Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika –
Зарубежная лингвистика и
лингводидактика – Foreign
Linguistics and Linguodidactics
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics
Scientific and methodological foundations for developing
students' language competencies through independent
study
Khayotkhon URINBOEVA
1
Uzbek State University of World Languages
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received December 2024
Received in revised form
15 December 2024
Accepted 25 January 2025
Available online
15 February 2025
The article examines the scientific and methodological
foundations of developing students’ language competencies
through independent learning. Independent learning is an integral
part of modern education, allowing students to enhance their
knowledge autonomously. The study discusses methods for
improving the effectiveness of independent learning, pedagogical
conditions, and the role of innovative technologies. The paper also
provides theoretical and practical recommendations for
optimizing independent learning methodologies in the context of
educational system development.
2181-3663/© 2024 in Science LLC.
DOI:
https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol3-iss1-pp109-114
This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru
Keywords:
independent learning,
language competency,
education quality,
pedagogical conditions,
innovative technologies,
self-development,
methodological foundations,
higher education.
Mustaqil ta’lim orqali talabalarning til kompetensiyalarini
rivojlantirishning ilmiy-metodik asoslari
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar:
mustaqil ta’lim, til
kompetensiyasi,
ta’lim sifati,
pedagogik shart-sharoitlar,
innovatsion texnologiyalar,
o‘z-o‘zini rivojlantirish,
metodik asoslar,
oliy ta’lim.
Maqolada
mustaqil
ta’lim
orqali
talabalar
til
kompetensiyalarini rivojlantirishning ilmiy-metodik asoslari
tahlil qilinadi. Mustaqil ta’lim zamonaviy ta’lim jarayonining
ajralmas qismi bo‘lib, talabalarning o‘z bilimlarini mustaqil
ravishda rivojlantirishga imkon yaratadi. Shuningdek, maqolada
mustaqil ta’limning samaradorligini oshirish yo‘llari, pedagogik
shart-sharoitlar va innovatsion texnologiyalardan foydalanish
masalalari ko‘rib chiqiladi. Ta’lim tizimining rivojlanishi
doirasida mustaqil ta’lim metodikalarini takomillashtirish
bo‘yicha nazariy va amaliy tavsiyalar beriladi.
1
Senior Teacher, Department of "Theoretical Aspects of the English Language N1", Uzbek State University of World
Languages. E-mail: xayotxonurinboyeva@gmail.com
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue – 3 № 1 (2025) / ISSN 2181-3701
110
Научно-методические основы развития языковых
компетенций студентов через самостоятельное обучение
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
самостоятельное
обучение,
языковая компетенция,
качество образования,
педагогические условия,
инновационные
технологии,
саморазвитие,
методологические основы,
высшее образование.
В статье рассматриваются научно-методические основы
развития языковых компетенций студентов через
самостоятельное обучение. Самостоятельное обучение
является
неотъемлемой
частью
современного
образовательного процесса, позволяя студентам развивать
свои знания автономно. В статье обсуждаются пути
повышения эффективности самостоятельного обучения,
педагогические условия и использование инновационных
технологий. Также представлены теоретические и
практические рекомендации по совершенствованию
методик самостоятельного обучения в контексте развития
системы образования.
KIRISH
Mustaqil ta’lim – zamonaviy ta’lim tizimining ajralmas qismi bo‘lib, talabalar
bilimini mustahkamlash va ularning til kompetensiyalarini rivojlantirishda muhim
ahamiyat kasb etadi. Mustaqil ta’lim jarayonida talabalar o‘z mustaqil izlanishlari, ilmiy
tahlil qilish qobiliyatlari va mustaqil fikrlash kompetensiyalarini rivojlantiradilar. Bugungi
kunda global ta’lim jarayonida innovatsion texnologiyalar va zamonaviy pedagogik
yondashuvlar asosida mustaqil ta’lim samaradorligini oshirish muhim vazifalardan biri
sifatida qaralmoqda. Ta’lim tizimida an’anaviy dars shakllarining yetarli emasligi, ta’lim
jarayonining interaktiv bo‘lishi zarurati mustaqil ta’limning ahamiyatini oshirmoqda.
Mustaqil ta’lim faqatgina dars jarayonidan tashqarida o‘qish va topshiriqlarni bajarish
bilan cheklanmay, balki talabalar o‘z-o‘zini rivojlantirish, analitik tafakkur qilish,
innovatsion yondashuvlarni o‘rganish va o‘z kompetensiyalarini oshirish imkoniyatiga ega
bo‘lishlari bilan ajralib turadi.
Mustaqil ta’lim jarayonining samaradorligini ta’minlash uchun zamonaviy
pedagogik texnologiyalar, interaktiv yondashuvlar va raqamli vositalardan foydalanish
muhimdir. Mustaqil ta’lim nafaqat o‘quv dasturlariga mos keladigan bilimlarni egallashni,
balki amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishni ham o‘z ichiga oladi. Shu sababli, talabalarni
mustaqil o‘rganish jarayoniga tayyorlash, ularga mos metod va texnologiyalarni taqdim
etish pedagoglar oldida turgan muhim vazifalardan biridir.
Ta’lim sifati va samaradorligini oshirishda ta’limning zamonaviy uslublari, shakl va
vositalari, o‘yin texnologiyalari, muammoli ta’lim, xususan, mustaqil ta’limning
noan’anaviy usullari muhim o‘rin tutadi. Bu esa oliy ta’lim muassasalarida talabalarning
mustaqil ta’lim mazmunini rivojlantirish, uni tashkil etish va amalga oshirish usullarini
takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-pedagogik tadqiqotlar olib borishni taqozo etadi.
Mamlakatimizda ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy hayotda tub o‘zgarishlar sodir
bo‘lmoqda. Ayniqsa, ta’lim sohasidagi islohotlarda “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunning yangi
tahrirda qabul qilinishi muhim o‘rin tutadi. Har bir mamlakatning rivojlanishi yoki
aksincha, inqirozga yuz tutishi mamlakatdagi ta’lim tizimining qay darajada takomillash
ganiga bog‘liq.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue – 3 № 1 (2025) / ISSN 2181-3701
111
Talabalar mustaqil ishlarini tashkil qilish maqsad va vazifalari:
Talabalar mustaqil ishining asosiy maqsadi – talabada o‘quv ishlarini mustaqil
bajarishda kerak bo‘ladigan bilim, ko‘nikma va malakalarning tashkil topishi va
rivojlanishi.
Talabalar mustaqil ishining vazifalari:
Mustaqil
ishlarni
bajarish
uchun
yangi
ma’lumot
qidirishga
kerakli
chora-
tadbirlarni
aniqlash
Informatsion
manbalardan
mustaqil ishlarni
bajarish
jarayonida
foydalanish
Me’yoriy
hujjatlar, ilmiy-
metodik
materiallar,
o‘quv
adabiyotlar
bilan ishlash
Elektron o‘quv
adabiyotlar va
ma’lumotlar
bazasi bilan
ishlash
Ish rejalarini
ekspertizaga
tayyorlash,
ekspert
xulosasiga
ko‘ra ularni
qayta ishlash,
ishning tizimli
va ijodiy
bajarilishi
uchun sharoit
yaratish
Ishlab
chiqilgan
yechimni,
g‘oya
yoki
loyihani
izohlash
va
himoya
qilish
Ta’lim jarayonida talabalarning mustaqil ishlarini tashkil etishning mazmuni,
shakllari va usullarini, pedagogik shart-sharoitlarni aniqlash, uslubiy tavsiyalar ishlab
chiqish va ularni amaliyotga tatbiq etish.
– talabalarning mustaqil ishlarini tashkil etishning mazmuni, holati va tarkibiy
qismlarini nazariy tahlil qilish;
– o‘quv fanlarini o‘qitishda talabalarning mustaqil ishlashining konseptual
muammolari va mustaqil bilim olish imkoniyatlarini o‘rganish;
– talabalar mustaqil ishlarining nazariy tipologiyasini aniqlash;
– talabalarning mustaqil ishini tashkil etishning shakl va usullarini ishlab chiqish,
pedagogik shart-sharoitlarni aniqlash;
– talabalarning mustaqil ishlarini tashkil etish bilan bog‘liq vazifalarni ishlab chiqish;
– talabalarning mustaqil ishlarini tashkil etish metodikasi asosida amaliy va uslubiy
tavsiyalar ishlab chiqish, ularni amaliyotga tadbiq etish.
Shuningdek, unda ta’lim oluvchilarning mustaqil ta’lim olishlari, mustaqil ishlash,
malakalarini uzluksiz oshirish orqali mutaxassislarning zaruriy kompetensiyalarga ega
bo‘lishi, ijodiy yaratuvchanlik, tadqiqotchilik, mantiqiy tafakkurini rivojlantirishga
erishishlari mumkinligi ta’kidlangan.
Ta’lim tizimidagi o‘zgarishlar ta’lim mazmuni bilan chambarchas bog‘liq.
Yangilanishlar talabalar o‘qishini tashkil etishning yangi shakli va usullari haqida ham
bosh qotirishni talab etadi. Shu ma’noda ta- labalarning mustaqil ishlarini tashkil etish
muhim shaklgina emas, balki ta’lim jarayonining asosini tashkil etuvchi muhim qism
bo‘lishini taqozo etadi.
Bularning barchasi ta’lim berish (olish)ning zamonaviy metodlarini egallashni,
talabalarning ijodiy qobiliyatlarini o‘stirishni har bir talabaning imkoniyat va salohiyatini
e’tiborga olgan holda, guruh o‘qishlaridan individual o‘qishga o‘tishni ko‘zda tutadi.
ADABIYOTLAR TAHLILI
Mustaqil ta’lim talabalar til kompetensiyalarini rivojlantirishda muhim omil bo‘lib,
bu sohada ko‘plab ilmiy va amaliy tadqiqotlar olib borilgan. Zamonaviy ta’lim jarayonida
mustaqil ta’limning o‘rni va uning samaradorligini oshirish bo‘yicha turli ilmiy
yondashuvlar ishlab chiqilgan. Quyida ushbu mavzudagi muhim ilmiy manbalar va
ularning mazmuniy jihatlari tahlil qilinadi.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue – 3 № 1 (2025) / ISSN 2181-3701
112
Mustaqil ta’limning pedagogik negizlari klassik va zamonaviy ta’lim nazariyalari
bilan bog‘liq. L.S. Vigotskiy tomonidan ilgari surilgan “Proksimal rivojlanish zonasi (ZPD)”
nazariyasi o‘quvchilarning mustaqil o‘rganish imkoniyatlarini oshirishda muhim rol
o‘ynaydi [1]. Ushbu nazariyaga ko‘ra, talabalar o‘zlari mustaqil bajara olmaydigan
vazifalarni pedagog yoki tengdoshlari yordamida o‘rganish orqali rivojlanadilar.
J. Dyui tomonidan ilgari surilgan “Tajriba asosida o‘rganish” nazariyasi esa mustaqil
ta’lim jarayonida amaliyot va tajriba asosida bilim egallashni ta’kidlaydi [2]. Ushbu
nazariya talabalarning mustaqil ta’lim orqali real hayot bilan bog‘liq bilimlarni
o‘zlashtirish imkoniyatlarini kengaytiradi.
J. Bruner mustaqil ta’lim jarayonida o‘quvchilarning bilimlarini mustaqil ravishda
shakllantirishining muhimligini qayd etadi [3]. Bu nazariya talabalarning ilmiy izlanish
olib borib, yangi bilimlarni mustaqil ravishda yaratishlarini rag‘batlantiradi.
So‘nggi yillarda mustaqil ta’lim metodikalarining rivojlanishiga oid ilmiy tadqiqotlar
ham ko‘paygan. P. Mishra va M.J. Koehler tomonidan ishlab chiqilgan TPACK
(Technological Pedagogical Content Knowledge) modeli ta’limda raqamli texnologiyalarni
samarali qo‘llash va mustaqil ta’lim imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan [4].
C. Bonvell va J. Eyson tomonidan ilgari surilgan “Faol ta’lim” yondashuvi esa
mustaqil o‘rganishni interaktiv va muammoli ta’lim orqali amalga oshirishni ta’kidlaydi
[5]. Ushbu modelga ko‘ra, talabalarning mustaqil ta’limi jamoaviy muhokamalar, loyiha
ishlari va muammoli topshiriqlar orqali rivojlantirilishi lozim.
D.R. Gerrison va H. Kanuka tomonidan ishlab chiqilgan "Blended Learning" modeli
esa an’anaviy ta’lim va mustaqil o‘rganishning uyg‘unlashgan shakli sifatida talabalarning
bilim olish jarayonini optimallashtirishni nazarda tutadi [6]. Mustaqil ta’lim va onlayn
ta’limni uyg‘unlashtirish orqali talabalar o‘z bilimlarini mustahkamlashlari va o‘quv
jarayonida ko‘proq ishtirok etishlari mumkin. Mustaqil ta’lim samaradorligini oshirishga
qaratilgan tadqiqotlarda ta’lim dasturlari, metodik ta’minot va texnologik
yondashuvlarning o‘rni keng muhokama qilinadi.
C. Dede tomonidan olib borilgan tadqiqotlarda raqamli texnologiyalarning mustaqil
ta’limga ta’siri o‘rganilgan [7]. Uning tadqiqotlari shuni ko‘rsatadiki, sun’iy intellekt va
moslashuvchan o‘qitish platformalari yordamida talabalar mustaqil ravishda bilimlarini
boyitishlari va shaxsiy ta’lim yo‘nalishlarini yaratishlari mumkin.
C. Redeker va O. Yoxannessen tomonidan olib borilgan tadqiqotlarda elektron
baholash tizimlari va mustaqil ta’lim o‘rtasidagi bog‘liqlik tahlil qilingan [8]. Ularning natijalari
shuni ko‘rsatadiki, zamonaviy baholash tizimlari orqali talabalar mustaqil o‘rganish
jarayonida o‘z bilimlarini tahlil qilish va o‘z-o‘zini baholash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Mustaqil ta’limni samarali tashkil etish uchun pedagoglar va ta’lim muassasalari
turli qiyinchiliklarga duch keladilar. D. Lorillard tomonidan olib borilgan tadqiqotlarda
o‘qituvchilarning tayyorgarligi va mustaqil ta’lim jarayonini tashkil qilishdagi muammolar
tahlil qilingan [9]. Uning tadqiqotlariga ko‘ra, mustaqil ta’lim samaradorligini oshirish
uchun o‘qituvchilar o‘z metodik ko‘nikmalarini doimiy ravishda rivojlantirishlari lozim.
R.E. Bennett esa mustaqil ta’lim va baholash tizimlarining integratsiyasi muammolarini
o‘rganib, baholash jarayonlarining shaffof va obyektiv bo‘lishi lozimligini qayd etadi [10].
Talabalarning mustaqil ta’limiga metodik jihatdan rahbarlik qilishda uni
rivojlantirish yo‘llarini o‘rganib chiqish davr talabidir. Eng barqaror rag‘batlantirish usuli
bu kasbiy mehnat hamda ishga ijodiy yondashuv faoliyatidir. Yoshlarni turli-tuman amaliy,
ijtimoiy, tashkiliy, ijodiy faoliyatga jalb etish ham mustaqil ta’lim samaradorligini oshirish
omilidir.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue – 3 № 1 (2025) / ISSN 2181-3701
113
Talabalarda umumlashgan usullarning keng shakllanishi, birinchidan, dars
jarayonida sarflanadigan vaqtni tejashdi, ikkinchidan, bilimlarni yuqori darajaga
ko‘tarilishiga olib keladi, berilgan topshiriqlarni tezroq bajarishga, ya’ni aqliy mehnatning
samaradorligini oshirishga olib keladi.
Aqliy mehnatning unumli bo‘lishining bosh omili, ish joyining qulay bo‘lishini
ta’minlovchi shartlardir. Talabalar o‘zlarining kitoblarini, yozuv qog‘oziarini, chizma va
yozuv qurollarini har doim toza va ehtiyot qilib saqlashi zarur. Ish joyining chap
tomonidan yetarli darajada yorug‘lik tushib turishi kerak. Kitobni o‘qishni boshlashdan
avval, quyidagi ishlarni amalga oshirish zarur: kitobning qisqacha tavsifnomasi bilan
tanishish, mualliflarning familiyasi, ismi-sharifini, kitob nomini, chop etilgan
bosmaxonasini, nashr qilingan shahri va yilini, nechanchi marta nashr qilinganini bilib
olishi, maqsadga muvofiqdir. Ushbu ma’lumotlarning ahamiyati katta bo‘lib, ular kitob
to‘g‘risida umumiy tushuncha beradi; qanday kitob, yangimi yoki eskimi, u o‘qilayotganini
bildiradi; u kimlarga mo‘ljallab yozilganini bilishga imkon beradi. Shundan so‘ng, kitobning
birinchi varaqlaridan, uning rejasi va tarkibi bilan tanishib chiqish mumkin. Kitobning
kirish qismi bilan tanishish, uning mazmuni to‘g‘risida va uning boblari, bo‘limlari,
paragraflari, mavzularga bo‘lingan materiallarni qanday tizimga solinganligi to‘g‘risida
tasavvur hosil qilishga imkon beradi. Talabaga ushbu axborotlarni bilib olish, kitob
to‘g‘risida to‘la tasavvurga ega bo‘lishga va uni o‘qib o‘rganishga qulavlik tug‘diradi. Kitob
bilan oldindan tanishib chiqish, ya’ni rasm, diagramma va jadvatlarga nazar tashlash
foydali hisoblanadi.
Adabiyotlar materiallari matni bilan ishlashga ijodiy yondoshish samarali bo‘lishi
uchun, uni mexanik tarzda o‘qib chiqish, maqsadga muvofiq emas. Matnni juda diqqat bilan
o‘qib chiqish. Talaba o‘z so‘zi bilan materialni tizimli, ishonchli qilib aytib va tushuntirib
borishga intilishi, yaxshi natija beradi.
XULOSA
Mustaqil ta’lim talabalar til kompetensiyalarini rivojlantirishda muhim omillardan
biri hisoblanadi. Mustaqil ta’limning nazariy asoslari konstruktivizm, kognitiv rivojlanish
nazariyalari va tajriba asosida o‘rganish tamoyillariga asoslanadi. Ushbu ta’lim shakli
o‘quvchilarga o‘z bilimlarini mustaqil ravishda egallash va real hayotda qo‘llash imkonini
beradi.
Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, zamonaviy texnologiyalar mustaqil ta’limni
rivojlantirishda katta ahamiyatga ega. Moslashuvchan ta’lim platformalari, sun’iy
intellektga asoslangan baholash tizimlari va gamifikatsiya yondashuvlari talabalarning
mustaqil ta’lim jarayonidagi faolligini oshiradi. Shu bilan birga, mustaqil ta’lim
samaradorligini oshirish uchun pedagoglar tayyorgarligini kuchaytirish, baholash
tizimlarini takomillashtirish va mustaqil ish usullarini diversifikatsiya qilish zarur.
Ilmiy adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, mustaqil ta’lim samarali bo‘lishi uchun
quyidagi jihatlarga e’tibor qaratish lozim:
Talabalarning mustaqil fikrlash, tadqiqot olib borish va tanqidiy tahlil qilish
ko‘nikmalarini rivojlantirish;
Raqamli texnologiyalar yordamida mustaqil ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish;
Pedagoglarning mustaqil ta’lim metodlarini joriy etish va ulardan samarali
foydalanish bo‘yicha malakasini oshirish;
Baholash tizimlarini takomillashtirish orqali talabalar bilim darajasini adolatli va
shaffof aniqlash.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue – 3 № 1 (2025) / ISSN 2181-3701
114
Mustaqil ta’limga oid tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, talabalarning o‘zlashtirish
darajasini oshirish va ta’lim samaradorligini ta’minlash uchun zamonaviy pedagogik
yondashuvlardan foydalanish zarur. Mustaqil ta’limni muvaffaqiyatli joriy etish orqali
nafaqat o‘quv jarayoni, balki kelajak mutaxassislarining kasbiy tayyorgarligi ham
yaxshilanadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Выготский Л.С. Мышление и речь. – М.: Лабиринт, 1999.
2.
Дьюи Дж. Опыт и образование. – Нью-Йорк: Макмиллан, 1938.
3.
Брунер Дж. Психология познания. – М.: Прогресс, 1977.
4.
Mishra P., Koehler M.J. Technological pedagogical content knowledge:
A framework for teacher knowledge // Teachers College Record. – 2006. – № 108(6). –
P. 1017-1054.
5.
Бонвелл К., Эйсон Д. Активное обучение: создание атмосферы интереса в
аудитории. – Вашингтон: Университет Джорджа Вашингтона, 1991.
6.
Гэррисон Д., Канука Х. Смешанное обучение: раскрытие его
трансформационного потенциала в высшем образовании // Internet and Higher
Education. – 2004. – № 7(2). – С. 95-105.
7.
Dede C. Emerging technologies in education. Harvard University Press, 2011.
8.
Redecker C., Johannessen Ø. Changing assessment – Towards a new assessment
paradigm using ICT // European Journal of Education. – 2013. – № 48(1). – P. 79-96.
9.
Лориллард Д. Преподавание как научный процесс: построение
педагогических моделей для обучения и технологий. – Лондон: Routledge, 2012.
10.
Bennett R.E. Formative assessment: A critical review // Assessment in
Education. – 2011. – № 18(1). – P. 5-25.
