Авторы

  • Дилафруз Сулаймоновa
    Узбекский государственный университет мировых языков Ташкент, Узбекистан

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.foreign-linguistics.75665

Ключевые слова:

формы обращения термины родства семейные отношения парные отношения нуклеарная семья

Аннотация

В данной статье анализируются формы обращения, выраженные через термины родства. В культуре узбекского и британского народов термины родства означают не только биологические отношения, но и социальные отношения и проявления уважения. В статье рассматриваются формы обращения, часто встречающиеся в семейном дискурсе, преимущественно в супружеских отношениях, их место в общении, смысловые особенности, исторические формы. Также родство в английском языке сопоставляется с формами обращения, рассматриваются и интерпретируются их культурно-языковые аспекты на примерах из произведений искусства. Результаты статьи показывают, что термины родства играют важную роль в устной речи как средство выражения уважения, близости и социального статуса.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika –

Зарубежная лингвистика и
лингводидактика – Foreign

Linguistics and Linguodidactics

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics

A comparative study of address forms expressed through
kinship terms (based on Uzbek and English language
materials)

Dilafruz SULAYMONOVA

1

Uzbekistan State World Languages University

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received November 2024
Received in revised form
10 December 2024
Accepted 25 December 2024

Available online
25 January 2025

This article analyzes the forms of address expressed through

kinship terms. In the culture of the Uzbek and British peoples,

the terms of kinship mean not only biological relations, but also
social relations and expressions of respect. The article examines

the forms of address that are often encountered in family

discourse, mainly in marital relations, their place in

communication, their semantic features, and their historical
forms. Also, kinship in English is compared with forms of

address, their cultural and linguistic aspects are considered and

interpreted with examples from works of art. The results of the

article show that kinship terms are important in oral speech as
a means of expressing respect, closeness and social status.

2181-3701/© 2024 in Science LLC.
DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol3-iss1

/S

-pp283-287

This is an open-access article under the Attribution 4.0 International

(CC BY 4.0) license (

https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru

)

Keywords:

forms of address,

kinship terms,

family relations,

couple relations,

nuclear family.

Qarindoshlik terminlari bilan ifodalanuvchi murojaat
shakllarining qiyosiy tadqiqi (o‘zbek va ingliz tili
materiallari asosida)

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar:

murojaat shakllari,

qarindoshlik terminlari,
oilaviy munosabatlar,
juftliklar munosabati,

nuclear oila.

Ushbu

maqolada

qarindoshlik

terminlari

orqali

ifodalanuvchi murojaat shakllari tahlil qilinadi. O‘zbek va ingliz

xalqlari madaniyatida qarindoshlik terminlari nafaqat biologik
aloqalarni, balki ijtimoiy munosabatlar va hurmat ifodasini

ham bildiradi. Maqolada oila diskursida asosan er-xotin

munosabatalrida tez-tez uchrab turadigan murojaat shakllari,

ularning muloqotdagi o‘rni va semantik xususiyatlari hamda

tarixiy shakllari ham o‘rganiladi. Shuningdek, ingliz tilidagi

1

Uzbekistan State World Languages University. Tashkent, Uzbekistan. E-mail: da.sulaymonova@uzswlu.uz


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 1 (2025) / ISSN 2181-3701

284

qarindoshlik murojaat shakllari bilan qiyosiy tahlil qilinib,

ularning madaniy va lingvistik jihatlari ko‘rib chiqiladi va badiiy

asarlardan keltirilgan misollar bilan sharhlab o‘tiladi Maqola
natijalari shuni ko‘rsatadiki, qarindoshlik terminlari og‘zaki

nutqda hurmat, yaqinlik va ijtimoiy maqomni ifodalash vositasi

sifatida muhim ahamiyat kasb etadi.

Сравнительное

исследование

форм

обращения,

выраженных

терминами

родства

(на

основе

материалов узбекского и английского языков)

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

формы обращения,
термины родства,

семейные отношения,
парные отношения,
нуклеарная семья.

В данной статье анализируются формы обращения,

выраженные через термины родства. В культуре

узбекского и британского народов термины родства

означают не только биологические отношения, но и

социальные отношения и проявления уважения. В статье
рассматриваются формы обращения, часто встречающиеся

в семейном дискурсе, преимущественно в супружеских

отношениях, их место в общении, смысловые особенности,

исторические формы. Также родство в английском языке

сопоставляется с формами обращения, рассматриваются и
интерпретируются их культурно-языковые аспекты на

примерах из произведений искусства. Результаты статьи

показывают, что термины родства играют важную роль в

устной речи как средство выражения уважения, близости и
социального статуса.


Qarindoshlik terminlari tasnifi o‘z-o‘zidan aniqki, ular oilaviy muloqotlardagi

murojaatlar orqali yuzaga kelgan. Ma’lum bir oiladagi shaxslar, aniqrog‘i, qarindoshlarni
chaqirishda, ularga yuzlanib, suhbatni boshlashda kundalik nutqiy faoliyatimizda tez-tez
uchrab turadigan murojaat terminlaridir. Ba’zi joylarda “qarindoshlik” so‘zi yaqin oilaviy
munosabatlarni anglatadi. Bu esa biologik qarindoshlarni (ota, ona, akalar, ukalar) yoki
turli oilaviy uzviyliklarni ifodalaydi. Oila tushunchasining o‘zi bir necha asrlik tarixiy
bosqichlarni bosib, jamiyatdagi turli o‘zgarishlarga yuz tutib kelayotganidek, undagi
murojaat ifodalari ham o‘ziga xos zamon va makonda, jamiyatdagi yangilanishlar ta’sirida
yoki o‘z shaklini yo‘qotib, yoki yangi holatda mazmun doirasini kengaytirmoqda. Har
qaysi madaniyat vakillari muloqotini izchillik bilan kuzatar ekanmiz, ular o‘zida bir necha
asrlik nutq odobi me’yorlari, shuningdek, milliy-madaniy an’analarini aks ettirishiga
guvoh bo‘lamiz. Rus olimasi V.G. Dikova o‘z tadqiqot ishida qarindoshlik atamalarini ikki
ya’ni nisbiy (adresant muayyan shaxslarning qarindoshi ekanligi) va mutlaq (keksa
ayolga nisbatan “ona” murojaati qo‘llanilishi) ma’no kasb etishini ko‘rsatib beradi.
Demak, qarindoshlik atamalari orqali ifodalanuvchi murojaat shakllarini biz faqatgina
ma’lum bir qondoshlik munosabatiga ega oila vakillari nutqida uchratamiz, degan qat’iy
fikrni ilgari sura olmas ekanmiz.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 1 (2025) / ISSN 2181-3701

285

Turkiy tillarda qavm-qarindoshlik terminlari ustida ish olib borgan olim I. Ismoilov

tilshunoslik nuqtai nazaridan bu kabi atamalarni ikki yo‘l bilan tadqiq qilish taklifini
ilgari suradi: 1) terminlar va nomlarning kelib chiqishi va taraqqiyoti; 2) terminlar va
nomlarning hozirgi ahvoli, ko‘rinishi, leksik, grammatik xususiyatlari va ularning ma’no
doiralari nuqtai nazaridan. Shuningdek, tadqiqotchi hozirgi kundagi qarindoshlik
terminlarining kelib chiqishi va ma’nosiga ko‘ra uch guruhga ajratadi:

1) Qon-qarindoshlik terminlari-ota, amma;
2) Nikohdan keyin paydo bo‘lgan qarindoshlik terminlari: ovsin, quda;
3) Yaqinlik nomlari: tutingan onam.
Ushbu tadqiqotda esa biz qarindoshlik terminlari yordamida ifodalanuvchi

murojaat shakllarini ishlatilish doirasi va mazmuniga ko‘ra uch guruhga bo‘lib
o‘rganishni ma’qul topdik:

1. Kichik (nuklear ) oilalarga xos qarindoshlik terminlari;
2. Katta oilalarga xos qarindoshlik terminlari;
3. Situativ (vaziyatli) qarindoshlik terminlari.
Nuklear oilalarga xos qarindoshlik terminlari guruhida odatda farzand sonidan

qat’i nazar ota-ona va farzandlardan iborat oila guruhi nazarda tutiladi. O‘z navbatida
ushbu guruh ham uch turdagi munosabatlar kombinasiyasini tashkil qiladi:

1-Shakl. Nuklear oilalarga xos munosabatlar kombinatsiyasi

Bu guruhdagi qarindoshlik terminlari har ikki madaniyat vakillari nutqida keng

tarqalgan. Ma’lumki, har bir millat, hattoki undagi har bir oila muloqotida ham o‘ziga xos
ichki oilaviy me’yorlar mavjud bo‘ladi. O‘zbek oilaviy murojaatlari talqinida ko‘radigan
bo‘lsak, er-xotin munosabatlarida turmush o‘rtog‘ining ismi orqali murojaat qilish (ayniqsa,
ayolining eriga yuzlangan murojaati) o‘zbek xalqi mentalitetida noodatiy holatdir. An’anaga
ko‘ra, bu kabi murojaatlarda turmush o‘rtog‘i ismi oldiga “aka” so‘zi qo‘shiladi:

Yuring, yuring, A’zamjon aka. Uyimiz bu yoqda.

(Ufq. S. Ahmad. 487 b.)

Biroq, bu kabi murojaatlar ham to‘laqonli urfga kirgan, deya olmaymiz. Oilada ilk

farzand dunyoga kelishi bilan esa bu murojaat aksar hollarda “dadasi”, “onasi” kabi
so‘zlar bilan almashiniladi:

Ota-ona-

farzand

munosabati

Farzandlararo

munosabat

Er-xotin

munosabati


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 1 (2025) / ISSN 2181-3701

286

– Bolamga qattiq gapirmang. U nimani biladi, yosh bola-ku. Esi kirib qolar, dadasi.

– Yog‘ solib patir yop, onasi! Hammasi risoladagidek bo‘lsin!

(O‘tkir Hoshimov. Ikki

eshik orasi 170 b.)

O‘z navbatida bu kabi oila a’zolarining bir-biriga murojaat qilish uslubi turli

hududiy shevalarda o‘ziga xos ko‘rinishga ega bo‘lishi yoki ularga mintaqaviy urf-odatlar
va oilaviy an’analar ham ta’sir qilishi mumkin. Jumladan, Toshkent shevasida “adasi”,
“oyisi”, Farg‘ona vodiysi aholisining asosan og‘zaki nutqida “onasi”, “ayasi”, “dadasi”,
“otasi” ko‘rinishida, Surxondaryo vohasida esa “momosi”, “bovasi”, “enasi” kabi er-xotin
munosabatlaridagi murojaat shakllari tez-tez so‘zlashuvda va badiiy adabiyotlarda
uchrab turadi:

– Xo‘sh, endi nima qilamiz, momosi?...

– Bilmasam, bovasi, men bilmasam…

(Tog‘ay Murod. Oydinda yurgan odamlar. 20 b.)

Mazkur murojaat shakllariga qo‘shimcha (-jon) yoki ma’no kuchayturuvchi so‘z

(jon) qo‘shilishi muloqot oqimining mohiyatan o‘zgarishiga ya’ni nutqqa kinoya, istehzo,
noziklik, yumshatish, yupatish, maqtov kabi lisoniy ifodalarning kiritilishi bilan
sharhlanadi:

– Sabr qiling, dadajonisi! Hozir pishadi, biram shirin go‘ja qaynatib qo‘ydimki,

og‘zingizda erib ketadi.

(O‘tkir Hoshimov. Ikki eshik orasi. 166 b.)

– Shattaydi, dadasi, qozir sigirni yetaklab chorboqqa kirib ketgandir. Tag‘in urib-

netib o‘tirmang, jon dadasi.

(S. Ahmad. Ufq. 95-b.)

Badiiy asarlarda murojaat shakllari tahlilini ko‘rib chiqish natijasida hattoki bir

necha yillar befarzand yashayotgan oilalar nutqida ham “onasi”, “dadasi” singari
chaqiriqlar odatiy holga aylanganiga guvoh bo‘lish mumkin va o‘z o‘rnida bu albatta yana
bir bora yuqorida qayd etilgan asosan turkiy xalqlar uchun tabudek ko‘ringan
murojaatlarga yuzlanmaslik holatini keltirib chiqaradi.

Bu o‘rinda shuni ham aytib o‘tish kerakki, yuqorida ta’kidlanganidek, farzandlar

tug‘ilishi er-xotinlar nomlanishiga ta’sir qilganidek, oilada nabiralar paydo bo‘lishi ham
hattoki murojaatlarga o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmaydi, yoki aksar hollarda o‘zbek
oilalarida faol qo‘llanib kelinayotgan “onasi”, “dadasi” murojaat shakllari yosh o‘tib
borgani sayin “bobosi”, “buvisi” kabi birliklar bilan tabiiy almashish imkonini beradi:

– Bobojonisi, anavi... tabibning o‘gli bor-ku, hah oti nimaydi-ya? Ochilboy!

– Onasi bechora deng, eshigimizning turmini buzyapti.

(O‘tkir Hoshimov. Ikki eshik

orasi. 136 b.)

Juftliklar suhbati chog‘ida o‘zaro ularning bir-biriga jinsi orqali murojaati ham

nutqimizda uchrab turadi. Bu kabi murojaat terminlari asosan kontekst mazmuniga
bog‘liq holda nutqiy badiiy bo‘yoqdorlik hissini oshirishga xizmat qiladi:

– Keyin aytib beraman, xotin. Gap ko‘p. Zo‘r ishlar bo‘ladiganga o‘xshaydi. Boray-chi,

otaning o‘zlari aytib qolarlar. O‘z og‘zilaridan eshitay.

– Bir so‘zligingizni qo‘ying, er; o‘zi aslzoda, loaqal bir og‘iz o‘g‘lingizga aytib o‘tishka

va’da bering-chi, – dedi.

(A. Qodiriy. O‘tkan kunlar. 71b.)

Bundan tashqari, o‘zbek yozuvchisi Sh. Xolmirzaevning “Ozodlik” hikoyasida

berilgan quyidagi jumlalar o‘zbek madaniyatining ham serqirra, yuksak va uzoq tarixiy
milliy qadriyatlariga egaligini ochib beradi:

Sen chiy to‘qishni bilasan-a? Ey, kampir, kaklikka qara. Ko‘zini yumibgina qopti.

Ana, ochdi ... He, Qalamqosh . . . Shuyam tush ko‘rsa kerak-a?


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 1 (2025) / ISSN 2181-3701

287

Yuqoridagi asardan olingan parchani Sh.Doniyorova o‘z monografiyasida shunday

sharhlaydi: “hikoyada Mansur o‘z xotiniga “kampir” deya murojaat etmoqda. «Kampir»
so‘zi bu o‘rinda uning qariligini bildirish uchun xizmat qilgan emas, albatta. Turli joylarda
erkaklar o‘z xotinlariga nisbatan turlicha nom bilan murojaat etadilar. Ba’zilar to‘g‘ridan-
to‘g‘ri xotinning ismini aytib, ba’zilar biror farzandining nomi bilan, boshqalar esa” ey”,
“xotin”, “xonim”, “onasi” kabi so‘zlar bilan murojaat etishadi. Mansurning o‘z xotiniga
“kampir“ deb murojaat etishida ham mahalliy sharoit tasviriga oid belgilar mavjuddir”.

– Hamma ko‘tarmasayam siz borsiz-ku, chol! Menga joningiz kuymasinda, o‘zingizga

qarang. Belingizga ham shamol tegmasin!

(O‘tkir Hoshimov. Ikki eshik orasi. 171 b.)

Tadqiq etilayotgan noqardosh til vakillari oilaviy munosabatlari bizning

mentalitetimizga bir oz noxosligini hisobga olganda, murojaat shakllari tahlilida ham
tafovutli jihatlar uchrab turishi tabiiydir. Juftliklar tomonidan bir-biriga qaratilgan
chaqiriqlar ingliz madaniyatida asosan nikoh tushunchasi bilan bog‘liq bo‘ladi. Turmush
qurishdan oldin inglizlar rafiqasini “sherik” ya’ni “partner” deb chaqirishni, rasmiy
nikohdan keyingina “ayolim”, “xotinim” singari murojaat birliklari qo‘llashni afzal
ko‘radilar. Erkaklar tomonidan ayoliga nisbatan eng ko‘p qo‘llanilib kelinayotgan “my
wife”, “the wife”, “her indoors”, “the missus”, “the management”, “the boss”, “my lady”
so‘z va so‘z birikmalari rasmiy va norasmiy muloqot jarayonida iste’mol doirasida
ekanligi qayd etilgan:

– “Ah, wife,” said the man, “why should we be King? I do not want to be King.”

(Virginia Woolf, To the lighthouse. 35 p.)

Oila diskursida er-xotin munosabatlarida murojaatning mehr-muhabbatni

ifodalashga xizmat qiluvchi so‘z va iboralar turkumiga kiruvchi shakllari ayniqsa, yosh
oilalar suhbati chog‘ida ko‘p kuzatiladigan hodisadir.

Ajablanarlisi shundaki, ingliz nutqida uchraydigan birgina “darling” so‘zining

Glazgo universiteti tadqiqotlaridan kelib chiqqan holda 130 ga yaqin sinonimi mavjudligi
borasida fikr yuritiladi . Demak, hattoki murojaat chog‘ida bo‘lsa-da, inson tili barcha his-
tuyg‘ularni yetkazish qudratiga ega. Ayniqsa, muloqot mehr-muhabbatga borib
taqalganda, juftliklarning o‘zaro bir-biriga ifoda etishni istagan murojaati serqamrov:

Ro‘ymol tugish bilan mashg‘ul latif qo‘llarni chet qo‘l kelib siqdi:
– Jonim!

(A. Qodiriy. O‘tkan kunlar.32 b.)

– My angel, my own, my beautiful darling, I shall hold you in my arms forever.

(

Tess

of the D’Urbervilles

by Thomas Hardy)

Ko‘rinib turibdiki, har bir tilda ham suhbatdoshiga murojaat yo‘llashning o‘ziga xos

leksik-semantik usullari mavjud bo‘lib, ular mazkur tilda so‘zlashuvchi insonlarning
millati, dini, irqi, kelib chiqish etnogenezi doirasida yoki bir-biriga o‘xshash bo‘ladi, yoki
bir-birining butunlay aksini ifodalaydi.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Doniyorova Sh. Ijodkor va uslub. T., “Turon zamin ziyo”, 2014, 51-bet.

2.

Дыкова, ВТ. Сопоставительное исследование английских и русских

апеллятивов и их переводческих корреляций [Текст]: дис. ... канд. филол.наук / В.Г.
Дыкова. – М., 2003. – 151 с.

3.

Ismoilov I.A. Turkiy tillarda qavm-qarindoshlik terminlari (uzbeq, uig‘ur, qozoq,

qirg‘iz, qoraqalpoq, turqman tillari materiallari asosida). T.: Fan, 1966.-156 s. S. 10-11.

4.

Xolmirzaev Sh. Ozodlik. Hikoya. Vatan. 1994, 8 – 16-betlar.

Библиографические ссылки

Doniyorova Sh. Ijodkor va uslub. T., “Turon zamin ziyo”, 2014, 51-bet.

Дыкова, ВТ. Сопоставительное исследование английских и русских апеллятивов и их переводческих корреляций [Текст]: дис. ... канд. филол.наук / В.Г. Дыкова. - М., 2003. - 151 с.

Ismoilov I.A. Turkiy tillarda qavm-qarindoshlik terminlari (uzbeq, uig‘ur, qozoq, qirg‘iz, qoraqalpoq, turqman tillari materiallari asosida). T.: Fan, 1966.-156 s. S. 10-11.

Xolmirzaev Sh. Ozodlik. Hikoya. Vatan. 1994, 8 – 16-betlar.