Авторы

  • Гулзода Алиева
    Базовый докторант, Самаркандский государственный институт иностранных языков

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.foreign-linguistics.75644

Ключевые слова:

паремия пословицы функциональный потенциал демотиватор лингвокультурный потенциал топоним

Аннотация

В данной статье рассматриваются роль и лингвокультурный потенциал паремиологических единиц как в мировом, так и в современном языкознании. Основными методами исследования выступают непосредственное наблюдение, описательно-аналитический, сравнительный культурологический, контекстуальный и лингвистический подходы. Также изложены общие сведения об основных аспектах паремиологических исследований и представлен историко-этимологический дискурсивный (функциональный) анализ основ и особенностей лингвокультурологии и переводоведения.

Кроме того, проводится анализ лингвокультурного топонимического компонента паремий во французском и узбекском языках. Несмотря на большое разнообразие топонимов, характерных для различных стран, в этих пословицах преобладает интернациональный компонент, связанный с универсальными законами человеческого мышления, что позволяет находить их смысловые эквиваленты в разных языках. Актуальность исследования обусловлена наличием множества различных анализов современных паремий.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная

лингвистика

и

лингводидактика

Foreign

Linguistics and Linguodidactics

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics

The linguocultural aspect of studying paremiological units
in linguistics

Gulzoda ALIYEVA

1

Samarkand State Institute of Foreign Languages

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received November 2024
Received in revised form
10 December 2024

Accepted 25 December 2024
Available online
25 January 2025

The article presents the role and linguocultural potential of

paremiological units in world linguistics and modern linguistics.
The main methods used in the article were direct observation,

descriptive-analytical, cultural comparative, contextual and

linguistic methods. The article presents general information

about the main aspects of paremiological research.

The historical and etymological discursive (functional) analysis
of the foundations and features of linguoculturology

(linguoculturology) and translation studies is shown.

The article analyzes the linguocultural toponymic component

of proverbs in French and Uzbek. Despite the large number of
different toponyms, they are characteristic of different countries,

the international component prevails in these proverbs, such

proverbs are associated with the universal laws of human

thinking, which allows us to find their semantic equivalents in
different languages. The relevance of this study lies in the

presence of various analyzes of modern proverbs.

2181-3701

2024 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol3-iss1

/S

-pp321-327

This is an open-access article under the Attribution 4.0 International

(CC BY 4.0) license (

https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru

)

Keywords:

paremia,

proverb,

functional potential,

demotivator,

linguocultural potential,
toponym.

Tilshunoslikda

paremiologik

birliklar

tadqiqining

lingvomadaniy aspekti

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

paremiya,

maqol,

funksional salohiyat,
demotivator,

lingvomadaniy salohiyat,
toponim.

Ushbu

maqolada

paremiologik

birliklarning

jahon

tilshunosligi va zamonaviy tilshunoslikda tutgan o‘rni va

lingvomadaniy salohiyati ko‘rsatilgan.

Maqolada asosiy

usullardan to‘g‘ridan

-

to‘g‘ri kuzatish, tavsifiy

-tahliliy, madaniy

qiyosiy, kontekstual va lingvistik foydalanilgan. Maqolada

paremiologik tadqiqotlarning asosiy jihatlari haqida umumiy

1

Doctoral Student, Samarkand State Institute of Foreign Languages. E-mail: tilvaadabiyotuz@gmail.com


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue

1 (2025) / ISSN 2181-3701

322

ma’lumot berilgan. Lingvokulturologiya va tarjimashunoslik

asoslari va xususiyatlarining tarixiy va etimologik diskursiv

(funksional) tahlili ko‘rsatilgan.

Maqolada

fransuz va o‘zbek tillaridagi maqollarning

lingvomadaniy toponimik komponenti tahlil qilingan. Turli xil

toponimlarning ko‘pligiga qaramasdan, bu maqollarda xalqaro

komponent ustunlik qiladi, bu esa ularning turli tillarda
semantik ekvivalentlarini topishga imkon beradi. Ushbu

tadqiqotning dolzarbligi zamonaviy maqollarning turli tahlillari

mavjudligidadir.

Лингвокультурологический

аспект

изучения

паремиологических единиц в лингвистике

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

паремия,

пословицы,

функциональный

потенциал,

демотиватор,

лингвокультурный

потенциал,

топоним.

В

данной

статье

рассматриваются

роль

и

лингвокультурный потенциал паремиологических единиц

как в мировом, так и в современном языкознании. Основными

методами исследования выступают непосредственное

наблюдение, описательно

-

аналитический, сравнительный

культурологический, контекстуальный и лингвистический

подходы. Также изложены общие сведения об основных

аспектах паремиологических исследований и представлен

историко

-

этимологический

дискурсивный

(функциональный)

анализ

основ

и

особенностей

лингвокультурологии и переводоведения.

Кроме того, проводится анализ лингвокультурного

топонимического компонента паремий во французском и

узбекском языках. Несмотря на большое разнообразие

топонимов, характерных для различных стран, в этих

пословицах преобладает интернациональный компонент,

связанный с универсальными законами человеческого

мышления, что позволяет находить их смысловые

эквиваленты в разных языках. Актуальность исследования
обусловлена наличием множества различных анализов

современных паремий.

KIRISH

Tilshunoslik sohasida paremiologiya, ya’ni maqollar va matallarni o‘rganish bo‘limi

muhim ahamiyatga ega. Paremiologiya madaniy merosni asrash va xalq hayot tarzini,

dunyoqarashini hamda milliy o‘zlikni ifodalashda alohida o‘rin tutadi. Bu sohaga oid

tadqiqotlar nafaqat xalq og‘zaki ijodini chuqur tahlil qilish, balki madaniyatlararo

muloqotni rivojlantirishda ham katta ahamiyat kasb etadi.

Paremiologiya tilshunoslikn

ing o‘ziga xos sohasi bo‘lib, uning obyekti xalq

maqollari, matallari, iboralari va turli qisqa hikmatli so‘zlardir. Ushbu qisqa, ammo

mazmunli ifodalar xalqlarning hayotiy tajribasi, aqliy mulohazalari va qadriyatlarini o‘zida

aks ettiradi. Har bir xalqning maqollari va matallari uning tarixiy, ijtimoiy va madaniy

xususiyatlarini yoritadi.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue

1 (2025) / ISSN 2181-3701

323

Jahon tilshunosligida paremiologiyaning ahamiyati
1. Lingvistik madaniyatshunoslikda roli. Paremiologiya madaniyatlararo farqlar va

umumiyliklarni o‘rganishda yordam

beradi. Bu sohaga oid tadqiqotlar xalq maqollari

orqali turli madaniy qadriyatlarni solishtirishga, tarjima nazariyasini boyitishga va til

o‘rganishda yangi usullarni kashf etishga imkon yaratadi.

2. Tilshunoslik va psixolingvistika uchun material
Maqol va

matallar qisqa va ta’sirchan bo‘lgani uchun, ular tilning ma’no qatlamlarini

o‘rganishda qulay material bo‘lib xizmat qiladi. Psixolingvistik tadqiqotlar esa bunday
iboralarning inson xotirasida qanday saqlanishi va muloqotda qanday qo‘llanishini
o‘rganad

i.

3.

Tarjima nazariyasidagi o‘rni

Paremiologik birliklar boshqa tillarga tarjima qilinayotganda, ular kontekst va

madaniy muhitga moslashishi kerak. Bu esa tarjimonlardan yuqori darajadagi til va

madaniyat bilimini talab qiladi. Masalan, “Ko‘rgan ko‘zda haq bor” maqolini to‘g‘ri tarjima
qilishda uning ma’nosini saqlash muhimdir.

Har bir til o‘zining so‘z boyligiga, frazeologiyasiga hamda paremiologiyasiga ega.

Paremiya

yunoncha chuqur ma’noli gap, hikmatli so‘z, ibora, maqol, matal degan

ma’nolarni ifodalaydi. Tilning paremiologik fondi xalqning qimmatli lisoniy merosini

ifodala

ydi, chunki paremiyalar o‘sha til va jamiyatning madaniyati, an‘analari va tarixini

aks ettiradi. Paremiyalar millatning hayotga bo‘lgan munosabati turli vaziyat va

hodisalarga qarashi jamiyatning turli sohalaridagi tajribasini namoyon etadi. Maqol va
mata

llar, hikmatli so‘z va aforizmlar ayniqsa ma’naviy madaniyatning muhim unsuri

hisoblanadi. Lingvistik paremiyalar semantik o‘zgarish, poetik obrazlilik va turli xil badiiy
tuzilmalar bilan xarakterlanadi. Xalq asrlar davomida barpo etgan ma’naviy

madaniyat

ning yaxlit bir butunligi, eng aniq namoyishi bu albatta o‘sha xalqning maqollari

hisoblanadi. O‘tmishda yaratilib va bugungi kunga qadar o‘z salmog‘ini yo‘qotmay

ishlatilib kelinayotgan eng yaxshi maqollar, xalq donishmandligining namunasi sifatida
hozir

ham juda katta tarbiyaviy ahamiyatga egadir. Bunday maqollar va hikmatli so‘zlar

har bir xalqning ma’naviy boyligining bebaho xazinasini tashkil etadi. Har qanday xalq yoki
elatning tilini madaniyatini o‘rganishda, isloh etishda bu qimmatli xazina muhim ah

amiyat

kasb etadi. Zero ularda xalqning tarixi, o‘tmishi, kechinmalari o‘z aksini topgan. Xususan,

maqollarda

barqarorlik, tayyorlik, ko‘chma ma’noga egalik va muallifga ega emaslik

xususiyatlari mavjud. Matallar esa

tayyorlik va barqarorlik xususiyatlariga ega.

Aforizmlarda

barqarorlik, tayyorlik, muallifga egalik xususiyati

bo‘lsa, topishmoqlar –

barqarorlik, tayyorlik, jumboqlilik kabi xususiyatlarni o‘zida jam qilgan. Xalq og‘zaki ijodi
na’munalari maqollar va matallar, aforizm, shior, topishmoq,

maqtov va boshqa xalq

og‘zaki ijodidagi ixcham lo‘nda ma’lum ma’no va

va

zifaga ega birliklarni o‘rganuvchi soha

paremiologiya deb ataladi. Ammo hozirgi vaqtda paremiologik birliklarning umumiy qabul
qilingan tizimliligi mavjud emas. Paremiya paremiologik birliklar, ularning hajmi va
chegaralari aniqlanmagan.

MAVZUGA OID ADABIYOTLARNING TAHLILI

Paremilologiya so‘zi grekcha paranomia –

hikmat, va logos

ta’limot so‘zlaridan

olingan bo‘lib, ma’lum bir tildagi maqol, matal, aforizm kabi hikmatli iboralarni
o‘rganuvchi tilshunoslik sohasi hisoblanadi. Ya’ni ma’lum bir xalqning turmush tarzi,
hayoti, kishilarning jamiyatga bo‘lgan munosabatini, kuzatishlar va tajribalarga suyanish
asosida chiqarilgan xulosalarni ifodalovchi ruhiy holati, etik va estetik tuyg‘ula

rini, ijobiy


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue

1 (2025) / ISSN 2181-3701

324

fazilatlarini o‘zida mujassamlashtirgan, avloddan

-

avlodga og‘zaki formada ko‘chib

yuruvchi, ixcham va sodda, qisqa va mazmundor mantiqiy umumlashma sifatida paydo

bo‘lgan maqol, matal, aforizm kabi hikmatli iboralarni –

paremalarni o‘rganuvchi

tilshunoslik sohasi paremiologiya deyiladi. Bu kabi birikmalarni to‘plash bilan esa
paremiografiya sohasi shug‘ullanadi.

Yevropa tilshunosligida XVIII asrning boshlarida grman paremiografi W. Wander

Yevropa xalqlariga oid 250,000 dan ortiq maqollarni o‘

z ichiga olgan 5 ta kitobdan iborat

paremiologik lug‘atni yaratdi. U bu ishi bilan zamonaviy Yevropa tilshunosligida
paremiografiya sohasiga tamal toshini qo‘ydi. Biroz vaqtdan so‘ng R.C.

Trench “On the

Lessons of Proverbs” nomli katta hajmli ingliz tili paremiologik lug‘atini yaratdi. Ushbu
asar hozirda ingliz va Amerika nashrlari paremiologiya sohasi bilan shug‘ullanuvchilar
uchun mukammal qo‘llanma sifatida xizmat qilib kelmoqda. Bu asarda maqollarning
anglatadigan ma’nosi, kelib chiqishi, paydo bo‘lishi

, nazariyasi atroflicha yoritilgan.

Shundan so‘ng bir necha tadqiqotchilar paremiologiya sohasiga qiziqib, maqollarni
to‘plashgan va nashr qilishgan. Bularning ichida eng mashhur tadqiqotdchilardan biri

A.

Taylor o‘zining 223 sahifadan iborat “The Proverb”

asarida maqollarni atroflicha tahlil

qilgan va paremiologiya sohasining qay darajada boy soha ekanligini ko‘rsatib bergan.

Jumladan, asarning birinchi qismida u maqollarning kelib chiqishi, muammolari, tarifi,
metaforik maqollar, proverbial(maqolga oid) t

urlar, variantlari, xalq og‘zaki ijodiga oid

maqollar, maqollar va adabiyot, boshqa tillardan kirib kelgan maqollar, biblical maqollar

va tub maqollar va ularning muqobil variantlari haqida bo‘lsa, ikkinchi qismida esa
maqollarni tarixiy, tub, o‘zlashgan,

huquqiy, mahalliy, diniy, ob-havo va tibbiyotga oid, urf-

odatlarni o‘zida mujassamlashtirgan iboralarni turkumlarga ajratgan. O‘zbek folklorida
maqol, tabu, va topishmoq singari janrlar hikmatga yo‘g‘rilganligi, g‘oyat ixcham, siqiq,
lo‘nda va obrazli ifod

alanishi bilan xalq paremik ijodini tashkil qiladi. Biroq u hanuzgacha

alohida adabiy tur sifatida etirof etilmay, goh xalq nasri, goh xalq poeziyasi va

frazeologiyaning bir qismi sifatida ko‘rib kelinmoqda. Holbuki, maqollar xalqning necha

ming yillar davomida turmush tarzida sinalib, anglangan haqiqatlar ixcham ahloqiy baho

sifatida umumlashtirilsa, tabularda xuddi shu ahloqiy baho taqiq yo‘sinini olgan.
Topishmoqlarda esa xalqning narsa va hodisalarga oid qarashlaridan iborat haqiqat o‘sha

narsa va hodisalar asliyatga xos yetakchi belgilarini epitetli ixcham iboralar shaklida aks
ettiradi.

Paremalar so‘zlardan tuzilib, ma’lum bir fikrni ifodalovchi gaplardan iborat bo‘lgani

uchun tilshunoslikning ham o‘rganish obyektidir, chunki ular so‘zlardan hosil bo‘l

ishiga

ko‘ra oddiy gaplarga o‘xshasa ham, mazmuni, strukturasi, ifodasi va boshqa grammatik
hususiyatlari jihatidan o‘ziga xosliklarga ega. Paremalarning qachon paydo bo‘lganligini
aniqlash qiyin, lekin shunisi ma’lumki, ularning ko‘pchiligi juda qadim zam

onlarda

yaratilgan va ular o‘zini ijod qilgan xalq bilan yashab kelmoqda. Har qanday hikmatli ibora
ham ommalashib ketmaydi, faqat jamiyatdagi ko‘pchilik insonlarning orzu

-umidlari,

istagini, hayoti va fikrini aks ettirgan hikmatli iboralargina ommalashadi, avloddan-avloda

o‘tadi, asrlar osha yashaydi –

paremalarga aylanadi.

Bir qator zamonaviy tadqiqotlarda paremiya atamasi xalqning turli sinflarini

belgilash uchun umumiy nom sifatida ishlatiladi. Ayniqsa bulardan eng ko‘p o‘rganilgani

maqoldir. Shuning uchun bu maqolada asosan maqollardan illyustratsion material sifatida
foydalaniladi.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue

1 (2025) / ISSN 2181-3701

325

Paremiologiyani tilshunoslikning bir tarmog‘i sifatida aniqlash frazeolog,

paremiolog va vingtolog Valeriy Mixaylovich Mokienkoga tegishlidir. Uning fikricha,

paremialar tadqiqotining asosiy usullari

tavsifiy-

analitik usul bo‘lib, u tahlil qilinadigan

hodisalarni bevosita kuzatishni o‘z ichiga oladi, bundan tashqari

kontekstli tahlil, qiyosiy

va lingvomadaniy tahlil usullari ham hozirda keng qo‘llaniladi. Paremiologik mater

ialni

tanlashda leksikografik manbalardan uzluksiz foydalaniladi.

TADQIQOT METODOLOGIYASI

Ushbu maqolada tahlil

bosqichlarini ko‘rib chiqishga harakat quyidagilarni o‘z

ichiga oladi:

1) barchasini qayd etish variantlari va ularning bir til doirasidagi lingvogeografik

tavsifi;

2)

to‘plangan materialni qarindosh tillarning lingvistik faktlari bilan taqqoslash

genetik yoki tipologik kelib chiqishini aniqlash;

3)

tadqiqot natijalarini aniq birliklarni xronologik ro‘yxatga olish bilan taqqoslash

muayyan tillar va lahjalar;

4)

til faktlarini hisobga olgan holda o‘rganish frazeologik etimonni ochish uchun

madaniy, etnografik, mifologik ma’lumotlar;

5) lingvistik talqinni solishtirish.

TAHLIL VA NATIJALAR

Maqollarni o‘rganishning asosiy jihatlaridan biri har bi

r xalqni lingvomadaniy

imkoniyatlarini ko‘rsatib berishdir. Dastlab barcha kichik paremiologik janrlar (maqol,

topishmoq va boshqalar) xalq ogʻzaki ijodi asarlari sifatida qaralgan.

Maqollarning mavzulari juda xilma-xil, ammo barchasi inson dunyosi bilan

bog‘liq

qadriyatlarni aks ettiradi. Maqollarning tamoyiliga ko‘ra, uyg‘unlashuviga tematik

-

ideografik jihat asoslanadi. Paremiologik material bir qator lug‘atlarda tematik prinsip

bo‘yicha joylashtirilgan. Biz bunda bir qator paremiologlarning fikriga qo‘s

hilamiz.

Bredis M.A. va RUDN tilshunoslik maktabi paremiologlari, semiotika va semantika

jurnalida, “Maqolni muayyan mavzuga nisbat berishning subyektivligi”, shuningdek maqol

qo‘llanilgan kontekstning uning ma’nosiga ta’siri haqida fikr bildirib o‘tishgan

.

V.M. Mokienko va uning maktabi vakillari asarlarda asoslangan tarixiy va etimologik

tahlildan foydalanishgan. Mokienko va uning maktabi vakillarining asosiy g‘oyasi

umuminsoniy va milliy o‘ziga xoslikga qaratilgan.

Tarixiy-

etimologik tahlil ko‘rib chiqilayotganda maqolning milliy o‘ziga xosligini

ko‘rsatish va ma’lumot berish imkonini beradi. V.N.

Telia, lingvistik va madaniy

yo‘nalishning asoschisi hisoblanadi. Aynan u tilning frazeologik resurslarini o‘rganar ekan,

maqolni o‘ziga xos milliy “kod” yoki

maishiy madaniyat tili sifatida qaraydi, u asrlar

davomida shakllanib, avloddan-

avlodga o‘tib, barcha munosabatni aks ettiradi deb

ta’riflaydi.

Maqollar milliy belgi birliklari bo‘lganligi sababli tarjimada ko‘pincha qiyinchiliklar

tug‘diradi. Badiiy amali

yot va nazariyada yuzaga keladigan turli muammolarda tarjima

jihati yechimga yordam beradi. Bu jihat kontrastli usul bilan bog‘liq, ammo bu muhim va

bir qator omillar bilan ajralib turadi, ya’ni tarjimonning malakasi, tillarning paremiologik

fondini bilishi, yozuvchi

badiiy asar muallifining fikrini tushunishdan iboratdir.

Bundan tashqari, maqollarni tarjima qilish tarjimondan tilning madaniyati va milliy

xususiyatlarini yaxshi bilish, funksional dominantlar, emotsional-ekspressiv fon,

xususiyatlar stilistikani bilishni talab qiladi. Tarjima jihati maqollarni bir tildan ikkinchi

tilga o‘tkazish texnikasi va usullarini o‘rganish imkonini beradi.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue

1 (2025) / ISSN 2181-3701

326

Biz ushbu maqolamizda toponim komponentli maqollarni tahlil qilishga xarakat

qildik. Toponimlar tahlili nafaqat geografik voqelikni, balki tilda aks etgan madaniy

hodisalarni ham ifodalashi bilan bog‘liq.

Bunga misol qilib fransuz tilida bir nechta maqollarni keltirib o‘tsak.

C'est de l'or de Toulouse, il lui coûtera bien cher.

Ushbu maqol ma’no jihatdan o‘zbek tilidagi O‘zing topmagan molning qadri yo‘q

maqoliga mos keladi. Biz ushbu maqolni avvalo etimologik tahlil qilsak. Fransuz tilidan

so‘zma

-

so‘z tahlil qilinganda Tuluzning oltini unga qimmatga tushadi degan ma’noni

bildiradi. Ya’ni ushbu maqolning asl ma’nosi

o‘ziga tegishli bo‘lmagan boylik yoki narsaga

egalik qilish omadsizlikka olib keladi degan g‘oyani ilgari surgan. Nega aynan Tuluz shahri
misolida keltirilganligini keyingi tahlillarimizda ko‘rib chiqamiz.

Krepion Tuluza shahriga bostirib kirib, Galliya

qo‘shinlari tomonidan unga

ko‘rsatilgan qarshilik uchun qasos olish maqsadida uni talon

-taroj qilib tashlab ketdi.

Askarlarning ochko‘zligi sababli barcha xazinalarni qo‘lga kiritishadi. Bu muqaddas
joylardagi oltinning ma’lum bir qismini olib ketganlarni

ng hammasi aql bovar qilmaydigan

azob-

uqubatlarni boshdan kechirib, baxtsiz halok bo‘lganligi qayd etiladi manbalarda.

O‘shandan beri birovning mulkini nohaq tortib olgan odamga nisbatan ushbu maqol keng
qo‘llanilib kelinmoqda: Bu Tuluza oltini, senga qimmatga tushadi; go‘yo biz oddiygina
aytayotgandek bo‘lamiz, lekin bunda katta ma’no bor, ya’ni yomon yo‘l bilan topilgan

boylik hech qachon foyda keltirmaydi.

“Avec des si, on mettrait Paris en bouteille.”

Bir tavakkal buzadi, Ming qayg‘uning qal’asin.

Ushbu maqolning asosiy ma’nosi aniq maqsad bilan qilinmagan ish oxirida qayg‘u

keltirishi mumkinligi haqidadur. Taxmin, tavakkal bilan hamma narsa qilish mumkin

emas. Bu maqol ko‘pincha fransuzlarda taxmin qilish bema’nilik ekanligini ko‘rsatish

uchun ishl

atiladi. Bu fikr ko‘plab maqollarda ifodalangan.

Maqollarni toponimlar bilan ishlatish uchun odam ma’lum bir lingvomadaniy

malakaga ega bo‘lishi kerak. Qiyosiy lingvokulturologiya shahar nomlari va boshqa

geografik nomlar tilga olingan maqol guruhlari tahl

ili sezilarli semantik oʻxshashlikni

koʻrsatadi. Ko‘rib chiqilayotgan tillarning maqollari o‘rtasida ba’zan bu maqollarda yo‘q
bo‘ladi. Faqat semantik, balki tarkibiy oʻxshashlik, toponimlar kiritilgan matematik

formulalar kabi etnolingvistik belgilar vazifasini bajaradi.

Bu esa bizga tasdiqlash imkonini beradi. Hozirgi tilshunoslikda maqollarni o‘rganish

tamoyillarga allaqachon klassikaga aylangan, shuningdek, nisbatan yangilari ham chiqib
kelmoqda. Kontrastiv va lingvokulturologik usullarning xususiyatlar

ini o‘zida mujassam

etgan qiyosiy lingvokulturologik tahlil integrativdir va bunga imkon beradi. Taqdim

etilgan material shuni ko‘rsatdiki, maqol bilan ifodalangan shiorga sharh turli tillarda bir

-

biridan farq qilmaydi.

Toponimik komponentli maqollarning qiyosiy va qiyosiy lingvomadaniy tahlili

shuni ko‘rsatdiki, ayrim maqollarga xos semantika boshqa tillar maqollarida ham o‘z aksini

topadi. Paremiologik material semantik ekvivalentlarning mavjudligi haqidagi fikrni
isbotlaydi.

Bu kabi faol ishlatiladigan b

unday birliklar bu tilni tushunishda til o‘rganuvchilar

uchun ko‘pgina qiyinchiliklarga duch kelishadi. Shu sababdan so‘zlarni o‘rganish

bilan bir

qatorda paremiologik minimumni ham o‘rganish muhim hisoblanadi.

Qolgan miqdori esa

faqat badiiy uslubga xos b

o‘lgan adabiyotlarda va muomala

uchun o‘z ahamiyatini


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue

1 (2025) / ISSN 2181-3701

327

yo‘qotgan, eskirgan bo‘ladi. Shunga

qaramasdan, Hirch, Kett va Trefilning fikricha

paremiologik minimum

bo‘yicha o‘rnatilgan eng faol paremalar bilan cheklanib qolmaslik

kerak.

XULOSA

Xulosa o‘rnida, shuni ta’kidlash lozimki, asrlar davomida og‘izdan

-

og‘izga o‘tib

kelgan maqollar xalqimizning dunyoqarashi, jamiyatga bo‘lgan munosabati, axloqiy
normasi, tarixni va ruhiy holatni ifodalaydi. Ular o‘zining tuzilishi jihatidan qisqa, lo‘nda,

puxta ma

ntiqli, fikran tugallanmagan va siqiq ishlangan bo‘ladi. Maqollar kishining ongini

o‘stiradi, ularni to‘g‘ri, rostgo‘y, mehnatsevar, mard, sabotli va matonatli bo‘lishga
o‘rgatadi, kishidagi yaxshi insoniy fazilatlarni targ‘ib etadi. Fikrni qisqa, aniq ifo

dalashga

o‘rgatadi. Yozuvchi, shoirning asarlarini badiiy jihatdan ta’sirli qiladi. Turmushning

hamma sohasida, mehnat jarayonida, jonli suhbatda, yozma adabiyotimizda maqol va

hikmatli iboralar juda ko‘p ishlatiladi. Aytmoqchi bo‘lgan fikrlar obrazli qili

b ifodalaniladi.

Ularda butun-

butun kitoblar mazmuniga teng keladigan fikr va sezgilar mavjud bo‘ladi.

Jahon tilshunosligida paremiologiya xalq og‘zaki ijodining qimmatli qismini

o‘rganib, madaniyatlararo muloqot va ilmiy tadqiqotlar rivojiga katta hissa qo‘shadi.
Maqollar va matallar orqali xalqlarning o‘tmishi, buguni va kelajagini anglash hamda
ularning o‘ziga xosligini qadrlash mumkin. Shu sababli, paremiologiyani o‘rganish
tilshunoslikning nafaqat nazariy, balki amaliy jihatdan ham muhim yo‘nalishidir.

Paremiologiya jahon tilshunosligida muhim o‘rin tutadi. Bu soha xalq maqollari va
matallarini o‘rganish orqali til va madaniyat o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni chuqurroq
tushunish imkonini beradi. Madaniy merosni asrash, xalqning tarixiy xotirasini o‘rganis

h,

tilni rivojlantirish va madaniyatlararo muloqotni mustahkamlashda paremiologik
tadqiqotlar bebaho ahamiyatga ega. Shu sababli, paremiologiyani yanada kengroq

o‘rganish nafaqat tilshunoslik, balki jahon ilm

-fanida yangi ufqlarni ochadi.


FOYDALANILGAN AD

ABIYOTLAR RO‘YXATI

:

1.

Berdiyorov H., Rasulov R. O‘zbek tilining paremiologik lug‘ati, T., 1984.

2.

Shomaqsudov Sh., Shorahmedov Sh., Ma’nolar manzanita, T., 2001.

3.

Mirzayev T. O‘zbek xalq maqollari. "Sharq" nashriyoti, 2005

-yil.

4.

O‘zME. Birinchi jild. T., 2000.

5.

Muhammadjon Hakimov, Magol terminlari haqida, O‘zbek tili va adabiyoti jurnali,

1965.

6. Aliyeva Gulzoda Tulqinovna. Unites phraseologiques françaises avec une

composante zoonyme. Til va adabiyot.uz jurnali. 2024-yil 9-son. e-mail:
tilvaadabiyotuz@gmail.com

Библиографические ссылки

Berdiyorov H. , Rasulov R. O‘zbek tilining paremiologik lug‘ati, T. , 1984

Shomaqsudov Sh. , Shorahmedov Sh. , Ma’nolar manzanita, T. , 2001

Mirzayev T. O‘zbek xalq maqollari. "Sharq" nashriyoti, 2005-yil

O‘zME. Birinchi jild. T. , 2000

Muhammadjon Hakimov, Magol terminlari haqida, O‘zbek tili va adabiyoti jurnali, 1965

Aliyeva Gulzoda Tulqinovna. Unites phraseologiques françaises avec une composante zoonyme. Til va adabiyot.uz jurnali. 2024-yil 9-son. e-mail: tilvaadabiyotuz@gmail.com