Shashmaqom, Farg‘ona-Toshkent maqomlari, Xorazm maqomlari doira usullarining qisqacha qiyosiy tahlili

Annotasiya

Maqolada Shashmaqom, Farg‘ona-Toshkent maqomlari, Xorazm maqomlarining doira usullari tizimlarini o‘zaro tahlili yuzasidan qisqacha xulosalar berilgan. Ushbu yo‘nalishdagi izlanishlar sharq mumtoz musiqasi jumladan O‘zbek maqomoti ildizlarining kelib chiqishi va shakllanishida bir o‘zak, bir tizim va bir falsafa asos ekanligi xususida o‘zaro farqli va o‘xshash jihatlari bayon etilgan.

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
ВАК
elibrary
doi
 
Chiqarish:
198-205
25

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Rasulov, M. (2024). Shashmaqom, Farg‘ona-Toshkent maqomlari, Xorazm maqomlari doira usullarining qisqacha qiyosiy tahlili. Xorijiy Lingvistika Va Lingvodidaktika, 2(5/S), 198–205. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/foreign-linguistics/article/view/68190
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Maqolada Shashmaqom, Farg‘ona-Toshkent maqomlari, Xorazm maqomlarining doira usullari tizimlarini o‘zaro tahlili yuzasidan qisqacha xulosalar berilgan. Ushbu yo‘nalishdagi izlanishlar sharq mumtoz musiqasi jumladan O‘zbek maqomoti ildizlarining kelib chiqishi va shakllanishida bir o‘zak, bir tizim va bir falsafa asos ekanligi xususida o‘zaro farqli va o‘xshash jihatlari bayon etilgan.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная

лингвистика

и

лингводидактика

Foreign

Linguistics and Linguodidactics

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics

A brief comparative analysis of the rhythms of the "doira"
instrument of Shashmaqom, Ferghana-Tashkent, and
Khorezm maqams

Marufjon RASULOV

1


Andijan State University

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received September 2024
Received in revised form

10 October 2024
Accepted 25 October 2024

Available online

25 November 2024

The article gives brief conclusions on mutual analysis of the

systems of ryhthms of "doira" musical instruments of

Shashmaqom, Ferghana-Tashkent maqams, and Khorezm

maqams. The differences and similarities of the researches in this
direction are explained, considering that the origin and

formation of the roots of eastern classical music, including Uzbek

makomat, is based on one core, one system, and one philosophy.

2181-3701

2024 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol2-iss5

/S

-pp198-203

This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (

https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru

)

Keywords:

music,

ryhthms (doira),

maqoms,

styles,

measure,

weight,

niqra, Buzruk,

Rost,

Navo,

Dugoh,

Segoh,

Iraq.

Shashmaqom, Farg‘ona

Toshkent maqomlari, Xorazm

maqomlari doira usullarining qisqacha qiyosiy tahlili

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

Musiqa,

usul(ritm),

maqomlar,

uslublar,

o‘lchov,

vazn,

niqra,

Maqolada Shashmaqom, Farg‘ona

-Toshkent maqomlari,

Xorazm maqomlarining doira usullari tizimlarini o‘zaro tahlili
yuzasidan qisqacha xulosalar berilgan. Ushbu yo‘nalishdagi

izlanishlar sharq mumtoz musiqasi jumladan O‘zbek maqomoti

ildizlarining kelib chiqi

shi va shakllanishida bir o‘zak, bir tizim

1

Associate Professor, Department of Music, Faculty of Sports and Arts, Andijan State University.

E-mail: marufjonrasulov92@mail.ru


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue

5 (2024) / ISSN 2181-3701

199

Buzruk,

Rost, Navo,

Dugoh,

Segoh,

Iroq.

va bir falsafa asos ekanligi xususida o‘zaro farqli va o‘xshash

jihatlari bayon etilgan.

Краткий сравнительный анализ ритмики инструмента

"дойра" Шашмакомского, Фергано

-

Ташкентского и

Хорезмского макамов

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

музыка,

ритмы (дойра),

мақомы, стили,

мера, вес,

никра,

Бузрук, Рост,

Наво,

Дугох,

Сегох,

Ирак.

В

статье

представлены

краткие

выводы

по

сравнительному анализу систем ритмов музыкальных

инструментов «дойра»

Шашмакома, Фергано

-

Ташкентских

макомов и Хорезмских макомов. Объясняются различия и

сходства исследований в этом направлении, учитывая, что

зарождение и формирование корней восточной классической

музыки, в том числе узбекского макомата, основано на одном

ядре, одной системе и одной философии.

KIRISH

Markaziy Osiyo mumtoz musiqasiga oid manbalarda usullar ta’rifi tarixan juda

qiziqarli va boy, qolaversa, usul (iyqo) masalasi doimo musiqashunos nazariyotchi

olimlarning diqqat markazida bo‘lgan;

usul parda bilan bir qatorda kuy, musiqaning asosiy poydevori, maqom

tafakkurining boshlang‘ich nuqtalaridan biri sifatida ahamiyatli;

Qadimiy risolalarda zikr etilgan usullar o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Ulardagi

vaznlar deyarli barcha risolalarda o‘zgarmagan. Bu jarayonni usullarning nomlanish

larida,

usul shakllarida aksini topgan.

usul

musiqaning tartibini belgilovchi va muntazam nazoratda boshqaruvchi

mezon. Usul nafaqat niqralarning tartibi va ular orasidagi vaqt o‘lchovi, balki kuy ohang

xarakterida ham o‘z ta’sirini namoyon

etadi. Kuy bilan usul bir butun narsaning ikki

qanotidir. O‘tmish allomalarining usul (iyqo) masalasiga alohida yondoshganliklarida ham

alohida hikmat bor;

ADABIYOTLAR TAXLILI VA METODOLOGIYA

Musiqashunos olimlar A. Fitrat, I. Rajabov, M. Yusupov, O. Matyoqubov,

O.

Ibrohimovlar o‘zbek maqomoti (Buxoro Shashmaqomi, Xorazm maqomlari va

Farg‘ona –

Toshkent maqom yo‘llarini) barcha tarixiy

-nazariy jihatlarini tahlil qilib, usul

masalasida umumiy fikrlar bayoni bilan chegaralanganlar;

Usullar maqomlar ijro amaliyotida eng asosiy mezonlardan birini tashkil etadi. Usul

omili asarning nomlanishi, ritm ko‘rinishi, ichki tuzilishi, shakl

-

shamoyiliga sezilarli ta’sir

o‘tkazadi.

Shashmaqomning usullar tizimi oddiydan murakkabga tamoyili asosida

shakllantirilgan. Har bir usulning o‘z nomi, formulasi va maqomot turkumida o‘rni mavjuddir

;

Har bir maqom navi o‘zining lad va usullar tizimiga ega ekanligi bilan

xarakterlanadi. Lad tizimi bevosita uning ohang rivoji mezonlarining talqini bilan bog‘l

iq


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue

5 (2024) / ISSN 2181-3701

200

bo‘lsa, usul tizimi ularning vaqt jarayonlarini muvofiqlashtirish uchun xizmat qiladi.
O‘zbek maqomotidagi Buxoro Shashmaqomi, Xorazm maqomlari yoki Farg‘ona

-Toshkent

maqomlarining turkumlanish mezonida o‘ziga xos usullar tizimi asos qilingan. Usullar

t

izimi bevosita asarlarning ijodiyotda ijod etilayotgan jarayonlari bilan bog‘liq holatda

tizimlashtirilgan. Avvaliga

yakka asar, so‘ngra turkum shaklida tizimlashtirilgan;

Usullar va ularning turkumiylik jihatlari asosiy mezonlari bevosita shaklu

shamoy

ili, qiyofasi, tarkibi, naqrlar shodasining ma’no kesimida tartiblashishi va muayyan

qoliplarga asoslangan holda yaratilib kelinganligi bilan ahamiyatli. Avvalo, alohida

muayyan shaklga ega bo‘lgan turli oddiy va murakkab usullar yaratilib ijodiyotning

muk

ammal shakllarini yaratilishiga asos bo‘lgan bo‘lsa, ijodiyot ravnaqida ma’naviy

dunyoning eng go‘zal an’analarini uyg‘unlashtiruvchi omillar asosida rang

-barang usullar

asosida yozilgan asarlarning go‘zal uyg‘unlashtirish

amallari ijrochilik amaliyotda keng

rivojlangan;

O‘zbek xalq va mumtoz musiqa merosi an’analarga boy va rang

-barang, mukammal va

murakkab tizimni tashkil etadi. Meros tarkibidan o‘rin olgan har bir asar, har bir usul, har bir
janr o‘zining muqim o‘rniga, xarakteriga, badiiy

obraziga va shakliga ega;

NATIJALAR

Shashmaqomning usullar tizimi juda murakkab va mukammal tarzda

tizimlashganligini ko‘rish mumkin. Shashmaqomning tarkibidan o‘rin olgan barcha
sho‘’balarning nomlanishi usullar nomi bilan bog‘liqdir. Sarahbor, Talqin, Na

sr, Savt,

Mo‘g‘ulcha, Qashqarcha, Soqiynoma, Ufar, Tasnif, Gardun, Muxammas, Saql va hokazo,

barchasi usul nomidir.

Shashmaqomning usullar tizimi ham oddiydan murakkabga tamoyili asosida

shakllantrilgan. Har bir usulning o‘z nomi, formulasi va

Shashmaqom turkumidagi muqim

o‘rni mavjuddir.

Shashmaqom usullar tizimi rosmana muayyan (alohida cholg‘u va aytim) va

turkumiylik kesimida barcha musiqiy-nazariy jihatlar kesimida tarkiblashgan. Ularda
maqomlarning naqadar mukammal va serqirra

ekanligiga yana bir bor guvoh bo‘lish

mumkin. Buni faqat mushkilot yo‘li cholg‘u namunalarining o‘zida ko‘rish mumkin. Tasnif,
Tarjeii, Gardun, Muxammas, Saqil, Mushkilot cholg‘u bo‘limining asosiy

namunalari

hisoblanadi. Ularning har birini individuallik

tamoyillari o‘zbek kuylarining namunaviy

shaklidir. Turkumiylik mezonlarida ijodiy munosabatlar doirasida turlicha turkumlanish

imkoniyatiga egadir. Jumladan, sharoit taqozosiga ko‘ra: Tasnif –

Tarjeii; Tasnif

Gardun;

Tasnif

Tarjeii

Gardun; Tasnif

Gardun; Tarjeii

Gardun kabi uyg‘unlikda

turkum

sifatida ijro etish an’anasi amaliyotda keng qo‘llanilib kelinadi. Shuning o‘zi maqomlarning

har birida muayyan tamoyillarga asoslangan 5-

6 ta cholg‘u turkum borligini namoyon

etadi;

Xorazm maqomlari usullar

tizimini o‘rganishda, avvalo,

ilmiy-nazariy jihatdan ilmiy

ish lolib borgan Mulla Bekjon Rahmon o‘g‘li hamda Muhammad Yusuf Devonzoda,

Matpona Xudayberganov, Komiljon Otaniyozov, Matniyoz Yusupov va Otanazar
Matyoqubovlar tomonidan amalga oshirilgan ilmiy tadqiqot, nota matnlari, magnit

yozuvlari Xorazm maqomoti tarixi va nazariy asoslarini o‘rganishda asosiy manbalar bo‘lib

xizmat qilib kelmoqda.

Oxirgi 5 yil davomida Xorazm namunaviy maqom ansambli sa’i harakatlari va

Xorazm maqomlarining yangi talqinda oltin fondga yozilganligi, qaytadan ilmiy-amaliy

o‘rganish uchun zamn bo‘ldi.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue

5 (2024) / ISSN 2181-3701

201

Xorazm maqom navlaridagi usullar tizimi ularning tarkibi: har bir kuy va aytim

asarlar maqomlarga xos bo‘lgan ichki tarkibiy tuzilishlarga asoslangan. Ularning uyg‘unligi

doira

sida kichik turkumlar, bo‘limlar, alohida maqom va ularning barchasini jamlanishida

maqom navi sifatida gavdalanadi.

MUXOKAMA

Shashmaqom va Xorazm maqomlarini muqoyasa sifatida qaraydigan bo‘lsak,

Xorazm maqomlarining aytim yo‘llari bo‘limlarida, ikki hol

atda ularning umumiylik

jihatlari saqlanib qolingan. Bu bevosita Sarahbor va Nasrlarga xos ritmik jihatlardir.

O‘zgachaligi shuki, Xorazm maqomlarida boshqa maqom navlarida uchramaydigan Faryod

Naqsh va Suvoralar kabi namunalarning mavjudligidir. Ularning usullari ham Xorazm

musiqasining o‘ziga xoslik jihatlarini ko‘rsatib turadi

.

Farg‘ona

-Toshkent maqom

yo‘llari usul tizimining xarakterli jihati,

maqom

yo‘llaridagi har bir ashula yo‘li –

Bayot I, Chorgoh I, Dugohi Husayniy I va Gulyor

Shashmaqomdagi Sarahborlarning doira usuli, takt-

ritm o‘lchovi va ularga aytiladigan she’r

o‘lchovlariga mos keladi. Ulardan keyin keladigan taronalar tizimi ham vohaviylik

xususiyatlar asosida Sarahborlar kabi usullarning rang-barangligiga asoslanib tizimlashadi.

Xususan, Farg‘ona

-

Toshkent maqom yo‘llarining keyingi qismlari, maqom sho‘’balarining

taronalari doira usullari va takt-

ritm o‘lchovida bo‘ladi. Bu maqomlarning qolgan qismlari,

ko‘pincha, Shashmaqomning Savt va Mo‘g‘ulchalariga o‘xshashligi

ni eslatadi;

Farg‘ona

-Toshkent maqom

yo‘llarida qaror topgan usullar va ularning

turkumlardagi o‘rnini maqomot tizimida o‘ziga xosligini qayd etish lozim;

Usullar tizimi ushbu turkumlarda turlicha joylashgan. Muayyan bir tartib yoki

o‘ylangan qonun mavjud emas. Bu, albatta, erkin ijodning ta’siri deyish mumkin. Maqom
yo‘llari tizimli tahlilida asosan ohang yo‘li va ijrochilik an’analaridagi o‘ziga xos
qulayliklarga tayanilganligini kuzatish mumkin. Unga ko‘ra usullar tizimining ketma

-

ketligida nomutanosib holatlar kuzatiladi.;

Farg‘ona

Toshkent maqom turkumlarining birinchi asarlari Shashmaqomdagi

“Sarahbor” lar kabi bir usulga asoslangan (faqat Gulyor bilan Shaxnoz bundan, albatta,

mustasno). Birinchi qismlar barchasida bir xil. Faqat Gulyo

rning usuli o‘zgacha.

Bu, albatta, unga turkum

etakchiligi, ya’ni asosiy mavzu, shaklan mukammallik lad va

usullarning shunga mutanosibligini ta’minlay olmaydi;

Ikkinchi qismlar taronalar o‘rnida keladi. Dugoh Husayniyda ikkinchi

bo‘lib

Savt o‘rin olgan. Shahnozi Gulyorda esa Shahnoz ikkinchi asar, ya’ni tarona sifatida

joylashgan;

Turkumning uchinchi asari Bayot va Chorgohda Savt usuliga asoslangan. Dugoh

Husayniyning uchinchi ashulasi 13 hissali Shashmaqom taronalariga xos usulda ijro
etiladi. Gulyori Shahnoz esa Chapandoz usuliga asoslangan.

Turkumlarning to‘rtinchi qismi taronalarga xos usullarga asoslangan.

Shashmaqomda ko‘p uchraydigan Talqin usuli Bayotda o‘rin olgan.

Shahnozi Gulyorda esa

Toshkent Ushshog‘i ijro etib kelingan.

Beshinchi qism turkumlarning yakuniy qismi Ufarlardan iboratdir.

Bundan tashqari Dugoh Husayniy yana qo‘shimcha ikkita asar va Chorgohlarda

bitta asar qo‘shib ijro etib kelinadi. Ularning usul jihatlari turkumning yakuniy qismlariga

xos ekanligini aytish mumkin;

Yakuniy natija shuni ko‘rsatadiki, Farg‘ona

-Toshkent maqomlarining usul

tizimlari muayyan bir tizimga ega emas. Lekin ularning tarkibida barcha turkumlar


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue

5 (2024) / ISSN 2181-3701

202

tarkibida lozim bo‘lishi kutilgan usullar majmui mavjud. Ularning tamoyillarida
o‘zgaruvchanlik bor,

xolos. Tartib bilan joylashtirilganda Dugoh Husayniyning ikkinchi va

uchinchi qismlarini o‘rni almashtirilsa, tizimlanish mezonlari bir tartibga kelishini
ta’minlab beradi;

Buni izohida aytish joizki, Shashmaqom taronalarida ham usullarning joylashishi

t

urlichadir va taronalar tabiatiga xosdir. Bu o‘rinda Farg‘ona

Toshkent maqom yo‘llari

usul tizimining shakllanishida Sarahborlar tendensiyasi asos bo‘lgan degan xulosaga ham
kelishimiz mumkin. Ya’ni, Farg‘ona

Toshkent maqom yo‘llaridagi turkum tamoyili

Sarahborlarning tarona usul tamoyillariga asoslanib vodiyga xos moslashtirilgan holda
tartiblashtirilgan;

XULOSA

Pirovardida qayd etish o‘rinli ki, Buxoro shashmaqom yo‘llarini usul tizimining

shakllanishida Sarahborlar shakllarining tendentsiyasi butun turkum uchun asos qilib

olingan degan xulosaga kelishimiz mumkin. Ya’ni, Sarahborlarning tarkibiy tuzilish va
rivojlanishi bilan bog‘liq barcha jihatlar, taronalar tizimi usul tamoyillari Buxoro
shashmaqom yo‘llaridagi barcha turkumlarn

ing shakllantirishda namuna sifatida xizmat

qilgan. Bu jihat maqom tizimda Xorazm maqomlari, Farg‘ona

-

Toshkent maqom yo‘llari va

mumtoz musiqa ijodiyotida ham o‘zining o‘ziga xos maqom navlarini shakllantirishda

asosiy tamoyil sifatida xizmat qilib kelgan.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO

YXATI:

1.

Marufjon, R. (2022). A Matter of Rhythm in Oriental Classical Music. Pioneer:

Journal of Advanced Research and Scientific Progress, 1(6), 80-84.

2.

Маъруфжон

Мамиржон

Ўғли

Расулов

, &

С

.

М

.

Бегматов

(2022).

МАҚОМЛАРДА

УСУЛЛАР

ЎРНИ

ВА

АҲАМИЯТИ

(

ФАРҒОНА

ТОШКЕНТ

МАҚОМ

ЙЎЛЛАРИ

УСУЛЛАРИ

МИСОЛИДА

). Oriental Art and Culture, 3 (2), 810-821.

3.

Marufjon, R., & Begmatov, S. M. (2023). Music by Uzbek Mumtaz Shashmaqom.

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ARTS AND DESIGN, 4(1), 33-36.

4.

https://scholar.google.ru/citations?view_op=view_citation&hl=ru&user=UZ7Sh

6oAAAAJ&citation_for_view=UZ7Sh6oAAAAJ:Y0pCki6q_DkC

5.

Маъруфжон

Мамиржон

Ўғли

Расулов

(2023).

ШАШМАҚОМ

УСУЛЛАРИ

ҲАҚИДА

. Oriental Art and Culture, 4 (2), 729-735.

6.

Rasulov Marufjon Mamirjon Ogli (2023). WAYS OF MAQAM OF THE TECHNIQUE

OF UFAR AND FORMS AND FEATURES IN THE COMPOSITION OF FOLK MUSIC. European
Journal of Arts, (2), 20-29.

7.

Маъруфжон Мамиржон Ўғли Расулов (2023). ЎЗБЕК МАҚОМОТИ УСУЛЛАР

ТИЗИМИ: МУАЙЯН УСУЛ ВА ТУРКУМИЙЛИК КЕСИМИДА (ФАРҒОНА ТОШКЕНТ
МАҚОМ ЙЎЛЛАРИ МИСОЛИДА). Oriental Art and Culture, 4 (4), 212

-231.

8.

Маъруфжон Мамиржон Ўғли Расулов (2023). ФАРҒОНА

-

ТОШКЕНТ МАҚОМ

ЙЎЛЛАРИ ҲУСУСИДА. Oriental Art and Culture, 4 (3), 22

-30.

9.

https://ppublishing.org/media/uploads/journals/article/Arts-2_23_p20-29.pdf

10.

Акбаров И. Мусиқа луғати. Тшкент. 1997 й.

11.

Rasulov. M

Xalq musiqa ijodiyoti

o

quv qo

llanma <<Hayot nashri. 2020>>

Andijon 2024.

12.

I.Rajabov “Maqom masalalariga doir” T., 1963 y.

Bibliografik manbalar

Marufjon, R. (2022). A Matter of Rhythm in Oriental Classical Music. Pioneer:

Journal of Advanced Research and Scientific Progress, 1(6), 80-84.

Маъруфжон Мамиржон Ўғли Расулов, & С.М.Бегматов (2022).

МАҚОМЛАРДА УСУЛЛАР ЎРНИ ВА АҲАМИЯТИ (ФАРҒОНА ТОШКЕНТ МАҚОМ ЙЎЛЛАРИ УСУЛЛАРИ МИСОЛИДА). Oriental Art and Culture, 3 (2), 810-821.

Marufjon, R., & Begmatov, S. M. (2023). Music by Uzbek Mumtaz

Shashmaqom. CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ARTS AND DESIGN, 4(1), 33-36.

https://scholar.google.ru/citations?view_op=view_citation&hl=ru&user=UZ7Sh6oAAAAJ&citation_for_view=UZ7Sh6oAAAAJ:Y0pCki6q_DkC

Маъруфжон Мамиржон Ўғли Расулов (2023). ШАШМАҚОМ УСУЛЛАРИ ҲАҚИДА. Oriental Art and Culture, 4 (2), 729-735.

Rasulov Marufjon Mamirjon Ogli (2023). WAYS OF MAQAM OF THE TECHNIQUE OF UFAR AND FORMS AND FEATURES IN THE COMPOSITION OF FOLK MUSIC. European Journal of Arts, (2), 20-29.

Маъруфжон Мамиржон Ўғли Расулов (2023). ЎЗБЕК МАҚОМОТИ УСУЛЛАР ТИЗИМИ: МУАЙЯН УСУЛ ВА ТУРКУМИЙЛИК КЕСИМИДА (ФАРҒОНА ТОШКЕНТ МАҚОМ ЙЎЛЛАРИ МИСОЛИДА). Oriental Art and Culture, 4 (4), 212-231.

Маъруфжон Мамиржон Ўғли Расулов (2023). ФАРҒОНА-ТОШКЕНТ МАҚОМ ЙЎЛЛАРИ ҲУСУСИДА. Oriental Art and Culture, 4 (3), 22-30.

https://ppublishing.org/media/uploads/journals/article/Arts-2_23_p20-29.pdf

Акбаров И. Мусиқа луғати. Тшкент. 1997 й.

Rasulov. M “Xalq musiqa ijodiyoti” o’quv qo’llanma <> Andijon 2024.

I.Rajabov “Maqom masalalariga doir” T., 1963 y.