Sotsial deyktiklar ijtimoiy ko‘rsatkichlar sifatida

Annotasiya

Maqola sotsial deyksis, uning tildagi ifodasi, muloqot nutqida sotsial deyktiklarning o‘rni hamda ahamiyatini o‘rganishga bag‘ishlangan. Mazkur ishda sotsial deyktik birliklar turlarga ajratilgan, shuningdek, fe’l turkumiga oid ayrim so‘zlarning ishora xususiyatlari haqida fikr yuritilgan.

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
ВАК
elibrary
doi
 
Chiqarish:
140-144
32

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Shermatova, G. (2025). Sotsial deyktiklar ijtimoiy ko‘rsatkichlar sifatida. Xorijiy Lingvistika Va Lingvodidaktika, 3(1), 140–144. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/foreign-linguistics/article/view/68330
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Maqola sotsial deyksis, uning tildagi ifodasi, muloqot nutqida sotsial deyktiklarning o‘rni hamda ahamiyatini o‘rganishga bag‘ishlangan. Mazkur ishda sotsial deyktik birliklar turlarga ajratilgan, shuningdek, fe’l turkumiga oid ayrim so‘zlarning ishora xususiyatlari haqida fikr yuritilgan.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika –

Зарубежная лингвистика и
лингводидактика – Foreign

Linguistics and Linguodidactics

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics

Social deictics as social indicators

Gulnoza SHERMATOVA

1


Andijan State University

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received November 2024

Received in revised form
10 December 2024
Accepted 25 December 2024
Available online

25 January 2025

The article is dedicated to the study of social deixis, its

expression in language, and the role and significance of social
deictics in communicative speech. In this work, social deictic

units are categorized into types, and the referential properties

of certain verbs are discussed.

2181-3701/© 2024 in Science LLC.
DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol3-iss1

/S

-pp140-144

This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (

https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru

)

Keywords:

social deixis,

social status,

communicative act,
information exchange, social

markers,

implicit expression,
subjective attitude,

level of social interaction.

Sotsial deyktiklar ijtimoiy ko‘rsatkichlar sifatida

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar:

ijtimoiy deyksis,

sotsial mavqe,

kommunikativ akt,

axborot almashinuvi,

sotsial belgilar,

implitsit ifoda,

subyektiv munosabat,
ijtimoiy aloqa darajasi.

Maqola sotsial deyksis, uning tildagi ifodasi, muloqot nutqida

sotsial deyktiklarning o‘rni hamda ahamiyatini o‘rganishga
bag‘ishlangan. Mazkur ishda sotsial deyktik birliklar turlarga

ajratilgan, shuningdek, fe’l turkumiga oid ayrim so‘zlarning

ishora xususiyatlari haqida fikr yuritilgan.

1

Doctoral student, Andijan State University. E-mail: mgggmn6@gmail.com


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 1 (2025) / ISSN 2181-3701

141

Социальные дейктики как социальные индикаторы

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

социальный дейксис,
социальный статус,
коммуникативный акт,

обмен информацией,
социальные признаки,
имплицитное выражение,
субъективное отношение,

уровень социального
общения.

Статья посвящена изучению социального дейксиса, его

выражения в языке, роли и значимости социальных

дейктических элементов в речевом общении. В работе

произведена классификация социальных дейктических
единиц, а также рассмотрены указательные свойства

некоторых слов, относящихся к глагольной категории.


Til hamisha insoniyat hayoti, ijtimoiy faoliyatining ajralmas qismi hisoblangan va

shundayligicha qoladi. “Lison ham hayot manbayi, shu sababli uning hayotdagi o‘rnini,
undan odamlar qanday foydalanayotganligini hamda uning hayot darajasi, sifatiga
qanday ta’siri borligini bilmoq kerak. Bularning barchasi biz foydalanayotgan hodisa –
tilning tabiati va ijtimoiy mohiyatini bilish imkonini yaratadi”. Til murakkab va ko‘p
qirrali hodisadir. Chunki u nafaqat tashqi olamni, balki bir vaqtning o‘zida undan
foydalanuvchiga xos xususiyatlar (uning yoshi, ba’zan jinsi, saviyasi, dunyoqarashi,
kayfiyati kabilar)ni ham namoyon qiladi. Aytish mumkinki, til obyektiv borliqni subyektiv
munosabatlar bilan birga aks ettiradi. Tilning xuddi shu xususiyati uning murakkablik va
serqirralik mohiyatini yuzaga chiqaradi.

Til bevosita jamiyatga xizmat qilgani sabab jamiyat a’zolari o‘rtasidagi murakkab

munosabatlar, ijtimoiy me’yorlar, o‘zgarishlar tilda aks etadi. Til va jamiyat o‘rtasidagi
o‘zaro bog‘liqlikni, ijtimoiy munosabatlarning tilda qay yo‘sinda aks etishini o‘rganadigan
qoidalar

tilning ijtimoiy strukturasi

ni tashkil qiladi. Jamiyat o‘z a’zolari xatti-

harakatlariga ijtimoiy-axloqiy meʼyorlar orqali muayyan talablar qoʼyadi. Mana shu
talablardan biri nutqiy muloqot odobi hisoblanadi. Nutq uning ishtirokchilari ijtimoiy
holati haqida maʼlumot beruvchi asosiy vositadir. Nutq orqali maqsadi axborot
almashinuvi bo‘lgan muloqot jarayoni yuzaga keladi, muloqotning tabiiyligi esa nutq
ishtirokchilarining ijtimoiy holatiga e’tibor orqali ta’minlanadi.

Tilshunoslikda sotsial deyksis termini mavjud bo‘lib, mazkur atama nutq

ishtirokchilarining ijtimoiy holatiga ishora qilish tushunchasini anglatadi. Jahon
tilshunosligida ilk marta Ch.Fillmor deyksisning anʼanaviy turlari: shaxs, zamon va
makon deyksisi qatorida sotsial deyksis (ijtimoiy deyksis)ni farqladi. Mazkur tasnif
Rauch, Levinson, Renkema, Yulelar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi va sotsial deyksis nutq
ishtirokchilarining o‘zaro munosabatlariga ishora qiluvchi, ular o‘rtasidagi ijtimoiy aloqa
darajasini belgilovchi, deyksisning anʼanaviy uchligini to‘ldiruvchi tarkibiy qism sifatida
ko‘rsatildi. Sh. Safarov suhbatdoshga nisbatan bildirilayotgan munosabat yashirin yoki
ochiq, ijobiy yoki salbiy, bevosita yoki bilvosita va boshqa ko‘rinishlarga ega bo‘lishi, bu
turdagi munosabatlarning barchasi sotsial deyksis hodisasi mundarijasini tashkil
qilishini qayd etgan. Shuningdek, deyktik birliklarning semantik xususiyatlari sifatida
ularning uzatilayotgan axborotning muayyan qismlarini ta’kidlash, aniqlashtirishga
xizmat qilishini ko‘rsatadi hamda deyktik markazni tarkib toptiruvchi qismlar sifatida
quyidagilarni ko‘rsatadi: 1. Markaziy shaxs – so‘zlovchi. 2. Markaziy vaqt (zamon) –
nutqiy harakat ijro etilayotgan vaqt. 3. Markaziy makon – so‘zlovchining nutqiy harakat


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 1 (2025) / ISSN 2181-3701

142

bajarilayotgan paytdagi o‘rni. 4. Ijtimoiy markaz – so‘zlovchining ijtimoiy mavqeyi. Olim
deyksis hodisasining ijtimoiy belgilari, ya’ni “muloqot ishtirokchilarining roli, ularning
ijtimoiy tabaqalanish darajalari ham so‘zlovchi – adresat munosabatida aniqlanishi”ni
ta’kidlaydi.

Q. Rasulov o‘zining “O‘zbek muloqot nutqining funksional xoslanishi” nomli

nomzodlik dissertatsiya ishida o‘zbek tilida dialektal so‘zlar, jargonlar, argolar,
qarindoshlik atamalari, kasb-kor bilan bog‘liq so‘zlar “individning kasb-kori, lavozimi,
mavqeyi ta’sirida shakllangan xarakteri (huquqi), shu shaxsning majburiyati (burchi)
bilan birga uning kommunikativ aktda egallaydigan pozitsiyasini belgilab beradi” degan
fikrni ilgari suradi.

R. Davlatova o‘zining doktorlik ishida sotsial deyksis atamasi o‘rnida ijtimoiy

deyksis atamasini qo‘llaydi. Mazkur atama muloqot ishtirokchilarining ijtimoiy
mavqeyiga havola qilishini ta’kidlab, tilda sotsial deyksisni ifodalovchi vositalar sifatida
kishilik, so‘roq olmoshlari, ayrim grammatik vositalar, murojaat birliklari, argo va
jargonlar, qarindoshlik atamalari, kasb-korni bildiruvchi so‘zlar hamda “faqat ma’lum bir
kontekstda ishora qiluvchi birliklar”ni ko‘rsatadi. Ijtimoiy deyksisni shakllantiruvchi
birliklar shaxsga ishora qiluvchi deyktik birliklar bilan umumiylik kasb etadi. Negaki nutq
ishtirokchilarining ijtimoiy mavqeidan avval uning o‘ziga ishora qilinadi deya ta’kidlaydi.

Ijtimoiy deyksisni ifodalovchi til birliklari tilning asosiy kommunikativ

vositalaridan bo‘lib, ular jamiyat a’zolari o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlar, hurmat, obro‘
va statusni aks ettirib, nutq tuzuvchilarining o‘zaro munosabat va aloqalarini, nutqiy
aktda tutgan roli, tanishlik darajalarini, madaniy ijtimoiy me’yorlarni ifodalashga,
shuningdek, kommunikatsiya jarayonini aniqroq va tushunarliroq bo‘lishiga ham imkon
beradi.

Sotsial deyksisni ifodalovchi lisoniy vositalar fonetik, leksik, grammatik,

sintaktik birliklardan tashkil topsa, tana harakatlari orqali ishora qilish (imo-
ishoralar) mazkur hodisani ko‘rsatuvchi nolisoniy vositalar hisoblanadi.

Yuqoridagi fikrlardan xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, sotsial deyksis muloqotda

nutq ishtirokchilari bildirgan munosabat orqali muloqot quruvchilarining ijtimoiy
holatiga ishora qiluvchi lisoniy hodisadir. Ijtimoiy deyktiklar sifatida quyidagilarni
ko‘rsatish mumkin:

1. Kasb-korni bildiruvchi so‘zlar.
2. Argolar.
3. Jargonlar.
4. Dialektalizmlar.
5. Qarindoshlik atamalari.
6. Murojaat birliklari.
7. Olmoshlar.
8. Ayrim fe’llar (farmon bermoq, nasihat qilmoq, duo qilmoq, (lavozimga)

tayinlamoq, itoat qilmoq kabi).

9. Ko‘chma ma’noli ayrim so‘zlar (katta, kichik, birinchi, ota kabi).
O‘zbek tilidagi ko‘plab fe’l turkumiga oid so‘zlar orqali kommunikativ jarayon

ishtirokchilarining ijtimoiy mavqeyini aniqlash mumkin bo‘ladi. Shuning uchun ham ular
sotsial deyktiklar qatoridan o‘rin oladi. Farmon bermoq, ruxsat olmoq yoki bermoq,
nasihat qilmoq, buyruq chiqarmoq, (lavozimdan) ozod qilmoq, fatvo bermoq,
nikohlamoq, sadaqa so‘ramoq kabi fe’llar nutqda ishlatilganda uning ishtirokchilari
ijtimoiy statusi qanday ekaniga ishora etiladi. Masalan, FARMON – (f. – amr, hukm,


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 1 (2025) / ISSN 2181-3701

143

ko‘rsatma; qat’iy qaror) 1. Biror ishning bajarilishi haqida beriladigan buyruq, hukm,
topshiriq; amr. 2. Hokimiyat oliy organi yoki davlat boshligʻining qonun kuchiga ega
boʻlgan buyrugʻi, farmoyishi. Kelib chiqadiki, farmon berish “davlat boshligʻining qonun
kuchiga ega boʻlgan” “biror ishning bajarilishi haqida” buyruq, farmoyish berishidir.
Fatvo bermoq fe’li muloqot jarayonida ishlatilganda uning qatnashchilaridan birining
Qur’on va hadis ilmlari, fiqh va islom tarixini juda chuqur va mukammal biladigan shaxs
ekani ayon bo‘ladi. Ya’ni ijtimoiy-diniy mavqega ega shaxsga ishora seziladi. Chunki fatvo
so‘zining lug‘aviy ma’nosi bunga ishora qiladi: FATVO – [a. – muftining hukmi, qarori;
tushuntirish, izoh]. Shariat, din qonun-qoidalari asosida ruhoniylar (mufti, shayxulislom,
qozi) tomonidan biror diniy, huquqiy, siyosiy hamda ijtimoiy masala yuzasidan
chiqariladigan hukm, qaror, izoh yoki biror ishning shariat nuqtai nazaridan amalga
oshirish mumkinligi haqidagi ko‘rsatma, buyruq. Tilanchiga, muhtojlarga beriladigan
xayr-ehsonni so‘rab olish sadaqa so‘rash deyiladi. Sadaqa so‘ramoq fe’li sotsial deyktik
sifatida u qatnashgan nutqiy jarayon ishtirokchisi ijtimoiy jihatdan past tabaqaga tegishli
ekaniga ishora qiladi: Shoqosim past, ayanchli ovoz bilan bir nimalar soʻzlab,
oʻtkinchilardan sadaqa soʻraydi. (Oybek. Tanlangan asarlar.) Mazkur gapdagi “sadaqa
soʻraydi” jumlasi Shoqosimning ijtimoiy kelib chiqishi hamda maqomiga ishora qilgan.

Itoat – ar. bo‘ysunish. Itoat qilmoq (

yoki

etmoq) Boʻysunmoq, hukmiga yurmoq.

Bugundan eʼtiboran Isfandiyor toʻra Xiva xonidir. Hamma yangi xonga soʻzsiz itoat
qilishga majbur. (

J. Sharipov, „Xorazm“

.) Itoat qilmoq fe’li diniy ma’noda ham qo‘llanadi.

Bunda ikki xil mazmun tushuniladi: Allohga itoat qilmoq va uning bandalariga itoat
qilmoq. Alloh taolo marhamat qilib aytadiki:

“Ey iymon keltirganlar! Allohga itoat

qiling, Payg‘ambarga va o‘zingizdan bo‘lgan ishboshilarga itoat qiling”.

(Niso surasi

59-oyat)

“Kimki Payg‘ambarga itoat etsa, muhaqqaq, Allohga itoat etgan bo‘lur.

Kimki (itoatdan) yuz o‘girsa (ranjimang), Biz sizni ularning ustiga qo‘riqchi qilib
yubormadik”.

(Niso surasi, 80-oyat) Mazkur oyatlardan Аlloh bandalariga O‘zi va uning

rasuli (s. a. v.) buyruqlariga itoat qilish bilan birga musulmonlarning o‘zlaridan boʼlgan
din va davlat boshliqlariga ham itoat qilishlarini buyurmoqda. Аllohga itoat qilish Uning
oxirgi kitobi Qur’oni Karimga amal qilish, “bandalariga buyurgan amrlarini bajarish,
qaytariqlaridan qaytish boʼlsa, payg‘ambar (s. a. v.)ga itoat etish u zot (sollallohu alayhi
va sallam) sunnatlarini mahkam ushlash va man etgan narsalardan saqlanishni”
anglatadi (“Tafsiri Qurtubiy”, 3-jild, 155-b.).

Har ikki ma’noda ham itoat qilmoq fe’li

belgilangan qoidaga, tartibga yoki

buyruqqa bo‘ysunish, amal qilish, tartibni saqlash, diniy, ijtimoiy, axloqiy me'yorlarga va
madaniy qoidalarga rioya qilish jarayonini anglatib,

mana shu harakatni

bajaruvchisining majburiyati (burchi) bilan birga kommunikativ aktda egallagan
pozitsiyasiga, ya’ni ijtimoiy holatiga ishora qilishini kuzatish mumkin.

Aytish

mumkinki, nutqda muloqot ishtirokchilarining ijtimoiy holatini ifoda etishda fe’l
turkumiga oid so‘zlar ham sotsial deyktik birlik sifatida qo‘llanishi kuzatiladi.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Safarov Sh. Pragmalingvistika. ‒ Toshkent: O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi, 2008.

2.

Rasulov Q. O‘zbek muloqot xulqining funksional xoslanishi. Filol. fan. nomz. diss.

avtoref. – Toshkent, 2008.

3.

Davlatova R. O‘zbek tilining deyktik birliklari. Filol. fan. dok. diss. – Toshkent, 2020.

4.

Yule G. Pragmatics. ‒ Oxford: Oxford University Press, 1996.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 1 (2025) / ISSN 2181-3701

144

5.

Rauch G. Aspects of Deixis. ‒ Tubingen: Narr, 1983. – P. 9-60.

6.

Levinson S. Deixis and pragmatics // L. Horn, G. Ward (eds.) The Handbook of

Pragmatics. ‒ Oxford: Blackwell, 2004.

7.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Tafsiri Hilol. 1-juz. Toshkent, 2019.

8.

https://izoh.uz/uz/word/

9.

https://uz.wiktionary.org/wiki/

Bibliografik manbalar

Safarov Sh. Pragmalingvistika. ‒ Toshkent: O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi, 2008.

Rasulov Q. O‘zbek muloqot xulqining funksional xoslanishi. Filol. fan. nomz. diss. avtoref. – Toshkent, 2008.

Davlatova R. O‘zbek tilining deyktik birliklari. Filol. fan. dok. diss. – Toshkent, 2020.

Yule G. Pragmatics. ‒ Oxford: Oxford University Press, 1996.

Rauch G. Aspects of Deixis. ‒ Tubingen: Narr, 1983. – P. 9-60.

Levinson S. Deixis and pragmatics // L. Horn, G. Ward (eds.) The Handbook of Pragmatics. ‒ Oxford: Blackwell, 2004.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Tafsiri Hilol. 1-juz. Toshkent, 2019.

https://izoh.uz/uz/word/

https://uz.wiktionary.org/wiki/