Авторы

  • Дилдора Умарова
    Преподаватель, Андижанский государственный институт иностранных языков

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.foreign-linguistics.75645

Ключевые слова:

Художественный язык изобразительное средство художественное выражение образность художественный перевод изобразительные средства в переводе

Аннотация

В качестве важнейших особенностей художественного языка нами выделены образность и эмоциональность. Средства, служащие для живого изображения предметов художественного произведения и яркого выражения чувств и переживаний, обобщенно именуются «средствами художественного изображения и выражения». Как отмечалось в статье, эти средства не являются определяющими чертами художественного языка, а выступают в качестве элементов, усиливающих образность и эмоциональность, которые, в свою очередь, являются его ключевыми характеристиками.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika –

Зарубежная лингвистика и
лингводидактика – Foreign

Linguistics and Linguodidactics

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics

Types of Representational Devices in the Chinese
Translation of the Work “There Is Light, There Is Shadow”

Dildora UMAROVA

1

Andijan State Institute of Foreign Languages

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received October 2024

Received in revised form
10 November 2024
Accepted 25 November 2024

Available online
25 December 2024

As the most important features of artistic language, we have

highlighted imagery and emotionality. The means used for the
vivid depiction of the subjects in an artistic work and for the

expressive portrayal of feelings and experiences are collectively

referred to as "means of artistic depiction and expression". As

noted in the article, these means are not the defining

characteristics of artistic language but rather elements that
enhance imagery and emotionality, which in turn are its key

attributes.

2181-3701/© 2024 in Science LLC.
DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol2-iss6

/S

-pp215-219

This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (

https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru

)

Keywords:

Artistic language,

visual means,

artistic expression,

imagery,

artistic translation,

image tools in translation.

“Nur borki, soya bor” asarining xitoycha tarjimasida tasvir
vositalarining turlari

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar:

badiiy til,

tasviriy vosita,

badiiy ifoda,

obrazlilik,

badiiy tarjima,

tarjimada tasvir vositalari.

Badiiy tilning eng muhim xususiyatlari sifatida obrazlilik va

emotsionallikni ko‘rsatdik. Badiiy asarda tasvirlanayotgan

narsani jonli tasvirlash, his-tuyg‘u va kеchinmalarni yorqin

ifodalashga xizmat qiluvchi vositalar umumlashtirilib, “badiiy

tasvir va ifoda vositalari” dеb ataladi. Avvalgi faslda
aytilganidеk, badiiy tasvir va ifoda vositalari badiiy tilning

bеlgilovchi xususiyati emas, balki bеlgilovchi xususiyat bo‘lmish

obrazlilik (tasviriylik) va emotsionallikni kuchaytiruvchi

unsurlardir.

1

Teacher, Andijan State Institute of Foreign Languages. E-mail: dildoraumarova828@gmail.com


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 6 (2024) / ISSN 2181-3701

216

Типы изобразительных средств в китайском переводе
произведения «Где есть свет, есть тень»

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

художественный язык,
изобразительное
средство,

художественное
выражение,

образность,

художественный перевод,
изобразительные средства
в переводе.

В качестве важнейших особенностей художественного

языка нами выделены образность и эмоциональность.

Средства, служащие для живого изображения предметов

художественного произведения и яркого выражения

чувств и переживаний, обобщенно именуются «средствами
художественного изображения и выражения». Как
отмечалось в статье, эти средства не являются

определяющими чертами художественного языка, а

выступают в качестве элементов, усиливающих образность
и эмоциональность, которые, в свою очередь, являются его

ключевыми характеристиками.


Badiiy asarda muallif o‘z muddaosini ro‘yobga chiqarish uchun tasviriy va ifodaviy

vositalardan foydalanadi. Asardagi tabiat manzaralari kitobxonning biror narsa haqida
tasavvur hosil qilishi, muayyan tuyg‘uni his etishi, ko‘rish, eshitish mumkin bo‘lgan narsa
va obrazlarni inson ongida hosil qiluvchi unsurlar tasviriy vositalar hisoblansa, asarda
so‘z va iboralarning turli ma’no tovlanishlari, majoziy xususiyatlari, voqea-hodisalarni
turli yo‘llar bilan ifodalash usullari – ifodaviy vositalar sanaladi.

Badiiy tarjimada tasvir vositalarining qayta yaratilishi va bunda so‘z tanlash

muammosi tarjimondan zo‘r mahorat talab etadi. “Tarjimon – asarni boshqa tilda, ya’ni
ona tilida qayta yaratish uchun muallif fikrini ancha pishitadi, o‘ziga singdirib oladi, keyin
matn xarakteriga qarab muqobil so‘z tanlaydi, bu so‘zlar ma’nosi, jarangdorligi, shakli,
uslubiy muqobilligi, asl nusxadagi fikrni iloji boricha to‘laroq ifodalash tashvishida
yonadi” – deb yozadi G‘aybulla Salomov.

Badiiy tasvir va ifoda vositalari ijodkorning muayyan badiiy-estеtik maqsadga

erishish uchun umumodatlangan normadan og‘ishi natijasida yuzaga kеladi, ular
tasvirning jonli va to‘laqonli bo‘lishiga, ifodaviylikning kuchayishiga xizmat qiladi. Badiiy
obrazning metaforiklik bilan chambarchas bog‘liq yana bir muhim xususiyati
assotsiativlik hisoblanadi. Aslida assotsiativlik – umuman inson tafakkuriga xos
xususiyat. Zero, tashqi olam ta’sirida ongimizda biror narsaning aksi paydo bo‘lishi
hamono u bilan bog‘liq assotsiatsiyalar ham uyg‘onadi. Masalan, “qish” deyilishi bilan
xayolimizda assotsiativ tarzda “qor”, “sovuq”, “po‘stin”, “chana” kabi u bilan bog‘liq
tushunchalar gavdalanadi. Umuman tafakkurga xos bu xususiyat obrazli tafakkurda
yuksak darajada namoyon bo‘ladi, deyishimizning sababi shundaki, reallikda ko‘rilgan bir
narsa san’atkor xayolida butunlay boshqa bir narsani, u bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqasi
bo‘lmagan narsani uyg‘otishi mumkin. Jumladan, yuqorida ko‘rib o‘tilgan misollarda
metaforiklik assotsiatsiyalar asosida yuzaga chiqqan. Masalan,

sassiq hovuzdagi baliq

assotsiativ tarzda biqiq muhitdagi inson bilan mazmuniy bog‘lanadi.

Semantik satxdagi og‘ishlar. Ma’lumki, nutq jarayonida biz so‘zlarni o‘z ma’nosida

yoki ko‘chma ma’noda qo‘llashimiz mumkin. So‘zning odatiy ma’nosidan o‘zga ma’noda
qo‘llanishi semantik satxdagi og‘ish sanaladi. Ko‘chma ma’noda qo‘llangan so‘zlarning
umumiy nomi trop (ko‘chim) deb yuritiladi. So‘z ma’nosi ko‘chishining, tropning


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 6 (2024) / ISSN 2181-3701

217

metafora, metonimiya, sinekdoxa, kinoya singari bir qator ko‘rinishlari mavjud. Badily
asarda qo‘llanilgan ko‘chimlar ishlatilish jiddiy farqlanadi: darajasi, badiiy bo‘yoqdorligi,
ta’sirchanlik darajasi kabi jihatlari bilan bir-biridan farq qiladi.

a) ko‘chimlarning bir qismi allaqachon til hodisasiga aylanib ulgurgan. Masalan,

“kun botdi”, “soat yuryapti” kabi birikmalarda so‘z ma’nosi ko‘chganligi aniq, biroq biz
ularga shu darajada ko‘nikib ketganmizki, hozirda ularga ko‘chim sifatida qaramaymiz
ham. Badily asar matnida mazkur ko‘chimlar qo‘llanganida, tabiiyki, muallif muayyan
badiiy-estetik maqsad bilan semantik satxda og‘ishga yo‘l qo‘ygan deya olmaymiz, zero,
ular yozuvchi tomonidan tayyor holda olingan. Baski, bu xil ko‘chimlar matnda estetik
funksiya bajarmaydi, ularni badiiyat hodisasi sifatida talqin qilib bo‘lmaydi;

b) asar matnida badiiy adabiyotda an’anaviy tarzda ishlatilib kelayotgan

ko‘chimlar ham kop uchraydi. Masalan, “shakar lab”, “gul yuz”, “bulbul”, “sarvqomat”,
“qoshi kamon” va hokazo. Bu xil ko‘chimlar ham yuqoridagilar singari tayyor holda
olinadi, biroq ulardan farqli o‘laroq, matnda estetik funksiya bajaradi: tasviriylikni,
ifodaviylikni kuchaytiradi;

v) badiiy-estetik funksiyadorligi, tasviriylik va ifodaviylikni kuchaytirishi jihatidan

muayyan matndagina ko‘chma ma’noda qo‘llangan, muallifning assotsiativ fikrlashi
mahsuli o‘laroq, dunyoga kelgan ko‘chimlar alohida o‘rin tutadi. Ularni shartli ravishda
“xususiy muallif ko‘chimlari” deb atashimiz mumkin. Shu xildagi ko‘chimlargina
yozuvchining muayyan badiiy-estetik maqsadni ko‘zlab yo‘l qo‘ygan semantik satxdagi
og‘ishi natijasi bo‘lib, uning badiiy til bobidagi mahorati xususida gap borganda biz,
avvalo, shu xil ko‘chimlarni e’tiborga olishimiz kerak bo‘ladi.

Voqelikdagi narsa-hodisalar orasidagi bizga ko‘rinmagan, biroq san’atkorona o‘tkir

nigoh bilan ilg‘angan o‘xshashlik, aloqadorlik asosidagi ko‘chimlar o‘quvchini hayratga
soladi, unga zavq bag‘ishlaydi. Badiiy asarda eng ko‘p qo‘llanuvchi ko‘chim turlaridan biri
metaforadir. Metafora usulidagi ma’no ko‘chishida narsa-hodisalar orasidagi
o‘xshashlikka asoslaniladi. Tabiatan metaforani yashirin o‘xshatish deb atash mumkin.
Yashirin o‘xshatish deb atalishiga sabab metaforada o‘xshatilayotgan narsa tushirib
qoldirilgani holda o‘xshayotgan narsa uning ma’nosini bildiradi. Tabiiyki, bunda
o‘xshatilayotgan narsalardan aynan o‘xshashlik talab qilinmaydi, ikki narsa hodisaga xos
belgilardan birortasi asos uchun olinadi. Masalan, “oltin kuz”, “oltin davr” birikmalarining
birinchisida “rang”, ikkinchisida “qimmat” asos uchun olingan. Keltirilgan misol
metaforaning eng sodda ko‘rinishlaridan bo‘lib, quyida o‘xshashlik aloqalari birmuncha
murakkabroq namoyon bo‘luvchi xususiy muallif metaforalaridan bir nechasini
mushohada qilib ko‘ramiz.

Jaranglaydi jarangsiz kumush satrlarida metaforaning ma’no assotsiatsiyalari

yanada kengroq. Ma’lumki, qorning kumushga (rang o‘xshashligi) o‘xshatilishi ancha
keng qo‘llanadi. Shoir shu asosda “kumush”ning yana bir assotsiyatsiyasini uyg‘otadi:
qorning yog‘ishini “kumush tangalarning sochilishi‘ga o‘xshatadi (jaranglaydi jarangsiz
kumush), go‘yo kimdir hayri-ehson qilib tanga sochayotgandek. Xalqimizda “qor” yog‘ishi
to‘kinlikdan, barakotdan deb bilinishi sizga ma’lum, albatta. Ko‘ramizki, qor shoirning
assotsiativ fikrlashida avvalo “kumush”ni, keyin xalqimizning maishly tafakkurida muqim
o‘rinlashgan fikrni uyg‘otadi.

Albatta, bu o‘rinda metaforaning ma’nosi turlicha tushunilishi, u turli o‘quvchining

ongida turlicha assotsiatsiyalarni uyg‘otishi mumkinligi tabiiy. Parchadagi birinchi misra
ikkinchisining anglanishiga asos bo‘ladi. “Soqovning baqirig‘”dagi dahshatli jihat shuki,


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 6 (2024) / ISSN 2181-3701

218

uni kamdan kam odam eshitadi, eshita oladi. Shunga o‘xshash, qabrtoshlar ham bizni juda
ko‘p narsalardan ogoh etadi, faqat ularning baqirig‘ini biz doim ham “eshitolmaymiz”.
Baqirig‘ini yonidagi odam eshitmayotganini bilib turgan soqovning holatini tasavvur
qilasiz-da, bizni ogoh etib unsiz baqirayotgan qabrtoshlar, ular ortidagi o‘tganlar ruhini
tasavvur etasiz. Va ayni shu nuqtada she’r dilingizni titratadi, boshda tushunarsizdek
ko‘ringan satrlar qatidagi ma’no ongingizga o‘chmas bo‘lib muhrlanadi.

Ma’no ko‘chishining keng tarqalgan turlaridan yana biri metonimiyadir.
Badiiy adabiyotda, ayniqsa, metaforik tafakkur yetakchilik qilayotgan zamonaviy

adabiyotda metonimiya metaforaga nisbatan kamroq uchraydi, o‘zining estetik
funksiyadorligi jihatidan ham u metaforadan quyiroq turadi. Shunday bo‘lsa-da, badiiy
matnda metafora bilan yondosh qo‘llangan holda u katta badiiy samara beradi, fikrni
lo‘nda va ta’sirli ifodalashga xizmat qiladi. Asl matnda – Ko‘zini yumdi, qarshisida chol
paydo bo‘ldi, bu yerda cholning qiyofasi Sherzodning ichki qo‘rquvi, xotirasi sifatida
tashbeh qilinadi.

“Endi u nihoyat uyg‘ondi va palatada yotganini tushundi. Bularning hammasi o‘tib

ketadi, lekin u qo‘l va oyoqlarini qimirlata olmaydi. U hushida bo‘lsa-da, lekin butun
tanasi falaj bo‘lsa ham, undan dahshatliroq tuyg‘u yo‘q”. “Fal” ta’rifi orqali Sherzodning
tushdagi ojizligi, haqiqatda esa ojizligi metaforadir.

Misol uchun:

隐喻

(Metaphor):

忆的具象化。

闭上了眼睛

,

那个老人出

现在他面前。

这里

,

老人的出

现被隐喻为

谢尔扎德内心恐惧和记

现在他终于醒了

,

识到自己躺在病房里。这一切都会过去但他的手和脚都不能

动弹。虽然意

识很清醒

,

但全身是

瘫痪的原来没有比这个更可怕的感觉了。

瘫痪

的描述

,

隐喻谢尔扎德在梦中的无

助和

现实中的无力感。

Borliqni badiiy idrok etishni maqsad qilgan badiiy adabiyotning markazida inson

obrazi turadi. Negaki, borliqning o‘zida inson shu xil mavqe egallaydi. Shunday ekan,

badiiy adabiyotning borliqni idrok etishida inson obrazining asosiy vosita bo‘lishi ham

tabiiy va qonuniydir. Tarjimada mavjud so‘zlar emotsional bo‘yoqdorligi nuqtayi

nazaridan bir-biridan farq qiladi. Tarjimon yozuvchi tasvir prеdmеtiga munosabatini

ifodalash uchun mavjud so‘zlardan kеragini tanlashi zarur bo‘ladi. Masalan: sinonim

so‘zlar qatoridan ijobiy bo‘yoqdorlikka yoki salbiy bo‘yoqqa ega so‘zning tanlanishi

yozuvchining tasvir prеdmеtiga munosabatini yorqin ifodalab bеrishi mumkin. Badiiy

matnda ko‘chimlar turli ko‘rinishlarga ega bo‘lib, ularni ko‘pchilik adabiyotlarda “troplar”

deb yuritiladi. “Ko‘chimlar deyilganda, adabiy asarning badiiy qimmatini, ifodaliligini,

ekspressivlikni kuchaytirish uchun bir narsaning nomini, belgisini ikkinchisiga ko‘chirish

yoki so‘zlarning umuman, ko‘chma ma’noda ishlatilishi” nazarda tutiladi. So‘z

ma’nosining ko‘chish jarayonlari turli ko‘rinishlarda voqe bo‘ladi. Bu jarayonlar va

ularning natijalari sifatida yuzaga keladigan hodisalar, bu hodisalarning turlari, o‘ziga xos

xususiyatlari kabi masalalar o‘zbek tilshunosligida ancha batafsil o‘rganilgan. Tasviriy

vositalarning deyarli barchasida o‘xshatish, chog‘ishtirishdan iborat tushuncha yotadi.

Metafora, o‘xshatish, sifatlash, metonimiya, sinekdoxa, mubolaga, allegoriya, jonlantirish,

prafraza kabi usullar ko‘chimlarning turlaridir. Tarjimada uzatish jarayonida tarjimon


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 6 (2024) / ISSN 2181-3701

219

har qanday tarzda xabar tarkibini saqlab qolishi kerak. Chunki bu juda muhim

ahamiyatga ega bo‘lgan ma’nodir. Shu sababli, tarjimon ko‘pincha tarkibni saqlab qolish

uchun shaklni o‘zgartirishga majbur bo‘lishi mumkin, ammo agar o‘sha ma’noni tarjima

tilida yetkaza bera olsa yaxshi bo‘ladi.

Tarjimada tarjimon o‘zini faqat birinchi navbatda xayoliga kelgan so‘zlar bilan

cheklab qo‘yganini ko‘ramiz. U tarkibga qaraganda ko‘proq shaklga e’tibor qaratadi.

Shuningdek, so‘zlar umumiy ma’noda ishlatiladi. Ammo bu sohaga mos va o‘ziga xos ba’zi

so‘zlar va ekvivalentlar mavjud. Agar tarjimon uzatish jarayonida manba tilining lisoniy

xususiyatlarini saqlab qolishga harakat qilsa, bu milliy xususiyatga yoki madaniy
pragmatik tarkibga olib kelishi mumkin. Misol uchun:

(Synecdoche):

萨菲

·

萨基耶维奇把白色被子盖到下巴

这里

,“

白色被子

是部分代替整体

,

即用被子

这一局部

代表床

铺或睡眠环境

,

属于提

喻。

birqancha birikmalar orqali ma’no ko‘chishi

qo‘llanilgan. Bu birikmalar asarni chiroyli tasvirlab, ko‘z oldimizda asardagi voqelarni

jonlantirib berishga katta hissa qo‘shgan.

Asar tarjimasida ushbu tasvir vositalarining bir qanchasi so‘zma-so‘z tarjima

qilingan bo‘lsa, ba’zilari esa shaklan o‘zgartirilib, ma’nosini yetkazib bergan.

Masalan:

转喻

(Metonymy):

在文本中

,

没有明

显的转喻使用。转喻通常涉及用一个事物代替与其密切相关的另

一个事物

,

但在此文本中未出

现此类用法

birikmasida badiiy tasvir vositalaridan biri

metonomiya orqali ma’no ko‘chishi qo‘llanilgan. Ya’ni hujrada yashovchi aholi nazarda

tutilgan bo‘lib, aholi so‘zi tushub qolishi orqali metonimiya qo‘llanilgan. Tarjimada esa

ko‘chma ma’no ishlatilmagan. Ya’ni shaklan gap o‘zgartirilib, aholi deb o‘z ma’nosi

berilgan. Tarjimon tanlagan ekvivalentlardagi farqlarni quyidagicha ko‘rishimiz mumkin:

Matnda metonimiyaning aniq qo‘llanilishi yo‘q. Metonimiya odatda bir narsani u bilan

chambarchas bog‘liq bo‘lgan boshqa narsa bilan almashtirishni o‘z ichiga oladi.

Biroq ushbu matnda bunday foydalanish mavjud emas.

Asliyatda, tarjimon versiyasi, ekvivalentlik turi:

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, dastlab tarjimon asl matnning qaysi turiga e’tibor

berish kerakligini aniqlab olishi kerak. Badiiy tasvir va ifoda vositalari mavzusiga

to‘xtalar ekanmiz, biz mavjud vositalarning hammasini ko‘rib chiqishni maqsad

qilmaganmiz. Zero, bu vositalarning har biri alohida mashg‘ulot mavzusi bo‘lish uchun

yetarli material beradi. Yuqoridagi mulohazalar mazkur mavzuga kirish vazifasini o‘tasa

kifoya. Siz endi adabiyotshunoslikka oid lug‘atlar, badiiy til xususiyatlariga oid ishlar

bilan tanishish, badiiy asarlarni mutolaa qilish jarayonida til unsurlariga jiddiy etibor

qilishingiz, biz to‘xtalmagan yoki misollar keltirmagan vositalar mohiyatini mustaqil

o‘rganishingiz va o‘zlashtirishingiz zarur boladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Dimurod Quronov. Adabiyot nazaryasi asoslari. 2020. – 66b

2.

Days Gone By. Abdulla Qadiri, translated by Carol Ermakova. Nouvtionseau

Monde editions, Paris. 2012. – 5b.

3.

Kunrov R. Uzbek tilining tasviriy vositalari. -Toshkent: Fan;1977. – 24 b.

4.

Dilnoza Uloch qizi Halimova. Abdulla Qodiriyning "O‘tgan kunlar" romanning

inglizcha tarjimasida badiiy san’atlarning berilishi, 2021-yil. – 4b.

5.

I.G‘ofurov. Tarjima nazariyasi. –Toshkent: – 2012. -135b.

Библиографические ссылки

Dimurod Quronov. Adabiyot nazaryasi asoslari. 2020. – 66b

Days Gone By. Abdulla Qadiri, translated by Carol Ermakova. Nouvtionseau Monde editions, Paris. 2012. – 5b.

Kunrov R. Uzbek tilining tasviriy vositalari. -Toshkent: Fan;1977. – 24 b.

Dilnoza Uloch qizi Halimova. Abdulla Qodiriyning "O‘tgan kunlar" romanning inglizcha tarjimasida badiiy san’atlarning berilishi, 2021-yil. – 4b.

I.G‘ofurov. Tarjima nazariyasi. –Toshkent: - 2012. -135b.