Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika –
Зарубежная лингвистика и
лингводидактика – Foreign
Linguistics and Linguodidactics
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics
The role of proverbial-paremiological units in the
formation of the metaphorical picture of the world
Abror JURAKULOV
1
Samarkand State Institute of Foreign Languages
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received February 2025
Received in revised form
10
March 2025
Accepted 25 March 2025
Available online
25 April 2025
This article discusses the role of proverbial-paremiological
units in the formation of the metaphorical picture of the world in
German and Uzbek. Paremiological units containing animal and
plant names in both languages are compared and analyzed, and
the phenomenon of metaphorization is proven with examples.
2181-3701/© 2024 in Science LLC.
DOI:
https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol3-iss4
This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru
Keywords:
proverbial-paremiological
units,
zoomorphisms,
phytomorphisms,
zoonyms,
phytonyms,
metaphorical picture of the
world.
Maqol-paremiologik birliklarning olamning metaforik
manzarasini shakllanishidagi oʻrni
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar:
maqol-paremiologik
birliklar,
zoomorfizmlar,
fitomorfizmlar,
zoonimlar,
fitonimlar,
olamning metaforik
manzarasi.
Ushbu maqolada nemis va oʻzbek tillaridagi maqol-
paremiologik birliklarning olamning metaforik manzarasini
shakllantirilishida tutgan oʻrni xususida fikr yuritilgan. Har
ikki tildagi tarkibida hayvon va oʻsimlik nomlari mavjud
boʻlgan paremiologik birliklar oʻzaro qiyoslanib, tahlil
qilingan va metaforizatsiya hodisasi misollar yordamida
dalillangan.
1
Senior Lecturer, Samarkand State Institute of Foreign Languages.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 4 (2025) / ISSN 2181-3701
158
Роль
пословично-паремиологических
единиц
в
формировании метафорической картины мира
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
пословично-
паремиологические
единицы,
зооморфизмы,
фитоморфизмы,
зоонимы,
фитонимы,
метафорическая картина
мира.
В данной статье рассматривается роль пословично-
паремиологических единиц в немецком и узбекском языках в
формировании метафорической картины мира. Сравнивались
и
анализировались
паремиологические
единицы,
содержащие названия животных и растений в обоих языках, а
также
на
примерах
демонстрировалось
явление
метафоризации.
Jahon tilshunosligida paremiologik birlik(PB)larga lingvokulturologik
yondashuv koʻplab tilshunos olimlarning diqqat markazida boʻlib turibdi. Chunki har
bir millat oʻz madaniyati, dunyoqarashi, oʻziga xosligini aks ettiruvchi maqol va
matallariga egadir. Shu bois tarkibida hayvonlar va oʻsimliklar nomlari ishtirok etgan
paremiologik birliklarni turli rakurslardan ilmiy tadqiq etish dolzarb masala bo‘lib
qoladi [Bausinger, 187; Grigas, 366; Mieder, 300]. Paremiologik birliklarning
lingvomadaniy jihatdan ilmiy tadqiq etilishi tilshunoslikda muhim boʻlishiga
qaramasdan, mazkur masala qardosh boʻlmagan tillar, ya’ni nemis va oʻzbek tillari
materiallari asosida qiyoslab juda kam oʻrganilgan.
Paremiologik birliklar tarkibida ishtirok etadigan hayvon nomlari - yovvoyi
hayvonlar, uy hayvonlari, yirtqichlar, o‘txo‘rlar, quruqlikda, suvda yashaydigan
hayvonlar kabi sinflarga tasniflash ularning anatomik va fiziologik xususiyatlariga
qarab amalga oshiriladi. Hayvonlar va o‘simliklar, umuman tirik mavjudotlar
nomlarini dunyoning barcha tillarida ifodalash inson hayotiy tajribasi asosida sodir
boʻlgan. Kundalik hayotda hayvonlar odatda yovvoyi va uy hayvonlariga bo‘linadi.
Hayvonlarning bunday universal tasnifi uy hayvonlari odamlar uchun oziq-ovqat,
foydali materiallar va uy-ro‘zg‘or ishlarida yordamchilar, shuningdek, qoʻriqlovchi,
yuk tashuvchi, transport vositalari va boshqalar sifatida alohida ahamiyatga ega
bo‘lganligi bilan bog‘liq.
A.I. Molotkovning fikricha, “inson tafakkuri dunyoni antropomorf yoki
zoomorfik tarzda aks ettirishga harakat qiladi. Ushbu harakat natijalari ko‘plab
tarkibida hayvon va o‘simliklar nomlari mavjud bo‘lgan paremiologik birliklarda qayd
etilgan, ular orasida fitonimlar va zoonimlar alohida o‘rin tutadi. Zoomorfizmlar va
fitomorfizmlar hayvonlar va o‘simliklarning xayoliy (obyektiv) yoki hayotiy
(subyektiv) sifatlariga asoslanadi, ularga odamlarning tasavvuri va ijodiy tafakkuri
xosdir. Zoomorfizmlar va fitomorfizmlar jonli va ifodali motivlanib (asoslanib), ularni
tilning ekspressiv fondiga kiritish imkonini beradi” [Молотков 1977, 12; Назарова
2003, 64 ].
Atrof- muhitni oʻrganish jarayonida insonning aqliy faoliyati natijasini tilda
aks ettiruvchi antropotsentrik tamoyilga kognitiv tilshunoslik ham rioya qiladi. Sh.S.
Safarov oʻzining “Kognitiv tilshunoslik” kitobida har bir tushuncha moddiy va kognitiv
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 4 (2025) / ISSN 2181-3701
159
tajriba, shuningdek, atrofdagi voqelikni idrok etish tajribasi natijasida paydo
bo‘lishiga o‘quvchilarning e’tiborini qaratadi [Сафаров 2006, 44].
V.P. Anikinning fikriga koʻra, “Soʻzning ma’nosi ma’lum bir filologik
an’ananing bir qismi sifatida ushbu soʻzning butun semantikasi nimani anglatishini
ifodalash uchun koʻplab asarlar kontekstlarida qoʻllanilishi asosida oʻrganiladi va
aniqlanadi” [Аникин 1988, 11]. V.M. Alpatov tilni samarali oʻrganish uchun
“pragmatik (diskursiv) omillarga murojaat qilish”, antropotsentrik yoʻnalish bilan
tavsiflanadigan kognitiv-diskursiv yondashuv zarurligi haqidagi xuddi shu fikrni
zarurligini ta’kidlaydi [Алпатов 1993, 23].
Tadqiqotda antropotsentrik yondashuv inson va hayvonot dunyosi
oʻrtasidagi munosabatlarga asoslanadi, ular haqidagi bilimlar olamning umumiy va
lingvistik, milliy va metaforik manzaralarida aks etadi. Yangi antropotsentrik
paradigma nuqtai nazaridan, metafora tafakkurning muhim qismi va madaniy
jihatdan inson hayotining boshqa koʻplab sohalari bilan bogʻliq hisoblanadi. Har bir
jonli tilda metaforizatsiya jarayonlari sodir boʻladi, bu tabiiy tilning aloqa usuli
sifatidagi oʻziga xos xususiyatidir. Masalan:
“Not lehrt den Bären tanzen”
(SPWL, 61)
-
‘Ilojsizlik ayiqni raqsga oʻrgatadi’ yoki
“Not treibt den Hund an die Kette”
(SPWL,
279) - ‘Majburlik itni zanjirga bogʻlaydi’. –
“Tayoq ayiqni ham mulla qilar”
(OʻXM,
195). Yuqoridagi misollardan koʻrinib turibdiki, har ikkala tildagi maqol-paremiologik
birliklarda bir xil zoomorfizmlar, ya’ni nemis tilida ham, oʻbek tilida
Bär
– ‘ayiq’
zoonimi qoʻllanilib, metaforizatsiya jarayoni sodir boʻlgan. Nemis tilidagi maqol-PB
orqali kishilarning nazdida uddalab boʻlmas ishni agar kishi majbur boʻlsa, uddalay
olishi, qila olishi ifodalab berilgan, ya’ni ayiq hayvon va ongsiz jonzot boʻlishiga
qaramasdan, majbur boʻlsa, raqsga tushishni ham oʻrganishi mumkinligi qayd etilgan.
Oʻzbek tilida esa bu maqol-PBning muqobili stilistik jihatdan sal boshqacharoq
ifodalangan. Oʻzbek tilida hattoki u hayvon boʻlsada, ayiqni savalash, urish uni odobli
va gap-soʻzga tushunadigan qilishi mumkinligini ifodalash orqali har qanday kishini
tayoq gapga kiradigan, boʻysunadigan, tartibli va odobli kishiga aylantirishi
ta’kidlanmoqda. Bu yerda har bir tilning lingvomadaniy xususiyatlarini hisobga
olishimiz lozim, chunki nemis tilida ayiqqa raqsga tushishni oʻrgatish haqida gap
borayotgan boʻlsa, oʻzbek tilida ayiqni odobli va tartibli qilish haqida gap bormoqda.
Xuddi shuningdek, nemischa
“Der Apfel fällt nicht weit vom Stamm”
(SPWL, 44)
maqol-paremiologik birligiga oʻzbek tilida
“Olma og‘ochidan olis tushmas”
(OʻXM,
347) yoki
“Olma tagidan yiroqqa tushmas”
(OʻXM, 420) paremiologik birliklari
muqobil sanaladi. Har ikki tilda ham bir xil tayanch komponentlar, ya’ni
Apfel –
‘olma’
zoomorfizmi qoʻllanilmoqda va semantik jihatdan ham bir-biriga juda oʻxshash va bir-
biriga toʻliq mos keladi. Mazkur maqol-PBlarda olma daraxtiga tagiga olma tushishi
anglashilib, koʻchma ma’noda yaxshi odamdan yaxshi amallar, yaxshi farzandlar,
yaxshi nom qolishi, yomon odamdan esa aksincha yomon amallar, yomon farzandlar,
yomon nom qolishi tushuniladi. Aynan shuning uchun ham olamning metaforik
manzarasi va bu til hodisasini oʻrganishning turli usullari hozirgi davrda tilshunos
olimlarning e’tiborini tortmoqda.
Shuning uchun ham tilshunos olimlarda insoniy xususiyatlarni ifodalovchi,
paremiologik birliklar tarkibida keluvchi flora va fauna nomlari orqali tasvirlangan
metafora turi alohida qiziqish uygʻotadi. Odamlar doimo oʻzlari bilan hayvonlar va
oʻsimliklar oʻrtasida xarakter xususiyatlariga koʻra, tashqi koʻrinishlariga nisbatan,
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 4 (2025) / ISSN 2181-3701
160
tashqi va ichki dunyosining oʻxshashliklariga e’tibor berib, ularni tilda aks ettirgan va
bu oʻxshashliklarining har xilligini qayd etgan. Masalan:
“Zwei Böcke vertragen sich
nicht in einem Stall”
(SPWL, 556)
- “Ikki qoʻchqor kallasi bir qozonda qaynamas”
(OʻXM, 382). Ushbu paremiologik birliklar tarkibida berilayotgan tayanch
komponentlar ikki xilda ifodalanmoqda, chunki bu, albatta, har bir tilining
lingvomadaniy xususiyatlari va oʻsha xalqning dunyoqarashi, mentaliteti bilan bogʻliq.
Nemis tilida
Bock
- ‘taka’ va oʻzbek tilida esa ‘qoʻchqor’ tayanch komponentlari
qoʻllanilmoqda. Har ikki paremiologik birlik ham semantik jihatdan oʻxshash va
muqobillik nuqtai nazaridan toʻliq bir-biriga mos keladi. Hayvonlarning oʻziga xos
xususiyatlarini payqab, nemislar ham, oʻzbeklar ham ularning oʻziga xos jihatlarini
ochib bera olgan. Maqol-paremiologik birliklarda qoʻllanilgan hayvon nomlarining
tanlanishi har bir xalqning donishmandligi, sinchkovligi va ijodkorligidan dalolat
berib, oʻsha xalq vakillarining xarakter-xususiyatlarini inobatga olganligini anglatadi,
chunki oʻzbeklar ogʻir-bosiq xalq boʻlganligi sababli ‘qoʻchqor’ zoomorfizmidan,
nemislar shaddodroq boʻlganligi tufayli ‘taka’ zoomorfizmidan foydalangan boʻlishi
mumkin. Buni oʻsimlik nomlari qoʻllanilgan maqol-paremiologik birliklarda ham
koʻrihimiz mumkin. Masalan:
“Im schönsten Apfel sitzt der Wurm”
(SPWL, 44)
paremiologi birligi oʻzbek tiliga ‘Eng chiroyli olmaga qurt tushadi’ deb oʻgirilsa,
“Mevaning yaxshisini qurt yeydi”
(OʻXM, 66) maqoli muqobil sanaladi. Tahlilga
tortilgan ushbu maqol-paremiologik birliklarda ikki xil tayanch komponentlar, ya’ni
nemis tilida
Apfel
– ‘olma’ fitomorfizmi, oʻzbek tilida ‘meva’ fitomorfizmi
qoʻllanilmoqda. Bunda koʻchma ma’noda qizlarning chiroylisi va aqllisi o‘ziga mos
bo‘lmagan yigitlarga nasib qilishi nazarda tutiladi.
Olamning yaxlit ko‘rinishdagi milliy manzarasi - bu bir xalqning tevarak-
atrofdagi voqelik haqidagi tushunchalarining to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan tuzilmasi bo‘lib,
unda milliy qadriyatlar, an’analar, xalq og‘zaki ijodi va boshqalar o‘z ifodasini topadi
[Yaxshiyev 2025, 345]. Olamning milliy manzarasi, shuningdek, xalqning tarixiy
taraqqiyoti natijasi - u yoki bu xalqning tabiati, joyi va yashash tarzi haqidagi
ma’lumotlarni: iqlimi, mehnat faoliyati, o‘simlik va hayvonot dunyosini oʻz ichiga
oladi. Tilda ifodalanuvchi bu omillarning barchasi xilma-xil olamning turli xil
tasavvurlari va turli xil milliy qadriyatlarga ega bo‘lgan milliy manzaralarini
shakllantirishga olib keladi.
Shunday qilib, har qanday xalq olamning o‘ziga xos lingvistik manzarasiga
ega bo‘lib, inson ongida tarixan rivojlanadi. Bundan tashqari, har bir til etnolingvistik
hamjamiyatning barcha a’zolari uchun majburiy bo‘lgan ma’lum bir dunyoqarashni
aks ettiradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Bausinger Hermann. Formen der Volkspoesie. - Berlin, 1968. - 98 S.
2.
Beyer Horst und Annelies. Sprichwörterlexikon: Sprichwörter und
sprichwörtliche Ausdrücke aus deutschen Sammlungen vom 16. Jahrhundert bis zur
Gegenwart. - 2., unveränderte Auflage. - Leipzig: Bibliographisches Institut, 1985. - 712 S.
3.
Grigas K. Einige Probleme der moderne Parömiographie und Parömiologie.
In: Acta Entnographica Hungarica, 2000, Vol. 45, Nos. 3-4, pp. 365-369.
4.
Mieder W. Paremiological Minimum and Cultural Literacy // Wise words.
Essays on the proverb. - London; New York, 1994. - pp. 297-316.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 4 (2025) / ISSN 2181-3701
161
5.
O‘zbek xalq maqollari. - Toshkent: Sharq, 2019. - 512 b.
6.
Yaxshiyev A.A. Colloquial Speech as a Functional Variety of Literary Language
// Spanish Journal of Innovation and Integrity. ISSN2792-8268 / Volume-41, 2025. – P.
340-346.
7.
Алпатов В.М. Об антропоцентричном и системоцентричном подходах к
языку // Вопросы языкознания. - 1993, № 3. - С. 15-26.
8.
Аникин В.П. Долгий век пословицы // Русские пословицы и поговорки.
- М., 1988. - С. 3-12.
9.
Молотков А.И. Основы фразeологии русского языка. - Лелинград: Наука,
1977. - 280 с.
10.
Назарова Т.Б. Филология и семиотика: соврем. англ. яз.: учеб. пособие. -
2-е изд., испр. - М.: Высш. шк., 2003. - 189 с.
11.
Сафаров Ш. Когнитив тилшунослик. - Жиззах: Сангзор, 2006. - 89 б.
12.
Firuza, X. (2023). IMAGERY IN POETRY. Журнал: Союз Hауки и
Oбразования, 5(1), 3-5.
