Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная
лингвистика
и
лингводидактика
–
Foreign
Linguistics and Linguodidactics
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics
Linguocultural characteristics of emojis used in social
networks
Umida MAKHMUDOVA
1
Karshi State University
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received December 2024
Received in revised form
15 December 2024
Accepted 25 January 2025
Available online
15 February 2025
This article analyzes the role of emojis in intercultural
communication within the context of language evolution on
social networks. Emojis, through their widespread use and
expressive features, illuminate emotional and semantic
differences between various cultures, creating new forms of
communication. The study examines positive and negative
interpretations of emojis, variations in colors and cultural
symbols, as well as characteristics that reflect personal and social
distinctions.
2181-3663
/©
2024 in Science LLC.
DOI:
https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol3-iss1-pp24-30
This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru
Keywords:
Emoji,
intercultural
communication,
cultural expression,
emotional interpretation,
colorful emojis,
inclusivity,
psychological perception,
demographic characteristics.
Ijtimoiy tarmoqlarda foydalaniladigan emojilarning
lingvomadaniy xususiyatlari
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
Emoji, madaniyatlararo
muloqot,
madaniy ifoda,
hissiy talqin,
rangli emojilar,
inklyuzivlik,
psixologik idrok,
demografik xususiyatlar.
Ushbu maqolada ijtimoiy tarmoqlarda tilning rivojlanishi
kontekstida emojilarning madaniyatlararo muloqotdagi roli
tahlil qilinadi. Emojilar o‘zining keng tarqalganligi va ifodalovchi
xususiyatlari orqali, turli madaniyatlar orasidagi hissiy va
semantik farqlarni yoritib, muloqotning yangi shakllarini
yaratadi. Emojilarning ijobiy va salbiy talqinlari, ranglar va
madaniy ramzlarning o‘zgarishi, shuningdek, shaxsiy va ijtimoiy
farqlarni aks ettiruvchi xususiyatlari tahlil qilinadi.
1
Associate Professor, Department of English Language and Literature, Karshi State University.
E-mail: umidamahmudova1010@gmail.com
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
3
№
1 (2025) / ISSN 2181-3701
25
Лингвокультурные особенности эмодзи, используемых
в социальных сетях
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
эмодзи,
межкультурная
коммуникация,
культурное выражение,
эмоциональная
интерпретация,
цветные эмодзи,
инклюзивность,
психологическое
восприятие,
демографические
особенности.
В статье анализируется роль эмодзи в межкультурной
коммуникации в контексте развития языка в социальных
сетях. Эмодзи, благодаря своей распространенности и
выразительным
характеристикам,
освещают
эмоциональные и семантические различия между
культурами, создавая новые формы коммуникации.
Анализируются
положительные
и
отрицательные
интерпретации эмодзи, изменения в цветах и культурных
символах, а также их свойства, отражающие личные и
социальные различия.
KIRISH
Raqamli texnologiyalar davrida Emojilar bugungi ommaviy til sifatida shakllanib,
f
oydalanuvchilarga turli madaniy kontekstlarda kayfiyat, hissiyot, g‘oya va o‘ziga xos
jihatlarni ifodalash imkonini beradi. Ularning tarkibida ko
‘
proq madaniy ramz va xilma-xil
tasvirlar yig
‘
indisi mavjud ekan, emojilar madaniyatlararo muloqotda muhim ahamiyat
kasb etib kelaveradi. Tadqiqotimiz emojilardagi turli madaniyatlarning ifodalanishini
tahlil qilish, emojilarning madaniyatlararo muloqotni rivojlantirish hamda emojilarning
turli madaniy kontekstlarda tushunish va talqin qilishga ta
’
sirini o
‘
rganishga qaratilgan.
Emojilar ilk bor 1990-
yillarning oxirida Yaponiyada yaratilgan bo‘lib, bugungi
kunda raqamli dunyoda universal til sifatida shakllanib ulgurdi. “Emoji” atamasi yaponcha
絵
(e
–
rasm) va
文字
(moji
–
belgi) so‘zlaridan kelib chiqqan. Emojilar
yillar davomida
sezilarli darajada rivojlanib, dastlabki 176 belgidan hozirgi kunda 3000 dan ortiq belgiga
kengaygan bo‘lib, ular his
-
tuyg‘ular, obyektlar, faoliyat turlari va madaniy ramzlarning
keng doirasini aks ettiradi. Raqamli muloqotning tobora global tus olayotgani emojilarning
turli dunyo qismlaridan kelib chiqqan madaniy atamalarni, jumladan, oziq-ovqat,
bayramlar, diqqatga sazovor joylar va boshqa madaniy o‘ziga xos jihatlarini o‘z ichiga
olishini ta’minlab kelmoqda.
Shunga qaramay, emojilardan foydalanish va ularni talqin qilish turli
madaniyatlarda sezilarli darajada farq qilishi mumkin. Bu esa madaniyatlararo muloqotda
bir-
birni noto‘g ‘ri talqin qilish va tushunish kabi muammolarni olib kelishi ehtimolini
oshiradi. Shu boisdan, emojilarning t
urli madaniy kontekstlarda qanday qo‘llanilishini va
tushunilishini, shuningdek, ularning madaniyatlararo muloqotni rivojlantirish yoki
to‘sqinlik qilishdagi vazifasini chuqur o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi.
Raqamli texnologiyalar davrida emojilar madaniyatlararo muloqotning muhim
qismi sifatida shakllanib, turli madaniy kontekstlarda insonlarning hissiyot, g‘oya va o‘ziga
xos xususiyatlarini ifodalash uslubini o‘zgartirib yubordi. Keng qamrovli adabiyotlarni
tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, so‘nggi yillarda emojilarni o‘rganish borgan sari dolzarb
bo‘lib, ularning rivojlanishi, qo‘llanish shakllari, funksional xususiyatlari va turli
sohalardagi amaliyotlariga bag‘ishlangan nashrlar soni oshmoqda.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
3
№
1 (2025) / ISSN 2181-3701
26
Emojilar raqamli texnologiyalar vositasida muloqot
jarayonida an’anaviy ifoda
shakllari
–
ohang, mimika va imo-ishoralar
–
chegaralangan sharoitda ifoda vositasiga
ehtiyoj sifatida paydo bo‘lgan. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, emojilar bu bo‘shliqni
to‘ldiradi, real hayotdagi ifodalarni aks ettiruvchi va
raqamli suhbatlarda hissiy aniqlikni
oshiruvchi vizual belgilar sifatida xizmat qiladi.
So‘nggi tadqiqotlarda emojilardagi madaniy ifodaga alohida e’tibor qaratilib
kelmoqda. Biroq ushbu o‘zgarishlar emojilarning madaniy talqinlari, ulardan foydalanish
shakllari va ular ijtimoiy tengsizliklarni kuchaytirish yoki kamaytirishga qanchalik hissa
qo‘shishi masalalarini tushunish zarurligini ham ta’kidlaydi.
ADABIYOTLAR SHARHI
Shaxslararo farqlar, madaniy kelib chiqish va turli madaniyatlarga xos omillar
emojila
rdan foydalanishga sezilarli darajada ta’sir qiladi. Gender, yosh va millat kabi
demografik xususiyatlar emojilarni afzal ko‘rish va foydalanish chastotasiga ta’sir
ko‘rsatadi. Masalan, ayollar ommaviy muloqotda emojilardan ko‘proq foydalanishlari,
erkakla
r esa kengroq diapazonda qo‘llashlari kuzatilgan. Bundan tashqari, emojilar milliy
yoki etnik o‘ziga xos ma’nolarga ega bo‘lib, ularning talqini va qabul qilinishi madaniyatlar
bo‘ylab farq qilishi mumkin.
Madaniyatlararo muloqot bo‘yicha olib borilgan tad
qiqotlar emojilarning turli tillar
va muloqot uslublariga integratsiyalashuvi masalalarini o‘rgangan bo‘lib, turli tillar
emojilardan foydalanishga ta’sir ko‘rsatishini ko‘rsatadi. Bu emojilarning kontekstga
nisbatan hozirjavobligi va ularning turli madani
yatlar bo‘ylab raqamli muloqotni
shakllantirishdagi vazifasini tushunish zaruratini ta’kidlaydi. Adabiyotlar tahlilida
emojilarni ko‘p tarmoqli nuqtai nazardan o‘rganish zarurati ta’kidlanib, ularning muloqot
dinamikasi, psixologik idrok, marketing strateg
iyalari va ijtimoiy munosabatlarga ta’sirini
hisobga olish lozimligi qayd etiladi. Kelgusidagi tadqiqotlar emojilardan foydalanishning
turli madaniy kontekstlardagi murakkab tomonlari chuqurroq o‘rganilib, global raqamli
jamiyatda tushunish va birlashishni rivojlantirishdagi imkoniyatlarini tahlil qilishi lozim
deb hisoblaymiz.
TAHLIL VA NATIJA
Ushbu tadqiqot loyihasi emojilardagi turli madaniyatlarning ifodalanishini
o‘rganish, ularning madaniyatlararo muloqotdagi rolini tahlil qilish hamda turli madaniy
k
ontekstlarda emojilarning tushunish va talqin qilishga ta’sirini o‘rganish uchun aralash
usullar yondashuvini qo‘lladik. Tadqiqot doirasida 100 nafar ishtirokchi (ularning
aksariyati talabalar va o‘qituvchilar bo‘lib, emojilardan foydalanish tajribasiga eg
a)
o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazildi. Ushbu so‘rovnoma ishtirokchilarning emojilardan
foydalanish odatlari, afzalliklari va talqinlariga qaratilgan edi.
So‘rovnoma natijalari ishtirokchilarning javoblaridan kelib chiqib tahlil qilindi.
Ishtirokchilardan ijtimoiy tarmoqda suhbat jarayonida emojilardan nima maqsadda
foydalanishlari so‘raldi va ularning 64% asosan kayfiyatini ifodalash uchun
foydalanishlarini belgilashgan.
Ushbu tadqiqot uchun o‘tkazilgan so‘rovnomada ishtirokchilarga emojilarning
madaniy xususiyatlarini tushunish, emojilar talqinidagi madaniy farqlar haqidagi
xabardorlik va ularning madaniyatlararo muloqotga ta’siri bo‘yicha bir qator savollar
berildi. Javoblar tahlil qilinib, emojilarning madaniyatlararo muloqotni rivojlantirish va
madaniy inkl
yuzivlikni targ‘ib qilishdagi o‘rni haqida umumiy tushunchalarni aniqlashga
qaratilgan.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
3
№
1 (2025) / ISSN 2181-3701
27
So‘rovnomada qaysi ijtimoiy tarmoqdan ko‘p faol foydalanasiz degan savolga 92 ta
foydalanuvchilar asosan Telegramdan foydalanishlarini ko‘rsatib o‘tgan.
Jadval 1. Qaysi ijtimoiy tarmoqdan keng foydalanasiz?
So‘rovnoma ishtirokchilari asosan yoshlarni tashkil etganligi sababli deyarli
barchasi Telegram ijtimoiy tarmog‘idan asosan muloqot uchun, yangilik va xabarlar uchun
Youtube platformasidan foydalanishlarini, 38%
ishtirokchilar esa ko‘roq Instagramdan
foydalanishlarini ta’kidlashdi.
Jadval
2. Rangli emojilardan ishtirokchilarning xabardor va xabari yo‘qligi.
Tadqiqot natijalariga ko‘ra, ishtirokchilarning 53 foizi emojilarda turli rang
variantlari mavjudligini bilsa, qolgan 47 foizi bu xususiyatdan bexabarligini bildirishgan.
Bu ayrim foydalanuvchilarda emojilardagi madaniy xilma-xillik borasidagi
53%
47%
Rangli emojilardan xabardorlar
Rangli emojilardan xabari yo'q
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
3
№
1 (2025) / ISSN 2181-3701
28
xabardorlikning yetarli emasligini ko‘rsatadi. Ishtirokchilardan emojilarda madaniy
ramzlar borligini sezgan-sezma
ganliklari haqida so‘ralganda, 66 foizi bu savolga ijobiy
javob berdi. Bu esa emojilardagi madaniy ifodalarning tobora ko‘zga tashlanib, e’tiborni
tortayotganidan dalolat beradi.
Ishtirokchilardan boshqa madaniyatlarga xos ramzlarni o‘z ichiga olgan emojil
ardan
foydalanish (masalan, an’anaviy o‘zbek madaniyatidan boshqa madaniy belgilar) haqida
so‘raldi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, ishtirokchilarning yarmidan ko‘pi (69 foizi) bunday
emojilardan ba’zan yoki tez
-
tez foydalanadi. Bu esa madaniy belgilarni o‘z
ichiga olgan
emojilarning kundalik muloqotda keng qo‘llanilayotganligini va raqamli muloqot
amaliyotlarining globallashayotganligini tasdiqlaydi.
Bu natijalar shuni ko‘rsatadiki, ishtirokchilar ko‘p tajribaga ega bo‘lmasa ham,
emojilarning madaniy
bo‘shliqlarni to‘ldirish va madaniyatlararo muloqotni
osonlashtirishdagi salohiyatini tan olishadi.
Deyarli barcha ishtirokchilar (98%) emojilarning ma’nolari madaniyatlararo farq
qilishi mumkinligini tan oldilar. Bu natija tabiiyki, harakatlar kabi emojilarning ham turli
madaniy kontekstlarda turlicha talqin qilinishi mumkin. Shu nuqtai nazardan,
ishtirokchilar emojilarning madaniyatlararo muloqotdagi asosiy kamchiliklarini ta’kidlab
o‘tdilar: 76% ishtirokchilar emojilarning talqindagi farqlar sababli mada
niyatlararo
muloqotda noto‘g‘ri tushunishga olib kelishi mumkinligiga ishonishadi va 53% esa bu
madaniy bilimlarni tushunmaslikga olib kelishi mumkin deb hisoblaydi.
Sharqda (dimlangan guruch) va (ramen) emojilarining keng tarqalishi, ushbu
mintaqalarda mavjud bo‘lgan oziq
-ovqat odatlari va madaniy qadriyatlarni aks ettiradi.
Aksincha, G‘arbda go‘shtga oid emojilar
(masalan ,
(grillangan go‘sht)) ko‘proq
ishlatiladi, bu esa o‘sha mintaqalarda mavjud bo‘lgan oziq
-ovqat odatlari va madaniy
me’yorlarni ko‘rsatadi. Emojilarni ishlatishdagi bu farq nafaqat oziq
-ovqat odatlariga
o‘xshash, balki har bir mintaqaning o‘ziga xos madaniy va ijtimoiy asoslarini ham yoritadi.
Sharq madaniyatida oziq-ovqat jamiyat ritualari va oilaviy marosimlarda muhim rol
o‘ynaydi, ko‘pincha birlik va iliqlikni ifodalovchi ramz sifatida xizmat qiladi. Shuning
uchun oziq-ovqatga oid emojilar, masalan,
(issiq sho‘rva),
( dumplinglar),
(choy), (chopstik) va
(bayram fonarlari) ko‘pincha
birlashuv va jamoatchilik
tushunchalari bilan bog‘lanadi. Ushbu emojilardan muloqotda foydalanish nafaqat oziq
-
ovqat haqida ma’lumot beradi, balki hissiy bog‘lanishlar va birga bo‘lish hissini ham
ifodalaydi.
Boshqa tomondan, G‘arb madaniyati go‘shtni oz
iq-ovqatning asosiy tarkibiy qismi
sifatida muhim
hisoblaydi, shuning uchun go‘shtga oid emojilar ko‘pincha kuch, hayotiylik
va shaxsiy qoniqish kabi tushunchalar bilan bog‘lanadi.
(Grill qilingan go‘sht)
va
(steyk)
emojilari ko‘pincha individul
afzallik va erkinlikning ramzi sifatida qaraladi.
Muloqot kontekstida, bu go‘shtga oid emojilar ko‘pincha insonga xos did va ko‘ngil
to‘lishini ifodalaydi, bu esa shaxsiy tanlovni qadrlaydigan madaniyatni aks ettiradi.
G‘arbda
o‘yin pultlarining keng tarqalishi va o‘yin madaniyatining ommaviy tarzda
qabul qilinishi sababli,
(o‘yin pulti) emojisi “bo‘sh vaqt”ni ifodalashda keng qo‘llaniladi.
Biroq Sharqda ayniqsa Xitoyda, siyosiy cheklovlar tufayli bu emojilar 2014-yildan boshlab
bazalarda keng t
arqalgan bo‘lmasligi mumkin.
Turli madaniy kontekstlarda bir xil emoji butunlay boshqa talqinlarga ega bo‘lishi
mumkin. Masalan, kuchni ifodalovchi emoji (
💪
) madaniy kontekstdan qat
’
i nazar,
turlicha talqin qilinadi. Kanadada odamlar uni mushaklarni ko‘rs
atish ramzi sifatida talqin
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
3
№
1 (2025) / ISSN 2181-3701
29
qilishlari mumkin; arab mamlakatlarida esa bu “yomon tana hidiga ega ekanligini”
bildirishi mumkin; nemislar uchun esa, bu emoji “sukunat kuchdir” degan ma’noni
anglatishi mumkin. Xuddi shuningdek, Amerika madaniyatida (
😐
) emoji odatda
“
oddiy
yoki normal” degan ma’noni ifodalash uchun ishlatiladi, ammo yapon ijtimoiy tarmog‘ida
bu emoji
“
yomon yoki tugadi
”
degan ma
’
noni anglatishi mumkin. Yaqin Sharqda esa (
😊
)
emoji har doim ham ijobiy va do‘stona his
-
tuyg‘ularni ifodalash uchu
n ishlatilmaydi,
aksincha, ba’zan bu, haqoratli ifoda sifatida qaraladi.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, o‘zbek va G‘arb madaniyatlari o‘rtasida qadriyatlar
va muloqot usullari bo‘yicha katta farqlar bor.
G‘arb madaniyati odatda to‘g‘ridan
-
to‘g‘ri
va aniq muloqot usulini qabul qiladi, bu esa bevosita ifodalanishni va aniq tushuntirishni
talab etadi. Bunga qarama-
qarshi ravishda, Sharq madaniyati ko‘proq bilvosita va ma’noli
ifodalarga, tilning eyufemizm va tavsiflariga e’tibor qaratadi. Bu Hofstedening mada
niy
o‘lchovlar nazariyasiga ham mos keladi, u madaniyatlarni yuqori
-kontekstli va past-
kontekstli madaniyatlarga ajratadi. Yuqori-kontekstli va past-kontekstli madaniyatlar
o‘rtasidagi muloqot uslublaridagi farqlarni hisobga olib, tegishli tadqiqotlar aniq
tushuntirishlar va dalillar taqdim etgan. Bir nechta mamlakatlarda, masalan, Hindiston,
Irlandiya, Tayland va AQShda olib borilgan madaniy tadqiqotlar muloqot uslublarining
madaniy kontekstga qanday bog‘langanligini o‘rganish uchun ma’lumotlarni yig‘di.
Tadqiqot natijalari Hindiston va Tayland kabi yuqori-kontekstli mamlakatlarda muloqot
uslublari ko‘proq ziddiyatdan qochish va bo‘ysunish holatiga moyil, G‘arb mamlakatlari
bo‘lgan Irlandiya va AQShda esa muloqot uslublari ko‘proq mustahkam va hukmron
bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatdi.
Sharq madaniyatida hurmat madaniyatining chuqur ildizlari va yuqori kuch
masofasi emoji foydalanishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Ayniqsa, Sharq madaniyatida
odamlar hurmat yoki uzr so‘rash uchun ma’lum turdagi emojilarni
ishlatishlari mumkin,
bu esa boshqalarga hurmat va kamtarlik bilan yondashishni aks ettiradi. G‘arb
madaniyatida esa, odamlar odatda shunday tushunchalarni ifodalash uchun matn
shakllarini to‘g‘ridan
-
to‘g‘ri ishlatishga moyil, emojilardan ko‘p foydalanmasl
iklari
mumkin. Shuningdek, Sharq madaniyatida kuch masofasi kontsepti nisbatan aniqroq
ifodalangan, ayniqsa rasmiy holatlarda, masalan, ish joylarida. Shuning uchun, bu kabi
holatlarda emojilardan foydalanish ko‘pincha noto‘g‘ri belgilardan foydalanish tuf
ayli
yuzaga keladigan tushunmovchiliklar yoki haqoratning oldini olish uchun cheklovlarga
bog‘liq. Bunga qarshi ravishda, G‘arb madaniyatida individualistik tendensiyalar va tenglik
tushunchasi odamlar uchun emojilardan foydalanishda yanada erkin va nozik muhitni
ta’minlaydi. Odamlar har xil holatlarda emojilarni moslashuvchan tarzda ishlatishga moyil,
masalan, (
👍
) kabi ramzlardan rozi bo
‘
lish yoki qo
‘
llab-quvvatlashni ifodalash uchun
foydalanishadi, bu esa G‘arb madaniyatining shaxsiy ifoda va muloqot uslublariga bo‘lgan
ahamiyatini va bag‘rikengligini to‘liq namoyon etadi.
XULOSA
Emojilar oddiy belgilar to‘plamidan global raqamli davrning madaniy jihatdan boy
va murakkab kommunikatsiya shaklini aks ettiradigan vositaga aylangan. Ushbu tadqiqot
emojilarning madaniy tafovutlarni yengishda, aniqroq muloqotni amalga oshirishda va
turli demografik, madaniy kontekstlarda inklyuzivlikni oshirishda muhim rol o‘ynashini
ta’kidladi. Bu global foydalanuvchilarning turli ehtiyojlari va kontekstlarini yaxshiroq
tushunish uchun emoji dizayni va tanlash jarayonlarining doimiy ravishda rivojlanishini
zaruratini anglatadi. Xulosa qilib aytganda, raqamli muloqot rivojlanishda davom etar
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
3
№
1 (2025) / ISSN 2181-3701
30
ekan, emojilardan global bog‘lanishni va madaniy yaqinlikni kuchaytirish vositalari
sifat
ida foydalanishni tushunish va amalga oshirish ham o‘sishi kerak. Emojilar faqat ifoda
vositalari emas, balki turli madaniyatlarni keng raqamli maydonda bog‘laydigan ko‘prik
vazifasini bajaruvchi hamdir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO
‘
YXATI:
1.
Archer, D., and
R. M. Akert. “Words and everything else: Verbal and nonverbal
cues in social interpretation”. Journal of Personality and Social Psychology, vol. 35, no. 6,
1977, pp. 443
–
49. https://doi.org/10.1037/0022-3514.35.6.443.
2.
Bai, Qiyu, et al. “A Systematic Revie
w of Emoji: Current Research and Future
Perspec tives”. Frontiers in Psychology, vol. 10, 2019.
https://doi.org/10.3389/
fpsyg.2019. 02221.
3.
Croucher, Stephen M., et al. “Conflict Styles and High–
Low Context Cultures: A
Cross Cultural Extension”. Communicat
ion Research Reports, vol. 29, no. 1, 2012, pp. 64
73. https://doi.org/10.1080/08824096.2011.640093.
4.
Derks, Daantje, et al. “Emoticons and online message interpretation”. Social
Science Computer Review, vol. 26, no. 3, 2008, pp. 379
–
88.
5.
Gaspar, Rui, et al.
“Beyond positive or negative: Qualitative sentiment analysis of
so cial media reactions to unexpected stressful events”. Computers in Human Behavior,
vol. 56, 2016, pp. 179
–
91.
6.
Hofstede, Geert. Culture’s consequences: Comparing values, behaviors,
institutions and organizations across nations. Sage publications, 2001.
7.
Lin, Ting-Ju, and Chien-
Hsiung Chen. “A preliminary study of the form and status
of passionate affection emoticons”. International Journal of Design, vol. 12, no. 2, 2018.
8.
Tossell
, Chad C, et al. “A longitudinal study of emoticon use in text messaging from
smartphones”. Computers in Human Behavior, vol. 28, no. 2, 2012, pp. 659–
63.