Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika –
Зарубежная лингвистика и
лингводидактика – Foreign
Linguistics and Linguodidactics
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics
Cognitive-linguistic analysis of medical terms and texts
and their practical significance
Muzaffar ACHILOV
1
Tashkent Medical Academy
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received October 2024
Received in revised form
10 November 2024
Accepted 25 November 2024
Available online
25 December 2024
In this scientific article, we analyzed the use of medical terms
and texts in oral and written speech, specifically in medicine,
from a cognitive-linguistic perspective, and the spiritual essence
of the interaction between patients and doctors.
2181-3701/© 2024 in Science LLC.
DOI:
https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol2-iss6
This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru
Keywords:
Medical term,
linguistics,
meaning transfer,
text.
Tibbiy termin va matnlarning kognitiv-lingvistik tahlili
ularning amaliy ahamiyati
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar:
Tibbiy termin,
lingvistika,
ma’no ko‘chishi,
matn.
Ushbu ilmiy maqolamizda tibbiy terminlarning va
matnlarning og‘zaki, yozma nutqlarda aynan tibbiyotda
qo‘llanilishini bemor va shifokorlar orasidagi ma’noviy mohiyati
kognitiv-lingvistik jihatdan tahlil qilganmiz.
Когнитивно-лингвистический анализ медицинских
терминов и текстов и их практическое значение
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
медицинский термин,
лингвистика,
передача значения,
текст.
В данной научной статье мы проанализировали
когнитивно-лингвистическое значение использования
медицинских терминов и текстов в устной и письменной
речи, в частности в медицине, между пациентами и
врачами.
1
Teacher, Department of Uzbek and Foreign Languages, Tashkent Medical Academy. E-mail: mnn.achilov@gmail.com
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 6 (2024) / ISSN 2181-3701
221
KIRISH
Lotin tili o‘rta asrlarda tibbiy terminologiyani shakllantirishda muhim rol
o‘ynagan. Ko‘pgina anatomiya va kasalliklar bilan bog‘liq atamalar lotin tilida
ifodalangan. Masalan, “corpus” – “tana”, “musculus” – “mushak”, “morbus” – “kasallik”
kabi terminlar hozirgi kunda ham keng qo‘llaniladi. Bundan tashqari, tibbiy
terminologiyaning rivojlanishida arab, fransuz va nemis tillarining ham ta’siri sezilarli
darajada bo‘lgan. O‘rta asr Sharq tabobati va arab olimlari, jumladan, Ibn Sino va ar-Roziy
kiritgan yangiliklar orqali arabcha atamalar tibbiyot sohasiga kirib kelgan. Masalan,
“alkogol”, “eliksir”, “sirroj” (oftalmolog) kabi so‘zlar arab tilidan kelib chiqqan. Tibbiy
atamalarni o‘rganishda ularning semantik (ma’noviy) xususiyatlariga e’tibor qaratish
muhim. Ko‘plab tibbiy terminlar murakkab tarkibiy tuzilishga ega bo‘lib, ular old
qo‘shimcha (prefiks), asosiy ildiz va oxirgi qo‘shimcha (suffiks)lardan tashkil topadi.
Masalan: “Gastroenterologiya” – bu atama uchta asosiy qismdan iborat: “gastro”
(γαστήρ) – “oshqozon”, “entero” (ἔντερον) – “ichak”, “logia” (λογία) – “fan” yoki
“o‘rganish”. Shunga o‘xshash, “nefrologiya” (buyrak kasalliklarini o‘rganish) va
“kardiologiya” (yurak kasalliklarini o‘rganish) kabi atamalar ham yunon tiliga borib
taqaladi. Bundan tashqari, tibbiy terminlarning sinonim va antonim munosabatlariga ega
bo‘lishi ham kuzatiladi. Masalan, “taksiya” (harakat qilish qobiliyati) va “ataksiya”
(harakatning buzilishi) kabi terminlar prefiks orqali qarama-qarshi ma’no hosil qiladi.
MAVZUGA OID ADABIYOTLARNING TAHLILI
Zamonaviy tibbiyotning rivojlanishi bilan yangi atamalar paydo bo‘lishi tabiiy
jarayondir. Genetika, biotexnologiya, neyrobiologiya va boshqa ilg‘or tibbiyot
sohalarining rivojlanishi natijasida yangi ilmiy terminlar yuzaga kelmoqda. Masalan,
“biopsiya”, “genom”, “radiologiya” kabi so‘zlar ilm-fan taraqqiyotiga hamohang holda
rivojlanib bormoqda. Axborot texnologiyalarining rivojlanishi va tibbiyotning
raqamlashtirilishi natijasida esa yangi terminlar paydo bo‘lmoqda. Masalan:
“telemeditsina”, “e-sog‘liqni saqlash”, “biometrik skanerlash” kabi atamalar XXI asr
tibbiyotining muhim qismini tashkil etmoqda.
Tibbiy terminlarning etimologik tahlili ularning shakllanish jarayoni, tarixiy
ildizlari va semantik o‘zgarishlarini tushunishga yordam beradi. Bugungi kunda tibbiy
terminologiya doimiy ravishda rivojlanib, yangi ilmiy kashfiyotlar asosida boyib
bormoqda. Shuning uchun tibbiyot sohasida faoliyat yurituvchi mutaxassislar ushbu
terminlarning etimologiyasini chuqur o‘rganishlari ularning ilmiy faoliyatida katta
ahamiyatga ega.
Tibbiy lingvistikaning ta’rifi va uning ahamiyati til va tibbiyotning o‘zaro bog‘liqligi
haqida qisqacha tushuncha beradigan bo‘lsak, tibbiy so‘zlarning aniq va to‘g‘ri ishlatilishi,
sog‘liqni saqlashda muloqot bemor va shifokor o‘rtasidagi til orqali amalga
oshiriladi.Tibbiy terminologiya va tibbiy matnlarni kognitiv-lingvistik tahlil qilish
sohasidagi ilmiy tadqiqotlar, tibbiyotda aniq va samarali muloqot qilishni ta’minlashga
yordam beradi. Tibbiy terminlar, kasalliklar, davolash usullari, simptomlar va tibbiy
jarayonlar bilan bog‘liq bo‘lgan aniq va to‘g‘ri ma’lumotlarni etkazishda muhim rol
o‘ynaydi. Kognitiv lingvistika esa til va ongning o‘zaro aloqasini o‘rganib, tibbiy
atamalarni va matnlarni qanday tushunishimizni, bu tushunchalar orqali bizning sog‘liq
holatini qanday anglashimizni izohlaydi. Shifokorlar va bemorlar o‘rtasidagi samarali
muloqotni o‘rnatish uchun tibbiy lingvistikani chuqur tushunish zarur. Shuningdek,
tibbiy terminologiyani aniq ishlatish, ilmiy tibbiy materiallarni to‘g‘ri talqin qilish va
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 6 (2024) / ISSN 2181-3701
222
tibbiy ma’lumotlarni aniq va tushunarli tarzda taqdim etish ham bu fanning
maqsadlaridan biridir. Tibbiy lingvistika, zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash orqali
sog‘liqni saqlash jarayonlarini rivojlantirishga imkon beradi.
TADQIQOT METODOLOGIYASI
Kognitiv-lingvistik yondashuvda tibbiy terminlar faqat ilmiy aniq tushunchalarni
ifodalab qolmay, balki bemorlar va shifokorlar o‘rtasidagi muloqotda ham katta rol
o‘ynaydi. Tibbiy atamalar, asosan, umumiy tilni xususiylashtiradi va tibbiy jarayonlarni
tushunish uchun aniq va qat’iy belgilangan ma’nolarga ega bo‘ladi.Kognitiv lingvistika
nuqtai nazaridan, tibbiy terminlar nafaqat ilmiy izohlar va faktlarni, balki insonning
sog‘liqni qanday tasavvur qilishini ham aks ettiradi. Masalan, “og‘riq” atamasi yoki
"diabet" kabi tibbiy terminlar, ularning ilmiy ma’nolaridan tashqari, bemorlarning
individual tajribalariga asoslanib, o‘zgarib turishi mumkin. Bemorlar bu terminlarni
qanday tushunishi, ularning og‘riqni yoki kasallikni qanday his qilishiga bog‘liq bo‘ladi.
Kognitiv lingvistika tibbiy terminlarning bemorlar va shifokorlar tomonidan qanday
tushunilishini, so‘zlarning qanday metaforalar yordamida anglanishini, va kasalliklar
haqidagi tasavvurlarga qanday ta’sir ko‘rsatishini o‘rganadi. Misol uchun, “og‘riq” so‘zi
turli bemorlar uchun turlicha tasavvurga ega bo‘lishi mumkin. Kimdir og‘riqni “issiqlik”
deb tasvirlasa, boshqalar esa uni “yirik og‘riq” deb his qilishlari mumkin.
Bu metaforalarning kognitiv lingvistikadagi tahlili shifokorlarga bemorning og‘riqni
qanday his qilayotganini yanada yaxshiroq tushunishga yordam beradi va mos davolash
usullarini aniqlash imkonini yaratadi.
Tibbiy matnlar – bu kasalliklar, simptomlar, diagnostika va davolash usullari
haqida aniq va batafsil ma’lumot beruvchi matnlardir. Tibbiy matnlarni kognitiv-
lingvistik tahlil qilishda, matnlarning ma’nosi, struktura va tildagi nuanslarni tushunish
zarur. Matnlarning qanday tushunarli va aniq tarzda yozilganligi bemorlar va shifokorlar
o‘rtasidagi samarali muloqotni ta’minlashda hal qiluvchi ahamiyatga ega.Bemorlar o‘z
holatini tasvirlashda metaforalardan foydalanadilar. Masalan, “boshimda siqilish bor”
yoki “yuragimda og‘irlik bor” kabi iboralar, bemorning kasallikni qanday his
qilayotganini, uning noqulaylik yoki og‘riqni qanday tasavvur qilayotganini ko‘rsatadi.
Kognitiv lingvistika bunday metaforalarni o‘rganish orqali, shifokorlarning bemorning
sog‘liq holatini yaxshiroq tushunishiga yordam beradi.
Kognitiv lingvistikada tibbiy matnlarni tushunishda “yangi bilimlarni
shakllantirish” va “ma’lumotlarni aniq izohlash” juda muhimdir. Shifokorlar va bemorlar
o‘rtasida samarali muloqot, matnning aniq va tushunarli bo‘lishiga bog‘liq. Agar tibbiy
matn bemorga tushunarli bo‘lmasa, u bemorning davolanishiga ta’sir qilishi mumkin. Shu
sababli, kognitiv lingvistika nuqtai nazaridan, tibbiy matnlar oddiy va tushunarli qilib
yozilishi kerak, chunki murakkab va noaniq matnlar bemorning to‘g‘ri qarorlar qabul
qilishiga to‘sqinlik qilishi mumkin.Tibbiy terminlarni va matnlarni kognitiv-lingvistik
tahlil qilish, nafaqat tibbiyot mutaxassislari uchun, balki bemorlar uchun ham amaliy
ahamiyatga ega. Bu jarayonlarning asosiy maqsadi – muloqotni yaxshilash, kasalliklar
haqidagi tushunchalarni to‘g‘ri talqin qilish va davolashning samaradorligini oshirishdir.
Tibbiy terminlar nafaqat shifokorlar va tibbiyot xodimlari o‘rtasida, balki bemorlar bilan
muloqotda ham muhim rol o‘ynaydi. Tibbiy terminlarni kognitiv-lingvistik tahlil qilish,
bemorlar va shifokorlar o‘rtasidagi kommunikatsiya samaradorligini oshiradi. Bemorlar
uchun tibbiy atamalarni tushunish va ularga mos tushuncha berish, davolash jarayonini
osonlashtiradi. Shuningdek, tibbiy so‘zlarning aniq va samarali ishlatilishi tibbiy
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 6 (2024) / ISSN 2181-3701
223
muloqotni mustahkamlash va bemorlarning xavotirlarini kamaytirish uchun zarurdir.
Tibbiy matnlarning kognitiv-lingvistik tahlili bemorlarga kasalliklar va davolash usullari
haqida aniq ma’lumot olish imkonini beradi. Shuningdek, tibbiy matnlarni tahlil qilish
orqali, shifokorlar o‘z bemorlariga ularni tushunarli shaklda tushuntirishi mumkin.
Tibbiy matnlar oddiy va aniq tilda yozilgan bo‘lsa, bemorlar o‘z davolanishlariga yanada
to‘liq va ishonchli yondashadilar. Kognitiv lingvistikada, shifokorlar bemorning kasallik
haqidagi tasavvurlarini va tushunchalarini tahlil qilish orqali, ularni yanada aniqroq
tushunishadi. Masalan, bemor og‘riqni “yong‘in kabi” deb tasvirlasa, bu og‘riqning
intensivligi va tarqalishini anglatadi. Bunday metaforalar yordamida shifokor bemorning
holatini yaxshiroq tushunishi mumkin. Kognitiv lingvistika, tilni inson tafakkuri va
dunyoqarashining aks-sadosi sifatida o‘rganadigan ilmiy soha hisoblanadi.
Bu yondashuvga ko‘ra, til nafaqat so‘zlar va grammatikani o‘z ichiga oladi, balki
insonning dunyoni qanday anglashini va tushunishini shakllantiruvchi vositadir. Kognitiv
lingvistikada tilning semantik (ma’nolar) va sintaktik (strukturaviy) jihatlari inson
tafakkurini, qabul qilish va his-tuyg‘ularni ifodalashni aks ettiradi. Kognitiv lingvistikada
kasalliklar va sog‘liq holatlarini tushunish o‘ziga xos ahamiyatga ega. Kasalliklar va
sog‘liq holatlarini tasvirlashda til, insonlarning o‘z his-tuyg‘ulari, og‘riqlari yoki
noqulayliklarini ifodalash uchun asosiy vosita bo‘lib xizmat qiladi. Bemorlar o‘z sog‘liq
holatlarini tasvirlashda til yordamida o‘z tajribalarini boshqalarga yetkazishga harakat
qiladilar. Kognitiv lingvistikada bu jarayonni o‘rganish, til va tafakkur o‘rtasidagi
bog‘liqlikni yanada chuqurroq tushunishga yordam beradi. Kognitiv lingvistika
kasalliklarni qanday tushunish va tasvirlashimizni o‘rganadi. Kasalliklar va sog‘liq
holatlari insonlarning kundalik hayotida ko‘plab vaziyatlar va tajribalarni keltirib
chiqaradi. Bemorlar, kasallikning turli shakllarini, simptomlarini, og‘riqni yoki
noqulaylikni tasvirlashda turli xil iboralar va so‘zlardan foydalanadilar. Masalan, “og‘riq”
so‘zi ko‘plab variantlarga ega bo‘lishi mumkin: “keskin og‘riq”, “og‘riqni his qilish”,
“siqilish”, “jarohat” va h.k.
TAHLIL VA NATIJALAR
Kognitiv lingvistikaning asosiy nuqtai nazari shundan iboratki, til orqali odamlar
kasalliklarni, og‘riqni yoki boshqa sog‘liq holatlarini o‘z tafakkurlari va hissiyotlari orqali
tasvirlaydilar. Bemorlarning kasalliklarni ifodalashdagi xilma-xilligi, tibbiy muloqotda
muhim ahamiyatga ega, chunki shifokorlar bemorning his-tuyg‘ularini to‘g‘ri tushunishi
va davolashning samarali yo‘llarini belgilashi uchun bemorning tilini to‘g‘ri talqin
qilishlari kerak.
Kognitiv lingvistika kasalliklar va sog‘liq holatlarini tasvirlashda metaforalarning
roli katta ekanligini ta’kidlaydi. Metaforalar – bu insonlarning tasavvurini, his-
tuyg‘ularini va tajribalarini ifodalashda ishlatiladigan tilda keng tarqalgan vositalar
hisoblanadi. Kasalliklar, masalan, ko‘pincha boshqa elementlar yoki holatlar bilan
taqqoslanadi, bu esa kasallikning muhim xususiyatlarini tushunishda yordam beradi.
Kognitiv lingvistikaning bu jihatiga ko‘ra, kasalliklarni tasvirlashda ishlatiladigan
metaforalar, shifokorlar va bemorlar o‘rtasida aniq va samarali muloqotni ta’minlashga
yordam beradi. Misol uchun: “Men o‘zimni zanjirga bog‘lanib qolgan kabi his qilaman” –
bu og‘riqni yoki noqulaylikni tasvirlashda ishlatilgan metaforadir, bu bemorning o‘zini
qanday his qilayotganini tushunishga yordam beradi. “Og‘riq tanamni yongan yong‘in
kabi qamrab olmoqda” – bu ham og‘riqni tasvirlashda ishlatiladigan metafora bo‘lib,
bemorning og‘riqni qanchalik kuchli his qilayotganini aks ettiradi. Metaforalarning
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 6 (2024) / ISSN 2181-3701
224
kognitiv lingvistikada o‘rganilishi, shifokorlarga bemorning holatini yanada yaxshiroq
tushunish va bemorning hissiyotlariga mos keladigan davolash usullarini tanlash
imkonini beradi.
Kognitiv lingvistika tananing tashqi va ichki holatini qanday tasavvur qilishimizni
o‘rganadi. Tanani tasavvur qilish, kasalliklarning inson tanasiga qanday ta’sir qilishi,
bemorning kasallikdan qanday his-tuyg‘ulari borligi bilan bevosita bog‘liqdir. Kasalliklar
va sog‘liq holatlarini tasvirlashda bemorlar ko‘pincha tananing zarar ko‘rgan qismlariga
ishora qilishadi. Misol uchun, “boshimda og‘riq bor” yoki “orqamda o‘tkir siqilish hissi
mavjud” kabi iboralar bemorning tanasidagi maxsus joylarni ta’kidlashga yordam beradi.
Kognitiv lingvistikada, tananing sog‘liq holatini va uning o‘zgarishini tushunish
uchun bu ifodalar o‘rganiladi. Shifokorlar bemorning tanasidagi og‘riq yoki noqulaylikni
to‘g‘ri tushunish uchun, bemorning qanday qilib tanasini tasavvur qilishini va bu
tasavvurlarni qanday ifodalashini o‘rganishlari kerak. Kasalliklar va sog‘liq holatlarini
tasvirlashda bemorlar ko‘pincha o‘z subyektiv his-tuyg‘ularidan foydalanadilar. Bu his-
tuyg‘ular – og‘riq, qo‘rquv, umidsizlik yoki xotirjamlik kabi holatlar – bemorning tibbiy
holatini tushunishda juda muhimdir. Kognitiv lingvistikada, bu subyektiv his-tuyg‘ularni til
orqali qanday ifodalash va tushunish zarurligi o‘rganiladi. Masalan, bemorlar og‘riqni
“boshimda siqilish” yoki “yuragimda og‘irlik” sifatida tasvirlashlari mumkin. Shifokorlar
bunday ifodalarni tahlil qilish orqali, bemorning his-tuyg‘ularini va sog‘liq holatini
yaxshiroq tushunishlari mumkin. Tibbiy muloqotda, bemorning subyektiv his-tuyg‘ulariga
e’tibor berish, davolash jarayonini yanada samarali qilishga yordam beradi. Kognitiv
lingvistikadagi bilimlar tibbiy muloqotni yaxshilashda juda foydalidir. Bemorlarning sog‘liq
holatini to‘g‘ri tushunish va tahlil qilish uchun shifokorlar bemorning tilidagi nuanslarni
tushunishlari kerak. Kasalliklarni tasvirlashda bemorlar turli xil kognitiv yondashuvlarni
qo‘llaydilar, bu esa shifokorlarga bemorning holatiga moslashishga yordam beradi.
Kognitiv lingvistikada tibbiy muloqot va kasalliklarni tushunishdagi tilning roli shundan
iboratki, bemorlar va shifokorlar o‘rtasida o‘zaro tushunishni yaxshilash va davolash
jarayonini yanada samarali qilish uchun til orqali ongni va his-tuyg‘ularni aniqlash zarur.
Shifokorlar, bemorning o‘z holatini qanday tasvirlayotganini tushunish orqali, davolash
usullarini aniq va samarali belgilashlari mumkin.
XULOSA VA TAKLIFLAR
Tibbiy lingvistikani o‘rganish, til va tibbiyotning o‘zaro bog‘liqligini tushunish va
sog‘liqni saqlash jarayonini samarali tashkil etishga yordam beradi. Bemorlar bilan to‘g‘ri
muloqot qilish, tibbiy matnlarni samarali yaratish va tibbiy terminologiyani aniq ishlatish
sog‘liqni saqlash tizimining samaradorligini oshiradi. Shuningdek, yangi texnologiyalar
yordamida tibbiy lingvistikaning rivojlanishi sog‘liqni saqlash sohasidagi innovatsiyalarni
ta’minlaydi. Kognitiv lingvistikada kasalliklarni va sog‘liq holatlarini tushunishdagi
tilning roli juda katta. Kasalliklar va sog‘liq holatlarini tasvirlashda bemorlarning
subyektiv tajribalari va his-tuyg‘ulari muhim ahamiyatga ega. Tibbiy muloqotda bu
tilning roli, bemorning his-tuyg‘ularini to‘g‘ri tushunishga, shifokorlar va bemorlar
o‘rtasidagi muloqotni samarali qilishga yordam beradi. Kognitiv lingvistika tibbiyotda til
va tafakkur o‘rtasidagi o‘zaro aloqani chuqurroq tushunishga imkon yaratadi, bu esa
sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirishga yordam beradi.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 6 (2024) / ISSN 2181-3701
225
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Norquliyevich, A. M. (2023). Extralinguistic Analysis of Phraseologisms.
2.
Norquliyevich, A. M. (2023). The Role of Ethnography in the Analysis of Phrases
and Units.
3.
Achilov, M. N. (2023). FONETIK SO‘Z YASALISHI IBORA VA O‘XSHATISHLARDA.
Academic research in educational sciences, 4(TMA Conference), 80-83.
4.
Norquliyevich, A. M. (2022, November). LOTIN TILIDAGI NOMINAL SO‘Z
YASALISH HODISASI VA UNING REFLEKSLARI. In Proceedings of International
Conference on Educational Discoveries and Humanities (Vol. 1, No. 3, pp. 144-146).
5.
Ачилов, М. Н. (2021). Фразеологизмларнинг экстралингвистик таҳлили
(Doctoral dissertation