Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika –
Зарубежная лингвистика и
лингводидактика – Foreign
Linguistics and Linguodidactics
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics
Units of measurement are linguistic elements representing
interdisciplinary integration for exact sciences
Shakhbozbek ZOIRJANOV
1
Namangan State University
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received October 2024
Received in revised form
10 November 2024
Accepted 25 November 2024
Available online
25 December 2024
Units of measurement play a crucial role in the development
of science and technology. They are essential in ensuring
integration between various disciplines, particularly exact
sciences, and serve as a common language. Exact sciences based
on mathematics rely on units of measurement to understand
interconnected processes, compare data, and generate new
knowledge. This article explores how units of measurement
contribute to interdisciplinary integration in the exact sciences
and highlights their significance in science and technology.
2181-3701/© 2024 in Science LLC.
DOI:
https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol2-iss6
This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru
Keywords:
units of measurement,
integration of sciences,
standardization,
cooperation in science,
education,
standard units,
metric system,
metrology,
terminological consistency,
data comparison,
linguistic integration.
Oʻlchov birliklari – aniq fanlar uchun fanlararo
integratsiyani ifodalovchi til birligi
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar:
oʻlchov birliklari,
fanlar integratsiyasi,
standartlashtirish,
ilm-fan hamkorligi,
taʼlim,
standart birliklar,
metrik tizim,
metrologiya,
terminologik izchillik,
maʼlumotlarni taqqoslash,
lingvistik integratsiya.
Oʻlchov birliklari ilm-fan va texnologiyalarning rivojlanishida
muhim rol oʻynaydi. Ular turli fanlar, xususan, aniq fanlar
oʻrtasidagi o‘zaro integratsiyani taʼminlashda hal qiluvchi
ahamiyatga ega boʻlib, umumiy til vositasi sifatida xizmat qiladi.
Matematikaga asoslangan aniq fanlar oʻzaro bog‘liq jarayonlarni
tushunish, maʼlumotlarni solishtirish va yangi bilimlar
yaratishda oʻlchov birliklariga tayanadi. Bu maqolada oʻlchov
birliklarining aniq fanlarda fanlararo integratsiyaga qanday
hissa qoʻshishi, ularning fan va texnologiyada nechogʻli muhim
ekanligi yoritiladi.
1
PhD student, Namangan State University. E-mail: zoirjanovshakhbozbek@gmail.com
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 6 (2024) / ISSN 2181-3701
120
Единицы
измерения
–
языковая
единица,
представляющая
собой
междисциплинарную
интеграцию для точных
наук
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
единицы измерения,
интеграция наук,
стандартизация,
сотрудничество науки,
образование,
стандартные единицы,
метрическая система,
метрология,
терминологическая
последовательность,
сравнение данных,
лингвистическая
интеграция.
Единицы измерения играют важную роль в развитии
науки и техники. Они имеют решающее значение в
обеспечении взаимной интеграции между различными
дисциплинами, в частности, точными дисциплинами, и
служат средством общего языка. Точные науки, основанные
на математике, опираются на единицы измерения для
понимания взаимосвязанных процессов, сравнения данных
и создания новых знаний. В статье рассматривается, как
единицы измерения вносят вклад в междисциплинарную
интеграцию в точных науках и насколько они важны в науке
и технике.
KIRISH
O‘lchov birliklari ilm-fanning har bir sohasida, xususan, aniq fanlarda hal qiluvchi
rol o‘ynaydi. Ular nafaqat fizikaviy kattaliklarni o‘lchash vositasi sifatida, balki turli ilmiy
fanlar o‘rtasidagi bog‘liqlik va tushunishni ta’minlovchi universal til sifatida ham xizmat
qiladi. Matematikaga asoslangan fanlar uchun aniq o‘lchovlar ilmiy natijalarning aniqligi
va ishonchliligini ta’minlaydi. Turli fanlarda bir xil o‘lchov birliklaridan foydalanish
imkoniyati natijalarni bir-biriga solishtirish, tushunish va qo‘llashni osonlashtiradi. Ushbu
maqola o‘lchov birliklarining aniq fanlar uchun fanlararo integratsiyani qanday ifodalashi
va ilmiy jarayonlar uchun nechog‘li muhim ekanligini tahlil qiladi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
O‘lchov birliklarining fanlararo integratsiyadagi o‘rni haqida mavjud adabiyotlar va
ilmiy maqolalar tahlil qilinadi. Bu jarayonda metrik tizimning rivojlanishi, o‘lchov
birliklarining xalqaro darajadagi standarti, va turli fanlar uchun umumiy tushuncha
yaratishda o‘lchovlarning roli o‘rganiladi. Shuningdek, metrik tizimning turli fanlar
o‘rtasidagi hamkorlikni qanday kuchaytirganiga doir tarixiy va zamonaviy misollar
keltiriladi.
Tadqiqot obyektlarining tanlanishi:
Maqolada turli fanlar – matematika, fizika,
kimyo, biologiya va tibbiyot kabi – o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni o‘rganish uchun har bir fan
doirasidagi asosiy o‘lchov birliklari tanlanadi. Ular fanlararo hamkorlikda qanday
foydalanilayotganligi haqida tahlil o‘tkaziladi.
Solishtirma tahlil:
Ushbu metodologiya asosida o‘lchov birliklarining turli fanlarda
qanday qo‘llanishi tahlil qilinadi. Fizikadagi masofa va kuch o‘lchovlari biologiyada hujayra
miqyosi
uchun,
kimyoda
esa
reaksiya
tezligi
uchun
ishlatiladi.
Har bir fan doirasidagi o‘lchov birliklari qanday umumiy xususiyatlarga ega ekanligini
aniqlash va ularning o‘zaro bog‘liqligini ko‘rsatish maqsad qilinadi.
Statistik tahlil:
Tadqiqot natijalarini umumlashtirish uchun o‘lchov birliklarining
turli fanlarda qo‘llanish chastotasi va fanlararo loyihalarda ishlatilishi haqida statistik
maʼlumotlar tahlil qilinadi. Statistik vositalar yordamida turli fanlar o‘rtasidagi o‘lchov
birliklaridan foydalanish tendensiyalari aniqlanadi va ularning fanlararo integratsiyaga
qo‘shgan hissasi o‘rganiladi.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 6 (2024) / ISSN 2181-3701
121
O‘lchov birliklarining aniq fanlar o‘rtasidagi integratsiyani ta’minlovchi til birligi
sifatida o‘rganilishi fanlar tarixida muhim mavzu bo‘lib kelgan. Tadqiqotchilar o‘lchov
birliklarini nafaqat ilmiy metodologiya asosida, balki ularning fanlararo aloqa va
hamkorlikni kuchaytirishdagi roli nuqtayi nazaridan ham ko‘rib chiqqanlar.
Ken Alder
(2002)
o‘zining
The Measure of All Things
asarida metrik tizimning paydo bo‘lishi va ilm-
fanning global rivojlanishiga ta’sirini keng muhokama qiladi. U o‘lchov birliklarining
xalqaro standartlarga aylanishi ilmiy hamjamiyat uchun fanlararo muloqotni
kuchaytirishga asos bo‘lganligini ta’kidlaydi.
James Clerk Maxwell (1861)
esa o‘zining
fizikaga oid tadqiqotlarida o‘lchov birliklarining ahamiyatini va ularning turli fanlardagi
matematik tenglamalarda qo‘llanilishi ilm-fan taraqqiyoti uchun naqadar zarur ekanligini
asoslab beradi.
Naomi Oreskes (2004)
va
Brian Greene (2004)
zamonaviy fanlararo
tadqiqotlar va global ilmiy loyihalarda o‘lchov birliklarining zarurligini ta’kidlaydilar.
Ularning tadqiqotlarida o‘lchov birliklari iqlim o‘zgarishi va koinot tadqiqotlari kabi
murakkab masalalarda qanday qilib turli fanlar o‘rtasida uzviy aloqani ta’minlayotgani
yoritiladi. Bu yondashuvlar o‘lchov birliklarining fanlararo muloqot va hamkorlik uchun
hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi.
Linus Pauling (1954)
esa tibbiyot va
biokimyo sohasidagi tadqiqotlarida o‘lchov birliklarining aniq ma’lumotlarni olish va tahlil
qilishdagi rolini yoritadi. Mazkur ishlar fanlararo integratsiyalashuv jarayonida o‘lchov
birliklari yordamida kimyo, biologiya va tibbiyot sohalarini bog‘lash qanday muhimligini
tushuntiradi.
NATIJA VA MUHOKAMA
Tadqiqot natijalari o‘lchov birliklarining ilmiy jarayonlardagi ahamiyatini va ular
orqali aniq fanlar o‘rtasida qanday integratsiya yuz berishini batafsil ochib berdi. O‘lchov
birliklarining xalqaro miqyosda fanlararo muloqotni kuchaytirish va turli fanlar
natijalarini birlashtirishdagi o‘rni quyidagi masalalar orqali tahlil qilindi.
1. Energiya va issiqlik almashinuvi (Joule – J)
Energiya – fizik kattaliklardan biri bo‘lib, biologik jarayonlarning tushuntirilishida
ham muhim rol o‘ynaydi. Joule (J) energiyani o‘lchash birligi sifatida fizikada keng
qo‘llaniladi. Biologiyada esa bu birlik metabolik jarayonlar, hujayralardagi energiya
almashinuvi, issiqlik hosil bo‘lishi va sarflanishi kabi jarayonlarni o‘lchashda ishlatiladi.
Misol: Odam tanasi oziq-ovqatdan olinadigan energiyani hazm qiladi va bu energiya
asosan
kilojoule (kJ)
yoki
kilokaloriya (kcal)
birligida o‘lchanadi [1]. Biologik
organizmlarda metabolizm jarayonida oziq-ovqatdan ajralib chiqadigan energiya
Joule
birligida hisoblanadi. Bir gram yog‘ organizmda taxminan 37 kJ energiya hosil qiladi.
Bu jarayonda tananing issiqlik hosil qilishi va energiyani sarflashiga oid ko‘rsatkichlar
fizikaning energiya almashinuvi qonunlariga asoslanadi [6].
Bu energiya birligi fiziologik jarayonlar, masalan, hujayralardagi mitoxondriya
orqali energiya ishlab chiqarishni aniqlashda ham qo‘llaniladi. Bu o‘lchov biologik
tizimlarning hayotiy energiya talablarini hisoblash uchun muhimdir.
2
.
Kuch va harakat (Newton – N)
Newton (N)
– kuchni o‘lchash uchun qo‘llaniladigan o‘lchov birligi bo‘lib,
biologiyada harakat va mexanik jarayonlarni tushuntirishda qo‘llaniladi. Inson mushaklari
tomonidan ishlab chiqariladigan kuch yoki hayvonlarning harakatlanishida hosil
bo‘ladigan kuchni o‘lchashda bu birlik ishlatiladi [7].
Misol:
Inson tanasining mushak tizimi harakatlanish jarayonida kuch hosil qiladi.
Masalan, odam biror og‘ir narsani ko‘targanda, bu jarayonda tananing mushaklari
tomonidan hosil qilingan kuchni
Newton
birligida o‘lchash mumkin. Bir kilogramm
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 6 (2024) / ISSN 2181-3701
122
massaga ega buyumni ko‘targanda yerning tortish kuchiga qarshi ishlatiladigan kuch
9,8 N
ni tashkil qiladi. Bu natijada fizik kuchning biologik tizimlardagi harakatni amalga
oshirishdagi o‘rni tushuntiriladi [7].
Shuningdek, biologik jarayonlarda hayvonlarning harakatlari ham fizik kuch bilan
bog‘liq bo‘lib, ularning tanalari tomonidan amalga oshiriladigan mexanik ish fizik
kattaliklar bilan o‘lchanadi. Masalan, otlarning yugurishi paytidagi harakat kuchi yoki
sudralib yuruvchi jonivorlarning tanasi tomonidan hosil qilinadigan kuchni Newton orqali
aniqlash mumkin.
3. Gazlar qonunlari va bosim (Pascal – Pa)
Fizikada gazlarning xatti-harakatini tushuntirishda
Pascal (Pa)
bosim o‘lchov
birligi keng qo‘llaniladi. Kimyoda esa gaz qonunlari ko‘pincha moddalarning gaz holatidagi
o‘zgarishlari bilan bog‘liq bo‘lib, ular fizik qonunlar asosida o‘lchanadi. Ideal gaz qonuni va
real gazlar qonunlari fizikaviy va kimyoviy jarayonlarni bog‘lashda hal qiluvchi
ahamiyatga ega [8].
Misol: Fizikada gazning bosimi ideal gaz tenglamasi yordamida aniqlanadi:
PV=nRTPV = nRTPV=nRT
Bu yerda bosim
Pascal
(Pa) da, hajm
metr kub
(m³) da, harorat
Kelvin
(K) da va
modda miqdori
mol
(mol) birligida o‘lchanadi. Kimyoda esa gazlarning reaksiya o‘tish
jarayonida hosil bo‘ladigan bosim o‘lchanadi va bu fizik gaz qonunlariga bo‘ysunadi [5].
Matematik jihatdan bu jarayon gazlarning miqdorini hisoblash, gazlarning xatti-
harakatini bashorat qilish va ularning harorat bilan bog‘liqligini aniqlashda tenglamalar
orqali ifodalanadi. Misol sifatida matematik integral va differensial tenglamalar gazlarning
harakatini tushuntirishda keng qo‘llaniladi.
4.
Vaqt va biologik jarayonlar (Sekund – s)
Sekund (s)
– vaqt o‘lchov birligi bo‘lib, ham fizika, ham biologiyada keng qo‘llanadi.
Biologik jarayonlar, masalan, yurak urishi, nafas olish sikllari, reflekslar va boshqa hayotiy
jarayonlarning davomiyligini aniqlashda vaqt o‘lchov birliklari ishlatiladi [4].
Misol:
Inson yuragi bir daqiqada o‘rtacha 60-100 marta uradi. Buni soniyalarda
ifodalab o‘lchash mumkin: yurakning bir martalik urishi taxminan 0,6-1 sekund davom
etadi. Yurakning urish sikllari va nafas olish jarayonlari fizikaviy vaqt bilan o‘lchanadi va
bu biologik tizimning ishlashini aniqlashga yordam beradi.
Biologiyada hujayra bo‘linishi, kimyoviy reaksiyalar va molekulyar jarayonlar ham
sekundlarda yoki mikrosekundlarda aniqlanadi, bu esa o‘lchov birliklari orqali fizika va
biologiya o‘rtasidagi integratsiyani kuchaytiradi.
5.
Harorat va hayotiy jarayonlar (Kelvin – K yoki Selsiy – °C)
Kelvin (K)
yoki
Selsiy (°C)
harorat o‘lchov birliklari biologiyada organizmlarning
haroratini va ularning atrof-muhit bilan o‘zaro ta'sirini o‘lchashda keng qo‘llaniladi.
Hayotiy jarayonlar ko‘p jihatdan haroratga bog‘liq va biologik tizimlar doimiy harorat
sharoitida optimal ishlaydi [1].
Misol:
Inson tanasining normal harorati taxminan 37°C (310 K) bo‘ladi. Haroratni
bu o‘lchov birliklarida o‘lchash orqali organizmdagi turli fiziologik jarayonlarni tahlil qilish
mumkin. Masalan, issiqlik ishlab chiqarish va issiqlikni yo‘qotish jarayonlari harorat
o‘zgarishiga bog‘liq. Biologiyada haroratning organizmning metabolik tezligi, fermentlar
faoliyati va hujayra reaktsiyalari bilan bog‘liqligi fizikaviy harorat qonuniyatlari bilan
o‘lchanadi.
6. Massa (Kilogramm – kg)
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 6 (2024) / ISSN 2181-3701
123
Kilogramm (kg)
massa birligi sifatida fizik va kimyoviy jarayonlarda keng
qo‘llaniladi. Massa har ikkala fan uchun asosiy kattaliklardan biri hisoblanib, bu
kattalikning o‘lchovi turli matematik formulalar orqali ifodalanadi. Fizika va kimyoda
massa nafaqat modda miqdorini, balki obyektlar o‘rtasidagi kuch va tortishish kabi
jarayonlarni ham aniqlaydi [3].
Misol:
Fizikada Nyutonning ikkinchi qonuni F=maF = maF=ma formulasi orqali
kuchni aniqlashda massa kilogrammda o‘lchanadi. Bunda kuch
newton
(N) birligida,
massa
kilogramm
(kg) da, tezlanish esa
metr/soniya kvadrati
(m/s²) da ifodalanadi.
Kimyoda esa massa kimyoviy moddalarning reaksiya miqdorini hisoblashda foydalaniladi.
Masalan,
mol
sonini aniqlash uchun moddaning massa miqdori avogadro soniga bog‘liq
holda kilogrammda o‘lchanadi [2].
7. Kimyoviy konsentratsiya va mol miqdori (Mole – mol, Molar – M)
Mol
birligi kimyoda modda miqdorini o‘lchash uchun ishlatilsa, matematik modellar
bu miqdorning o‘zgarishini tahlil qilish uchun ishlatiladi. Konsentratsiyani o‘lchashda esa
Molar (M)
o‘lchov birligi qo‘llaniladi. Moddalarning konsentratsiyasi va molar massasi fizik
jarayonlar va kimyoviy reaksiyalar o‘rtasidagi bog‘liqlikni ko‘rsatadi [2].
Misol:
Kimyoda molar konsentratsiya C=nVC = \frac{n}{V}C=Vn formulasi bilan
aniqlanadi, bunda modda miqdori
mol
da, hajm esa
litr
(L) da o‘lchanadi. Masalan, bir
litrdagi natriy xlorid (NaCl) eritmasining molar konsentratsiyasi
1 M
bo‘lishi mumkin.
Bu jarayon fizikaviy qonunlarga ham bog‘liq bo‘lib, eritmalar orasidagi issiqlik
almashinuvi va bosim o‘zgarishlarini tushuntirishda qo‘llaniladi.
Matematik jihatdan bu tenglamalar modda miqdori va hajm o‘rtasidagi bog‘liqlikni
ifodalaydi, bu esa kimyoviy reaksiyalarning matematik modellarini tuzishda qo‘llaniladi.
Matematika konsentratsiyaning o‘zgarishlarini va ularning fizikaviy jarayonlarga ta’sirini
tahlil qilishda hal qiluvchi rol o‘ynaydi.
Matematika bu jarayonni tenglamalar orqali tushuntiradi. Masalan, kimyoviy
reaksiya natijasida ajralib chiqadigan moddaning miqdorini topish uchun mol va massa
o‘rtasidagi bog‘liqlik matematik tenglamalar orqali aniqlanadi.
Matematika, kimyo va fizika o‘rtasidagi bog‘liqlik turli o‘lchov birliklari orqali
aniqlandi. Massa, kuch, energiya, harorat va kimyoviy konsentratsiyalar kabi o‘lchov
birliklari fizikaviy jarayonlarni matematik modellashda va kimyoviy reaksiyalarning
tushuntirilishida muhim rol o‘ynaydi. Ushbu birliklar matematika orqali fizik va kimyoviy
jarayonlarning aniq natijalarini olish va ularni solishtirish imkonini beradi. Matematika bu
fanlarning umumiy tili sifatida xizmat qiluvchi vositadir, bu esa ilmiy izlanishlar va
texnologik yutuqlarning rivojlanishiga katta hissa qo‘shadi.
Fizika va biologiya o‘rtasidagi integratsiya o‘lchov birliklari orqali chuqur amalga
oshiriladi. Energiya, kuch, bosim, vaqt va harorat kabi o‘lchov birliklari biologik
jarayonlarni fizik qonunlar asosida tushuntirish imkonini beradi. Bu o‘lchov birliklari ilmiy
tadqiqotlar natijalarini aniqlashda va fanlararo muloqotni ta’minlashda hal qiluvchi
ahamiyatga ega. Shu bilan birga, biologiya va fizika o‘rtasidagi bog‘liqlik o‘lchov birliklari
orqali yanada chuqurroq va izchilroq o‘rganiladi, bu esa ilmiy taraqqiyotga katta hissa
qo‘shadi.
XULOSA
O‘lchov birliklari fanlar o‘rtasidagi muloqotning asosiy vositasi bo‘lib, ilm-fan,
texnologiya va kundalik hayotda katta ahamiyatga ega. Ular ilmiy izlanishlarda aniq
natijalar olish va turli fanlar o‘rtasida bog‘liqlikni ta’minlash uchun ishlatiladigan universal
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 6 (2024) / ISSN 2181-3701
124
til birligi sifatida xizmat qiladi. Bu maqola davomida turli misollar orqali ko‘rib
chiqilganidek, o‘lchov birliklari nafaqat aniq fanlar, balki fanlararo tadqiqotlar va
integratsiyada ham hal qiluvchi ahamiyatga ega.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
“A dictionary of units of measurement”, [Electronic resource], 01.10.2002, URL:
https://www.ibiblio.org/units/dictK.html.
2.
“A dictionary of units of measurement”, [Electronic resource], 20.10.2001, URL:
https://www.ibiblio.org/units/dictM.html
3.
O‘zbek Tilining Izohli Lug‘ati, 2-jild. Tahrir hay’ati: E.Begmatov , A. Hojiyev ,
A.Madvaliyev va boshq. – T.: G‘afur G‘ulom Nomidagi Nashriyot-Matbaa Ijodiy Uyi, 2023.
ISBN 978-9943-8834-5-1. – B. 837.
4.
O‘zbek Tilining Izohli Lug‘ati, 6-jild. Tahrir hay’ati: E.Begmatov , A. Hojiyev ,
A.Madvaliyev va boshq. – T.: G‘afur G‘ulom Nomidagi Nashriyot-Matbaa Ijodiy Uyi, 2023.
ISBN 978-9943-8834-7-5. – B. 587.
5.
Vikipediya Ochiq Ensiklopediya, [Electronic resource], 13.03.2013, URL:
https://uz.wikipedia.org/wiki/Kubik_metr.
6.
Ўзбекистон Миллий Энциклопедия, 3-жилд. Таҳрир ҳайъати: М.Аминов, Т.
Даминов, Т.Далимов ва бошқ. – Т.: «Ўзбекистон Миллий энциклопедияси», 2000.
ISBN 5-89890-052-7. – Б. 629.
7.
Ўзбекистон Миллий Энциклопедия, 6-жилд. Таҳрир ҳайъати: A.
Абдувоҳитов, А. Азизхўжаев, М. Аминов ва бошқ. – Т.: «Ўзбекистон Миллий
энциклопедияси», 2003. ISBN 5-89890-076-4. – Б. 430.
8.
Ўзбекистон Миллий Энциклопедия, 7-жилд. Таҳрир ҳайъати: A.
Абдувоҳитов, А. Азизхўжаев, М. Аминов ва бошқ. – Т.: «Ўзбекистон Миллий
энциклопедияси», 2004. ISBN 5-89890-080-2. – Б. 7.