Авторы

  • Зебинисо Жамолова
    Студентка, Узбекский государственный университет мировых языков
  • Хаётхон Уринбоева
    Старший преподаватель, Узбекский государственный университет мировых языков

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.foreign-linguistics.67943

Ключевые слова:

метод стереотип Калеб Гаттенго адаптация понятие самостоятельная деятельность

Аннотация

В данной статье автор предоставляет информацию об одном из эффективных и уникальных методов обучения иностранным языкам - методе "Тихий путь" (The silent way), а также о его особенностях, преимуществах и эффективности. Рассматривается влияние этого метода на развитие у учащихся навыков командной работы, способности свободно мыслить, проявлять активность, находить решения проблем, а также быстро запоминать иностранные слова. Кроме того, автор описывает проведенные им наблюдения и их результаты.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika –

Зарубежная лингвистика и
лингводидактика – Foreign

Linguistics and Linguodidactics

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics

The Silent Way method, which has been implemented in
Uzbekistan for several years but has not yet reached every
foreign language teaching classroom

Zebiniso JAMOLOVA

1

, Khayotkhon URINBOEVA

2

Uzbekistan State World Languages University

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received November 2024
Received in revised form
10 December 2024
Accepted 25 December 2024

Available online
25 January 2024

This article in this article, one of the effective and unique

methods of training foreign languages (The Silent Way), the

unique aspects, advantages, effectiveness of this method, the
ability to communicate the team's ability to operate, free

thinking, The activity provides information on how to resolve

the problems and find it as a rapid memorization of words in

the foreign language. At the same time, the aud observed by the
author and the results of them.

2181-3701/© 2024 in Science LLC.
DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol2-iss1

/S

-pp181-184

This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (

https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru

)

Keywords:

method,

stratey,

Calebelba Gasttengo,

adaptation,

concept,

independent activity.

O‘zbekistonda bir necha yillar davomida qo‘llanib
kelinayotgan, ammo har bir chet tili o‘qitish sinfxonalariga
kirib bormagan “Tinch hudud” (the silent way) metodi

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar:

metod,

streotip,

Kaleb Gattengo,
moslashtirish,

tushuncha,

mustaqil faollik.

Ushbu maqolada muallif xorijiy tillarni o‘qitishdagi samarali

va o‘ziga xos usullardan biri “Tinch hudud” (The silent way)
metodi hamda ushbu metodning o‘ziga xos jihatlari, afzalliklari,

samaradorligi, o‘quvchilarning jamoaviy ishlash qobiliyatini,

erkin fikrlash qobiliyatini, faolligini, muammolarga qay tarzda

yechim topa olishga o‘rgatish va chet tilidagi so‘zlarni tez yod
olishi kabi jihatlariga ta’siri haqida ma’lumot beradi. Shu bilan

bir qatorda, muallif tomonidan o‘tkazilgan kuzatishlar va

ularning natijasi haqida so‘z boradi.

1

Student, Uzbekistan State World Languages University.

2

Senior Lecturer, Uzbekistan State World Languages University.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 1 (2025) / ISSN 2181-3701

182

Метод «Тихий путь» (the silent way), который
применяется в Узбекистане уже несколько лет, но не
получил распространения в каждом классе по
обучению иностранному языку

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

метод,

стереотип,

Калеб Гаттенго,
адаптация,

понятие,

самостоятельная
деятельность.

В данной статье автор предоставляет информацию об

одном из эффективных и уникальных методов обучения
иностранным языкам – методе «Тихий путь» (The silent
way), а также о его особенностях, преимуществах и

эффективности. Рассматривается влияние этого метода на

развитие у учащихся навыков командной работы,
способности свободно мыслить, проявлять активность,

находить решения проблем, а также быстро запоминать

иностранные слова. Кроме того, автор описывает

проведенные им наблюдения и их результаты.


KIRISH

Bugungi kunda chet tillari o‘qituvchilariga bo‘lgan talab ortib bormoqda. Nafaqat

o‘qituvchilarning ilmiy salohiyati, balki ularning o‘quvchilarni til o‘qitish jarayoniga jalb
qila olish mahorati ham baholanmoqda. Shunday ekan har bir chet tili o‘qituvchilari
xorijiy tillarni o‘rgatishda doimiy stereotip va qoliplardan chiqqan holda yondashishlari
kerak bo‘ladi. Ular til o‘qitish jarayonida zamonaviy usullarni ollay olish bilan
qurollangan bo‘lishlari lozim. Turli metodlardan foydalanib tashkillashtirilgan dars,
albatta, o‘rganuvchilarni jarayonga bo‘lgan qiziqishlarini rag‘batlantiradi. Zamonaviy til
o‘rgatish metodikasida o‘quvchilarning mustaqilligini, dars davomida fikrlarini erkin
tarzda bayon eta olish qobiliyatini rivojlantirish va ularni faollikka undash katta
ahamiyat kasb etadi. Ayni shu maqsadni amalga oshirishga qaratilgan usullardan biri bu
“Tinch hudud” metodidir. O‘zbekcha tarjimada “Tinch hudud” bo‘lib asli “The silent way”
metodi bo‘lib, rivojlangan mamlakatlar ta’lim tizimida alohida o‘ringa ega bo‘lgan chet
tillarini samarali o‘qitishga asoslangan uslublardan biri hisoblanadi. Garchi
O‘zbekistonda ushbu metod bir necha yillardan buyon qo‘llanib kelinayotgan bo‘lsada,
ammo har bir chet tili o‘qitish sinfxonalariga kirib bormagan dars o‘tish uslubi
hisoblanadi.

“Tinch hudud” (The silent way) metodi til o‘qitishning o‘ziga xos va amaliy

uslublaridan biri bo‘lib, u ilk bor 1960-yilda amerikalik lingvist va pedagog Kaleb
Gettengo tomonidan ishlab chiqilgan va tadbiq qilingan. Ushbu metodda asosiy e’tibor
o‘quvchilarning mustaqilligi va faolligiga qaratiladi. Uning o‘ziga xos jihati shundaki, dars
davomida o‘qituvchidan butun boshli mavzuni yoritish talab etilmaydi, aksincha biroz
yo‘nalish va tushunchalar berib o‘tadi. Shunday qilib, o‘quvchilar yangi mavzuni darsdan
oldin o‘zlari mustaqil ravishda o‘zlashtirgan bo‘lishlari va dars davomida o‘zlarining
faolligi bilan tushungan ma’lumotlari asosida bir-birlariga tushunchalar beradilar hamda
mavzuni mustahkamlash maqsadida turli xil tarqatma materiallar, o‘yinlar va
topshiriqlar tayyorlab kelishlari kerak bo‘ladi. Odatda, an’anaviy o‘qitish jarayonida
o‘qituvchi yangi mavzuni ipidan ignasigacha yoritib beradi. Shu bilan bir qatorda,


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 1 (2025) / ISSN 2181-3701

183

o‘quvchilar faqat tinglashlari hamda berilgan topshiriqlarni bajaradi. Ushbu odatiy uslub
o‘quvchilarda biroz zerikish hosil qilishi mumkin, chunki darsning nazariyasini faqat
o‘qituvchidan bir xil tonda tinglash qaysidir ma’noda o‘quvchilar uchun samarasizdir.

“The silent way” metodida o‘qituvchi o‘quvchilarga kelgusi mavzuni avvaldan

ma’lum qiladi va o‘quvchilar bu mavzu yuzasidan mustaqil ravishda izlanadilar, darsga
o‘zlari tayyorlanib keladi hamda darsni o‘zlari tashkillashtirishga harakat qilishi kerak
bo‘ladi. O‘qituvchi faqatgina yo‘l-yo‘riq ko‘rsatishi va o‘zlashtirilgan bilim hamda
tashkillashtirilgan dars yuzasidan o‘quvchilarga taklif va ko‘rsatmalar berishi mumkin.

Muallif ushbu uslubning samaradorligini sinab ko‘rish maqsadida maktabda o‘rta

va yuqori sinf o‘quvchilari orasida “The silent way” metodini tadbiq qildi. Quyida muallif
tomonidan qo‘llanilgan uslub hamda ko‘rilgan natijalar haqida so‘z boradi.

Kuzatish va natijalar

Ushbu metodni o‘rt ava yuqori sinf o‘quvchilari uchun chet tillarini o‘qitish

maqsadida qo‘llash mumkin. Masalan, 9–10-sinf o‘quvchilari uchun ingliz tili darslarini
qiziqarli tashkillashtirish maqsadida qo‘llanildi. O‘quvchilarga yangi mavzular nomi
tanishtirildi. Shuningdek, kelgusi dars uchun tayyorlanish uchun yo‘l-yo‘riq hamda
qo‘llanmalar taqdim etildi. O‘quvchilar turli manbaalardan foydalangan holda, ya’ni ingliz
tili grammatikasi qo‘llanmasidan, turli lug‘atlardan, you tube platformasidagi video
darslarni ko‘rish orqali mustaqil tarzda yangi mavzularni o‘zlashtirdi, Mavzuga doir yangi
so‘zlarning, terminlarning ma’nosi va tarjimasini o‘rgandi. Eng asosiysi ular dars
davomida ham o‘zlarining ham qolgan o‘quvchilarning ham faolligini oshirish maqsadida
mavzuga doir topshiriqlar, o‘yinlar hamda tarqatma materiallar tayyorladilar. Ushbu
jarayon uchun ular guruh-guruh bo‘lib harakat qildilar, bu esa o‘z navbatida jamoaviy
ishlash qobiliyatini, o‘z fikrini to‘liq bayon eta olishini rivojlantirdi. Tayyorgarlik
davomida ular bir-birlari bilan ingliz tilida muloqot qildilar, yangi g‘oyalarni yaratdilar,
duch kelgan muammolarga yechim topib birgalikda harakat qildilar.

Muallif quyida “The silent way” metodi yanada tushunarli bo‘lishi maqsadida yana

bir misol va natijani misol keltirdi. 10-sinf o‘quvchilari uchun ingliz tili fanidan “Travel”
mavzusi o‘tilishi kerak va o‘qituvchi oldindan o‘quvchilarni kichik guruhlarga ajratdi,
ya’ni har bi mini guruhda 7–8 nafar o‘quvchilar birlashtirildi. O‘qituvchi kelasi dars
uchun barcha o‘quvchilarga o‘qib, izlanib, tayyorlanib kelishni aytdi. Shu bilan bir
qatorda, bir kichik guruh o‘quvchilariga yangi mavzu yuzasidan tayyorlanib kelishi va
kelasi darsni ular tashkilllashtirishi, o‘qituvchi sifatida namoyon bo‘lishi vazifa qilib
berildi. Shunday qilib o‘quvchilar “Travel mavzusiga doir yangi so‘zlarni o‘rgadi. Travel
so‘zining sinonim, antonimlarini yod olib so‘z boyligini oshirdilar. Shuni ta’kidlab o‘tish
joizki, ko‘rinib turganidek bu jarayon o‘quvchilarni kretiv fikrlashga, mustaqil izlanishga,
o‘zining imkoniyat va qobiliyatlarini yuzaga chiqarishga, fikrini va nutqini qiynalmay
erkin tarzda bayon qila olish, jamoada ishlash ko‘nikmalari kabi qirralarini ochib berdi va
ingliz tilida mahoratlarini rivojlantirdi. O‘qituvchi o‘quvchilarga o‘qituvchi bo‘lib,
mas’ulyatni his qilish kabi jihatlarni qo‘llashga zamin yaratadi.

The Silent Way metodining asosiy tamoyillari

The Silent Way metodi quyidagi tamoyillarga asoslanadi:
1. O‘qituvchining minimal aralashuvi – O‘qituvchi asosan kuzatuvchi va

yo‘naltiruvchi rolini bajaradi, lekin talabalarga tayyor bilim bermaydi.

2. Talabalarning mustaqil o‘rganishi – Talabalar o‘zlari qiyinchiliklarni yengib

o‘tish orqali til o‘rganadilar.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 1 (2025) / ISSN 2181-3701

184

3. Rangli chizg‘ichlar va kartochkalar – Metodda maxsus rangli taxtachalar va

grafik materiallardan foydalaniladi.

4. Xatolardan o‘rganish – Talabalarga xatolarini o‘zlari topib, to‘g‘rilash imkoniyati

beriladi.

5. Tinglash va tushunish muhimligi – O‘quvchilar tilni tushunishni mustahkamlash

uchun faol tinglashga o‘rganadilar.

“The silent way” metodining afzalliklari va kamchiliklari.

Ijodkorlik va mustaqillikni rivojlantiradi – Talabalar dars jarayonida o‘z fikrlarini

shakllantirish va ifodalashga harakat qiladilar.

Xotirada uzoq muddat saqlanadi – O‘quvchilar o‘zlari yechim topgan ma’lumotni

yaxshiroq eslab qoladilar.

Nutq faolligini oshiradi – O‘quvchilar tilni amaliy jihatdan faol qo‘llash imkoniga

ega bo‘ladilar.

Kamchiliklari quyidagilardan iborat:
Boshlang‘ich bosqichda qiyinchilik tug‘dirishi mumkin – Ba’zi o‘quvchilar

o‘qituvchining kam gapirishiga moslashishi qiyin bo‘lishi mumkin.

Hamisha ham samarali bo‘lmasligi mumkin – Barcha o‘quvchilar mustaqil

o‘rganishga tayyor bo‘lmasligi mumkin.

Dastlab ko‘proq vaqt talab qiladi – Talabalar mustaqil xulosa chiqarish jarayonida

odatdagidan ko‘proq vaqt sarflashi mumkin.

Zamonaviy ta’limda The Silent Way metodining qo‘llanilishi
Hozirgi kunda The Silent Way metodi lingvistika, psixologiya va pedagogika

sohalarida samarali usullardan biri sifatida qo‘llanilmoqda. Ayniqsa, interfaol va
innovatsion ta’lim platformalarida bu metoddan foydalanish ko‘paymoqda. Maktablarda
ham ushbu uslubdan foydalanilsa o‘quvchilarda yangi tilni o‘zlashtirishga bo‘lgan
qiziqish ortadi, chunki ular o‘zlari izlanib, yangi g‘oyalar ustida guruh bilan ishlash
chog‘ida yangi chet tilini o‘rganish yangi imkoniyat ekanligini anglaydi. Shuni ham
ta’kidlab o‘tish joizki, statistikalarga ko‘ra o‘rganuvchi o‘qituvchi tayyorlab tushuntirib
bergan ma’lumotlaridan ko‘ra o‘zlari izlab topib o‘rgangan ma’lumotlar ular xotirasida
ko‘proq va uzoqroq muddatda saqlanib qoladi.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Gattegno, C. (1972). Teaching Foreign Languages in Schools: The Silent Way.

Educational Solutions.

2.

Richards, J. C., & Rodgers, T. S. (2001). Approaches and Methods in Language

Teaching. Cambridge University Press.

3.

Brown, H. D. (2007). Principles of Language Learning and Teaching. Pearson

Education.

Библиографические ссылки

Gattegno, C. (1972). Teaching Foreign Languages in Schools: The Silent Way. Educational Solutions.

Richards, J. C., & Rodgers, T. S. (2001). Approaches and Methods in Language Teaching. Cambridge University Press.

Brown, H. D. (2007). Principles of Language Learning and Teaching. Pearson Education.