Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika –
Зарубежная лингвистика и
лингводидактика – Foreign
Linguistics and Linguodidactics
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics
General theoretical problems of proper nouns
Maftuna BAKHTIYOROVA
1
University of Economics and Pedagogy
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received October 2024
Received in revised form
10 November 2024
Accepted 25 November 2024
Available online
25 December 2024
The article discusses the general theoretical problems in the
field of studying the general problems of proper names in
linguistics. In particular, the differences between proper names
and common names are shown on the basis of theories given by
famous linguists, in linguistics information about the emergence
of the approach to proper names from an abstract-logical and
concrete-historical point of view.
The article analyzes the assumption that the names of people
and things are assimilated from their inherent natures, especially
with emphasis on important features in their natures. Hence, it is
concluded that even in the modern culture of many countries,
proper names have retained a certain meaning for their owners.
2181-3701/© 2024 in Science LLC.
DOI:
https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol2-iss6
This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru
Keywords:
proper name,
common name,
onomastics,
symbol,
object,
lexics,
linguistics,
semantic content.
Atoqli otlarning umumnazariy muammolari
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar:
atoqli ot,
turdosh ot,
onomastika,
timsol,
obyekt,
leksika,
tilshunoslik,
semantik mazmun.
Maqolada tilshunoslikda atoqli otlarning umumnazariy
muammolarini tadqiq etish sohasida еchimini kutayotgan
muammolar haqida fikr yuritiladi. Jumladan, atoqli otlar bilan
turdosh otlar orasidagi farqlar mashhur tilshunoslar tomonidan
berilgan nazariyalarga tayangan holda ko‘rsatib beriladi,
tilshunoslikda atoqli otlarga abstrakt-mantiqiy va konkret-
tarixiy nuqtai nazardan yondashuvning vujudga kelishi haqida
ma’lumot beriladi. Maqolada inson va narsalarning nomi ularga
xos bo‘lgan tabiatlaridan kelib chiqqan holda, ayniqsa,
tabiatlaridagi muhim xususiyatlarga urg‘u berilgan holda
o‘zlashtiriladi degan faraz tahlil qilinadi. Demak, ko‘pgina
mamlakatlarning hozirgi zamondagi madaniyati sharoitida ham
atoqli otlar o‘z sohibi uchun ma’lum ma’noni saqlab qolgan degan
xulosaga kelinadi.
1
PhD, Acting Associate Professor, Department of Foreign Languages, University of Economics and Pedagogy.
E-mail: maftunabakhtiyorovna.phd@gmail.com
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 6 (2024) / ISSN 2181-3701
41
Общие теоретические проблемы собственных имен
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
имя собственное,
имя нарицательное,
ономастика,
символ,
объект,
лексика,
языкознание,
семантическое значение.
В статье рассматриваются общтеоретические проблемы
в области изучения общих проблем имён собственных в
языкознании. В частности, показаны различия между
именами собственными и именами нарицательными на
основе теорий, данных известными лингвистами, в
языкознании сведения о появлении подхода к именам
собственным с абстрактно-логической и конкретно-
исторической точек зрения.
В статье анализируется предположение о том, что имена
людей и вещей усваиваются из присущих им натур,
особенно с акцентом на важные черты в их натурах. Отсюда
делается вывод, что даже в современной культуре многих
стран имена собственные сохранили для своего владельца
определенное значение.
KIRISH
So‘nggi paytlarda tilshunoslikda til faqat muloqot vositasi sifatida emas, millatning
madaniy ko‘rsatgichi sifatida qaraluvchi tadqiqotlar juda ko‘plab olib borilmoqda. Bu kabi
tadqiqotlar xalq madaniyatining eng nozik qirralaalri uning o‘ziga xos bo‘lgan tilida
namoyon bo‘lishi to‘g‘risidagi tasavvurlarga asoslanadi. Bunday yondashuvlardan kelib
chiqib, til nafaqat millatning zamonaviy mentaliteti, shuningdek, oldingi davr
odamlarining dunyo, jamiyat, va o‘zlari haqidagi fikrlarini ham tahlil etishni talab etadi.
Onomastik material juda katta madaniy salohiyatga ega bo‘lishiga qaramay,
onomastika lingvomadaniy aspektda еtarli darajada o‘rganilmagan. E.L. Berezovich
taʼkidlaganidek, atoqli otning madaniy va tarixiy qiymati haqidagi axborotni eʼlon
qilishning o‘zi еtarli emas, balki onomastikondan madaniy va tarixiy maʼlumotlarni olish
metodologiyasi, shuningdek, bu maʼlumotlarni tavsiflash va talqin qilish metodologiyasini
ishlab ham chiqish kerak [3].
XX asrda atoqli otlar xaqidagi mantiqiy yo‘nalishni mashhur ingliz faylasufi va
mantiqshunosi Bertran Rassel (1872–1970) yanada rivojlantirdi. Uning fikricha, ma’lum
makonda va zamonda atoqli otlar yordamida ifodalanuvchi ma’no turdosh otlarga
nisbatan aniqroq, ilmiyroq xarakterga egadir. Bu jihatdan atoqli otlar
bu, o‘sha, ana shu,
ana bu
singari ko‘rsatish olmoshlariga juda yaqin turadi [3: 67].
Daniya tilshunosi Paul Kristofersen atoqli otlar bilan turdosh otlar orasidagi farqni
ularning birinchisi aniq, konkret ma’noni, keyingisi esa mavhum ma’noni ifodalashida
ko‘radi. Atoqli otlar individning, shaxsning bevosita ismi, nomi bo‘lsa, turdosh otlar
bilvosita nomlardir. Turdosh otlar dastlab butun bir guruh, to‘da nomini bildiradi,
keyinchalik bu nom konkretlashadi. Ingliz tilshunosi Alan Gardinerning “Atoqli otlar
nazariyasi” (1954) nomli asari onomastika fanini yangi bosqichga ko‘tardi. J. Millning
atoqli otlarda ma’no yo‘qligi haqidagi fikrini rivojlantirib A.Gardiner atoqli otlar o‘ziga xos
nomlar bo‘lib, predmet, voqea-hodisa haqida anik, konkret tasavvurlar yig‘indisini o‘zida
ifoda etadi degan fikrni ilgari suradi [1: 43].
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 6 (2024) / ISSN 2181-3701
42
Bu jihatdan atoqli otlar ikkiga bo‘linadi: a) mujassamlanuvchi, timsol bo‘la oluvchi
atoqli otlar va b) mujassamlanmovchi, timsol bo‘la olmovchi atoqli otlar. Masalan,
Vilyam
Shekspir, Temza daryosi
kabi atoqli otlar mujassamlanuvchi atoqli otlar guruhiga kiradi,
chunki ular ma’lum bir shaxs (bu o‘rinda buyuk dramaturg) va geografik ob’ekt
(bu o‘rinda daryo) haqida umumiy, yaxlit tasavvur beradi. Agar biz oddiygina kilib Vilyam
desak, bu mujassamlanmovchi, kishi ismi haqida umumiy tasavvur beruvchi atoqli otni
bildiradi. Mujassamlanuvchi atoqli otlar tarixiy nuqtai nazardan birmuncha oldinroq
mavjud bo‘lgan atoqli otlardir. Masalan,
Amir Temur, Mirzo Ulugbek, Alisher Navoiy,
Zahiriddin Muhammad Bobur
kabi antroponimlar bu nazariyaga ko‘ra mujassamlanuvchi
atoqli otlar guruhiga kiradi, chunki ular mamlakatimiz davlatchiligi tarixi, madaniyatida
juda katta o‘rin tutgan mashhur shaxslar haqidagi timsollarni o‘zida mujassamlashtiradi.
Ota-onalar o‘z bolalarini ana shunday mashhur shaxslarga o‘xshashini orzu qilib qo‘ygan
Temurbek, Ulug‘bek, Alisher, Bobur
kabi antroponimlar esa mujassamlanmovchi atoqli
otlar sirasiga mansubdir [9: 36].
ADABIYOTLAR TAHLILI
Onimlarning denotatsiyaga nisbatan terminologik tizimi va tasnifi, til
diaxroniyasida kechgan tarixiy jarayonlar tasviri, atoqli otlarning shakllanish jarayonlari,
ularning matn tuzilishidagi roli xorijiy tilshunos olimlar J.O. Butler, A.H. Gardiner,
R. Langacker, M.A. Halliday, G.N. Leech, A. Wierzbicka, S. Brendler, B. Abbott, K. Bach,
W.F. Nicolaisen, L.R.N. Ashley, rus tilshunos olimlari A.A. Reformatskiy, A.V. Superanskaya,
V.D. Bondaletov,
M.V. Gorbanevskiy,
V.N. Mixaylov,
V.A. Nikonov,
L.M. Shetinin,
V.I. Bolotov, N.D. Arutyunova, V.A. Maslova, Y.S. Kubryakova, I.R. Galperin, V.I. Karasik,
V.I. Txorik,
S.G. Ter-Minasova,
V.V. Vorobyov,
Y.A. Karpenko,
N.V. Podolskaya,
N.V. Baskakov, V.I. Suprun, M.V. Gorbanevskiylarning ilmiy ishlarida amalga oshirilgan, bu
ishlarning eʼtibor markazida Inson va uning ismi, ismning shaxs ichki dunyosiga taʼsiri va
insonning olam bilan o‘zaro aloqasini aniqlash nuqtayi nazarida o‘rganish yotgan.
TADQIQOT METODOLOGIYASI
Tanikli tilshunos M.I.Steblin-Kamenskiy qadimgi island adabiyoti materiallari asosida
onomastik leksikani mujassamlanish nuqtai nazaridan o‘rganar ekan, island adabiyotida
qo‘llanilgan onomastik leksikada umuman “mujassamlanish” hodisasi bo‘lmaganligini qayd
qiladi. Uning fikricha, har qanday atoqli ot muayyan denotatni, ma’noni ifodalab kelgan
[13:
105-106]. O‘z vaqtida T. Gobbs tomonidan ishlab chiqilgan atoqli otlarning
“mujassamlanish” xususiyati haqidagi ta’limot keyinchalik G. Leybnis tomonidan yanada
takomillashtirilgan edi. Nemis faylasuf olimi G. Leybnisning fikriga ko‘ra, atoqli otlarda
konkret va mavhum tafakkur elementlari ifodalangan bo‘ladi. Olimning bu fikri atoqli otlarni
tilda
(muloqotning
belgili
elementlari
tizimida)
va
nutqda
(bu elementlarning kommunikativ nuqtai nazardan qo‘llanishida) olib karash nuqtai
nazaridan ahamiyatlidir. Ana shunday qarashlar tufayli tilshunoslikda atoqli otlarga
abstrakt-mantiqiy va konkret-tarixiy nuqtai nazardan yondoshuv vujudga keldi [7: 21-23].
J. Mill tomonidan asoslangan atoqli otlarda hech qanday ma’no elementi yo‘q, degan
ilmiy qarash keyinchalik V. Bryondal, E. Boyssensom, L. Elmslev kabi taniqli tilshunos
olimlar tomonidan rivojlantirildi. Natijada ayrim olimlar, jumladan, Daniya tilshunosi
Knud Togebyu atoqli otlar (jumladan, olmoshlar ham) semantik mazmunga ega
bo‘lmaganligi uchun o‘zaro sinonimlardir. Shunga ko‘ra yakka individ, shaxs bir necha
ismga, bir necha shaxslar esa bir umumiy ismga ega bo‘lishi mumkin, bunga misol qilib
adashlar va familiyadoshlarni keltirib o‘tish mumkin. Bu fikrga teskari qarashlar ham
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 6 (2024) / ISSN 2181-3701
43
mavjud, ya’ni atoqli otlar, so‘z bo‘lgani uchun xuddi turdosh otlar kabi xilma-xil
xususiyatlarga egadir. Bunday qarash o‘z vaqtida faylasuf-stoiklar tomonidan asoslangan
edi, keyinchalik XIX asrda X. Djozef, J. Mill, XX asrda O. Espersen kabi olimlar tomonidan
rivojlantirildi. Masalan, Daniyalik olim O. Espersenning ta’kidlashicha, “atoqli otlar
turdosh otlarga nisbatan ko‘prok xususiyatlarga egadir. Atoqli otlar o‘zida juda ko‘plab
belgi-xususiyatlarni konnotatsiya qiladi”. [2: 116].
TAHLILLAR VA NATIJALAR
XX asrning 60–70-yillarida taniqli rus tilshunosi A.V. Superanskaya atoqli otlarning
tilshunoslikda (ayniksa, chet el tilshunosligida) o‘rganilish tarixi bilan maxsus
shug‘ullandi, hamda “Atoqli otlarning umumiy nazariyasi” nomli yirik tadqiqotini e’lon
qildi. Ismlar o‘z ob’ekti haqida ma’lum bir axborotlarni berishi mumkin degan fikrni olg‘a
surish barobarida, professor A.V. Superanskaya ushbu axborotlarning uch tipini qayd qilib
o‘tadi: 1) lisoniy, ya’ni til birligi sifatida ular shaxslarni atashga, individlarni bir–biridan
ajratishga xizmat qiladi; 2) nutqiy, ya’ni ushbu axborot turida so‘zlovchining shu ismga
munosabati ifodalanadi; 3) qomusiy, qomusiy informatsiya esa antroponim asoslagan
apellyativ ma’noga yaqinlashadi (Nazokat ismida noziklik, noz semalari dominantlik
qiladi) [15: 16].
Shundan keyin V.A. Nikonovning “Ism va jamiyat” (1974), A. Karpenkoning “Atoqli
va turdosh otlarni farqlashning nazariy asoslari” (1975), A.D. Zverevning “Atoqli va
turdosh otlar haqida” (1976), I.I. Kovalikning “Ukrain tilida atoqli va turdosh otlar” (1977)
nomli asarlari e’lon qilindi; “Atoqli va turdosh otlar” nomli alohida ilmiy to‘plam nashr
etildi (1978). Taniqli olim A.A. Reformatskiy o‘z vaqtida atoqli va turdosh otlarni
quyidagicha farqlashni taklif etgan edi: atoqli otlar birinchi navbatda nominativ funksiyaga
ega, ya’ni muayyan predmetlarni, narsa-hodisalarni alohida nomlash uchun xizmat qiladi,
turdosh otlar esa semasiologik, ya’ni ifodalovchi funksiyani bajaradi, ya’ni ular predmet,
voqea-hodisalarni nomlash bilan birga ular haqidagi tushunchani xam bildiradi
[12: 59].
Inson va narsalarning nomi ularga xos bo‘lgan tabiatlaridan kelib chiqqan holda,
ayniqsa, tabiatlaridagi muhim xususiyatlarga urg‘u berilgan holda o‘zlashtiriladi degan
faraz ko‘pgina faylasuf va tilshunos olimlarning ilmiy ishlarida o‘z aksini topdi (Losev
1990; Lotman 1971; Toporov 1989; Florenskiy 2000). Ob’ektning mohiyatini anglashda
nomlarning ahamiyatiga alohida e’tibor qaratgan P. Florenskiy, jumladan, shunday yozadi:
“nom shunday nozik xilqatki, u orqaligina ruhiy mohiyat anglashiladi”. Pravoslav
mazhabiga mansub ko‘pgina nomlarning bir qator konkret tarixiy shaxslar taqdiriga
daxldorligi xususida tahlillar olib borish natijasida u berilgan nomda shaxsning qanday
kishilar sirasiga mansubligi aks etadi, uning ruhiy va ma’naviy mohiyatini aniqlashtirib
beruvchi ontologik shakli ifodalanadi degan xulosaga keladi. [11: 40].
Nomlash tabiatini tushunishga qaratilgan va ko‘pgina bahslarga sabab bo‘lgan
ushbu yondoshuv kishilarga tug‘ilgan paytlarida emas, balki hayotlari davomida nom
berilishi; shuningdek, ba’zi estetik afzalliklarni ma’qulash tufayli yoki o‘z ichki
ehtiyojlaridan kelib chiqib kishilar o‘zlari uchun yangi nom tanlab olgan holatlardagina
o‘zini oqlar edi. Amaliyot shuni ko‘rsatdiki, yangi nom kishini o‘zgartiradi, ammo buning
uchun odamning o‘zi ham hayotidagi yangi burilishlarga tayyor bo‘lishi kerak, yangi tanlab
olingan nom esa insonning hayotida yangi davr boshlanishiga turtki bo‘ladi. Nomlarning
ahamiyati yana shu bilan muhimki, ularda oilaviy va umumiy an’analar, udumlar
mujassamlashgan bo‘ladi, ular vaqt va makonda individlarga qaraganda mohiyatan
butunlay real va tengsiz ko‘lamda mavjuddir [14: 185].
Bu muammo hozirgi kunga qadar tilshunoslar, faylasuflar va boshqa fan vakillarini
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 6 (2024) / ISSN 2181-3701
44
qiziqtirib kelmoqda. Masalan, 1978-yilda Krakov shahrida o‘tkazilgan XIII xalkaro
Onomastik kongress “Turdosh otlar va atoqli otlar” muammosiga bag‘ishlangan edi. 1984
yilda Leypsig shahrida o‘tkazilgan XV xalqaro Onomastik kongress esa atoqli otlarni
sotsiolingvistik yo‘nalishda o‘rganish muammolarini muhokama qilgan edi [6: 5-12].
Turkologiyada ham onomastika masalalari tadqiqiga bag‘ishdangan qator ishlar
mavjud. Bu sohada akademik V.V. Radlov, V.A. Gordlevskiy, N.A. Baskakov, G‘.F. Sattorov,
T.Jonuzoqov va boshqa olimlar samarali ish olib borganlar. Jumladan, N.A. Baskakov
hozirgi kunda rus tilida faol qo‘llanilayotgan yuzdan ortiq kishi nomlarining kelib chiqishi
jihatidan turkiy ekanligini isbotlab berdi. O‘zbek tilshunosligida antroponimika
masalalarini o‘rganish, ularni ilmiy tadqiq qilish ham o‘z tarixiga ega. Bu sohada
S. Ibrohimov, E. Begmatov, R. Qo‘ng‘urov, A. Muxtorov, D. Abdurahmonov, E. Qilichev,
G‘. Sattorov va boshqalar qator maqola va monografiyalar e’lon qildilar. Bu o‘rinda biz
ularda olg‘a surilgan ayrim fikrlar haqida to‘xtalib o‘tamiz. O‘zbek antroponimlarining
lisoniy xususiyatlarini o‘rganishga qiziqish, asosan, 1960 yillarda yuzaga keldi. Dastlab,
D. Abdurahmonovning “Nom qo‘yish” maqolasi nashr qilindi [5: 36].
So‘ngra prof. F. Abdullaev Xorazm shevalarida ismlarning qisqarish xususiyatlariga
doir qimmatli materiallarini e’lon qildi va uni ilmiy asosladi [Abdullaev: 3]. Mana shu
davrda A. Ishaev “Mang‘it shevasidagi laqablarga doir”, S. Ibrohimov va N. Mamatovlarning
“Ism va familiyalarning imlosiga oid”, H. Bektemirovning “Nomlarning o‘rganilish
tarixidan” kabi qator maqolalari yuzaga keldi. O‘zbek tilshunosligining keyingi taraqqiyot
davrida o‘zbek antroponimlar sistemasini monografik tarzdi o‘rgangan olim
G‘. Sattorovdir. U o‘zining “O‘zbek ismlarining turkiy qatlami” nomli nomzodlik
dissertatsiyasida turkiy, jumladan, o‘zbek antroponimlarining tarixi masalalarini tahlil
qiladi. Muallif o‘zbek antroponimlarining qadimiy namunalari ikki manbada saqlanib
qolganligini qayd etadi:
1) tarixiy yozma obidalar tilida;
2) hozirgi davr antroponimik fondda.
1973-yilda til falsafasi bo‘yicha yirik mutaxassis Yevgeniy Grodzinskiyning “Atoqli
otlar umumiy nazariyasidan ocherk” nomli monografiyasi e’lon qilinadi. Bu ishda
Ye.Grodzinskiy atoqli otlarni quyidagi uch guruhga ajratadi: a) bir designatli (designat –
so‘z orkali ifodalanuvchi predmet, ifodalanuvchi denotat) yoki ideal atoqli otlar;
b) ko‘p designatli atoqli otlar; v) bo‘sh, yoki designatga ega bo‘lmagan atoqli otlar (mavjud
bo‘lmagan predmetlar, mifologik tasavvurlarni ifoda etuvchi atoqli otlar).
J. Mill va uning tarafdorlari tomonidan olg‘a surilgan atoqli otlarda ma’no va konnotatsiya
ifodalanmasligi haqidagi nazariyaga munosabat bildirib, Ye.Grodzinskiy atoqli otlar ham
biror predmet, voqea-hodisa haqida ma’no bildiradi, designatga ega bo‘ladi, degan fikrni
asoslashga intiladi [8: 21].
Ilmiy adabiyotlarda qayd etiladiki, yangi tug‘ilgan chaqaloqqa nom tanlash/berish
tasodifiy holat emas, u oilaviy yoki diniy an’analarga binoan, har xil madaniy faktorlarga
ko‘ra, joylardagi umumiy onomastik tamoyillar, nomlarda mavjud stilistik axborot, lisoniy-
ekspressiv bo‘yoqdorlik, yoki shunchaki urf asosida shartlangan bo‘lishi mumkin (Algeo
2000, 1986, Clark 1996, Dunkling 1977, Hanks 2006, Harrison 1990, Lawson 1987,
Seeman 1980, Som 1989, Watzlawik 2016, Gilfanova 2008, Gilyazov 2010, Yefimenko
2009, Kulikova 2016, Namitokova 2010, Щetinin). Demak, ko‘pgina mamlakatlarning
hozirgi zamondagi madaniyati sharoitida ham atoqli otlar o‘z sohibi uchun ma’lum
ma’noni saqlab qolgan (Kaplan 1999, Miller 2016, Rieger 2015, Rolt 2017, Watzlawik
2016, Garagul 2012, Muxin 2007).
XULOSALAR
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 6 (2024) / ISSN 2181-3701
45
Umuman olganda, tilshunoslikda atoqli otlarning umumnazariy muammolarini
tadqiq etish sohasida yеchimini kutayotgan muammolar juda ko‘p. Bu esa kelgusida
onomastikaga doir tadqiqotlarni yanada kuchaytirishni talab qiladi. So‘nggi paytlarda
tilshunoslikda til faqat muloqot vositasi sifatida emas, millatning madaniy ko‘rsatgichi
sifatida qaraluvchi tadqiqotlar ham ko‘plab olib borilmoqda. Bu kabi tadqiqotlar xalq
madaniyatining eng nozik qirralari uning o‘ziga xos va betakror bo‘lgan tilida namoyon
bo‘lishi to‘g‘risidagi tasavvurlarga asoslanadi, bunday yondashuvlardan kelib chiqib, til
nafaqat millatning zamonaviy mentaliteti, shuningdek, oldingi davr odamlarining dunyo,
jamiyat va o‘zlari haqidagi fikrlarini ham tahlil etishni talab etadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1.
Gardner St. The Case of the Eaten Mink. – London: Penguin, 1985. – 186p.
2.
Jespersen O. A Modern English Grammar – On Historical Principles – Part VI –
Morphology. Yutang Press (August 21, 2013), 586 p.
3.
Russel B. Shakespeare’s Country. – London: Heinemann, 2008. – 499p.
4.
Абдуллаев Ф.A. Киши отларининг қисқариш усуллари // Ўзбек тили ва
адабиёти. 1980, 3–сон, 3-7 -б.
5.
Абдураҳмонов Д.А. Ном қўйиш // Фан ва турмуш. 1960, 6–сон.
6.
Агеева Р.А., Бахнян К.В. Социолингвистический аспект имени собственного
(К ХУ Международному конгрессу по ономастике, 13-17 августа 1984 г., Лейпциг). –
М.: Наука, 1984. – С. 5-12.
7.
Березин Ф.М., Головин Б.Н. Общее языкознание. – М.: Высшая школа, 1979. –
С. 21-23.
8.
Гордлевский В.А. К личной ономастике у османцев.// Древности восточные.
М., 1913. Т.IV
9.
Йўлдошев Б. Ўзбек ономастикаси масалалари. Самарқанд 2012
10.
Лосев А.Ф. Языковая структура. – Москва, МОПИ. 1983. – 374c.
11.
Лотман Ю.М. Семиосфера. – С-Пб.: Иcкусство – СПб, 2000. – 704 с.
12.
Реформатский, А.А. О сопоставительном методе / А.А. Реформатский //
Лингвистика и поэтика. – М.: Наука, 1987. – С. 40-52.
13.
Стеблин-Каменский М.И. Древнеисландская топономастика как материал
к истории имени собственного // Стеблин-Каменский М.И. Спорное в языкознании.
– Л.: Наука, 1974. – С. 105-106.
14.
Степанов Ю.С. Константы. Словарь русской культуры. – Москва:
Академический проект, 2004. – 991 с.
15.
Суперанская А.В. Структура имени собственного – М.: Наука, 1969. – 207с.
16.
Sadullaeva N, Bakhtiyorova M. Reflection of Onomastic Principles in Naming.
Annals of the Romanian Society for Cell Biology. 2021 Mar 1:3001-7.