Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika –
Зарубежная лингвистика и
лингводидактика – Foreign
Linguistics and Linguodidactics
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics
The portrayal of Shaybani Khan in "Baburnama"
Sadokat YUSUPOVA
1
Samarkand State University named after Sharof Rashidov
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received November 2024
Received in revised form
10 December 2024
Accepted 25 December 2024
Available online
25 January 2025
This article provides information about the life and creative
journey of Sultan Muhammad Shaybani Khan, a great
commander, king, and poet, as well as the history of Shaybani
Khan and the Shaybanid dynasty. Specifically, the analysis of
Sultan Shaybani Khan's portrayal in works such as Mirza
Muhammad Haydar's "Tarikh-i Rashidi," Zahiriddin Muhammad
Babur's "Baburnama," and Kamoliddin Binoi's writings is
examined based on concrete facts. The life and activities of
Muhammad Shaybani Khan, his contributions to science,
education, and enlightenment, as well as matters related to his
creative work, are extensively explored.
2181-3701/© 2024 in Science LLC.
DOI:
https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol3-iss1
This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru
Keywords:
Sultan Muhammad Shaybani
Khan,
Zahiriddin Muhammad
Babur,
"Baburnama",
Samarkand literary
environment,
literature,
translation,
historicity,
critical text,
artistry
“Boburnoma”da Shayboniyxon tasviri
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar:
Sulton Muhammad
Shayboniyxon,
Zahiriddin Muhammad
Bobur,
“Boburnoma”,
Samarqand adabiy muhiti,
adabiyot,
tarjima,
tarixiylik,
tanqidiy matn,
badiiylik.
Ushbu maqolada buyuk sarkarda, shoh va shoir Sulton
Muhammad Shayboniyxonning hayoti, ijod yo‘li, Shayboniyxon
va shayboniylar sulolasi tarixi haqida ma’lumot beriladi.
Xususan, Mirzo Muhammad Haydarning “Tarixi Rashidiy”,
Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma”, Kamoliddin
Binoiyning asarlarida Sulton Shayboniyxon obrazining tahlil
etilishi masalalari aniq faktlar asosida o‘rganiladi. Muhammad
Shayboniyxon hayoti va faoliyati, uning fan, ta’lim, maorifga
qo‘shgan hissasi ijod masalalari ham keng tadqiq etiladi.
1
Doctoral student, Samarkand State University named after Sharof Rashidov. E-mail: sadokatyusupova1998@gmail.com
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 1 (2025) / ISSN 2181-3701
278
Описание Шейбани-хана в «Бабур-наме»
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
Султан Мухаммад
Шейбани-хан,
Захириддин Мухаммад
Бабур,
«Бабур-наме»,
самаркандская
литературная среда,
литература,
перевод,
историчность,
критический текст,
художественность.
В данной статье представлена информация о жизни и
творческом пути великого полководца, царя и поэта
Султана Мухаммада Шейбани-хана, а также об истории
Шейбани-хана и династии Шейбанидов. В частности, на
основе конкретных фактов рассматриваются вопросы
анализа образа Султана Шейбани-хана в произведениях
Мирзо Мухаммада Хайдара «Тарихи Рашиди», Захириддина
Мухаммада Бабура «Бабур-наме» и трудах Камолиддина
Бинои. Подробно исследуются жизнь и деятельность
Мухаммада Шейбани-хана, его вклад в науку, образование и
просвещение, а также вопросы его творчества.
Istiqlol shabadasi esayotgan mustaqil yurtimizda inson va uning qadr-qimmati
yuqori pog‘onada turadi. Mustqaillikka erishganimizdan so‘ng o‘z yurti, tili, madaniyat va
qadriyatlar tarixini bilishga, o‘zlikni anglashga qiziqish ortib bormoqda. Albatta, bu tabiiy
hol bo‘lib, odamzod borki, avlod-ajdodi kimligini, tug‘ilib o‘sgan Vatanining buyuk tarixini
bilishga intiladi. Shunday ekan, biz o‘z o‘tmishimiz va tariximizni asl holida
o‘rganmog‘imiz lozim. O‘z nomini tarixga muhrlay olgan shaxslarning hayoti va
faoliyatini, erishgan yutuq va yo‘l qo‘ygan xatolarini oqilona baholay olsak – bu, albatta,
biz uchun, kelajak avlod uchun tarbiya vositasi bo‘lib xizmat qiladi.
Shoʻro davrida, hatto bugungi kunga kelib ham Zahiriddin Muhammad Bobur va
Shayboniyxon munosabatlari bir-biriga zid ravishda oʻrganilib, ularni oq va qora ranglarda
koʻrish, ijobiy-salbiy baho berish holatlarini uchratamiz. Bunday talqinlar haqiqatga toʻgʻri
kelmaydi. Shu jumladan, Muhammad Shayboniyxon ham o‘zbek madaniyati tarixi va
adabiyoti taraqqiyotida munosib o‘rin tutgan sarkarda va ijodkordir. Muhammad
Shayboniyxonning tarixiy va adabiy asarlardagi tasviriga e’tibor qaratish, XV–XVI asr
Vatanimiz va ajdodlarimiz tarixi bitilgan tarixiy-memuar asarlarning har tamonlama keng
tadqiq etilishi o‘zbek xalqi tarixi va adabiyoti bilan bog‘liq masalalarni yaratishga xizmat
qiladi. Tarixiy-adabiy asarlarda Shayboniyxon timsolini tarixiy, adabiy jihatdan o‘rganish
orqali Muhammad Shayboniyxon hayoti va faoliyati, uning shaxs va ijod masalalari ham
keng tadqiq etiladi. Bu esa kelajak avlodni har tamonlama barkamol inson qilib
tarbiyalashda muhim estetik vazifani bajaradi. O‘zlikni anglash tarixni bilishdan
boshlanadi. Isbot talab bo‘lmagan ushbu haqiqat davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan
bugungi kunda Muhammad Shayboniyxon singari shoir, sarkarda, davlat arbobining hayoti
va faoliyati mukammal aks etgan, qolaversa, o‘tmish tarixiy voqeyligi to‘la bayon etilgan
asarlarni yangicha nuqtai nazardan o‘rganish ham muhim ahamiyatga ega.
Shoh va shoir, shayboniylar sulolasi asoschisi, buyuk sarkarda Sulton Muhammad
Shayboniyxonning hayot va ijod yo‘li bugungi kunga kelib Sharq va G‘arb tarixchi,
adabiyotshunos olimlari tomonidan ulkan qiziqishga sabab bo‘lmoqda. Biroq
Shayboniyxon va shoir sulolasi tarixi dunyo hamjamiyatida yetuk figuralar Amir Temur,
Zahiriddin Muhammad Bobur, Chingizxon kabi sarkardalarga nisbatan kamroq o‘rganilib
kelingan. Mustaqillikning birinchi choragidan to 2007–2008-yillargacha Shayboniyxon
va shayboniylar sulolasining tarixini o‘rganilishining chetda qolishiga bo‘lgan bir
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 1 (2025) / ISSN 2181-3701
279
qancha sabablar mavjud. Birinchidan, mustaqillikning birinchi yillaridanoq, 1993-yilda
Bobur Mirzoning 510 yilligi, 1994-yilda Mirzo Ulug‘bekning 600 yilligi juda keng
nishonlandi. 1996-yilda esa buyuk davlat arbobi Amir Temurning 660 yillik yubileyi
nishonlandi. Shu munosabat bilan temuriylar shaxsiga e’tibor oshib bordi. Natijada
Zahiriddin Muhammad Boburga o‘z davrida dushman bo‘lgan Shayboniyxon va sulolasi
tarixining o‘rganilishi ortda qola boshladi. Bundan tashqari Sulton Muhammad
Shayboniyxonning o‘zbek xalqi va davlatchiligi tarixini xolis yoritish borasida 1998-yilda
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov va tarixchi, adabiyotshunos olimlar bilan uchrashuv
o‘tkazib, unda “O‘zbek” nomini Shayboniyxon bilan bog‘lanilayotganligini hamda o‘zbek
xalqining ildizlari juda ham qadimiy ekanligini ta’kidlab o‘tadi. Natijada Shayboniyxon va
uning sulolasi tarixi, adabiy muhitini o‘rganishga go‘yo ko‘proq urg‘u bermaslik kabi
ko‘rsatmadek qabul qilingan edi. Biroq bu ko‘rsatma berilmagan edi. Bobur Mirzo
xalqimizning buyuk farzandi bo‘lgani kabi Shayboniyxon ham yetuk davlat arboblaridan
biri hisoblanadi. “Adabiyot, ilm, ma’rifat nuqtai nazaridan u hamon yashayapti.
O‘zligimizni anglab, buyuk tariximizni yoshlarga tushuntirsak, ilm-ma’rifatni
rivojlantirsak, hech qachon kam bo‘lmaymiz.”
[Oʻzbekiston Ruspublikasi Prezidenti
Sh.M. Mirziyoevning Andijon viloyati “Bogʻi Bobur” istirohat maskanida soʻzlagan
nutqidan. 05.06.2017.]
Bu kabi sabablar Shayboniyxon va sulolasi ijtimoiy tuzilishi, adabiy jarayonlarni
o‘rganilishiga biroz to‘sqinlik qilib keldi.
Shayboniyxon va shayboniylarning ham davlatchilik tarixidagi xizmatlari beqiyos
boʻlib, Muhammad Shayboniyxon siyosat maydoniga kirib kelishi ayni temuriylar
saltanatining parchalanishiga toʻgʻri kelgan. Bu siyosiy holatni toʻgʻri va aniq baholay
olgan Shayboniyxon, Movarounnahr hududlarini ishgʻol qilib, Dashti Qipchoq qabilalarini
birlashtirib, oʻzbek davlatini qayta bunyod etishga kirishdi.
Yana shuni alohida ta’kidlash kerakki, Shayboniyxon shariat amallariga
boʻysungan va musulmonlik qoidalariga amal qilgan. Uning din arkonlaridan yaxshi
xabardor ekanligini Bobur Mirzo ham ma’qullagan. Muhammad Shayboniyxon oʻzini
sunniylik mazhabidagi musulmonlarning himoyachisi deb hisoblagan.
Uning Qurʼon
tafsiri boʻyicha qorilar bilan suhbat qurgan paytlari ham boʻlgan. Ayni shu yuksak bilimi
uchun zamondosh ulamolar, shoir va tarixchilar Shayboniyni “Xalifa ur-Rahmon” va “Imom
az-Zamon”, yaʼni “Davr imomi” va “Tangrining yerdagi xalifasi” deb ulugʻlagan.
Muhammad Shayboniy nafaqat kuch-qudratli sarkarda boʻlishi bilan birgalikda
ilm-u maʼrifat homiysi va benazir ijodkor sifatida ham qudratli shaxs edi. Muhammad
Shayboniyxon ijodi va faoliyati o‘zi tiriklik davridanoq o‘rganila boshlangan deyishimiz
mumkin. Chunki XVI asrda Xasanxo‘ja Nisoriyning “Muzakkiri ahbob”, Muhammad
Solihning “Shayboniynoma” asarlarida, Binoiy, Mulla Shodiy kabi ijodkorlar asarlarida
ham Shayboniyxon timsoliga to‘xtalib o‘tiladi.
Zahiriddin Muhammad Boburning bobosi Temur Abu Saiddan so‘ng Turon
o‘lkasidagi 3 ta mintaqani, ya’ni Xorazm, Xuroson va Movarounnahrni birlashtirgan
yagona xon – bu Shayboniyxon hisoblanadi. Shayboniyxon katta jismoniy kuch va harbiy
tashkilotchilik qobiliyatiga ega boʻlgan shaxs edi. Garchi xonlar avlodidan boʻlishiga
qaramay, barcha muvaffaqiyatga oʻz kuchi bilan erishgan sanoqli shaxslardan biri
sanaladi. Muhammad Shayboniyxon koʻchmanchi oʻzbek qabilalari hukmdori va Tura
(Gʻarbiy Sibir) xoni Abulxayrxonning nabirasi, Shoh Budogʻ sultonning oʻgʻli boʻlib,
1451-yil tugʻilgan. Sulton Shayboniyxonning kelib chiqishi chingiziylarga borib taqaladi.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 1 (2025) / ISSN 2181-3701
280
Bobosi Abulxayrxon Chingizxonning katta oʻgʻli Joʻjining beshinchi farzandi boʻlmish
Shaybon naslidan edi. Shayboniyxon tugʻilgan paytda saroy ahli orasida bolaga turkiy
odatlarga koʻra ikki xil ism qoʻyish kerak boʻlgan. Natijada unga arabcha Muhammad,
turkiycha Ulugʻbek ismi berilgan. Otasidan bolalik chogʻida yetim qolgan Shayboniyxon
baʼzi rivoyatlarga koʻra, ukasi bilan birga otasining sodiq xizmatkori Qorachabek oilasida
tarbiyalanadi. Buxoroda yashagan yillari Qurʼonni juda yaxshi oʻquvchi qorilardan biri
Mavlono Muhammad Xitoyidan dars olgan.
Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” asarida Shayboniyxon tasviri
yetarlicha tarixiy faktlar asosida keltirilgan. Otasidan erta yetim qolgan Zahiriddin,
12 yoshida otasining oʻrniga Fargʻona ulusiga hokimlikka koʻtarilgan Bobur endilikda
Andijon taxti uchun oʻz qon-qarindoshlarining xiyonatiga uchraydi. Andijon taxti uchun
ukasi Jahongir Mirzo, amakisi Sulton Ahmad Mirzo, togʻasi Sulton Mahmudxon va boshqa
gʻanimlari bian kurashishga majbur boʻladi. Jahongir Mirzo bilan murosaga kelolmay,
ukasiga Fargʻona ulusining yarmini berishga qaror qiladi va oʻzi Samarqand uchun olib
borilayotgan kurashga kirishib ketadi. Samarqand jangida katta kuch bilan kirib kelgan
Shaybobiyxonga magʻlub boʻlib, Samarqandni tashlab ketishga majbur boʻladi. 1504-yilda
Shayboniyxon Andijonni ham qoʻlga kiritgandan soʻng Bobur janub tomon harakatlanib,
Kobul ulusida oʻz hokimiyatini oʻrnatadi. Barchamizga ma’lumki, Bobur adabiyot va
adabiy kechalarni xush koʻrgan va jon-u dili bilan ishtirok etgan. Zahiriddin Muhammad
Bobur hech bir adabiy kechalarda yoki shoirlar xususida hech bir oʻrinda bir yoqlama fikr
yuritmagan. Boburnomada: “Yana Muhammad Solih edi, choshniliq gʻazallari bor, agarchi
hamvorligʻi choshnisida yoʻqtur, turkiy she’ri ham bor, yomon aytmaydur. Soʻngra
Shayboniyxon qoshigʻa kelib edi, filjumla rioyat qilub edi. Shayboniyxon otigʻa bir turkiy
masnaviy bitibdur. “Ramali musaddasi maxbun” vaznidakim “Subha” vazni boʻlgʻay,
bisyor sust va furudtur, ani oʻqigʻon kishi Muhammad Solihning she’ridan bee’tiqod
boʻlur. Bir yaxshi bayt budur:
Boʻldi Tanbalgʻa vatan Fargʻona,
Qildi Fargʻonani tanbalxona”.
Bobur Muhammad Solihni Shayboniyxonning tomoniga oʻtib ketgan boʻlsa ham,
shoir Muhammad Solih haqida ham haqiqatni haqiqatligicha ifodalab bergan. [Zahiriddin
Muhammad Bobur, 1960:270.]
1500-yilning iyul oyidan Muhammad Solih Shayboniyxonning saroy shoiriga
aylanadi. [Ahmedov B., 1994: 216.] Samarqandni qo‘lga kiritgandan so‘ng
Shayboniyxonning mulozimiga aylanadi: “Samarqand Muhammad Shayboniyxon qoʻliga
kirgach, unga mulozim boʻlib, xonning saltanat saroyi ichkilari qatorida xizmatda turdi”.
[G‘iyosiddin ibn Humomiddin Xondamir, 2013.]
Zahiriddin Muhammad Bobur mushohadalarining birida Shayboniyxonga atab
yozilgan dostonning vaznini aniqlashi bilan birga, uning mazmuni haqida tanqidiy
fikrlarini keltirib oʻtgan. “Andijon viloyatini Tanbalxona ham derlar, ul masnaviyda
muncha bayt ma’lum emaskim, boʻlgʻay.” [“Boburnoma”, 1979:139.] Akademik
B.Valixoʻjayev Muhammad Solihning bu masnaviysiga shunday deydi: “Ammo Bobur
ba’zan (qiziqqonlik bilan) u yoki bu shoir ijodi va asari toʻgʻrisida xulosa ham chiqaradi.
“Shayboniynoma”dan tanho bir baytini ma’qullaydi-da, qolgan hamma qismlarini bisyor
sust va furud deb aytadi. Aslida esa Muhammad Solihning mazkur asari shoir
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 1 (2025) / ISSN 2181-3701
281
dunyoqarashidagi cheklanganliklar bilan belgilanuvchi nuqson va kamchiliklardan qat’iy
nazar, oʻzbek epik poeziyasi, realistik tasvir uslubi tarixida ovziga xos mavqeni egallashi
adabiyotshunosligimiz tomonidan isbot etilgandir” [Oʻzbek adabiyoti tarixi, 1984:77]
“Buxoro yohud Movarounnahr tarixi” kitobida Herman Vamberi Muhammad Solih
haqida shunday izoh qoldirgan: “Keyinchalik Movarounnahrga ketib, Sulton Mahmud
saroyi doirasida e’tibor qozongan va nihoyat, Shayboniy Muhammadxon uni saroy shoiri
qilib olgan.” [Herman Vamberi, 1990:73.]
Darhaqiqat, shoir Muhammad Solih Shayboniyxon hayoti va ijod yoʻlini yoritish
bilan bir qatorda Shayboniyxon uchun yirik masnaviy yaratadi. Bu masnaviyi orqali
temuriyzodalar suloloasiga adovati borligini bildirar, xalq orasida qasddan kichik janrlar
vositasida ularni hajv qilib yurar edi. Bu esa Boburning Muhammad Solih ijodiga nisbatan
xolis xulosa qilishiga oʻz ta’sirini koʻrsatgan. Lekin Muhammad Solihning she’riyati,
asarlari hattoki raqibi Shayboniyxonga atab yozilgan “Shayboniynoma” asari ham Navoiy,
Bobur tomonidan birdek ijobiy baholangan. Shuning uchun ham kanadalik shaqrshunos
olima Mariya Sabtelni Muhammad Solihni oʻz davrining professional shoiri deb ataydi.
Muhamad Shayboniyxon devonnavis shoir bo‘lib, uning bizgacha bir devoni yetib
kelgan. Shoir sifatida Shayboniyxon, Shohbaxt, Shoyboq, Shoybek, Sheboni, Shohibek,
Shayboniy taxalluslari bilan sheʼrlar yozgan, kamdan-kam ijodkorga nasib etadigan rutba
– Devon yozishga muvaffaq boʻlgan.
Devonning yaqona qo‘lyozmasi mavjud bo‘lib, hozirda Turkiyada saqlanib
kelinmoqda. Devon g‘azal, ruboiy, qit’a, fard, tuyuq, masnaviy kabi janrdagi she’rlardan
iborat. Natijada bu devonga asoslanib, chet ellik o‘zbek olimi Temur Xo‘ja o‘g‘li XX asrning
70-yillarida dissertatsiya yozgan. Dissertatsiya 200 sahifadan iborat bo‘lib, unda
Shayboniyxon hayot yo‘li, g‘azallari va “Bahrul hudo” nomli masnaviysi tahlil etilgan.
Bundan tashqari Shayboniyxonning o‘g‘li Temur Sultonga atab pand-nasihat
xarakteridagi asari ham mavjuddir. Muhammad Shayboniy adabiy merosining asosiy
qismini urush tafsilotlari, hayotiy muammolar, darvishlik kechinmalari bilan yoʻgʻrilgan
diniy-tasavvufiy qarashlar aks etgan gʻazallar tashkil etadi. Shayboniyxonning sheʼr va
gʻazallari xalq orasida keng tarqalgan va mashhur boʻlgan.
Roviylarning xabar berishiga qaraganda, Shayboniyxonning islom ulamolariga
boʻlgan hurmati yuksak darajada boʻlgan. Harbiy safarlarida oʻzi bilan kichkina goʻzal
kutubxonasini olib yurgani va Amir Temur kabi Damashq va Halab ulamolari bilan diniy
munozaralarga qatnashgani haqida maʼlumotlar mavjud. Mirzo Bobur ham
Shayboniyxonning islomiy bilimi yuksak ekanligini tan oladi. Shayboniyxon yuksak mahorat
va did bilan madaniyat, morif sohasida temuriylardan ibrat olib, Samarqand, Toshkent va
Buxoroda madrasa, masjidlar barpo etadi. davlat boshqaruvida “suyurg‘ol” tizimini joriy
qilib, davlatni iqtisodiy va siyosiy jihatdan mustahkamlaydi. Uning ta’lim va maorif
sohasidagi islohotlari alohida ahamiyatga ega bo‘lib, ko‘p bosqichli o‘qitish tizimini joriy
qiladi. Ta’limda quyi va yuqori bosqich tizimini joriy qilib, quyi bosqichda maktabga bolalar
6 yoshdan qabul qilingan bo‘lib, 2 yil maktabda o‘qigach, o‘qish madrasada davom
ettirilgan. Xon bilimli, ziyoli kishilarni qadrlagan, ularni jamiyatning asosiy tayanchiga
aylantirishga harakat qilgan. Shayboniyxonning bu kabi ishlari barchani e’tiboriga sazovor
bo‘ladi. Natijada, Bobur va Shayboniyxon o‘rtasidagi uzoq yillardan buyon shakllanib
qolgan tushunchaga chek qo‘yish lozim. Bir xalq va millatga mansub ikki buyuk
hukmdorning tarixdagi o‘rni beqiyosdir.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 1 (2025) / ISSN 2181-3701
282
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoevning Andijon viloyati «Bogʻi
Bobur» istirohat maskanida soʻzlagan nutqidan. 05.06.2017.
2.
Zahiriddin Muhammad Bobur. Boburnoma. –T.: Fan, 2019. – 5 b.
3.
Muhammad Solih. Shayboniynoma. –T.: OʻzSSR fanlar akademiyasi nashriyoti,
1961. – 320 b.
4.
Zahiriddin Muhammad Bobur. Boburnoma. Tosh.: O‘qituvchi, 2008.
5.
Ahmedov B. Tarixdan saboqlar. –T.: O‘qituvchi, 1994.-B.216.
6.
G‘iyosiddin ibn Humomiddin Xondamir. Habib us-siyar fi axbori afrodi bashar. –
T.: O‘zbekiston, 2013. –B.1094.
7.
Oʻzbek adabiyoti tarixi, 3-jild. Toshkent: Fan.1984.
8.
Herman Vamberi. Buxoro yohud Movarounnahr tarixi. – T.: G‘.G‘.ulom nomidagi
ASN, 1990. -B 73.
9.
Sabtelni, M. The poetic circle at the court of Timurid Sultan Husain Baiqara and
its political significiance. – Harward, 1979.
10.
Qorayev Sh. O‘zbek sultonlari tazkirasi. Monografiya. – T.: Ilm-fan va
ma’naviyat, 2024. – B.310.
Qorayev Sh. Temuriy shoirlar tazkirasi. Monografiya