Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika –
Зарубежная лингвистика и
лингводидактика – Foreign
Linguistics and Linguodidactics
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics
Metaphor: from definition to typology
Khamida JURAKOBILOVA
1
Karshi State University
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received January 2025
Received in revised form
15
January 2025
Accepted 25
February 2025
Available online
15
March 2025
Since the last decades of the past century, metaphor has
deeply penetrated all aspects of human life, as can be seen from
numerous studies conducted in this field. The development of
cognitive science has greatly contributed to the formation of such
approaches. This research has also been carried out within this
framework, discussing various typologies of metaphor as well as
its linguistic and cognitive analysis. The article explores
metaphor as a linguistic phenomenon that contributes to the
development of human thinking.
2181-3663/© 2024 in Science LLC.
DOI:
https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol3-iss1-pp51-56
This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru
Keywords:
cognitive metaphor,
typology,
linguistic phenomenon,
conceptual system,
concept,
cognitive science.
Metafora: ta’rifdan tipologiyaga
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar:
kognitiv metafora,
tipologiya,
lingvistik hodisa,
konseptual tizim,
konsept,
kognitiv fan.
O‘tgan asrning so‘nggi o‘n yilliklaridan boshlab metafora
inson hayotining barcha jabhalariga chuqur singib ketganligini
bu sohada olib borilayotgan ko‘plab tadqiqotlar misolida ko‘rish
mumkin. Bunday yondashuvlarning shakllanishiga kognitiv
fanning rivojlanishi katta hissa qo‘shdi. Mazkur tadqiqot ham
aynan shu doirada amalga oshirilgan bo‘lib, unda metaforaning
turli tipologiyalari, uning lingvistik va kognitiv tahlili muhokama
qilinadi. Maqolada metafora inson tafakkurining rivojlanishiga
xizmat qiladigan lingvistik hodisa sifatida tadqiq qilingan.
1
Associate Professor, Karshi State University. E-mail: xamidajuraqobilova@gmail.com
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue – 3 № 2 (2025) / ISSN 2181-3701
52
Метафора: от определения к типологии
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
когнитивная метафора,
типология,
языковой феномен,
концептуальная система,
концепт,
когнитивная наука.
С последних десятилетий прошлого века метафора глубоко
проникла во все сферы жизни человека, что можно увидеть на
примере многочисленных исследований, проводимых в этой
области. Развитие когнитивных наук внесло значительный
вклад в формирование таких подходов. Данное исследование
также выполнено в этом направлении, и в нем
рассматриваются различные типологии метафоры, ее
лингвистический и когнитивный анализ. В статье метафора
изучается как лингвистическое явление, способствующее
развитию человеческого мышления.
KIRISH
Ma’lumki, inson miyasi mohiyatan o‘zgaruvchan va nihoyatda yaratuvchandir. Unda
har daqiqada kutilmagan jarayonlar va mexanizmlar sodir bo‘ladi, lekin ular ko‘pincha
oldindan aytish mumkin bo‘lgan o‘xshashliklarni, taqqoslashlarni, solishtirishni keltirib
chiqaradi. Biron narsa yoki hodisaning nomi tez fursatda nimasi bilandir birinchisini
eslatadigan va unga o‘xshash boshqa bir narsaning ma’nosiga aylanishi mumkin. Fanda bu
mexanizm ma’no ko‘chishi deb ataladi va uni metafora deb ham atash mumkin. [2]
Metafora – bu tilshunoslik, falsafa, adabiyotshunoslik va kognitiv fanlarning eng muhim
tushunchalaridan biri bo‘lib, inson tafakkuri va nutqining ajralmas qismidir. U faqatgina
badiiy bezak vositasi emas, balki insonning atrof-muhitni idrok etishi va tushunish
jarayonida muhim rol o‘ynaydigan lingvistik hodisadir.
So‘nggi o‘n yilliklarda kognitiv fanlarning rivojlanishi natijasida metaforaga
yangicha qarash shakllandi va u lingvistik hamda tafakkur jarayonining muhim elementi
sifatida o‘rganila boshlandi. Kognitiv fanda metaforaning ahamiyati uning fundamental
bilish mexanizmi sifatida tushunilishi bilan bog‘liq bo‘lib, uning til vositasidagi ifodalari
inson ongidagi mental tuzilmalarni aks ettiradi. Shu sababli, metaforalar orqali insonning
borliqni idrok etish, turkumlashtirish, baholash va anglash jarayonlarini o‘rganish
mumkin. Metafora nafaqat axborot uzatish, balki badiiy va estetik maqsadlarni ifodalash
vositasi hamdir.
ADABIYOTLAR TAHLILI
Metaforaga bo‘lgan qarashlarning rivojlanish tarixi qadimgi davrlarga borib
taqalgani bois metafora nazariyasining tarixiy sharhiga bag‘ishlangan ko‘plab tadqiqotlar
mavjud. Metafora uzoq vaqt davomida poetika va ritorika doirasida o‘rganilgan bo‘lib, u
adabiyotshunoslikda trop va nutqiy figura sifatida tahlil qilingan. Metaforaning birinchi
tadqiqotchilaridan bo‘lgan yunon faylasufi Aristotel: “Eng tushunarli nutq umumiy
iste’moldagi so‘zlardan iborat bo‘ladi, ammo juda oddiy bo‘ladi. Yuksak va nafis nutq esa
oddiy nutqqa xos bo‘lmagan so‘zlardan foydalanadi. Odatiy bo‘lmagan so‘zlarga glossalar,
metaforalar, cho‘zib aytiladigan ifodalar va odatiy nutqqa kirmaydigan barcha unsurlarni
nazarda tutaman”, deydi. [1] Jerar Szimanskning fikricha: “Metafora bizni haqiqatdan
uzoqlashtirgandek tuyuladi, aslida u bizni haqiqatga yaqinlashtiradi. U biz ko‘p mehnat
evaziga o‘rganishimiz kerak bo‘lgan ikkinchi til emas, balki biz gapirayotgangan birinchi
ona tilimizdir”. [9]
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue – 3 № 2 (2025) / ISSN 2181-3701
53
Kvintilian metaforani “qisqartirilgan o‘xshatish” deb atagan va metafora hamda
o‘xshatish o‘rtasidagi farqni quyidagicha izohlagan: “O‘xshatishda biz tasvirlamoqchi
bo‘lgan predmet nima bilandir qiyoslanadi, metafora esa o‘sha predmetning nomi o‘rnida
qo‘llaniladi. Agar biz odam haqida, u biron narsani sherdek (“как лев”) qildi desak, bu –
o‘xshatish, agar “u – sher” (“он – лев”) desak, bu – metafora”. [3] Sitseron metaforani
dastlab tilning lug‘at tarkibi qashshoqligi zaruratidan paydo bo‘lgani, keyinchalik esa
go‘zalligi va jozibasi sabab uning qo‘llanish ko‘lami kengayganligini ta’kidlaydi. [10] Ispan
faylasufi Хose Ortega-i-Gasset metaforani “ongning ajralmas quroli, ilmiy tafakkurning
shaklidir”, deb ataydi. [11]
Metaforani tushunish Aristotelning “nutq shakli” haqidagi tushunchalaridan buyon
bugungi kungacha sezilarli evolyutsion rivojlanish yo‘lini bosib o‘tdi. Hozirgi vaqtda
metafora falsafa, mantiq, ritorika, lingvistika, kognitiv lingvistika, psixolingvistika,
psixologiya va boshqa ko‘plab fanlar qatorida o‘rganilmoqda.
Kognitiv metafora nazariyasiga asos solgan amerikalik tilshunos olim J. Lakoff va
mashhur faylasuf M. Jonsonlarning ta’kidlashicha: “Metafora odatda faqat tilga xos
xususiyat sifatida, ya’ni tafakkur va harakatdan ko‘ra so‘zlar bilan bog‘liq hodisa sifatida
qaraladi. Shu sababli, aksariyat odamlar metaforasiz ham bemalol tushunish va muloqot
qilish mumkin deb o‘ylashadi. Aksincha, biz shuni aniqladikki, metafora kundalik hayotda
hamma joyda mavjud bo‘lib, nafaqat til, balki tafakkur va harakat bilan ham bog‘liqdir.
Bizning odatiy konseptual tizimimiz, ya’ni fikrlashimiz va harakat qilishimiz, aslida
metaforik tabiatga ega”. [5] “Konseptual metafora bu shunchaki stilistikaning metodi
bo‘libgina qolmasdan, tafakkur va fikrlashning usulidir”. [4]
A. Richardsning ta’rifiga ko‘ra: “Metaforani tilning hamma jabhalarida mavjud tamoyili
ekanligini oson kuzatish bilan tasdiqlash mumkin. Oddiy nutqda biz ketma-ket uchta gapda
ham metafora uchramaydigan holatni deyarli uchratmaymiz. Hatto aniq fanlarning qat’iy
tilida ham metaforadan voz kechish katta sa’y-harakatlarni talab qiladi”. [6]
Bundan kelib chiqadigan xulosa shuki, metafora shunchaki poetik tasavvur va
ritorik bezak vositasi, tilning qo‘shimcha mexanizmi emas, balki insonlarning hayotiy
tajribalari davomida shakllanadigan nutqiy qobiliyati, ongu tafakkuri darajasining
mahsuli, kundalik hayotning ajralmas qismidir. Bir so‘z bilan aytganda “til o‘z mohiyatiga
ko‘ra metaforadir”. Bizning fikrlash tarzimiz, tajribalarimiz va kundalik faoliyat
yuritishimiz katta ehtimol bilan metaforalarga bog‘liq.
TADQIQOT USULLARI
Metaforalar tipologiyasi, uning lingvistik va kognitiv tahlilini tadqiq qilishda
tasniflash, tizimli tahlil, tavsiflash metodlardan foydalanildi.
NATIJALAR VA MULOHAZA
Amerikalik tadqiqotchilar J. Lakoff va M. Jonsonlarning
“Metaphors We Live By”
(“Biz yashaydigan metaforalar”) asari kognitiv lingvistikaning rivojlanishida muhim rol
o‘ynadi. Tadqiqotchilar metaforalar faqatgina badiiy ifoda vositasi emas, balki inson
tafakkuri va dunyoni idrok etish usulining ajralmas qismi ekanligini isbotlab berdi. Ular
insonning fikrlash jarayoni va nutqini shakllantiradigan uchta asosiy konseptual metafora
turini ajratib ko‘rsatdi:
– oriyentatsion metaforalar (fazoviy yo‘nalishga asoslangan);
– ontologik metaforalar (tushunchalarni moddiy narsa yoki obyekt sifatida
ko‘rsatishga asoslangan);
– strukturaviy metaforalar (bir sohaning tuzilmasini ikkinchisiga ko‘chirish). [4]
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue – 3 № 2 (2025) / ISSN 2181-3701
54
Oriyentatsion metaforalar
odatda fazoviy munosabatlarga asoslangan bo‘lib,
insonning jismoniy (tana) va madaniy tajribalari natijasida shakllanadi. Metaforaning
bu turi qarama-qarshi fazoviy tushunchalar (
yuqori-past, ichkari-tashqari, old-orqa,
chuqur-sayoz, markaz-chet
kabi) asosida konseptuallashadi va odamlar o‘z tana
harakatlari va ma’naviy-madaniy tajribalariga asoslanib bu metaforalarni tabiiy ravishda
qabul qiladilar. Mualliflar oriyentatsion metaforalarning har biri uchun konsepsiyalar
bizning jismoniy va madaniy tajribamizdan qanday paydo bo‘lganligini ko‘rsatish uchun
quyidagi oriyentatsion metaforalarni tahlil qilib berdi:
Happy is up/ Sad is down (Baxt–yuqoriga / Qayg‘u–pastga)
Health and life are up (Sog‘lik va hayot – yuqoriga)
Sicknes sand deathare down (Kasallik va o‘lim pastga)
Having controlor force is up / Being subject to contro lorforceis down
(Hokimiyat va kuch yuqoriga / Nazorat va bo‘ysunish pastga)
Tadqiqotchilar Good is up/Bad is down (Yaxshi yuqoriga/yomon–pastga)
oriyentatsion metaforasi uchun baxt, sog‘liq, hayot va kuch, ya’ni yaxshi deb
tavsiflanadigan hamma narsani jismoniy asos sifatida ko‘rsatishadi.
Oriyentatsion
metaforalar
qarama-qarshi
fazoviy
munosabatlar
bilan
xarakterlangani bois, ko‘pgina madaniyatlarda odatda, ijobiy tushunchalar
muhabbat,
sog‘liq, xursandchilik, baxt yuqoriga, g‘am, qayg‘u, kasallik, hasrat
kabi salbiy tushunchalar
esa pastga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Chunki, inson baxtli bo‘lganda ko‘tarinki kayfiyatda, g‘am
chekkanida esa aksincha, tushkin holatda bo‘ladi. Tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, bunday
metaforalarning shakllanishiga insonlarning jismoniy hamda madaniy tajribalari asos
bo‘ladi va ular tarixiy jarayonlarga bevosita bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun ham
oriyentatsion metaforalarning konseptuallashishi turli madaniyatlarda bir-biridan farq
qilishi va turli davrlarda barqaror bo‘lmasligi mumkin. Avval salbiy deb hisoblangan
tushunchalar vaqt o‘tishi bilan yo‘nalishini o‘zgartirishi mumkin. Tadqiqotlar, greklarda
kelajak insonning orqasida, o‘tmish esa uning oldida degan tasavvurlar borligini
tasdiqlaydi. Bu esa o‘tmish insonning xotirasida saqlanib qolishi va inson uchun ma’lum
bo‘lishi, kelajak esa noma’lum bo‘lishi bilan izohlanadi. [7] Morokko, Xitoy xalqlari
tafakkurida ham kelajak-orqada, o‘tmish-oldinda konseptual xaritasi shakllanganining
guvohi bo‘lish mumkin. [8]
O‘zbek madaniyatida ham boshqa xalqlar, jumladan, ingliz madaniyatidagi kabi
Happy is up/ Sad is down (Baxt–yuqoriga / Qayg‘u–pastga)
tushunchalari insonlarning
jismoniy harakatlari bilan bog‘liq “yuqori–past” fazoviy munosabatlari orqali aks etgan
ko‘plab yo‘nalishli metaforalarda namoyon bo‘ladi:
Boshim
osmonga yetdi.
Men baxtdan
yettinchi osmondaman.
Ko‘nglim
tog‘dek ko‘tarildi.
Ko‘nglim
cho‘kdi.
Ko‘nglimga
iztirob tushdi.
Ontologik metaforalarning
kognitiv ta’sir mexanizmi esa inson bilishiga xos bo‘lgan
oddiy qonuniyatga asoslanadi, ya’ni noma’lum narsalar ma’lum narsalar orqali anglanadi.
Insonning individual rivojlanishi, ya’ni ontogenezi
*
jarayonida atrof-muhit bilan o‘zaro
ta’sirga kirishadi va o‘z ongida turli mental tasvirlarni shakllantiradi. Inson dunyo haqidagi
tasavvurlarini cheklangan makon va ichki fazosiga ega obyektlar sifatida
konseptuallashtiradi. Fazoni muntazam ravishda chegaralash orqali insonning ongida
*
Ontogenez (yunoncha ontos – borliq va genez) – organizmning individual rivojlanishi, uning shakllana boshlashidan
hayotning oxirigacha sodir bo‘ladigan ketma-ket o‘zgarishlar majmui.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue – 3 № 2 (2025) / ISSN 2181-3701
55
asosiy ontologik konseptlar shakllanadi. Inson abstrakt tushunchalarni tushunishda ana
shu jismoniy tajribalari orqali tanish bo‘lgan tushunchalardan foydalanadi. Bu esa tilda
ontologik metaforalarning paydo bo‘lishi olib keladi. Ontologik metaforalar mavhum
tushunchalarni idish, obyekt, jismoniy hodisa, muvozanat yoki substansiyalar sifatida
ko‘rsatadi. Bu inson ongiga ularni tushunish va ularga nisbatan qandaydir munosabat
bildirishni osonlashtiradi. Bu metaforalar ham insonning jismoniy va madaniy
tajribalariga asoslanadi. Masalan:
G‘am uning boshini egib qo‘ydi.
Yuragi to‘lib ketdi.
Hayot yo‘llarida adashdi.
Uning sabr kosasi to‘lib-toshdi.
Ontologik metaforalarning turli maqsadlarga xizmat qilishi va turli maqsadlarni aks
ettirishini Lakoff va Jonsonlar “INFLATION IS AN ENTITY” (“Inflyatsiya bu – moddiylik”)
ontologik metaforasi orqali asoslab berdi. Bu yerda “inflyatsiya” avtonom shaxs sifatida
tasavvur qilinadi va narxlarning ko‘tarilish hodisasiga odamlarning munosabati
ifodalanadi. Bu esa bizga inflyatsiyani muhokama qilish tajribasiga murojaat qilish
imkonini beradi:
Inflation is lowering
our standard of living.
Inflyatsiya bizning turmush darajamizni
pasaytirayapti.
If there’s much
more inflation,
we’ll never survive.
Agar inflyatsiya
oshib ketsa
, biz omon qolmaymiz.
We need to
combat inflation.
Biz inflyatsiyaga bilan
kurashishimiz kerak.
Buying land is the best way of
dealing with inflation.
Yer sotib olish inflyatsiyaga
qarshi kurashish
uchun yaxshi vosita.
Inflation makes те sick.
Inflyatsiya
jonimga tegdi.
Bizning madaniyatimizda ham inflyatsiya moddiy narsa sifatida talqin qilinadigan
ko‘plab misollarni uchratish mumkin. Masalan:
Inflyatsiyaga qarshi
kurashishimiz kerak.
Inflyatsiya bizning turmush darajamizni
pasaytirdi.
Inflyatsiya iqtisodiyotimizga katta
zarar keltirdi.
Inflyatsiyadan xech kim
chetda qolmaydi
.
Hukumat inflyatsiyani
nazorat ostiga oldi.
Inflyatsiya butun bozorni
qamrab oldi.
Strukturaviy metaforalar
inson tafakkuridagi abstrakt tushunchalarni anglashda
asosiy kognitiv mexanizmlardan biri bo‘lib, bir konseptual sohaning (manba sohasi)
tuzilmasi boshqa sohaga (maqsad sohasi) ko‘chiriladi, ya’ni bir tushuncha boshqa bir
tushuncha yordamida konseptuallashtiradi. Strukturaviy metaforalar aniq belgilangan va
yuqori darajada tuzilgan tushunchadan foydalanib, boshqa bir tushunchani
shakllantirishga yordam beradi.
J. Lakoff va M.Jonsonlar oddiy tildagi metaforik iboralar insonning kundalik
faoliyatini tashkil qiluvchi tushunchalarning metaforik tabiatini qanday yoritib berishi
mumkinligini zamonaviy ingliz tilidagi “Time is money” (“Vaqt – bu pul”) metaforik
tushunchasi orqali quyidagicha izohlab bergan:
You’re wasting my time. Siz mening vaqtimni behuda
sarf qilyapsiz.
This gadget will save you hours. Ushbu qurilma sizning ko‘p vaqtingizni
tejaydi.
I don’t have the time to give you. Mening senga ajratadigan
vaqtim yo‘q.
How do you spend your time these days? Sen vaqtingni qanday
o‘tkazding?
I’ve invested a lot of time in her. Men unga ko‘p
vaqt sarfladim.
[4]
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue – 3 № 2 (2025) / ISSN 2181-3701
56
Bu metafora odamlarga vaqtni qadrlash va undan samarali foydalanish kerakligini
anglatuvchi iqtisodiy resurs sifatida ko‘rsatiladi.
O‘zbek madaniyatida ham vaqtga moddiy resurs kabi munosabatni ifodalovchi ko‘plab
metaforalar mavjud:
“Vaqtim juda oz”; “Bu ishni amalga oshirishga ko‘p vaqt sarfladim”;
“Vaqtimni o‘g‘irlayapsiz”; “Sizga qancha vaqt kerak bo‘ladi?”
kabi misollarga e’tiborni
qaratadigan bo‘lsak, vaqt – bu pul, kognitiv metaforasidagi mavhum “vaqt” tushunchasini
xuddi moddiy narsa kabi, uni
tejash, o‘g‘irlash, sarflash, birovga berish, uni topish
mumkinligini
anglash mumkin.
XULOSA
Ta’rifdan tipologiyagacha bo‘lgan tahlil natijalari shuni ko‘rsatadiki, metafora inson
tafakkuri va tilining ajralmas qismi, tafakkurni shakllantirish, tushunchalarni izohlash va
muloqotni samarali tashkil etishning muhim usulidir. Kognitiv fanlarning rivojlanishi bilan
metaforaga bo‘lgan yondashuv ham o‘zgardi va uning ta’siri nafaqat lingvistik, balki
ijtimoiy, ilmiy va texnik jarayonlarda ham o‘z aksini topmoqda. Metaforani chuqur
o‘rganish inson tafakkuri va tilining qanday ishlashini tushunishga yordam beradi va bu
borada tadqiqotlar hali uzoq davom etadi.
Biz metaforalar tipologiyasini tahlil qilishda amerikalik tadqiqotchilar J. Lakoff va
M. Jonsonning konseptual metaforalar tipologisiga asoslandik. Bu nazariya shuni
ko‘rsatadiki, odamlar dunyoni faqat so‘zlar orqali emas, balki metaforalar orqali ham
tushunadilar. Ushbu metaforalar inson ongidagi fikrlash va tushunish jarayonining
markaziy mexanizmi bo‘lib, til orqali abstrakt, murakkab, psixologik va madaniy
tushunchalarni ifoda etishda asosiy rol o‘ynaydi. Ular inson tajribasiga asoslangan bo‘lsa-
da, turli madaniyatlarda turlicha shakllanishi mumkin.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Аристотель. Поэтика. – Ленинград.: АСADЕМIА, 1927. – С.68.
2.
Дружинин А.В. Английский перфект: понять и объяснить. Иностранные
языки в школе, 2016, № 2. –С.49-53.
3.
Квинтилиан, Марк Фабий. Античные теории языка и стиля, под обшей
редакцией О.М.Фрейденберг. – Ленинград, 1936. –С.218–219.
4.
Лакофф Джордж, Джонсон Марк. Метафоры, которыми мы живем: –М.:
Едиториал УРСС, 2004. –256 c.
5.
Lakoff J., Jonson M. Metaphore We Live By. The University of Chicago Press.
Chicago and London. 1980, –P.3.
6.
Ричардс А. Философия риторики // Теория метафоры. –М., 1990. – С. 46 c.
7.
Степанов Ю.С. Константы: Словарь русской культуры. Опыт исследования.
– М.: Школа “Языки русской культуры”, 1997. – 991 с.
8.
Файзиева А.А. Ориентацион концептуал метафораларнинг ўзига хос
хусусиятлари. International scientific conference “Innovative trends in science, practice
and education”. 2022, Munchen, (Germany). – Р.26-29.
9.
Gérard Szymansk. La métaphore, voie royale de la communication. -Paris, Inter
Éditions, 2014 –P.6.
10.
Цицерон, Марк Туллий. Античные теории языка и стиля. Под общей
редакцией О.М.Фрейденберг. – Ленинград, 1936. –С.216.
11.
Хосе Ортега-и-Гассет. Две великие метафоры. Теория метафоры. – Москва:
“Прогресс”, 1990. –С. 71.
