Авторы

  • Шодёрбек Дусчонов
    Преподаватель, Ургенчский государственный педагогический институт

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.foreign-linguistics.91284

Ключевые слова:

концепция технология теория практика программа международный стандарт производство проектирование моделирование STEAM 3D моделирование

Аннотация

В данной статье проанализированы актуальные вопросы подготовки будущих преподавателей предмета «Технология» с научно-педагогической точки зрения. Выявлены причины и последствия существующих проблем. Также изложены мнения и соображения, направленные на их устранение.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная

лингвистика

и

лингводидактика

Foreign

Linguistics and Linguodidactics

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics

Pressing Issues in Preparing Future Technology Education
Teachers

Shodyorbek DUSCHONOV

1

Urgench State Pedagogical Institute

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received October 2024
Received in revised form
10 November 2024

Accepted 25 November 2024
Available online
25 December 2024

This article analyzes current issues in the preparation of

future technology teachers from a scientific and pedagogical
perspective. The causes and consequences of existing problems

have been identified. Additionally, thoughts and considerations

aimed at addressing these issues are presented.

2181-3701

2024 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol2-iss6

/S

-pp232-236

This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (

https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru

)

Keywords:

concept,

technology,

theory,

practice,

program,

international standard,
production,

design,

modeling,

STEAM,

3D modeling.

Bo‘lajak tехnоlоgiya fani o‘qituvchilarini tayyorlashning

dolzarb masalalari

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

konsepsiya,

texnologiya,

nazariya,

amaliyot,

dastur,

xalqaro standart,

ishlab chiqarish,

loyihalash,

modellashtirish,

STEAM,

3D modellashtirish.

Mazkur

maqolada bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilarini

tayyorlashdagi dolzarb masalalar ilmiy-pedagogik nuqtai

nazardan tahlil qilingan. Mavjud muammolarning sabab va

oqibatlari aniqlangan. Shuningdek, ularni bartaraf etishga

qaratilgan fikr va mulohazalar bayon qilingan.

1

Teacher, Urgench State Pedagogical Institute.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue

6 (2024) / ISSN 2181-3701

233

Актуальные

вопросы

подготовки

будущих

преподавателей технологии

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

концепция,

технология,

теория,

практика,

программа,

международный стандарт,

производство,

проектирование,

моделирование,

STEAM,

3D

моделирование.

В данной статье проанализированы актуальные

вопросы подготовки будущих преподавателей предмета

«Технология» с научно

-

педагогической точки зрения.

Выявлены причины и последствия существующих проблем.

Также изложены мнения и соображения, направленные на

их устранение.

Zamonaviy ta’lim tizimida texnologiya fani o‘zining amaliy yo‘naltirilganligi,

kasbga yo‘naltirishdagi ahamiyati va o‘quvchilarda innovatsion tafakkurni

shakllantirishdagi o‘rni bilan ajralib turadi. Ushbu fan orqali o‘quvchilar mehnat

jarayonlariga tayyorlanadi, ishlab chiqarish madaniyati bilan tanishadi va muammoli

vaziyatlarda mustaqil qaror qabul qilish ko‘nikmalarini egallaydi. Shunday ekan,

texnologiya fanini o‘qituvchi mutaxassislar zamonaviy bilim va ko‘nikmal

arga ega,

pedagogik yondashuvlarni puxta egallagan, o‘quvchini ijodiy faoliyatga yo‘naltira

oladigan bo‘lishi zarur. Ammo amaliyot shuni ko‘rsatmoqdaki, bo‘lajak texnologiya fani

o‘qituvchilarini tayyorlashda qator muammolar mavjud. Jumladan, ta’lim jarayo

nining

nazariy yo‘nalishda kechayotgani, amaliy mashg‘ulotlarning yetarli darajada tashkil

etilmagani, zamonaviy ishlab chiqarish texnologiyalariga mos kompetensiyalar

shakllanmayotgani bugungi kun uchun dolzarb masalalardan hisoblanadi. Ayniqsa,

pedagogik

faoliyatda innovatsion yondashuvlar, loyiha asosida o‘qitish, axborot

-

kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish kabi elementlarning sust qo‘llanilishi

kelajakdagi o‘qituvchi salohiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta

’lim muassasalarini tizimli rivojlantirish va

ularda boshqaruv faoliyatini takomillashtirish, ilg‘or xorijiy tajribalarni joriy qilgan holda

zamonaviy ta’lim dasturlarini ishlab chiqish, yuqori malakali professional kadrlar

tayyorlashni yangi bosqichga ko‘tarish, shuningdek, pedagogika sohasida ta’lim, ilm

-fan

va amaliyot uyg‘unligini ta’minlash maqsadida 2022

-yil 21-

iyunda O‘zbekiston

Respublikasi Prezidentining “Pedagogik ta’lim sifatini oshirish va pedagog kadrlar

tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari fa

oliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari

to‘g‘risida” PQ–

289-son qarori qabul qilindi. Qarorga muvofiq pedagog kadrlar

tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalarining ta’lim dasturlarini xorijiy mutaxassislar bilan

hamkorlikda qayta ko‘rib chiqish va ularni Milliy malaka ramkasi, Ta’limni xalqaro

standart klassifikatori (MSKO-

2011), o‘quv rejalari va ta’lim dasturlarini bir

-biriga

muvofiqlash vazifalari qo‘yildi [1]. Shu o‘rinda texnologiya fanining mazmuni tezkor

rivojlanayotgan zamonaviy ishlab chiqarish, innovatsion texnologiyalar, raqamli

qurilmalar, ekologik muammolar va barqaror taraqqiyot tamoyillari bilan bevosita

bog‘lanmoqda. Shu bois, bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilarining o‘quv rejalari,

dasturlari va o‘qitish metodikasi ishlab chiqarishn

ing real talablari va zamonaviy

texnologiyalar bilan uyg‘unlashgan bo‘lishi kerak.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue

6 (2024) / ISSN 2181-3701

234

Texnologiya fani o‘zining mohiyatiga ko‘ra amaliy faoliyatga yo‘naltirilgan fan

hisoblanadi [5]. Bu fan o‘quvchilarda nafaqat nazariy bilimlarni, balki amaliy, ijodiy va

kasbiy kompetensiyalarni ham shakllantirishni maqsad qiladi. Shu bois, ushbu

yo‘nalishda ta’lim beruvchi bo‘lajak o‘qituvchilar bir qator zamonaviy kasbiy
kompetensiyalarga ega bo‘lishi zarur. Jumladan:

texnologik tafakkur va muammoli vaziyatlarni tahlil qilish qobiliyati;

ishlab chiqarish texnologiyalari bo‘yicha chuqur bilim va ko‘nikmalar;

modellashtirish va loyihalash bo‘yicha amaliy malaka;

zamonaviy asbob-uskunalar bilan samarali ishlay olish;

innovatsion yondashuv hamda muammoni ijodiy hal eta olish salohiyati.

Ammo amaliyot shuni ko‘rsatmoqdaki, ko‘plab holatlarda bu kompetensiyalar

o‘quv jarayonida yetarli darajada shakllantirilmayapti. Bunga bir nechta omillar sabab
bo‘lmoqda, xususan: amaliy mashg‘ulotlarning yetarli darajada tashkil etilmasligi, fo

ydali

va hayotga yaqin loyihalar bilan ishlash imkoniyatlarining cheklanganligi, hamda ta’lim

jarayonida hali-

hanuz eskirgan metodik yondashuvlarning qo‘llanilayotganligi.

Zamonaviy ta’lim konsepsiyalarida esa o‘quvchilarning faol, ijodiy va mustaqil

fikrlovchi shaxs sifatida shakllanishi ustuvor maqsadlardan biri sifatida belgilanmoqda.

Shu jihatdan, ijodiy loyiha metodi texnologiya fanini o‘qitishda alohida ahamiyat kasb
etadi. Ushbu metod o‘quvchilarni real hayotiy vaziyatlarga mos ravishda muammo

aniqla

sh, g‘oya ishlab chiqish, modellashtirish, texnologik jihatdan amalga oshirish va

yakuniy mahsulotni tahlil qilish kabi bosqichli faoliyatga yo‘naltiradi. Shu sababli,
bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilarini kasbiy tayyorlashda ijodiy loyiha asosida

tuz

ilgan metodik tizimni ishlab chiqish va uni ta’lim jarayoniga tatbiq etish bugungi

kunning dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi. Bu yondashuv nafaqat o‘quvchilarda
zarur kompetensiyalarni shakllantirishga xizmat qiladi, balki bo‘lajak o‘qituvchining ham
o‘z kasbiga ijodiy va mas’uliyat bilan yondashishiga asos bo‘ladi.

Bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilarini tayyorlashda quyidagi dolzarb

masalalarga alohida e’tibor qaratish zarur:

Ta’lim mazmunini zamonaviy texnologiyalarga moslashtirish;

Maxsus kompetensiyalarni tizimli rivojlantirish;

Ijodiy loyihalar asosida o‘qitish metodikasini rivojlantirish;

Innovatsion texnologiyalardan foydalanishni joriy etish;

Amaliyot bilan uzviy bog‘langan ta’lim muhitini yaratish.

Zamonaviy ishlab chiqarish va texnologik t

araqqiyot talablari asosida bo‘lajak

o‘qituvchilarning kasbiy tayyorgarligi mazmunan yangilanishi zarur. Ta’lim mazmuni
faqat nazariy bilimlarga asoslanmasligi, balki ilg‘or texnologiyalar, avtomatlashtirilgan

tizimlar, raqamli qurilmalar, 3D modellashtirish, ekologik xavfsizlik, ishlab chiqarish

dizayni, texnik tafakkur, STEM yondashuvi kabi zamonaviy yo‘nalishlar bilan
uyg‘unlashgan bo‘lishi lozim. Shuningdek, o‘quv dasturlarini zamonaviy texnologiyalar

bilan integratsiyalash, ishlab chiqarish muhitiga mos modullashtirish va real loyihalarga

asoslash hamda ta’lim mazmunini modernizatsiya qilishning zaruriy shartidir.

Texnologiya fani o‘qituvchisining kasbiy samaradorligi, birinchi navbatda, uning

maxsus kompetensiyalar darajasiga bog‘liq. Bunday

kompetensiyalar ijodiy loyihalar

ustuda ishlay olish, amaliy loyihalar yarata olish hamda tadbirkorlik rejalarini ishlab

chiqa olish ko‘nikmalar kiradi. Ularni tizimli rivojlantirish esa talabalarning kasbiy

o‘sishini uzluksiz va bosqichma

-

bosqich ta’minlaydigan, o‘lchanadigan, diagnostika


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue

6 (2024) / ISSN 2181-3701

235

qilinadigan yondashuvlarni joriy etishni talab qiladi. Maxsus kompetensiyalarni

rivojlantirishda modullashtirilgan ta’lim, integratsiyalashgan fanlararo yondashuv,

faoliyatga asoslangan topshiriqlar va ijodiy loyiha metod

asosiy o‘rinni egallaydi. Ijodiy

loyiha faoliyati bu o‘quvchilarda real muammoni mustaqil hal qilish, yechim ishlab

chiqish, texnologik fikrlash, iqtisodiy baholash, ijodiy yondashuv kabi kompetensiyalarni

shakllantirishning samarali shaklidir. Bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilarini

tayyorlashda bu metodikani rivojlantirish ta’lim jarayonini nafaqat qiziqarli va faol, balki

kasbiy va amaliy jihatdan samarali qiladi. Ijodiy loyihalar orqali talaba o‘z g‘oyasini

yaratadi, uni texnologik asoslaydi, modellashtiradi, himoya qiladi, natijani baholaydi. Bu

esa texnologik, metodik, kommunikativ, dizayn va reflektiv kompetensiyalarni bir vaqtda

rivojlantiradi.

Bo‘lajak

texnologiya

fani

o‘qituvchilarini

tayyorlashda

innovatsion

texnologiyalardan

foydalanish,

ularning

zamonaviy

ta’lim

jarayonlariga

moslashuvchanligini oshiradi. Bu, o‘qituvchilarning raqamli kompetensiyalarini

rivojlantirib, ularni ilg‘or pedagogik yondashuvlar bilan tanishtiradi. Shuningdek, bu

jarayon o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, muammolar

ni hal etish va ijodiy yondashuv kabi

ko‘nikmalarni shakllantirishga xizmat qiladi. Innovatsion texnologiyalarni o‘zlashtirgan

o‘qituvchilar, o‘quvchilarga zamonaviy bilimlarni samarali yetkazish imkoniyatiga ega

bo‘ladilar. Bu esa, ta’lim sifatini oshiris

h va raqamli dunyoga tayyor kadrlarni

yetishtirishda muhim omil hisoblanadi. Texnologiya darslarida amaliyot bilan uzviy

bog‘langan ta’lim muhitini yaratish o‘quvchilarning nazariy bilimlarini real hayotdagi

vazifalar bilan bog‘lash imkonini beradi. Bu yondashuv orqali o‘quvchilarda mustaqil

fikrlash, muammolarni hal etish va ijodiy yondashuv kabi ko‘nikmalarni rivojlantiradi.

Shuningdek, amaliy mashg‘ulotlar o‘quvchilarning kasbga bo‘lgan qiziqishini oshirib,

ularni mehnatga tayyorlaydi. Bunday ta’lim muhiti o‘quvchilarda texnologik savodxonlik

va amaliy malakalarni shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi. Shu sababli bo‘lajak

texnologiya fani o‘qituvchilarini tayyorlashda nazariya va amaliyot uyg‘unligi tamoyillari

asosida o‘qitish dolzarb masala sifatida qara

lmoqda. Shu tarzda talaba bozor talabiga

javob beradigan, real ishlab chiqarish muammolarini hal qila oladigan yetuk

mutaxassisga aylanadi.

Bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilarining tayyorgarlik jarayoni

zamonaviy texnologiyalar, amaliy faoliyat, kasbiy kompetensiyalar, ijodiy va innovatsion

yondashuvlar integratsiyasiga asoslanishi zarur. Yuqorida keltirilgan dolzarb masalalar

mazmunan bir-

biri bilan bog‘liq bo‘lib, ularning tizimli hal etilishi ta’lim sifatini

oshirishda asosiy omil hisoblanadi.

Xulosa

qilib aytilganda, bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilarini tayyorlash

zamonaviy ta’limning eng dolzarb va strategik yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Mazkur

maqolada texnologiya fanining amaliy yo‘nalganlik xususiyatlari, o‘quvchilarda

texnologik tafakkur, kasbiy kompetensiyalar va ijodiy salohiyatni shakllantirishdagi roli

chuqur yoritildi. Shuningdek, bo‘lajak o‘qituvchilar tayyorgarligidagi muammolar amaliy

mashg‘ulotlarning kamligi, eskirgan metodik yondashuvlar, innovatsion texnologiyalarni

joriy qilishdagi sustkashlik tahlil qilindi. Maqolada ilgari surilgan fikrlar shuni

ko‘rsatadiki, texnologiya fani bo‘yicha pedagog kadrlar tayyorlashda ta’lim mazmunini

modernizatsiya qilish, zamonaviy ishlab chiqarish talablari bilan uyg‘unlashtirish,

maxsus kompetensiyalarni tizimli rivojlantirish, hamda ijodiy loyiha metodiga

asoslangan o‘qitish yondashuvi ustuvor ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, innovatsion

texnologiyalar va raqamli kompetensiyalarni shakllantirish orqali o‘quvchilarni faol,

mustaqil fikrlaydigan, amaliyotga tayyor shaxs sifatida tarbiyalash imkoniyati oshadi.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue

6 (2024) / ISSN 2181-3701

236

Shunday ekan, bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilarining tayyorgarlik jarayoni

nazariya va amaliyot uyg‘unligi, innovatsion yondashuvlar, zamonaviy texnologiyalar,

hamda kasbiy refleksiy

a kabi omillar integratsiyasi asosida yo‘lga qo‘yilishi zarur.

Mazkur masalalarning tizimli hal qilinishi nafaqat o‘qituvchining professional rivoji, balki
umumta’lim maktablarida texnologiya fanining sifatli va zamonaviy asosda o‘qitilishini
ta’minlashga

xizmat qiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022

-yil 21-

iyundagi “Pedagogik ta’lim

sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari faoliyatini

yanada rivojlantirish chora-tadbirlari

to‘g‘risida” PQ–

289-son qarori.

2.

60112300

Tехnоlоgik tа’lim tа’lim уо‘nаlishining mаlаkа tаlаblаri. О‘zR

ОО‘MTVning 25.08.2021

-

уildаgi buуruq № 365

.

3.

httр://www.ziуоnеt.uz/

4.

httр://www.реdаgоg.uz/

5.

httр://www.texnologiya

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 21 iyundagi “Pedagogik ta’lim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-289-son qarori.

– Tехnоlоgik tа’lim tа’lim уо‘nаlishining mаlаkа tаlаblаri. О‘zR ОО‘MTVning 25.08.2021-уildаgi buуruq № 365

httр://www.ziуоnеt.uz/

httр://www.реdаgоg.uz/

httр://www.texnologiya