Авторы

  • Шахзод Абдуллаев
    Самостоятельный исследователь, Узбекский государственный университет мировых языков

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.foreign-linguistics.67938

Ключевые слова:

квивалентность формальный стиль перевод “Уложение Aмира Темура” терминология структурная адаптация культурные различия

Аннотация

В статье, основанной на «Уложении Амира Темура», рассматриваются проблемы достижения эквивалентности при переводе текстов формального стиля. Опираясь на работы Юджина Найды, Питера Ньюмарка и Вернера Коллера, автор анализирует вопросы терминологической точности, структурных различий и культурных особенностей. Особое внимание уделяется стратегиям структурной адаптации и терминологической последовательности, способствующим обеспечению точности и функциональности перевода.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika –

Зарубежная лингвистика и
лингводидактика – Foreign

Linguistics and Linguodidactics

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics

Problems of achieving equivalence in the translation of
official texts

Shakhzod ABDULLAEV

1

Uzbek State World Languages University

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received November 2024

Received in revised form
10 December 2024
Accepted 25 December 2024

Available online
25 January 2025

This article examines the challenges of achieving equivalence

in formal style translation, with a focus on the Codes of Amir
Timur. Drawing on the works of E. Nida, P. Newmark, and L.

Koller, the study explores key issues such as terminological

precision, structural differences, and cultural nuances.

It highlights strategies like structural adaptation and

terminological consistency as essential for enhancing
translation accuracy and functionality in formal texts.

2181-3701/© 2024 in Science LLC.
DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol3-iss1

/S

-pp225-233

This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (

https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru

)

Keywords:

equivalence,

formal style,

translation,

Amir Temur’s Codes,

terminology,

structural adaptation,
cultural differences.

Rasmiy matnlar tarjimasida ekvivalentlikka erishish
muammolari

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar:

ekvivalentlik,

rasmiy uslub,

tarjima,

“Amir Temur Tuzuklari”,
terminologiya,

tarkibiy moslashuv,

madaniy farqlar.

Ushbu maqolada Amir Temur “Tuzuklar”iga asoslanib,

rasmiy uslubdagi matnlarning tarjimasida ekvivalentlikka
erishish muammolari tahlil qilinadi. Yujin Nida, Piter Nyumark

va Verner Koller tadqiqotlariga tayangan holda, terminologik

aniqlik, tuzilma farqlari va madaniy xususiyatlar kabi masalalar

ko‘rib chiqiladi. Aniqlik va funksionallikni ta’minlash uchun
tuzilmaviy moslashuv va terminologik izchillik strategiyalariga

e’tibor qaratiladi.

1

PhD-researcher, Uzbek State World Languages University. E-mail: abdullaev.sh.f@gmail.com


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 1 (2025) / ISSN 2181-3701

226

Проблемы достижения эквивалентности при переводе
официальных текстов

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

квивалентность,
формальный стиль,
перевод,

«Уложение Aмира
Темура», терминология,
структурная адаптация,

культурные различия.

В статье, основанной на «Уложении Амира Темура»,

рассматриваются проблемы достижения эквивалентности

при переводе текстов формального стиля. Опираясь на

работы Юджина Найды, Питера Ньюмарка и Вернера

Коллера, автор анализирует вопросы терминологической
точности,

структурных

различий

и

культурных

особенностей. Особое внимание уделяется стратегиям

структурной

адаптации

и

терминологической

последовательности,

способствующим

обеспечению

точности и функциональности перевода.


KIRISH

Bugungi kunda globallashuv jarayoni xalqaro muloqotning barcha sohalarida,

jumladan, ilm-fan, huquq va diplomatiya kabi rasmiy yo‘nalishlarda faol rivojlanmoqda.
Bunday jarayonda rasmiy uslubdagi matnlarning to‘g‘ri va aniq tarjima qilinishi global
hamkorlik va huquqiy normalarni amalga oshirishda muhim rol o‘ynaydi. Rasmiy
uslubdagi matnlar, jumladan, huquqiy, ilmiy va akademik matnlar qat’iy tuzilma va
standartlarga ega bo‘lib, terminologiyaning aniqligini, mazmunning bir ma’noliligini va
uslubiy izchillikni talab qiladi. Bunday matnlarning tarjimasida mazmun va shakl
uyg‘unligini ta’minlash alohida ilmiy va amaliy e’tiborni talab etadi. Piter Nyumark
o‘zining “A Textbook of Translation” asarida ta’kidlaganidek, “…rasmiy matnlar
tarjimasida aniqlik va izchillik birinchi darajali ahamiyatga ega bo‘lib, bu jarayon
ko‘pincha til va uslub chegaralarini buzmaslikni talab qiladi”. Shu sababli, rasmiy
uslubdagi matnlarni tarjima qilishda qat’iy struktura izchillik zarur bo‘ladi. Rasmiy
uslubdagi matnlar xalqaro hamkorlikning asosini tashkil etadi. Masalan, xalqaro huquqiy
shartnomalar va ilmiy maqolalar kabi matnlar global jarayonlar uchun huquqiy asos
bo‘lib xizmat qiladi. Bunday matnlarda terminologik va sintaktik aniqlik juda muhim
ahamiyatga ega. Bu o‘rinda Kollerning “Ekvivalentlikning asosiy mezonlari matn turiga va
funksiyasiga mos kelishi lozim” degan fikrlarini eslash joizdir. Shu boisdan, bunday
matnlarning tarjimasida terminologik sadoqat va uslubiy uyg‘unlikni ta’minlash muhim
hisoblanadi.

Tillarning grammatik, leksik va uslubiy tizimlari o‘rtasidagi farqlar sababli rasmiy

uslubdagi matnlarni tarjima qilishda ekvivalentlikka erishish murakkab jarayondir.
Masalan, bir til uchun odatiy bo‘lgan huquqiy yoki ilmiy termin boshqa til tizimida
to‘g‘ridan-to‘g‘ri ekvivalentga ega bo‘lmasligi mumkin. Bundan tashqari, har bir til va
madaniyat o‘ziga xos sintaktik va uslubiy me’yorlarga ega bo‘lib, bu me’yorlar boshqa
tilga tarjima qilinganida ma’no yoki ta’sirning yo‘qolishiga olib kelishi mumkin. Roman
Yakobsin bu haqida o‘zining “On Linguistic Aspects of Translation” asarida shunday
deydi: "Hech qanday to‘liq ekvivalentlik mavjud emas, chunki tillar o‘rtasida semantik va
sintaktik tizimlar farqlidir”. Shu sababli, tarjima jarayonida madaniy tafovutlar ham
inobatga olinishi lozim.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 1 (2025) / ISSN 2181-3701

227

ADABIYOTLAR TAHLILI

Mazkur maqola rasmiy uslubdagi matnlarning tarjimasida ekvivalentlikka

erishishning nazariy va amaliy muammolarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqot

doirasida terminologik aniqlikni saqlash, tillarning tuzilma farqlarini moslashtirish va

madaniy omillarni hisobga olish strategiyalari tahlil qilinadi. Amir Temur tuzuklari

misolida bu jarayonda yuzaga keladigan muammolar ko‘rib chiqiladi. Yujin Nida, Piter

Nyumark va Verner Koller kabi tarjima nazariyotchilarining asarlari tadqiqotning nazariy

asosini tashkil etadi. Maqola rasmiy matnlar tarjimasida terminologik ekvivalentlik,

sintaktik va tuzilma farqlarining ta’siri hamda madaniy xususiyatlarning inobatga olinishi

bilan bog‘liq masalalarni tahlil qiladi. Tarjima sifatini oshirish uchun tavsiya etilgan

strategiyalar va natijalar tarjimonlar hamda mutaxassislar uchun amaliy ahamiyatga ega

bo‘lishi kutilmoqda.

Nida, pioner tarjimon va tarjima nazariyotchisi sifatida, tarjima jarayonida formal

va dinamik ekvivalentlik konsepsiyalarini ilgari surdi. Uning fikricha, formal ekvivalentlik

matnning grammatik va leksik jihatdan asliyatga maksimal darajada yaqin bo‘lishini talab

qiladi. Bunday yondashuv, ayniqsa, huquqiy, ilmiy va texnik matnlarda muhim, chunki

bunday matnlar huquqiy va texnik aniqlikni saqlashi kerak. Nida bu haqida shunday

yozgan: “Formal ekvivalentlik orqali asl matnning struktura va mazmunini imkon qadar

o‘z holicha saqlashga harakat qilinadi, ammo bu ko‘pincha ma’no va muloqotga ta’sir

qilishi mumkin. Dinamik ekvivalentlik, aksincha, matnning asosiy kommunikativ

maqsadini saqlashga intiladi, bunda maqsadli tilning madaniy va muloqot sharoitlari

inobatga olinadi.” Rasmiy matnlar tarjimasida, Nidaning ta’kidlashicha, formal

ekvivalentlik ustuvorlik qilishi kerak, chunki huquqiy va texnik matnlarning aniqligi

muloqotning to‘g‘ri amalga oshirilishini ta’minlaydi.

Boshqa bir tarafdan esa,

Piter Nyumark ekvivalentlikni semantik va kommunikativ

tarjima tushunchalari orqali tushuntiradi. Semantik tarjima asliyatdagi leksik va

grammatik tuzilmani maksimal darajada saqlashni talab qiladi. Bu yondashuv asosan

ilmiy va rasmiy matnlar uchun qo‘llaniladi. Kommunikativ tarjima esa o‘quvchiga mos

tushunarli shaklda taqdim etiladigan tarjima usulidir. Piter Nyumarkning rasmiy matnlar

tarjimasida semantik tarjima ustuvor bo‘lib, har qanday o‘zgarish terminologik yoki

grammatik nuqtai nazardan zarurat bilan asoslanishi lozim degan fikrlari rasmiy va

texnik matnlar izchilligini ta’minlashda katta rol o‘ynaydi. Uning fikricha, rasmiy

uslubdagi matnlarda tarjimon uslub va mazmunni imkon qadar bir xil saqlashi kerak.

Ayniqsa, xalqaro huquqiy yoki diplomatik matnlarda kichik bir terminologik noaniqlik

huquqiy tushunmovchiliklarga olib kelishi mumkin.

Koller ekvivalentlikni beshta kategoriyaga ajratib o‘rganadi. Uning nazariyasida

rasmiy matnlarda ayniqsa denotativ va tekst-normativ ekvivalentlik muhim rol o‘ynaydi.

Denotativ ekvivalentlik matndagi faktlar va ma’lumotlarning to‘g‘ri ifodalanishini

ta’minlashga qaratilgan bo‘lsa, tekst-normativ ekvivalentlik matn turiga va janriga mos

keluvchi lingvistik va uslubiy me’yorlarni saqlashni talab qiladi. Kollering fikricha, rasmiy

matnlar tarjimasida ekvivalentlikni buzadigan har qanday o‘zgarish hujjatning

muloqotdagi qiymatini pasaytiradi. Kollerning nazariyasi bo‘yicha huquqiy, ilmiy va

texnik matnlar yuqori darajada standartlashtirilgan bo‘lib, bunday matnlarda mazmun va

forma o‘rtasidagi bog‘liqlikning buzilmasligi muhimdir.

Katford tarjimada “shifts

-

o‘zgarishlar” tushunchasini kiritgan. Uning fikricha,

tarjima jarayonida til tizimlarining leksik va sintaktik farqlari sababli matnning tuzilishi

yoki mazmunida o‘zgarishlar yuzaga keladi. Rasmiy matnlarni tarjima qilishda bunday


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 1 (2025) / ISSN 2181-3701

228

o‘zgarishlarni minimal darajada saqlash kerak. Katford ta’kidlaganidek, “Tarjimaning

muvaffaqiyati, ayniqsa, rasmiy matnlarda, sintaktik va leksik moslashuvni imkon qadar

kamaytirishga bog‘liq.” Shu boisdan rasmiy matnlarni tarjima qilishda sintaktik

o‘zgarishlarni kam qilish matnning aniqligini saqlashga yordam beradi, ammo ba’zi

tillararo farqlar tufayli bu har doim ham amalga oshirilmaydi.

Roman Yakobsin tarjimada to‘liq

ekvivalentlik tushunchasiga shubha bilan qaraydi

va tarjimada hech qachon so‘zma-so‘z moslikka to‘la erishib bo‘lmasligini ta’kidlaydi.

Uning fikricha, “Tillarning semantik va sintaktik tizimlari bir-biridan farq qiladi, shuning

uchun tarjimada ma’lum darajadagi yo‘qotishlar yoki o‘zgarishlar muqarrardir.” Bu

yondashuv, ayniqsa, madaniy jihatdan sezgir matnlarga nisbatan qo‘llaniladi. Biroq,

Jakobsin rasmiy matnlarda ekvivalentlikni maksimal darajada saqlash uchun

strukturaviy va semantik tahlil zarur deb hisoblaydi.

Nord tarjima jarayonida matnning funksiyasi va maqsadini saqlashning

muhimligini ta’kidlaydi. Uning Skopos nazariyasiga ko‘ra, tarjima qilingan matnning

kommunikativ funksiyasi asl matnga muvofiq bo‘lishi kerak. Nordning fikricha, rasmiy

matnlar tarjimasida terminologik aniqlik va madaniy uyg‘unlik asosiy talablardan biri

bo‘lib, u shunday yozadi: “Rasmiy matnlarning tarjimasida nafaqat matn mazmuni, balki

uning ijtimoiy va madaniy konteksti ham hisobga olinishi zarur.” Bu nuqtai nazar

tarjimonlardan nafaqat lingvistik bilimlarni, balki madaniyatlararo muloqot

ko‘nikmalarini ham talab qiladi. Yuqorida keltirilgan olimlarning qarashlari rasmiy

uslubdagi matnlarni tarjima qilishda ekvivalentlikka erishishning qanchalik murakkab

jarayon ekanligini ko‘rsatadi. Nida, Newmark, Koller va boshqa nazariyotchilar matn

tuzilmasi, mazmuni va funksiyasini saqlab qolish uchun turli yondashuvlarni taklif

qiladilar. Bunday tarjimalar yuqori darajadagi aniqlik, terminologik izchillik va

kommunikativ sadoqatni talab qiladi. Tarjimonlar matn turiga mos keluvchi

yondashuvlarni qo‘llash orqali tillararo muloqotning samaradorligini oshirishi mumkin.

METODOLOGIYA

Tarjima nazariyasining metodologik asoslarini qayta ko‘rib chiqish zarurati,

shuningdek, amaliy ehtiyojlar bilan ham bog‘liq. Xususan, tarjima o‘rgatishda

ekvivalentlik, matnlarning bir xillik yoki o‘xshashlik kabi an’anaviy tushunchalar asosida

ish olib borish ko‘pincha noto‘g‘ri tasavvurlarni shakllantiradi va xatolarga olib keladi.

Amaliy tajriba shuni ko‘rsatadiki, tarjima qilinayotgan matnning tabiiylikdan uzoqligi

yoki sun’iyligi ana shunday noto‘g‘ri tushunchalarning oqibatidir. Shunday qilib,

nazariyaning zamonaviy yondashuvi tarjima faoliyatiga subyektiv tafakkur va kognitiv

jarayonlarni jalb etib, unga ko‘proq ijodiy va ilmiy ko‘z bilan qarashni taklif qiladi.

Tarjima jarayonida rasmiy uslubdagi matnlarning ekvivalentligini ta’minlash doimiy

e’tiborni talab qiladigan dolzarb muammo hisoblanadi. Chunki bunday matnlar tarkibida

qat’iy belgilangan terminologiya, standartlar va yuqori darajadagi aniqlik talab qilinadi.

Shu sababli ushbu tadqiqotda ilmiy-nazariy qarashlar hamda amaliy tahlillar asosida

ekvivalentlik muammolarini o‘rganish va tahlil qilishga yo‘naltirilgan kompleks

metodologiya qo‘llanildi. Yujin Nidaning dinamik va formal ekvivalentlik konsepsiyalari

tarjimada asosiy yondashuvlar sifatida qabul qilingan. Nida formal ekvivalentlikni

tarjima matnining asl nusxadagi grammatik va leksik jihatlarga sadoqatli bo‘lishi sifatida

izohlaydi. Bunday yondashuv rasmiy va texnik matnlar uchun muhim hisoblanadi, chunki

mazmun va shaklning bir xil saqlanishi talab etiladi. Shu bilan birga, dinamik

ekvivalentlik orqali o‘quvchiga qulay va tushunarli bo‘lgan, lekin asl matnning

kommunikativ maqsadini to‘liq aks ettiradigan tarjima amalga oshiriladi.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 1 (2025) / ISSN 2181-3701

229

Mazkur nazariy qarashlar asosida tadqiqotning amaliy bosqichida “Amir Temur

tuzuklari” matni asosiy obyekt sifatida tanlandi. Bu matnning lingvistik va madaniy
jihatlari rasmiy uslubdagi tarjimada yuzaga keladigan asosiy muammolarni tahlil qilish
uchun imkon yaratadi. Tanlangan parchalar terminologik, sintaktik va stilistik jihatdan
o‘rganilib, tarjima jarayonida yuzaga keladigan muammolar aniqlandi. Jumladan, tarixiy
va madaniy terminlar boshqa til tizimida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ekvivalentga ega bo‘lmagan
holatlar kuzatildi. Bunday hollarda tarjimonlar ko‘pincha terminlarni kontekstual
moslashtirish strategiyalaridan foydalanishga majbur bo‘ladilar.

Tahlil natijalari qiyosiy yondashuv orqali ham mustahkamlandi. Turli

tarjimonlarning rasmiy uslubdagi matnlarni tarjima qilishda qo‘llagan usullari
solishtirildi. Ushbu qiyosiy tahlil orqali terminologik izchillik, gap tuzilmasi va stilistik
xususiyatlarni saqlash darajasi baholandi. Ayrim tarjimalarda so‘zma-so‘z ekvivalentlikni
saqlashga intilish natijasida matnning semantik ravonligi buzilgani kuzatildi, boshqa
hollarda esa o‘quvchi uchun tushunarli bo‘lish maqsadida sintaktik moslashuvlar
qo‘llangan.

Rasmiy uslubning subjanrlari. Rasmiy uslub ko‘pincha ilmiy, kasbiy va rasmiy

kontekstlarda qo‘llaniladi. U aniq tuzilgan, obyektiv va shaxsiylikdan xoli bo‘lgan tilda
ifoda qilinadi. Quyida rasmiy uslubning asosiy kichik janrlari kontekst va maqsad
bo‘yicha keltirilgan. Ilmiy subjanr ilmiy maqolalar, tadqiqot ishlari, dissertatsiyalar va
referatlar orqali ifodalanadi. Bu matnlar ko‘pincha kirish, adabiyotlar sharhi,
metodologiya, natijalar va muhokama kabi bo‘limlardan tashkil topadi. Ilmiy-analitik esse
va akademik ma’ruzalar ham rasmiy ilmiy uslubning bir qismi hisoblanadi. Huquqiy
subjanr qonunlar, qarorlar, shartnomalar va boshqa yuridik hujjatlar orqali namoyon
bo‘ladi. Bu hujjatlar rasmiy qoidalarni belgilab, tomonlarning huquqiy majburiyatlarini
aniqlaydi. Yuridik tahlillar, protsessual hujjatlar va sud materiallari ham ushbu janrga
kiritish mumkin. Biznes subjanr turli hisobotlar, biznes-rejalar, xizmat yozishmalari va
rasman yuboriladigan rasmiy xatlar orqali ko‘rinadi. Bu janrda mazmunning aniq, sodda
va maqsadga yo‘naltirilgan bo‘lishi talab qilinadi. Rasmiy hisobotlar, biznes takliflari va
taqdimotlar orqali ma’lumot yetkazish va muloqot qilish amalga oshiriladi.

Davlat va ma’muriy subjanr davlat idoralari tomonidan chiqariladigan rasmiy

qarorlar, e’lonlar, ko‘rsatmalar va boshqa hujjatlarni o‘z ichiga oladi. Siyosiy bayonotlar,
yo‘riqnomalar va diplomatik yozishmalar ushbu subjanrning asosiy namunalari
hisoblanadi. Ilmiy-texnik subjanr ilmiy hisobotlar, texnik ko‘rsatmalar va texnologik
tavsiflar orqali ifodalanadi. Bunday matnlar ilmiy ma’lumotlarni aniq va ishonchli tarzda
taqdim etishni maqsad qiladi. Konferensiya materiallari va ilmiy natijalarni taqdim etish
ham ushbu janrga kiradi. Ommaviy axborot va kommunikatsiya subjanri press-relizlar,
rasmiy axborot xabarlari va jamoatchilikka mo‘ljallangan boshqa e’lonlar orqali amalga
oshiriladi. Bu matnlar ko‘pincha keng ommaga muhim voqealar va yangiliklar haqida
rasmiy axborot berishni ko‘zlaydi. Diplomatik subjanr davlatlararo shartnomalar, xalqaro
kelishuvlar va boshqa diplomatik hujjatlar orqali ifodalanadi. Ushbu matnlar aniq
tuzilgan protokol va diplomatik muloqot me’yorlariga rioya etib, xalqaro
munosabatlarning asosini tashkil qiladi. Rasmiy nutqlar va siyosiy maslahat hujjatlari
ham ushbu janrga kiradi.

Ushbu kichik janrlar rasmiy lug‘at boyligi, murakkab gap tuzilmalari va xolis

ohangdan foydalanadi. Ular matnning aniqligini, obyektivligini va kasbiyligini ta’minlash
uchun zarur bo‘lgan muhim kommunikativ vositalardir.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 1 (2025) / ISSN 2181-3701

230

NATIJALAR

Ingliz va o‘zbek matnlarining ushbu qiyosiy tadqiqi tarixiy hikoyalar va madaniy

xos atamalar tarjimasidagi rasmiy stilistik ekvivalentlikka erishishdagi bir qator
qiyinchiliklarni aniqladi. Amir Temurning harbiy yurishlari tasvirlangan mazkur matnlar
tahlili sintaktik tuzilish, leksik tanlov va madaniy ifodalar kabi muhim farqlarni ochib
berdi. Tadqiqot jarayonida Piter Nyumark, Yujin Nida, Kristian Nord va Kristian Mandey
kabi yetakchi olimlarning tarjima nazariyalari nazarga olindi.

1. Madaniy kontekst va atamalar. Piter Nyumark madaniy jihatdan atamalarni

semantik tarjima orqali madaniy buzilishlardan himoya qilib, ularning ma’nosini saqlab
qolish kerakligini ta’kidlaydi. Masalan, ingliz matnidagi “province of Seistaun” va “six
months wages to the soldiers

iboralari boshqaruv va harbiy tartibni rasmiy ifodalasa,

o‘zbek matnida ularning muqobili sifatida “Garmsir viloyati” va “sovg‘a-salomlar” singari
madaniy jihatdan mos so‘zlar qo‘llanilgan. Yujin Nidaning dinamik ekvivalentlik nazariyasi
madaniy o‘zlashtirish orqali ma’noni aniqroq yetkazishni tavsiya etadi. Masalan, “six
months wages

iborasini so‘zma-so‘z tarjima qilish o‘rniga madaniy muqobil ifoda

qo‘llanishi maqsadga muvofiqdir. Kristian Nord o‘zining funksional yondashuvida
tarjimada matnning asosiy maqsadi va vazifasini saqlagan holda uni maqsadli auditoriyaga
moslashtirish muhimligini qayd etadi. Misol uchun, “succour” va “offerings” kabi so‘zlar
tarjima tili sohiblari madaniyatiga mos ravishda adaptatsiya qilinsa, ular matnning rasmiy,
hurmatli uslubini saqlab qoladi, degan g’oyani ilgari surgan.

2. Hikoyaning tuzilishi va sintaksis farqlari. Yujin Nidaning rasmiy ekvivalentlik

haqidagi nazariy fiklari hikoyaviy matn tarjimalarda shakl va aniqlikni saqlab qolish
lozimligini ta’kidlaydi. Ingliz matnida qisqa, rasmiy jumlalarga asoslangan izchil
hikoyaviy oqim kuzatiladi: “And when the ruler of Seistaun received accounts thereof, he
sent offerings and rich gifts unto me.” O‘zbek matni esa uzun va tasviriy jumlalarga boy:
“Bu xabar Seiston vodiysiga yetgach, elchi orqali sovg’a-salomlar yuborib, mendan
yordam so‘radi.” Piter Nyumark modulyatsiya texnikasini qo‘llab-quvvatlaydi. Bu texnika
jumlalarni qayta qurish orqali ma’noni o‘zgartirmasdan ekvivalentlikka erishishga
yordam beradi. Tarjimonlar o‘zbek matnidagi murakkab gaplarni qayta tuzib, ularni
ingliz tilida rasmiy, aniq uslubda ifodalashi mumkin. Kristian Mandey sintaktik
o‘zgarishlar haqidagi qarashlarida matn tuzilishini tarjima tildagi o‘quvchilar uchun
tushunarli va mazmunli shaklga moslashtirish zarurligini ta’kidlaydi.

3. Hokimiyat va harakatni aks ettiruvchi leksik tanlov. Ikkala matnda ham Amir

Temurning hokimiyati va harbiy yurishlari tasvirlangan. Ingliz matnida “intentions,”
“fulfilled his engagement,” va “victory” kabi diplomatik va rasmiy so‘zlar qo‘llanilgan
bo‘lsa, o‘zbek matnida “va’dasiga vafo qilmaganligi” kabi madaniy jihatdan boy iboralar
ishlatilgan. Nyumarkning kommunikativ tarjima konsepsiyasi xabarni to‘g‘ri yetkazish va
tarjima tilga mos leksik tanlovni muvozanatda saqlashni muhim deb hisoblaydi. Masalan,
“fulfilled his engagement” so‘z birikmasini o‘zbek tiliga mos va hurmatli ma’nodagi ifoda
bilan tarjima qilish lozim.

4. Tasviriy va atrof-muhitga oid havolalar.

Ingliz matnida “the air and water of that

country suited not with me” singari ehtiyotkorlik bilan ifodalangan tasvirlar bor. O‘zbek
matnida esa bu ibora batafsilroq berilgan: “o‘sha o‘lkaning havo-ob havosi mening
mijozimga to‘g‘ri kelmagan sababli...”.

Kristian Nord tasviriy elementlarni madaniy

qadriyatlar bilan mos ravishda adaptatsiya qilish muhimligini ta’kidlaydi. Haddan
tashqari so‘zma-so‘z tarjima tasviriy ifodalarning to‘g‘riligini buzishi mumkin.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 1 (2025) / ISSN 2181-3701

231

5. Bevosita nutq va rasmiy muloqot. Ingliz matnidagi hukmdorning nutqi “Certain

of my enemies have oppressed me” deb aytilgan bo‘lsa, o‘zbek matnida shunga o‘xshash

ibora mavjud: “Dushmanlarim menga zulm qilib...”. Har ikkala matnda ham rasmiylik

saqlanadi, ammo uslubi madaniy farqlarga mos ravishda o‘zgargan. Va bu tarjima misoli

aynan Yujin Nida va Nyumarkning ekvivalentlik nazariyalarida muloqotni tarjima til

madaniy me’yorlariga mos ravishda adaptatsiya qilish kerakligi haqidagi fiklarining

amaliy tatbiqi bo‘lib xizmat qiladi.

6. Yaradorlik va tuzalish. Ingliz matnida Amir Temurning yaradorligi qisqa shaklda

beriladi: “An arrow came and pierced my arm, and another arrow also came upon my

foot.” Aksincha, o‘zbek matnida bu batafsilroq tasvirlangan: “Bir o‘q kelib bilagimga

qadaldi...”. Bu hikoya tarzining turli xil uslubiy xususiyatlarini aks ettiradi. Nyumark

voqealar tasvirida so‘zlar muvozanatini saqlashni muhim deb hisoblaydi, Nidaning

dinamik yondashuviga ko‘ra, tafsilotlar tarjima til me’yorlariga mos ravishda tanlanishi

kerak. Ingliz va o‘zbek tarixiy hikoyalarni tarjima qilishda rasmiy ekvivalentlikka erishish

madaniy kontekst, hikoya tuzilishi va uslubiy me’yorlar kabi qiyinchiliklar bilan kechadi.

Piter Nyumark, Yujin Nida, Kristian Nord va Kristian Mandey kabi olimlarning

nazariyalari madaniy adaptatsiya, semantik o‘zgarish va funksional moslashuv

strategiyalari orqali ushbu muammolarni yengishda qimmatli yo‘l-yo‘riq beradi.

MUHOKAMA QISMI

Tarixiy va madaniy ahamiyatga ega bo‘lgan matnlarni tarjima qilishda rasmiy

ekvivalentlikka erishish bir qator murakkabliklarni keltirib chiqaradi. Ingliz va o‘zbek

matnlarining qiyosiy tahlili bu murakkabliklarni yoritib berdi. Ushbu muhokamada Piter

Nyumark, Yujin Nida, Kristian Nord va Kristian Mandey kabi olimlarning tarjima

nazariyalari asosida masalalar ko‘rib chiqiladi.

Madaniy jihatdan yuklangan atamalar va iboralarni tarjima qilishda eng katta

muammolardan biri ularning to‘g‘ri ifodalanishi hisoblanadi. Piter Nyumark so‘zma-so‘z

tarjima yetarli bo‘lmagan hollarda

semantik tarjima

qo‘llanilishi lozimligini ta’kidlaydi.

Ingliz matnida

“province of Seistaun”

va

“succour”

kabi rasmiy atamalar ishlatilgan bo‘lsa,

o‘zbek matnida ularga mos keluvchi

“Garmsir viloyati”

va

“sovg‘a-salomlar”

kabi ifodalar

qo‘llangan. Yujin Nida

dinamik ekvivalentlik

nazariyasida matnning ma’no jihatidan

ta’sirini saqlashni, lekin maqsadli auditoriyaga mos tarzda ifodalanishini taklif etadi.

Masalan,

“six months wages”

iborasining to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarjimasi o‘rniga, madaniy

jihatdan mos ifodani qo‘llash lozim. Kristian Nord funksional moslashuv nazariyasida

tarjimaning asosiy vazifasini va kommunikativ maqsadini saqlagan holda madaniy

jihatdan moslashtirish zarurligini ta’kidlaydi.

Ingliz va o‘zbek matnlari tahlili sintaktik strukturalarning sezilarli farqlarini

ko‘rsatadi. Ingliz matnida qisqa va rasmiy jumlalar bilan izchil voqea bayoni taqdim

etilgan, masalan:

“And when the ruler of Seistaun received accounts thereof, he sent

offerings and rich gifts unto me.”

O‘zbek matni esa uzunroq va batafsil tasvirlar orqali

ifodalangan:

“Bu xabar Seiston voliyisiga yetach...”

. Nida

rasmiy ekvivalentlik

nazariyasida

matnning sintaktik tuzilishini saqlab qolish muhimligini ta’kidlaydi. Kristian Mandey esa

sintaktik o‘zgarishlarni o‘quvchilarga tushunarli va mos shaklda moslashtirishni zarur

deb hisoblaydi. Nyumark esa

modulyatsiya

texnikasini qo‘llab-quvvatlaydi, bu orqali

murakkab gaplar qisqartirilishi yoki qayta tuzilishi mumkin.

Ikkala matnda ham hokimiyat va harbiy muvaffaqiyat tasvirlangan, lekin leksik

tanlovlar madaniy va stilistik an’analarga ko‘ra farq qiladi. Ingliz matnida

“intentions,”

“fulfilled his engagement,”

va

“victory”

kabi so‘zlar ishlatilgan bo‘lsa, o‘zbek matnida


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 1 (2025) / ISSN 2181-3701

232

“va’dasiga vafo qilmaganligi”

kabi iboralar qo‘llangan. Nyumarkning

kommunikativ

tarjima

nazariyasida xabarni to‘g‘ri yetkazish uchun leksik tanlov maqsadli tilga

moslashtirilishi lozimligi ta’kidlanadi. Bu yerda tarjimon ma’no va madaniy kontekst

o‘rtasidagi muvozanatni saqlashi kerak. Matnlarda atrof-muhitga oid tasvirlar ham

sezilarli farq qiladi. Ingliz matnida

“the air and water of that country suited not with me”

kabi ehtiyotkorlik bilan ifodalangan qisqa tasvir mavjud bo‘lsa, o‘zbek matnida bu

batafsilroq:

“o‘sha o‘lkaning havo-ob havosi mening mijozi-ma to‘g‘ri kelmagan sababli...”

.

Kristian Nord tasvirlarni madaniy qadriyatlar bilan moslashtirish lozimligini ta’kidlaydi.

Bu orqali tasviriy elementlarning asosiy ma’nosi buzilmay, madaniy jihatdan mantiqiy

bo‘lib qoladi.

Ikkala matnda ham hukmdorning bevosita nutqi berilgan. Ingliz matnida hukmdor

“Certain of my enemies have oppressed me”

deb aytgan bo‘lsa, o‘zbek matnida bu

“Dushmanlarim menga zulm qilib...”

shaklida ifodalangan. O‘zbekcha nutq tarkibida

madaniy elementlar, masalan, sovg‘a-salomlar berilishi keltirilgan. Nida va Nyumark
bevosita nutqni madaniy me’yorlarga moslashtirish, lekin rasmiy ohangni saqlab qolish
zarurligini qayd etadi. Ingliz matnida yaradorlik qisqacha:

“An arrow came and pierced

my arm...”

deb tasvirlangan bo‘lsa, o‘zbek matnida bu ancha batafsil:

“Bir o‘q kelib

billagimga qadaldi...”

. Bunday tafovutlar hikoyaning uslubiy xususiyatlariga bog‘liq.

Nyumark matnning ifoda uslubini balansda saqlash lozimligini ta’kidlaydi. Nida esa
tafsilotlar darajasini maqsadli tilning me’yorlariga moslashtirishni tavsiya etadi. Ushbu
tahlil shuni ko‘rsatadiki, rasmiy ekvivalentlikka erishish ko‘p bosqichli qarorlarni talab
qiladi. Tarjimonlar semantik va pragmatik ekvivalentlik, sintaktik moslashtirish hamda
madaniy adaptatsiyani amalga oshirib, ma’noning to‘g‘ri yetkazilishini ta’minlashlari
kerak. Nyumark, Nida, Nord va Mandey kabi olimlarning nazariyalari ushbu jarayonning
murakkabliklarini yengishda muhim strategiyalarni taklif etadi.

XULOSA

Tarixiy matnlarni, ayniqsa, madaniy havolalar va rasmiy stilistik xususiyatlarga

boy matnlarni tarjima qilishda rasmiy ekvivalentlikka erishish juda murakkab jarayondir.
Bu jarayon til va madaniyat omillarini puxta hisobga olishni talab qiladi. Ushbu tadqiqot
natijalari shuni ko‘rsatadiki, sintaktik tuzilma, leksik tanlov va madaniy moslashuvni
to‘g‘ri amalga oshirish orqali ekvivalentlikka erishish mumkin.

Piter Nyumarkning semantik va kommunikativ tarjima, Yujin Nidaning dinamik va

formal ekvivalentlik, Kristian Nordning funksional moslashuv va Kristian Mandeyning
sintaktik o‘zgarishlar haqidagi nazariyalari tarjima jarayonida samarali strategiyalarni
taqdim etadi.

Madaniy jihatdan atamalarni mos ravishda o‘zlashtirish, hikoyaning formal

uslubini saqlash va tasvirlarni madaniy me’yorlarga moslashtirish orqali tarjimon
matnning ma’no va vazifasini to‘liq yetkazishi mumkin. Shu bois, bunday matnlarni
tarjima qilishda faqat so‘zma-so‘z tarjimaga emas, balki pragmatik va stilistik
ekvivalentlikka ham alohida e’tibor qaratilishi zarur.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Yo‘ldoshev, U. Tarjimashunoslik terminlarining o‘zbekcha talqini. O‘zbek tilida

xoreografik terminlarning shakllanishi: Bugungi holati va taraqqiyoti bosqichlari.
Toshkent 2021. 300-304 b.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 1 (2025) / ISSN 2181-3701

233

2.

Abdullayeva, Sh. Adequacy and equivalence in financial and economic

translation: strategies for effective communication between English and Uzbek.
CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PHILOLOGICAL SCIENCES (ISSN –2767-3758)
Volume 05 Issue 11 Pages: 30-46.

3.

Abduganiyeva, Dj., Matenova. Challenges related to the translation of political

texts. Academic research in educational sciences, 2022.

4.

Newmark, Peter. A Textbook of Translation. New York: Prentice Hall, 1988.

5.

Nida, Eugene A. Toward a Science of Translating. Leiden: E.J. Brill, 1964.

6.

Nord, Christiane. Text Analysis in Translation: Theory, Methodology, and

Didactic Application of a Model for Translation-Oriented Text Analysis. Amsterdam:
Rodopi, 1997.

7.

Munday, Jeremy. Introducing Translation Studies: Theories and Applications.

4th ed., London: Routledge, 2016.

8.

Baker, Mona. In Other Words: A Coursebook on Translation. London: Routledge,

1992.

9.

Venuti, Lawrence. The Translator's Invisibility: A History of Translation. 2nd ed.,

London: Routledge, 2008.

10.

Hatim, Basil, and Mason, Ian. Discourse and the Translator. London: Longman,

1990.

11.

Abdullaeva, Sh., Interpretation of the typology of functional styles in linguistic

translation. Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика и
лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics Issue – 2 № 5. 2024 / ISSN
2181-3701.

Библиографические ссылки

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

Yo‘ldoshev, U. Tarjimashunoslik terminlarining o‘zbekcha talqini. O‘zbek tilida xoreografik terminlarning shakllanishi: Bugungi holati va taraqqiyoti bosqichlari. Toshkent 2021. 300-304 b.

Abdullayeva, Sh. Adequacy and equivalence in financial and economic translation: strategies for effective communication between English and Uzbek. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PHILOLOGICAL SCIENCES (ISSN –2767-3758) Volume 05 Issue 11 Pages: 30-46.

Abduganiyeva, Dj., Matenova. Challenges related to the translation of political texts. Academic research in educational sciences, 2022.

Newmark, Peter. A Textbook of Translation. New York: Prentice Hall, 1988.

Nida, Eugene A. Toward a Science of Translating. Leiden: E.J. Brill, 1964.

Nord, Christiane. Text Analysis in Translation: Theory, Methodology, and Didactic Application of a Model for Translation-Oriented Text Analysis. Amsterdam: Rodopi, 1997.

Munday, Jeremy. Introducing Translation Studies: Theories and Applications. 4th ed., London: Routledge, 2016.

Baker, Mona. In Other Words: A Coursebook on Translation. London: Routledge, 1992.

Venuti, Lawrence. The Translator's Invisibility: A History of Translation. 2nd ed., London: Routledge, 2008.

Hatim, Basil, and Mason, Ian. Discourse and the Translator. London: Longman, 1990.

Abdullaeva, Sh., Interpretation of the typology of functional styles in linguistic translation. Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics Issue – 2 № 5. 2024 / ISSN 2181-3701.