Авторы

  • Мухтасар Муминова
    д.ф.ф.н (PhD.), и.о. доцента, Национальный университет Узбекистана имени Мирзо Улугбека, ALFRAGANUS UNIVERSITY

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.foreign-linguistics.79879

Ключевые слова:

антропонимы имена собственные прозвища профессии лингвокультурологическое исследование лингвопрагматическое исследование

Аннотация

В статье рассмотрена роль антропонимов в переводах текста «Бабур-наме», их лингвистическая классификация, семантические, стилистические и композиционные особенности, а также отличия от других лексических единиц. Также представлены мнения учёных и исследователей, занимавшихся данной проблематикой. Проанализированы такие антропонимы, как «Чопук», «Кохбур», «Олочихон», «Тархан», упоминаемые в тексте «Бабур-наме».


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika –

Зарубежная лингвистика и
лингводидактика – Foreign

Linguistics and Linguodidactics

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics

A Study of Anthroponyms in Translations of the
"Baburnama" Text

Mukhtasar MUMINOVA

1


National University of Uzbekistan named after Mirzo Ulugbek

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received January 2025

Received in revised form

15

January 2025

Accepted 25

February 2025

Available online

15

March 2025

The article examines the role of anthroponyms in the

translations of the text “Boburnoma”, their linguistic
classification, semantic, stylistic and compositional features, as

well as their difference from other lexical combinations. The

opinions of scientists and researchers who conducted scientific

research on this issue were also identified. Such anthroponyms
as “Chopuk”, “kokhbur”, “Olochikhon”, “Tarkhan” were analyzed.

2181-3663/© 2024 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol3-iss1-pp34-38

This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (

https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru

)

Keywords:

anthroponomy,

proper names,

nicknames,

professions,

linguacultural research,
linguapragmatic research.

“Boburnoma” matni tarjimalarida antroponimlar tadqiqi

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar:

antroponimlar,

atoqli otlar,

taxallus,

kasb-kor,

lingvokulturologik tadqiq,
lingvopragmatik tadqiq.

Ushbu maqolada “Boburnoma” matni tarjimalarida

antroponimlar rolining lingvistik tasnifi, semantik, uslubiy va
yasalish

xususiyatlariga

ega

bo‘lishi,

boshqa

leksik

birikmalardan ajralib turishi ko‘rib chiqilgan. Bu borada ilmiy

izlanishlar olib borgan olim va tadqiqotchilar qarashlari ham

aniqlangan. Boburnoma matnida keltirilgan “Chopuq”, “ko‘hbur”,

“Olochixon”, “Tarxon” kabi antroponimlar tahlilga tortilgan.

1

(PhD), Acting Associate Professor, National University of Uzbekistan named after Mirzo Ulugbek, Alfraganus

University. Tashkent, Uzbekiston.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Issue – 3 № 2 (2025) / ISSN 2181-3701

35

Исследование антропонимов в переводах текста

«Бабурнама»

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

антропонимы,

имена собственные,
прозвища,

профессии,
лингвокультурологическое
исследование,
лингвопрагматическое

исследование.

В статье рассмотрена роль антропонимов в переводах

текста «Бабур-наме», их лингвистическая классификация,

семантические,

стилистические

и

композиционные

особенности, а также отличия от других лексических
единиц. Также представлены мнения учёных и

исследователей, занимавшихся данной проблематикой.

Проанализированы такие антропонимы, как «Чопук»,
«Кохбур», «Олочихон», «Тархан», упоминаемые в тексте
«Бабур-наме».


KIRISH

O‘zbek tilshunosligida “Boburnoma” leksikasi va uning yozilish uslubi, tarixiy,

adabiy, lingvistik va manbashunoslik yo‘nalishida turli sohalarni qamrab olgan asar
sifatida, turli rakurslarda tadqiq etilgani bizga ma’lum. “Boburnoma” nodir asar bo‘lganligi
uchun ham unda ifodalangan antroponimlar kitobxonni o‘ziga jalb etadi. Muallif
tomonidan berilayotgan kishi ismlari oddiy bir chaqiruv yoki atama sifatidagina emas,
o‘zidan bir necha xil shaxs kamolini ko‘rsatuvchi omillar ifoda etilganligiga asarni o‘qish
jarayonida guvoh bo‘lamiz.

“Boburnoma”da antroponimlarning berilishi Bobur so‘z yuritmoqchi bo‘lgan shaxs

haqidagi fikrni ifodalab, boburona soddalik va ravonlik bilan aynan ifodalab berish –
muallifga xos mahoratdir. Kishi ismlarini tadbil tilida berish ham mushkul vazifa
hisoblanadi. Chunki Bobur tilga olgan tarixiy shaxslarning nomlari, fe’l-atvorlari, xatti-
harakatlaridan kelib chiqib ularning nomlarini ataydi.

NATIJALAR VA MUHOKAMA

Boburona aniqlik bilan shaxslarni bir-biridan, ya’ni bir ism bilan ataluvchi kishilarni

farqlash uchun ularga laqablar qo‘shish orqali ism qaysi shaxsga tegishli ekanligiga aniqlik
kiritadi. Birgina misolni tahlilga tortadigan bo‘lsak, unda muallifning mohirona lo‘ndalik
bilan kishi ismini ataganligiga guvoh bo‘lamiz.

Masalan,

“Andin ko‘chub Samarqandning sharq tarafi Xon yurtig‘a tushuldi,

Samarqandtin uch ko‘rux bo‘lg‘ay. Qirq-ellik kun bu yurtta o‘lturdi. Bu yurtta ekanda necha
navbat tashqaridin-ichkaridin ko‘ngullik yigitlar Xiyobonda yaxshilar chopqulashtilar.
Bir martaba Xiyobonda Ibrohim Bekchik chopqulashti, yuziga choptilar”

, shu parchaga

e’tiborimizni qaratadigan bo‘lsak, Ibrohim Bekchikning qilichni mahorat bilan o‘ynashi
boshqa yigitlar ichidan tajribali ekanligini ko‘rsatish maqsadida berilayotgan tasnifda bir
martadayoq yigitlar tomonidan uning yuziga qilich bilan urilganligini va shu tariqa boshqa
Ibrohimlardan farqlash maqsadida unga

“Chopuq”

so‘zini qo‘shganini ko‘ramiz. Bizga

ma’lumki, Ibrohim Bekchikning yuziga yigitlar tomonidan qilich urilganligi sababli yuzida
qilich izi qoladi. Muallif Ibrohim ismining yoniga

“Chopuq”

so‘zini qo‘shadi va shu bilan

Ibrohim Bekchikka

“Chopuq”

so‘zi laqab sifatida yuritila boshlaydi. Buni isboti sifatida

Bobur ensiklopediyasida:

“Boburga xizmat qilgan bek. Janglarning birida yuzini qilich

kesgan va shu sababli “Chopuq” laqabini olgan”

deyiladi (Bobur ensiklopediyasi, 2014).

Bu bilan o‘sha vaqtda sodir bo‘lgan voqea natijadorligini ko‘rsatib, kitobxon ongida nima
uchun

“Chopuq”

so‘zini qo‘shganligi ham tasniflanib beriladi:

“Mundin so‘ng Ibroxim


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Issue – 3 № 2 (2025) / ISSN 2181-3701

36

Chopuq derlar edi”.

Ushbu jumlani o‘qigan o‘quvchi muallifning voqea tasvirlaridan so‘ng

shunday xulosaga kelganligi va Ibrohimga “Chopuq” laqabini berganligini tezda anglab
yetishi sir emas, albatta. Oxirgi jumlani tahlil qiladigan bo‘lsak, bu tasvirdan
Abulqosimning jang qurolidan ustalik bilan foydalanish mahorati yaqqol ko‘rsatib
berilganligini guvoh bo‘lamiz.

“Yana bir navbat ham, Xiyobonda Puli – Mag‘okta Abulqosim

ko‘hbur piyozi tegurdi. Yana bir qatla ham Xiyobonda Tarnov navohisida chopqulash bo‘ldi”

(Boburnoma. 2002; 56), Abulqosim ko‘hbur piyozi antroponimiga tasnif beradigan bo‘lsak,

“ko‘hbur”

(Ishoqov, 2008) – tog‘ kesuvchi, toshtarosh usta demakdir, muallif

Abulqosimning kasb jihatidan kim ekanligini ko‘rsatib berish uchun unga ta’rif berib,
o‘quvchini zeriktirmaslik maqsadida pragmatik xususiyatga ko‘ra yondashganiga hamda
Abulqosim ismiga

“ko‘hbur”

so‘zini qo‘shib, uni kasb-korini ifodalab keltirganini

ko‘rishimiz mumkin.

“Boburnoma” matnida Sulton Ahmadxon haqida shunday deyiladi: “

Sulton

Mahmudxondin kichik Sulton Ahmadxon edikim, Olachaxong‘a mashhurdir. Olachaxon
(olachaning vajxi tasmiyasi muni derlarkim, qilmoq va mo‘g‘ul tili bila o‘lturguchini olachi
derlar). Qalmoqni necha qatla bosib, qalin kishisin qirg‘on uchun olachi de-de kasrati isti’mol
bila Olacha bo‘lubtur”

(Boburnoma. 2002; 40). Muallifning ma’lumotiga ko‘ra, Sulton

Mahmudxonning ukasi Sulton Ahmadxon bo‘lib, u Bobur xizmatdagi xonlardan biri
bo‘lgan. «Boburning tog‘asi Yunusxonning ikkinchi o‘g‘li. Zamondoshlari Olachaxonni
kichik xon akasi Sulton Mahmudxonni esa ulug‘ xon ham deganlar. Shayboniy o‘zbeklari
Olachaxonni O‘ljaxon deb atashgan. Bobur uning qalmoqlar va boshqa qabilalar ustidan
ketma-ket g‘olib bo‘lgani uchun “Olochixon” (O‘ldirguvchi xon) deb atalgani va bu laqab
xalq og‘zidan Olachaxonga aylanib ketganini yozgan” (Bobur ensiklopediyasi, 2014).
Demak, Bobur Sulton Ahmadxonni tasniflar ekan, uni mohir xonlardan biri ekanligini
ko‘rsatib, janglarda ko‘p kishilarni o‘ldirgani, bu jihatdan boshqa xonlardan farqli
ekanligini, uddaburon, jang sirlarini yaxshi biluvchi shaxsligini ham ta’kidlab o‘tadi.
Yuqoridagi parchadan birgina Sulton Ahmadxonni nima uchun

“Olachaxon”

deb

ataganligini anglash bilan birgalikda, shaxs sifatida chaqqon ekanligi, xon sifatida
mohirligi, jangchi sifatida har taraflama yetuk ekanligini bilishimiz mumkin.

“Boburnoma” matnida odamlarning o‘y-sanosi, ichki dunyosi, shaxslarga berilgan

nomlar va ularning kelib chiqish ifodalarini so‘z bilan, ayniqsa, boburona ifoda bilan
yetkazib berish hamma vaqt ham birday oson kechmaydi. “Boburnoma” matnida ko‘plab
toponimlar va antroponimlarning shunday nom bilan atalishiga oid ma’lumotlar va
tasvirlar keltirilgan. Toponimlar va antroponimlar faqatgina qadimiy turkiy tildagina
emas, hind, fors, arab, urdu va boshqa tillarda ham ifodalangan.

O‘zbek tilida ifoda etilgan kishi nomlari atoqli otlar bo‘lib, o‘zbek

antroponimiyasining bir qismidir. “Boburnoma”ni mutolaa qilayotganimizda juda ko‘p
shaxslarni ismlari keltirilganligini ko‘ramiz. Ismlar shaxslarning xarakter va ruhiy
holatlarini ifodalash uchun xizmat qilganligini guvohi bo‘lamiz. “Boburnoma” matnida
ismlar bilan birga laqablar ko‘p ishlatiladi. Laqablar esa shaxslarning xarakterlaridan
tashqari, yashash joyi va sharoitlariga bog‘liq holda qo‘yilishi mumkin. Haqiqatdan ham
boburona uslubda shaxslarning ismlari bilan birgalikda laqablar keltirilganligini, ular esa
shu shaxsni biror qobiliyati jihatidan kim ekanligini ko‘rsatib turadi. “Boburnoma”ni
sahifalayotgan chog‘imizda shoirlar, musiqachilar, allomalarning ismlari yonida
taxalluslarga ham duch kelamiz. Taxalluslar kishilarning shoirona mahoratlari, ularning
uddalay oladigan vazifalariga xos tarzda berilishi mumkin. Darhaqiqat, har bir


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Issue – 3 № 2 (2025) / ISSN 2181-3701

37

berilayotgan taxallusni muallif o‘z o‘rnida ishlatganligini, shaxslarni mohirona shaxsiyatini
ochib berilganligini guvohi bo‘lamiz. Bobur kishilarni nomlanishida o‘zbekona odatlarning
o‘rni borligini ham albatta chetda qoldirmaydi. O‘zbek xalqida o‘ziga xos odatlardan biri
shaxsni nomlashning o‘tmishda mavjud bo‘lgan ba’zi shakllari (“qizi”, “o‘g‘li”) yordamida
nomlash bo‘lib, bunga ham dasturulamal rioya etganligini yuqorida keltirilgan
shaxslarning ismi va laqablari misolida ko‘rishimiz mumkin. Yana shu jihati ham
xarakterliki, shaxsni uning ismiga o‘tmish ajdodlarini nomini tiklash orqali atashning
arabcha shakllari (“ibn”, “binni”) yordamida ham amalga oshiriladi. Ismlarning bu jihatdan
nomlanishi albatta o‘z ifodasini topgan. Demak, atoqli otlarning onomastikasiga doir
sifatlari “Boburnoma” asarida har tomonlama tasniflangan.

Ushbu misolga e’tibor qaratsak:

“Yana bir Qanbar Ali edi, mo‘g‘ul edi, axtachidin edi.

Otasi viloyatqa kirib necha mahal sallohliq qilg‘on uchun Qanbar Ali salloh der edilar.
Yunusxon qoshida oftobachilik qildi, so‘ngra bek bo‘lub edi. Mening qoshimda xeyli ulug‘
roiyat topib edi. Ishga yetguncha ehtimomi yaxshi edi. Ishga yetgan mahalda qoltog‘aylig‘i
bor edi. Purgo‘y va parishongo‘y edi. Muqarrardur har kimki ko‘p aytur, parishon aytur.
Havsalasi tor va tiyra mag‘z kishi edi”

(Boburnoma. 2002; 42). Muallif Qanbar Alining

obrazi va xarakterini tasniflar ekan, bu borada antroponimning muhim xususiyatlaridan
biri shaxs ajdodlarining kasb-korlari orqali bir shaxsning boshqa bir shaxsdan ajratish yoki
uning ota bobosi kim ekanligini bildirish maqsadida uning ismlariga turlicha laqablarni
qo‘shib qo‘yadi. Birgina yuqoridagi misolda Qanbar Aliga salloh (salloh-mol so‘yuvchi,
qassob) so‘zini qo‘shish orqali bu laqab nima uchun qo‘shilayotganligiga to‘xtalib, uning
otasini shu hunarga ega ekanligi, Qanbar Ali esa shu padari buzrukvorining farzand
ekanligini ko‘rsatib o‘tadi (Ishoqov, 2008). Bu ham bo‘lsa boburona uslubning qanchalik
chuqur bilim, ko‘nikma va ijodkor ekanligidan darak beradi.

E.Begmatovning fikriga ko‘ra: “Antroponimlarni qadimiy tarix qa’ridan biz tomon

yetib kelgan, o‘tmish ajdodlarimizning bolani nomlash bilan borliq orzu-umidlari haqida
bizga qimmatli xabarlar yetkazuvchi lisoniy vosita deb bilish ayni haqiqatdir. Biz yuqorida
mana shunday xabarning bir qismi haqidagina fikr yuritdik. Holbuki, bu mavzu maxsus
tadqiq qilishga arziydigan muammodir”. (Begmatov, 2014). Tadqiqot ishimizni olib borish
jarayonida, haqiqatdan ham bu borada ilmiy ishlar kam qilingani, biz yuqorida ta’kidlagan
fikrlar bugungi kun antroponimiya bo‘yicha olib boriladigan tadqiqotlarga tayanch sifatida
xizmat qilishiga amin bo‘ldik. “Boburnoma” matnida uchraydigan ismlarni ayrimlari
muallif oila a’zolarining ismlari bo‘lsa-da, ko‘p qismi bu asardagi voqealar tasvirida
bevosita ishtirok etgan beklar, amirlar, xonlar, sarkardalar, saroy kishilari va boshqa asar
qahramonlarining ismlaridir. Bu ismlar shaxslarga ota-bobo va oila a’zolari tomonidan
qo‘yilgan nomlardir, muallif esa ularning bir-birlaridan ajratish maqsadida shu jamoadagi
kishini kim ekanligini tezda boshqalar ham farqlay olishini nazarda tutgan holda ularga
laqablar ham qo‘yib ketgan.

“Boburnoma” matnida:

“Yunusxonning ulug‘ qizi, mening onamning tuqqon egachisi

edi. Yana bir tarxonlardin edi, Tarxonbegim derlar edi. Yana bir Qutuqbegim edi. Ushbu
Tarxonbegimning ko‘kaldoshi edi. Sulton Ahmad mirzo oshiqliqlar bila olib edi, asru ko‘p
suyuklik edi va ko‘p musallit edi. Chog‘ir ichar edi. Aning tirikligida Sulton Ahmad mirzo o‘zga
haramg‘a bormas edi. Oxir o‘lturdi va badnomlig‘idin xalos bo‘ldi”

(Boburnoma. 2002; 45),

deb keltiriladi. Ushbu parchada Yunusxonning oilasi haqida ma’lumotlar berilib, uning
qizlaridan biri qadimgi turkiy xalqlar unvoni sifatida qabul qilingan “tarxon” atamasi bilan
bog‘liq holda ism qo‘yiladi. Muallifning fikriga ko‘ra ular tarxonlardan bo‘lib, shu unvon


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Issue – 3 № 2 (2025) / ISSN 2181-3701

38

sohiblarining qizi bo‘lganligi, ajdodlarining kim ekanligini anglatib turish maqsadida
qizlaridan biriga Tarxonbegim ismini qo‘yganligini aytib o‘tadi.

“Tarxon”

atamasi – o‘rta

asrlarda turkiy xalqlar davlatlarda joriy bo‘lgan unvon. Bek, a’yon va harbiylarga katta
xizmatlari uchun berilgan. Tarxonlar bir qator imtiyozlarga ega bo‘lgan. Jumladan,
soliqlardan ozod etilgan, istagan paytida hukmdor huzuriga kirish, biron-bir masala
yuzasidan to‘qqiz martagacha murojaat qilish huquqiga ega bo‘lgan, hamda to‘qqiz
martagacha gunoh qilsa javobgarlikka tortilmagan (Bobur ensiklopediyasi, 2014). Ushbu
keltirilgan fikrlardan ham muallifning Tarxonbegim ismini qo‘yilishida ko‘rsatgan sabab
va omillari, bu ismning shakl va mazmun jihatidan mos ekanligiga yana bir bora iqror
bo‘lishimiz mumkin. Bu jumlada Tarxonbegimning emikdoshi bo‘lgan Qutuqbegim nomini
ham tilga olib, Tarxonbegim bilan qanday yaqinligi borligini aytib o‘tadi. Tarxonbegimning
ismi tarixiga antroponimik jihatidan to‘xtalib o‘tsa-da, shu orada uning hayot tarzi haqida
hikoya qilib ketadi. Bu tasvirni o‘qigan kitobxon Tarxonbegim ismining qo‘yilishi
sabablarini bilish bilan birga, uning qaysi nasl-nasabga tegishli ekanligi haqida aniq
ma’lumotlarga ega bo‘lishi mumkin. Muallifning bunday uslub bilan tasvirni berishi
o‘quvchini pragmatik xususiyatga ko‘ra voqea tasvirini tez anglashi va aniq xulosaga
kelishiga imkon yaratadi.

XULOSA

Zahiriddin Muxammad Boburning ijodiyotida bunday mukammallik bilan

voqealarni tasvirlanishi, har bir detalga olimona fikr bilan yondashishi, uning asarlarini
dunyoning ko‘plab xorijiy tillariga tarjima qilinishiga, hamda rus va o‘zbek tillarida Bobur
haqida ko‘plab ilmiy asarlar va monografiyalarining yaratilishiga sabab bo‘lgan.
Respublika olimlar jamoasining ensiklopedik asar ustida olib borgan tadqiqotlari Bobur
ensiklopediyasining qayta-qayta nashr ettirilishiga olib kelishi ham buning isbotidir.
“Boburnoma”dagi antroponimlarning tarjimalari va lingvistik tasniflarini o‘rganishda xato
va kamchiliklar ko‘p, ularni bartaraf etish juda muhim va dolzarb masaladir. Antroponim
va toponimlarning tavsifiy-analitik, qiyosiy-tarixiy, qiyosiy-tipologik, kognitiv-konseptual
va statistik tahlili “Boburnoma”ning uch xil inglizcha J. Leyden – V. Erskin (1826),
S. Beverij (1922), V. Tekston (1996) tarjimalaridagi antroponim va toponimlar, ularning
lingvokulturologik, lingvopragmatik jihatlari tadqiq etilmagan va muqobillari ilmiy nuqtai
nazardan kuzatilib, tahlil qilinmagan.

Yuqorida keltirilgan “Boburnoma” matnidan olingan parchalarda antroponimik

birliklar va ularni o‘zbek antroponimiyasida o‘rganilishi borasida fikrlarimizni bildirib
o‘tdik. Tahlil jarayonida Boburning antroponimlarni barcha xususiyatlarini o‘zida
mujassamlashtirgan fikr va mulohazalarini o‘rganib, asarda har bir kishining ismlari va ularga
bog‘liq bo‘lgan ta’riflarni chuqur va falsafiy jihatdan ko‘rsatib berganligiga amin bo‘ldik.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI:

1.

Аҳмадалиев Ю. Топонимика ва географик терминшунослик. – Фарғона 2018. 17 б.

2.

Алланов Қ. Бобур географик меросининг айрим қирралари. – Жайхун. 2008. 15 б.

3.

Бегматов Э. Ўзбек тили антропонимикаси. – Тошкент: Фан нашриёти, 2013. 24 б.

4.

Заҳириддин Муҳаммад Бобур энциклопедияси. – Тошкент, «Шарқ» 2014 – Б. 26.

5.

Исҳоқов Ф. «Бобурнома учун қисқача изоҳли луғат». – Андижон, 2008 – Б. 8.

6.

Бегматов Э. Исмларнинг сирли олами. – Тошкент: Ўзбекистон. 2014 – Б. 40.

Библиографические ссылки

Аҳмадалиев Ю. Топонимика ва географик терминшунослик. – Фарғона 2018. 17 б.

Алланов Қ. Бобур географик меросининг айрим қирралари. – Жайхун. 2008. 15 б.

Бегматов Э. Ўзбек тили антропонимикаси. – Тошкент: Фан нашриёти, 2013. 24 б.

Заҳириддин Муҳаммад Бобур энциклопедияси. – Тошкент, «Шарқ» 2014 – Б. 26

Исҳоқов Ф. «Бобурнома учун қисқача изоҳли луғат». – Андижон, 2008 – Б. 8

Бегматов Э. Исмларнинг сирли олами. – Тошкент: Ўзбекистон. 2014 – Б. 40