Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika –
Зарубежная лингвистика и
лингводидактика – Foreign
Linguistics and Linguodidactics
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics
Gradation in Uzbek and World Linguistics
Khusnida ASLONOVA
1
Uzbekistan State World Languages University
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received September 2024
Received in revised form
10 October 2024
Accepted 25 October 2024
Available online
25 November 2024
This scientific article examines the concept of gradation in
both Uzbek and global linguistics. It traces the origins and
development of gradation theory within these linguistic
traditions, highlighting the key scholars who have contributed to
its study. The article presents various definitions of gradation
and demonstrates the importance of the listener's emotional
engagement in the process of learning and communicating in a
foreign language. By exploring these dimensions, the study
underscores how emotional factors influence effective language
acquisition and interpersonal communication.
2181-3701/© 2024 in Science LLC.
DOI:
https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol2-iss5
This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru
Keywords:
gradation,
graduality,
anticlimax,
emotion.
O‘zbek va jahon tilshunosligida gradatsiya
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar:
gradatsiya,
graduallik,
antiklimaks,
emotsiya.
Ushbu ilmiy maqola o‘zbek va jahon tilshunosligida
gradatsiya mavzusiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda o‘zbek va jahon
tilshunosligida gradatsiya qachondan boshlab yuzaga kelgan va
kimlar tomonidan qanday o‘rganilganligi haqida fikr yuritilgan.
Gradatsiyaning turli ta’riflari keltirilgan. Xorijiy tilni o‘rganishda
va u tilda muloqotga kirishishda tinglovchi emotsiyasining
darajasi qanchalik muhimligi isbotlangan.
Градация в узбекской и мировой лингвистике
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
градация,
градуальность,
антиклимакс,
эмоция.
Данная научная статья посвящена изучению концепции
градации в узбекской и мировой лингвистике. В ней
рассматривается история появления теории градации,
анализируются этапы её развития, а также освещаются
1
Teacher, Korean Philology Department, Uzbekistan State World Languages University.
E-mail: aslonovahusnida@gmail.com
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 5 (2024) / ISSN 2181-3701
431
труды ученых, которые занимались изучением этого
явления. В тексте представлены различные определения
термина «градация», отражающие его интерпретацию в
различных лингвистических школах. Особое внимание
уделено роли эмоциональности слушателя в процессе
изучения иностранного языка и общения на нём. Автор
доказывает, что уровень эмоциональной восприимчивости
имеет значительное влияние на эффективность освоения
языка и коммуникативный процесс.
KIRISH
Gradatsiya lotincha so‘zdan olingan “gradate” bosqichma-bosqich
kuchaytirish degan ma’noni anglatadi. Uning ikki turi mavjud: klimaks (ko‘tarilish),
antiklimaks (pasayish) jarayonidan iborat.
Gradatsiya bu – nutq parchalaridan biri ikkinchisining ma’nosini kuchaytirib
borishdan iborat uslubiy jarayon. Badiiy adabiyotda holatlami, tuyg‘u va
kechinmalarni qiyoslashda, his-hayajonlar junbushini to‘liq ifodalashda gradatsiya
usulidan foydalaniladi. Adabiyotlarda gradatsiya xususiyatlariga ko‘ra turlicha
tasnif qilinadi: mohiyatiga ko‘ra: ko‘tariluvchi gradatsiya va pasayuvshi gradatsiya;
ifoda usuliga ko‘ra: mantiqiy, emotsional va miqdoriy gradatsiya; ifoda materialiga
ko‘ra: leksik gradatsiya va sintaktik gradatsiyaga bo‘linadi.
ASOSIY QISM
Graduonimiya hodisasi borasidagi ilk izlanishlar Arastu bilan bevosita bog‘liq,
u o‘z tadqiqotlarida 10 ta kategoriyani (substansiya, miqdor, sifat, munosabat, vaqt,
makon, holat, o‘rin, harakat, kechinma) ajratish barobarida qiyoslash va miqdor
kategoriyalaridan tashqari ular sirasiga sifat kategoriyasini kiritgan, ularning ba’zi
hollarda ortiqroq/kamroq darajaga ega ekanligini ta’kidlab, nafaqat darajalanish
mexanizmi, balki darajalanishga moyil bo‘lgan so‘zlar kategoriyasi, ya’ni daraja
obyektini ham belgilab bergan. Ushbu so‘zlar kategoriyasiga belgi va xususiyat
kategoriyalarini kiritgan va
ko‘p/kam
tushunchalari bir-biri bilan qiyoslanishi, belgi
va xususiyatlar ko‘proq/kamroq darajada bo‘lishi bilan bir qatorda “o‘ziga nisbatan
qarama-qarshilikda bo‘lishi va ortiq yoki kam darajada qo‘llanishi mumkin”ligini
ta’kidlagan. Olim binar oppozitsiya usuli bilan zidlanishni qarama-qarshi qo‘ygan
hamda ma’no jihatidan keskin farq qiladigan sinonimiya va antonimiya
munosabatlarini graduonimiya hodisasida mujassamlashtirgan, graduonimiya
zamirida ikki hodisaning o‘zaro munosabatlarini ham chegaralab bergan.
Darajalanuvchi belgi ostida birlashgan qatorning ikki chekka birligi to‘liq zidlanishi,
ziddiyat denotativ sema asosida emas, balki konnotativ sema negizida yuzaga
kelishi kuzatiladi. [2.12-13.]
Gradatsiya yana ko‘plab olimlar tomonidan har xil ko‘rinishda o‘rganib
chiqilgan. Jumladan, I.Galperin tomonidan graduonimiya atamasi bilan birgalikda
gradatsiya atamasi “bosqichma-bosqich kuchaytirib yoki pasaytirib borishini
ta’minlovchi tartibda joylashuvi”, bunda klimaks gradual o‘sish hamda stilistik
vosita sifatida ta’riflangan. [3.334.] M. Biyervish gradatsiya atamasini sifat va
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 5 (2024) / ISSN 2181-3701
432
qisman ravish darajalariga nisbatan qo‘llab, ularning o‘ziga xos semantik hamda
sintaktik xususiyatlari borasida o‘z fikrlarini bildirgan. [1.70-75] “Gradatsiya –
“biror belgi, harakatning bir holatdan ikkinchi holatga bosqichma-bosqich,
navbatma-navbat o‘tishidagi ortib/kamayib borishi”, deya ta’riflangan. [2.18.] Yana
bir olim O. Axmanova esa shunday izohlagan: “Gradatsiya – klimaks va
antiklimaksni birlashtiruvchi umumiy atama bo‘lib, bunda klimaks – gap
qismlarining har bir keying qismi avvalgisiga qaraganda to‘yingan, ifodali yoki
ta’sirchan bo‘lishidan iborat nutq figurasi”. [5.571.] Demak, aslida lotin tilida mavjud
bo‘lgan gradatio so‘zi “ortib borish, o‘sish” ma’nolarini anglatib, gradi “odim
tashlamoq” hamda gradus “qadam, harakat, yaqinlashish, pog‘ona, daraja”
so‘zlaridan hosil qilingan. [2.19.]
Graduallik hodisasining maxsus ilmiy tadqiqi yaqin tarix bilan bog‘lanadi.
O‘zbek tilshunosi Sh. Orifjonova lug‘aviy graduallikni tadqiq qilgan bo‘lsa,
O. Bozorov fanda ilk marta lisoniy graduallikning lingvistik qonuniyat ekanligini
isbotlab, graduallik mexanizmi va hodisasining tabiiy – ontologik , falsafiy, mantiqiy,
metodologik mohiyatini ochdi. Shu asosda, “O‘zbek tilining so‘zlar darajalanuv o‘quv
lug‘ati ” yaratiladi.
Graduallik belgining bosqichma-bosqich, ketma- ketlikda o‘zgarib borishi,
ozdan ko‘pga, miqdordan sifatga qarab borish hodisasidir. Graduallikning falsafiy
o‘rganish asoslari va undagi shakllanish ko‘lami shuni ko‟rsatadiki, bu hodisa
tillarning tiplari orasida, tillar oilasi va bir til shevalari o‘rtasidagi bog‘lanishlarda,
umuman, tilning barcha sathlari, ularning birliklari, umumiy va xususiy
sistemalarda o‘z ifodasini topadi. Graduallik atamasi o‘zbek tilshunosligida ilk marta
1989 yilda so‘zlararo ma’noviy munosabatlarning bir ko‘rinishi sifatida talqin etildi.
1990-yilda R.Safarovaning nomzodlik ishida esa bu atama ilmiy faraz sifatida
keltirib o‘tilgan edi. 1996-yilda Sh. Orifjonova o‘zining nomzodlik ishida
graduallikni atroflicha tadqiq etib, sinonimiya, antonimiya, giponimiya bilan
aloqalarini ochib berdi. Graduallikhodisasi o‘zbek tilshunosligida asoslandi,
takomillashtirildi va rus tilshunosligida ham o‘z o‘rniga ega bo‘ldi. 1997-yilda
tilshunos O. Bozorov graduallik nafaqat so‘zlararo munosabatlar tizimida, balki
fonetika va fonologiya, morfologiya, hamda stilistika sohalari uchun xos bo‘lgan
umumiy munosabat turi degan fikrni ilgari surib, doktorlik dissertatsiyasini himoya
qildi. Odiljon Bozorov graduallikga qonuniyat sifatida yondashgan. Olim o‘zining
doktorlik ishida lisoniy graduallikni falsafa, dialektika, mantiq ilmlarida tutgan
o‘rnini ochib bergan va o‘zbek tili qurilishidagi graduallik hodisasini tadqiq etish va
shu asosda gradual tasnif me‘yorlari va belgilarini aniqlagan. O. Bozorovning
mulohazasiga ko‘ra, graduallik muammosida umumiylik va xususiylik, oddiy mantiq
fanining bilish usuli va an‘anaviy tilshunoslikda graduallikga empirik yondashish,
dialektikaning lisoniy
graduallikni o‘rganish metodologiyasi ekanligi, mantiqda va tilshunoslikda
ikki a’zoli tasnifda tadqiq etish zaruriyati, ko‘p a’zoli tasnifda lisoniy birliklarning
shakl va mazmun dialektikasini hisobga olish, lisoniy graduallikni o‘rganishda
metodlar uyg‘unligi kabi masalalarni tadqiq etish muhimdir. [4.179.]
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 5 (2024) / ISSN 2181-3701
433
Yuqorida guvohi bo‘lganingizdek, gradatsiya haqida o‘zbek tilshunosligida
ham jahon tilshunosligida ham salmoqli ishlar qilingan. Ammo ularning har biri
gradatsiyani har xil vositalarda yuz berishini tahlil qilishgan. Aynan insonning
emotsiyasini darajalanishiga esa shu kungacha hech kim qo‘l urmagan. Insonning
biror-bir hodisaga bildiradigan emotsiyasi va uning darajalanishi qanchalik muhim?
Hayotimiz davomida turli vaziyatlar, turli-tuman hodisalarga duch kelamiz.
Insonning tabiiy xususiyatlaridan biri esa, aynan bo‘layotgan vaziyatga munosabat
bildirish, o‘z emotsiyasini ifodalashdir. Inson emotsiyalarsiz yashay olmaydi.
Suhbatdosh bilan bo‘lgan muloqot ham emotsiyasi bo‘lsa, tabiiy muloqot sirasiga
kirmaydi. Aynan qandaydir vaziyatga emotsiya bildirayotganda esa, maqsadga
muvofiq, holatga munosib emotsiya bildirish muhim sanaladi. Oddiy hodisaga juda
kuchli emotsiya bildirish, yoki, katta o‘zgarishga past darajada emotsiya bildirish
muloqotni jonli va tabiiy kechishiga, hattoki, suhbatdoshlar o‘rtasidagi
tushunmovchilik, ziddiyatlarga sabab bo‘lib qolishi mumkin. Aynan shu muammoni
hal qilish uchun gradatsiya yordamga keladi.
NATIJA VA MUHOKAMALAR
Quyida koreys tilida ikki xil vaziyatda bildirilgan emotsiya darajasini tahli
qilib ko‘ramiz.
1.
가
:
언니
,
제가
GKS
장학금을
땄어요
.
이제
내년부터
한국에
가서
돈도
받고
무료로
석사
과정
공부할
거예요
.
(- Opa, men GKS grandi g‘olibi bo‘ldim. Endi keying yildan boshlab Koreyada
tekinga stipendiya olib magistraturada tahsil olaman!)
나
:
응
,
잘했어
.
축하해
.
(-Hm, yaxshi qilibsan. Tabriklayman.)
2.
가
:
언니
,
제가
GKS
장학금을
땄어요
.
이제
내년부터
한국에
가서
돈도
받고
무료로
석사
과정
공부할
거예요
.
(- Opa, men GKS grandi g‘olibi bo‘ldim. Endi keying yildan boshlab Koreyada
tekinga stipendiya olib magistraturada tahsil olaman!)
나
:
우와
,
대박이다
.
열심히
공부했구나
.
애
썼어
.
정말
축하해
.
(-Vauv, zo‘r-ku. Astoydil o‘qibsan-da. Barakalla, chin dildan tabriklayman.)
Yuqoridagi ikki suhbatni tahlil qiladigan bo‘lsak, ikkinchi suhbat birinchi
suhbatga nisbatan ancha tabiiy va jonli chiqqan. Birinchi suhbatda tinglovchi muhim
hodisaga shunchaki past darajada munosabat bildirgan. Emotsiyasi ham deyarli
sezilmagan. Ikkinchi suhbatda esa, tinglovchi so‘zlovchining gapiga munosib
munosabat va emotsiya bildirgan. Bu esa o‘z o‘rnida muloqotni to‘g‘ri tashkil
etilishiga yordam bergan.
XULOSA
Yuqoridagi muhokamalarga tayanib shuni aytishimiz mumkinki, hatto biz
bildirayotgan emotsiya ham to‘g‘ri darajalanishi va hodisaga munosib darajada
emotsiya bildirish lozim ekan. Biror-bir xorijiy tilni o‘rganishdan maqsad, u tilda
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 5 (2024) / ISSN 2181-3701
434
erkin va tabiiy muloqot qila olishdir. Chet tilini qanchalik o‘zlashtirganlik darajasi
ham aynan gapirish qobiliyati bilan baholanadi. Tabiiy muloqot qilish uchun esa
muloqot davomida ro‘y berayotgan hodisaga munosib emotsiya ham ifodalanishi
lozim. Shundagina muloqot qiziq va tabiiy tus oladi. Yetarli darajada bildirilgan
emotsiya suhbatdoshning nutqini to‘liq tushunganligingizni ifodalab, o‘z fikringizni
bayon qilishingizda ham munosabatingizni tabiiy qilib ko‘rsatadi. Shunday ekan,
talabalarga chet tili o‘qitilinayotganda emotsiyani qanday va qay darajada
ifodalashga ham katta e’tibor qaratish lozim.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Bierwisch M. The Semantics of Gradation. – Berlin: Springer-Verlag, 1989. – 262p.
2.
Dustmamatova N.M. O‘zbek var us tillarida lug‘aviy graduonimiya.
Dissertatsiya. Tashkent: 2023,- 160 b.
3.
Galperin I. Stylistics. – М.: Высшая школа, 1977. – 334 с.
4.
Sharipova Sh. Graduallik hodisasining o‘zbek tilshunosligida tadqiqi.
Maqola. Analytical journal of education and development. Toshkent,- 2022y-B.179.
5.
Словарь лингвистических терминов. –М.: Едиториал УРСС, 2004.– 571 с.
