Авторы

  • Мунира Туйчиева
    Старший преподаватель, Узбекский государственный университет мировых языков

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.foreign-linguistics.91280

Ключевые слова:

диалект кастильский каталанский баскский галисийский национальные варианты

Аннотация

В данной статье анализируются диалекты испанского языка и их характеристики. Рассматриваются слова, идиомы и фразы из национальных вариантов испаноязычных стран Латинской Америки: Аргентины и Мексики. Анализируются кастильский язык и его диалекты. В статье на примерах рассматриваются диалекты, говоры и их роль в речи. Во вводной части статьи анализируется диалектология, а в основной части анализируются типы диалектов в испанском языке.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная

лингвистика

и

лингводидактика

Foreign

Linguistics and Linguodidactics

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics

Differential-semantic features of dialects in the Spanish
language (using the national variants of Spain, Argentina,
and Mexico as examples)

Munira TUYCHIEVA

1

Uzbekistan State World Languages University

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received February 2025
Received in revised form
10

March 2025

Accepted 25 March 2025
Available online
25 April 2025

This article analyzes the dialects of the Spanish language and

their characteristics. The article examines words, idioms and
phrases from the national variants of the Spanish-speaking

countries of Latin America: Argentina and Mexico. The Castilian

language and its dialects were studied. The article examines

dialects, subdialects and their role in speech using examples. In
the introduction of the article analyzes dialectology, and the

main part analyzes the types of dialects in the Spanish language.

2181-3701

2024 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol3-iss4

/S

-pp262-267

This is an open-access article under the Attribution 4.0 International

(CC BY 4.0) license (

https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru

)

Keywords:

dialect,

Castilian,

Catalan,

Basque,

Gallego,

national options.

Ispan tilida dialektlarning differensial

semantik

xususiyatlari (Ispaniya, Argentina va Meksika milliy
variantlari misolida)

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

dialekt,

sheva,

lahja,

kastil,

katalan,

bask,

gallego,

milliy variantlar.

Ushbu maqolada ispan tili dialektlari va uning xususiyatlari

tahlil qilinadi. Ispan tilida so‘zlashuvchi Lotin Amerika

davlatlaridan

Argentina,

Meksika

davlatining

milliy

variantlaridagi so‘zlar, idiomalar va iboralar tahlil qilinadi.

Kastil tili va uning shevalari ko‘rib chiqiladi. Maqolada,

shuningde

k, shevalar, lahjalar va ularning so‘zlashuvdagi o‘rni

misollar yordamida yoritib berilgan. Maqolaning kirish qismida

dialektologiya, asosiy qismida ispan tilidagi shevalarning turlari

tahlil qilingan.

1

Senior Lecturer, Uzbekistan State World Languages University.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue

4 (2025) / ISSN 2181-3701

263

Дифференциально

-

семантические

особенности

диалектов

испанского

языка

(На

примере

национальных вариантов Испании, Аргентины и
Мексики)

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

диалект,

кастильский,

каталанский,

баскский,

галисийский,

национальные варианты.

В данной статье анализируются диалекты испанского

языка

и их характеристики. Рассматриваются слова,

идиомы

и

фразы

из

национальных

вариантов

испаноязычных стран Латинской Америки: Аргентины и
Мексики. Анализируются кастильский язык и его
диалекты. В статье на примерах рассматриваются

диалекты, говоры и их роль

в речи. Во вводной части

статьи анализируется диалектология, а в основной части

анализируются типы диалектов в испанском языке.


KIRISH
Dialektologiya va uning tildagi ahamiyati

Dialektologiya

tilning tarqalish hududidagi grammatik, fonetik va leksik

farqlarini hisobga olgan holda uning hududiy farqlash muammolarini batafsil

o‘rganadigan fan.

Ushbu ilmiy fan lahjalar deb ataladigan va bir hududda yashovchi odamlar

o‘rtasidagi aloqa vositasi bo‘lgan tilning mahalliy hududiy turlarini o‘rganadi. Shuni

ta

’kidlash kerakki, shevalar nafaqat hududiy, balki ijtimoiy xususiyatga ega.

Dialektlarni va ularning hududiy chegaralarini aniqlashga urinayotganda,

mutaxassislar turli qiyinchiliklarga duch kelishadi.

Hududiy tarqalish bo‘yicha ispan tili ingliz tilidan keyin ikkinchi o‘rinda turadi.

Janubiy va Markaziy Amerika, Ispaniya va Ekvatorial Gvineya jami 19 ta davlatning
rasmiy tili hisoblanadi.

Ispan dialektologiyasida mavjud boʻlgan ilmiy adabiyotlarda,sheva, lahja va dialekt

atamalari turlicha ma’nolarda qoʻl

lanilib kelmoqda. Shevalar bir-biriga juda yaqin va

oʻxshash bo‘lganliklari uchun tilning eng kichik boʻlagini tashkil qiladi. Sheva forscha soʻz
boʻlib, ovoz, til, soʻzlashish, yoʻsin, ravish kabi ma’nolarni bildiradi.

Shevalar

tilining oʻziga xos fonetik, grammatik, leksik xususiyatlariga ega boʻlgan

kichik bir qismidir.

Asosiy qism: Ispan tili dialektlari va ularning semantik xususiyatlari

Ispan tili o‘rta asrlarda Kastiliyada paydo bo‘lgan. Zamonaviy ispan tilida

so‘zlashadigan dunyoda

u kasteyano deb ataladi.

Ispan tili roman tillari guruhiga kiradi, lekin arab tili unga katta ta’sir ko‘rsatgan.

Ispan tili sayyoramizdagi ikkinchi eng mashhur tildir. U xitoy tilidan keyingi o‘rinni

egallaydi.

Ispan tilining dialektlari ispan tilida so‘zlashuvchi mamla

katlarning turli

hududlarida uning turli xil variantlarini

o‘z ichiga oladi. Bu oʻzgarishlar lugʻat va

talaffuzda bir-biridan farq qiladi. Grammatik jihatdan farqlarlar unchalik katta emas.

Asosiy dialektlar Lotin Amerikasi va Ispaniyadagi dialektlardir. Ispaniyada

quyidagi asosiy dialektlarni

ko‘rishimiz mumkin:


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue

4 (2025) / ISSN 2181-3701

264

• kastiliya;

• bask ;

• asturiya;

• katalon;

• galisia;

Yuqoridagi dialektlarni tillar deb atash mantiqan to‘g‘ri bo‘lsa

-da, ular

qo‘llaniladigan hududlarda rasman til sifatida tan olingan.

Kastiliya dialekti rasmiy ispan

tilidir. U orqali 40 milliondan ortiq odam muloqot qiladi.

Katalan tilida Valensiya, Balear orollari va Kataloniyada so‘zlashadi. Ispanlar

orasida mashhurlik bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turadi. Unda 10 millionga yaqin odam

muloqot qiladi.

Kastiliya lahjasi (Castellano) odatda Ispaniyaning markaziy va shimoliy qismidagi

dialektni (shimolda Kantabriyadan janubda Kuenkagacha bo‘lgan hudud) o‘z ichiga olgan

dialektdir. Kastiliya dialekti janubiy mintaqalardagi Andalusiya dialektidan farq qiladi.

XV asr oxirlarida “Kastiliya tili” ya’ni kasteyano atamasi paydo bo‘lgan.

Ispan tili eramizdan avvalgi 3-2-asrlar oxirida Rim mustamlakachilari tomonidan

Pireney yarim oroliga olib kelingan xalq lotin tilining soʻnggi bosqichini

ifodalaydi.

Ispan adabiy tili tarixi

bu shimoliy Kastiliya dialektining rivojlanish va kengayish

tarixiga borib taqaladi. Arablardan o‘z ona tuprog‘ini tortib olgan Rekonkistlar,

Portugaliyadan tashqari butun Periney yarim orolini o‘z hukmdorligi ostida birlashtirg

an

Kastiliya qirolichasi Izabella II va Aragon qiroli Fernando bu tilining rivojlanishiga va

keng tarqalishi katta hissa qo‘shgan.

Arablar hukmronligi davrida (711

1492) Ispaniya va Portugaliyaning markaziy va

janubiy mintaqalarining lotin tilida so‘zlashu

vchi aholisi Shimoliy Ispaniya aholisiga

qaraganda o‘z tillarini yaxshiroq saqlab qolishgan. Bu til moz arabcha deb atalgan.

Bu haqda juda kam ma’lumotlar saqlanib qilgan.

Ispaniyadagi dialektlar deganda biz Kastiliyaning ikkita turini ajratib

ko‘rsatishi

miz mumkin: shimoliy va janubiy. Shimoliy turida yarim orolning shimoliy

yarmida yashovchi aholi (Leon, Shimoliy Kastiliya, Churro, Aragon va Rioja)

hududlaridagi odamlar gaplashadi. Ular ispan tilining “standart ispan tiliga” juda yaqin

dialektlari bo‘lib

, yarim orolning shimoliy va markaziy hududlarida

bir xilda qo‘llaniladi.

Boshqa tomondan, janubiy hududlariga xos bo‘lgan (Andalusiya, Kanar orollari,

Ekstremenyo, Murcia, Madrileño va Manchego) dialektlarida Ispaniyaning janubiy

yarmida va Kanar orollari

da so‘zlashadi va ancha sezilarli fonetik xususiyatlarga ega, bu

Reconquista davrida Kastiliyaning yarim orol janubiga kengayishi natijasidir.

Ispaniyada qancha ispan lahjalari bor? Biz ispan tilining jami 12 dialektlarini

ajratib ko‘rsatishimiz mumkin: Ka

stiliya dialekti, Aragon Kastiliya, Rioja-Kastiliya, Churro

Kastiliya, Leonese Kastiliya, Andalusiya lahjasi, Sharqiy Andalusiya, Ekstremadura, Kanar

orollari, La Mancha, Madrid va Mursiya.

Shu bilan birga, Ispaniyaning boshqa tillari ta’sirida ispan

tilining dialektal

variantlarini ajratib ko‘rsatishimiz mumkin. Shunday qilib, biz Galisiyada, bask tilida

so‘zlashadigan hududlarda (Basklar mamlakati, Navarra va Treviño) va katalon tilida

so‘zlashadigan hududlarda (Kataloniya, Valensiya hamjamiyati va B

alear orollari) ispan

tilida farqlar va o‘ziga xos xususiyatlarni aniqlashimiz mumkin.

Ko‘proq konservativ shimoliy ispan dialektlari asosan Ispaniyaning shimoliy

yarmini qamrab oladi, bu dialektlar Salamanka, Avila, Madrid, Gvadalaxara, Kuenka,

shimoliy A

lbasete, Toledo va Syudad Realdan o‘tadi. Madrid va La Manchada shimoliy

lahjaga ega bo‘lgan hududlar bo‘lishiga qaramay, ba’zi janubiy xususiyatlar paydo bo‘ladi,

masalan, /s/ ning implosiv holatda ishlatilishini ko‘rishimiz mumkin.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue

4 (2025) / ISSN 2181-3701

265

Ispan tilining milliy variantlari geografik, ijtimoiy-madaniy, siyosiy va tarixiy

omillar ta’sirida shakllangan va shakllanmoqda. Bundan tashqari, har bir hududning

o‘ziga xos tilining xususiyatlariga lingvistik vaziyat, til ichidagi omillar va aloqa qiluvchi

tillarning o‘zaro ta’siri

ham muhim

rol o‘ynaydi.

Ya’ni ispan tilining har bir variantining leksik korpusi ispan tilida so‘zlashuvchi har

qanday millat lug‘atining ko‘p qismini tashkil etuvchi barqaror iboralar va umumiy ispan

so‘zlari va muayyan milliy jamoa va hududga xos

bo‘lgan so‘z va iboralar to‘plamidir.

Masalan, Lotin Amerikasi milliy variantlarining leksik o‘ziga xosligi uchta nuqta

bilan yaratiladi:

hinduizmlar lug‘atiga, ya’ni hindu tillaridan o‘zlashgan so‘zlarni kiritish.

Masalan:

chocolate

,

maiz

,

patata

,

tabaco.

Ispaniya va Lotin Amerikasida bir xil narsa yoki hodisalarga nisbatan ishlatiladigan

so‘zlarda farqlar mavjud.

Misol uchun, Ispaniyada “mashina” so‘zi “coche”, Lotin Amerikasida esa “carro”.

Yana bir misol, “meva” so‘zi Ispaniyada “fruta”, Lotin Amerikasida esa “fruto” so‘zi

orqali ifodalanadi.

Ispan tilida so‘zlashuvchi davlatlardan biri bo‘lgan Argentinaning o‘ziga xos

bo‘lgan dialektlari va lahjalari

mavjud.

Hozirgi vaqtda Argentina turli hududlarida o‘n beshta mahalliy tillarda so‘zlashadi:

Ava-Guarani, Aymara, Chane, Chorote, Chulupi, Guarani, Mapudungun, Mbya Guarani,

Mocovi, Pilaga, Qum (toba), Kecha, Tapiete, Vilela va Wichi tillaridir.

Argentina tillari ham ispan, ham tarixan mahalliy xalqlar tomonidan so‘zlashadigan

avtoxton tillarni yoki uzoq tarixiy davrlar davomida ularni saqlab qolgan yoki ishlatgan

migrantlar va ularning avlodlari jamoalari tomonidan barqaror va avlodlar davomida

so‘zlashadigan ona tili bo‘lmagan tillarni o‘z ichiga oladi.

Hozirda ispan tili asosiy til boʻlib, Argenti

naning deyarli barcha aholisi birinchi

yoki ikkinchi til sifatida tushunadi va gapiradi, 2022-

yilgi aholini roʻyxatga olish

maʼlumotlariga koʻra, bu tilda 45,89 million aholi so‘zlashadi. Bu davlat boshqaruvida

milliy darajada qoʻllaniladigan yagona tildir

. Ispan tili

ya’ni Castillano ustunlik qiladigan

mamlakatlardan Argentina hududiy jihatdan eng katta hududga ega.

Guarani va Kechua tillarida Norte Grandeda milliondan ortiq so‘zlashuvchilar bor.

Guarani tili, ayniqsa, qonun bilan tartibga solinmagan bo‘ls

a-da, 2004-

yilda ta’lim va

hukumat hujjatlari uchun o‘zining rasmiy maqomini e’lon qilgan. O‘z navbatida, Kechua

Santyago del Estero provinsiyasida juda ko‘p so‘zlashuvchilarga ega, u yerda Quichua deb

nomlangan juda tabaqalashtirilgan lahja ishlatiladio‘.

Argentina shimoli-sharqidan, NOA,

Paragvay, Boliviya va Perudan doimiy migratsiya mahsuli bo‘lgan yirik shahar

aglomeratsiyalarining chekkasida Guarani, Kechua va Aymara tillarida so‘zlashuvchilar bor.

Argentinada yeismo eshitishimiz mumkin.

“ll” va “y”

tovushlarining

kombinatsiyasi. “Vos” bu erda hamma joyda ishlatiladi va “Lenguaje gaucho” ham tez

-tez

uchratish mumkin. Bu kovboylarning rang-barang lahjasi (gaucho) hisoblanadi.

Argentinaga xos bo‘lgan ayrim idiomalarni va iboralarni ko‘rishimiz mumkin:

“Lindo” so‘zi “chiroyli” yoki

“go‘zal” degan ma’noni anglatadi. U ijobiy his

-

tuyg‘ularni uyg‘otadigan narsalarni, joylarni yoki odamlarni tasvirlash uchun keng

qo‘llaniladi. Masalan, “¡Qué lindo día!” iborasini uchratish mumkin. (Qanday go‘zal kun!)

“Laburar”

argentinacha atama bo‘lib, “ishlamoq” degan ma’noni anglatadi.

Bu ishga munosabatni aks ettiruvchi norasmiy ifodadir. Siz Argentinaning ish va mehnat

haqida suhbatlarida bu so‘zni tez

-tez eshitishingiz mumkin.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue

4 (2025) / ISSN 2181-3701

266

“Morfar”

bu ibora “yemoq” yoki “tanovul qilmoq” degan ma’nosini anglatadi.

Bu oziq-

ovqat bilan bog‘liq ko‘plab Argentina iboralardan biridir.

“Tomar el bondi”

avtobusga o‘tirmoq iborasi “avtobusga chiqmoq” ma’nosini

bildiradi. Argentinada avtobuslar ommabop jamoat transporti vositasi bo‘l

ib, ibora

avtobusga chiqish va biror joyga borish harakatini tasvirlash uchun ishlatiladi.

“Quilombo”

bu “chalkashlik” yoki “tartibsizlik” degan ma’noni anglatadi.

U butunlay tartibsizlik yoki tartibsizlik mavjud bo‘lgan vaziyatni yoki joyni tasvirlash

uchun ishlatilishi mumkin. Bu so‘z, shuningdek, shovqinli va faol harakatlar bo‘lgan

ziyofat yoki joyga nisbatan ham ishlatilishi mumkin.

“Re”

bu so‘z yoki sifatni ta’kidlash uchun ishlatiladigan ibora. Misol uchun,

“juda qiziqarli” yoki “o‘ta qiziqarli” degan ma’noni anglatadi. Bu ibora ta’rifga kuch yoki

intensivlik qo‘shadi va Argentinada so‘zlashuv nutqida keng tarqalgan.

Meksikadagi ispan tilining dialektlari Meksika milliy variantidan olingan til

dialektlarining katta to‘plamini o‘z ichiga oladi. Bu dialektlarda lug‘at, grammatika va

talaffuzdagi farqlar mavjud.

Mustamlakachilar tomonidan bu yerga olib kelingan ispan tili mahalliy tillar va

madaniyatlarning xususiyatlarini o‘ziga singdirib, ko‘plab o‘zgarishlarni oldi. Shunday

qilib, Meksikada “tú” o‘rniga “vos” (siz) olmoshini ishlatish odatiy holdir.

Ba’zi mintaqalarda mahalliy tillarning ta’sirini his qilishingiz mumkin: bu yerda

kechua, aztek va boshqa xalqlarning tillaridan kirib kelgan so‘zlar keng qo‘llaniladi.

Meksikada so‘zlashuvchi tillarning ko‘pligi mamlakatni dunyodagi til xilma

-

xilligiga eng boy davlatlardan biriga aylantirdi. 2003-yil 15-

martda e’lon qilingan “Turli

xalqlarning til huquqlari to‘g‘risida”gi umumiy qonunining 4

-

moddasiga ko‘ra,

Meksikaning mahalliy tillari va ispa

n tili tarixiy tabiatiga ko‘ra “milliy tillar” deb e’lon

qilingan, shuning uchun ular butun Meksika hududida bir xil kuchga ega.

Meksika mustaqillikka erishgandan so‘ng, barcha mahalliy xalqlarni ispanlashtirish

zarurati paydo bo‘ldi, chunki til xilma

-xilligi ularni milliy jamiyatga integratsiya qilishda

qiyinchilik

tug‘diradi deb qaraldi. 20

-

asrgacha oʻqitish va boshqaruvning yagona tili ispan

tili edi. Mahalliy tillarda ta’lim berish bo‘yicha birinchi urinishlar avvalo yozishni

o‘rganish va keyin o‘quv ja

rayonini faqat ispan tilida davom ettirishdan iborat edi.

Meksikada bir avloddan ko‘proq vaqt davomida tashkil etilgan jamoalarda

so‘zlashadigan chet tillar orasida: ingliz tili, asosan, Baja Kaliforniya va Chixuaxuada

mormonlar tomonidan so‘zlashadi; Plod

ich, taxminan 70000 mennonit, asosan

Chihuahua va Campeche; Veneto Chipileño, taxminan 7000 ga yaqin aholi so‘zlashadi.

Agar

futbolka so‘zini “kamiseta” deb atasangiz, meksikaliklar tushunishadi, chunki

barcha ispan tilidagi darsliklarda bu so‘z aynan shunday berilgan. Ularning o‘zlari bu

kiyimni “playera” deb atashadi.

Kastiliyada mechero deb aytiladigan so‘zni meksikaliklar encendedor deyishadi.

Garchi ular encendedor so‘zini tushunsalar ham, o‘zlari chisque so‘zidan foydalanishni

afzal ko‘rishadi, mechero so‘zini esa tushunilmaydi.

Dush so‘zini meksikaliklar deyarli hech qachon ducha deb atamaydilar. Ular har

doim regadera deyishadi. Dush uyda bo‘lsa, ducha so‘zi yaxshi tushuniladi. Sohildan

duchani qidirsangiz sizga ahmoqdek qarashadi. Plyajda

albatta regadera deyiladi.

Kvartira so‘zini siz “piso” yoki “apartamento” so‘zi orqali ishlata olmaysiz. Kvartira,

albatta, “departamento” (depto yoki (el) depa deb qisqartirilgan) shaklida ishlatiladi.

Xona demoqchi bo‘lsangiz “recamara” bo‘ladi, va “habitación”

so‘zini

meksikaliklar

tushunishadi ammo “cuarto”

so‘zini meksikaliklar tushunmaydilar.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue

4 (2025) / ISSN 2181-3701

267

Basseyin so‘zi bu yerda hech qachon piscina shaklida ishlatilmaydi bu so‘z albarca

“alberca” so‘zi yordamida qo‘llaniladi.

Haydovchilik guvohnomasi

carné de conducir

(haydovchilik guvohnomasi) bu

yerda, albatta, licensia de manejo.

Sug‘urta hech qachon seguro emas, balki

protección,

conducir o‘rniga –

manejar so‘zi qo‘llaniladi.

“O‘zib ketish” so‘zini darslik va kitoblarda ko‘rgandek adelantar emas, balki

“rebasar”

shaklida uchratish mumkin.

Meksikaning deyarli hamma joyida bodegalar bor. Ammo bu so‘zni meksikaliklar

ispanlar kabi vino yerto‘lasini emas, balki ombor do‘konini nazarda tutadilar.

Meksikaliklarning “con permiso” degan asosiy muloyim iborasi ham bor. Vaz

iyatga

qarab, ularda perdón (kechirasiz) va por favor (iltimos!), permítame pasar (menga
o‘tishga ruxsat bering) va hasta luego (tez orada ko‘rishguncha)

kabi ma’nolari mavjud.

Ispan tilidagi dialektlarda uchraydigan ayrim so‘zlarning so‘zlashuv nutqidagi

farqlarini keltirib o‘tamiz.

O‘zbek tilda

Ispaniya

Meksika

Argentina

kartoshka

patata

papa

papa

shaftoli

meloco

tón

durazno

durazno

banan (mevasi)

platano

platano

banana

qulubnay

fresa

fresa

frutilla

yeryong‘oq

cacahuete

cacahuate

maní

yashil no‘

xot

judía verde

ejote

chaucha

pop corn

palomitas

palomitas

pururu

avocado

aguacate

aguacate

palta

chupa-chups

chupa-chups

paleta

chupetín

XULOSA

Ko‘plab tillardagi dialektlarda uchraganidek ispan tili dialektlarida ham so‘zlarning

o‘ziga xos

xususiyatlari mavjud. Kastil tili va uning Lotin Amerika milliy variantlarida

ishlatiladigan so‘zlarning leksik va semantik xususiyatlarini, so‘zlashuvdagi o‘rnini, ular

orasidagi farqlarni o‘rganish va o‘zbek tili shevalari va lahjalari bilan qiyoslash mu

him

ahamiyatga ega.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Toʻychiboyev. B,Hasanov B. “Oʻzbek dialektologiyasi” –

Qodiriy nomidagi xalq

merosi nashriyoti. 2004-yil.

2.

Reshetov V, Abdurahmonov Sh. Oʻzbek dialektologiyasi. “Oʻqituvchi” nashri.

Toshkent. 1978.

3.

Виноградов В.С. “Лексикология испанского языка” –

М., 2010.

4.

Жирмунский В.М. “Национальный язык и социальные диалекты”

M., 2014.

5.

Степанов Г. В. “Испанский язык в странах Латинской Америки” –

М., 1963.

Библиографические ссылки

Toʻychiboyev. B,Hasanov B. “Oʻzbek dialektologiyasi” - Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti. 2004-yil.

Reshetov V, Abdurahmonov Sh. Oʻzbek dialektologiyasi. “Oʻqituvchi” nashri. Toshkent. 1978.

Виноградов В.С. “Лексикология испанского языка” - М., 2010;

Жирмунский В.М. “Национальный язык и социальные диалекты” M., 2014

Степанов Г. В. “Испанский язык в странах Латинской Америки” - М., 1963