisi hisoblangan”.

Mazkur topishmoqdagi “talaymon” leksemasining jonivor ma’nosini bildiruvchi

tabuistik atamalar bilan aloqadorligini XIII asr yozma obidasi “Kodeks kumanikus”da
keltirilgan 17-jumboq misolida ham dalillash mumkin. Mazkur jumboq “Tav üstindä
talašman, tayaγï bar beš batman” (ya’ni “Tog‘ ustida talashman, tayog‘i bor besh botmon”)
tarzida ifodalangan bo‘lib, uning javobi “tulkining dumi” deb izohlangan.
Bu matnda qo‘llanilgan “talashmon” leksemasi o‘zbek xalq topishmog‘ida qo‘llanilgan
“talaymon” so‘zining tarixiy-etimologik o‘zakdoshdir.

Topishmoqning “Suvda sulaymonni ko‘rdim” qismining javobi “baliq”dir. Sulaymon

so‘zi payg‘ambar Sulaymon a.s.ga bog‘liq emas. O‘zbek tilining Xorazm shevasida “kattasi
yarim kilogacha boradigan mayda baliqning bir turi” ma’nosini beradigan “si:la” so‘zidan
kelib chiqqan.

Yuqoridagi topishmoqning 3-qatorida aytilgan “Yumalab yotgan toshni ko‘rdim”

qismining javobi “toshbaqa”. So‘nggi qatordagi “tuzsiz pishgan osh” jumbog‘ining javobi
“sumalak” deya izohlangan. Rivoyatlarga ko‘ra, sumalak tayyorlash paytida ayollar unga
tuz solishmas ekan, tunda Bibi Fotima qozonga tuz solib ketar emish.

Topishmoqlar xalq og‘zaki ijodining asrlar mobaynida avloddan avlodga o‘tib,

sayqallanib kelayotgan qadimiy janri hisoblanadi. Ular bizga begona bo‘lgan narsalarni
emas, kundalik hayotda ko‘p duch keladigan narsa va hodisalarni yashirib, qayta nomlab
keladi. Xalq og‘zaki ijodining mahsuli bo‘lmish topishmoqlarning tarixiy ildizini o‘rganish
shu millatning har bir vakilining burchidir. Tilimizda asrlar mobaynida katta o‘zgarishlar
sodir bo‘lgan. Hozirda nutqimizda qo‘llayotgan topishmoqlar qadimda qanday shaklda


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 5 (2024) / ISSN 2181-3701

105

qo‘llanilgani juda qiziq. O‘zbek xalq topishmoqlari XIII–XIV asrlarga oid “Kodeks
kumanikus” asariga kiritilgan qayroq, turna, uzangi, kirpi (tipratikan), kema, pichoq, it va
boshqa narsalar to‘g‘risidagi 47 ta topishmoq hamda umumturkiy qarashlar, turkiy
mifologiya, qadimgi marosimlar, tabu an’anasiga aloqador ishonch-e’tiqodlar asosida
shakllangan.

O‘zbek folklorida topishmoqlarning xususiyatlari, bir necha nodir manbalardagi

ko‘rinishlari o‘rganilgan bo‘lsa ham, bu janrning tarixiy-genetik asoslari va poetik
rivojlanishi aniqlangan emas. Shunday ekan, “yashirin nutq” hisoblanadigan
topishmoqlarning tarixiy taraqqiyot bosqichlarini tadqiq qilish va ko‘rsatib berish
folklorshunosligimizning dolzarb muammolaridandir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Alisher Navoiy. To‘la asarlar to‘plami, 4-jild. – Toshkent, 2011. 837 b.

2.

Jafarov B. “Kodeks kumanikus” hamda “Tarjumon turkiy va ajamiy va mo‘g‘liy va

forsiy” qo‘lyozmalarining qiyosiy tahlili: PhD dissertatsiyasi. – Namangan, 2023.

3.

Jo‘rayeva M. “O‘zbek xalq topishmoqlarining genezesi”. PhD dissertatsiyasi: –

Toshkent, 2017.

4.

Абдуллаев Ф. Хоразм шевалари. 1-том. ‒ Тошкент: Фан, 1961.

5.

Боболардан қолган нақллар. Тўплаб, нашрга тайѐрловчилар, сўзбоши ва

изоҳлар муаллифлари: Жўраев М., Сатторов У. ‒ Тошкент: Фан, 1998.

6.

Жўраев М. Сумалак ҳақида афсоналар // Тошкент ҳақиқати. ‒ Тошкент,

1990, 17 март.

7.

https://www.internetculturale.it/jmms/iccuviewer/iccu.jsp?id=oai%3A193.20

6.197.121%3A18%3AVE0049%3ACSTOR.243.15099&mode=all&teca=marciana
(22.11.2023).

8.

http://www.tataroved.ru/obrazovanie/textbooks/2/6/ (09.03.2024).

Библиографические ссылки

Alisher Navoiy. To‘la asarlar to‘plami, 4-jild. – Toshkent, 2011. 837 b.

Jafarov B. “Kodeks kumanikus” hamda “Tarjumon turkiy va ajamiy va mo‘g‘liy va forsiy” qo‘lyozmalarining qiyosiy tahlili: PhD dissertatsiyasi. – Namangan, 2023.

Jo‘rayeva M. “O‘zbek xalq topishmoqlarining genezesi”. PhD dissertatsiyasi: – Toshkent, 2017.

Абдуллаев Ф. Хоразм шевалари. 1-том. ‒ Тошкент: Фан, 1961.

Боболардан қолган нақллар. Тўплаб, нашрга тайѐрловчилар, сўзбоши ва изоҳлар муаллифлари: Жўраев М., Сатторов У. ‒ Тошкент: Фан, 1998.

Жўраев М. Сумалак ҳақида афсоналар // Тошкент ҳақиқати. ‒ Тошкент, 1990, 17 март.

https://www.internetculturale.it/jmms/iccuviewer/iccu.jsp?id=oai%3A193.206.197.121%3A18%3AVE0049%3ACSTOR.243.15099&mode=all&teca=marciana (22.11.2023).

http://www.tataroved.ru/obrazovanie/textbooks/2/6/ (09.03.2024).