Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная
лингвистика
и
лингводидактика
–
Foreign
Linguistics and Linguodidactics
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics
The emergence and development of "Masal" science in the
Arab world
Mukhiddin NURULLAEV
1
Oriental University
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received February 2025
Received in revised form
10
March 2025
Accepted 25 March 2025
Available online
25 April 2025
The article examines the results of the study of the
emergence of the science of “parable” and the process of its
development in the Arab world. The author analyzed the
interaction of Arab culture with the cultures of the ancient Near
and Middle East, including the influence on the cultures of
Egypt, Mesopotamia, Phoenicia, Palestine and other peoples.
The article reveals the meaning of the concept of "parable" in
Arab spirituality, its place in written and oral creativity, its
historical foundations. The article also presents information
about ancient Arabic poetry, jahiliyya literature and collections
of parables compiled in the post-Islamic period. Collections of
parables and their researchers are presented, as well as the
authors of the first collections of parables, their creations and
works. The article also highlights the contribution of literary
schools formed in such scientific centers as Kufa and Basra to
the development of the science of parables. The role of parables
in socio-political and cultural life, their connection with the
folklore of ancient Semitic peoples, as well as the work of
famous authors in this field, including al-Mufaddal ad-Dabbi,
al-Asmai and al-Jahiz, are also studied. The information and
analysis presented in the article provide a complete picture of
the development of the science of "parable" in the Arab world.
This study may be useful to those interested in Arabic literature
and culture, as well as researchers seeking to deeply study the
science of parables.
2181-3701
/©
2024 in Science LLC.
DOI:
https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol3-iss4
/S
-pp305-312
This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru
Keywords:
Arab Culture,
Mesopotamia
(Iraq and Syria),
Pre-Islamic Arab literature,
Oral and written traditions,
Proverbs ("Masal" or
"Amsal"),
Cultural significance of
proverbs,
Abbasid period,
Umayyad period.
1
Senior Teacher, Department of Oriental Languages, Oriental University. Tashkent, Uzbekistan.
E-mail: muhiddin84_84@mail.ru
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
4 (2025) / ISSN 2181-3701
306
Arab dunyosida “Masal” ilmining vujudga kelishi va rivoji
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
Arab madaniyati,
Mesopotamiya (Iroq va
Suriya),
islomgacha boʻlgan arab
adabiyoti,
ogʻzaki va yozma anʼanalar,
“Masal” (“Masal” yoki
“Amsal”),
Maqollarning madaniy
ahamiyati,
Abbosiylar davri,
Umaviylar davri.
Mazkur maqolada arab dunyosida “masal” ilmining vujudga
kelishi va uning rivojlanish
jarayoniga bagʻishlangan tadqiqot
natijalari koʻrib chiqilgan. Muallif arab madaniyatining qadimgi
Yaqin va Oʻrta Sharq xalqlari madaniyati bilan oʻzaro aloqalari,
shu jumladan, Misr, Mesopotamiya, Finikiya, Falastin va boshqa
xalqlar madaniyatiga taʼsirini tahlil qilgan. Maqolada “masal”
tushunchasining arab maʼnaviyatidagi ahamiyati, uning yozma
va ogʻzaki ijodda tutgan oʻrni hamda uning tarixiy asoslari ochib
berilgan.
Shuningdek, maqolada qadimgi arab sheʼriyati, johiliya davri
adabiyoti, va islomdan keyingi davrda tuzilgan masal
toʻplamlari xususidagi maʼlumotlar taqdim etilgan. Masal
toʻplamlari va ularning tadqiqotchilari, shuningdek, ilk masal
toʻplamlari mualliflar
i, ularning ijodi va asarlariga doir
maʼlumotlar keltirilgan.
Maqolada Kufa va Basra kabi ilmiy
markazlarda shakllangan adabiy maktablarning masal ilmining
rivojiga qoʻshgan hissasi ham yoritilgan.
Masallarning ijtimoiy-
siyosiy va madaniy hayotdagi oʻrni,
qadimiy somiy xalqlarning folklori bilan boʻlgan aloqalari,
shuningdek, mashhur mualliflar, jumladan, al-Mufaddal ad-Dabbiy,
al-Asmaiy va al-
Johizning bu boradagi faoliyati ham oʻrganilgan.
Maqolada keltirilgan maʼlumotlar va tahlillar arab dunyosida
“masal” ilmining rivoji haqida yaxlit tasavvur hosil qiladi.
Ushbu tadqiqot arab adabiyoti va madaniyati bilan
qiziquvchilar hamda masal ilmini chuqur oʻrganishni maqsad
qilgan tadqiqotchilar uchun manfaatli boʻlishi mumkin.
Возникновение и развитие науки «Масал» в арабском
мире
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
Арабская культура,
Месопотамия (Ирак и
Сирия),
Доисламская арабская
литература,
Устные и письменные
традиции,
Пословицы («Масал» или
«Амсал»),
Культурное значение
пословиц,
Период Аббасидов,
Период Омейядов
.
В
данной
статье
рассматриваются
результаты
исследований, посвященных возникновению и развитию
науки "масал" в арабском мире. Автор проанализировал
взаимосвязи арабской культуры с культурами древних
народов Ближнего и Среднего Востока, включая влияние
на культуру Египта, Месопотамии, Финикии, Палестины и
других народов. Раскрывается значение понятия «масал»
в
арабской духовности, его роль в письменном и устном
творчестве, а также его исторические основы.
В статье также представлена информация о древней
арабской поэзии, литературе доисламского периода и
сборниках притч, составленных в послеисламский период.
Приведены сведения о сборниках притч и их
исследователях, а также об авторах первых сборников
притч, их творчестве и произведениях. Освещается вклад
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
4 (2025) / ISSN 2181-3701
307
литературных школ, сформировавшихся в научных
центрах, таких как Куфа и Басра, в развитие науки о
притчах.
Изучена роль притч в общественно
-
политической и
культурной жизни, их связь с фольклором древних
семитских народов, а также деятельность известных
авторов, в том числе аль
-
Муфаддала ад
-
Дабби, аль
-
Асмаи и
аль
-
Джахиза. Информация и анализ, представленные в
статье, дают целостное представление о развитии науки
«масал»
в арабском мире.
Это исследование может быть полезным для тех, кто
интересуется арабской литературой и культурой, а также
для исследователей, стремящихся к глубокому изучению
науки «масал»
.
KIRISH
Arab madaniyati
qadim davrlarda Yaqin va O‘rta Sharkdagi o‘zga xalqlar
madaniyati bilan o‘zaro bog‘lanishda rivojlangan. Jumladan,
qadimgi Misr va Ikki daryo
oralig‘i (Mesopotamiya
-hozirgi Iroq va Suriya hududlari) xalqlari madaniyati, qadimgi
Finikiya, Falastin, Yaman, Eron va boshqa xalqlar madaniyatlari bilan arab
madaniyatining tutash jihatlari yo‘q emas. Arab yozuvi ham mintaqada
gi qadimiy
yozuvlar ta’sirida shakllangan. Ammo biz qadim arab yozuvi eramizdan ilgarigi XIII asrda
shakllanganligini bilsak ham, amalda eramizning V asri oxirlaridan islomgacha davr
ichida yaratilgan «johiliya adabiyoti» nomi bilan mashhur bo‘lgan she’riy
at
namunalaridan o‘zga madaniy qatlamlar haqida endi
-
endi ba’zi ma’lumotlardan xabardor
bo‘lmoqdamiz. Islomdan ilgari ikki asr davomida shakllangan she’riyat yarim og‘zaki,
yarim yozma adabiyot xarakteriga ega bo‘lib, bu davrda xalq og‘zaki ijodini yozma
adabiyot va muayyan muallif ijodidan keskin farq qilish odat tusiga kirmagan edi. Asli
arab ma’naviyatidagi “adab” so‘zi Yevropa tushunchasidagi “litero” (ya’ni harf) so‘zidan
kelib chiqqan “literatura” tushunchasidan farq qiladi. Chunki “literatura” tushun
chasining
o‘zida yozma adabiyotni (ya’ni harf bilan bitilgan matnni) xalq og‘zaki ijodi
namunalaridan farq qilish asos qilib olingan. Adabiyot tushunchasidagi “adab” esa
insonni ma’naviy kamolotga yetkazish masalasi bilan bog‘liq bo‘lib, ushbu vazifa ham
y
ozma adabiyotning, ham og‘zaki xalq ijodining mushtarak maqsadidir. Shuning uchun
arablarda og‘zaki ijod umumlashgan holda muayyan atamaga ega bo‘lmagan. Og‘zaki
ijodning xalq orasida eng urf bo‘lgan turlaridan biri “masal” (ko‘plikda “amsal”) deb
atalgan
bo‘lib, uning o‘rni arab ma’naviyatida alohida ajralib turadi.
Asrlar davomida yaratilgan ko‘plab maxsus masal to‘plamlari va tadqiqotlar
salmog‘i ushbu adabiy janrga naqadar e’tibor berilganini ko‘rsatuvchi dalildir. Arab masal
ilmining asosiy diqqat mark
azida har bir muayyan “masal”ning kelib chiqish tarixi yotadi.
Darhaqiqat, tadqiqotchi agar muayyan “masal”ning kelib chiqish makoni va tarqalish
doirasini, hech bo‘lmaganda, taxminan tasavvur qilolmasa, uni madaniyat hodisasi
sifatida o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘lishi juda qiyin edi. O‘tkazilgan maxsus
tekshirishlarga qaraganda, Arabistonning sharqiy o‘lkalarida, Amman va Najd oralig‘ida,
Bahreyn va Frot daryosi atroflarida kelib chiqishi va tarqalishiga ko‘ra “masal” janri
yodgorliklari ko‘proq uchraydi. Johiliya shoirlarining ham ko‘pchiligi ushbu
o‘lkalardandir. Shu sababli bo‘lsa kerak, islomdan keyin masal to‘plamlarining eng ko‘pi
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
4 (2025) / ISSN 2181-3701
308
ushbu o‘lkalarda yaratilgan. 660
-
yilgacha bu yerda eng birinchi masallar to‘plami Saxar
ibn Ayyash tomonidan yaratilgan. At-
Tabariyning so‘zlariga ko‘ra, Xira xalqi bo‘lib o‘tgan
diqqatga sazovor voqealar haqida, hukmdorlar xakida va shu bilan birga, xalq orasida
tarqalgan masallarni yozib borishgan va ular shahar ibodatxonasida saqlagan. Xira
hukmdori an-
Nu’mon arab she’rl
arini ham yozib olishni buyurgan. Qadim dunyoning
hikmatli so‘zlari, maqol va matallar bilag‘oni Aksam ibn Sayfi at
-Tamimiy (540
–
640)
hisoblangan va uning tilidan o‘nlab maqol va matallar keyingi asrlarda tuzilgan
to‘plamlardan joy olgan. Eng birinchi masal to‘plami tuzuvchilari qatoridan o‘rin olgan
Abid ibn Shariba (vafoti
–
67 x.y.) ellik sahifalik maqollar to‘plami tuzgan. Ushbu to‘plam
bizgacha yetib kelmagan bo‘lsa
-
da, u haqda keyingi davr maqol to‘plamlarida zikr
qilinadi. Al-Johiz uni islomdan oldin
yashab ijod etgan, deb ta’kidlaydi. Hozirgi zamon
arab olimlaridan Muxammad Abu Sufa, yana Ilaki ibn Karim (Karsam), Abu Umar ibn al-
Ala, ash-Sharqiy ibn al-
Qutamiy kabi bir qator masal to‘plamlari tuzuvchilarining
nomlarini zikr qilib o‘tadi. Lekin ularning to‘plamlari ham bizgacha yetib kelmagan. Hijriy
II asrda Kufa va Basra shaharlari masal to‘plamlari tuzishning markaziga aylandi va unda
yashagan har bir roviy bu savobli ishga o‘z hissasini qo‘shdi. Kufa shahrida adiblarning
ikki maktabi shakllangan b
o‘lib, biri ash
-Sharqiy ibn al-Qutamiy (vafoti
–
158 h.y.)
boshchiligida tuzilgan “kalbiyya” maktabi bo‘lsa, ikkinchisi, keyinchalik al
-Mufaddal ad-
Dabbiy rahbarligida tuzilgan “dabbiyya” maktabidir. Bu ikki maktab namoyandalarining
qadimgi masallarni kelgusi zamon kishilariga yetkazishdagi xizmatlari kattadir. Ash-
Sharqiy ibn al- Qutamiyning shogirdi, zamonasining yirik tarixchisi va nasab olimi
Hishom ibn Muhammad al-
Kalbiy 150 dan o‘rtik asar yaratgan bo‘lib, ulardan oltitasi
to‘liq shaklda va o‘n bittas
i parchalar shaklida bizning kungacha yetib kelgan. U tarixiy
asar yozishdan tashqari, xalq og‘zaki ijodining turli janrlarida asarlar yaratgan.
Uning
masallar to‘plami jug‘rofiy asosda tuzilgan eng qadimgi asardir.
Bizning kungacha to‘la holatda saqlanib qolgan masal to‘plamlarining birinchisi
178 h.y.da vafot etgan al-Mufaddal ad-
Dabbiy qalamiga mansub “Kitab al
-
Amsal”
(Masallar kitobi)dir. Ushbu kitob 1300 h.y.da Stambulda va 1327 h.y.da Qoxirada chop
etilgan. Bund
an kelib chiqadiki, masal to‘plamlarini tuzish Ummaviylar sulolasi davriga
mos kelsa-
da, faqat Abbosiylar sulolasi davrida tuzilgan masallar to‘plamlarigina
bizgacha yetib kelgan.Tarixchilarning ko‘rsatmasiga ko‘ra, al
-Mufaddal ad-Dabbiy
97
–
103 h.y.lar or
alig‘ida Kufa shahrida tavallud topgan va keyinroq Basra shahriga
ko‘chib kelib, xalifa saroyiga yaqin kishilardan biri bo‘lib qolgan. Uning “Kitab al
-
alfaz”
(Iboralar haqidagi kitob), “Kitab fi ma’ani ash
-
shi’ri” (She’r ma’nolari haqidagi kitob),
“Kitab f
i al-
arud” (Aruz haqidagi kitob), “al
-
Mufaddaliyyat” kabi asarlari bilan bir qatorda
“Kitab al
-
amsal” ham adabiy merosining durdonasi hisoblanadi. Ushbu kitob 218 ta
masalni o‘z ichiga olgan 88 ta qissadan iboratdir. Har biri ikki yoki uch masalni o‘z ichi
ga
olgan bu qissalarda ushbu masallarning mazmuni ma’lum bir tarixiy yoki afsonaviy
voqeaga bog‘lab izohlanadi. Mazkur qissalarsiz masallarning majoziy mazmuni ochilmay
qoladi. Masalan: to‘rtinchi qissa tarkibida uchta masal ajratilgan, ya’ni:
Ularning kic
hiklari achchiqrogʻlaridir
-
َّ نُه ُرَغ ِص
َّ نُه ُّرُم
Uning kichigi achchiqrogʻidir
-
اه ُرَغ ِص
اه ُّرُم
Ularning kichiklari yomonrogʻidir
-
َّ نُه ُرَغ ِص
َّ نُه ُّرَش
To‘plamda ko‘pchilik qissalar “za’imu” (aytadilarki, hisoblaydilarki) degan iboralar
bilan boshlanib, masalni o‘zini keltirishdan oldin “arsala ha masalan” yoki “zahaba
qavluhu masalan” (uning bu so‘zi masalga aylandi) kabi iboralar bilan tugagan. Lekin
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
4 (2025) / ISSN 2181-3701
309
ba
’zi bir qissalarda asli masal yuqorida zikr qilingan iboralar bilan ajratilib
ko‘rsatilmagan. Ehtimol bu tasodifdir yoki bu qadimiy somiy tillarda xurofotni masal
doirasiga kiritganlari boisidandir. Masalan, “xurofot al xayya va al
-
fa’s” (bolta va ilon
xur
ofoti)da hech bir ibora “masal” deb ajratilmagan. Ammo kelgusi davr masal
to‘plamlarida qissaning oxirgi “kayfa u’aviduka va haza asaru fa’sika” (bu sening
boltangning izi bo‘lsa, men qanday qilib senga qaytara
-
man) jumlasi ajratilib ko‘rsatilgan.
Ehtimol,
bu holat uzun qissa yoki xurofot tarkibida “amsol mu’jaza”larni hosil qilishga
misol bo‘lar. Lekin bu kam uchraydigan holat, chunki har bir qisqa masal el ichida
o‘zining qissasi bilan muomalada bo‘lmagan, albatta, balki davrlar o‘tib, qisqa masal
ma’nosi
el xotirasidan ko‘tarilgach, ularga sun’iy ravishda to‘plam mualliflari tomonidan
yangi qissa to‘qilgandir. Ushbu to‘plam haqida so‘z yuritar ekanmiz, Abu Zayd
al-
Ansoriyning bu to‘plam masallarini keltirishini qayd qilinishi bu masallarning
nihoyatda ha
qqoniyligini va to‘g‘riligini isbotlaydi, chunki al
-Ansoriy boshqa maktab
vakilidir. Ushbu to‘plamdagi masallarning ko‘pchiligi Ta’mim qabilasi va uning atrofidagi
qabilalar yashaydigan o‘lkalarda dunyoga kelgan (5,8,9,12,15,20,46
-
masallar); ba’zi
qissalarda al-
Munozara qabilasi nomi va ba’zilarida esa, al
-Munozara bilan al-Yamama
qabilalari o‘rtasidagi munosabatlar zikr qilinadi.
Abu Fayz ibn al-Muarrij as-Sadusiy (195 x.y.v.e.) Basraning bir qator allomalari al-
Jalil ibn Ahmad al-Farohidiy, Abu Zayd al-Ansoriy, Abu Umaru ibn al-Ala kabilardan tahsil
oldi va zamonasining yirik til va nahv
olimi bo‘lib yetishdi. Uning masallar kitobi 104
masalni o‘z ichiga olib, ular biror
-
bir tartib asosida to‘planmagan. Kelgusida o‘quvchilar
e’tiborini o‘ziga jalb qilmagan
ligining asosiy sababi unda qomus yordamisiz tushunib
bo‘lmaydigan
qadimiy
qiyin so‘zlarning ko‘pligidir. Shu bilan birga, unda muallifi
noma’lum bo‘lgan 95 bayt she’r va 82 bayt rajaz bahridagi she’rlar mavjud. Ushbu
to‘plam ilk bor Axmad Muhammad
ad-Dabbiy tomonidan 1970-yil ar-Riyodda va
Ramadan Abdu at-Tavvab tomonidan 1971-
yil Qohirada chop etilgan. Arab she’riyatining
bilimdoni, ellikdan ortiq asarlarning muallifi al-Asmaiyning (741-826) nomi eng qadimgi
masallarni sharhlovchi sifatida shu davr
dan keyingi hamma masal to‘plamlarida
uchraydi.
Al-
Johiz o‘zining “Kitab al
-bayon va at-
Tabyiin” asarida al
-Asmaiy nomi bilan
beriluvchi 60 dan ortiq qissa va xabarlarni
keltirgan. “Kitab al
-
hayavan” asarida esa uning
nomi yuzdan ortiq marotaba keltirilgan. Hamza al -
Isfahoniy o‘zining “ad
-Durra
al-
Faxira” asarida ham unga juda ko‘p o‘rinda ishora qiladi( 55,211 va boshqa sahifalar).
Hamza al-
Isfahoniyning fikricha, bizgacha yetib kelmagan uning “Kitab al
-
amsal”
asarining taxminan o‘n sahifasi “Af’alu min”
shaklidagi matallarga
bag‘ishlangan.
Al-Asmai masallar sharhiga tarixiy nuqtayi nazardan yondashgan. Al-Maydoniy,
al-
Askariylar ham o‘z masal to‘plamlarida qadimiy masallarga sharh berishda albatta,
al-Asmaiy fikri bilan hisoblashganlar. Bu esa bizga al-Asmaiyning
“Kitab al
-
amsal”
to‘plami
al-
Maydoniy davrida mavjud bo‘lgan deyishga imkon beradi.
154 h.y.da Xurosonda tavallud topgan Abu Ubayd al-Qosim ibn Salom (234 h.y.v.e.)
o‘z ona shahrida boshlang‘ich ta’lim olgach, Basra va Kufa shaharlariga safar
qiladi va u
yerda til, fiqh, hadis, kalom va boshqa soha olimlaridan saboq olib, o‘z shahriga qaytadi. U
yerda Xuroson hokimining farzandlariga mudarrislik qiladi va 18 yil Tartus viloyati
qozisi bo‘lib xizmat qiladi. Iste’foga chiqqach, 40 yil davomida jamlab yurgan “g‘aribu
hadis” kitobini tugallaydi. 219 h.y.da Makkai Mukarramaga haj qilish maqsadida jo‘naydi.
U yerda o‘zining “Kitab al
-
amsal” asarini yozib tugallaydi. Bu to‘plamda masallar ma’lum
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
4 (2025) / ISSN 2181-3701
310
mavzular doirasiga kiritilgan. Abu Ubayd al-Qosim ibn Salom 234 h.y.da Makkai
Mukarramada vafot etdi. Uning ushbu to‘plami Ehson Abbos tomonidan 1971
-yil
Bayrutda chop etilgan.
Arab she’riyatining bilimdoni, nahv ilmining ko‘zga ko‘ringan olimi Abu Akrama
ad-Dabbiy (vafoti
–
250 h.y.) o‘zining “Kitab al
-
amsal” asarini o‘ziga xos bir tartibda
yaratdi. “Ushbu to‘plamni biz ko‘p iste’molda bo‘lgani uchun tafsirga muhtoj arab
iboralaridan tuzdik va ularning ma’nolarini ba’zi she’rlar yordamida ochishga harakat
qildik”,
-
deb boshlangan bu to‘plamda 110 masal bor va u
Ramadan Abdu at-Tavvab
tomonidan 190 sahifada chop etilgan.
To‘qqizinchi asrning yirik qomusiy olimi, mo‘tazila mazhabining faol namoyandasi,
yuzdan ortiq asarlar muallifi al-Johizning (159-
255 h.y.) “Kitab al
-
amsal” asari bizgacha
yetib kelmagan
bo‘lsa
-da, u haqida Yoqut Hamaviy va boshqa tarixchilarning asarlaridan
bilamiz. Al-
Johizning bir qator asarlari tarkibida qadimgi arab masallari juda ko‘p
uchraydi. Birgina “Kitab al
-
hayavan” asarida 400 ga yaqin qisqa masallar va masalning
boshqa turlaridan bir qancha namunalar mavjud. Bu masallarning aksariyati bizgacha
yetib kelgan to‘plamlar tarkibida uchramasligi ushbu asarning ahamiyatliligiga ishora
qiladi. Bu asardagi masallarning o‘ziga xos xususiyatlaridan yana biri unda “Af’alu min”
shaklidagi m
asallarning ko‘pligidir. Shu bilan birga, al
-
Johiz juda ko‘p masallarga sharh
bergan.
“Al
-
faxir” deb nomlanuvchi masallar to‘plamining muallifi al
-Mufaddal ibn Salama
ibn A’sim (vafoti
–
291 h.y.) III hijriy asriningyirik adibi, nahv olimi, Qur’on bilimdon
i edi.
Aql-zakovati va ilmining kengligidan al-Mutavakkil vaziri al-
Fath ibn Xoqon uni o‘z yaqin
kishilari qatorida hisoblardi va o‘z o‘rnida al
-Mufaddal unga sidqidildan xizmat qilardi.
Al-
Mufaddal o‘zining “al
-
Faxir” asari haqida shunday deydi: “bu omma so‘zlashuvida keng
iste’molda bo‘luvchi arab iboralarining ma’no kitobidir”. Bu jumladan ko‘rinib turibdiki,
muallif ko‘p masallar ma’nosini yoritishga harakat qilgan va bu yo‘lda 28 ta
til va adabiy
masalalarni muhokama qilgan. To‘plamda 521 ta masal bo‘l
ib, u alifbo tartibida emas,
balki muayyan mavzular bo‘yicha tuzilgandir. Satrlar raqamlar bilan belgilanib,
hoshiyalarida tushuntirishlar berilgan. Ushbu to‘plamni birinchi bo‘lib Abdu al
-Halim at-
Tahaviy va keyinroq Muxammad Ali an-
Najar o‘rganib, 1960
-yilda 400 sahifada chop
ettirgan. Shuningdek, S.A.Stori 1975-yilda Livanda 17 betli muqaddima bilan chop etdi
2
.
III
–
IV asrlarda Andalusiya poytaxtida yashab ijod etgan Ibn Abdu Rabbihiy al-
Andalusiyning (vafoti
–
328 h.y.) “al
-Iqd al-
Farid” nomli kitobining IX qismi arab
masallariga bagʻishlangan. Uning ushbu kitobining “al
-Javharat al-
Ula” (Birinchi javhar)
deb nomlangan qismi quyidagi soʻzlar bilan boshlanadi; “Bizning gapimiz ilm, adabiyot va
ular bilan bir payt
da dunyoga keladigan va yashaydigan nodir hikmatli soʻzlar bilan
boshlanadi”. Ibn Abdu Rabbihiy oʻzining masal haqidagi fikrlarini izhor etgach,
toʻplamning asosiy qismini Rasululloh (s.a.v)ning masalga aylangan quyidagi iboralari
bilan boshlaydi;
“Oʻz ahlingni tark etma”
لا
عَفرَت
ََّكاصع
ن ِم
كلها
“Urush aldamchilikdir”
َُّبرَحلا
ةعدخ
“Har bir
ov eshak qornida”
َُّّلُك
ديص
يف
فوج
أرفلا
Soʻngra –
“Hotamdan xam saxiyroq”
ىخسا
نم
متاخ
“Sahban bin Vaildan ham soʻzamolroq”
َُّغَلبا
ن ِم
نابحَس
نِب
لئاو
2
Ushbu nashr haqida I
.
Yu
.
Krachkovskiyning
«
Izbrannoye sochineniya
»
toʻplamining 2 j 191
-196 betlarida batafsil
maʼlumot berilgan
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
4 (2025) / ISSN 2181-3701
311
kabi erkaklar nomi ishtirok etgan masallarni, keyin
–
“
Dagʻgʻadan ham
axmoqroq
”
َُّقَمْحا
ن ِم
ةّغَد
“Basusdan ham falokatliroq”
َُّماشا
ن ِم
سوسبلا
kabi ayollar nomi ishlatilgan masallarni, undan keyin
“Qargʻadan
xam
ehtiyotkorroq
”
َُّرَذحا
نم
بارُغ
“Ilondan ham zulmkorroq”
َُّمَلظا
ن ِم
ةيح
kabi hayvon nomlari ishtirok etgan masallar bilan davom ettiradi. Qolgan masallar
“Sir sa
q
lash, oʻz a
hlidan ajablanish, qarindoshlar h
asadi” kabi bir
qator kichik mavzular
doirasiga kiritilgan. Ibn Abdu Rabbihiyning ushbu asari arab adabiyotining
durdonalaridan hisoblanmish
“Kitab al
-bayon va at-
tabyiin”,
“Uyun al
-Axbor va Kamil
fi al-lu
gʻa” asarlari
q
atorida salmokli oʻrin egallaydi. Mazkur asar 1876, 1912, 1934
-
yillarda bir necha marta qayta chop etilgan.
Xuddi
shu davrda 300.000 bayt sheʼrni yod bilgan, 44 ta adabiy va ilmiy asarlar
muallifi Abu Bakr ibn al-Anbariy (vafoti 328 h.y.) yashab ijod etgan. Bu olim
Qurʼoni
Karim va Hadisi shariflar bilimdoni, nahv,
sheʼr,
adab ilmining sohibi sifatida tanilgan.
Uning bizning eʼtiborimizni oʻziga jalb qilgan asarlaridan biri “az
-Zaxir fi
maʼani kalimat
an-
nas” kitobidir. Ushbu kitobda 896 ta masal boʻlib
,
ular biror-bir tartib va nizom
asosida tuzilmagan. Masallarning sharhlari
baʼzi sheʼr
va rivoyatlar bilan tasdiqlangan.
Ushbu
toʻplam
Hotim
Solix ad-Damin tomonidan ikki jildda
1979-yil
Ba
gʻ
dodda chop
etildi. Ad-Damin ushbu
kitobni chop
qilishdan oldin
uning
bir nechta q
oʻlyozmalarini
solishtirib, koʻp xatolarni tuzatgani
haqida
asar soʻzboshisida
gapiradi. Masallar sharhiga
dalil sifatida Qu
rʼoni karim oyatlari, Rasulullo
h(s.a.v.)ning hadisi shariflari va arab xalq
o
gʻ
zaki ijodi uchun muhim
boʻlgan tarixchilarning, tilchilarning nomlarini va ularning
u
yoki bu
masal xaq
idagi fikrlarini keltirilishi toʻplam
qimmatini oshiradi.
XULOSA
Qadimgi arab madaniyatining shakllanishi va rivojlanishi jahon madaniyati
tarixida muhim o‘rin egallaydi. Arab madaniyati qadimiy Misr, Mesopotamiya, Finikiya,
Falastin, Yaman va Eron madani
yatlari bilan chuqur aloqada bo‘lgan. Bu aloqalar nafaqat
o‘zaro taʼsirni taʼminlagan, balki arab madaniyatining boyishiga, uning o‘z o‘rniga ega
bo‘lishiga xizmat qilgan.
Islomdan oldingi davrdagi johiliya adabiyotidan boshlab og‘zaki ijodning turli
ko‘ri
nishlari, xususan, masallar janri, arab madaniyatining muhim tarkibiy qismlaridan
biri bo‘lib kelgan. Masallar nafaqat maʼlum bir hikmatli fikrlarni yetkazish vositasi
sifatida, balki o‘sha davrning ijtimoiy, siyosiy va madaniy hayotining ifodasi sifatida
ham
ahamiyatli bo‘lgan.
Masallar to‘plamlarining yaratilishi va ularning saqlanishi orqali bu janr arab
madaniyatida uzluksiz rivojlangan. Qadimgi yozuvlardan boshlab, Abbosiylar davrida
yaratilgan to‘plamlargacha bo‘lgan masallarning saqlanishi va tarqali
shi, ularning
qadimiy tarixiy va madaniy asoslarga ega ekanini ko‘rsatadi.
Al-Mufaddal ad-Dabbiy, al-Asmaiy, Abu Ubayd al-Qosim ibn Salom, al-Johiz kabi
olimlar va adiblar ushbu janrning boyligi va dolzarbligini taʼminlashda katta hissa
qo‘shgan. Ular tomo
nidan yaratilgan asarlar masallarning nafaqat tarixiy qiymatini, balki
zamonaviy ilm-fan uchun ahamiyatini ham tasdiqlaydi.
Shunday qilib, arab madaniyatida masallar adabiy, axloqiy va maʼnaviy boylik
sifatida muhim o‘rin tutib, insoniyatning maʼnaviy kamolotga intilishida yo‘lboshchi
bo‘lib kelgan. Ushbu janrning o‘rganilishi nafaqat arab adabiyotini, balki jahon
madaniyatini ham chuqurroq anglashga xizmat qiladi.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
4 (2025) / ISSN 2181-3701
312
FOYDALANILGAN ADABIY
OTLAR ROʻYXATI
:
1.
Снегирев И.М. Русские народные пословицы и притчи М.:1848
2.
Турсунов У., Мухтаров Ж., Раҳматуллаев Ш. Ҳозирги ўзбек адабий тили –
Т.:1979
3.
Фойт Вильмой. Разработка общей теории пословиц//М.:Вост.лит 1978г
4.
Қодиров
Т.Ш., Алиев Д.И., Араб тили лексикалогияси Т.:2010
5.
Abdulmoneim Mahmoud, Interlingual Transfer of Idioms by Arab Learners of
English. Sultan Qaboos University, Oman
6.
Goldziher Ignace. Klasik arap literature, Imaj yayinlari, Ankara, 1993
7.
Hussein Maxos. The Arabic idioms. Damascus. 2003
8.
Mohammad Awwad. Equivalence and translatability of English and Arabic
idioms. Yaarmouk University, Irbid.
9.
Крачковский И. Ю... Избранные сочинения. М., Л.: Издательство АН СССР,
1958
–
157
10.
2003
.ميدهلا راد :ةرهاق .لولأا ءزجلا .برعلا ناسل .روظنم نبا
11.
http://almeshkat.com
.يناديملا لضفلا وبا
لاثملاا عمجم
12.
.ةينطولا حاجنلا ةعماج .ينابق رازن رعش يف ناوللاا تلالاد .نادمح دمحم هاللّ دبع دمحا
13.
.ايلعلا تاساردلا ةيلك
2008
14.
Abdunabiev S. B. Terminology in Arabic linguistics //Oriental renaissance:
Innovative, educational, natural and social sciences.
–
2023.
–
Т
. 3.
–
№.
11.
–
С. 285
-290.
15.
Abdunabiyev S. B., Sotiboldiev S. ARABIC PROVERBS AND ADAGES IN THE
IMPERATIVE MOOD //Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social
sciences.
–
2025.
–
Т
. 5.
–
№.
20.
–
С. 422
-426.
