Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika –
Зарубежная лингвистика и
лингводидактика – Foreign
Linguistics and Linguodidactics
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics
Overview of the history of public speech genesis research
in Eastern Linguistics
Feruzakhon MANSUROVA
1
Andijan State University
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received September 2024
Received in revised form
10 October 2024
Accepted 25 October 2024
Available online
25 November 2024
This article examines the historical emergence of public
speech within Oriental studies and highlights the scholars who
have significantly contributed to its development. While the
tradition of rhetoric primarily evolved in Greece and Rome, the
art of oratory including the delivery of speeches and public
speaking also began to develop in Eastern countries. In these
regions, oratory has played a crucial role in public life, politics,
and scientific discourse.
2181-3701/© 2024 in Science LLC.
DOI:
https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol2-iss5
This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru
Keywords:
public speaking,
rhetoric,
culture of public speaking,
etiquette of speech,
art of oratory.
Sharq tilshunosligida ommaviy nutq genezisi tadqiqotining
tarixiga nazar
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar:
ommaviy nutq,
voizlik,
ommaviy nutq madaniyati,
nutq odobi,
notiqlik san’ati.
Ushbu maqolada sharq tilshunosligida ommaviy nutqning
kelib chiqish tarixi hamda uning rivojiga hissa qo‘shgan olimlar
haqida so‘z yuritiladi. Ritorika tarixi, asosan, Gretsiya va Rimda
taraqqiy etgan bo‘lganiga qaramasdan, sharq mamlakatlarida
ham notiqlik san’ati, umuman, ma’ruza qilish va nutq so‘zlash
san’ati sifatida rivojlanib, jamoat ishlarida, siyosatda va ilmiy
muhokamalarda muhim rol o‘ynay boshlagan.
1
Doctoral student, Andijan State University. E-mail: feruz.m.sh@mail.ru
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 5 (2024) / ISSN 2181-3701
427
Обзор истории исследования генезиса публичной речи
в восточной лингвистике
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
публичная речь,
ораторское искусство,
культура публичной речи,
этика речи,
искусство ораторства.
В
данной
статье
рассматривается
история
возникновения массовой речи в востоковедении, а также
ученые, которые внесли вклад в её развитие. Несмотря на
то, что история риторики развивалась главным образом в
Греции и Риме, в восточных странах искусство ораторства, в
целом, как искусство произнесения речи и публичных
выступлений, также стало развиваться, играя важную роль
в общественной жизни, политике и научных обсуждениях.
KIRISH
Notiqlik san’ati (yoki ritorika) tarixi, aslida, insoniyatning fikr va so‘z san’atini
tizimli ravishda o‘rganishining boshlanishi sifatida juda katta ahamiyatga ega.
Bu san’atning rivojlanishi va shakllanishi qadimiy davrlarning o‘ziga xos madaniyati va
falsafasining asosiy jihatlari bilan chambarchas bog‘liqdir. Garchi ommaviy nutq
mahoratining diaxronik taraqqiyoti zaminida qadimgi Gretsiya va Rim muhim
o‘rin
tutsa-da, og‘zaki nutq san’ati Sharqda, Markaziy va O‘rta Osiyoda, aniqrog‘i, Turon
zaminida joylashgan xalqlarning, shu jumladan, o‘zbeklarning tarixiy manbaalari
eramizdan avvalgi
Ⅶ
asrga taaluqli ekanligi ma’lumdir. O‘sha davrda sof turkiy tilda
bitilgan xalqimizning madaniy merosi hisoblanmish “Alp Er To‘n‘ga” dostoni , “Avesto”
kitobi, “ O‘rxun va Enasaoy yodgorliklari va boshqa shu kabi yodgorliklar Markaziy Osiyo
xalqlarining tilini, madaniyati, tarixini o‘rganishda asosiy manba bo‘libgina qolmay, ushbu
xalqlarning og‘zaki nutq mahorati va badiiy so‘z san’atining ravnaq topishiga salmoqli
xizmat qilib kelgani ma’lumdir. Negaki, xoh nutq sohasida, xoh badiiy ijod sohasida bo‘lsin,
uning negizida avval og‘zaki ijod shakli yotadi chunki hech bir xalqning til tarixi o‘z-o‘zidan
paydo bo‘lmagan. Jumladan, “Avesto” da keltirilgan rivoyatlardagi “Siyovush” (“Avesto” da
“Siyovarshan” deb berilgan) kabi qahramonliklarning xatti-harakati ham insonlarni
vatanni himoya qilishga undaydi. Quyidagi jumlalarda esa xalqni mehnatga da’vat etuvchi
va mehnatga muhabbat bilan yondashmoqqa chorlovchi nutq mujassam ekanligi sezilib
turibdi. “G‘alla yerdan unib chiqqanda devlar larzaga keladi, g‘alla o‘rib olinayotganda
devlar-nola faryod chekadi, g‘alla yanchib un qilinayotganda esa devlar mahv
bo‘ladi…G‘allani mo‘l- ko‘l bo‘lishi go‘yo devlarning labiga qizdirilgan temir bosganday
ularni tumtaraqay qiladi…” [1].
ADABIYOTLAR TAHLILI
Sharqda, jumladan, O‘rta Osiyo tarixida ham nutq madaniyati salmoqli mavqega ega
hisoblanadi. Movarounnahrda azaldan nutq madaniyati, voizlik san’ati, ya’ni va’zxonlik
islom dinining muqaddas kitobi hisoblangan “Qur’on” ni targ‘ib qilish bilan birgalikda
so‘zning ahamiyati, uning ma‘nosini to‘g‘ri qo‘llashga alohida e’tibor qaratilgan. Sharqda
tarqalgan va’zxonlik atamasiga e‘tibor qaratadigan bo‘lsak, O‘zbekiston milliy
ensiklopediyasida bu san’atga quyidagicha ta’rif berilgan.
Voizlik
– qadimgi sharq
mamlakatlarida jamoat oldida nutq so‘zlash, ilmiy- siyosiy bahs-munozara olib borish,
hukmdor yoki amaldor shaxsning el oldiga targ‘ibot va tashviqot ishlarini olib borishda
yuqori ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan san’at. Qadimgi Sharq mamlakatlarida, ayniqsa
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 5 (2024) / ISSN 2181-3701
428
juma namozi, mahalliy bayramlarda, turli siyosiy yig‘inlarda ommaga nutq so‘zlash odat
tusiga kirgan edi [2]. Bundan ko‘rinib turibdiki, Sharqda “Ommaviy nutq madaniyati” va
“Nutq odobi” tushunchasiga ko‘plab olimlar alohida diqqat qaratganlar. O‘rta Osiyo
xalqlari
IX–XV asrlarda madaniyatning
yuqori cho‘qqqisiga erisha
oldi.
Bu davrlarda ilm-fan, madaniyat, adabiyot, tilshunoslik va boshqa sohalar ravnaq
topganligi bois, Sharq tarixida
Uyg‘onish davri
nomi bilan yuritiladi. Shu vaqtlar
mobaynida madaniyatni targ‘ib qiluvchi turli – voizlar va ularni qo‘llab qadrlovchi fikrlar
vujudga keldi[3]. Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Abu Nasr Farobiy, Abu Abdulloh
al- Xorazmiy, Mahmud Zamaxshariy, Mahmud Koshg‘ariy, Yusuf Xos Hojib, So‘fi Olloyor,
Ahmad Yugnakiy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur
singari buyuk siymolar nutq madaniyati bilan birgalikda tilga, ishlatiladigan so‘z
boyligi va grammatikaning ravonligiga jiddiy e’tibor berganlar va tilshunoslik,
mantiqshunoslikka oid turli asarlar yozib qoldirganlar.
TADQIQOT METODOLOGIYASI
Buyuk vatandoshimiz Abu Nasr Farobiy (870–950) mazmundor va to ‘g‘ri
nutq
tuzishda leksikologiya, grammatika va mantiqning o‘rni muhim ahamiyat kasb etishini
ta’kidlab shunday deydi: “Qanday qilib ta’lim berish va ta’lim olish, fikrni ifodalash, so‘rash
hamda javob berish masalasiga kelganimizda, bu boradagi bilimlarning eng birinchisi –
jism va hodisalarga ism beruvchi til haqidagi ilmdir deb hioblayman” [4]. Nutqda so‘zdan
unumli foydalanish, aniq fikrlash borasida XII–XIII asrlarda faoliyat yuritgan mutafakkirlar
Yusuf
Xos
Hojib
va
Ahmad
Yugnakiylar
ham
o‘zlarining
fikrlarini bildirib o‘tganlar. Kaykovus tomonidan 1082–1083-yillarda yaratilgan qadimgi
Sharqning noyob asarlaridan biri sanalgan “Qobusnoma” da ham muallif nasihat orqali
o‘quvchiga nutq so‘zlaganda o‘ylab gapirish zarurligini, inson o‘zini xalq orasida kamtar
tutishini, ko‘p so‘zlash donolik belgisi emasligi kabi nutq madaniyatidagi e’tibor qaratilishi
lozim bo‘lgan ayrim muhim masalalarni keltirib quyidagicha ifodalaydi: “Ey farzand, agar
nechakim suxandon bo‘lsang, o‘zingni bilg‘ondan kamroq tutg‘il, to so‘zlash paytida nodon
va beburd bo‘lib qolmag‘aysan. Ko‘p bilib,oz so‘zlag‘il va kam bilib ko‘p so‘z demag‘il. Nima
uchunki, aqlsiz shundoq kishi bo‘ladur – u ko‘p so‘zlar. Ko‘b so‘zlaguchi oqil kishi bo‘lsa
ham, avom uni aqlsiz derlar” [5].
TAHLIL VA NATIJALAR
O‘rta Osiyoda ommaviy nutqning o‘ziga xos jihati shundan iborat bo‘lganki, u, eng
avvalo, xalq uchun xizmat qilgan qissago‘ylar, masalgo‘ylar, qiroatxonlar, voizlar,
qasidaxonlar deb yuritilgan insonlar tomonidan o‘sha davr tuzumining manfaatlari uchun
xizmat qilgan edi. Turkiy xalqlarning buyuk shoiri hisoblangan Alisher Navoiy doimo o‘z
ijodiy faoliyatini ijtimoiy soha bilan birgalikda yuritdi. U barcha turkiy tillarning adabiy tili
rivojiga ulkan hissa qo‘shibgina qolmay, davlat arbobi sifatida mehnatkash xalq oldida
qilgan chiqishlari va so‘z qadrini benihoya ulug‘lashi turkiy tilida go‘zal nutq tuzishni ham
ilmiy, ham amaliy jihatdan yoritib berdi. Alisher Navoiyning “Muhokamatul lug‘atayn”,
“Mahbub ulqulub”, “Nazmul-javohir” va yana bir qator noyob asarlari o‘zbek tilida nutq
tuzish va tilning rivojlanishida ulkan hissa qo‘shdi. Navoiy so‘zning qadr-qimmati va
gavharini insonning ruhida uning joni kabi muhim ekanligini ta’kidlaydi, til va nutq odobi,
notiqlik san’ati haqidagi fikrlari esa ushbu satrlarda isbotlaydi:
Erdin so‘z hunar, enchidin bo‘z hunar.
Ya’ni, yaxshi nutq so‘zlay olish –
san’atdir, noyob hunardir.
(A. Navoiy. “Mahbub ulqulub”, 94).
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 5 (2024) / ISSN 2181-3701
429
Bundan tashqari, ushbu asarda Alisher Navoiy shunday deydi: “ Til muncha sharaf
bila nutqning olatidur va ham nutqdirki, gap nopisand zohir bo‘lsa, tilning ofatidur…” [6]
ya’ni, til shuncha sharafi bilan nutqning qurolidir, agar u o‘rinsiz ishlatilsa, tilning ofatidir.
O‘zbek badiiy nutqining taraqqiy etishida Zahiriddin Muhammad Boburning o‘rni
beqiyosdir, ayniqsa, shoirning “Boburnoma” asarida badiiy notiqlik mahorati shundaygina
sezilib turadi. Jumaladan, u o‘zining o‘g‘li Humoyunga xatni yuborishdan oldin o‘zi bir
necha bora o‘qib ko‘rishi zarurligini, uning nutqi ravonligiga, so‘zlarning anglatayotgan
ma’nosi to‘g‘ri ekanligiga ishonchi komil bo‘lganidan so‘nggina yuborishi kerakligini
ta’kidlab o‘tadi. Negaki, xatolik bilan ifoda etilgan so‘z yetkazib berilmoqchi bo‘lgan
mazmunni xiralashtiradi va nutqni o‘quvchi va tinglovchini qiynaydi [7]. Z.M. Boburning
hayoti va ijodini chuqur o‘rganib chiqqan yozuvchi Pirimqul Qodirov ham buyuk shoir
o‘zining nutqida so‘z bilan jonli tasvirni mukammal darajada tasvirlay olganini
ta’kidlaydi[8].
XULOSA
Yuqoridagi buyuk mutafakkirlarga qarab anglab yetamizki, Sharqda nutq so‘zlovchi
notiqdan til bilish mahoratini mukammal egallash, so‘zning lug‘aviy ma’nosini va
grammatik tuzilishini sinchkovlik bilan o‘rganish, nutqning ichki mazmun va tashqi
shakliga birday teng ahamiyat berish va o‘z nutqini ta’sirchan qilib yetkazib bera olish kabi
bir qator qobiliyatlar talab etilgan. Gretsiya va Rimda rivojlangan notiqlik san’ati boshqa
madaniyatlar bilan ham aloqada bo‘lgan. Masalan, Markaziy Osiyo va Sharq, ayniqsa,
Turon zaminida joylashgan xalqlar, shu jumladan, o‘zbeklarning notiqlik san’ati tarixi
ancha qadimgi davrlarga borib taqaladi. Eramizdan oldingi VII asrlarda bu hududda
rivojlangan nutq san’ati, tarixiy va adabiy manbalarda o‘z aksini topgan. Bu davrda, albatta,
o‘zbek xalqlarining she’riyat, adabiyot va ta’lim tizimlaridagi o‘rni ham katta edi. Shunday
qilib, notiqlik san’ati nafaqat Gretsiya va Rimda, balki Sharq va Markaziy Osiyoda ham
o‘zining katta rivojlanish bosqichlariga ega bo‘lgan va bu soha xalqlarni ilmiy va madaniy
hayotda yuqori saviyaga ko‘targan.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Mallayev. N. O‘zbek mumtoz adabiyoti tarixi. Toshkent: “Toshkent” badiiy
adabiyot nashriyoti. 1965. – B.76.
2.
O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi – Toshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi
Davlat ilmiy nashriyoti, 2000. Birinchi jild.
3.
B. O‘rinboyev. A.Soliyev. Notiqlik mahorati.- T. 1984. B-24.
4.
Abu-Nasr Farobiy. Risolalar. – Toshkent, 1975. B. 54.
5.
Kaykovus. Qobusnoma. – Toshkent: 1986. B. 45.
6.
Alisher Navoiy. Mahbub-ul qulub. 14-tom,- Toshkent .: 1998, B- 94.
7.
Zahiriddin Muhammad Bobur. Boburnoma. – Toshkent, "Fan", 1960. B. 421.
8.
Pirimqul Qodirov. G‘. G‘ulom nomidagi Nizomiy nomidagi Milliy Islom
Universiteti. – 2005. B. 184-191.
