Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika –
Зарубежная лингвистика и
лингводидактика – Foreign
Linguistics and Linguodidactics
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics
Methodological opportunities for developing national
identity competencies in the educational context of New
Uzbekistan
Khurshida SALAVATOVA
1
Urgench State Pedagogical Institute
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received December 2024
Received in revised form
15 December 2024
Accepted 25 January 2025
Available online
15 February 2025
This article explores the methodological opportunities for
forming national self-awareness competencies within the
context of educational reforms in New Uzbekistan. It examines
approaches to developing these competencies based on person-
centered, cultural, and integrative methodologies. The role of
interactive teaching methods, the importance of the educational
environment, and pedagogical-psychological tools for training
students as spiritually mature individuals and competitive
professionals with developed intellectual abilities are also
highlighted.
2181-3663/© 2024 in Science LLC.
DOI:
https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol3-iss1-pp156-162
This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru
Keywords:
intellectual,
cognitive,
creative,
idea,
national idea,
homeland,
nation,
development,
national pride,
competency.
Methodological opportunities for developing national
identity competencies in the educational context of New
Uzbekistan
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar:
intellektual,
kognitiv,
kreativ,
g‘oya,
milliy g‘oya,
vatan, millat,
taraqqiyot,
milliy iftixor,
Mazkur maqolada Yangi O‘zbekiston ta’lim sharoitida milliy
o‘zlikni
anglash
kompetensiyalarini
shakllantirishning
metodologik
imkoniyatlari,
shaxsga
yo‘naltirilgan,
madaniyatshunoslik va integrativ yondashuvlar asosida mazkur
kompetensiyalarni rivojlantirish yo‘llari, interfaol ta’lim
metodlarining roli hamda tarbiyaviy muhitning ahamiyati,
talabalarni ma’naviy barkamol shaxs, intellektual qobiliyati
1
Researcher, Urgench State Pedagogical Institute.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue – 3 № 1 (2025) / ISSN 2181-3701
157
kompetensiya.
rivojlangan raqobatbardosh kadrlar sifatida tayyorlashning
pedagogik-psixologik ta’sir vositalari yoritib o‘tilgan.
Методологические
возможности
формирования
компетенций национального самосознания в условиях
реформы образования в Новом Узбекистане
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
интеллектуальный,
когнитивный,
креативный,
идея,
национальная идея,
родина,
нация,
развитие,
национальная гордость,
компетенция.
В данной статье рассматриваются методологические
возможности формирования компетенций национального
самосознания в условиях реформы образования в Новом
Узбекистане, пути развития данных компетенций на основе
личностно-ориентированного,
культурологического
и
интегративного подходов, роль интерактивных методов
обучения, а также значение воспитательной среды и
педагогико-психологические средства воздействия для
подготовки студентов как духовно зрелых личностей,
конкурентоспособных
кадров
с
развитыми
интеллектуальными способностями.
KIRISH
Yangi O‘zbekiston ta’lim sharoitida bugungi kunda globallashuv va ijtimoiy tarmoqlar
axborotlashgan jamiyat sharoitida milliy mentalitet, o‘zlikni anglash masalasi har
qachongidan ko‘ra muhim ahamiyat kasb etmoqda. Yangi O‘zbekiston taraqqiyot
strategiyasida ta’lim tizimini modernizatsiya qilish bilan birga, yosh avlodning tarixiy
xotirasi, milliy o‘zligini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratish masalasiga alohida urg‘u
berilgan. Ayniqsa, bu borada talabalarda milliy o‘zlikni anglash kompetensiyasini
shakllantirishda tarbiyaviy yondashuvni joriy qilish orqali milliy o‘zlikni anglash
kompetensiyalarini shakllantirish zarurati dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Yangi
O‘zbekiston ta’lim sharoitida olib borilayotgan keng qamrovli islohotlarning asosiy
vazifasi, axloqan kamol topgan, ma’naviy yetuk, tashabbuskor, milliy o‘zligini anglagan
barkamol avlodni tarbiyalashdan iborat. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat
Mirziyoyev[1] hududlar rivoji, aholi hayoti bilan yaqindan tanishish maqsadida 15-aprel
kuni Andijon viloyati tashrifidagi so‘zlagan nutqi yosh-avlodning ta’lim - tarbiyasi
masalasiga to‘xtalar ekan: “Davlatimizning eng ustuvor maqsadlaridan biri – yoshlar
siyosati. Ta’lim-tarbiya, mahalla, bandlik, sport tizimlarida qilayotgan ishlarimiz
farzandlarimizning manfaatlari uchun. Bizning yoshlarmiz qobiliyatli, iste’dodli. Bu
iste’dod qachon yuzaga chiqadi? Mehnat bo‘lsa. Bilim olib intilgan odam hech qachon
kambag‘al bo‘lmaydi, ishini topadi. Siz ham o‘qib, izlanib, zamonaviy kasb-hunarlarni
egallagan, baxtli bo‘lish uchun bugun zamin yaratishingiz kerak” degan ushbu purma’no
fikrlari mazmunida kelajak avlod kadrlarni tarbiyalash masalasi bugungi kunning dolzarb
vazifa sifatida davlat siyosati darajasiga ko‘tarish muhimligidan dalolat beradi.
Yangi O‘zbekiston ta’lim sharoitida milliy o‘zlikni anglash kompetensiyalarini
shakllantirishning metodologik imkoniyatlariga oid tadqiqotlar jarayoni hamda ko‘p yillik
pedagogik tajribalarimiz o‘zbek xalqi millat bo‘lib shakllangan va undan keyingi ijtimoiy –
iqtisodiy jarayonlarda yuzaga kelgan milliy o‘zlikka xos belgi va xususiyatlar sharoitlar
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue – 3 № 1 (2025) / ISSN 2181-3701
158
o‘zgarganda ham milliy o‘zlikni anglashida talabalarda milliy mentalitetni shakllantirish
masalasi eng muhim omil sifatida qaraladi. Chunki har qanday millat, o‘zining tarixiy
taraqqiyoti mobaynida ijtimoiy, madaniy faoliyat, fan, adabiyot, san’at va diniy qarashlar
sohasida to‘plangan tajribalaridan foydalanish bilan bir vaqtda, ularni avloddan – avlodga
meros qoldish zamonaviy milliy o‘ziligini yo‘qotmagan kadrlarni tayyorlab berish eng
muhim omillardandir.
Yangi O‘zbekiston ta’lim sharoitida milliy o‘zlikni anglash kompetensiyalarini
shakllantirishning metodologik imkoniyatlari talabalarda ta’lim-tarbiya jarayonida milliy
o‘zlikni anglashning mohiyati va tuzilmasi millatning an’anaviy qadriyatlari, jamoaviylik,
e’tiqodlilik, Vatanga tayanish, o‘zini cheklash, yuksak ma’naviy g‘oyalar, mustahkam oila,
ma’naviylikni moddiylikdan ustun qo‘yishlik, fidoyilik, bag‘rikenglik, millatparvarlik
asosida rivojlanishi borasidagi fikrlar keng yoritiladi. Milliy o‘zlikni anglash jarayonida,
avvalo, uning negizida “millat” tushunchasi yotadi. Har bir millat vakili uchun milliy
o‘zlikni anglash bu qanday millat farzandi ekanligini bilishi, e’zozlashi, undan g‘ururlanishi,
o‘z millat manfaatlari va maqsadlaridan kelib chiqib faoliyat yuritadigan bo‘lajak
o‘qituvchilarni tayyorlash bugungi kunning eng dolzarb vazifasi sifatida qaralmoqda.
Pedagogik tadqiqotlar natijasi o‘laroq tushuncha sifatida milliy o‘zlikni anglash
kompetensiyalarini rivojlantirishning pedagogik-psixologik jihatlarini tahlil etar ekanmiz,
biz tomonimizdan olib borilgan tadqiqotlarni o‘rganish doirasida avval, mahalliy va xorijiy
tadqiqotchilarning ishlaridagi ilmiy imkoniyatlarni tahliliga to‘xtalib o‘tishni lozim deb
topdik.
MAZMUNI
Milliy o‘zlikni anglash kompetensiyalarini tushunchasining pedagogik-psixologik
jihatlari mazmun, shakl va tamoyillariga to‘xtalar ekanmiz: “kompetensiya”
tushunchasining etimologik tahlilini ham berib o‘tish lozim. Dunyo olimlari tomonidan
ushbu tushunchani o‘rganish jarayonida quyidagi fikrlarga to‘xtalib o‘tilgan.
“Kompetensiya[2]” tushunchasi olimlar tomonidan turlicha talqin etilgan. Ta’limda
kompetensiyaviy yondashuv deb, avvalo, “Competence” so‘zi “to compete” so‘zidan kelib
chiqqan bo‘lib, “u yoki bu soha bo‘yicha bilimdonlik” deya e’tirof etilgan. Ma’lumki,
pedagogika fani taraqqiyotida ushbu tushuncha tahliliga nafaqat jahonda, balki
mamlakatimiz olimlari tomonidan tadqiqot ishlari olib borilgan va borilyapti ham.
Kompetensiyaviy ta’limda faoliyat ko‘rinishlari uchun tadqiqotning yakuniy maqsadi
kompetensiyalarni shakllantirish masalasi turib uning rivojlantirilishi ham eng ustuvor
jihatlardan biri sifatida qaraladi. Milliy o‘zlik – bu shaxsning o‘z millatiga mansublik hissi,
tarixiy-madaniy ildizlariga, ona tiliga, urf-odatlariga bo‘lgan ijobiy munosabatidir. Bu
jarayon bilim bilan emas, balki shaxsiy hayotiy tajriba, ijtimoiy muhit va tarbiyaviy ta’sir
orqali shakllanadi. Kompetensiya – bilim, ko‘nikma, qadriyatlar va shaxsiy fazilatlarning
birligidir. Milliy o‘zlikni anglash kompetensiyasi esa talabaning o‘z milliy tarixiga
asoslangan ongli, faol fuqarolik pozitsiyasini ifodalaydi.
2022–2026 yillarga mo‘ljallangan “Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi”da
shaxsni har tomonlama rivojlantirish, ayniqsa, milliy g‘urur va vatanparvarlik tuyg‘ularini
mustahkamlash masalasi ustuvor yo‘nalish sifatida belgilangan. Shu nuqtayi nazardan,
ta’limda mazmuniy va metodik yangilanishlar milliy o‘zlik kompetensiyalarini
shakllantirishda asosiy vosita bo‘lib xizmat qiladi.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue – 3 № 1 (2025) / ISSN 2181-3701
159
Yangi O‘zbekiston ta’lim sharoitida milliy o‘zlikni anglash kompetensiyalarini
shakllantirishning metodologik yondashuvlari quyidagi imkoniyatlarni o‘z ichiga
oladi:
shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv-har bir o‘quvchining shaxsiy qiziqishlari,
madaniy tajribasi, ijtimoiy muhitini hisobga olgan holda milliy qadriyatlarni anglash
imkoniyatini yaratadi.
madaniyatshunoslik yondashuvi-tarix, adabiyot, musiqa, san’at darslari orqali
o‘quvchilarni milliy madaniyat bilan tanishtirish, ularni o‘zlikni anglashga
yo‘naltiradi.
integrativ yondashuv-fanlararo integratsiya orqali o‘quv dasturlarida milliy
qadriyatlarni turli burchaklardan yoritish imkonini beradi. Bunda,
-interfaol ta’lim metodlari
-muammoli ta’lim tezislari
-“case-study”
-rolli o‘yinlar
-tarixiy voqealarga tayangan dramatik mashg‘ulotlar asosida interfaol metodlar
talabalarning faolligini oshiradi, o‘z-o‘zini anglash va milliy qadriyatlarga nisbatan
faol munosabatni rivojlantiradi.
“Yangi O‘zbekiston ta’lim sharoitida milliy o‘zlikni anglash kompetensiyasini
shakllantirishning imkoniyatlari ta’lim jarayonida talabalarga, vatanparvarlik, milliy
iftixor ruhida shakllanadigan bilishning o‘ziga xos shakllaridan biridir deb e’tirof etish
mumkin. Demak, milliy o‘zlikni anglash shaxs, jamiyat, ijtimoiy guruh, partiya va
boshqalarning muayyan maqsadlarini ifodalaydi, ularni bu yo‘lda birlashtiradi,
uyushtiradi, faoliyatga undaydi, safarbar qiladi”[3] deb ifodalab o‘tgan.
ADABIYOTLAR SHARXI
Respublikamiz olimlaridan S.Otamurodov tadqiqotlarida “milliy g‘oya, milliy
ongni uyg‘otuvchi, millatning o‘zligini anglatuvchi, o‘ziga xoslikka, mentalitetga
“qiyofa” baxsh etuvchi, milliy ruhiyat, g‘urur, iftixor, e’tiqod va mas’ullik tuyg‘ularini
shakllantiruvchi fikrdir”[4]; “Millatning o‘tmishi, buguni va istiqbolini anglashni
o‘zida mujassamlashtirgan, uning etnoijtimoiy birlik sifatidagi tub manfaatlari va
maqsadlarini ifodalaydigan, taraqqiyotiga xizmat qiladigan g‘oyaga milliy g‘oya
deyiladi”[5]; “Milliy g‘oya – mamlakat xalqini olg‘a yetaklovchi ezgu fikrlar
to‘plami”[6]; “Milliy istiqlol g‘oyasi- har bir vatandoshimiz, butun jamiyatimiz a’zolari
uchun Vatan oldidagi burchi va mas’uliyatini ijro etishga safarbar etuvchi axloqiy
mezondir”[7]; “Milliy g‘oya – millatning oliy idealini, uzoq muddatli maqsadlarini,
orzu-umidlarini, irodasini, ta’bir joiz bo‘lsa, o‘ziga xos tarixiy “da’vosini” umumiy
shaklda ifodalaydi. U sodda va tushunarli tarzda ikki og‘iz so‘zda biz intilayotgan,
qurayotgan jamiyatning mohiyatini ifodalashi lozim”[8] deb ta’kidlashga asos bo‘ladi.
Yangi O‘zbekiston ta’lim sharoitida milliy o‘zlikni anglash kompetensiyalarini
shakllantirishning metodologik imkoniyatlari milliy g‘oyaning ta’sir doirasi juda keng
bo‘lib, u millatning o‘ziga xosligini saqlash, umummanfaatlar yo‘lida millat vakillarini
birlashtirish, uyushtirish va taraqqiyot yo‘nalishlarini belgilashda muhim ahamiyat
kasb etishi bilan ajralib turadi.
Yangi O‘zbekiston ta’lim sharoitida milliy o‘zlikni anglash kompetensiyalarini
shakllantirishning ijtimoiy-pedagogik jihatlariga to‘xtalar ekanmiz avvalo, milliy
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue – 3 № 1 (2025) / ISSN 2181-3701
160
o‘zlikni anglash omiliga baxsh etuvchi, ruh ato etuvchi milliy g‘oyaga ehtiyojning
oshishini quyidagi jihatlarga qaratish zarur:
birinchidan,
mamlakat
suverenitetini
ta’minlash,
uning
ravnaqini
yuksaltirishdek asosiy strategik vazifani hal qilishga aholini, avvalo yoshlarni
yo‘naltirish;
ikkinchidan, bu borada aholining barcha qatlamlarini, ijtimoiy guruhlarni
birligiga asoslangan ijtimoiy hamkorlikni vujudga keltirish. Milliy g‘oya har bir
shaxsning dunyoqarashi, kundalik faoliyatida o‘z ifodasini topib, millat ongida chuqur
ildiz otgan taqdirdagina umummilliy harakat vujudga keladi;
uchinchidan, millat vakillaridan vatanparvarlik, ona zaminning muqaddasligi
tuyg‘usini uyg‘otish, uni ko‘z qorachig‘idek asrash kerakligini tushunib yetishiga ta’sir
o‘tkazish. Milliy g‘oya yoshlarda ona-Vatanga bo‘lgan mehr-muhabbatni
mustahkamlaydi;
to‘rtinchidan, sifat jihatidan yangi ma’naviy–madaniy, siyosiy va mafkuraviy
qadriyatlarga yo‘naltirilgan, millat taqdiri uchun ma’sul bo‘lgan barkamol shaxsni
shakllantirish zarurati. Har bir shaxs o‘zga millatlar doirasida o‘z millati vakillari
erishgan yutuqlar bilan faxrlanishi, uning izchil davomchisi bo‘lishi lozim. Shu sabab
milliy g‘oyani yurtimizda yashayotgan barcha millat va elatlar, ijtimoiy toifa vakillari
o‘rtasida keng targ‘ib etish, bunyodkorlik ruhini yalpi ijtimoiy harakatga aylantirish,
ertangi kunga ishonch tuyg‘ularini kuchaytirish masalalariga davlatimiz rahbari
tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlarda alohida o‘rin egallamoqda.
Xorijiy mamlakatlar olimlari tomonidan tadqiq etilgan ilmiy izlanishlar
doirasida ta’limda kompetensiya tushunchasi tahliliga alohida to‘xtalib o‘tilgan.
“Kompetensiya” tushunchasi fanga kiritilganidan so‘ng, olimlar tomonidan izlanishlar
olib borila boshladi.
Ingliz olimi psixolog Dj.Raven[9]ning ilmiy tadqiqotlari doirasida jamiyatda
ushbu tushunchaning tahliliga alohida urg‘u beradi, u o‘z tadqiqotlarida kompetensiya
tushunchasining pedagogik-psixologik jihatlariga to‘xtalib o‘tadi. Olim o‘z izlanishlari
doirasida “ko‘p sonli komponentlarni tahlili asosida, ulardan ko‘pchiligi bir-biriga
nisbatan mustaqil, ayrim komponentlar ko‘proq kognitiv sohaga, boshqalari esa –
emotsional sohaga taalluqli, mazkur komponentlar samarali xulqni tashkil qiluvchilar
sifatida bir-birini to‘ldirishi mumkin” deb ifodalagan.
Rus olimi pedagog B.Gershunskiy[10] kompetensiya tushunchasini inson
mehnat faoliyatining kasbiy rivojlanish sohasiga nisbatan o‘rgangan bo‘lib, u
shaxsning mustaqil rivojlanishida “kasbiy ta’lim darajasi, insonning tajribasi va
individual xususiyatlari, uning uzluksiz mustaqil ta’limga motivli intilishi va o‘z-o‘zini
takomillashtirishi, ishga ijodiy va mas’uliyatli munosabati” alohida o‘rin tutishi kabi
masalalarni alohida takidlab o‘tadi. Olim kasbiy rivojlanishda kompetensiyani
savodxonlik, ma’lumotlilik, kasbiy kompetensiya, madaniyat va mentalitetdan tashkil
topgan ta’lim samaradorligining strukturaviy bo‘g‘inini tashkil etuvchi sifatlarda
biridir deb ifodalab o‘tadi.
I.Frumin[11] tadqiqotlarida ta’limda kompetensiyani ma’lumotlar va
malakalarning oddiy kombinatsiyasi sifatida qaralmaydigan va haqiqiy masalalarni
hal etishga yo‘naltirilgan ta’limiy natijaning yangi turi sifatida e’tirof etadi. Ta’lim
tizimida kompetensiyaviy yondashuvni amalga oshirishning yo‘nalishlari u asosiy
kompetensiyalar, umumlashgan maqsadli ko‘nikmalar, amaliy predmetli ko‘nikmalar
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue – 3 № 1 (2025) / ISSN 2181-3701
161
va hayotiy malakalar deb atagan va ular orasida eng muhimi asosiy kompetensiyalar
g‘oyasi hisoblanadi deb ifodalab o‘tgan.
Olim L.Davidov[12] tadqiqotlari doirasida kompetensiya masalasiga alohida
urg‘u berib, bir aniq sifatlarni rivojlantirishda kompetensiyaviy ta’limning o‘zaro
aloqador va o‘zaro bog‘liq bilim, ko‘nikma va malaka, amaliy faoliyat tajribasi sifatida
qarash muhim o‘rin tutadi.
Olim tomonidan kompetensiyaviy ta’limning komponentlari tarkibi quyidagi
jihatlarga ajratgan holda ifodalagan: ya’ni,
- kompetensiyaning yuzaga kelishi (ya’ni, motivatsion jihat);
- kompetensiya mazmuniga oid bilimga egalik (kognitiv faoliyat);
- kompetensiyaning turli-tuman standart va nostandart vaziyatlarda namoyon
bo‘lishi (xulqiy jihat);
- kompetensiya mazmuniga va uning ob’ektiga munosabat (qadriyatli-mazmunli
faoliyat);
- ta’limda kompetensiyaning namoyon bo‘lish jarayoni va natijasi emotsional-
irodaviy tartib kabi sifatlarga ajratiladi.
XULOSA
Demak, bo‘lajak o‘qituvchilarda milliy o‘zlikni anglash kompetensiyalari
yoshlarda bunyodkor g‘oyalarning mazmun-mohiyatan sog‘lom yoki nosog‘lom, ezgu
yoki yovuz, bunyodkor yoki buzg‘unchi bo‘lishi mumkinligini yoritish muhim
pedagogik vazifa sifatida qaralmoqda.
Bizga ma’lumki, Yangi O‘zbekiston ta’lim sharoitida milliy o‘zlikni anglash
kompetensiyalarini shakllantirishda talabalarning kundalik fikrlaridan farqli yana o‘z
tafakkurida paydo bo‘lsada, keng jamoatchilik manfaatlarini ifoda etmoqda. Demak,
talabalarda milliy o‘zlikni anglash kompetensiyalarini shakllantirish asosiy omil
sifatida o‘ziga ishonch va e’tiqodga aylanib e’tirof etilganligi sababli talabalarni
vatanga sadoqat ishonch, mamlakat taqdiri uchun jon kuydiradigan kadrlar etib
tarbiyalash masalasi dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Халқ сўзи. 2025 yil 15-апрел kuni Ўзбекистон Республикаси Президенти
Шавкат Мирзиёев ҳудудлар ривожи, аҳоли ҳаёти билан яқиндан танишиш
мақсадида 15 апрель куни Андижон вилояти ташрифидаги сўзлааган нутқи, 2025 й.
16 апрель №-77 сон.
2.
Қори Ниёзий номидаги Ўзбекистон педагогика фанлари илмий
тадқиқот институти. Педагогик атамалар луғати. -Т.: 2008 й.
3.
Otamurotov S. Otamurotov S. Oʻzbekistonda ma'naviy-ruhiy tiklanish. T.:
2003.- 219 b
4.
Otamurotov S. Otamurotov S. Oʻzbekistonda ma'naviy-ruhiy tiklanish. T.:
2003.- 219 b
5.
Ochildiev A. Milliy gʻoya va millatlararo munosabatlar. T.: 2004.- 15 b.
6.
Olim S. Milliy mafkura –xalq tayanadigan kuch. T.: 2000.-5 b
7.
Milliy istiqlol gʻoyasini shakllantirishda tashkiliy-uslubiy yondashuvlar
(kadrlar tayyorlash milliy dasturi vazifalari doirasida). T.: 2002.-19 b
8.
Erkaev A. Milliy gʻoya mohiyati. – T.: «Ma'naviyat», 2001. – 6 -bet
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue – 3 № 1 (2025) / ISSN 2181-3701
162
9.
Raven Dj. Kompetentnost v sovremennom obshestve: viyavlenie, razvitie i
realizasiya // - M., «Kogito-Sentr», 2002. – 281-296 s.
10.
Гершунский Б. Философия образования XXI: В поисках практико
ориентированных концепций.-М.: Пед. общ. России., 2002 г.- 512 с.
11.
Фрумин И.Д. Введение в теорию и практику демократического
образования. Красноярск, 1998, с 92.
12.
Давыдов Л. К вопросу о компетентностном подходе в образовании //
Л.Давыдов //Современные проблемы воспитания и образования. Психолого-
педагогический сб.науч.труд. М.А. Шолохова, 2006 г.- С. 120-123.
