Авторы

  • Рано Тургунова
    Узбекский государственный университет мировых языков

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.foreign-linguistics.96361

Ключевые слова:

иностранный язык лингводидактика принципы обучения коммуникативный подход интерактивность межкультурная компетенция индивидуальный подход языковая компетенция

Аннотация

В данной статье рассматривается значение лингводидактических принципов в обучении иностранным языкам и пути эффективной организации учебного процесса на их основе. Обсуждаются такие принципы, как коммуникативный подход, индивидуализация обучения, повышение мотивации и формирование межкультурной компетенции. Эффективность уроков, построенных на лингводидактических принципах, иллюстрируется практическими примерами


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika –

Зарубежная лингвистика и
лингводидактика – Foreign

Linguistics and Linguodidactics

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics

Specific features of foreign language teaching based on
linguodidactic principles

Rano TURGUNOVA

1


Uzbekistan State World Languages University

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received February 2025

Received in revised form
10

March 2025

Accepted 25 March 2025
Available online

25 April 2025

This article analyzes the importance of linguodidactic

principles in foreign language teaching and explores effective
strategies for organizing the learning process based on these

principles. It discusses communicative approach, individualized

instruction, motivation enhancement, and the formation of

intercultural competence. The effectiveness of lessons
structured around linguodidactic principles is illustrated with

practical examples.

2181-3701/© 2024 in Science LLC.
DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol3-iss4

/S

-pp317-321

This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (

https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru

)

Keywords:

foreign language,

linguodidactics,

teaching principles,
communicative approach,

interactivity,

intercultural competence,
individualized learning,
language competence.

Lingvodidaktik tamoyillar asosida chet tilini o‘rgatishning
o‘ziga xos xususiyatlari

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar:

chet tili,

lingvodidaktika,

ta’lim tamoyillari,
kommunikativ yondashuv,
interfaollik,

madaniyatlararo
kompetensiya,

individual yondashuv,

til kompetensiyasi.

Ushbu maqolada chet tilini o‘rgatishda lingvodidaktik

tamoyillarning ahamiyati va ular asosida ta’lim jarayonini
samarali tashkil etish yo‘llari tahlil qilinadi. Xususan,

kommunikativ yondashuv, individual yondashuv, motivatsiyani

oshirish, madaniyatlararo kompetensiyani shakllantirish kabi

lingvodidaktik tamoyillar muhokama etiladi. Mazkur tamoyillar

asosida tashkil etilgan darslarning samaradorligi amaliy
misollar orqali yoritiladi.

1

Uzbekistan State World Languages University.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 4 (2025) / ISSN 2181-3701

318

Особенности обучения иностранному языку на основе

лингводидактических принципов

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

иностранный язык,
лингводидактика,
принципы обучения,

коммуникативный подход,
интерактивность,
межкультурная
компетенция,

индивидуальный подход,
языковая компетенция.

В

данной

статье

рассматривается

значение

лингводидактических принципов в обучении иностранным

языкам и пути эффективной организации учебного

процесса на их основе. Обсуждаются такие принципы, как
коммуникативный подход, индивидуализация обучения,

повышение мотивации и формирование межкультурной

компетенции. Эффективность уроков, построенных на
лингводидактических

принципах,

иллюстрируется

практическими примерами.


KIRISH

XXI asrda globallashuv jarayonining jadallashuvi natijasida xorijiy tillarni o‘rganish

va o‘rgatish dolzarb masalalardan biriga aylandi. Ayniqsa, ingliz tili xalqaro
kommunikatsiya vositasi sifatida dunyo miqyosida ustuvor ahamiyat kasb etmoqda. Chet
tilini samarali o‘rgatish uchun zamonaviy yondashuvlar va ilmiy asoslangan metodlar
zarur bo‘lib, bu borada

lingvodidaktik tamoyillar

muhim o‘rin tutadi. Lingvodidaktika –

bu lingvistik va didaktik komponentlarning uzviy uyg‘unligini ta’minlovchi, til o‘rgatish
jarayonini chuqur o‘rganadigan fan sohasidir. Ushbu soha doirasida ishlab chiqilgan
tamoyillar o‘qitish jarayonini tizimli, bosqichma-bosqich va natijador tarzda tashkil qilish
imkonini beradi. Mazkur maqolada lingvodidaktik tamoyillar asosida chet tilini
o‘qitishning metodologik asoslari, zamonaviy talablari va amaliy jihatlari tahlil qilinadi.
Shuningdek, dars jarayonida kommunikativlik, interfaollik, differensial yondashuv,
motivatsiya kabi tamoyillarning qo‘llanilishi o‘quvchilarda til kompetensiyasini
shakllantirishda qanday ahamiyatga ega ekani yoritib beriladi. Shuningdek, bugungi
ta’lim jarayonida o‘quvchilarning individual ehtiyojlariga mos metodlarni tanlash, til
o‘rganishda ularning motivatsiyasini oshirish va kommunikativ kompetensiyani
rivojlantirish muhim vazifalardan biridir. Lingvodidaktik tamoyillar aynan shu
maqsadlarga xizmat qiluvchi nazariy-metodik asos bo‘lib, ular orqali ta’lim jarayonini
shaxsga yo‘naltirilgan, interaktiv va mazmunan boy shaklda tashkil qilish mumkin.

Yangi avlod o‘quvchilarining til o‘rganishdagi qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash,

ularning faolligini oshirish va ularni global kommunikatsiyaga tayyorlash uchun
lingvodidaktik yondashuv zaruriy vosita hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan, ushbu maqola
chet tilini o‘rganishda lingvodidaktik tamoyillarning o‘rni va amaliy qo‘llanish
imkoniyatlarini atroflicha o‘rganishga bag‘ishlangan.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYASI

Chet tillarini o‘qitish jarayonida lingvodidaktik tamoyillarga asoslangan yondashuv

ko‘plab xorijiy va mahalliy tadqiqotchilar tomonidan keng tahlil qilingan. C. Richards va
T. Rodgers (2001) o‘zlarining “Approaches and methods in language teaching” asarida
chet tilini o‘qitishda yondashuvlar farqlari, xususan kommunikativ yondashuvning
samaradorligi haqida fikr yuritadi. N. Chomsky esa til o‘rganishni insonning kognitiv
qobiliyatlari bilan bog‘laydi va bu o‘rinda til o‘rgatishda interfaollik va shaxsga
yo‘naltirilgan metodlarni qo‘llashni tavsiya etadi. O‘zbek olimlaridan A. Jo‘raev,
M. Islomova, N. Yusupova va boshqalar o‘z tadqiqotlarida lingvodidaktika tamoyillarining


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 4 (2025) / ISSN 2181-3701

319

ta’lim jarayonidagi o‘rni, interfaol metodlar, o‘quvchi motivatsiyasi, multimodal resurslar
va differensial yondashuvning ahamiyatini yoritib berganlar. So‘nggi yillarda raqamli
texnologiyalarning kirib kelishi bilan chet tilini o‘rganishning lingvodidaktik asoslarini
yangicha ko‘rinishda tadqiq etishga ehtiyoj ortib bormoqda.Umuman olganda,
adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, lingvodidaktik tamoyillarning samarali tatbiqi chet
tilini o‘rgatishda til kompetensiyasini shakllantirish, madaniyatlararo muloqot
ko‘nikmasini rivojlantirish va o‘quvchilar faol ishtirokini ta’minlashda muhim rol
o‘ynaydi.

Mazkur ilmiy maqola sifat jihatidan tavsiflovchi va tahliliy metodlarga asoslanadi.

Tadqiqot davomida quyidagi metodlar qo‘llanildi:

Tahliliy-metodik yondashuv

– lingvodidaktik tamoyillar haqidagi ilmiy

adabiyotlar, maqolalar va monografiyalar tahlil qilindi;

Taqqoslash metodi

– an’anaviy va zamonaviy chet tilini o‘qitish metodlari

lingvodidaktik nuqtai nazardan solishtirildi;

Amaliy kuzatuv

– real dars jarayonlaridagi metodlar kuzatilib, lingvodidaktik

tamoyillar qanday qo‘llanilayotgani o‘rganildi;

Empirik yondashuv

– so‘rovnoma va suhbatlar orqali o‘qituvchi va

o‘quvchilarning fikrlari o‘rganilib, ularning lingvodidaktik yondashuvlarga munosabati
baholandi.

Ushbu metodlar yordamida chet tilini o‘rgatishda lingvodidaktik tamoyillarning

o‘rni, ularni amalda qo‘llash imkoniyatlari va natijadorligi aniqlashtirildi.

NATIJALAR VA MUHOKAMALAR

O‘tkazilgan tahlillar va kuzatuvlar natijalariga ko‘ra, chet tilini o‘qitishda

lingvodidaktik tamoyillarni izchil qo‘llash o‘quvchilarning til kompetensiyasi, nutq
faolligi hamda madaniyatlararo muloqotga tayyorligini sezilarli darajada oshiradi.
Xususan, kommunikativ yondashuv asosida tashkil etilgan darslarda o‘quvchilar o‘z
fikrini erkin ifodalashga, real hayotiy vaziyatlarda tilni qo‘llashga intilayotgani aniqlandi.
Bu esa o‘rganilgan tilni faqat grammatik konstruksiyalar doirasida emas, balki funksional
kommunikatsiya vositasi sifatida o‘zlashtirishga xizmat qiladi.

Tadqiqot davomida shuningdek quyidagi asosiy natijalarga erishildi:
Lingvodidaktik tamoyillar asosida tashkil etilgan darslar yuqori darajadagi

interfaollik

va

motivatsiya

ni ta’minlaydi;

Individual yondashuv

bilan olib borilgan ta’lim jarayoni o‘quvchilarning o‘z o‘quv

uslubiga mos metodlar orqali til o‘rganishini osonlashtiradi;

O‘quvchilarning

madaniyatlararo kompetensiyasi

shakllanib boradi, bu esa

global dunyoqarashni rivojlantirishda muhim omil hisoblanadi;

Multimodal resurslardan

foydalanish darslarda eshitish, ko‘rish, tushunish kabi

ko‘p jihatli qabul qilish jarayonini faollashtiradi.

Muhokama jarayonida aniqlanishicha, ba’zi ta’lim muassasalarida lingvodidaktik

tamoyillar yetarlicha qo‘llanilmayotgani, asosan an’anaviy yondashuvlar bilan cheklanib
qolayotgan holatlar ham uchramoqda. Bunday holatlarda o‘quvchilarda tilga nisbatan
passiv yondashuv, qo‘rquv, nutqiy ishtirokdan qochish kabi muammolar kuzatilmoqda.
Shunday qilib, ta’lim jarayoniga lingvodidaktik tamoyillarni to‘liq integratsiyalash,
o‘qituvchilarning zamonaviy metodik tayyorgarligini oshirish va raqamli resurslardan
keng foydalanish til o‘rganish samaradorligini oshirishda muhim omil bo‘lib xizmat
qiladi. Shuningdek, kuzatuv natijalari shuni ko‘rsatadiki, lingvodidaktik tamoyillar


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 4 (2025) / ISSN 2181-3701

320

asosida tashkil etilgan mashg‘ulotlar o‘quvchilarning faolligini oshirish bilan birga,
ularning mustaqil fikrlash, ijodiy yondashuv va tanqidiy tafakkur ko‘nikmalarini ham
rivojlantiradi. Bu esa, nafaqat til o‘rganish jarayonida, balki boshqa fanlar va ijtimoiy
faoliyatlarda ham foydali bo‘ladigan kompetensiyalarni shakllantiradi.

Dars jarayonida multimodal materiallardan foydalanish (video, audio, grafiklar,

interaktiv topshiriqlar) o‘quvchilar e’tiborini uzoqroq vaqt saqlab qolish va tilni turli
kontekstlarda qo‘llash imkonini beradi. Shu bilan birga, lingvodidaktik yondashuvlar
yordamida o‘qituvchilar o‘z darslarini zamonaviy psixopedagogik tamoyillar bilan
uyg‘unlashtirib, individual va guruhiy ishlarga asoslangan faoliyatni samarali tashkil
etishmoqda.

Muhokamalar davomida shuningdek, dars berayotgan o‘qituvchilarning

lingvodidaktik kompetensiyasi ham muhim omil sifatida ajralib turdi. Ularning metodik
savodxonligi, interfaol vositalardan foydalanish ko‘nikmasi, shuningdek, o‘quvchilar bilan
samarali muloqotga kirisha olishi dars sifatini belgilovchi asosiy mezonlardan biri
ekanligi aniqlandi.

XULOSA

Chet tilini o‘rgatishda lingvodidaktik tamoyillarni tizimli qo‘llash til o‘rgatish

jarayonining samaradorligini oshirishda muhim rol o‘ynaydi. Ushbu maqolada olib
borilgan tahlillar shuni ko‘rsatdiki, kommunikativlik, interfaollik, individual yondashuv
va madaniyatlararo kompetensiyani shakllantirish kabi tamoyillar chet tilini
o‘rganayotgan o‘quvchilarni faol ishtirok etishga, mustaqil fikrlashga va hayotiy
vaziyatlarda tilni qo‘llashga undaydi. Lingvodidaktik yondashuv o‘qituvchining metodik
salohiyatini oshiradi, o‘quvchilarning psixologik va ijtimoiy xususiyatlarini hisobga olgan
holda, til o‘rganish jarayonini moslashtirish imkonini beradi. Ushbu tamoyillarni o‘quv
dasturlariga to‘laqonli integratsiya qilish hamda raqamli vositalardan foydalanishni
kengaytirish til kompetensiyalarining shakllanishini jadallashtiradi. Shunday qilib, chet
tilini samarali o‘rgatish uchun lingvodidaktik tamoyillar nafaqat nazariy asos, balki
amaliy metodik tayanch vazifasini ham bajaradi. Shuningdek, lingvodidaktik tamoyillar
asosida ta’limni tashkil etish orqali nafaqat o‘quvchilarning til o‘zlashtirish darajasini
oshirish, balki ularning mustaqil ta’lim olishga bo‘lgan qiziqishini, faol ishtirokini va
ijtimoiy moslashuvchanligini ham kuchaytirish mumkin. Bunday yondashuv
o‘quvchilarda hayotiy ko‘nikmalarni rivojlantirish, muloqot madaniyatini shakllantirish
va tilni real kontekstda qo‘llash imkonini beradi. Kelgusida ushbu tamoyillar asosida
metodik tavsiyalarni yanada takomillashtirish, o‘qituvchilarning lingvodidaktik
kompetensiyasini oshirish bo‘yicha amaliy seminarlar tashkil etish, hamda raqamli ta’lim
vositalari bilan

uyg‘un holda darslarni

loyihalash til o‘qitish tizimini

zamonaviylashtirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Shunday qilib, lingvodidaktik
yondashuv – zamonaviy chet tillarini o‘qitishning nazariy va amaliy asoslarini
mustahkamlovchi muhim poydevor hisoblanadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Richards, J. C., & Rodgers, T. S. (2014).

Approaches and Methods in Language

Teaching

(3rd ed.). Cambridge University Press.

2.

Chomsky, N. (2016).

What Kind of Creatures Are We?

Columbia University Press.

3.

Jo‘raev, A. (2018). Chet tilini o‘qitishda lingvodidaktik yondashuv.

Til va

Adabiyot Ta’limi

, (4), 52-56.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 4 (2025) / ISSN 2181-3701

321

4.

Islomova, M. (2020). Til o‘rgatishda kommunikativ yondashuv va uning didaktik

imkoniyatlari.

Pedagogik mahorat jurnali

, (2), 35–40.

5.

Yusupova, N. (2022). Raqamli texnologiyalar vositasida chet tilini o‘rgatishda

lingvodidaktik yondashuv.

Zamonaviy ta’lim

, (1), 77–81.

6.

Brown, H. D. (2015).

Principles of Language Learning and Teaching

(6th ed.).

Pearson Education.

7.

Nation, I. S. P., & Macalister, J. (2019).

Language Curriculum Design

. Routledge.

8.

Zokirova, D. (2021). Interfaol metodlardan foydalangan holda chet tili

kompetensiyasini rivojlantirish.

Innovatsion ta’lim

, (3), 60–65.

Библиографические ссылки

Richards, J. C., & Rodgers, T. S. (2014). Approaches and Methods in Language Teaching (3rd ed.). Cambridge University Press.

Chomsky, N. (2016). What Kind of Creatures Are We? Columbia University Press.

Jo‘raev, A. (2018). Chet tilini o‘qitishda lingvodidaktik yondashuv. Til va Adabiyot Ta’limi, (4), 52-56.

Islomova, M. (2020). Til o‘rgatishda kommunikativ yondashuv va uning didaktik imkoniyatlari. Pedagogik mahorat jurnali, (2), 35–40.

Yusupova, N. (2022). Raqamli texnologiyalar vositasida chet tilini o‘rgatishda lingvodidaktik yondashuv. Zamonaviy ta’lim, (1), 77–81.

Brown, H. D. (2015). Principles of Language Learning and Teaching (6th ed.). Pearson Education.

Nation, I. S. P., & Macalister, J. (2019). Language Curriculum Design. Routledge.

Zokirova, D. (2021). Interfaol metodlardan foydalangan holda chet tili kompetensiyasini rivojlantirish. Innovatsion ta’lim, (3), 60–65.