Выражение энантиосемии в процессе перевода как пример современной корейской литературы

Аннотация

В данной статье рассматривается использование энантиосемических единиц в современной корейской литературе и их перевод. Автор размышляет над аспектами, которые переводчику следует учитывать при переводе явления энантиосемии, и исследует примеры переводов в рамках современной корейской литературы.

Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
ВАК
elibrary
doi
 
Выпуск:
435-443
33

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Аликулова F. (2024). Выражение энантиосемии в процессе перевода как пример современной корейской литературы. Зарубежная лингвистика и лингводидактика, 2(5/S), 435–443. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/foreign-linguistics/article/view/68249
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В данной статье рассматривается использование энантиосемических единиц в современной корейской литературе и их перевод. Автор размышляет над аспектами, которые переводчику следует учитывать при переводе явления энантиосемии, и исследует примеры переводов в рамках современной корейской литературы.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika –

Зарубежная лингвистика и
лингводидактика – Foreign

Linguistics and Linguodidactics

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics

Expression of enantiosemy in the process of translation as

an example of modern Korean literature

Feruza ALIKULOVA

1

Uzbekistan State World Languages University

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received September 2024
Received in revised form

10 October 2024

Accepted 25 October 2024

Available online

25 November 2024

This article examines the use of enantiosemic units in modern

Korean literature and their translation. The author thinks about

the aspects that the translator should take into account when

translating the phenomenon of enantiosemia, and researched
examples of translations within the framework of modern

Korean literature.

2181-3701/© 2024 in Science LLC.
DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol2-iss5

/S

-pp435-443

This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (

https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru

)

Keywords:

text,

cultural differences,
semantic equivalents,

ironic enantiosemy,
syntactic structure.

Zamonaviy koreys adabiyoti namunalari misolida
enantiosemiyaning tarjima jarayonida ifodalanishi

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar:

matn,

madaniy farqlar,

semantik ekvivalentlar,

ironik enantiosemiya,
sintaktik tuzilish.

Ushbu maqolada enantiosemik birliklarning zamonaviy

koreys adabiyotida qo‘llanilishi va ularning tarjima jarayonida
berilishi masalasi o‘rganilgan. Muallif enantiosemiya hodisasini

tarjima qilishda tarjimon hisobga olishi kerak bo‘lgan jihatlar

haqida fikr yuritib, zamonaviy koreys adabiyoti namunalari
doirasida tarjimalardan misollarni tadqiqqa tortgan.

Выражение энантиосемии в процессе перевода как

пример современной корейской литературы

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

текст,

В данной статье рассматривается использование

энантиосемических единиц в современной корейской

литературе и их перевод. Автор размышляет над аспектами,

1

Teacher, Uzbekistan State World Languages University. Tashkent, Uzbekistan. E-mail: aliqulovaf1307@gmail.com


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 5 (2024) / ISSN 2181-3701

436

культурные различия,
семантические

эквиваленты, ироническая
энантиосемия,
синтаксическая структура.

которые переводчику следует учитывать при переводе

явления энантиосемии, и исследует примеры переводов в

рамках современной корейской литературы.


Murakkab antroposentrik jarayon bo‘lgan muloqotda inson omili yetakchilik qiladi.

Muloqot jarayoniga inson nutqiy vaziyat va sharoitni, makon va zamonni, tinglovchining
xususiyatlari va holati kabi omillarni hisobga olgan holda kirishadi. Enantiosemik so‘zlar
o‘zining qarma-qarshi ma’nolari bilan tilni nozik farqlar, ikki ma’nolilik va ko‘p qirralilik
bilan boyitadi. Ular semantik evolyutsiya, kontekstual o‘zgaruvchanlik va madaniy
ahamiyatga ega bo‘lib, muloqot jarayonini, badiiy ifodani va kognitiv muammolarni
kuchaytiradi. Enantiosemiyani tushunish tilning chuqurligi va murakkabligini tushunish,
samarali muloqot va tilda so‘zlashuvchi xalqlarning madaniyati bilan tanishishda madaniy
savodxonlikni rivojlantirish uchun juda muhimdir. Demak, tilning ushbu hodisasi to‘g‘risida
chuqur o‘rganish til o‘rganayotgan har bir o‘quvchi uchun muloqot jarayonini qiyinchiliksiz
olib borishda, tinglayotgan va o‘qiyotgan ma’lumotlarini oson tushunishga, tarjima
jarayonida g‘alizlik va tushunmovchiliklar bo‘lmasligiga yordam beradi.

Enantiosemiya, shuningdek, amfiboliya yoki semantik noaniqlik deb ham

izohlanadi, so‘z yoki ibora ikki yoki undan ortiq zid ma’noga ega bo‘lgan lingvistik hodisani
anglatadi. Tarjima jarayonida enantiosemiya qiyinchiliklar tug‘dirishi mumkin, chunki
tarjimon matnning mo‘ljallangan ma’nosini nihoyatda sinchkovlik bilan to‘g‘ri yetkazishi,
va tarjima qilingan tilda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tushunmovchilik yoki
chalkashliklar ehtimolini hisobga olishi kerak. Tarjima qilinayotgan matn ko‘zda tutilgan
mazmunni aniq, samarali yetkazishini ta’minlash uchun kontekst, madaniy farqlar,
lingvistik ekvivalentlarni diqqat bilan ko‘rib chiqish talab qilinadi.

Enantiosemiyani tarjima qilish jarayonida tajimon diqqat bilan ko‘rib chiqishi va

e’tiborga olishi kerak bo‘lgan quyidagi jihatlar mavjud:

1. Matnni tushunish.

Enantiosemiyani ma’nosini ochish uchun ko‘pincha berilayotgan

matnga tayaniladi. Tarjimonlar noaniq atamalar yoki iboralarning mo‘ljallangan ma’nosini
aniqlash uchun dastlab matndagi kontekstual ishoralar orqali so‘zning qanday ma’noda
kelayotganini taxmin qilib olishi kerak. Enantiosemik ma’nolarning nutqda namoyon
bo‘lishida eng bosh omil bu matn hisoblanadi. Keng ma’noda, matn enantiosemiya
hodisasining mavjudligi sababi sifatida ko‘riladi: “Ba’zi holatlarda matn bir so‘zning turli
ma’nolarini yanada keskinroq birlashtirib beradi” [4, b. 20].

나는

과연

피로를

이상

견디기가

어려웠다

.

나는

가까스로

집을

찾았다

.

나는

방을

려면

아내

방을

통과하지

않으면

것을

알고

,

아내에게

내객이

있나

없나를

걱정하면서

닫이

앞에서

거북살스럽게

기침을

했더니

,

이것은

너무도

암상스럽게

미닫이가

열리면서

아내의

얼굴과

뒤에

낯설은

남자의

얼굴이

이쪽을

내다보는

것이다

.

나는

별안

내어

쏟아지는

불빛에

눈이

부셔서

머뭇머뭇했다

[7].

Obdon

toliqqach, men o‘z uyimni zo‘rga qidirib topdim. Xonamga faqat xotinimning

xonasi orqali kirish mumkin edi. Men xotinimning oldida mehmonlari bo‘lmasa edi, deb
tashvishga tushdim. Eshik oldiga kelganda men ohista yo‘talib qo‘ydim. Eshik o‘z

-

o‘zidan

ochildi va men o‘z qarshimda xotinimning menga qaragan yuzini, uning orqasida esa
notanish erkakning basharasini ko‘rdim. Men qo‘qqisdan tushgan yorug‘likdan ko‘zlarim

qamashib, esankirab qoldim

[2].


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 5 (2024) / ISSN 2181-3701

437

XX asr birinchi yarmida koreys adabiyotining ko‘zga ko‘ringan namoyondalaridan

biri bo‘lgan Li Sanning “Qanotlar” hikoyasida

과연

so‘zi berilgan holatning darajasiga urg‘u

berib kelmoqda. So‘zning dastlabki ma’nosi fikrning tasdig‘ini bildiruvchi “rostdan ham,
haqiqatdan ham” ma’nosini beradi. Ammo, so‘roq gaplarda kelganda ushbu ravish
ikkilanish, shubha ma’nolariga ega bo‘ladi. Shim Xunning “Sang Nok Su” asaridan
keltirilgan parchaga diqqat qiling:

한편으로

교인들은

예배당에

모여서

밤늦도록

기도를

올린다

.

저희들을

창조하시고

길러

주시는

아버지시여

,

당신이

모처럼

땅에

내려

보내신

귀한따님을

어느새

부르려

하십니까

?

이것이

과연

당신의

뜻이오니까

?... [10]”

Bir tomondan cherkov a’zolari ibodatxonalarda yig‘ilib, kechgacha ibodat qilishadi.

Bizni yaratgan, voyaga yetkazgan Xudo, uzoq vaqtdan keyin bu yerga tushirgan aziz

qizingni nega endi chaqiryapsan? Bu

rostdan ham sening xohishingmi?

2. Madaniy farqlar.

Mavjud bo‘lgan madaniy o‘ziga xoslik va farqlar tilning tarjima

qilinishida sezilarli ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bunda tarjimon til va madaniyatning
bog‘liqligi, tilda so‘zlashuvchi xalqning madaniyati va tarjima qilinayotgan tilda
so‘zlashuvchi xalq madaniyati o‘rtasidagi farqlarni hisobga olgan holda, tarjima
qilinayotgan matn auditoriya bilan mos kelishi, kerakli o‘rinlarda tarjimaga izohlar berib
o‘tishi lozim.

진태는

뚫어진

창틈으로

바깥을

내다보면서

아버지가

혼자

인력거를

끌어서

쌀팔

돈을

가지고

오지

않나

하고서

고대하였다

.

그래도

미심하여서

넣어두는

항아리를

들여다보았다

.

들여다보니

묻은

쌀바가지가

시꺼먼

항아리

속에

있을

뿐이다

.

진태는

힘없이

뚜껑을

덮고서

섭섭

마음으로

안을

왔다

갔다

하였다

.

'

오늘도

밥을

하지

못하는구나

. [8, b. 21] '

Chinte ochiq derazadan tashqariga boqar ekan, otam yolg‘iz o‘zi arava tortib

guruch

sotib olish

uchun pul topib kela olarmikan, deb intiqlik bilan kutdi. Shunday bo‘lsa

-da, u

ikkilanib guruch bor yo‘qligini ko‘rish uchun guruch saqlanadigan idishga qaradi.

Bo‘m

-

bo‘sh

idishning ichida faqat guruch kepaklarigina ko‘rinardi. Chinte astagina qopqoqni yopdi,
hafsalasi pir bo‘lgancha xonada uyoqdan buyoqqa yura boshladi.

“Bugun ham ovqat qila olmasak kerak”.

팔다

so‘zining bugungi kundagi asosiy ma’nosi “sotmoq” hisoblanadi. Ammo ushbu

matnda kelayotgan “

쌀팔

” birikmasini “guruch sotish uchun pul” deb tarjima qilinsa, bu

matn mazmunining o‘quvchiga tushunarsiz bo‘lishiga olib keladi. So‘zning “sotmoq” emas,
“sotib olmoq” ma’nosida tarjima qilinishi bu so‘zning etimologik kelib chiqishi bilan
bog‘liq.

팔다

so‘zining “sotib olmoq” ma’nosida qo‘llanilishi 17-asrga borib taqaladi. O‘sha

vaqtda “

팔다

” nafaqat bugungidek “mahsulotni sotmoq” ma’nosida, balki “savdolashmoq,

ayirboshlamoq” ma’nosida ham qo‘llanilgan. Ya’ni o‘sha davrda “

쌀을

팔다

” birikmasi “pul

berib, guruch sotib olmoq” ma’nosini bergan bo‘lsa, buning aksi o‘laroq, “

쌀을

사다

birikmasi “guruch berib, pul olmoq” ma’nolarini anglatgan.

사다

” birikmasining etimologiyasi Cho Jang-nening “Tebeksan tog‘lari” asarida

muallif tomonida izohlab berilgani uchun tarjimonga va o‘quvchiga qiyinchilik
tug‘dirmaydi.

내에서

제일

포목상을

경영해온

양병갑은

원래

대를

물린

보부상

집안

출신이었다

.

그는

돈을

모으는

데는

땅벌처럼

악착스러운

사람이었다

.

포목장수

눈금

속여

벌고

,

쌀장수

됫박

속여

번다는

말은

바로

사람을

두고

하는

말이었다

.

그는


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 5 (2024) / ISSN 2181-3701

438

포목상만이

아니라

싸전도

크게

벌이고

있었는데

,

포목상의

야박스런

자질이나

싸전의

뻔히

들여다보이는

되질은

수많은

사람들의

입질에

오르내렸다

.

세끼

밥을

근근이

먹고

사는

가난한

사람들의

입장에서는

포목상은

일단

관심밖이었다

.

포목상의

호화롭고

값비싼

비단이란

자식

혼사나

치를

필요한

것이어서

자질이

야박하다

해도

별문제는

아니었다

.

그러나

농사꾼에게

,

특히

소작인에게

쌀이란

생활의

모든

수단이었다

.

쌀은

생명을

지키는주식일

뿐만

아니라

돈을

구할

있는

유일한

가치물이었다

.

그래서

'

산다

'

말이

나온

것이다

.

농사꾼들은

쌀을

장에

내가면서

'

팔러

간다

'

하지

않고

'

사러

간다

'

말하는

것이다

.

돈만모든

물건을

있는

것이

아니고

그들의

입장에서는

쌀이

주체가

되어

'

사들이는

능력을

발휘하는

'

바로

쌀인

것이다

[12].

Shahardagi eng yirik mato do‘konining egasi Yang Byong

-

gap aslida odamlarga ko‘p

ehson qiluvchi oiladan chiqqa

n. Ammo u pul yig‘ishga kelganda ari kabi qaysar edi. Gazlama

sotuvchi gazlama uzunligidan, guruch sotuvchi tarozidan urib qoladi degan gap aynan shu

odamga mos kelardi. U nafaqat gazlama savdosi, balki guruch savdosidan ham yaxshigina

soqqa qilardi, uning

matolardan va guruchdan urib qolishi el orasida og‘izdan

-

og‘izga

yurardi. Uch mahal ovqat topish uchun zo‘rg‘a kun kechiradigan kambag‘allarga

matolarning qizig‘i yo‘q edi. Gazlamafurushlarning qimmatbaho va hashamatli ipak

matolariga faqatgina to‘y marosimlaridagina talab bo‘lib, gazlamadan biroz urib qolinsa

-

da, bu katta muammo emas edi. Biroq dehqonlar, ayniqsa ijarachi dehqonlar uchun guruch

kun kechirishlarining asosiy manbayi edi. Guruch nafaqat hayot kechirish uchun asosiy

ozuqa, balki pul topishlari uchun ham qimmatbaho mahsulot edi. Shu sababli

“pul sotib

olish”

degan ibora paydo bo‘lgan. Dehqonlar bozorlarga guruchlarini olib

chiqqanda

“sotishga olib chiqyapman”

deb emas, balki

“pul sotib olishga ketyapman”

deyishgan.

Demak, hamma narsani sotib ol

ishi mumkin bo‘lgan yagona narsa bu pul emas, balki

dehqonlar uchun guruch asosiy vosita va u pul sotib olish qudratiga ega mahsulot.

3. Semantik ekvivalentlar.

Ba’zida tarjima qilinayotgan tilda matnning

mo‘ljallangan ma’nosini aks ettiruvchi ekvivalent atamalar yoki iboralarni topish qiyin

bo‘lishi mumkin, ayniqsa so‘z bir necha xil usulda tarjima qilish mumkin bo‘lsa.

Tarjimonlar eng mos variantni tanlash uchun har bir potensial ekvivalentning semantik

o‘ziga xosliklarini diqqat bilan ko‘rib chiqishi kerak bo‘ladi. Qiyoslang:

봐라

,

양반이란

것들은

많은

백성들의

피를

빨며

배를

불리다가

나라를

악겼고

,

다시

일본놈들과

작당해서

일본놈들의

보호를

받으며

같은

민족을

짐승취급하고

있다

.

일본놈들보다

나쁜

놈들이

그놈들인지

모른다

[12].

Qarang, zodagonlar qancha odamlarning qonini ichib o‘z qorinlarini to‘ldiyaptilar,

ular davlatni ham egallab olishdi. Ular yaponlarga qo‘shilib ketishdi va ularning himoyasi

ostida o‘z xalqiga hayvonlar kabi munosabatda bo‘lishmoqda. Ular aslida yaponlarda

n ham

yomonroq emasmi?

Xalq manfaatlari uchun qayg‘uradigan, ilmli va madaniyatli davlat xizmatchilari

bo‘lgan yangbanlarga nisbatan qarash yapon istilosi davrida salbiy tarafga o‘zgarganligi

ushbu parchada anglashiladi. So‘z davlat xizmatchilariga bo‘lgan har ikki holatda ham
“zodagon” ma’nosini saqlab qoladi. Ammo, bugungi kunda “

양반

” atamasi o‘zining asl

ma’nosi – “davlat xizmatchisi” ma’nosini yo‘qotgan. Bunday holatda so‘zni tarjimada

“zodagon” atamasi bilan ifodalash g‘alizlikni keltirib chiqarishi mumkin. Qiyoslang:

소해는

그날

이후로

번도

생각해

보지

않았던

일이

다시

눈앞에

닥친

당혹스러움에

줄줄이

이어지는

주인아줌마의

말을

자를

생각도

못하고

그저

멍하니

듣고

있었다

.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 5 (2024) / ISSN 2181-3701

439

-

그래서

내가

우리

바깥양반을

설득하고

설득해서

이제야

겨우

확답

받아

냈다우

그러니까

며칠

상간에

아가씨가

우리

바깥양반이랑

인사도

한번

들러요

.

시간

있지요

?

"

,

시간이요

?"

-

그래요

.

우리

양반이

아무리

창고지만

들어올

사람

얼굴은

봐야

한다고

한사코

고집을

부리시니

어째요

.

"

그럼

언제쯤

.......[11] "

Sohe shunchalik xijolat bo‘ldiki, o‘sha kundan beri xayoliga kelmagan narsa yana ko‘z

o‘ngida paydo bo‘ldi, u uy bekasining so‘zlarini bo‘lmay jimgina tingladi.

Shuning uchun men

turmush o‘rtog‘imni

ko‘

ndira-

ko‘ndira arang javob oldim.

Shunga shu yaqin kunlarda

xo‘jayinim

bilan salom-alik qilish bahonasida uyimizga bir kirib

o‘ting. Vaqt topa olasiz

-a?

Vaqtmi?

Shunday. Omborxona bo‘lsa ham, turmush o‘rtog‘im ijaraga turuvchilar bilan

yuzma-

yuz ko‘rishib olmasa bo‘lmaydi.

Unday bo‘lsa, biror kun boraman...

4. Noaniqlikning saqlanishi.

Ba’zi hollarda tarjima qilinayotgan matnning ikki

ma’noda kelishi, noaniqligi muallifning maqsadiga ko‘ra qasddan yoki ritorik jihatdan

ahamiyatli bo‘lishi mumkin. Bunday holatda tarjimon matnning kommunikativ

maqsadlarini inobatga olgan holda ushbu ma’noviy noaniqlikni saqlab qolishi yoki uni

ma’nosini ochiqroq ifodalab aniqlashtirib berish to‘g‘risida qaror qabul qilishi kerak

bo‘ladi. Bunga misol qilib quyida enantiosemiyaning ironiya bilan yuzaga chiqish holatini

ko‘rib o‘tamiz. Ironiya orqali qarama-qarshi ma’no ifodalashning o‘ziga xos tomoni

shundaki, bunda fikrning ochiqdan-ochiq qo‘pol, vulgar tarzidagi ifodasidan qochib,

obyektga bir qadar “pardali” munosabatda bo‘linadi. Bunda ko‘zlangan maqsad nutqiy

ta’sirchanlikka erishish hamdir [1, b. 81].

훗날

당신이

찾으시면

그때에

말이

«

잊었노라

»

당신이

속으로

나무라면

«

무척

그리다가

잊었노라

»

그래도

당신이

나무라면

«

믿기지

않아서

잊었노라

»

오늘도

어제도

아니

잊고

훗날

그때에

«

잊었노라

»

[14].

Kunlar o‘tib bir kun qaytsang yonimga,

O‘shanda

“Unutdim”

deyman senga, yor.

Gina-kudratlar toshsa dilingda,

“Qayg‘urdim, lek

unutdim

” –

aytaman takror.

Gina tig‘in sanchsang uchinchi bora,

Men unutdim, deyman, so‘ndi ishonchim.

Seni yodda saqlab kecha-yu bugun,

Ta’kidlayveraman: “Unutib bo‘ldim”

[3, b. 70].

Kim Sovolning “Kunlar o‘tib” she’ri qahramonning tuganmas sevgisi va uni tashlab

ketgan sevgilisiga bo‘lgan sog‘inch haqida. So‘zning ironik ma’nosi kengroq kontekstdan
anglashilganda o‘quvchining shu so‘zga alohida diqqat qaratishi lozimligini ko‘rsatish


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 5 (2024) / ISSN 2181-3701

440

maqsadida qo‘shtirnoq ishlatiladi. Tinish belgilarining qo‘llanilish sabablaridan xabardor
o‘quvchi qo‘shtirnoq ichida berilgan so‘zning ironiyaga uchraganini bilib oladi. Ushbu
she’rda ham qahramonning sevgilisiga qarab:

Seni yodda saqlab kecha-yu bugun,

Ta’kidlayveraman: “Unutib bo‘ldim”

deyishi aslida uni doim eslashi va unuta

olmasligiga ishora qiladi.

Ba’zan ironik enantiosemiyani namoyon etgan so‘z qo‘shtirnoqsiz ham berilishi

mumkin. Bunday holat so‘zning ironik ma’no olganligi jumlaning o‘zida aniq ko‘rinib
turganda kuzatiladi. Masalan:


농약으로

질식한

풀벌레의

울음

같은

심야

방송이

잠든

뒤의

전파

소리

같은

듣기

힘든

소리에

기울이지

말아

다오

.

확성기마다

울려

나오는

힘찬

노래와

고속

도로를

달려가는

자동차

소리는

얼마나

경쾌하냐

[6].

Pestitsidlardan bo‘g‘ilgan chigirtkaning faryodi kabi

Aholi uxlagach, tun yarmida eshittiriladigan radio to‘lqinlari ovozi kabi

Tinglashga og‘ir gaplarga quloq osma.

Har bir karnaydan chiqayotgan baland musiqa va

Magistral yo‘lda harakatlanayotgan mashinalar ovozi qancha

yoqimli.


Shoir Kim Gvan-gyuning ushbu she’rida poyezdda Seulga qarab yo‘l olgan

qahramonning his-tuyg‘ulari tasvirlanib, she’r boshdan oyoq kinoya usulida yozilgan bo‘lib,
unda 1970-yildagi Seul hayotining og‘riqli nuqtalari yoritiladi. Ushbu keltirilgan parchada

pestitsidlardan bo‘g‘ilgan chigirtkaning faryodi kabi”

jumlasi sanoatlashuv tufayli zarar

ko‘rayotgan tabiat va qirilib borayotgan chigirtkalarga, “

aholi uxlagach, tun yarmida

eshittiriladigan radio to‘lqinlari ovozi kabi”

jumlasi

davlat hayotiga oid muhim ijtimoiy-siyosiy

vaziyatlarning aholidan yashirilishi,

“magistral yo‘lda harakatlanayotgan mashinalar ovozi

qancha yoqimli”

jumlasi ham sanoatlashuvga tanqidiy nazarga ishora qiladi.

5. Sintaktik tuzilish.

Enantiosemiya so‘z tartibi yoki grammatik qurilish kabi

sintaktik tuzilmalar tufayli ham kelib chiqishi mumkin. Tarjimon tillar o‘rtasidagi ushbu
strukturaviy farqlarni yo‘naltirishi va shu bilan birga, mo‘ljallangan ma’noning
saqlanishini ta’minlashi kerak. Qiyoslang:

그것은

그저

예의에

지나지

않는

것일까

?

그렇지

않으면

무슨

댓가일까

?

보수일까

?

아내

그들의

눈에는

동정을

받아야만

가엾은

인물로

보였던가

?

이런

것들을

생각하노라면

으레

머리는

그냥

혼란하여

버리고

버리고

하였다

.

잠들기

전에

획득했다는

결론이

오직

쾌하다는

것뿐이었으면서도

나는

그런

것을

아내에게

물어

보거나

일이

번도

없다

.

것은

대체

귀찮기도

하려니와

한잠

자고

일어나는

나는

사뭇

사람처럼

이것

저것도

끗이

잊어버리고

그만

두는

까닭이다

[7].

Bu oddiy odatmi? Yoki haqmi? Balki mukofotdir? Yo xotinim ularga hamdardlikka

loyiq bo‘lgan bechora jonzot bo‘lib tuyuladimi? Bu haqda o‘ylasam, fikrim chigallasha

boshlaydi. Uxlashdan oldin chiqaradigan xul

osalarimning barchasi ko‘ngilsiz bo‘lsa

-da, men

xotinimdan

biror marta ham biror narsa so‘ramaganman. Uning jaxli chiqishi aniq


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 5 (2024) / ISSN 2181-3701

441

bo‘lganligi tufayli emas, balki boshqa odamlarga o‘xshab, uxlab turgach, ertalab hammasini

yoddan chiqarganim uchun

[2, b. 183].

나는

단벌

떨어진

골덴

양복을

걸치고

배고픈

것도

주제

사나운

것도

잊어버리고

활갯짓을

하면서

거리로

나섰다

.

나서면서

나는

제발

시간이

화살

단듯해서

자정

어서

지나

버렸으면

하고

조바심을

태웠다

.

아내에게

돈을

주고

아내

방에서

보는

것은

어디까지든지

좋았지만

만일

잘못해서

자정

전에

집에

들어갔다가

아내의

눈총을

맞는

그것은

여간

무서운

일이

아니었다

[7].

Men o‘zimning bitta

-yu bitta

rangi o‘ngigan duxoba kostyumimni kiydim va qornim

ochligini, o‘zim bir ahvoldaligimni ham unutib, ko‘chaga chiqdim. Ko‘chada ildam qadam
tashlar ekanman, vaqt o‘qday uchishini, tezroq tun kelishini istardim.

Xotinimga

pulni berib,

tunni yana uning

xonasida o‘tkazsam, qanday yaxshi bo‘lar edi. Ammo men adashib uyga yarim

tungacha qaytib borish va xotinimning jaxlini chiqarishdan qo‘rqar edim

[2, b. 188].

Li Sanning “Qanotlar” hikoyasidan olingan ushbu parchalarda enantiosemiya

qo‘shimchada aks etgan bo‘lib, -

에게

qo‘shimchasi bir vaqtning o‘zida harakat

yo‘naltirilgan obyekt (-ga) va harakatni yuzaga keltiruvchi obyekt (-dan) ma'nolari
o‘rtasida zidlanadi. Qo‘shimchaning qanday ma’noda kelishi esa ushbu qo‘shimcha
bog‘lanib kelayotgan so‘zlar, ya'ni sintaktik qurshovga ko‘ra namoyon bo‘lmoqdi:

아내에게

물어보다

– xotini

dan

so‘rab ko‘rmoq;

아내에게

돈을

주다

– xotini

ga

pul bermoq.

Grammatik enantiosemiyaning yuzaga chiqishida zamon shakllari ham ishtirok

etishi mumkin. Bunda muayyan lisoniy birlik o‘tgan va kelasi zamon predikatini talab
etadi. Masalan, koreys tilidagi

금방

so‘zi semantik strukturasidagi “nutqiy jarayondan

oldin” va “nutqiy jarayondan keyin” ma’nolari o‘tgan va kelasi zamon shakllarining
almashinishi bilan yuzaga chiqadi. Tarjimada so‘z qaysi zamon qo‘shimchasi bilan
kelishiga ko‘ra “bir oz avval” va “birozdan so‘ng” ma’nolarida kelishi mumkin. Qiyoslang:

안녕하십니까

?

늦어서

죄송합니다

.”

아니야

!

아니야

!

우리도

금방

왔어

앉게

.”

상오는

비어

있는

화영

옆자리에

앉았다

[5, b. 257].

Salom! Kech qolganim uchun uzr.

Hechqisi yo‘q, hechqisi yo‘q

! Biz ham

bir oz avval

kelib o‘tirdik.

Songho Hvayongning yonidagi bo‘sh o‘rindiqqa kelib o‘tirdi.

낡은

목조

건물은

전과

마찬가지로

금방

쓰러질

빗속에

있었다

.

유리

없는

창문에

거적도

그대로

드리워

있었다

[9, b. 216].

Qadimgi yog‘och imorat xuddi avvalgidek,

har lahzada qulab tushadigandek

yomg‘ir ostida turar edi. Oynasiz derazada parda ham osib qo‘yilgan edi.

금방

so‘zi Ku Jahuning “Lotus naqshli sariq ro‘molcha” nomli hikoyasidan keltirilgan

parchada o‘tgan zamon (

왔어

) bilan birikib kelib “nutqiy vaziyatdan oldingi payt”

ma’nosida, Son Changsopning “Yomg‘ir yog‘ayotgan kun” asaridagi parchada esa kelasi
zamon (

쓰러질

) bilan kelib “nutqiy vaziyatdan keyin” ma’nosida tarjima qilinadi.

6. Tarjimon subyektivligi.

Tarjimon tarjima qilish jarayoniga o‘z talqini va

tushunchasini, o‘ziga xos yo‘nalishini olib kiradi va bu uning zid ma’noli so‘zlarni qanday
tarjima qilishiga ta’sir qilishi mumkin. Tarjimon matnga obyektiv yondashishi va
tarjimaning kommunikativ samaradorligini hisobga olgan holda matnga sodiqlikni
birinchi o‘ringa qo‘yishi juda muhim.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 5 (2024) / ISSN 2181-3701

442

Koreys tilida shunday so‘zlar borki, ular ma’lum bir nutqiy vaziyatda ham ijobiy,

ham salbiy bahoni bildirib kelishi mumkin. Buni tilshunoslikda emotsional baholi
enantiosemiya deb atashimiz mumkin. Ammo, so‘zlovchining muloqot jarayonida
borliqdagi narsa-hodisalarni atash bilan birga, o‘zining muloqot predmetiga bo‘lgan
subyektib bahosini ham bildirishga intilishi tufayli bunday turdagi enantiosemiyani
subyektiv-baholovchi enantiosemiya deb nomlash ma’qul. Ana shunday so‘zlardan biri
bo‘lgan

잘하다

so‘zi neytral ma’noda biror ish-harakatni yaxshi bajarmoq ma’nosida;

salbiy subyektiv bahoda biror salbiy odatni, ish-harakatni qoyillatmoq, odat qilmoq
ma’nolarida kelishi mumkin.

Ku Jahuning “Lotus naqshli sariq ro‘molcha” hikoyasidan keltirilgan parchada matn

mazmunidan kelib chiqqan holatda ko‘radigan bo‘lsak, so‘z ijobiy ma’noda kelmoqda.
Ushbu matnda gapni “ingliz tilini amerikalik askarlardek yaxshi bilar edim” shaklida ham,
“ingliz tilim amerikalik askarlarnikidek yaxshi edi” shaklida ham tarjima qilish mumkin.
Bunda matnda gaplar bog‘lanishi va g‘alizlikni oldini olish uchun munosib tarjima
belgilanadi, ammo mazmun saqlanib qoladi.

육중한

미군들

사이에서

차돌

같은

체력으로

지옥

같은

훈련을

소화해냄으로써

소대장은

상오를

백상어

White Shark

라는

닉네임을

붙여

주었다

.

우연의

일치로

학창

시절에

친구들이

불렀던

별명과

똑같았다

.

미군

동료들과

많은

대화를

나눔으로써

미국에

가보지는

않았지만

미국

사람과

미국

문화도

많이

알게

되었으며

영어도

미군

못지않게

잘했다

[5, b. 245].

Baquvvat amerikalik askarlar orasida metin bardoshim bilan jahannam azobini beruvchi

mashg‘ulotlariga chidaganim uchun vzvod komandiri menga “Oq akula” laqabini bergan edi.
Tasodifni qarangki, maktab paytlarimda do‘stlarim ham meni xuddi shunday laqab bila

n

chaqirishardi. Amerikalik harbiy hamkasblarim bilan ko‘p suhbatlar orqali men Amerika xalqi
va madaniyati haqida bilib oldim. Shu sababli, garchi hech qachon Qo‘shma Shtatlarda
bo‘lmagan bo‘lsamda, mening

ingliz tilim

amerikalik askarlarnikidek

yaxshi edi

.

,

우리

엄마

거짓말도

잘한다

.

내가

달걀

좋아하는거

알면서

먹을

사람이

없대

.

그랬느냐고

떼를

볼까

?

그런데

엄마

얼굴이

저렇게

하얗지?

어디가

아프신

모양이

.

네가

보기에도

렇지

? [13]

Chju Yosopning “Mehmon va onam” hikoyasidagi ushbu parcha tarjimon tomonidan

quyidagicha tarjima qilinadi:

Oyimning

aldoqchiligini qara

. Tuxumni yaxshi ko‘rishimni bila turib, uni yeydigan

odam yo‘q, dedi. Xarxasha qilish mumkin emas –

onamga qara, ikki yuzi oppoq! Mazasi

qochganga o‘xshaydi

[2, b. 272].

거짓말을

잘하다

” birikmasini “yolg‘onni qoyillatmoq”, “yolg‘on gapirishga usta”,

“yolg‘on gapirishni yaxshi eplaydi” deb tarjima qilishimiz mumkin. Ammo tarjimon so‘z
qatnashgan ushbu gapni “aldoqchiligini qara” tarzida tarjima qilgan. Demak, tarjimada
badiiylikni ta’minlash uchun tarjimon matnga turlicha yondashishi mumkin, lekin so‘zning
ma’nosi to‘g‘ri talqin qilinishi va matnda mazmun saqlab qolinishi muhim.

Umuman olganda, enantiosemiya bilan shug‘ullanish jarayoni tarjimonlardan

lingvistik, madaniy va kontekstual omillarning murakkab bo‘lgan o‘zaro ta’sirini
boshqarishni, tarjima qilingan matn yo‘naltirilgan auditoriyaga ko‘zda tutilgan ma’noni
samarali yetkazishini ta’minlash uchun to‘g‘ri strategik yondashuvni amalga oshirishni
talab qiladi.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 5 (2024) / ISSN 2181-3701

443

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Odilov Y.R. O‘zbek tilida enantiosemiya: Filol. fan. dok. …diss. – T., 2016. – 245 b.

2.

Zamonaviy koreys nasri antologiyasi: tuzuvchi Saydazimova U. (va boshq.) –

Toshkent, Istiqlol nashriyoti, 2014. – 518 b.

3.

Zamonaviy koreys she'riyati antologiyasi: tuzuvchi Saydazimova U. (va boshq.). –

Toshkent, Istiqloq nashriyoti, 2014. – 240 b.

4.

Будагов Р.А. Введение в науку о языке. – М.: Просвещение, 1965. – C. 20.

5.

구자호

.

연꽃무늬

노란

손수건

. //

월간

문학도시

, 2022. – №230. – 257

.

6.

김광규

.

상행

(

上行

) // https://barlo.tistory.com/129

7.

김해경

.

날개

// https://gongu.copyright.or.kr

8.

나도향

,

방민호해설

.

버어리

삼룡이

//

한국대표문학선

-006. –

대한민국

,

재승출판

, 2014. – 21

.

9.

손창섭

.

잉여인간

오는

(

한국

문학을

읽는다

4). –

푸른생각

, 2013. – 216

.

10.

심훈

.

상록수

// https://gongu.copyright.or.kr

11.

이희정

.

사랑한다는

. –

서울

,

로맨스토리

, 2013.

12.

조정래

.

태백산맥

. –

서울

,

해냄출판사

, 2021. – 4800

//

https://gitlab.com/woodylee/tbsm

13.

주요섭

.

사랑방

손님과

어머니

// http://publish.nongmin.com

14.

진달래꽃

(

시집

),

후일

https://ko.wikisource.org

Библиографические ссылки

Odilov Y.R. O‘zbek tilida enantiosemiya: Filol. fan. dok. …diss. – T., 2016. – 245 b.

Zamonaviy koreys nasri antologiyasi: tuzuvchi Saydazimova U. (va boshq.) – Toshkent, Istiqlol nashriyoti, 2014. – 518 b.

Zamonaviy koreys she'riyati antologiyasi: tuzuvchi Saydazimova U. (va boshq.). – Toshkent, Istiqloq nashriyoti, 2014. – 240 b.

Будагов Р.А. Введение в науку о языке. – М.: Просвещение, 1965. – C. 20.

구자호. 연꽃무늬 노란 손수건. // 월간 문학도시, 2022. - №230. – 257 쪽.

김광규. 상행(上行) // https://barlo.tistory.com/129

김해경. 날개 // https://gongu.copyright.or.kr

나도향, 방민호해설. 버어리 삼룡이 외 // 한국대표문학선-006. – 대한민국, 재승출판, 2014. – 21 쪽.

손창섭. 잉여인간 비 오는 날 외 (한국 문학을 읽는다 4). – 푸른생각, 2013. – 216 쪽.

심훈. 상록수// https://gongu.copyright.or.kr

이희정. 사랑한다는 말. – 서울, 로맨스토리, 2013.

조정래. 태백산맥. – 서울, 해냄출판사, 2021. – 4800 쪽 // https://gitlab.com/woodylee/tbsm

주요섭. 사랑방 손님과 어머니 // http://publish.nongmin.com

진달래꽃 (시집), 먼 후일 https://ko.wikisource.org