Авторы

  • Элмурод Турсунов
    Узбекский государственный университет мировых языков

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.foreign-linguistics.75705

Ключевые слова:

стилистические приёмы экспрессивность антитеза сравнение лексический признак чистота языка персонажи

Аннотация

В романе «Минувшие дни» Абдуллы Кадири уникальные лексико-методические средства, такие как сравнение, синекдоха, антитеза, многоточие, с необычайно высоким мастерством раскрывают композиционный строй произведения, служащий описанию с реальной и неповторимой чуткостью в воображении читателя социально-исторических условий того времени, внутреннего мира героев и событий. В статье на примерах описаны виды этих художественно-стилистических и изобразительно-выразительных средств, их содержание коннотативного значения и создание с их помощью скрытого смысла.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika –

Зарубежная лингвистика и
лингводидактика – Foreign

Linguistics and Linguodidactics

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics

Lexical peculiarities of the novel "Bygone Days" by Abdulla
Qadiri

Elmurod TURSUNOV

1

Uzbekistan State World Languages University

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received December 2024
Received in revised form

15 December 2024
Accepted 25 January 2025

Available online

15 February 2025

In the novel “Bygone Days” by Abdulla Qadiri, the

extraordinary mastery of revealing the compositional structure

of the work through unique lexical and stylistic devices such as
simile, synecdoche, antithesis and ellipsis serves to depict the

social and historical conditions of that period, characters’ inner

world, and events with real and unique sensitivity in the reader’s

imagination. The article reveals the types of these artistic-
stylistic and expressive means, their connotative meaning and

the creation of subtle meaning through them using examples.

2181-3663/© 2024 in Science LLC.
DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol3-iss1-pp115-120

This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (

https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru

)

Keywords:

stylistic devices,

expressive,

antithesis,

simile,

lexical peculiarities,

the purity of language,

characters.

Abdulla Qodiriyning “Oʻtkan kunlar” romani leksikasining
oʻziga xosligi

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar:

uslubiy vositalar,

ekspressiv,

antiteza,

oʻxshatish,

leksik xususiyat,

til sofligi,

personajlar.

Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romanida o‘xshatish,

sinekdoxa, antiteza, ellipsis singari betakror leksik va uslubiy

vositalarning asar kompozitsion tuzilmasining favqulodda
yuksak mahorat bilan ochib berilishi kitobxon tasavvurida o‘sha

davr ijtimoiy va tarixiy sharoiti, qahramonlar ichki dunyosi

hamda voqea-hodisalarning real va benazir hassoslik bilan

tasvirlanishiga xizmat qiladi. Maqolada mazkur badiiy-uslubiy
hamda tasviriy-ekspressiv vositalarning turlari, ularning

konnatativ ma’no mundarijasi va ular vositasida hafif ma’no

yaratilishi misollar yordamida ochib beriladi.

1

Senior teacher, Uzbekistan State World Languages University. E-mail: tursunovelmurod03@gmail.com


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Issue – 3 № 1 (2025) / ISSN 2181-3701

116

Лексические особенности романа Абдуллы Кадири

«Минувшие дни»

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

стилистические приёмы,

экспрессивность,

антитеза,

сравнение,

лексический признак,

чистота языка,

персонажи.

В романе «Минувшие дни» Абдуллы Кадири уникальные

лексико-методические средства, такие как сравнение,

синекдоха, антитеза, многоточие, с необычайно высоким

мастерством

раскрывают

композиционный

строй

произведения, служащий описанию с реальной и

неповторимой чуткостью в воображении читателя

социально-исторических

условий

того

времени,

внутреннего мира героев и событий. В статье на примерах

описаны виды этих художественно-стилистических и

изобразительно-выразительных средств, их содержание

коннотативного значения и создание с их помощью

скрытого смысла.

KIRISH

O‘zbek adabiy tilining shakllanishi va takomillashuvida XX-asrning 20–30-yillarida

yashab ijod qilgan milliy uyg‘onish harakati namoyondalarining xizmatlari beqiyos. Ayni shu

davrga kelib o‘zbek milliy adabiyotida milliylik ruhidagi asarlar yaratila boshlandi. Zotan,

milliy ruhdan kuch olmagan adabiyot badiiy-estetik ta’sirga ega bo‘lmaydi. “Adabiyot, eng

avvalo, milliy shakl-shamoyilga ega bo‘lgan kishini va u orqali muayyan milliy xalqning

hayoti, ruhiy va ma’naviy boyligini badiiy mujassamlashtirgandagina chinakam asar

maydonga keladi.” [1] O‘tgan asr boshlarida jadid adabiyoti nasriy namunalaridan sanalgan

Abdulla Qodiriyning o‘zbek milliy romannavisligi gultojisi “O‘tkan kunlar” romani ayni

shunday asarlardandir. Milliylik bilan yo‘g‘rilgan, milliy ruhdan quvvat olgan mazkur roman

hozirgi o‘zbek adabiy tilining shakllanishida alohida o‘rin egalladi. Maqola A. Qodiriyning

“O‘tkan kunlar” romaning leksik xususiyatlarini yoritishga bag‘ishlanadi. Romanda milliy

ruh va milliy tafakkurni hassoslik bilan tarannum etilgani, undagi voqeylikning o‘zbek milliy

tafakkur mezonlariga tayanib ifodalangani, milliylikni favqulodda yuksak mahorat bilan

namoyon etilishi, davr tarixiy-ijtimoiy muhitini haqqoniy aks ettirishi hamda asosiy

qahramonlar esa milliy obraz darajasiga olib chiqilgani uning badiiy-g‘oyaviy jihatdan

benazir asar ekanidan dalolat bersa, unda qo‘llanilgan leksemalar, so‘z birikmalari va

frazeologik birliklar bilan bog‘liq leksik xususiyatlari o‘zbek adabiy tilining lisoniy

imkoniyatlari nechog‘lik boy ekanidan darak beradi.

TAHLIL VA NATIJALAR

Adib romanda personajlar nutqini xoslashtirish (ideallashtirish) maqsadida

ularning kasbi-kori, turmush tarzi, tafakkur quvvati va ruhiy kechinmalariga mos leksik

birliklar va lisoniy vositalardan foydalanadi. Asarda qoʻllanilgan leksik va frazeologik

birliklarni quyidagicha turkumga ajratib tahlilga tortish mumkin:

a) Oʻzbek adabiy tiliga boshqa tillardan tillardan oʻzlashgan neologizmlar

.

Mazkur neologizmlar asosan rus tilidan oʻzbek tilidan olingan boʻlib, oʻzbek tilining

morfologik va talaffuz qoidalariga moslashgan, ijtimoiy oʻzgarishlar natijasida tilimizga

kirib kelgan hisoblanadi. Masalan, asarning “Hasanalining hiylasi” nomli faslida shundya

jumlani uchratish mumkin, “

Ammo qizigʻi shundakim, bizni dunyo baxti kutkanda, bizga

saodat bashorati berilganda nega biz oʻlum kutkandagi holga tushamiz va uzviy


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Issue – 3 № 1 (2025) / ISSN 2181-3701

117

tashkilotimiz (

oʻrganizmamiz

) birinchidagi holatni kechiradir?

”. Muallif

oʻrganizmami

[2]

(tashkilotimiz) leksemasi orqali oʻzbek tiliga rus tilidan endigina oʻzlashayotgan soʻz va

soʻz birikmalarini keltiradi.

Gumbazning qarshisidagʻi ikki tup keksa chinorning

iskelet

kabi

quruq shoxlarigʻa yel bilan allaqayoqlargʻa uchub ketkan boyqushlar toʻpi ham kelib qoʻna

boshladilar.

Adib “Xoʻja Maoz” qabristonini tasvirlashda qabristondagi ikki tup ulkan

chinorga nisbatan

iskelet

[3] (skelet) leksemasini qoʻllagan. Bundan tashqari romanda

zol

(zal),

toʻfancha

(toʻpponcha) kabi soʻzlar ham qoʻllanilgan.

b) Eski oʻzbek tilidan va tilning yangi soʻz yasash imkoniyatlari orqali hosil
qilingan leksemalar va soʻz birikmalari

: masalan,

yangarishgʻa

(yangilanishga),

hikoyachiliq

,

koʻz ostidan qaramoq

(zimdan kuzatmoq),

izgʻiriq

(izgʻirin),

toʻqinmoq

(urinmoq),

soʻqib qolmoq

(bosib qolmoq),

yonchiq

(choʻntak, hamyon),

oq kun

(kun

yorugʻi),

is tekmoq

(isdan zaharlanmoq) va shu kabi soʻz va soʻz birikmalari oʻzbek tilining

lugʻat tarkibidagi soʻzlardan yangi soʻz va soʻz birikmalari hosil qilingan ekanini koʻrish
mumkin. Asarning “Qipchoqqa qirgʻin” nimli faslida shunday jumlani uchratish mumkin:

(Otabek) ... goʻyo shu yirtqichlar dunyosidan yashiringʻandek

oq kundayoq

toʻshagiga yotib,

koʻrpasiga burkanib oldi

[4]

.

Muallif oʻzbek tili leksikasini

oq kun

soʻz birikmasi orqali

kun

yorugʻida

,

kunduzi boʻlishiga qaramasdan

ma’nolarini anglatuvchi oʻziga xos yangi soʻz

bilan boyitishga harakat qilgan.

d) Arab va fors tilidan olingan oʻzlashmalar

:

hayya alalfalah

(najotga

shoshilinglar),

sioyat

(chaqimchilik),

mashvarat

(kengash),

ofiyat

(tinchlik),

mutaasir

(ta’sirlangan),

muvofiqutaab

(ta’bga muvofiq, mos),

hoziq

(biluvchi),

chip

(gʻov),

raoyo

(xalq),

baxshish

(marhamat, karam),

bogʻiy

(isyonchi),

e’timod

(ishonch),

istigʻno

(bee’tiborlik),

xun olud

(qonga belangan),

varta

(girdob),

masohat

(yuza, sath),

addoi

(duo qiluvchi),

aduv

(dushman, yov),

badkirdor

(yomon niyatli),

zafaryob

(gʻolib),

zоlоna

(uzoq vaqt yashamoq),

doruni dil

(chin dildan),

xotiri otir

(dili ravshan),

azimai

qaviya

(kuchli va qudratli) va shu kabilar. Bundan koʻrinadiki, oʻtgan asrning boshlarida

oʻzbek tilida arab, fors va tojik tillaridan oʻzlashgan soʻz va soʻz birikmalari keng
qoʻllanilgan ekanidan dalolat beradi.

e) Tasviriy vositalardan foydalanish

. Adib asar qahramonlarini tavsiflashda

emotsional baholash elementlaridan foydalangan holda ijobiy, neytral yoki salbiy

boʻyoqdorlikka ega soʻz va iboralarni qoʻllaydi. Misol uchun, asarning asosiy
qahramonlaridan biri Oʻzbek oyimni adib shunday tasvirlaydi: “

Oʻzbek oyim

elli besh

yoshlar chamaliq

,

chala-dumbul

tabi’atlik bir xotin boʻlsa ham, ammo eriga

oʻtkirligi

bilan mashhur edi. Uning oʻtkirligi yolgʻiz erigagina emas, Toshkand xotinlarigʻa ham

om

edi

” [5] singari tasviriy vositalar orqali Oʻzbek oyimning tabiati, uning fulq-atvori va uydan

tutgan oʻrni xususida kitobxonni bir qadar tanishtirib oʻtadi. Muallif asar personajlarining
umumiy fizionomiyasi haqida oʻquvchida toʻlaqonli va aniq tasavvur hosil qilish
maqsadida tasviriy ifodalardan mohirona foydalanib, uning asar syujetidagi konfliktni
ochish maqsadida oʻrni bilan, kompozitsiya davomida qoʻshimcha ma’lumot keltiradi.
Masalan, Otabek savdo vaji bilan Margʻilonda ekanida uni koʻrgani kelgan Rahmat va
Homidlar bilan boʻlgan suhbatda xizmatkori Hasanali obrazini quyidagicha tasvirlaydi:
“…

oltmish yoshlar chamasida,

choʻziq yuzlik

,

doʻnggiroq peshonalik

,

sariqqa moyil

,

toʻgarak qora koʻzlik

,

oppoq uzun soqollik

” [6]

Vulgarizmlar.

Muallif asardagi salbiy

obrazlarning ichki dunyosini fosh etishda adabiy tilda mavjud boʻlgan odobdan tashqari,
qoʻpol va dagʻal soʻz va iboralardan ham foydalangan. Masalan, adib asarda salbiy
personajlardan biri Xushroʻyning tilidan “

Itdan boʻlgʻan qurbonlikka yaramas!

” iborasi,


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Issue – 3 № 1 (2025) / ISSN 2181-3701

118

Mutal oʻgʻrining nutqida

kashal

(chatoq),

doʻndiqcha

,

goʻl toʻra

,

xumsa

(

xunasa

soʻzidan,

yaramas),

mochaxar

(

mochagʻar

soʻzning buzilgan shakli, it yoki eshakning urgʻochisi),

zangʻar

(

buzuq yoʻlga kirgan, suyugʻoyoq ayol; xotini buzuq kimsa

[7]) va shu kabi vulgar

soz’ va iboralardan foydalanganini koʻrish mumkin.

f) Sinonimlarning ichki imkoniyatlaridan samarali foydalanish

. Muayyan

leksemalar semantik tuzilishida tashqi sema sifatida kelgan ayrim semalarni faol

qoʻllash yordamida mazkur leksemadan yangicha sinonimik paradigma hosil qilinadi.

Misol uchun,

“Oʻzingni

teja

qizim, oʻrningni qalin qilib burkanib yot, terlasang yorisharsan,

qizim.

[8] jumlasida

ehtiyotlamoq

ma’nosida

teja

leksemasi, “

Toʻybeka, Kumushning choyini

oqlab ber-chi.”

jumlasida

ber-chi

soʻzi (

yangilab ber

ma’nosida)

oqlab bermoq

fe’l birikmasi

qoʻllaniladi.

g) Kitobxonda kerakli emotsional holatni yuza keltirish uchun sinonimik

qatordan foydalanish

. Asarning “Kutilmagan baxt” nomli faslida shunday jumla

keltiriladi: “

Titragʻan va qovjiragʻan bir tovushda: – Nega qochasiz? Nega qaramaysiz? –

dedi bek

.” [9] Jumla tarkibidagi

titragʻan

,

qovjiragʻan

leksemalari sinonimik paradigmani

yuzaga keltirib, oʻquvchi his-tuygʻusini kuchaytirishga xizmat qiladi. Bu oʻrinda

qovjiragʻan

soʻzi

hayajonlangan

ma’nosida qoʻllanilgan.

Yana bir misolni olaylik:

“Bu xabarni eshitish bilan Otabekda koʻriladirgan

oʻzgarishlarni

,

hollarni

,

harakatlarni

... barchasini birma-bir koʻnglidan kechirar edi

.

[10] Garchi, jumla tarkibidagi

oʻzgarish

,

hol

,

harakat

leksemalari kontekstdan ajratilgan

holda oʻzaro sinonim boʻlmasa-da, ayni shu gapda bir-biriga sinonimik paradigma boʻlib

kelmoqda. Boshqa parchada, “

Hasanalining koʻzlari tagʻin uyqugʻa ketar, qarshisigʻa Otabek

bilan

koʻhlik

,

koʻrkam

bir qiz kelib chiqar va ikkisi unga qarab iljayishar edilar

.” [11]

jumlasi keltirilgan boʻlib,

koʻhlik

va

koʻrkam

soʻzlari ham ma’noni kuchaytirish maqsadida

qoʻllanilgan. “

Otabekdagi

sukut

,

xayol

,

fikr

kabi holatlarni

yulib

,

yulqib

olib, ular oʻrniga

chechak donalari ekib, umid suvlari sepmakchi edi

.” [12] Bir tomondan, jumla tarkibidagi

sukut

,

xayol

,

fikr

soʻzlari sinonimik qatorni tashkil etsa, boshqa tomondan,

yulib

,

yulqib

leksemalari ham leksemadan anglashilgan ma’noni kuchayib borish tartibini koʻrsatadi.

Misol tariqasida berilgan

sukut

,

xayol

va

fikr

leksemalarida integral (birlashtiruvchi,

umumiy) va differensial (farqlovchi) xususiyatlar kuzatiladi. Muayyan semantik

maydondagi sememelarning birlashtiruvchi (umumiy) ma’no insondgi jimlik hukm surgan

holat hisoblanadi. Ularning farqli jihatlari quyidagilarda koʻrinadi:

sukut

– insondagi jimlik hukm surgan holat, soʻzsizlik holati;

xayol

– jimlik holati bilan birga fikrlash jarayonining kechishi;

fikr

– jimlik, biror narsa yoki hodisa haqida xayol surish, fikrlash.

Asarda

bilan

koʻmakchisiga

birlan

,

bilan

,

ila

,

u

,

oʻsha

,

shul

,

oʻshal

,

ul

,

shu

kabi

grammatik sinonimlarni ham uchratish mumkin.

Ellipsis hodisasining qoʻllanilishi

Muayyan matn yoki nutq tarkibidagi sintaktik tuzilmadan biror boʻlakning yoki

soʻzning tushib qolishi natijasida oʻziga xos metonimiya yuzaga keladi. Tilshunoslikda

bunday hodisaga nisbatan

ellipsis

(yun. – tushirib qoldirish) hodisasi deyiladi. “Ellipsis

nutqda tushirib qoldirilib, matn yoki vaziyatdan ososngina anglashiladigan, fahmlab

olinadigan boʻlakdir.” [13] Qaratqich-qaralmish munosabatli birikmalarda qaralmish

tushirib qoldirilgani sababli belgisiz qaratqich undan anglashilgan ma’noni oʻziga oladi.

Masalan,

saroy tinch uyquda

[14] jumlasida

saroyning kishilari, aholisi

nazarda tutilgan.

Quyidagi jumlada kitob muallifining ismi kitob oʻrnida qoʻllanilgan

(Otabek) Fuzuliy

mutoalaasiga berildi

[15]

.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Issue – 3 № 1 (2025) / ISSN 2181-3701

119

Sinekdoxadan foydalanish

M. Mirtojiyevning ta’kidlashicha, “sinekdoxa hosila ma’no yuzaga kelishi

hodisalarining oʻzbek tilida uncha keng tarqalmagan koʻrinishlaridan biridir. Tilshu-
noslikda qayd etilishicha, soʻzning hosil qiluvchi va hosila ma’no referentlaridai biri
butunni, ikkinchisi uning boʻlagini bildirishiga koʻra hosila ma’no yuzaga keltirishidir.
Ma’lumki, uni ayrim adabiyotlarda metonimiyaning bir koʻrinishi sifatida qayd etadilar”.
[16] Romanda butun narsaning nomini uning qismi orqali ifodalash yoki aksincha qismni
butun narsaning (predmetning) nomi bilan atashga doir misollarni uchratish mumkin.

Yoshliq

koʻzlar

ariq boʻyigʻa tushib, nozik

oyoqlar

ariq boʻyi tomongʻa harakatlandilar

[17].

Jumla tarkibidagi

koʻzlar

va

oyoqlar

leksemalari insonni anglatib kelmoqda.

Antiteza vositasining qoʻllanilishi

Badiiy adabiyotda qoʻllaniladigan leksik uslubiy vositalar asarga muhim va

takrorlanmas badiiy-estetik joziba va ijodkor uslubini shakllantiruvchi emotsionallik
baxsh etib qolmasdan, yozuvchining oʻziga xos tasvirlash uslubini namoyon etadigan
omillardandir. “Antiteza

grekcha soʻz boʻlib, qarama-qarshi qoʻyish ma’nosini bildiradi.

Antitezadan ifodalilikni kuchaytirish uchun, qarama-qarshi tushunchalami, fikr, obraz,
narsalami, shaxslaming xarakterlarini qiyoslash yoki bir xil narsa-hodisalaming daraja
jihatidan qarama-qarshi holatini tasvirlash uchun foydalaniladi.” [18] Antiteza oʻzbek
badiiy adabiyotida tazod deb ham yuritiladi. A. Qodiriyning “Oʻtkan kunlar” romanida
antiteza barcha til sathlarida kuzatiladi.

“Saroyning toʻrida boshqalargʻa qaragʻanda

koʻrkamrak bir hujra, anovi hujralarga

kiygiz

toʻshalgani holda bu hujrada qip-qizil

gilam

,

uttalarda

boʻz koʻrpalar

koʻrilgan boʻlsa, munda

ipak va adras koʻrpalar

, narigilarda

qora

charogʻ

sasigʻanda, bu hujrada

sham

yonadir, oʻzga hujralarda

yengil tabi’atlik,

serchaqchaq

kishilar boʻlgʻanida bu hujraning egasi boshqacha yaratilishda.

Ogʻir

tabi’atlik

, ulugʻ gavdalik, koʻrkam va oq yuzlik, kelishgan, qora koʻzlik, mutanosib qora

qoshliq va endigina murti sabz urgan bir yigit

[19].

Mazkur qoʻshma gap shaklidagi

parchada

kiygiz ↔ gilam

,

boʻz koʻrpalar ↔ ipak va adras koʻrpalar

,

qora charogʻ ↔

sham

,

yengil tabi’atlik

,

serchaqchaq ↔ ogʻir tabi’atlik

zidlov soʻzlar va soʻz birikmalari

orqali oʻziga xos qarama-qarshilik yuzaga keltirilgan.

XULOSA

Xulosa oʻrnida aytish mumkinki, badiiy adabiyotda lisoniy hamda uslubiy

vositalarning muhim xususiyati muallifning badiiy mahorati va real voqeylikni aniq va
xolis yoritishdan iboratdir. A. Qodiriy XX-asrning boshlarida oʻzbek adabiy tilida mavjud
boʻlgan koʻpgina arab, fors hamda tojik tillaridan oʻzlashgan hamda oʻsha davrning sodda
xalqchil tilidan ancha uzoqlashgan murakkab lisoniy va uslubiy vositalar oʻrniga xalqning
soʻzlashuv tiliga yaqin sodda va tushunarli soʻz oʻyinlaridan, oʻzbek adabiy tilining samarali
tasviriy imkoniyatlari bilan birga frazeologizm, dialektizm, turli stilistik uslublardan oʻrinli
foydalanib, roman qahramonlarining fikrlash dunyosi, xulq-atvori va asar voqea-
hodisalarini kitobxon tasavvurida batafsil va yorqin gavlanashiga erisha olgan.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Z. Mahmudova.Abdulla Qodiriy “Oʻtkan kunlar” romanining milliy oʻziga

xosligi:dis. ... filol. fan. nomzodi. – Toshkent, 1996. – 4 b.

2.

A. Qodiriy “Oʻtkan kunlar”.

Sharq.

T., – 2004. 322-bet.

3.

Oʻsha asar. 222-bet.

4.

Oʻsha asar. 291-bet.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Issue – 3 № 1 (2025) / ISSN 2181-3701

120

5.

A. Qodiriy “Oʻtkan kunlar”.

Sharq.

T., – 2004. 128-bet.

6.

Oʻsha manbaa.7-bet.

7.

https://uz.wiktionary.org/wiki/zang%CA%BBar (Murojaat sanasi: 07.02.2025)

8.

Oʻsha asar. 29-bet.

9.

Oʻsha asar. 60-bet.

10.

Oʻsha asar. 46-bet.

11.

Oʻsha asar. 47-bet.

12.

Oʻsha asar. 47-bet.

13.

M. Mirtojiyev. Oʻzbek tili semasiologiyasi. Toshkent. Mumtoz soʻz. 2010. 86-bet.

14.

A. Qodiriy “Oʻtkan kunlar”.

Sharq.

T., – 2004. 21-bet.

15.

Oʻsha asar. 150-bet.

16.

M. Mirtojiyev. Oʻzbek tili semasiologiyasi. Toshkent. Mumtoz soʻz. 2010. 103-bet.

17.

A. Qodiriy “Oʻtkan kunlar”.

Sharq.

T., – 2004. 50-bet.

18.

S. Sultonsaidova, Oʻ. Sharipova. Oʻzbek tili stilistikasi. Oʻquv qoʻllanma.

T.,2009.65-bet.

19.

A. Qodiriy “Oʻtkan kunlar”.

Sharq.

T., – 2004. 6-bet.

Библиографические ссылки

Z. Mahmudova.Abdulla Qodiriy “Oʻtkan kunlar” romanining milliy oʻziga xosligi:dis. ... filol. fan. nomzodi. – Toshkent, 1996. – 4 b.

A. Qodiriy “Oʻtkan kunlar”. Sharq. T., – 2004. 322-bet.

Oʻsha asar. 222-bet.

Oʻsha asar. 291-bet.

A. Qodiriy “Oʻtkan kunlar”. Sharq. T., – 2004. 128-bet.

Oʻsha manbaa.7-bet.

https://uz.wiktionary.org/wiki/zang%CA%BBar (Murojaat sanasi: 07.02.2025)

Oʻsha asar. 29-bet.

Oʻsha asar. 60-bet.

Oʻsha asar. 46-bet.

Oʻsha asar. 47-bet.

Oʻsha asar. 47-bet.

M. Mirtojiyev. Oʻzbek tili semasiologiyasi. Toshkent. Mumtoz soʻz. 2010. 86-bet.

A. Qodiriy “Oʻtkan kunlar”. Sharq. T., – 2004. 21-bet.

Oʻsha asar. 150-bet.

M. Mirtojiyev. Oʻzbek tili semasiologiyasi. Toshkent. Mumtoz soʻz. 2010. 103-bet.

A. Qodiriy “Oʻtkan kunlar”. Sharq. T., – 2004. 50-bet.

S. Sultonsaidova, Oʻ. Sharipova. Oʻzbek tili stilistikasi. Oʻquv qoʻllanma. T.,2009.65-bet.

A. Qodiriy “Oʻtkan kunlar”. Sharq. T., – 2004. 6-bet.