Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная
лингвистика
и
лингводидактика
–
Foreign
Linguistics and Linguodidactics
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics
The economic and diplomatic significance of the Arabic
language in Uzbekistan: demand for qualified translators
Sulaymon ESHNAZAROV
1
Samarkand State Institute of Foreign Languages
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received November 2024
Received in revised form
10 December 2024
Accepted 25 December 2024
Available online
25 January 2025
This article analyzes the growing demand for qualified
Arabic language translators due to the development of
economic and diplomatic cooperation between Uzbekistan and
Arab countries. The role of accurate and reliable translation in
diplomatic relations, trade and economic interactions,
investment projects, construction and infrastructure, the
Islamic banking system, and tourism is examined scientifically.
Additionally, the strategic importance of translators in
documentation and negotiation processes and their
contribution to enhancing cooperation efficiency are explored.
2181-3701
/©
2024 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol3-iss1
This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru
Keywords:
Arabic language,
translator,
consular activities,
economy,
diplomatic relations,
international trade,
investment,
infrastructure,
finance,
bank,
tourism,
electronic visa system,
transport.
O‘zbekistonda arab tilining iqtisodiy va diplomatik
ahamiyati: malakali tarjimonlarga bo‘lgan talab
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
arab tili,
tarjimon,
konsullik faoliyati,
iqtisodiyot,
diplomatik aloqalar,
xalqaro savdo,
investitsiya,
infratuzilma,
moliya,
bank,
turizm,
elektron viza tizimi,
transport.
Mazkur maqolada O‘zbekiston va arab davlatlari o‘rtasidagi
iqtisodiy va diplomatik hamkorlikning rivojlanishi natijasida
malakali arab tili tarjimonlariga ehtiyoj ortib borayotgani tahlil
qilinadi. Diplomatik aloqalar, savdo-iqtisodiy munosabatlar,
investitsiya loyihalari, qurilish va infratuzilma, islom banki
tizimi hamda turizm sohalarida aniq va ishonchli tarjimaning
o‘rni ilmiy asosda yoritiladi. Shuningdek, tarjimonlarning
hujjatlar va muzokaralar jarayonidagi strategik ahamiyati,
ularning hamkorlik samaradorligini oshirishdagi roli tahlil
qilinadi.
1
Teacher, Samarkand State Institute of Foreign Languages. E-mail: eshnazarovsulaymon@gmail.com
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
1 (2025) / ISSN 2181-3701
372
Экономическое и дипломатическое значение арабского
языка в Узбекистане: спрос на квалифицированных
переводчиков
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
арабский язык,
переводчик,
консульская деятельность,
экономика,
дипломатические связи,
международная торговля,
инвестиции,
инфраструктура,
финансы,
банк,
туризм,
система электронной
визы,
транспорт.
В данной статье анализируется растущая потребность в
квалифицированных переводчиках арабского языка в
связи с развитием экономического и дипломатического
сотрудничества между Узбекистаном и арабскими
государствами. Освещается роль точного и надёжного
перевода
в
дипломатических
связях,
торгово
-
экономических отношениях, инвестиционных проектах,
строительстве и инфраструктуре, исламской банковской
системе, а также в сфере туризма. Кроме того,
рассматривается стратегическая значимость переводчиков
в документационном и переговорном процессах, их вклад в
повышение эффективности сотрудничества.
Arab tili
–
dunyo tillari ichida o‘zining tarixiy, madaniy va ilmiy ahamiyati bilan
ajralib turuvchi noyob tildir. Bu til Somiy tillar guruhining janubiy tarmog‘iga mansub
bo‘lib, o‘z tarixi davomida nafaqat Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika, balki butun dunyo
uchun aha
miyatli bo‘lgan ilmiy va madaniy merosning asosiy qismiga aylangan.
Hozirda
arab tili 22 ta davlatning rasmiy tili bo‘lib, undan 400 milliondan ortiq inson kundalik
hayotida foydalanadi. Bundan tashqari, arab tili xalqaro maydonda yuqori o‘ringa ega
bo‘lib, Birlashgan Millatlar Tashkilotining rasmiy tillaridan biri sifatida e’tirof etilgan.
Arab tilining o‘ziga xosligi uning lug‘at boyligi, ifoda imkoniyatlari va murakkab
grammatik tuzilmalarida yaqqol namoyon bo‘ladi. Ushbu til nafaqat diniy matnlarning
asosiy vositasi, balki zamonaviy fan, texnologiya va xalqaro diplomatiyada ham muhim
aloqa vositasi hisoblanadi. Bugungi kunda arab tilining global ahamiyati va madaniy
ta’siri tobora ortib, xalqaro munosabatlarda muhim o‘rin egallamoqda. Dunyo
madaniyatlari
o‘rtasida bilim va tajriba almashinuvida asosiy ko‘prik vazifasini bajarishi
uning nufuzi va ta’sir doirasini yanada kengaytiradi.
Ayniqsa, O‘zbekiston uchun arab tili alohida ahamiyat kasb etadi, chunki
mamlakatning Arab davlatlari bilan iqtisodiy, siyosiy va madaniy aloqalari izchil
rivojlanib, o‘zaro hamkorlik yangi bosqichga chiqmoqda. Shu sababli, arab tilini
mukammal biluvchi mutaxassislar, ayniqsa, professional tarjimonlarga bo‘lgan ehtiyoj
keskin oshgan. Arab tilini mukammal biladigan mutaxassislarning yetishmovchiligi
tarjima sohasidan tashqari boshqa muhim yo‘nalishlarda ham sezilarli qiyinchiliklarni
yuzaga keltirmoqda.
O‘zbekistonning Arab davlatlari bilan o‘zaro hamkorligini inobatga olganda, ushbu
jarayonni samarali tashkil etish va mustahkamlash uchun yuqori malakali tarjimonlar
hamda lingvist mutaxassislar tayyorlash dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Mazkur
jihatdan qaralganda, bu tilni professional darajada biladigan kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj
quyidagi asosiy yo‘nalishlarda yaqqol namoyon bo‘ladi:
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
1 (2025) / ISSN 2181-3701
373
1. Diplomatik vakolatxonalar va konsullik aloqalari
O‘zbekiston va Arab mamlakatlari o‘rtasidagi diplomatik hamkorlik tobora
mustahkamlanib bormoqda. Bugungi kunda O‘zbekistonda dunyoning 54 davlati o‘z
elchixonasiga ega bo‘lib, ulardan 8
tasi Arab mamlakatlariga tegishlidir. Xususan, Saudiya
Arabistoni, Quvayt, Birlashgan Arab Amirliklari (BAA), Misr, Jazoir, Ummon Sultonligi,
Iordaniya va Falastin davlatlarining Toshkent shahrida rasmiy vakolatxonalari mavjud.
Shu bilan birga, O‘zbekiston ham Arab dunyosidagi muhim davlatlarda o‘z elchixona va
konsullik tarmoqlarini rivojlantirmoqda. Hozirda mamlakatimizning Misr, Quvayt, BAA,
Saudiya Arabistoni va Ummon Sultonligida elchixonalari faoliyat yuritib, Dubay (BAA) va
Jidda (Saudiya Arabistoni) shaharlarida konsullik idoralari ham mavjud [20].
Mazkur vakolatxonalar ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishda muhim rol
o‘ynaydi. Siyosiy, iqtisodiy va madaniy sohalarda aloqalarni mustahkamlash bilan birga,
ushbu idoralar fuqarolarga konsullik
xizmatlari ko‘rsatadi. Xususan, ishbilarmonlik
aloqalarini kengaytirish, investitsiyalarni jalb qilish, o‘qish va ziyorat vizalarini
rasmiylashtirish jarayonlarida mazkur elchixonalar va konsulliklarning roli beqiyosdir.
Shu nuqtai nazardan, diplomatik idoralarda professional darajadagi arab tiliga ega
tarjimon va mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyoj sezilarli darajada ortib bormoqda. Rasmiy
hujjatlarni aniq va ishonchli tarjima qilish, delegatsiyalar o‘rtasida samarali muloqotni
ta’minlash va davlatlararo muzok
aralarda aniq ifoda vositasi sifatida tarjimonlarning
ishtiroki hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, xalqaro huquq va diplomatik protokol
asoslarini yaxshi biladigan tarjimonlarga talab yuqori bo‘lib, ularning faoliyati
O‘zbekistonning xalqaro maydon
dagi mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
2. Tijorat va savdo aloqalari
So‘nggi yillarda O‘zbekiston va Arab mamlakatlari o‘rtasidagi tijorat va savdo
aloqalari sezilarli darajada faollashdi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonning
Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari (BAA), Quvayt, Misr va boshqa arab
davlatlari bilan savdo hajmi yildan-
yilga ortib bormoqda. Xususan, BAA O‘zbekistonning
Yaqin Sharqdagi eng yirik savdo hamkorlaridan biri bo‘lib, 2024
-yilda ikki davlat
o‘rtasidagi to
var ayirboshlash hajmi 650 million AQSh dollarini tashkil etdi. 2021-yildan
boshlab, bu ko‘rsatkich har yili o‘rtacha 20% oshgan.
Misr bilan 2022-yilda tashqi savdo aylanmasi 30,6 million AQSH dollarini tashkil
etgan bo‘lsa, 2023
-yilda bu hajm ikki baravarga oshdi. 2023-yil davomida ikki davlat
o‘rtasidagi savdo hajmi yanada o‘sishda davom etdi. Bunda, ip
-kalava, neft, kimyo va
farmatsevtika mahsulotlari, elektrotexnika jihozlari va agrosanoat mahsulotlari alohida
o‘rin tutmoqda.
Quvayt bilan savdo-iqtisodi
y aloqalar 5 barobar o‘sgan. 2022
-yilda
O‘zbekistonning Quvaytga eksport qiladigan asosiy mahsulotlari qishloq xo‘jaligi
mahsulotlari, to‘qimachilik mahsulotlari va tibbiyot mahsulotlari bo‘lib, O‘zbekiston
Quvaytdan asosan kimyo sanoati mahsulotlari va xi
zmatlarni import qilgan. Fors ko‘rfazi
mamlakatlariga eksport qilishning eng maqbul yo‘nalishi “O‘zbekiston
-Turkmaniston-
Eron-
Quvayt” transport yo‘lagi sifatida belgilangan
[17].
Saudiya Arabistoni bilan 2025-
yilning birinchi choragida hukumatlararo qo‘shm
a
komissiya yig‘ilishi va biznes
-
forum o‘tkazish rejalashtirilgan. Bu hamkorlikni yanada
rivojlantirish uchun ikki davlat o‘rtasidagi savdo hajmini oshirish va yangi
investitsiyalarni jalb qilish maqsadida yangi sarmoyaviy tashabbuslar amalga
oshirilmoqda.
Saudiya Arabistonidan kelgan sarmoya va qo‘shma loyihalar bu o‘sishga
katta ta’sir ko‘rsatmoqda
[3].
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
1 (2025) / ISSN 2181-3701
374
O‘zbekiston va Arab mamlakatlari o‘rtasidagi savdo aloqalarini rivojlantirishda
erkin iqtisodiy zonalar va imtiyozli shartnomalarning ahamiyati katta. O‘z
bekistonning
BAA va Quvayt bilan bo‘lgan savdo
-
iqtisodiy aloqalari bu yo‘nalishda erkin iqtisodiy
zonalarda soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalangan holda kengaymoqda.
3. Biznes forumlari va investitsiyalarni jalb qilish
O‘zbekistonda arab tili professi
onal tarjimonlari yetishmovchiligi, ayniqsa xalqaro
biznes forumlari va investitsiyalarning rivojlanishi bilan bog‘liq ravishda yanada dolzarb
bo‘lib bormoqda. Bu forumlar mamlakatimiz bilan arab davlatlari o‘rtasidagi iqtisodiy
aloqalarni mustahkamlashga yordam beradi, ammo til muammolari, ayniqsa arab tilidagi
professional tarjimonlar yetishmasligi, samarali muloqotda to‘sqinlik qilmoqda.
O‘zbekiston
-Quvayt biznes-forumi (2017-yil, 8-
fevral) ikkala mamlakat o‘rtasidagi
savdo-iqtisodiy va moliyaviy hamkorl
ikni rivojlantirishga qaratilgan muhim tadbir bo‘ldi.
O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov forumda mavjud imkoniyatlarni
ta’kidladi va til muammolariga e’tibor qaratdi. O‘zbekiston
-Saudiya Arabistoni biznes-
forumi (2018-yil) esa 20 dan ortiq
kompaniya ishtirokida ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy
aloqalar va investitsiyalarni muhokama qildi. Forumda O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni
o‘rtasidagi tovar aylanmasi 42 million dollarni tashkil etdi. 2024
-
yilda O‘zbekiston
–
Quvayt biznes-
forumi o‘tk
azilib, IT, turizm, kimyo, tibbiyot va oziq-ovqat sohalaridagi
hamkorliklar ko‘rib chiqildi. B2B uchrashuvlar va kelishuvlarga erishildi. O‘zbekiston
–
Misr biznes-forumi (2024-
yil dekabr) Toshkentda o‘tkazilib, ikki mamlakat o‘rtasidagi
iqtisodiy va sanoat kooperatsiyasini kengaytirishga qaratildi. Forumda hamkorlikni
mustahkamlash uchun muhim kelishuvlar imzolandi. O‘zbekiston
–
BAA biznes-forumi
(2024-yil oktyabr) esa 63 ta istiqbolli loyiha va 21 ta xususiylashtirish obyektlarini
taqdim etdi, bu ham mamlakatimiz uchun katta investitsiya imkoniyatlari yaratdi.
O‘zbekiston
-Ummon biznes-
forumi ham mehmonxona biznesi va sog‘liqni sa
qlash
sohalarida yangi hamkorliklarni boshlashga zamin yaratdi [15].
Statistika agentligining 2024-
yilgi hisobotiga ko‘ra, 2024
-yilning yanvar-iyun
oylarida O‘zbekistonda jami 229,3 trln so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilib,
2023-yilning mos davriga nisbatan 136,6% ni tashkil etdi. Investitsiya jalb qilishda eng
yirik 8ta investor davlatlar qatoridan Xitoy, Rossiya va Turkiya
o‘rin oldi. Shuningdek,
Saudiya Arabistoni, BAA, Germaniya, Buyuk Britaniya va Kipr ham yirik investor
davlatlar sifa
tida ro‘yxatga kiritilgan. Biz uchun ahamiyatli tomoni shundaki, ushbu eng
katta investor davlatlar orasida arab mamlakatlaridan Saudiya Arabistoni va BAAning
mavjudligi va ularning O‘zbekiston istiqboli uchun qiziqib sarmoya kiritayotganidir.
Ushbu invest
itsiyalar nafaqat iqtisodiy o‘sishni ta’minlaydi, balki ikki tomonlama
hamkorlikni yanada mustahkamlash imkoniyatlarini yaratadi. Quyidagi rasmlar orqali siz
2023-2024-
yillar mobaynida O‘zbekistonga sarmoya kiritgan eng top davlatlar ro‘yxati
bilan tanishishingiz mumkin [14].
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
1 (2025) / ISSN 2181-3701
375
4. Qurilish va infratuzilma loyihalari
O‘zbekistonda arab tili professional tarjimonlariga bo‘lgan talab qurilish va
infratuzilma sohasida ham sezilarli darajada ortib bormoqda. So‘nggi yillarda O‘zbekiston
va arab davlatlari o‘rtas
idagi hamkorlik natijasida yirik qurilish va infratuzilma loyihalari
amalga oshirilmoqda. Ushbu loyihalar natijasida muloqotning samaradorligini
ta’minlash, hujjatlar va shartnomalarni to‘g‘ri tarjima qilish hamda texnik masalalarni
aniq tushuntirish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Birlashgan Arab Amirliklari
kompaniyalari O‘zbekistonning infratuzilma sektorida faol ishtirok etmoqda. Masalan,
Masdar kompaniyasi tomonidan Navoiy viloyatida 500 megavatt quvvatga ega shamol
elektr stansiyasi qurilib, foydalanishg
a topshirildi. Shuningdek, kompaniya O‘zbekistonda
umumiy quvvati 1,5 gigavatt bo‘lgan yashil energetika loyihalarini amalga oshirdi. Shu
bilan birga, BAA ning Mubadala va TAQA kompaniyalari Talimarjon issiqlik elektr
stansiyasini modernizatsiya qilishga qariyb 1 milliard AQSh dollari miqdorida sarmoya
yo‘naltirdi. Qatar ham O‘zbekistonda infratuzilma rivojiga o‘z hissasini qo‘shmoqda.
Xususan, Qatar Investment Authority va boshqa qator kompaniyalar O‘zbekistonning
transport va energetika infratuzilmasini modernizatsiya qilish loyihalariga qiziqish
bildirgan. Bu esa energetika, transport va qurilish sohalarida malakali tarjimonlarga
ehtiyojni oshirmoqda. Saudiya Arabistoni bilan hamkorlik doirasida “ACWA Power”
kompaniyasi O‘zbekistonda 1,2 gigavatt quvvatga
ega bo‘lgan quyosh elektr
stansiyalarini qurish loyihalarini amalga oshirib, mamlakat energetika tarmog‘iga yirik
sarmoya kiritmoqda. Bundan tashqari, Saudiya Taraqqiyot jamg‘armasi Toshkent
shahridagi infratuzilma obyektlarini moliyalashtirishga 100 million AQSh dollaridan
ortiq sarmoya ajratgan, bu esa kelajakda qurilish sohasidagi hamkorlikni yanada
kengaytirishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, BAAning “GCC Services” kompaniyasi
ijtimoiy obyektlar
–
o‘quv muassasalari, sog‘liqni saqlash inshootlari va
turistik-kurort
zonalarini barpo etish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishga qiziqish bildirgan.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
1 (2025) / ISSN 2181-3701
376
Shuningdek, O‘zbekistonda infratuzilmani rivojlantirishga qaratilgan 30 milliard dollarlik
63 ta loyiha va 21 ta obyekt taqdim etildi, bunda BAAning “Al Ghurair Investment”, “RKH
Investment Holdings”, “AlNowais Investments”, “MBS Global” va “Mubadala investment
company” kabi yirik kompaniyalari ishtirok etdi. Ushbu jarayonlarda o‘zaro muzokaralar,
investitsiya shartnomalari va texnik hujjatlarning to‘g‘ri tarji
ma qilinishi muhim
ahamiyatga ega. Qurilish va infratuzilma sohasidagi bunday hamkorlik O‘zbekiston va
arab davlatlari o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash bilan bir qatorda, arab
tilini mukammal biladigan tarjimonlarga bo‘lgan talabni keskin osh
irmoqda. Malakali
tarjimonlarning yetishmovchiligi kelajakda ushbu loyihalarning samaradorligiga ta’sir
qilishi mumkin. Shu bois O‘zbekistonda arab tilini o‘rgatish tizimini takomillashtirish,
sohani chuqur tushunadigan mutaxassislar tayyorlash dolzarb masalaga aylanmoqda.
5. Islom banki tizimi
Islom banki tizimi
–
shariat tamoyillariga asoslangan moliyaviy mexanizm bo‘lib,
an’anaviy bank xizmatlaridan farqli ravishda foiz (ribo) olish va to‘lashni taqiqlaydi.
Ushbu tizim moliyaviy operatsiyalarni adolat, risklarni teng taqsimlash hamda real
iqtisodiy faoliyatga asoslangan holda yuritish tamoyillariga tayanadi. Islomiy bank
xizmatlari rivojlanayotgan iqtisodiyotlarda barqarorlikni ta’minlash, investitsiyalarni jalb
qilish va muqobil moliyaviy yechimlarni ta
klif etish vositasi sifatida e’tirof etiladi.
O‘zbekiston so‘nggi yillarda islomiy moliyalashtirish tamoyillarini joriy etishga qaratilgan
chora-tadbirlarni jadallashtirib, Islom taraqqiyot banki (ITB) va boshqa arab
davlatlarining moliyaviy institutlari bilan hamkorlikni kengaytirmoqda.
O‘zbekistonda islomiy bank xizmatlariga bo‘lgan ehtiyoj bir qator muhim omillar
bilan bog‘liq. Mamlakat aholisi asosan musulmonlardan iborat bo‘lib, shariatga muvofiq
moliyaviy xizmatlarga bo‘lgan talab ortib bormoqda. An’a
naviy bank tizimining foiz
asosida ishlashi, diniy e’tiqodga amal qiluvchi mijozlar uchun muqobil moliyaviy
yechimlarga ehtiyojni oshirmoqda. Global miqyosda islomiy moliya bozori jadal
rivojlanib, 2023-yilda uning hajmi 3,3 trillion AQSh dollarini tashkil
etgan bo‘lsa,
2025-yilga kelib 3,7 trillion AQSh dollariga yetishi prognoz qilinmoqda [13]. Malayziya,
Indoneziya, BAA, Saudiya Arabistoni va Turkiya ushbu sohada yetakchi davlatlar
hisoblanadi. O‘zbekiston ham islomiy moliya institutlari bilan
hamkorlikni kengaytirib,
milliy moliyaviy tizimga islomiy bank xizmatlarini integratsiya qilish yo‘lida muhim
qadamlar tashlamoqda.
Bugungi kunda O‘zbekiston Islom taraqqiyot banki (ITB) va Islomiy Xususiy
Sektorni Rivojlantirish Koorporatsiyasi (ICD) bilan hamkorlikni rivojlantirib, islomiy
moliyaviy mahsulotlar, kredit liniyalari va investitsiyalarni jalb etish bo‘yicha kelishuvlar
amalga oshirmoqda. Xususan, tijorat banklarida islomiy moliyalashtirish xizmatlari
bosqichma-
bosqich joriy etilmoqda. “Kapitalbank” va “Aloqabank” kabi yirik moliyaviy
institutlar murabaha, mudaraba va ijara asosidagi moliyaviy xizmatlarni taklif qilmoqda.
Ushbu jarayonlar islomiy moliyalashtirish mexanizmlarini mamlakat iqtisodiyotiga
integratsiya qilishga xizmat qilmoqda.
Islom banki tizimini joriy etishda arab tilini mukammal biladigan professional
tarjimonlar strategik ahamiyat kasb etadi. Islomiy bankning huquqiy-
me’yoriy hujjatlari,
moliyaviy shartnomalari va bank operatsiyalari ko‘pincha arab tilida ishlab chiqiladi.
O
‘zbekistonning Islom taraqqiyot banki, Saudiya Taraqqiyot Jamg‘armasi va boshqa arab
moliyaviy institutlari bilan hamkorligi kengayib borayotgan sharoitda, hujjatlarning aniq
va to‘g‘ri tarjima qilinishi investitsiya kelishuvlarining huquqiy jihatdan to‘g‘
ri
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
1 (2025) / ISSN 2181-3701
377
yuritilishini ta’minlaydi. Tarjimadagi xatoliklar yoki noto‘g‘ri talqin qilishlar yirik
moliyaviy yo‘qotishlar va huquqiy kelishmovchiliklarga sabab bo‘lishi mumkin. Shu
sababli, O‘zbekistonda arab tilida yuqori saviyada so‘zlashuvchi, moliyaviy
-huquqiy
tarjimada yetuk mutaxassislarni tayyorlash islomiy bank tizimini rivojlantirish va
xalqaro moliyaviy hamkorlikni mustahkamlashning muhim shartlaridan biri hisoblanadi.
6. Turizm va ziyorat xizmatlari
O‘zbekiston –
Markaziy Osiyoning yuragida joylashgan, qadimiy sivilizatsiyalar
beshigi bo‘lgan mamlakat. Uning boy tarixiy merosi, betakror me’moriy yodgorliklari va
islomiy madaniyat markazlari asrlar davomida butun dunyo sayyohlarini o‘ziga jalb qilib
kelmoqda. Samarqand, Buxoro, Xiva kabi shaharlar Sharq sivilizatsiyasining eng yorqin
durdonalaridan sanalib, Buyuk ipak yo‘li chorrahasida joylashgan muhim savdo va ilm
markazlari bo‘lib xizmat qilgan. Ayniqsa,
Registon maydoni, Amir Temur maqbarasi,
Shohi Zinda majmuasi,
Ichan qal’a
, Bahouddin Naqshband ziyoratgohi,
Imom al-Buxoriy
maqbarasi
kabi tarixiy va diniy obidalar dunyo miqyosida mashhurlikka ega.
So‘nggi yillarda O‘zbekiston turizm sohasida katta yutuqlarga erishmoqda.
Hukumat tomonidan sayyohlik infratuzilmasini rivojlantirish, viza rejimini
yengillashtirish, xizmatlar sifatini oshirish kabi qator chora-tadbirlar amalga oshirilishi
natijasida mamlakatga tashrif buyuruvchi sayyohlar soni yildan yilga oshib borayapti.
Yurtimizga nafaqat Yevropa va Osiyo mamlakatlaridan, balki arab davlatlaridan ham
sayy
ohlar oqimi ko‘paymoqda. Hozirda O‘zbekistonga tashrif buyuruvchi sayyohlar
orasida Rossiya, Xitoy va Yevropadan tashrif buyuruvchi mehmonlar ustunlik qilayotgan
bo‘lsa
-da, arab davlatlaridan kelayotgan sayyohlar soni ham izchil ravishda ortib
bormoqda [14]
. Quyida siz so‘nggi yillarda mamlakatga kelayotgan sayyohlar soni va
2024-yilda undagi arab mamlakatlarining ulushi haqidagi statistik ma
’
lumotlar bilan
tanishishingiz mumkin.
O‘zbekiston Respublikasida turizmni rivojlantirish strategiyasining muhim
yo‘nalishlaridan biri xorijiy sayyohlar uchun viza va chegara nazorati jarayonlarini
soddalashtirishga qaratilgan islohotlardir. Xususan, mamlakat tomonidan joriy etilgan
elektron viza tizimi xalqaro sayohatchilar uchun qulay imkoniyatlar yaratmoqda.
Bugungi kunga kelib, ushbu tizim 137 ta davlat fuqarolari uchun amal qilayotgan bo‘lib,
ularning 11 tasi arab mamlakatlariga to‘g‘ri keladi
[19]. Elektron viza tizimi xorijlik
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
1 (2025) / ISSN 2181-3701
378
sayyohlarni
ng ortiqcha hujjat rasmiyatchiliklarisiz, onlayn tarzda O‘zbekistonga tashrif
buyurish imkoniyatini kengaytiradi. Mazkur mexanizm, ayniqsa, geografik masofa va viza
olish jarayonlari bilan bog‘liq murakkabliklarni kamaytirish orqali, arab davlatlaridan
kel
uvchi sayyohlar oqimini oshirishda muhim rol o‘ynamoqda.
Shu bilan birga, turizm sohasida transport infratuzilmasining, ayniqsa, xalqaro
aviaqatnovlarning rivoji alohida ahamiyat kasb etadi. O‘zbekiston va arab davlatlari
o‘rtasidagi havo transporti
aloqalari yildan yilga kengayib, turizm sektorining barqaror
o‘sishiga xizmat qilmoqda. Hozirgi vaqtda Uzbekistan Airways, Flydubai, Air Arabia,
Saudi Arabian Airlines hamda Air Samarkand kabi aviakompaniyalar tomonidan Dubay,
Abu-Dabi, Jidda, Riyod, Sharja kabi yirik markazlardan Toshkent, Samarqand, Buxoro va
Urganch shaharlariga muntazam to‘g‘ridan
-
to‘g‘ri reyslar yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu havo
yo‘nalishlari nafaqat arab davlatlaridan kelayotgan sayyohlar uchun qulaylik yaratadi,
balki O‘zbekistonning turizm va ziyorat maskanlariga bo‘lgan qiziqishni ham oshiradi.
Turizm infratuzilmasining yana bir muhim tarkibiy qismi mehmonxona va
sayyohlik xizmatlari tizimining rivojlanishidir. O‘zbekistonda xalqaro talablarga javob
beruvchi mehmonxona infratuzilmasi izchil kengayib, mehmonlarga yuqori darajadagi
xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilmoqda. Xususan, Dubay, Abu
-Dabi va Doha kabi
shaharlardan tashrif buyuruvchilar O‘zbekiston hududidagi Hyatt, Hilton, Radisson,
Wyndham, Marriot kabi xalqaro mehmonxona brendlarida yuqori sifatli xizmatlardan
foydalanish imkoniga ega.
Xulosa tarzida shuni aytish mumkinki: O‘zbekiston va arab davlatlari o‘rtasidagi
iqtisodiy, diplomatik va madaniy hamkorlikning jadallashuvi malakali arab tili
tarjimonlariga bo‘lgan talabni keskin oshi
rdi. Hozirgi kunda diplomatik muloqotlar,
savdo-iqtisodiy aloqalar, investitsiya loyihalari, qurilish va infratuzilma rivoji, islomiy
moliyaviy xizmatlar hamda turizm sohalari samarali til vositachiligiga bevosita bog‘liq.
Ushbu yo‘nalishlarda hujjatlar va
ma’lumotlarning aniq va ishonchli tarjima qilinishi
muvaffaqiyatli hamkorlikning muhim shartlaridan biri hisoblanadi.
Xalqaro diplomatik aloqalarning mustahkamlanishi uchun rasmiy hujjatlar va
muzokaralarning to‘g‘ri talqin qilinishi talab etiladi. Tijora
t va investitsiya sohalarida esa
bitimlar, shartnomalar hamda texnik hujjatlarning mukammal tarjima qilinishi tomonlar
o‘rtasidagi huquqiy aniqlikni ta’minlaydi. Qurilish va infratuzilma loyihalarida texnik
terminologiyaning o‘ziga xosligi yuqori malakali
tarjimonlarning ishtirokini zarur qiladi.
Islom banki tizimining rivojlanishi esa shar’iy moliyaviy shartnomalar va hujjatlarning
maxsus bilim talab qiluvchi tarjimasini talab etadi.
Turizm va ziyorat xizmatlarining kengayishi bilan birga, arab tilida muloqot qila
oladigan mutaxassislar sonini oshirish dolzarb masalaga aylandi. O‘zbekistonda
mehmonxona va sayyohlik xizmatlarining xalqaro standartlarga mos ravishda
takomillashtirilishi arab sayyohlari oqimining ortishiga xizmat qilmoqda. Elektron viza
ti
zimining joriy etilishi va aviaqatnovlarning kengayishi natijasida O‘zbekistonga
kelayotgan arab sayyohlarining soni yildan yilga ortib borayotgan bo‘lsa, ularning
ehtiyojlarini qondirish uchun malakali tarjimon va gidlar yetarli darajada tayyorlanishi
zar
ur. Shunday ekan, O‘zbekistonda arab tili bo‘yicha professional tarjimonlar tayyorlash
tizimini rivojlantirish strategik ahamiyat kasb etadi. Sohalar bo‘yicha ixtisoslashgan
tarjimonlarning yetishib chiqishi nafaqat iqtisodiy va diplomatik hamkorlik
samaradorligini oshiradi, balki mamlakatning xalqaro maydondagi nufuzini
mustahkamlashga ham xizmat qiladi.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
1 (2025) / ISSN 2181-3701
379
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
O‘ral Haydarov, Investitsiya loyihalarini islom moliya instrumentlari orqali
moliyalashtirish yo‘llari, YASHIL IQTISOD
IYOT VA TARAQQIYOT: Vol. 2 No. 8 (2024):
«Yashil iqtisodiyot va taraqqiyot» jurnali.
DOI: https://doi.org/10.55439/GED/
vol1_iss11-12/a197
2.
Tajiddinov
J.Sh.
O‘ZBEKISTONGA
TASHQI
DAVLATLARDAN
INVESTITSIYALARNI JALB QILISH, QATAR VA ITALIYA MAMLAKATLARI//So‘n
gi ilmiy
tadqiqotlar nazariyasi respublika ilmiy-uslubiy jurnali 6-jild 6-son. 2023, 429-434 betlar.
3.
Tangirberdiyev A, Allaberdiyev E, Suvonov A. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VA
SAUDIYA ARABISTONI QIROLLIGI O‘ZARO MUNOSABATLARI//Yosh olimlar ilmiy
-amaliy
konferensiyasi 2-jild 7-son 2024, 133-135 betlar.
4.
Sultonboyeva Boʻstonoy Narimon qizi. (2024). OʻZBEKISTON TURIZM
SALOHIYATI.
TADQIQOTLAR.UZ,
37(8),
118
–
121.
Retrieved
from
https://tadqiqotlar.uz/new/article/view/3082
5.
Alamov Shavkat Rahmatovich. (2024). ZIYORAT TURIZMI ATAMALARI VA
ULARNING TARJIMA MASALALARI. “ARAB TILI GLOBALLASHUV DAVRIDA:
INNOVATSION YONDASHUVLAR VA O‘QITISH METODIKASI” MAVZUSIDAGI XALQARO
ILMIY-AMALIY ANJUMAN, 1(12), 277
–
283. https://doi.org/10.5281/zenodo.14543451
6.
Alamov, S. (2024). Ziyorat va sayohat atamalarining etimologiyasi va qiyosiy
tahlili. Conference Proceedings: Fostering Your Research Spirit, 200-202.
https://doi.org/10.2024/fwga3v14
7.
Ahmedov, S. (2021). Effective Technique of Teaching and Learning Arabic
Language in the Classroom in Uzbekistan. Science and Education, 2(5), 716-724.
8.
Sh. I. Akhmedov (2021). CLASSIFICATION AND TYPES OF NEOLOGISMS IN
UZBEK LANGUAGE. Scientific progress, 2 (1), 1186-1189.
9.
Chorshanbiyevich, Qurbonov Bobur. "ON THE TRANSLATION OF PERSIAN
COMPLEMENTS." Multidisciplinary Journal of Science and Technology 4.6 (2024): 266-269.
10.
Qurbonov,
Bobur.
"“MAJOLIS
UN
-
NAFOIS”
VA
“LATOYIFNOMA”
TAZKIRALARIDAGI MATNLARNING QIYOSIY TAHLILI." Oriental renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences 2.1 (2022): 616-625.
11.
https://uzbekistan.travel/uz/pribytie-turistov-v-uzbekistan/
12.
https://kun.uz/news/2023/07/04/ozbekistonda-islom-moliyasi-
qonunchilikdagi-ozgarishlar-yutuq-kamchiliklar-va-takliflar
13.
https://daryo.uz/2024/09/11/ozbekistonda-islom-moliyasi-joriy-etilsa-100-
mingta-ish-orni-yaratilishi-mumkin-vatandosh-intellektual-klubida-navbatdagi-
muhokama
14.
https://stat.uz/uz/
15.
https://gov.uz/oz/miit/news/view/28207
16.
https://www.uzdaily.uz/uz/ozbekiston-va-misr-savdo-iqtisodiy-hamkorlikni-
mustahkamlaydi/
17.
https://kun.uz/16336262?q=%2Fuz%2F16336262#!
18.
https://www.iais.uz/uz/articles/ozbekiston-va-saudiya-arabistoni-
aloqalarini-mustahkamlamoqda-diplomatik-seminarda-ikki-tomonlama-munosabatlar-
va-mintaqaviy-xavfsizlik-korib-chiqildi?utm_source=chatgpt.com
19.
https://e-visa.gov.uz/application
20.
https://www.goldenpages.uz/uz/search/?region=&s=elchixonalar