Авторы

  • Сайёрахон Абдурахмонова
    Старший преподаватель, Кафедра педагогики, University of Economics and Pedagogy

Биография автора

  • Сайёрахон Абдурахмонова, Старший преподаватель, Кафедра педагогики, University of Economics and Pedagogy

    Старший преподаватель

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.foreign-linguistics.67840

Ключевые слова:

эффективное сотрудничество «мягкие навыки» гибкость передовые педагогические технологии интерактивные методы межличностные отношения

Аннотация

Статья посвящена развитию теоретических и практических знаний, а также навыков, необходимых для эффективного взаимодействия с родителями учащихся. В ней рассматриваются вопросы обеспечения слаженности в деятельности учащихся и педагогов, организации продуктивного общения, управления эмоциями, понимания межличностных отношений. Кроме того, представлены методические рекомендации и практические задания, направленные на освоение навыков получения конструктивной обратной связи. Анализ проводится с акцентом на практическую применимость предложенных подходов.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika –

Зарубежная лингвистика и
лингводидактика – Foreign

Linguistics and Linguodidactics

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics

Preparing students to collaborate with parents is a crucial
prerequisite for enhancing the quality of preschool
education and cooperative activities

Sayyorakhon ABDURAKHMONOVA

1

University of Economics and Pedagogy

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received October 2024
Received in revised form
10 November 2024
Accepted 25 November 2024

Available online
25 December 2024

The article is dedicated to developing theoretical and

practical knowledge, as well as skills necessary for effective

interaction with the parents of students. It addresses issues
related to ensuring coherence in the activities of students and

educators, organizing productive communication, managing

emotions, and understanding interpersonal relationships. In

addition, the article provides methodological recommendations
and practical exercises aimed at mastering the skills of receiving

constructive feedback. The analysis emphasizes the practical

applicability of the proposed approaches.

2181-3701/© 2024 in Science LLC.
DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol2-iss6

/S

-pp46-52

This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (

https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru

)

Keywords:

effective cooperation,
"soft skills",

flexibility,
advanced pedagogical
technologies,

interactive methods,
interpersonal relations.

Talabalarni ota-onalar bilan hamkorlik qilishga tayyorlash
˗ maktabgacha ta’lim-tarbiya va hamkorlik faoliyati sifatini
oshirishning muhim sharti

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar:

samarali hamkorlik,
“Yumshoq ko‘nikmalar”,

moslashuvchanlik,
ilg‘or pedagogik
texnologiyalar,
interfaol usullar,

shaxslararo munosabatlar.

Ushbu maqola talabalarda tarbiyalanuvchilarning ota-onalari

bilan samarali hamkorlik qilishda zarur bo‘lgan nazariy va

amaliy bilim, ko‘nikmalarni shakllantirish, talaba va

tarbiyachilar faoliyatining o‘zaro uzviyligini taʼminlash, muloqot

qilish, his-tuyg‘ularni boshqarish, shaxslararo munosabatlarni
tushunish va konstruktiv fikr-mulohazalarni qabul qilish

qobiliyatiga ega bo‘lishda metodlar va amaliy topshiriqlar

berilib, tahlil qilingan.

1

Senior Teacher, Department of Pedagogy, University of Economics and Pedagogy.

E-mail: abduraxmonovasayyora85@gmail.com


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 6 (2024) / ISSN 2181-3701

47

Подготовка учащихся к сотрудничеству с родителями –
важное условие повышения качества дошкольной
образовательной и кооперативной деятельности

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

эффективное
сотрудничество,

«гибкие навыки»,
гибкость,
передовые педагогические
технологии,

интерактивные методы,
межличностные
отношения.

Статья

посвящена

развитию

теоретических

и

практических знаний, а также навыков, необходимых для

эффективного взаимодействия с родителями учащихся. В

ней рассматриваются вопросы обеспечения слаженности в

деятельности учащихся и педагогов, организации
продуктивного общения, управления эмоциями, понимания

межличностных отношений. Кроме того, представлены

методические рекомендации и практические задания,

направленные

на

освоение

навыков

получения

конструктивной обратной связи. Анализ проводится с

акцентом на практическую применимость предложенных

подходов.


Yurtimizda faol, intiluvchan, iqtidorli va yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlar,

innovatsion salohiyatga ega, zamonaviy bilim hamda kasblarni chuqur egallagan yoshlarni
voyaga yetkazish uchun barcha shart-sharoit va imkoniyatlar yaratilgan. Hususan, oliy
ta’lim muassasalarida talabalarga muvaffaqiyatli va sifatli ta’lim berish bilan bir qatorda,
ularda tashkiliy, konstruktiv, kommunikativ muloqot, pedagogik mahorat va insoniy
fazilatlar, ijodiy fikrlash, nizoli vaziyatlarda mustaqil yechim topa olish ko‘nikmalarini
tarkib toptirish kabi qobiliyatlarini rivojlantirish bilan bir qatorda ularni ota-onalar bilan
hamkorlik qilishga tayyorlashning takomillashtirishni taqazo etadi [1].

Shu nuqtai nazardan qaraganda, pedagogik amaliyot jarayonlarida talabalarni ota-

onalar bilan hamkorlik qilishga tayyorlashning zamonaviy shakl va usullari, vositalari,
texnologiyalar asosida tashkil etish mexanizmlarini takomillashtirish zarurati va bunda
ijtimoiy-pedagogik shart-sharoitlarni yaratish muhim ahamiyat kasb etadi.

Talabalarni ota-onalar bilan hamkorlik qilishga tayyorlashda ijobiy samaradorlikka

erishish uchun olib borilgan tahlillar quyidagi mulohazalarni yuzaga keltiradi. Talabalarni
ota-onalar bilan hamkorlik qilishga tayyorlash maktabgacha ta’lim-tarbiya va hamkorlik
faoliyati sifatini oshirishning muhim shartlaridan biridir. U talabalarda
tarbiyalanuvchilarning ota-onalari bilan samarali hamkorlik qilish uchun zarur bo‘lgan
nazariy va amaliy bilim, ko‘nikmalarni shakllantirish, talaba va tarbiyachilar faoliyatining
o‘zaro uzviyligini taʼminlashga xizmat qiladi.

Tajriba-sinov guruhidagi “Maktabgacha ta’lim” ikkinchi bosqich 170 nafar talabalari

uchun ham pedagogik amaliyot vositasida talabalarni ota-onalar bilan hamkorlik qilishga
tayyorlash yuzasidan tashkil etilgan metodlarga to‘xtalib o‘tsak:

“Yumshoq ko‘nikmalar” (soft skills) metodi

Metodning maqsadi: Talabalar o‘z-o‘zini nazorat qilish, qaror qabul qilish,

xushmuomalalik bilan muloqot qilish, nizolarni hal qilish, jamoada ishlash va ota-onalar
bilan hamkorlik qilish ko‘nikmalarini egallaydilar.

Hozirgi vaqtda global ziddiyatlar bilan to‘lib-toshgan, tez o‘zgaruvchan dunyo

sharoitida yumshoq ko‘nikmalar (soft skills)ni rivojlantirish zarurati va ahamiyati kun


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 6 (2024) / ISSN 2181-3701

48

sayin ortib bormoqda. Tobora ommalashib borayotgan zamonaviy raqamlashtirish
davrida yumshoq ko‘nikmalar har qanday sohada muvaffaqiyatga erishishda muhim rol
o‘ynaydi.

Yumshoq ko‘nikmalar ijtimoiy va muloqot qobiliyatlarini rivojlantirishni anglatadi

hamda tadqiqotimiz davomida talabalarni ota-onalar bilan samarali muloqot qilish, qaror
qabul qilish, muammolarni hal etish va o‘zgaruvchan sharoitlarga moslashishga yordam
beradi. Ushbu ko‘nikmalar pedagogik amaliyot davrida yanada muhim ahamiyat kasb
etadi, chunki avtomatlashtirish bizning jamiyatda ishlash, moslashuvchan, analitik
izlanuvchi va samarali kommunikator bo‘lishga isbatan talabimizni oshiradi.

Shuning uchun talabalarga yumshoq ko‘nikmalarni faol rivojlantirishni tavsiya

qildik. Talabalarning kelajakda shaxsiy va kasbiy o‘sishdagi muvaffaqiyati ko‘p jihatdan
ota-onalar va tarbiyachilar bilan muloqot qilish, his-tuyg‘ularni boshqarish, shaxslararo
munosabatlarni tushunish va konstruktiv fikr-mulohazalarni qabul qilish qobiliyatiga
bog‘liq bo‘ladi. Talabalar o‘zlarida:

1) moslashuvchanlik,
2) hamkorlik,
3) xushmuomalalik,
4) mas’uliyat,
5) shaxslararo muloqot
6) ijobiy munosabat,
7) halollik,
8) ijtimoiy ko‘nikmalar,
9) tashkiliy ko‘nikmalar,
10) mustaqil ishlash qobiliyati va o‘zgarishlarga moslashish qobiliyatini

takomillashishiga erishadilar [2].

Shu bois, amaliyot fan dasturlari doirasida yuqoridagi ko‘nikmalarni rivojlantirish

imkoniyatini hisobga olib, 160 nafar respondentlar ishtirokida so‘rovnoma o‘tkazildi.

OTM talаbalаr uchun tadqiqot ishi doirasidа qo‘llаnilgаn “Yumshoq ko‘nikmalar

(soft skills)” metodining samaradorligini baholаsh natijalаri

Baholаsh mezonlаri

Kuz

at

ilg

an

ko‘nikm

ala

r

(%)

hisobi

1

Shaxsiy xislatlar:

bolalarni yaxshi ko‘rishi, mehnatsevarlik,

jamoat ishlarida faollik.

43

20

2

Hamkorlik faoliyatiga oid bilimlarga egalik:

ota-onalar bilan

hamkorlik ishlarining mazmuni, maqsadi va vazifalari, shakllarini

bilishi.

24

14

3

Shaxsiy pedagogik uddaburonlik:

maqsadlarini rejalashtira

olishi, hamkorlik faoliyatida muhim shart-sharoitlarni belgilashi,

20

10


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 6 (2024) / ISSN 2181-3701

49

suhbat mazmunini belgilashi.

4

Shaxslararo munosabatlar:

ijtimoiy yo‘naltirilgan (keng

jamoatchilikka qaratilgan va jamiyat manfaatlaridan kelib

chiqadigan), guruhdagi predmetga yo‘naltirilgan (mehnat, ta’lim

jarayonidagi yoki biror topshiriq bajarish jarayonidagi muloqot),

shaxsiy muloqot (bir shaxsning boshqa shaxs bilan o‘z

muammolarini yechish maqsadida o‘rnatgan munosabatlari),

pedagogik muloqot (pedagogik jarayonda ishtirok etuvchilar

o‘rtasida amalga oshiriladigan murakkab uzaro ta’sir jarayoni)
pedagogik muloqot, shaxsiy muloqot, ijtimoiy yo‘naltirilgan

muloqot

23

12

5

Mustaqil ishlash qobiliyatini tarkib topishi, o‘zining xatti-

harakatlari va qarorlari uchun javobgarlikni tan olashi

10

8


Biror uslubni tanlash uchun MTT tarbiyachisi talabalarni ota-onalar bilan hamkorlik

ishlariga tayyorgarlik darajasini, muloqot ko‘nikmalarini egallashi, ota-onalar bilan
hamkorlikka oid treninglar, suhbatlarni mustaqil bajara olishi, o‘z-o‘zini boshqarish
holatini oldindan bilishi kerak. Bu jarayonning asosiy vazifasi talabalarni amaliyotdagi
faolligi hamda tadbirlarda ishtirokini taʼminlashdan iboratdir. Shunga ko‘ra, hamkorlikka
tayyorlashni tashkil etishda ota-onalar fikri inobatga olinadi.

Talabalarni ota-onalar bilan hamkorlikka tayyorlashni rivojlantirish bo‘yicha

tarbiyaviy, ijtimoiy ishlarni tashkillashtirishda har bir talabaning fikri inobatga olinadi va
ularni umumlashtirgan holda eng samaralisi tanlanadi. Muhokamalar vaqtida barcha
talabalarning ishtiroki taʼminlanadi. Talabalar tomonidan bildirilayotgan tashabbuslar
qo‘llab-quvvatlanadi, mavjud imkoniyatlardan kelib chiqqan holda bu tashabbuslar
amaliyotga tatbiq etiladi.

Amaliyot rahbari zimmasidagi vazifa faqatgina talabalarning faoliyatini nazorat

qilish, tuzatishlar kiritishdan iborat bo‘lmasdan, asosiy eʼtiborni talabalarning ota-onalar
bilan olib borgan hamkorlik ishlaridagi yutuqlarini eʼtirof etgan yoki ularning xatolarini
o‘zlariga anglatgan holda samarali tavsiya berishga qaratiladi. Har bir talabaning ota-
onalar bilan ishlashdagi yutug‘ini alohida eʼtirof etish ularning yangi yutuqlarga
erishishlariga poydevor bo‘ladi. Ushbu uslubga asoslanib ish ko‘radigan amaliyot rabari
har bir talabaning qiziqishi va qobiliyatini hisobga olgan holda bajariladigan ishlarni to‘gʼri
taqsimlashga harakat qiladi, faol talabalarni taqdirlab borishni faoliyatining asosiy
yo‘nalishi sifatida belgilaydi.

Pedagogik amaliyot jarayonida talaba tarbiyachigina emas, u psixolog ekanligini

yodda tutmog‘i lozim. Chunki yaxshi tarbiyachi bo‘lish uchun yaxshi psixolog ham bo‘lish
lozim. Pedagogik amaliyot vositasida talabalarni ota-onalar bilan hamkorlik qilishga
tayyorlashga asoslangan faoliyat jarayoni amaliyot rahbarlarning talabalarga muloqot
asosida taʼsir etish yo‘llarini ham o‘z ichiga oladi. Bu borada keng tarqalgan metodik


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 6 (2024) / ISSN 2181-3701

50

yondashuvlar ishontirish, isbotli natijalarga asoslanish, bevosita hamda bilvosita taʼsir
ko‘rsatish, o‘z--o‘zini tarbiyalashdan iboratdir [3].

“Maktabgacha ta’lim” yo‘nalishi uchinchi bosqich 190 nafar talabalaridan tuzilgan

tajriba-sinov ishlarining shakllantiruvchi bosqichida quyidagi topshiriq va muammoli
vaziyatlar berildi.

Topshiriqlar:

1. Tarbiyachining ota-onalar bilan ertalabki suhbatdagi savollar mazmunini tahlil

qiling. Savollar to‘plamini tuzing.

2. Kuzatuvlaringiz asosida tarbiyachi yana qanday holatlarni hisobga olishi kerak?

Shaxsiy munosabatlaringiz asosida pedagogik vaziyatlarni tahlil qiling.

1-muammoli vaziyat

. Tarbiyachi uyali aloqa vositasi orqali tarbiyalanuvchining

onasi bilan Suhbatlashdi. Suhbat davomida onaning farzandi ota-onalar uchun tuzilgan
telegramm guruhdagi kundalik hisobot rasmlarida ko‘rinmayotgani bunga tarbiyachi
e’tiborli bo‘lishi kerakligi haqida e’tiroz bildirdi. Farzandi doimiy “fotohisobot”da
ko‘rinmasligi, bunday holat nima uchun takrorlanayotganini tushuntirib berishini talab
qildi. Tarbiyachi bunday holat boshqa takrorlanmasligi har bir bolaga e’tiborli bo‘lishda
javobgarligini yashirmadi. Sizningcha, tarbiyachi qanday yo‘l tutishi kerak edi? Onaning
e’tirozi to‘g‘rimi?

2-muammoli vaziyat.

Tarbiyachi guruhdagi Anvarni kun davomidagi holatini

kuzatar ekan, kechga tomon kelgan otasiga Anvarning kayfiyati negadir yaxshi bo‘lmagani,
tushlikda ham ovqatni oz miqdorda egani, oilasida kayfiyatiga ta’sir ko‘rsatadigan holat
bo‘lmagani haqida so‘radi. Shunda otasi, uyda ham shunday holat bo‘layotganini, oilaga
“Yangi mehmon” uka kelganidan beri shunday holat kuzatilayotganini aytib o‘tdi. Shunda
tarbiyachi Anvarga har doimgidan ko‘ra, ko‘proq e’tibor, mehr berish kerakligini,
individual metodlarni qo‘llashini ta’kidlab o‘tdi.

Anvarda nima uchun bunday holat yuzaga kelgan bo‘lishi mumkin? Tarbiyachi

individual metodlar deb qanday metodlarni nazarda tutdi?

Berilgan topshiriq yuzasidan talabalar tarbiyachilarning ota-onalar bilan muntazam

ravishda aloqada bo‘lishlari, bolalarning rivojlanishi va ta’lim-tarbiyasida hamkorlik qilish
uchun ertalabki suhbatlar muhim vosita ekanligini tushunib yetdilar. Ota-onalardan
olingan ma’lumotlar tarbiyachilarga bolalarga individual yondashish va ularning
ehtiyojlarini yanada yaxshilashga imkon berishini angladilar [4].

Umumiy savollar:

-

Kecha qanday o‘tdi? Yaxshi uxladingizmi?

-

Bugungi kunda bolangizning kayfiyati qanday?

-

Uyda biron-bir muammo yoki tashvish mavjudmi?

-

Bolangiz ertalab ovqatlanganmi?

-

Bolangizda biron-bir kasallik alomatlari bormi?

Ta’lim tarbiya haqida savollar:

-

Bolangiz bugun MTTda qanday faoliyatlarda qatnashadi?

-

Bolangizning kecha qanday vazifa bajarganini bilasizmi?

-

Uyda bolangiz tarbiyasida sizga biron-bir yordam kerakmi?

-

Bolangizning har tomonlama rivojlanishini kuzatib borasizmi?

Bola salomatligi haqida savollar:

-

Bolangizning allergiyasi yoki boshqa tibbiy holati qanday?

-

Bolangizning oziq-ovqatga bo‘lgan allergiyasi yoki cheklovlari bormi?


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 6 (2024) / ISSN 2181-3701

51

-

Bolangizga alohida ehtiyojlari yoki ko‘rsatmalar kerakmi?

Tuzilgan savollar to‘plami natijasida talabalar kasbiy faoliyatda nimalarga e’tibor

berish kerak, ota-onalarning o‘ziga xosligi, bolalarga individual munosabatda bo‘lish
kerakligi, kuzatish va tahlil qilish ota-onalar bilan hamkorlik ishlarida yoqori samara
berishiga amin bo‘ldilar.

1-Muammoli vaziyatga nisbatan talabalarning javoblari quyidagicha

turkumlashtirildi:

Javoblar mazmuni

Javoblar

soni:

%

1

Onaning tashvishi asosli. Bola ota-onalar uchun tuzilgan
telegramm guruhidagi kundalik hisobot rasmlarida
ko‘rinmasa, ota-onalar farzandlarining faoliyati va
rivojlanishi haqida to‘liq tasavvurga ega bo‘lolmaydi.

68

100%

2

Yo‘q, onaning e’tirozi to‘g‘ri emas. Ota-onalar farzandlarining
faoliyati va rivojlanishi haqida to‘liq tasavvurga ega bo‘lishga
haqli, lekin tarbiyachining ishiga aralashish kerak emas.
Chunki tarbiyachi bolalarga bir vaqtning o‘zida har bir
bolning faoliyati haqida to‘liq xabardor qila olmaydi.

25

100%

3

Tarbiyachi ota-onalar bilan rasmlardagi bolalarni qanday aks
ettirish haqida maslahatlashishi, birgalikda yechim topishi
kerak.

87

100%

4

Tarbiyachi va ota-ona hamkorligida arzimas xato deb
hisoblayman.

10

100%

Jami:

190

100%


2-Muammoli vaziyatga nisbatan talabalarning javoblari quyidagicha

turkumlashtirildi:

Javoblar mazmuni

Javoblar

soni:

%

1

Uka kelishi oiladagi dinamikani o‘zgartirib yuborgan bo‘lishi
mumkin. Anvar avvalroq e’tibor va mehrning yagona
markazi bo‘lgan, ammo endi uka bilan bo‘lishishga majbur
bo‘lgan. Bu Anvarda xavfsizlik hissi yo‘qolishiga va o‘zini
yolg‘iz his qilishiga olib kelishi mumkin.

79

100%

2

Anvar MTTda yangi muhitga moslashishga harakat qilgan
bo‘lishi mumkin. Bu unga stress va tanqid kabi hislarni
keltirib chiqarishi mumkin, natijada uka bilan bo‘lgan
o‘zgarishlar bilan birga kayfiyatining yomonlashishiga olib
kelishi mumkin.

31

100%

3

Tarbiyachi Anvarga g‘amxo‘rlik va qo‘llab-quvvatlash
ko‘rsatish uchun har doimidan ko‘proq e’tibor berishi kerak.

15

100%


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 6 (2024) / ISSN 2181-3701

52

4

Tarbiyachi Anvarning ota-onalari bilan hamkorlik qilib,
vaziyatni yaxshilash uchun birgalikda ishlay olishi kerak.
Ota-onalar uyda Anvarga ko‘proq e’tibor berish va uning
kayfiyati haqida tarbiyachini xabardor qilish uchun choralar
ko‘rishlari kerak

75

100%

Jami:

190

100%


Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi uchun amaliyot tizimining uzviyligi asosida

talabalarni ota-onalar bilan hamkorlik qilishga tayyorlash darajasi quyidagi ballar orqali
baholandi.

1.

100% - 85% ̶ “5” ball

2.

85% - 75% ̶ “4” ball

3.

69% - 55% ̶ “3” ball

Ta’lim samaradorligini oshirish, shaxsning ta’lim markazida bo‘lishini va

talabalarning ota-onalar bilan hamkorlik qilishlarini ta’minlash uchun maktabgacha ta’lim
tashkilotlarida pedagog sifatida yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan va o‘z sohasidagi bilimlarni
mustahkam egallashdan tashqari, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni va interfaol
usullarni biladigan, ulardan ta’lim-tarbiyaviy mashg‘ulotlarni tashkil etishda foydalanish
qoidalarini biladigan tarbiyachilar kerak[5]. Buning uchun barcha tarbiyachilarini ilg‘or
pedagogik texnologiyalar va interfaol usullar bilan qurollantirish va olgan bilimlarini
ta’lim-tarbiyaviy mashg‘ulotlarda qo‘llash malakalarini uzluksiz oshirib borish lozim.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1. Azimova Z.E., Abduraxmonova S.Sh. “Is it a Social Need to Engage Young Mothers

in Science?” International Journal on Integrated Education IJIE | Research Parks Publishing
(IDEAS Lab) Volume 6, Issue 5 | May -2023.

2. Abduraxmonova S. Sh. “Pedagogik amaliyot - talabalarni ota-onalar bilan

hamkorlik qilishga tayyorlashda kasbiy kompetensiyasini rivojlantirish omili sifatida”
MUG‘ALLIM HӘM ҮZLIKSIZ BILIMLENDIRIO‘ Ilimiy-metodikalыq jurnal 2023. 3/3-
san.131- b.

3. Abdurakhmonova, S.Sh., Ergasheva, S.U. (2023) Pedagogik amaliyot vositasida

talabalarni ota-onalar bilan hamkorlik qilishining mazmuni [The content of cooperation
between students and parents by means of pedagogical practice] Science and education
scientific journal. Vol. 4. Issue 7. Pp. 482-484.

4. Abduraxmonova S.Sh. “Metodika fanlarni o‘qitish texnologiyasi fanidan amaliy-

seminar mashg‘ulotlar va metodikalar [Matn]: O‘quv qo‘llanma / - Toshkent: Ilm-ziyo-
zakovati, 2023. - 119 b. BBK: 829.224 UDK: 335.387.002.

5. Abduraxmonova S.Sh. “PROFESSIONAL TRAINING AS A FACTOR OF

PROFESSIONAL SKILLS IMPROVEMENT OF FUTURE TEACHERS” International Journal of
Pedagogics (ISSN – 2771-2281) VOLUME 02 ISSUE 11 Pages: 01-07 SJIF IMPACT FACTOR
(2021: 5. 705) (2022: 5. 705) OCLC – 1121105677 METADATA IF – 5.689.

Библиографические ссылки

Azimova Z.E., Abduraxmonova S.Sh. “Is it a Social Need to Engage Young Mothers in Science?” International Journal on Integrated Education IJIE | Research Parks Publishing (IDEAS Lab) Volume 6, Issue 5 | May -2023.

Abduraxmonova S. Sh. “Pedagogik amaliyot - talabalarni ota-onalar bilan hamkorlik qilishga tayyorlashda kasbiy kompetensiyasini rivojlantirish omili sifatida” MUG‘ALLIM HӘM ҮZLIKSIZ BILIMLENDIRIO‘ Ilimiy-metodikalыq jurnal 2023. 3/3-san.131- b.

Abdurakhmonova, S.Sh., Ergasheva, S.U. (2023) Pedagogik amaliyot vositasida talabalarni ota-onalar bilan hamkorlik qilishining mazmuni [The content of cooperation between students and parents by means of pedagogical practice] Science and education scientific journal. Vol. 4. Issue 7. Pp. 482-484.

Abduraxmonova S.Sh. “Metodika fanlarni o‘qitish texnologiyasi fanidan amaliy-seminar mashg‘ulotlar va metodikalar [Matn]: O‘quv qo‘llanma / - Toshkent: Ilm-ziyo-zakovati, 2023. - 119 b. BBK: 829.224 UDK: 335.387.002.

Abduraxmonova S.Sh. “PROFESSIONAL TRAINING AS A FACTOR OF PROFESSIONAL SKILLS IMPROVEMENT OF FUTURE TEACHERS” International Journal of Pedagogics (ISSN – 2771-2281) VOLUME 02 ISSUE 11 Pages: 01-07 SJIF IMPACT FACTOR (2021: 5. 705) (2022: 5. 705) OCLC – 1121105677 METADATA IF – 5.689.