Авторы

  • Севара Усманова
    PhD, доцент, Ферганский государственный университет

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.foreign-linguistics.75734

Ключевые слова:

Тимуриды Восток «Знаменитые жены» «Фахр ан-ниса» «Хаким синд бот» «Зубдат уль-таварих Бойсунгури» «Зафарнаме» «Аджойиб аль-макдур фи тарихи Теймур» «Бабурнаме».

Аннотация

В статье анализируется художественная интерпретация действительности, связанной с придворными дамами в исторических романах, и отношение к ней писателя. С научной точки зрения изучается отражение общества, политики и культурной жизни через образ придворных дам. Хотя дошедшие до нас письменные источники не освещают ясно жизнь и деятельность женщин высшего сословия во всех подробностях, почерпнутые из них сведения позволяют нам осветить полную судьбу женщин высшего сословия, полную радости и беспокойства, роскоши и унижения, престижа и угнетения, отражающую все специфические стороны и противоречия их семьи и эпохи.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika –

Зарубежная лингвистика и
лингводидактика – Foreign

Linguistics and Linguodidactics

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics

The portrayal of court women in historical novels and the

writer's approach to them

Sevara USMANOVA

1

Fergana State University

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received December 2024

Received in revised form

15 December 2024

Accepted 25 January 2025

Available online

15 February 2025

This article analyzes the artistic interpretation of reality

associated with court women in historical novels and the

writer's approach to this subject. The portrayal of society,

politics, and cultural life through the image of court women is

examined from a scientific perspective. Although the surviving

written sources do not provide a comprehensive and detailed

account of the lives and activities of women from the upper

class, the information gathered from these sources allows us to

illuminate the complex fate of high-society ladies. Their stories

reflect all the peculiarities and contradictions of their families

and era – encompassing joy and anxiety, splendor and

humiliation, prestige and vulnerability.

2181-3701/© 2024 in Science LLC.
DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol3-iss1-pp146-155

This is an open-access article under the Attribution 4.0 International

(CC BY 4.0) license (

https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru

)

Keywords:

Timurids,

East,

"Famous Wives",

"Fakhr an-nisa",

"Hakim sind bot",

"Zubdat ul-tavarikh

Boysunguri",

"Zafarnama",

"Ajoyib al-makdur fi tarikhi

Taimur",

"Baburnama".

Tarixiy romanlarda saroy ayollari bilan bog‘liq voqelik va

yozuvchi munosabati

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar:

Temuriylar,

Sharq,

“Mashxur xotunlar”,

“Faxr an-niso”,

“Hakim sind bot”,

“Zubdat ul-tavorixi

Bo‘ysung‘uriy”,

“Zafarnoma”,

“Ajoyib al-makdur fi tarixi

Taymur”,

“Boburnoma”.

Mazkur maqolada tarixiy romanlarda saroy ayollari bilan

bog‘liq voqelikning badiiy talqini va yozuvchining unga bo‘lgan

munosabati tahlil qilinadi. Saroy ayollari obrazi orqali jamiyat,

siyosat va madaniy hayotning aks ettirilishi ilmiy nuqtayi

nazardan o‘rganiladi. Maqolada bizgacha yetib kelgan yozma

manbalarda oliy tabaqaga mansub ayollarning hayoti va

faoliyati butun tafsilotlari bilan ochiq-oydin yoritilmagan bo‘lsa-

da, biroq ulardan terib olingan ma’lumotlar yuqori tabaqa

xonimlarining oilasi va davrining barcha o‘ziga xos jihatlari va

qarama-qarshiliklarini o‘zida aks ettirgan quvonch va tashvish,

dabdaba va xo‘rlik, obro-e’tibor va zabunlik to‘la taqdirini

yoritish imkonini beradi.

1

PhD, Associate Professor, Fergana State University. E-mail: mahkamovasevara078@gmail.com


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Issue – 3 № 1 (2025) / ISSN 2181-3701

147

Реальность, связанная с придворными женщинами
в исторических романах и отношение писателя

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

Тимуриды,

Восток,

«Знаменитые жены»,

«Фахр ан-ниса»,

«Хаким синд бот»,

«Зубдат уль-таварих

Бойсунгури»,
«Зафарнаме»,

«Аджойиб аль-макдур фи
тарихи Теймур»,

«Бабурнаме».

В статье анализируется художественная интерпретация

действительности, связанной с придворными дамами

в исторических романах, и отношение к ней писателя.

С научной точки зрения изучается отражение общества,

политики и культурной жизни через образ придворных
дам. Хотя дошедшие до нас письменные источники не
освещают ясно жизнь и деятельность женщин высшего

сословия во всех подробностях, почерпнутые из них

сведения позволяют нам осветить полную судьбу женщин
высшего сословия, полную радости и беспокойства,

роскоши и унижения, престижа и угнетения, отражающую

все специфические стороны и противоречия их семьи и

эпохи.

KIRISH

Xalqimiz davrining eng nurafshon davri-Temuriylarga daxldor bo‘lgan manbalar

bir muncha keng o‘rganilmoqda hamda bu davrga oid ilmiy va badiiy asarlar dunyo
yuzini ko‘rdi. Kishilik shakllanib ilmu irfonga qadam qo‘ygandan beri ijtimoiy faolyatning
hech bir sohasi yo‘qki, unda ayollarning ham nomi zikr etilmasin. Bu gap sharq ayollariga
ham butkul tegishli. Tarixiy manbalarda nomlari tilga olingan ayollardan yetishib
chiqqan davlat arboblari, otashin vatanparvarlar, ilm-manfatni yuksak qadrlagan
mashxur olimlar, so‘z san’atining iftixori bo‘lgan iste’dodli shoirlar fikrimizning yorqin
dalilidir.

Islom tamadduni keng tarqalgan Sharq mamlakatlarida shariat va din hech qachon

ayollarning ma’rifatiga ilm olishga intilishini cheklab qo‘ymaganligi bois, har bir tarixiy
davrda yashab o‘tgan va ilm-fanning turli sohalarida, adabiyot va san’atda, davlat va
ijtimoiy boshqaruvda nufuzli martabalarga erishgan ayollar nomini sanab o‘tishimiz
mumkun.

Shu o‘rinda yuqoridagi fikrlarni tasdiqlovchi, qimmatli manbalardan biri,

Rizouddin Faxriddin o‘g‘lining “Mashxur xotunlar” (tarixda nomi chiqqan ayollar) nomli
tazkira janriga oid asarida nomlari keltirlgan 550 nafar dunyoning to‘rt mintaqalarida
yashab o‘tgan mashxur ayollarning tarixi qalamga olingan [1]. Tazkira tuzilmasiga ko‘ra
sharq xalqlari tarixida sezilarli iz qoldirgan mashhur ayollarning nomlari zikr etilgan.
Ular orasida payg‘ambarlar avlodiga aloqador ayollar, qolaversa ular orasidan yetishib
chiqqan shoiralar, sohoba ayollar, mufossiralar, faqihalar, hadis ilmi bilimdonlari,
mudarrisalar, mug‘oniylar va boshqa soha vakillarining nomlari tilga olingan. Masalan,
Bag‘dod shahrining yirik madrasalaridan birida mudarrislik qilgan va ma’ruzalar o‘qilgan
olim Nasr ibn Ahmadning qizi Shaxdaga “Faxr an-niso‘” ( ayollar iftixori) degan olim
unvon berilgan. U ko‘pkina ilmlar sohibasi, hadislar bilimdoni, husnixatda o‘z mahoratini
namoyon eta olgan. Shu bois, unga “Shahdatul-kotiba” degan e’tiroflar berilgan. U bu
ilmlarni egallash uchun zamonasining mashhur olimlaridan tahsil olgan. Bundan
tashqari, u fiqx va tavhid ilmiga bag‘ishlangan asarlar muallifi hamdir. Yoki, Abdulvahob


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Issue – 3 № 1 (2025) / ISSN 2181-3701

148

ibn Umarning qizi Uzasira mashhur shayxlar qo‘lida tahsil olib, ular qo‘lida mudarrislik
qilish huquqini beruvchi hujjat olib “Sit al-quddat” (shariat qozisi) unvoniga sazovor
bo‘lgan.

Tazkirada muallif turon zaminda yetishib chiqqan temuriy malika Amir Temurning

qizi Sultonbaxt boburiy malikalardan Hamidabonu haqidagi ma’lumotlarni keltirib o‘tadi.

Yoki Eron adabiyotining shox asarlaridan biri, “Hakim sind bot kitobi” bo‘lib, u

adabiyot tarixida “Sind botnoma” yoki “Zuzaroi sab’a”, “Kitobi makruniso” (Xotinlar
makri kitobi) kabi nomlar bilan atalib kelgingan [2]. Asar turli hikoyalardan iborat bo‘lib,
ulardan ayollarning turli yo‘sinda donolik aql bilan muommolarni hal qilganligi xususida
so‘z boradi. Asar Zaxriy Samardaniy qalamiga mansub bo‘lib, Paxnaviy tilidan tarjima
qilingan tasavvuriy asardir. Asar asosan Samoniy Xuroson va Movaraunaxrda xalifalik
tomonidan hukumronlik qilgan sulolalar davrida yaratilgan.

Yurtimiz davrida ham saklarning afsonaviy malikasi va lashkarboshisi To‘maris,

Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiylar nazariga tushgan falakiyotshunos olima
Munajjima, shoirlar Mehri va Bediliy kabi shuhrat va hurmat qozongan ayollarni tilga
olishimiz mumkun. Ayollar olamidan yetishib chiqqan temuriy malikalarning ham tarixda
tutgan o‘rni beqiyosdir.

Darhaqiqat, har qanday saltanat tarixda, ayniqsa, uning bosh raxbarining tarix

sahifasida ma’rifatparvar va bunyodkor yoxud zolim va xiyonotkor sifatida nom qoldirib
ketishida amirzoda va shahzodalarni dunyoga keltirgan malikalar, xos kanizaklar hatto
xaram xizmatida yurgan cho‘ri xizmatkorlarning ham xissasi katta ekanini e’tirof etmay
bo‘lmaydi. Bizgacha yetib kelgan tarixiy manbalarda tarix sahifasining sirli qismini
tashkil etgan saroy ayollari-malikalar, nufuzli oilalar vakillari, xos kanizlarning taqdiri,
ularning saroy muhitida, mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotida tutgan o‘rni, adabiyot,
san’at, me’morchilikni rivojlantirish hizmatlari haqida qimmatli ma’lumotlar mavjudki,
ularni o‘rganish ham alohida ilmiy tadqiqot uchun qiziqarli mavzudir. Bizgacha yetib
kelgan yozma manbaalrda oliy tabaqaga mansub ayollarning hayoti va faolyati butun
tafsilotlari bilan ochiq oydin yoritilmagan bo‘lsa-da, biroq ulardan terib olingan
ma’lumotlar yuqori tabaqa xonimlarining oilasi va davrining barcha o‘ziga xos jihatlari va
qarama-qarshiliklarini o‘zida aks ettirgan quvonch va tashvish, dabdava va xo‘rlik, obro-
e’tibor va zabunlik to‘la taqdirini yoritish imkonini beradi.

Ko‘xna tariximiz saxifalarini varaqlar ekanmiz, bizga faxr va iftixor tuyg‘usini

beruvchi temuriy malikari, ularning davlat boshqaruvidagi ishtirokini alohida ta’kidlab
o‘tish lozim. Bu sulolaning jahon tarixida keng e’tirof etillgan muhim o‘rnida, shubhasiz,
oliynasab malikalarning ham o‘rni katta. Amir Temurning umr yo‘ldoshi, temuriylar
saroyining bosh malikasi Bibixonim (Saroymulk xonim), Shohruh Mirzo ning sevimli
xotini mag‘rur va qat’iyatli Gavharshoxbegim, Milkatxonim, Zahiriddin Muhammad Bobur
Mirzoning opasi Xonzodabegim, qizi Gulbadanbegim, Umarxonning umr yo‘ldoshi
Nodirabegim, Hindistonda hukumronlik qilgan boburiyzoda Avrangzebning qizi Zebuniso
begim shular jumlasidandir.

ADABIYOTLAR TAHLILI

Buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temurning hayoti, markazlashgan davlat

qurish yo‘lidagi faolyati va davlat boshqaruv tizimini, uning vafotidan keyin
temuriylarning toj-taxt uchun olib brogan kurashlarini yoritishga bag‘ishlangan tarixiy
manbaalr, ular asosida yaratilgan ilmiy, qolaversa badiiy asarlar talaygina. Ushbu tarixiy
voqealar bayonida temuriy malikalar va oliynasab ayollar taqdiri, ularning farzandlar


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Issue – 3 № 1 (2025) / ISSN 2181-3701

149

tarbiyasida, saroy muhiti, o‘z davri ijtimoiy hayotida tutgan o‘rni muarrixlar e’tiboridan
chetda qolmagan, albatta. Bu borada, jumladan, Nizomiddin Shomiyning “Zafarnoma” [3],
Sharofiddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma” [4], Ibn Arabshoxning,,Ajoyib al-makdur fi tarixi
Taymur [5], Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” [6], Xurshox ibn Qudobning
“Tarixi elchi Nizomshox” [7] kabi nodir qo‘lyozma manbalarni, shunindek xorijiy
mualliflardan ispanyalik elchisi Rui Gonsales de Klavixoning,,Samarqandagi Amir Temur
saroyiga sayohat kundaligi” [7] va venger olimi va sayohi Xerman Vamberning,,Buxoro
yohud Movarounnahr tarixi” [8] kabi tarixiy manbalar, B. Axmedov, A. Ziyo, T. Fayziyev,
P. Ravshanov kabi olimlarning tadqiqotlari, M. Shayxzoda, P. Kodirov, M. Ali, va boshqa
birqator olimlar va yozuvchilarning asarlarida bu mavzuga oid qimmatli ma’lumotlar
uchraydi.

Amir Temur va temuriylar davri tarixi haqida, shunindek bizni qiziqtirgan mavzu

haqida bir muncha keng va qimmatli ma’lumotlar beruvchi dastalbki manbalardan biri
Abdurazzoq Samarqandiyning “Matlai sa’dayin va majmai baxrayn” (Ikki saodatli
yulduzning chiqish va ikki dengizning quyulish joyi) asaridir. “Matlai sa’dayin”dagi
ma’lumotlarning qimmati va ishonchliligi XV–XVI asrlardayoq tarixchilarning e’tiborini
o‘ziga qaratdi va ularning asarlari uchun manba vazifasini o‘tadi, tarixsevar
o‘quvchilarning yuqori bahosiga sazovor bo‘ldi.

Bizgacha Abdurazzoq Samarqandiyning faqat shu asari yetib kelgan. Garchi uning

kichk zamondoshi tarixchi Xondamir uning boshqa asarlari ham bo‘lganligi haqida xabar
bersa-da, u ham faqat “Matlai sa’dayin”ning nomini keltiradi.

Asar ikki jilddan iborat. Birinchi jild boshqa tarixiy manbalar materiallari asosida,

xususan Xofizi Abro‘yning “Zubdat ul-tavorixi Bo‘ysung‘uriy” asari asosida yozilgan
bo‘lib, Amir Temurning markazlashgan davlat tuzish uchun olib brogan kurashlari bilan
bog‘liq voqealar bayoniga bag‘ishlangan va 1394–1405-yillar voqealarini qamrab olgan.

Asarning ikkinchi jildi Amir Temur vafotidan keyin u barpo qilgan ulkan

hududdagi davlatda sodir bo‘lgan voqealar, temuriylarning taxt uchun kurashlari
bayoniga bag‘ishlangan bo‘lib, uch qismdan iborat. Birinchi va ikkinchi qismlarda
Shohruh Mirzo hukumronlik tarixiga oid voqealar qalamga olingan. Birinchi qism
1405-1428/29 yillar voqealarini, ikkinchi qism 1428/29-1447 yillar voqealarini o‘zida
jamlagan. Asar uchunchi qismi 1447-yildan to 1470-yillarga qadar sodir bo‘lgan voqealar
bayoniga bag‘ishlangan. Ma’lumki, bu davr temuriylar hukumronligi tarixida
Samarqandda Ulug‘bek Mirzo va Xurosonda Shohruh Mirzo ning uzoq davom etgan va
nisbiy barqarorlikda kechgan hukumronligidan keyin yuzaga kelgan suronli voqealar va
taxt vorislarining tez-tez almashinuvida kechdi. Bu suronli davrda Xurosonda Xirot
taxtini so‘nggi temuriylardan biri Sulton Husayin Bayqaro egallagandan keyin davlatning
siyosiy-ijtimoiy hayotida biroz osoyishtalik o‘rnatildi va bunda buyuk shoir va davlat
arbobi Alisher Navoiyning ham xizmatlari katta bo‘ldi. Muallif asarning bu qismida bayon
qilingan ko‘p tarixiy voqealarning bevosita guvohi bo‘lgan va o‘zi ham ularning
ayrimlarida shaxsan ishtirok etgan.

“Matlai sa’dayin” o‘rta asr fors tilida yozilgan. Abdurazzoq bu asarni asosan

1467–1470-yillar orasida yozib tamomlagan. O‘rta asr tarixiy adabiyotining ushbu
durdonasi bilan o‘quvchilar uning o‘zbek tiliga amalga oshirilgan tarjimasi bo‘yicha
tanishish imkoniga egadirlar. Asarning ikkinchi qismini fors tilidan hozirgi zamon o‘zbek
tiliga tarjima qilib, unga keng so‘z boshi yozgan va unga tegishli izohlar bilan ta’minlab
nashrga tayyorlagan sharqshunos olim, tarix fanlari doktori, O‘zbekiston Respublikasi fan


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Issue – 3 № 1 (2025) / ISSN 2181-3701

150

arbobi Asomiddin O‘rinboev o‘z ilmiy faolyatining katta qismini Abdurazzoq
Samarqandiy va uning asari tadqiqiga bag‘ishladi. Asarning aynan mana shu qismi,
olimlar fikricha, ayniqsa, qimmatli va orginaldir. Shuni ham ta’kidlab o‘tish lozimki, bu
qimmatli tarixiy manbaning ayrim ma’lumotlari XIX–XX asr yevropa tarixiy adabiyotida
o‘z ifodasini topdi, uning ayrim qismlari fransuz, ingliz, rus va ayrim boshqa tillarga
tarjima qilindi. Biroq dastlabki to‘liq ilmiy tarjima o‘zbek tilida amalga oshirildi [9].

Asarda Xuroson va Movarounnaxrda ro‘y bergan asosiy tarixiy voqealar hijriy yil

hisobida solnoma tarzida yilma-yil bayon etilgan. Bu yillar boblarning nomidayoq
ko‘rsatilgan. Masalan: “Sakkiz yuz ellik to‘rtinchi (1450) yil voqealari” va h.k. Boblar o‘z
ichiga yana shu yili sodir bo‘lgan ayrim voqealarga bag‘ishlangan kichik-kichik fasllarga
bo‘linadi.

TAHLILLAR VA NATIJALAR

Muallif hayoti va faolyatiga to‘xtalib o‘tsak. Uning to‘liq qismi Kamoluddin

Abdurazzoq, otasining ismi Jaloluddin Isxoq Samarqandiydir. Abdurazzoq Samarqandiy
1413-yil 7-noyabrda Hirot shahrida tug‘ilgan. 1482-yilda shu shaharda vafot etgan. Uning
“Samarqandiy” nisbasi bilan shuhrat topganiga kelsak, otasi Jaloluddin Isxoq asli
Samarqandlik bo‘lib, temuriylar saroylarida nufuzli lavozimlarni egallagan va keyinchalik
Hirotga hizmat yuzasidan kelib qolgan. Aniqrog‘i Shohruh saroyida mulozimlikda bo‘lib,
shox o‘rdasi (lashkarida) imomlik va qozilik lavozimida ishlagan. Abdurazzoq
Samarqandiyning o‘zi ham keyinchalik hizmat yuzasidan Samarqandda bir necha marta
bo‘lib, bu yerda uzoq vaqt turgan vaqtlari ham bo‘lgan. Muallif asarida o‘zi haqida maxsus
ma’lumot keltirmaydi, balki ayrmi voqealar bayoni davomida ular bilan bog‘liq holda bu
haqda ayrim ishoralarni uchratishimiz mumkun. Masalan. Asarning bir o‘rnida o‘zi
haqida,, diniy ilmlarni taxlil qilish asnosida” degan ishoradan ko‘rinadiki, u Hirot
madrasalarida taxsil olgan. Ma’lumki, bu davrda Hirotda bo‘lajak tarixchining madrasa
ta’limini olishi uchun butun sharoitlar mavjud edi.

Nufuzli davlat lavozimlarida bo‘lgan otasi, o‘z davrining ma’rifartli kishilari sifatida

tanilgan akalari yordamida Abdurazzoq Samarqandiy kelajakda sinchikov tarixchi
bo‘lishga, Shohruh Mirzo saroyida yuqori lavozimlarni egallashga loyiq bilim egasi bo‘lib
yetishadi. Madrasa ta’limini yakunlagach, 24 yoshli (1437/1438) yosh tolibi ilm
temuriylar saroyiga xizmatga taklif qilindi. Hayotida sodir bo‘lgan bu voqeaning
tafsilotlarini tarixchi o‘z asarida ancha to‘liq bayon etadi: u mashhur arabshunos
olimlardan birining arab tili grammatikasiga izoh yozib, uni Shohruh Mirzo ga bag‘ishladi
va saroy majlislaridan birida uni hukumdorga topshirdi. Yosh olimning ishi bilan
tanishgan Shohruh uni shaxsan sinovdan o‘tkazdi va diniy masalar bo‘yicha maslahatchi
lavozimiga tayinlanadi. Ikki yil o‘tib, saroydagi hasadgo‘ylar Abdurazzoq Samarqandiy
egallab turgan lavozimiga loyiq bilimga ega emas degan gap tarqatdilar. Shunda Shohruh
Mirzo Hirotning taniqli fiqxshunoslari va saroy a’yonlari hozirligida shariat masalalari
bo‘yicha uni imtixon qildi. Bu imtixon Abdurazzoqning o‘z tengdoshlari o‘rtasida ancha
yuqori bilimga ega ekanini isbotlab berdi. Shundan so‘ng bo‘lajak tarixchi temuriylar
e’tiborini o‘ziga yanada kuchliroq qaratdi, ularning ishonchini qozondi va davlat ishlarida
ham faol qatnasha boshladi, Shohruh Mirzo topshirig‘iga ko‘ra diplomatik va elchilik
aloqalariga oid ishlar bilan ham shug‘ullandi. 1442-yilning yanvaridan to 1444-yilning
dekabrigacha Shohruh Mirzo topshirig‘i bilan Abdurazzoq Samarqandiy Janubiy
Hindistondagi port shahar Kal’kutaga va Vijayanagar davlatiga diplomatik topshiriq bilan
borgan elchilarga boshchilik qildi. Keyinchalik ham ayrim davlatlarga elchi qilib


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Issue – 3 № 1 (2025) / ISSN 2181-3701

151

yuborildi. Abdurazzoq Shohruh Mirzo ning vafotidan keyin ham davlat ishlarida faol
ishtirok etdi, Xuroson bilan boshqa davlatlar o‘rtasida hamda temuriylar o‘rtasida turli
masalarga tegishli diplomatik yozishmalarni olib borishda qatnashib keldi.

1451-yilda Xuroson davlati poytaxti Hirotda taxtni Abdulqosim Bobur egallagach,

bu davrga kelib, davlatning nufuzli davlat arboblaridan biri sifatida tanilgan Abdurazzoq
Samarqandiy uning hizmatida bo‘ldi, safarlarida unga hamroxlik qildi. Taft shahriga
qilingan safarlardan birida tarixchi,,Zafarnoma” ning muallifi Sharofiddin Ali Yazdiy bilan
uchrashdi. Taxtni Abu Said Mirzo egallagach, Yoshi elliklarga borib qolgan Abdurazzoq
26 yillik xizmatdan keyin saroy ishlaridan uzoqlashdi. Saroydagi baland mansablar
tarixchiga moddiy naf keltirmadi. Bu haqda tarixchining o‘zi 867-yil (1462/1463)
voqealariga bag‘ishlangan bobda shunday xabar beradi:,,Shu yili (ushbu) varaqlarni
(yozib) to‘plovchi Abdurazzoq ibn Isxoq tiriklik tansiqligidan biroz shikoyat qilib yurgan
edim, dorussaltana Hirotning akobir va ayonlari humoyun (Shohruh ) honaqohining
shayxlik mansabi bu faqriga topshirilishini durust maslahatdan, deb topdilar. Uchinchi
jumod al-avval (1463-yil 24-yanvar) yakshanba kuni amirlar, vazirlar va axoli tashrif
buyurib yeg‘ildilar va shayxlik mansabini (menga) topshirdilar [10]. Bu kamtarona
lavozim Abdurazzoq Samarqandiyga turmush kechirish uchun biroz mablag‘ keltirdi vas
hu bilan birga temuriyzodalarning hukumronlik uchun olib borgan muttasil
kurashlaridan, siyosiy tala- to‘plaridan, fitna to‘la saroy muhitidan uzoqlashish, osoyishta
ijod qilish imkonini berdi. U o‘z nomining tarix sahifalarida abadiy muhrlanib qolishiga
sabab bo‘lgan. “Matlai sa’dayn” asarini yozishga kirishdi va bu ishni muvaffaqiyatli
yakunladi.

Asarda o‘rni bilan matn mazmunini to‘ldirib yoki izohlab keladigan ko‘plab Qur’on

oyatlari, hadislar keltrilgan, shuningdek boshqa shoirlarning va mualliflarning o‘z ijod
namunalaridan misollar berilgan. Bu she`riy namunalar, bir tomondan, muallifning o‘zi
ham iste’dodli shoir bo‘lganidan dalolat bersa, ikkinchi tomondan, uning adabiyot tarixi
va diniy ilmlardan yaxshi xabardor bo‘lganini ko‘rsatadi. Hajman yirik bo‘lgan bu asarda
temuriy malikalarga alohida bob yoki qism ajratilmagan bo‘lsada, voqealar rivojida ular
haqida ko‘plab ma’lumotlar keltrilgan.

Asar sahifalarida Gavharshodbegimning ismi eng ko‘p uchraydiki, bu yana bir bor

malikaning o‘z davri tarixiy voqealarida yetakchi o‘rin egallaganini isbotlaydi.

Temuriylar xonadoniga mansub malikalar va oliynasab ayollar haqida gap ketar

ekan, bu ajoyib hilqatning sardori, Amir Temurning umr yo‘ldoshi, o‘zining yuksak idroki,
farosati, aql-zakovati, husn-latofati bilan sohibqironning alohida hurmatiga sazovor
bo‘lgan, uning tomonidan “katta xonim” yoki, “Bibixonim” unvoniga noil bo‘lgan
Saroymulk xonimni tilga olmaslikni iloji yo‘q. Tarixiy manbalarda aytilishicha, Amir
Temur markazlashgan davlat tuzib, uni yetti yil boshqargach, qolgan vaqtlarini ko‘proq
poytaxtdan yiroqda, davlat chegarlarini kengaytirish va mustahkamlash uchun kechgan
jangu jadallarda o‘tkazdi, bu davrda davlat ishlarini rasman tayinlangan hokimga
topshirar ekan, shu bilan birga aqlu zakovatda tengsiz Saroymulk xonimning
tadbirkorligi, oqilligi, zukkoligiga ham qattiq ishonar edi. Bu bilan sohibqiron malikaning
boshqaruv ishlaridagi o‘rnini ham belgiladi.

Bibixonim nomi tarix sahifalaridan temuriylar davri ilmi va maorifi rivojiga hissa

qo‘shgan malika sifatida ham o‘rin olgan. Uning homiyligida Samarqandda bir nechta
madaniy – ma’rifiy inshootlar barpo qilingan. Jumladan, bunday inshootlardan biri
Bibixonimning o‘z mablag‘lari hisobidan qurilgan madrasa edi. Madrasa barpo qilishni


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Issue – 3 № 1 (2025) / ISSN 2181-3701

152

rejalashtirgan malika Amir Temurdan ijozat so‘raydi. Hukumdorning roziligini olgach,
madrasa qurilishiga sarflaydi va mohir ustalar ishtirokida madras ani bunyod etadi.
Uning yonida esa jome masjidini ham qurib bitkazdi.

Ammo sohibqironning vafotidan so‘ng Bibixonim toj-taxt uchun kurashda faqat

o‘z manfaatlarini ko‘zlagan va bu yo‘lda har qanday razillikdan qaytmagan temuriy

shahzodalarning e’tiboridan chetda qoldi. Tarixchi Ibn Arabshohning bergan

ma’lumotlariga ko‘ra, temuriylar saroyining birinchi malikasi Bibixonim Amir Temurning

nabirasi shahzoda Halil Sulton Mirzoning xotini Shodi Mulk tomonidan zaharlab

o‘ldiriladi. Vaholanki, u Halil Sulton tarbiyasiga katta hissa qo‘shgan, Shodi Mulkka ham

mehr-muhabbat ko‘rsatgan inson edi.

Saroymulk xonim (Bibixonim) nufuziga ko‘ra, Temuriylar sulolasining buyuk

malika bo‘lgan, albatta, ammo u yagona bo‘lmagan. Tarixiy manbalarda Amir Temur va

temuriy shahzodalarga qarashli ayrim boshqa malikalarning ham saroy hayoti va davlat

boshqaruvdagi o‘rni va ishtiroki haqida ma’lumotlarni uchratish mumkun. Bu

ma’lumotlarni tasdiqlovchi manbalardan biri Ispanya elchisi Rui Gonsales de Klavixoning

kundaliklaridir. U 1403–1406-yillari Amir Temur saltanati va uning shukuhli poytaxti

Samarqandda bo‘lib, bu yerdagi saroylarda bo‘lib o‘tgan shoxona bazmlarga bir necha

bor taklif qilingan va bunday tashriflar paytida bazmlarda hukm surgan va o‘zi bevosita

shohidi bo‘lgan ko‘zlarni qamashtiruvchi dabdaba va amal qilgan tartib-qoidalar bilan bir

qatorda, hukumron tabaqa vakillari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar, saroy hayotida

ayollarning ishtiroki haqidagi o‘z kuzatuvlarini ham qalamga olgan. Ayniqsa, saroy

malikalari hamda ularning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida tutgan o‘rni haqida

e’tiborga molik ma’lumotlarni keltirgan. U saroyda bo‘lib o‘tgan bazmlardan biri haqida

shunday yozadi: 1404-yilning 23-sentabrida podsho (Amir Temur) Bog‘i Dilkushoda

katta bazm berib, elchilarni ham unga taklif qildi. To‘yga ko‘p mehmonlar kelishdi … rosa

o‘yin kulgi, xursandchilik bo‘ldi. Podshoning xotinlari, avvalgi to‘ylardagi singari yasan-

tusan kiynishib bazmda hozir bo‘ldilar, erkaklar bilan o‘yin kulgu qildilar [11].

Shu o‘rinda yana bir temuriy malika – Milkat og‘a (asl ismi Mulk og‘a bo‘lgan)

haqida to‘xtalib o‘tish lozim. Milkat og‘a o‘z davrining nufuzli kishilardan biri bo‘lgan Xizr

o‘g‘lonning qizi bo‘lgan. U avval Amir Temurning ikkinchi o‘g‘li Umarshayx Mirzoga

turmushga chiqqan va undan ikki o‘g‘il farzand ko‘rgan. Umarshayx Mirzoning bevaqt

o‘limidan so‘ng, sohibqiron bu kelinini nihoyatda hurmat qilganligi va qadrlaganligi bois,

uni 26 yoshida 18 yoshli Shohruh Mirzo o‘z nikohiga oladi. Milkat og‘a undan ham ikki

o‘g‘il (Jahonshoh va Suyurg‘atmish) farzand ko‘radi. Shohruh Mirzo Amir Temurning

to‘rtinchi o‘g‘li bo‘lib, hukmdorning vafotidan so‘ng poytaxti Hirot bo‘lgan Xuroson

o‘lkasiga uzoq yillar davomida hukmronlik qiladi. Uning deyarli qirq yillik hukumronligi

o‘lkada nisbatan tinchlik va osoyishtalik hukm surgan davr bo‘ldi, saroy kutubxonasi

ancha kengaydi, obodonchilik ishlari rivojlandi. Bu ishlari Milkat og‘a begim ham

hizmatlari bor. U Gavharshohbegim kabi, Hirotda bu ishlarga o‘z ulushini qo‘shdi.

Uning homiyligida shifoxona, “Dor ul-hadis” nomli xonaqoh, ikkita hammom, rabot,

Balx shahrida madrasa bino qilindi. Milkat og‘a 1441-yilda vafot etgan va o‘zi qurdirgan

Balx shahridagi madrasa gumbazi ostiga dafn etilgan. Alisher Navoiyning e’tibori tufayli u

barpo qilgan ayrim inshootlar asr oxiriga qadar obod bo‘lib turgan.

Sharq mamlakatlari tarixiga oid XIV–XVI asrlarda yaratilgan bir qator yozma

manbalarda Temuriy Mirzo va malikalar hayotiga doir ko‘plab malikalar uchraydi.

Bu manbalar orasida xronolgik jihatdan tarixiy voqealar bayon etilgan, Fasx Axmad

ibn Jaloliddin Muhammad al-Havofiy qalamiga mansub “Mujmali Fasxiy”ning o‘zgia xos

o‘rni bor.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Issue – 3 № 1 (2025) / ISSN 2181-3701

153

Bu asar tahliliga oid ma’lumotlar akademik D.Yusupova tomonidan fors-tojik

tilidan rus tiliga tarjima qilingan va Fosix Ahmad al-Havofiy. “Fasixov svod” nomi bilan

1980-yilda ilmiy jamoatchilikka taqdim etildi. Asarda temuriylar shajarasining

manbadagi xronologik davri 1336–1442-yillarda qamrab oladi. Aynan mazkur davrda

manbada qayd etib o‘tilgan Temuriy malikalar sonini aniqlash muhim ahamiyat kasb

etadi. Shu bois Temuriy malikalar shajarasini, ularning nomlarini “Mujomali Fasixiy”da

tilga olingan, xronologik tartibda ma’lumotlarni aniqlash imkonini berdi. Unga ko‘ra,

asarda tilga olingan malikalarning hayotiga oid ma’lumotlar mazmun mohiyatiga ko‘ra

bir necha guruhlarga ajratish mumkun. Asar muallifi, taxminan o‘ttizga yaqin

malikalarning nomlarini tilga olar ekan, ularning qaysi amir, shahzodalarning nikohida

ekanligi, farzandlari, kelib chiqish avlodlari. Saroy malikalari orasida mavqei haqida

ma’lumot beradi. Dastlab buyuk sarkarda Amir Temur shajarasini tashkil etgan, shaxsan

uning haramiga, nikohiga tegishli bo‘lgan nomlarini aytib o‘tadi. Malikalar To‘qalxonim,

Dilshod og‘a, Tumon og‘o, Saroymulkxonim, Ruhparvarxonim va Amir Temurdan

farzandlari bo‘lgan ayrim xos kanizalar shular jumlasidandir.

Keyingi bosqichda Amir Temurning farzandlari Amirzoda Jahongir Mirzo nikohida

bo‘lgan xorazimlik malikalar Xonzodabegim, Maryamsultonbegim, Ruqiyasultonbegim,

Amirzoda Mironshohga nikohlangan malikalar Xonzodabegim (Javohir Mirzo vafotidan

so‘ng, Mironshoh nikohiga kiritilgan) va Umarshayx nikohida bo‘lgan Sevinch Qutlug‘

og‘a, Milkat og‘a vanihoyat Shohruh Mirzo nikohidagi malikalar Gavharshodbegim

(Umarshayx Mirzoning vafotidan so‘ng, Milkat og‘a Shohruh Mirzo ga nikohlanadi).

Tarixchi olim Ashraf Ahmedov “1394-yilda Shohruh ning katta o‘g‘li Mirzo

Ulug‘bek tug‘ilganda ayanan shu yili Shohruh Mirzo ning ikkinchi o‘g‘li (boshqa

xotinidan) Ibrohim sulton tug‘iladi. Ammo Ibrohim sultonning onasi kim eknaligi haqida

ma’lumot yo‘q ekanligi qayt etib o‘tadi [12]. Fosiq Havofiy Amir Temur hayotligida va

vafot etganida uning farzand nabiralarini sanab o‘tar ekan, ular orasidagi ayrim

malikalarning nomlarini keltirsada ayrimlarini noma’lum ekanligiga izoh beradi. Nomlari

ma’lum bo‘lgan malikalar orasida Amir Temurning onasi Qutlug‘ turkan og‘a qizi, qizi

malika Sulton, Baxrbegim, Mirzo Ulug‘bekning qizi, malika Hasiba sulton Xonzodabegim.

Jahongir Mirzoning nikohiga kiritilgan Shohruh Mirzo ning qizi malika Maryam Sulton

begim, Amirzoda Mironshohning qizi malika Og‘a begim, Jahongir Mirzoning qizi malika

Uga begim, shahzoda Muhammad sultonning qizi malika Xonzodabegim, shahzoda

Suyurg‘atmishning qizi Shohruh Mirzoning nabirsai, uning yana bir nabirasi shahzoda

Boysung‘ur Bahodirning qizining nomlari keltirilgan. Temuriylar shajarasini tuzgan

Fosix G‘avofiy malikalar nomlarini bevosita temuriylar saroylarida o‘tkazilgan bayram

tadbirlari, to‘y marosimlari bilan bog‘liq. Ma’lumotlar asnosida tilga olib o‘tadi.

Shuningdek, malikalarning hayotlarida ro‘y bergan salbiy yoki ijobiy holatlar, yoki

bunyodkorlik faolyati bilan bog‘liq tarixiy voqealarga oid ma’lumotlar tasvirida ularning

nomlarini, ularning xizmatlari tasvirini beradi. Shajarada hatto, malikalarning davlat

siyosati faolyatidagi ishtiroki, ularning vafoti, qatli bilan bog‘liq sanalar bilan bog‘liq,

ma’lumotlar orasida ham ularning nomlari uchraydi. Yuqorida ismlari keltrilgan misollar

temuriy malikalar nafaqat oilada, balki davlat boshqaruvida uning ijtimoiy hayotida

anchayin baland o‘rin egallaganidan guvohlik beradi.

Manbalarda Xuroson hukmdori Shohruh Mirzoning xotini va Mirzo Ulug‘bekning

onasi, Shohruh saroyining bosh bekasi Gavharshodbegim taqdiriga murojaat qilamiz.

Ma’lumki, Gavharshodbegim o‘z davrining barcha muhim voqealari markazida bo‘lgan va

ularga o‘z ta’sirini o‘tkazishga harakat qilgan malikadir.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Issue – 3 № 1 (2025) / ISSN 2181-3701

154

Bir qator tarixchi olimlar va yozuvchilar sobiq sho‘rolar davrida ham temuriylar

tarixini, ularning ayrim namoyondalarining taqdirini o‘rganish va yoritishga qo‘l
urganlar, bu mavzuda badiiy asarlar ham yaratilgan. Ularning mualliflari asar
kompozitsiyasida temuriy malikalar obrazlarini ham u yoki bu darajada yoritganlar.
Masalan, G.N.Goluboyev o‘zining,,Ulug‘bek” nomli risolasida Ulug‘bekning shaxsi,
hukumronlik davri va ayniqsa, ilmiy merosi haqida keng ma’lumotlar berish barobarida,
uning onasi Gavharshodbegim haqida qisqa qisqa to‘xtalib o‘tadi: bunda malikaning
shaxsiyati, aql-u zakovatini ta’riflovchi so‘zlar Ulug‘bek tilidan bayon qilingan. Onasi
haqida gapira turib Ulug‘bek “

Onamning ismi-yu, ko‘zlarigina gavhar emas, balki aqli ham

gavhar ekan”

[13] – deydi. O‘g‘lining tilidan onaga berilgan bunday baho aqli ham, nigohi

ham o‘tkir qat’iyatli ekaniga ishora qiladi.

Istiqlol

o‘zbek

xalqining

shavkatli

o‘tmishi,

qadimiy

davlatchilik

tarixi,umumbashariy milliy-madaniy qadriyatlarini, jahon ilm- fani rivojiga munosib
hissa qo‘shgan buyuk siymolarining hayoti va ijodini yanada kengroq va chuqurroq
tadqiq etish, muhimi, ularga holisona baho berish uchun katta imkonyat yaratdi. Hozirda
tariximizning kam o‘rganilgan sahifalarini yoritishga bo‘lgan ehtiyoji avvalgidan ko‘ra
ham ortib bormoqda. Shu nuqtayi nazardan ulkan markazlashgan davlat asoschisi, buyuk
sarkarda Amir Temurning hukmronlik davrini, sulolaning alohida vakillarining taqdirini
asl manbalar asosida o‘rganish bugungi kunda yanada dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Bu masalani teran anglagan tarixchi olimlar bu yo‘lda qator ilmiy tadqiqot ishlarini olib
bordilar. Bu o‘rinda tarixchi olimlar bu yo‘lda qator ilmiy tadqiqot ishlarini olib bordilar.
Bu o‘rinda tarixchi olimlar B. Axmedov, A. O‘rinboyev, A. Axmedov, U. Urvatovlarning
hizmatlari alohida ahamiyatga egadir.

Xususan, B. Axmedovning “Tarixdan saboqlar” [14], “Amir Temurni yod etib” [15],

A. Axmedovning “Ulug‘bek Muhammad Tarag‘ay [16] kabi ilmiy asarlarida Amir Temur
davri bilan bog‘liq ma’lumotlar zamirida temuriy malikalar Bibixonim va
Gavharshodbegim haqida, qisqa bo‘lsa-da, qimmatli ma’lumotlarni keltiirb o‘tganlar.
Tarixchi olim Azamat Ziyoning tadqiqotlaridan biri o‘zbek davlatchiligi tarixiga
bag‘ishlangan bo‘lib, unda temuriylar sulolasi haqida, malikalar, xos kanizlar va ularning
farzandlari, nabiralari haqida xronologik tartibda qimmatli ma’lumotlar keltirilgan [17].

Temuriy davri tarixiga bag‘ishlangan badiiy asarlar qatorini so‘nggi yillarda

iste’dodli yozuvchu Shahodat Isaxonova davom etirdi. Uning ikki qismdan iborat “Turon

malikasi” nomli tariixy romanida ulug‘ Amir Temur xonadoning bosh malikasi Bibixonim,

malikalar Tuman og‘a, Ruhparvar og‘a, Kichik xonim, To‘qal xonim kabi shon shuhratli

malikalari qatorida, temuriylar xonadoning nufuzli kelini Gavharshodbegim obraziga

ham katta o‘rin ajratilgan. Bu oliy maqom ayollar hayotining yulduzli onlariyu saltanat

savodosi boshlariga solgan hatarli kunlari o‘sha davrning tarixiy voqealari manzarasida

haqqoniy aks ettirilgan. Romanda muallif tarixiy manbalarga tayangan holda

Gavharshodbegimning badiiy obrazini mahurat bilan yaratgan va uni asar

kompazitsasiga ishonarli singdira olgan. Romanning bu javhalarida malikaning shaxsiy

hislatlari, uning o‘g‘li – Movarounnahr hukumdori va olim Ulug‘bek o‘rtasida keyinchalik

avj olgan kelishmovchiliklarni keltiirb chiqargan sabablar o‘zining nokiz badiiy ifodasini

topgan. Ulug‘bekning yoshlik yillariga bag‘ishlangan asar lavhalaridan birida shunday

satrlarni uchratamiz: “Gavharshodbegim erining aksi o‘laroq, qatiyatli, shadod lekin

g‘oyat tadbirkor ishbilarmon aqilli ayol edi. Shu boisdanmi, Ulug‘bek Mirzo onasi bilan

xuddi Bibisi (ya’ni Bibixonim-muallif) kabi ochilib gaplasha olmas, salobati bosibmi,


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Issue – 3 № 1 (2025) / ISSN 2181-3701

155

yo boshqa sababdanmi, tezgina suhbatga yakun yasar, otasining o‘rdasida qolish

imkonyati bor vaqtlarda ham Bibixonim bilan ketishga harakat qilar edi. O‘g‘lining bu fe’li

Gavharshodbegimning nafsonyatiga tegib, jahlini chiqarsa-da, o‘zini bosar va unga

bildirmas edi [18]. Sh.Isaxonova asariga yozgan so‘ng so‘zida adabiyotshunos-olim,

tarjimon Ibrohim G‘offurov muallif haqida:,,Uning badiiy fantaziyasi … Voqealikni tagi

yo‘q yolg‘on oldi-qochdilar bilan to‘ldirmaydi, ko‘pirtirmaydi, voqealikni bezab-bejab

ko‘rsatmaydi. Tarixni lirik epkin bilan qamrab oladi va lirik nigoh bilan kuzatadi deb

yozganida [19], to‘la haqli edi.

XULOSA

Yuqorida sanab o‘tilgan manbalar qaysidur ma’noda tanlangan mavzuning

mohiyatini yoritishda xizmat qilsa, boshqa jihatdan tarixiy mavzuni yoritishning

usullarini va yo‘llarini ko‘rsatishda uslubiy yordam berishi bilan ahamiyatlidir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Rizouddin Faxriddin o’g’li. Mashhur xotunlar – Toshkent: Navro’z, 2019.

2.

Zaxriy Samarqandiy. Xotunlar makri. Toshkent G’.G’ulom nomidagi nashiryot

matbuot birlashmasi 1992-yil.

3.

Nizomiddin Shomiy. Zarafshon / Fors tilidan o’guruvchi Yunusxon Xakimjonov.

Tarjimani qayta ishlab nashrga tayyorlovchi va ma’sul muxarrir Asomiddin O’rinboyev-

T. O’zbekiston, 1996.

4.

Sharafiddin Ali Yazdiy. Zafarnoma / So’zboshi, tabdil, izohlar va ko’rsatkichlar

mualliflari Ashraf Axmad, Xaydarbek Bobobekov. T.Sharq, 1997

5.

Ibn Arafshox. Ajoyib al-makdur fi tarixi Taymur / So’zboshi, arab tilidan tarjima

va izohlar muallifi U. Uvatov. – T.Mehnat, 1992. I-II kitob.

6.

Zahiriddin Muhammad Bobur. Boburnoma -T.O’qituvchi, 2008

7.

Xandamova M. Tarixi elchi Nizomshox. – T. Yangi nashr, 2012.

8.

Rui Gonsales de Klavixo. Samarqanddagi Amir Temur saroyiga sayohat kundaligi

(1403-1406 yillar)- T. O’zbekiston, 2010

9.

Xerman Bamberi. Buxoro yohud Movarounnaxr tarixi- T. 1990.

10.

Abdurazzoq Samarqandiy. Matlai sa’dayin va majmai baxrayin. II jild, birinchi

qism / fors tilidan tarjima va izohlar muallifi Asomiddin O’rinboev – T. O’zbekiston, 2008:

Abdurazzoq Samarqandiy. Matlai sa’dayin va majmai baxrayin. II jild, uchinchi qism / fors

tilidan tarjima va izohlar muallifi Asomiddin O’rinboev – T. O’zbekiston, 2008.

11.

Abdurazzoq Samarqandiy. Matlai sa’dayn va majmai baxrayn. II jild, uchinchi

qism. 537-bet.

12.

Rui Gonsales de Klavixo. Samarqandagi Amir Temur saroyiga sayohat kundaligi

(1403 yillar),118- bet.

13.

Ashraf Ahmedov. Mirzo Ulug’bek Tarag’ay ( Buyuk siymolar ) Toshkent,

O’zbekiston 2011 3-bet.

14.

Goluboev G.N.Ulug’bek. – T. Yosh gvardiya, 1962 65- bet.

15.

Axmedov B. Tarixdan saboqlar- T. O’qituvchi 1994.

16.

Axmedov B. Amir Temurni yod etib- T. O’zbekiston 1996.

17.

Axmedov A. Ulug’bek Muhammad Tarag’ay- T. Xalq merosi 1994.

18.

Azamat Ziyo. O’zbek davlatchilik tarixi. Eng qadimgi davrdan Rossiya bosqiniga

qadar- T. Sharq 2000.

19.

Isaxonova, Shaxodat. Turon malikasi (Tarixiy roman)- T. Kamalak-press, 2014

18-bet.

Библиографические ссылки

Rizouddin Faxriddin o’g’li. Mashhur xotunlar – Toshkent: Navro’z, 2019.

Zaxriy Samarqandiy. Xotunlar makri. Toshkent G’.G’ulom nomidagi nashiryot matbuot birlashmasi 1992-yil.

Nizomiddin Shomiy. Zarafshon / Fors tilidan o’guruvchi Yunusxon Xakimjonov. Tarjimani qayta ishlab nashrga tayyorlovchi va ma’sul muxarrir Asomiddin O’rinboyev- T. O’zbekiston, 1996.

Sharafiddin Ali Yazdiy. Zafarnoma / So’zboshi, tabdil, izohlar va ko’rsatkichlar mualliflari Ashraf Axmad, Xaydarbek Bobobekov. T.Sharq, 1997

Ibn Arafshox. Ajoyib al-makdur fi tarixi Taymur / So’zboshi, arab tilidan tarjima va izohlar muallifi U. Uvatov. – T.Mehnat, 1992. I-II kitob.

Zahiriddin Muhammad Bobur. Boburnoma -T.O’qituvchi, 2008

Xandamova M. Tarixi elchi Nizomshox. – T. Yangi nashr, 2012.

Rui Gonsales de Klavixo. Samarqanddagi Amir Temur saroyiga sayohat kundaligi (1403-1406 yillar)- T. O’zbekiston, 2010

Xerman Bamberi. Buxoro yohud Movarounnaxr tarixi- T. 1990.

Abdurazzoq Samarqandiy. Matlai sa’dayin va majmai baxrayin. II jild, birinchi qism / fors tilidan tarjima va izohlar muallifi Asomiddin O’rinboev – T. O’zbekiston, 2008: Abdurazzoq Samarqandiy. Matlai sa’dayin va majmai baxrayin. II jild, uchinchi qism / fors tilidan tarjima va izohlar muallifi Asomiddin O’rinboev – T. O’zbekiston, 2008.

Abdurazzoq Samarqandiy. Matlai sa’dayn va majmai baxrayn. II jild, uchinchi qism. 537-bet.

Rui Gonsales de Klavixo. Samarqandagi Amir Temur saroyiga sayohat kundaligi (1403 yillar ),118- bet

Ashraf Ahmedov. Mirzo Ulug’bek Tarag’ay ( Buyuk siymolar ) Toshkent, O’zbekiston 2011 3-bet.

Goluboev G.N.Ulug’bek. – T. Yosh gvardiya, 1962 65- bet.

Axmedov B. Tarixdan saboqlar- T. O’qituvchi 1994.

Axmedov B. Amir Temurni yod etib- T. O’zbekiston 1996

Axmedov A. Ulug’bek Muhammad Tarag’ay- T. Xalq merosi 1994

Azamat Ziyo. O’zbek davlatchilik tarixi. Eng qadimgi davrdan Rossiya bosqiniga qadar- T. Sharq 2000

Isaxonova, Shaxodat. Turon malikasi (Tarixiy roman)- T. Kamalak-press, 2014 18-bet