Hamza lirikasida poetik obraz tasviri: tahlil va talqin

Annotasiya

Ushbu maqolada XX asr boshlari badiiy tafakkur tarzini yangilashga hissa qo‘shgan shoir, nosir va dramaturg Hamza Hakimzoda Niyoziy she’riyatiga xos alohida jihatlar va shoirning poetic obrazlari tahlilga tortilgan.

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
ВАК
elibrary
doi
 
Chiqarish:
62-68
29

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Mamadaliyeva, F. . (2024). Hamza lirikasida poetik obraz tasviri: tahlil va talqin. Xorijiy Lingvistika Va Lingvodidaktika, 2(5/S), 62–68. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/foreign-linguistics/article/view/68152
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Ushbu maqolada XX asr boshlari badiiy tafakkur tarzini yangilashga hissa qo‘shgan shoir, nosir va dramaturg Hamza Hakimzoda Niyoziy she’riyatiga xos alohida jihatlar va shoirning poetic obrazlari tahlilga tortilgan.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika –

Зарубежная лингвистика и
лингводидактика – Foreign

Linguistics and Linguodidactics

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics

The description of poetic image in Hamza's lyrics: analysis

and interpretation

Fazilat MAMADALIYEVA

1

Namangan State University

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received September 2024
Received in revised form

10 October 2024

Accepted 25 October 2024

Available online

25 November 2024

This article analyzes the specific aspects of the poetry,

prose, and plays of Hamza Hakimzoda Niyozi, a poet, prose

writer, and playwright who significantly contributed to the

renewal of artistic thought in the early 20th century, with a
focus on his poetic imagery.

2181-3701/© 2024 in Science LLC.
DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol2-iss5

/S

-pp62-68

This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (

https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru

)

Keywords:

traditional image,
lyrical experience,
plot lyrics,

lover,
mistress,
rival,

innovation,
traditional principle.

Hamza lirikasida poetik obraz tasviri: tahlil va talqin

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar:

an’anaviy obraz,
lirik kechinma,
syujetli lirika,

oshiq,
ma’shuqa,
raqib,
novatorlik,

traditsion tamoyil.


Ushbu maqolada XX asr boshlari badiiy tafakkur tarzini

yangilashga hissa qo‘shgan shoir, nosir va dramaturg Hamza

Hakimzoda Niyoziy she’riyatiga xos alohida jihatlar va

shoirning poetic obrazlari tahlilga tortilgan.

1

Independent researcher, Namangan State University.

E-mail: mamadaliyevafazilat322@gmail.com


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 5 (2024) / ISSN 2181-3701

63

Поэтический образ в лирике Хамзы: анализ и
интерпретация

АННОТАЦИЯ

Kлючевые слова:

традиционный образ,

лирический опыт,
сюжетная лирика,
возлюбленная,
любовница,

соперница,
новаторство,
традиционное начало.

В данной статье анализируются специфические

аспекты творчества и поэтические образы поэта,
прозаика и драматурга Хамзы Хакимзоды Ниязи, который

внес значительный вклад в обновление художественного

образа мышления в начале XX века.

KIRISH

Odamning tashqi olamdan ta’sirlanib yaratgan san’at turlari orasida so‘z san’ati

alohida ahamiyat kasb etadi. Har bir so‘z borliqni tasavvur va tafakkur yordamida
voqelanishiga xizmat qiladi va uning vositasida jamiyatdada hamda borliqdada, ruhiyatda
va qalbda kechayotgan jarayonlar o‘z in’ikosini topadi.

Ulug ‘ olim Abu Nasr Farobiy tomonidan yaratilgan “Fozil odamlar shahri” asarida,

faylasuf Aristotelning olamni bilish haqidagi qarashlarini quyidagicha izohlaydi ”…osmon
va yerdagi tuyg‘u bilan his etiladigan narsalar va ko‘zga ko‘rinidigan holatlarni hamda
ruhning o‘zidagi tuyg‘ularning mavjudligi sabablarining bilishga ruh doimo intilib turadi.
Ruh yana, ruhiyatda paydo bo‘ladigan boshqa g‘oya va esdaliklarning haqiqiy mohiyatini,
xoh ular mazkur odam ruhida paydo bo‘layotgan bo‘lsin, xoh boshqa odam ruhida paydo
bo’lib unga(mazkur odamga) ma’lum bo’lgan bo’lsin, baribir bilishga intilishi,–haqida fikr
yuritar ekan,-yuqoridagi aytilgan narsalardan bir nimani bilib olgsan odam quvonch va
huzur topishini”[1.23] ta’kidlaydi.

Olam mohiyatini aks ettirishda odam, uning iste’dodi muhim mezon hisoblanadi.

Ijod ahlining tabiatga taqlid ( so‘z, harakat, bo‘yoq yordamida ) qilishi natijasida esa bir-
biridan farq qiluvchi san’atlar paydo bo‘ladi va ular insonga turli xil tarzda estatik ta’sir
o‘tkazadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Hayotiy tafsilotlarning shaxs ongidagi qayta tasavvurini izohlashga kirishgan

Aristotel san’atni quyidagicha ta’riflaydi: “Ba’zi kishilar mahorat, ba’zilar malaka sababli,
yana ba’zilar tug‘ma iste’dodlari tufayli bo‘yoqlar va shaklllar yordamida ko‘p narsalarning
tasvirini-o‘xshashini yaratadilar”[7.54] faylasufning tushuntirishicha, mahoratli, malakali,
tug‘ma iste’dod egalarigina olamni qayta tasvirlay oladi. Aristotel borliqni bilishda odam
sezgisining ro‘li hususida fikr yuritar ekan, san’atlar ichida poeziyaning tabiiy paydo
bo‘lishi, shaxs boshqa jonli mavjudodlardan o‘xshatish qobilyatiga ega ekanligi bilan
farqlanishi, hatto dastlabki bilimlarni o‘xshatishdan olishi va bu jaroyon samaralari
barchaga huzur bag‘ishlashi hususida yozadi. Faylasufning fikricha his qiladigan va sezgi
uyg‘otadigan narsalarning hammasi tashqi olamda yashaydi. Shuning bois inson bilish va
zavq olish uchun tabiatga taqliq qiladi.

NATIJALAR

Butun jahon adabiyotshunosligida ijodkor badiiy tafakkurining poetik obrazlarda

namayon bo‘lish usullari, muayyan milliy she’riyatda an’ana va yangilanish jarayonining
o‘ziga xosligi kabi masalalari dolzarb muommolardan biri sifatida tadqiq etib kelinmoqda.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 5 (2024) / ISSN 2181-3701

64

Ijodkorlar borki, ular badiiy ijoddagi ilk qadamlaridayoq adabiyot maydoniga yangicha ruh
olib kiradilar. Poetik shaklda va poetik obrazlarda ular tamonidan amalga oshirgan
yangilanish individual ijodiy kashfiyotlar darajasidan o‘sib, o‘zi mansub bo‘lgan xalq
adabiyotiga yangi yuksalish bosqichini boshlab beradi. Ijod labaratoriyasiga mansub ana
shunday qonuniyatlarni, ularning yuzaga kelish tamoyillarini tadqiq qilish yangi ilmiy-
nazariy xulosalarga olib kelishi jihatidan dolzarbdir.

Dunyo adabiyotshunosligida, jahon xalqlari she’riyatida badiiy tafakkur tadriji,

poetik janrlar takomiliga xos tamoyillar, badiiy ijod va uning millat hamda umuminsoniyat
poetik tafakkuri yangilanishiga ta’siri, G‘arb-u Sharq badiiy estetik tasavvurining namoyon
bo‘lish usullari singari asosiy masalalar o‘rganilmoqda. Poetik mazmunning yangilanishi
milliy va umuminsoniy ruhiyat ifodasida aks etishiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Poetik
obrazdagi evrilishning badiiy-estetik tafakkur rivojidagi o‘rniga doir qarashlar ilgari
surilmoqda. Poetik shakl o‘zgarishining omillariga oid yangi nazariy xulosalarga
kelinmoqda.

MUHOKAMA

Ma’lumki, o‘zbek adabiyotshunosligida XX asr boshlari milliy she’riyatimizning

yangilanish tendensiyalari yuzasidan izchil tadqiqotlar olib borilmoqda. Milliy she’riyat
takomilining ijtimoiy va adabiy-estetik asoslari o‘rganilgan. She’riyatimizning yangilanish
tamoyillarini aniqlashga doir ilmiy izlanishlar amalga oshirilgan. Hamza Hakimzoda
Niyoziy nazmiy me’rosini o‘rganish, ayni shu muommo nuqtaiy nazaridan alohida
o‘rganish esa adabiyotshunoslikning ustuvor vazifasidir. Negaki, poetik mazmunni
yangilashga qodir ijodkor va ijtimoiy-adabiy muhit munosabatlari muayyan milliy
adabiyotning taraqqiyot darajasini belgilovchi asosiy adabiy-estetik omildir. Ushbu ilmiy
muommoning adabiyotshunoslikda o‘rganilishi jarayonida alohida diqqat qaratish kerak
bo‘lgan masalalar bor. Bunda, shubhasiz, ijtimoiy adabiy muhitning ko‘lami va chegarasi
bilan bog‘liq masalalar nazarda tutilmoqda. Gap shundaki, ilg‘or islohotchilar ijodining
ta’sirlanish hududini faqat u yashagan zamon, qadami yetgan maqon, shu bilan birga,
tilning tushunarlilik omillari bilan chegaralash maqsadga muvofiq emas. XIX asrning
ikkinchi yarmi XX asr boshlarida jahonda shunday adabiy yuksalish sodir bo‘ldiki, uning
sabablarini o‘zaro adabiy ta’sirlardan izlash maqsadga muvofiqdir.

O‘zini millat fidoiysi deb bilgan, milliy adabiyotni yuksaltirish orqali o‘z xalqini

umumjahon miqyosiga olib chiqishni maqsad qilgan har bir ijodkor baddiy tafakkuri
darajasini o‘z davrining eng ilg‘or tendensiyalariga muvofiqlashtirishi zarur. Bunda u,
albatta, o‘zi bilan bir davrda ijod qilayotgan jahon adiblarining yutuqlari va tajribalaridan
unumli foydalanishi, kerak bo‘lsa, ular bilan o‘zaro mubohasaga kirishi taqozo etiladi.
Hamza Hakimzoda Niyoziy XXasr boshida o‘zbek adabiyotini Abdulla Qodiriy va Abdurauf
Firat bilan baqamti turib, ana shunday darajaga yetkaza oldi. Shu ma’noda Hamza ijodini
jahon adabiyoti kontekstida tadqiq qilish, nazarimizda, eng to‘g‘ri yo‘l bo‘ladi. Biroq bu
o‘rinda shuni nazarda tutmoq zarurki, “Adabiy ta’sir yoki komparavistika jarayoni har bir
millat adabiyot doirasida o‘ziga xos tarzda namoyon bo‘ladi”[4.87].

Hamza mansub ijtimoiy-adabiy muhitni O‘zbekiston yoki Markaziy Osiyo bilangina

chegaralash yaramaydi. U qator mamlakatlarga bordi va u joydagi adabiy jarayonlar bilan
bevosita tanishib, o‘ziga xos aloqada bo‘lgani yaxshi ma’lum. Negaki, Ismoil Gaspirinskiy
ilgari surayotgan turkiy xalqlar boshida ko’p yillar davom etib kelayotgan milliy inqirozni
bartaraf etish va dunyoning eng ilg‘or millatlari qatoriga olib chiqishni ko‘zda tutuvchi
jadidchilik harakati, milliy uyg‘onish g‘oyalari Hamza ijodining mafkuraviy asosini tashkil


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 5 (2024) / ISSN 2181-3701

65

etar edi. Jadidchilik va jadid adabiyoti milliy ma’rifatni jahon ilm-fani va san’ati bilan
uyg‘un taraqqiy ettirish g‘oyasiga asoslangani ma’lumdir.

Ijodkorning individual ijod mahsuli umumiy ijodiy jarayonning tarkibiy qismi bo‘lib,

ko‘p jihatlari bilan uzviylik kasb etadi. Ya’ni hech bir badiiy asar an’anaviy tafakkur
zaminidan uzilgan holda vujudga kelmaydi. Ijodkordagi yangilik individual dunyoqarash,
yondashuv, mahorat, tayyorgarlik (psixologik omillar)ga ega bo‘lish, usullar, uslub tanlash,
talqin yaratish va badiiy shakllar ijod qilish –ijodiy o‘zlikning namoyon bo‘lishidir.
Shunday hususiyatlarga ega bo‘lgan san’atkor nimani ijro qilmasin, uni o‘z ovozi toniga
moslaydi-individuallashtira oladi. Bu xossalar individual ijodiy tafakkurni aks ettiradi va
poetik ijodda mazmun yangilanishiga asos yaratadi.

Hamza Hakimzoda Niyoziyning individual ijodiy tafakkuri kuchini baholash uchun

ham, eng avvalo, uning jahon adabiyotida an’anaviylik kasb etgan mavzu yoki obrazlarga
yondashuvidagi talqin hamda yechimlarining saviyasi darajasini aniqlash lozim. Buning
uchun Hamza ijodi to‘la imkon beradi. Ana shu imkon bo‘lishining o‘zi ham juda muhimdir.
Shoirning ana shu imkonini uning birgina obrazga murojaati orqali kuzatamiz.

O‘zbek adabiyotshunosligida XX asr oxiri va XXI asr boshlarida yuz berayotgan

ijtimoiy-siyosiy, tarixiy o‘zgarishlar natijasida dunyo va inson munosabatlarini chuqurroq
idrok etish masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Hozirgi kunda jamiyatimiz
rivojlanishi uchun olib borayotgan islohotlarni amalga oshirishda o‘zbek adabiyoti oldida
qo‘yilayotgan vazifalarni bajarishga to‘liq imkoniyat va shart-sharoitlar yaratilib,
badiiyatni har tomonlama chuqur o‘rganish masalasiga bag‘ishlangan maqsadli ilmiy-
tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Jumladan, adabiyotshunoslikda poetik til va uslub,
metaforik timsol yaratish poetik uslub muommolari haqida bir nechta ilmiy tadqiqotlar
yaratilgani ahamiyatlidir. “Millionlab odamlarning e’tiborida bo‘lgan, madaniyat, adabiyot
va san’at degan muqaddas dargohga qadam qo‘ygan har bir ijodkor, hech shubhasiz, avvalo
o‘z xalqining qalbiga quloq solib, uning dardiga darmon bo‘lishga intiladi[1.54]” degan
fikrda ijodkorlarning jamiyat, Vatan va millat oldidagi mas’ulligi nazarda tutilgan. Bunday
mas’ullik har bir iste’dod sohibida o‘ziga xos tarzda namoyon bo‘ladi.

San’at turlari ichida so‘z san’ati o‘zining yuksak badiiyligi bilan boshqa san’at

turlaridan farqlanadi. Bunda eshitish, his qilish, ta’sirlanish kabi holatlar ularning bevosita
inson ichki olamiga dahldor ekanligini ko‘rsatadi. So‘z san’atkorining tafakkur kuchi
natijasida badiiy asar markazini obrazlar egallaydi. Obraz mazmun-mohiyatiga ko‘ra
estetik zavq uyg‘otishi bilan bir qatorda his-tuyg‘uning ana shunday yuqumli bo‘lishiga
ham xizmat qiladi.

Jahon adabiyotining estetik tafakkur taraqqiyotiga nazar soladigan bo‘lsak,

Aristoteldan keyin borliq va uni estetik jihatdan tushunish mohiyatan ancha teranlashdi.
Estetika tarixida birinchi bo‘lib she’riy asarlarni tahlil qilishda Gegel tasvir-OBRAZ
muommosini o‘rtaga tashladi hamda uni tushunish va o‘rganishning asosiy yo‘nalishini
belgilab berdi. U obrazning o‘ziga xos xususiyatlarini she’riy asarlarda ko‘rdi. “Umuman
olganda,-deb yozadi Gegel,-biz she’riyatdagi obrazni ramziy obraz deb ham belgilashimiz
mumkin, chunki u bizning ko‘zimizga mavhumlik bilan bir qatorda, hayot haqiqatini o‘ziga
xos, takrorlanmas holatlarda ko‘rsatadi va bu kishiga estetik zavq bag‘ishlaydi”

Obraz tushunchasi keng ma’noda san’at va adabiyotning umumiy xususiyatlarini

anglatadi. Adabiy tasvir-boshqa san’at tasvirlaridan farqli o‘laroq –so‘z vositasida berilgan
tasvirdir. Umuman olganda, obraz san’atgagina xos bo‘lib, borliqni aks ettirish
tushunchasida namoyon bo‘ladi. Badiiy ijodning mohiyatini o‘zida aks ettiradi.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 5 (2024) / ISSN 2181-3701

66

Olim V Xalizev obrazning estetik ahamiyati haqida quyidagilarni yozadi. “Ijodkor

har bir obrazni estetik normalar asosida badiiy jihatdan mukammal yaratibgina qolmay,
ayni bir vaqtning o‘zida shu obrazga o‘zining munosabatini ham bildiradi”[7.14].
Ijodkorning borliqda kechayotgan voqea-hodisalarga, jamiyat kishilariga nisbatan
munosabati murakkab jarayon sifatida shodlik-qayg‘u, sevgi-nafrat, ehtirom-achinish kabi
ziddiyatli his-tuyg‘ularida namoyon bo‘ladi. So‘ng shu tuyg‘ulari borliqda mavjud
jarayonlarga narsa-predmetlarga o‘xshatish, nisbat berish orqali o‘quvchida hayajon
estetik zavq yoki nafrat kabi hissiyotlarni uyg‘otadigan poetik obrazni o‘ylab topadi[8.93].

Obraz serqirra hodisa sifatida o‘zida borliqning turfa ranglarda tasavvur etishga

yordam beradi. Uning zamiridagi ma’no inson hayotining ijod orqali yaratiladigan aniq va
umumiy tasvirni ifodalashi bilan o‘zida hissiy-estetik munosabatni paydo qiladi. Shu
hususida L.Timofeev quyidagilarni yozadi. “Obrazning estetik mohiyati shundaki, unda
inson idealining aniq ko‘rinishi ifodalanadi”. Darhaqiqat, badiiy ijodda san’atkor o‘zi uchun
muhim deb bilgan va ko‘ngildan kechgan tuyg‘ular sabab voqealikdan ta’sirlanadi. Ana shu
ta’sirlanish va ilhomlanish natijasida ijodkor o‘z asarlarida yangidan yangi poetik
obrazlarni kashf etadi. So‘ng unga turfa o‘y-hayollari, o‘z orzu-maqsadlarini, eng muhimi,
niyatini, nima demoqchi ekanligini singdiradi. Bunda ijodkor his etilgan his-hayajonni
ma’lum tasvir asosida beradi. Individual yondashuv vositasida paydo bo‘lgan obraz
shoirning his-tuyg‘usini, niyatini, kechinmasini ma’no jihatdan tovlantirib berishi kerak.
Ana shundagina tasvir-obraz asarda his qilingan tuyg‘uga mos bo‘ladi va mazmunda
salmoqdorlik kasb etadi. Badiiy asarda obraz o‘ziga xos estetik ideal nuqtaiy nazaridan
haqiqatning o‘ziga xos hissiy jihatdan takrorlanishining bir usuli ekanligi bilan ajralib
turadi.

Badiiylik shaxs faoliyatining shunday turiki, u o‘zining ijod mahsullarini (ularning

estetik bir butunligi) mukamallik darajasining “chegara”sini taxmin qila oladi. Kant iborasi
bilan ayrganda, bu faoliyatni “chetga surish mumkin emas’’.Boshqacha qilib aytganda,
san’at (faoliyatning sohasi), shu qatorda so‘z san’ati estetik munosabatlarning yuqori
shakli hisoblanadi. M.M.Baxtining yozishicha, “Tabiatni estetik mushohada qilish,
afsonalardagi, dunyoqarashlardagi estetik jihatlar chalkash, betakror, sun’iydir. Estetika
faqat san’atdagina o‘zini bor holicha namoyon eta oladi”.[7.65]

Badiiy asar , poetik obrazlar orqali ijodkor nimani ifodalaydi, borliqni qay yo‘sinda

tasvirlaydi-bu ikki jihat o‘z ahamiyati bilan bir-biridan muhim, bir-biridan mas’ulyatli.
Chunki adabiyotda badiiy obraz orqali inson xarakteri, tashqi qiyofasi, ichki dunyosi
namoyon bo‘ladi. Binobarin, “obrazaning g‘oyaviy-ma’naviy qimmati ham uning badiiy-
estetik darajasi bilan, niyatning san’at nuqtaiy nazaridan qay tarzda ijro etilgani bilan
belgilanadi”.[1.22]

Umuman olganda, badiiy adabiyot obrazlar orqali hayotdagi ham oddiy ham ibratli

faktlarni xoh tabiiy, xoh favqulodda hodisalarni tarqoqlik yoki mavhumlik holatidan ozaro
mutanosib, uyg‘un holatga keltiradi, ma’lum tartib-me’yorga soladi. Mazkur ishlar o‘z
navbatida ijodkor tomonidan amalga oshiriladi. Badiiy adabiyot olamni, insonlar taqdirini
o‘zining poetik obraz tizimiga boysundirar ekan, bularni go‘zallik va nafosat
qonuniyatlariga ko‘ra qayta yaratadi.Ya’ni badiiy obraz ijodkor uchun fikrlash vositasi
hayotiy voqelik ta’sirida paydo bo‘lgan kechinma tasvirini berishdagi muhim omil
hisoblanadi.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 5 (2024) / ISSN 2181-3701

67

Ma’lumki, badiiy ijodni baholashda, o‘qishda, o‘rganishda va tahlil etishda ikki xil

qarash ustuvorlik qiladi. Birinchisi navbatda yaratligan asarning zamon va davrga
hamohangligi, jamiyat manfaatlariga va kitobxonning hayotiy tajribasiga, qiziqishiga ko‘ra;

Ikkinchisi navbatda, o‘quvchining san’atdagi va hayotdagi go‘zallik tuyg‘ulari

talqinidan kelib chiqib, ruhiy-estetik, hissiy-emotsional, tarafdan yondashiladi.

Jamiyat va tabiatda, qalbda va ruhiyatda, ijtimoiy hayotda sodir bo‘layotgan

o‘zgarishlar ijodkor nigohi bilan qaralganda hamma davrlarda ham kutilmagan,
vafqulodda nozik izlanishlar samarasi natijasi bilan adabiyotga kirib keladi. Bu esa shaxs
tafakkurining, ichki sezimlarining hayotiy ehtiyojdan estatik zarurat tomon
ildamlayotganligini ko‘rsatadi. Ya’ni jonli so‘zlashuv tilida odatiy qo‘llanadigan so‘zlar
she’riyat tilida qaytadan tiriladi, o‘zida estetik joziba uyg‘otadi.

She’riyatning tabiati o‘zgarmaydi. Ijodkor so‘z tanlar ekan uni sayqallab, mazmunan

salmoqdor, badiiy jihatdan jarangdor va jozibali bo‘lishiga erishishi kerak. So‘z har bir
ijodkor she’riyatida chuqur ichki mazmunga, hissiy-badiiy obrazga aylanishi bilan muhim
va ahmiyatlidir. Shuningdek, “…..hayotiy tuyg‘ular zamiriga voqe bo‘lgan, samimiy
hissiyotlar va chuqur fikr evaziga yaratilgan she’r”[5.21] o‘qirmanga estetik zavq va ruhiy
ozuqa bag‘ishlashi bilan ham alohida vazifa bajara oladi. Badiiy adabiyotda ruhiy olamdagi
o‘zgarishlar go‘zallik qoidalari asosida ifoda etilar ekan, bu o‘z-o‘zidan, shunchaki ro‘y
bermaydi. Ijodkor ziddiyatli va murakkab ruhiy to‘qnashuvlarni, ijodiy qiynoqlarni qalban
his qilganda, voqelikka nisbatan ijtimoiy-estetik munosabat to‘la etilgan she’r-ehtiyoj
farzandi (Abdulla Oripov) tug‘iladi. Zero, Hamza Hakimzoda Niyoziyning qator she’rlari
ana shu ehtiyoj tufayli dunyoga kelgan.

Bilamizki, lirik kechinma orqali o‘qirmanda yuzaga keladigan ruhiy hayajon

to‘lqinlari bevosita ijodkor , o‘ylab topgan va yaratgan, poetik obrazda o‘z ifodasini topadi.
Kitobxonda paydo bo‘lgan, bir-birini takrorlamaydigan va bir-biriga o‘xshamaydigan,
ruhiy kayfiyat shoir yaratgan poetik tasvirning haqqoniyligi, yorqinligi, betakrorligi bilan
izohlanadi. Biroq bunday obrazlarning yaratilishi shunchaki yuzaga kelmaydi. Qachonki,
shoir voqelikdan tuyg‘ulari jo‘sh urar, ta’sirlanganda o‘sha voqelikka o‘zining hissiy
munosabati shakllanar ekan asarda poetik obraz dunyoga keladi. Ijodkorni o‘yga toldirgan
muommo uning qalbida sintezlanadi. Demakki, his-tuyg‘ularning borliqqa munosabati
lirik kechinmani hosil qilgani holda, kerakli, eng ma’qul obrazning paydo bo‘lishiga ham
xizmat qiladi.

“ She’r nima? Bu savolga “Adabiyotshunoslik terminlari lug‘ati”da “Ohang jihatdan

ma’lum bir tartibaga solingan, his-tuyg‘u ifodasi sifatida vujudga kelgan hayajonli ritmik
nutq”[1.45], deb ta’riflanadi.

Adabiyotshunos olim va tanqidchi V.G.Beliniskiy lirik asarlarning hususiyati, boshqa

turlardan farqi va ularning yuzaga kelishi jarayoni hususida shunday yozadi: “Har bir
tashqi hodisadan avval tilak, orzu, niyat, xullas fikr tug‘iladi; har bir tashqi hodisa ichki,
yashirin kuchlarning faoliyati natijasidir: Poeziya voqelikning mana shu ikkinchi ichki
tomoniga, bu kuchning tub negiziga kirib boradi, tashqi aniqlik, voqea va xatti-harakat ana
shu kuchlardan hosil o‘sib chiqadi….Bu sub’ektivlik saltanati, bu ichki dunyo, o‘z ichida
qoluvchi va tashqariga chiqmaydigan tashabbuslar dunyosidir. Bunda poeziya ichki
elementda, tuyg‘u va ong doirasida qoladi; bunda ruh tashqi reallikdan o‘tib yashirinadi,
tashqi dunyoni o ‘zida aks ettirgan ichki hayotning mislsiz jilvalarini poeziyaga hadya
qiladi. Bunda shoirning shaxsiyati birinchi o‘rinda turadi, biz hamma narsani faqat u
orqaligina qabul qilamiz va anglaymiz. Bu lirik poeziyadir [8.98].


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 5 (2024) / ISSN 2181-3701

68

Demak, she’r ijodkorning voqelikdan ta’sirlanishi natijasi bo‘lib, uning qalbidan

o‘tgan, boshqacha jilo topib shakllangan fikr va tuyg‘ularidir.

XULOSA

Ko‘rinadiki, poetik obraz va lirik kechinma munosabatida mazmunning ochiq yoki

ramziy ko‘rinishlari uchraydiki, bu bevosita ijodkorning voqelikka munosabati tarzidan
kelib chiqib ifoda etiladi. Hamza bu she’rida bolalarni yoshligidanoq rostgo‘ylik ruhida
tarbiyalash lozimligini uqtiradi, ularni yolg‘onchilik va aldamchilikdan uzoqroq yurishga
chaqiradi. Uning ta’sir doirasini kengaytirish uchun shoir she’rni bola tilidan izohlaydi.

So‘zning hissiy-mavhumiy ko‘lami kengayishi bilan holat oddiylikdan murakkablik

tomon o‘sib boradi. Joiz bo‘lsa, hatto o‘quvchiga she’rni teran anglashni qiyinlashtiradi. Bu
esa she’r ziynatining o‘ziga hosligini ko‘rsatadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

1. M.K. Nurmuhammedov, Adabiyot nazariyasi, -Toshkent: 1979-yil, B-20.
2. O’zbek adabiyoti masalalari, -Toshkent: 1962-yil, B-220.
3. Dilrabo Mingboyeva, Timsollar tilsimi. Toshkent: Adabiyot 2022-yil, B-116.
4. Ulug’bek Hamdam. Badiiy tafakkur tadriji. Toshkent: 2002-yil, B-8.
5. Laziz Qayumov, Asr va Nasr, -Toshkent: 1975-yil, B-88.
6. Hamza Hakimzoda Niyoziy, Uzilgan chechaklar, -Toshkent: 1986-yil, B-22
7. Hamza Hakimzoda Niyoziy, Devon, -Toshkent: 1988-yil, B-55.
8. S. Mirzayev. XX asr o’zbek adabiyoti. -Toshkent: B-128.
9. Abdulla Sher. Estetika. -Toshkent: O’zbekiston.2014. B-224.

Bibliografik manbalar

M.K.Nurmuhammedov, Adabiyot nazariyasi, -Toshkent: 1979-yil, B-20.

O’zbek adabiyoti masalalari, -Toshkent: 1962-yil, B-220.

Dilrabo Mingboyeva, Timsollar tilsimi. Toshkent: Adabiyot 2022-yil, B-116.

Ulug’bek Hamdam. Badiiy tafakkur tadriji. Toshkent: 2002-yil, B-8.

Laziz Qayumov, Asr va Nasr, -Toshkent: 1975-yil, B-88.

Hamza Hakimzoda Niyoziy, Uzilgan chechaklar, -Toshkent: 1986-yil,B-22

Hamza Hakimzoda Niyoziy, Devon, -Toshkent: 1988-yil, B-55.

S.Mirzayev. XX asr o’zbek adabiyoti.Toshkent: B-128.

Abdulla Sher. Estetika. -Toshkent: O’zbekiston.2014. B-224.