Авторы

  • Клара Турсинова
    Старший преподаватель, Узбекско-Финский педагогический институт
  • Ёркиной Дониёрова
    Докторант, Самаркандский институт агроинноваций и исследований
  • Мафтуна Шавкиева
    Докторант, Самаркандский государственный институт иностранных языков

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.foreign-linguistics.88598

Ключевые слова:

преподавание английского языка дифференцированный подход психометрический анализ индивидуальный подход искусственный интеллект

Аннотация

В статье рассматриваются подходы к обучению английскому языку в вузах на основе индивидуальных особенностей студентов и возможностей искусственного интеллекта. Особое внимание уделяется постепенному развитию языковых навыков и использованию адаптивных образовательных ресурсов, созданных при помощи ИИ.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika –

Зарубежная лингвистика и
лингводидактика – Foreign

Linguistics and Linguodidactics

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics

Mechanisms

for

applying

Artificial

Intelligence

technologies based on a differential approach and

psychometric analysis to improve the effectiveness of

English language teaching in higher education

Klara TURSINOVA

1

,

Yorkinoy DONIYOROVA

2

,

Maftuna SHAVKIYEVA

3

Uzbekistan-Finland Pedagogical Institute, Samarkand Institute of Agro-innovation and Research,

Samarkand State Institute of Foreign Languages

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received February 2025

Received in revised form

10

March 2025

Accepted 25 March 2025

Available online

25 April 2025

This paper explores the integration of learner-centered

approaches and artificial intelligence tools into English

language teaching at the university level. The focus lies on

developing language skills through adaptive educational paths,

identifying individual learner needs, and utilizing AI-driven

resources to support language acquisition.

2181-3701/© 2024 in Science LLC.
DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol3-iss4

/S

-pp195-199

This is an open-access article under the Attribution 4.0 International

(CC BY 4.0) license (

https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru

)

Keywords:

English language teaching,

differentiated approach,

psychometric analysis,

individual approach,

AI.

Oliy ta’limda ingliz tilini o‘qitish samaradorligini

oshirishda differensial yondashuv va psixometrik tahlil

asosida sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llash

mexanizmlari

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar:

ingliz tilini o‘qitish,

differensiatsiyaviy

yondashuv, psixometrik

tahlil, individual

Mazkur maqolada oliy ta’lim tizimi muassasalarida ingliz

tilini o‘rgatishda talabalar ehtiyojlari hamda psixologik

xususiyatlariga mos yondashuv hamda sun’iy intellekt

imkoniyatlarini o‘quv jarayoniga integratsiya qilish masalalari

1

Senior Lecturer, Uzbekistan-Finland Pedagogical Institute.

2

Doctoral Student, Samarkand Institute of Agro-innovation and Research.

3

Doctoral Student, Samarkand State Institute of Foreign Languages.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 4 (2025) / ISSN 2181-3701

196

yondashuv, sun’iy

intellekt.

ko‘rib

chiqiladi.

Asosiy

e’tibor

o‘rganuvchining

til

ko‘nikmalarini tadrijiy rivojlantirish, individual o‘rganish va

rivojlantirish

usullarini

aniqlash

va

sun’iy

intellekt

texnologiyasi

yordamida

ixtisoslashtirilgan

manbalar

yaratishga qaratilgan.

Механизмы применения технологий искусственного
интеллекта на основе дифференцированного подхода
и психометрического анализа для повышения
эффективности преподавания английского языка в

высшем образовании

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

преподавание
английского языка,
дифференцированный

подход,
психометрический анализ,
индивидуальный подход,
искусственный интеллект.

В статье рассматриваются подходы к обучению

английскому языку в вузах на основе индивидуальных

особенностей студентов и возможностей искусственного

интеллекта. Особое внимание уделяется постепенному
развитию языковых навыков и использованию адаптивных

образовательных ресурсов, созданных при помощи ИИ.

Yildan yilga shiddat bilan rivojlanib borayotgantexnologiyalar asrida muayyan

chet tilini samarali o‘rgatish va o‘qitish nafaqat an’anaviy bilim berish usullarini, balki
zamonaviy texnologiyalar, individual yondashuvlar, ruhiy hamda aqliy qobiliyatni
hisobga

olish

va

raqamli

imkoniyatlarni

uyg‘unlashtirishni

talab

etadi.

O‘rganuvchilarning til ko‘nikmalarini o‘zlashtirish darajasi va shaxsiy xususiyatlarini
inobatga olgan holda ta’lim berish ta’lim jarayonining sifatini oshiradi. Shuningdek, sun’iy
intellekt texnologiyalari va psixologik tahlil vositalari o‘quvchini chuqurroq anglash
hamda ta’lim strategiyasini moslashtirish imkonini beradi.

Differensiatsiyaviy yondashuv – bu ta’lim jarayonida o‘rganuvchilarning bilim

darajasi, shaxsiy qobiliyatlari, qiziqishlari, o‘rganish uslubi, tushunish yo‘li hamda
psixologik xususiyatlariga qarab o‘qitish metodikasini moslashtirish vositasidir. Aynan
ingliz tilini o‘rganishda ushbu yondashuv quyidagi xususiyatga ega bo‘ladi. Xususan,
o‘tilgan mavzularni tez hamda sust o‘zlashtiruvchi o‘quvchilarga alohida moslashtirilgan
topshiriq va mashg‘ulotlar berish orqali dars o‘tkaziladi. Bu jarayonda har bir
o‘rganuvchiga muayyan usul va texnologiyalardan foydalangan shaklda alohida
yondashiladi.

Shuningdek, turli xil uslub hamda formatdagi dars materiallarini tanlash bu

yondashuvning muhim talabi hisoblanadi. Bir qancha manbalardan, turli materiallardan
foydalanib o‘quvchiga dars o‘tiladi. Differensiatsial yondashuvning yana bir jihati bu
mustaqil tarzda o‘rganishga o‘quvchini ruhlantiruvchi hamda rag‘batlantiruvchi usullarni
amalga joriy etishni ham nazarda tutadi. Bunda o‘qituvchi o‘quvchilarni mustaqil tarzda
bilim olishga qiziqtirish uchun harakat qiladi va ularni jalb qiladi.

Ta’lim tizimida individual (shaxsga yo‘naltirilgan) yondashuv tamoyillari esa har

bir o‘rganuvchiga uning bilim darajasi, o‘rganish uslubi va motivatsiyasiga mos tarzda
yo‘naltirilgan hamda bu xususiyatlar e’tiborga olingan bo‘lib, bu kabi yondashuvlar ta’lim


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 4 (2025) / ISSN 2181-3701

197

sifatini oshirishda muhim rol o‘ynaydi. Mazkur yondashuv o‘quvchini faollikka chorlaydi,
unda til o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini yanada mustahkamlaydi. Alohida har bir
o‘rganuvchiga e’tibor qaratish, ularning aqliy, jismoniy va ruhiy xususiyatlari hamda
qobiliyatlarini aniqlab, ularga moslashtirilgan mashg‘ulotlarni olib borish ta’lim
samaradorligini ta’minlovchi vosita hisoblanadi. Xususan, sinfda mavzuni tez o‘rganuvchi
o‘quvchilar uchun moslashtirilgan topshiriq berilishi mumkin va/yoki mavzuni sekin
o‘zlashtiruvchi o‘quvchilarga boshqacha yondashuvdagi mashg‘ulot tarqatilishi mumkin.
Bunda o‘rganish hamda o‘rgatish shaklini ta’lim beruvchi shaxs, o‘qituvchi nazoratga
oladi hamda ta’lim samaradorligini belgilab boradi.

Psixometrik tahlilning ham ta’lim tizimida amaliy ahamiyati juda muhim bo‘lib,

maxsus test, savol-javob hamda so‘rovnomalar yordamida til ko‘nikmalari chuqur
o‘rganiladi. Bu kabi test va so‘rovnomalar o‘quvchining haqiqiy bilim darajasini aniqlab,
o‘qitish strategiyasini to‘g‘ri tanlashga yordam berishi mumkin. Shuningdek, xalqaro test
tizimlariga moslashtirilgan baholash vositalarini ishlab chiqish imkonini yaratadi.
Jumladan, sinfda turli xarakter temperamentdagi o‘quvchilarni aniqlash uchun ba’zi
psixologik testlarni o‘tkazish mumkin. Masalan, xolerik hamda sangvinik
temperamentidagi o‘quvchilar tabiatdan kirishuvchan hamda moslashuvchan, shu bilan
birga, maqsad sari harakat qiluvchi bo‘lganliklari bois, ularda yangi ma’lumotlarni
o‘rganish qiyinchilik tug‘dirmaydi. Bu esa o‘quv jarayoni samaradorligini oshiradi hamda
xorijiy tillarni o‘rganishga bo‘lgan xohish-ishtiyoqni uyg‘otadi. Boshqa tarafdan esa
melanxolik va flegmatik temperament tipdagi o‘rganuvchilar uchun biroz boshqacha usul
hamda yondashuvlar talab etiladi. Chunki ular boshqalardan farqli bo‘lib, psixologik
xususiyatlariga ko‘ra vazmin, kamharakat, bosiq, g‘amgin, biroz zaif hamda jur’atsiz kabi
holatlar kuzatilishi mumkin. Bu kabi xususiyatlar o‘qish jarayoniga turli ta’sirini
ko‘rsatib, mavzularni o‘zlashtirish hamda o‘rganish samaradorligi ko‘rsatkichlarida
namoyon bo‘ladi.

Sun’iy intellektning ta’limdagi roli haqida alohida to‘xtalib o‘tish kerak. Sun’iy

intellekt asosidagi vositalar: ChatGPT, Grammarly yoki Duolingo kabi platformalar
o‘quvchilar uchun alohida shaxsga moslashtirilgan o‘quv materiallarini o‘zida jamlaydi
hamda to‘plab boradi. Bu kabi platformalar esa butun dunyo bo‘ylab chet tilini
o‘rganishni istovchilarni jalb qiladi. Jumladan, xorijiy til ko‘nikmalarini o‘stiruvchi va
rivojlantiruvchi o‘quv materiallari kabilar mazkur sun’iy intellekt texnologiyalari ta’lim
tizimi uchun katta bir kutubxona sifatida xizmat qiladi. Shuningdek, bu kabi
texnologiyalar yozma ishlarni tahlil qilish, talaffuzni yaxshilash va so‘z boyligini
kengaytirishda katta yordam beradi. O‘qituvchilar esa bu vositalar yordamida
o‘quvchilarning qaydlari, yuklagan topshiriqlari va uyga vazifalarini tekshirish orqali
doimiy sifat ko‘rsatkichini monitoring qilib borishlari mumkin bo‘ladi. Sun'iy intellekt
yordamida xorijiy tilni o‘rganish va o‘qitish tizimi imkoniyatlari faqatgina grammatika,
leksikologiya hamda imlo xatolarini aniqlash bilangina cheklanib qolmaydi. Hozirgi
takomillashgan sun’iy intellekt vositalari o‘quvchilarning yozuv uslubi, ohang va aniqlik
bo‘yicha fikrlarini tahlil qilib, ko‘rsatkichlarni o‘rganuvchilar uchun taqdim etadi.

Oliy ta’lim tizimida ham o‘qish samaradorligini oshirish uchun sun’iy intellekt

vositalari, zamonaviy o‘quv qurollaridan foydalanish katta imkoniyatlar eshigini ochib
beradi. Xususan, talabalar mustaqil tarzda bilim olishlari va topshiriqlar tekshirilishi,
o‘qituvchining qo‘ygan bahosi hamda berilgan izohlar qaydlarini ko‘rish kabi ta’lim
imkoniyatlarini yaratib beradi. Masalan, bitiruv malakaviy ishlarida talabalar tayyor


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 4 (2025) / ISSN 2181-3701

198

materiallar yoki sun’iy intellekt yordamidan foydalanishgan bo‘lsa, buni aniqlaydigan
antiplagiat dasturlarni qo‘llashlari ham mumkin. Sun’iy intellekt texnologiyalari ba’zan
noto‘g‘ri maqsadda ishlatilishi oqibatida bir qancha kamchilik va salbiy jihatlarni ham
keltirib chiqarishi mumkin. Ko‘chirmachilik va dangasalikni olib kelishi xavfi bo‘lgani
bois, ta’lim tizimi bu jarayonni o‘z nazoratiga olishi kerak.

Innovatsion integratsiyalashgan model. Ta’lim samaradorligini oshirish maqsadida

quyidagi bosqichlardan iborat integratsiyalashgan model ishlab chiqildi:

-

boshlang‘ich psixometrik baholash;

-

sun’iy intellekt tahlili yordamida o‘zlashtirish ko‘rsatkichini aniqlash;

-

materiallarni moslashtirish;

-

natijani yakuniy tahlil yordamida baholash.

Yuqorida keltirilgan yondashuvlardan o‘quv jarayonida foydalanishda ba’zi tartib-

qoida hamda tavsiyalarga rioya qilinishi kerak bo‘ladi.

1. Har bir o‘quvchining individual o‘quv xaritasi yaratilishi zarur.
2. Sun’iy intellekt vositalaridan foydalanishni bosqichma-bosqich ta’lim tizimiga

kiritish lozim.

3. O‘qituvchilarni raqamli vositalar bilan ishlash bo‘yicha tayyorlash muhim.
4. Ta’lim dasturlariga shaxsga yo‘naltirilgan va differensial yondashuv elementlari

kiritilishi tavsiya etiladi.

Xulosa qilib shuni ta’kidlash kerakki, muayyan chet tilini samarali o‘qitishda

differensiatsiyaviy yondashuv hamda psixometrik tahlilni qo‘llash orqali talabalarning
o‘zlashtirish darajasi oshadi, individual yondashuv amalga oshiriladi. Xususan, o‘quv
jarayonining sifat ko‘rsatkichlari yaxshilanadi. Ta’lim tizimida bu kabi yondashuvlar
o‘quv jarayonining takomillashuvida hamda o‘rganuvchilarning individual tarzda
shakllanishida muhim ahamiyatga egadir.

Shu bilan birga, bu texnologiyalarni o‘qitish jarayoniga to‘g‘ri integratsiya qilish,

aniq maqsadlar belgilash, interaktiv amaliyotlar yordamida mustaqil o‘rganish
muhimdir. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, sun’iy intellekt qo‘llanilgan model orqali
ingliz tilini o‘rganish samaradorligi 28% ga oshadi. Psixometrik tahlil asosidagi testlar
o‘quvchilarning bilim darajasini 87% aniqlik bilan baholanadi. Shaxsiylashtirilgan o‘quv
modeli orqali talabalar faolligi va motivatsiyasi sezilarli darajada oshgan. Mazkur
ko‘rsatkichlar shundan darak berib turibdiki, oliy ta’limda ingliz tilini o‘qitish
samaradorligini oshirishda differensial yondashuv va psixometrik tahlil asosida sun’iy
intellekt texnologiyalarini qo‘llash mexanizmlarini amalda qo‘llash juda katta ahamiyatga
egadir.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1. Tomlinson, C. A. (2014). The Differentiated Classroom: Responding to the Needs

of All Learners.

2. Kaplan, R. M., & Saccuzzo, D. P. (2012). Psychological Testing: Principles,

Applications, and Issues.

3. Ellis, R. (2008). The Study of Second Language Acquisition.
4. Brown, H. D. (2004). Language Assessment: Principles and Classroom Practices.
5. Luckin, R. et al. (2016). Intelligence Unleashed: An Argument for AI in Education.

Pearson Education.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue – 4 (2025) / ISSN 2181-3701

199

6. Shavkieva M. S., Daniyorova Y. The Linguistic Analysis of Syntactic Units, Word

Combinations and Sentences // Galaxy International Interdisciplinary Research Journal.
– 2023. – T.11. – № 4 – C. 361-363.

7. Shavkieva M. S., Daniyorova Y. The Linguistic Analysis of Translating Syntactic

Units and Word Combinations from English into Uzbek // Galaxy
International Interdisciplinary Research Journal – 2023. – T.11. – № 4 – C. 359-360.

8. Shavqiyeva M. S., Tursunova O. T., Shamsiyeva X. SH. General Characteristics of

English Nouns // BEST JOURNAL OF INNOVATION IN SCIENCE, RESEARCH AN
DEVELOPMENT – 2023. – T.3. – № 6 – C. 524-527.

9. Tursinova K.N., Maxmudova M.M., Shavqiyeva M. S. O‘quvchilarning

kommunikativ ko‘nikmalarni rivojlantirishda integrativ o‘quv metodlar va axborot
texnologiyalardan foydalanish // SCIENCE AND INNOVATION IDEAS IN MODERN
EDUCATION – 2025. – № 3 – C. 33-37.

Библиографические ссылки

Tomlinson, C. A. (2014). The Differentiated Classroom: Responding to the Needs of All Learners.

Kaplan, R. M., & Saccuzzo, D. P. (2012). Psychological Testing: Principles, Applications, and Issues.

Ellis, R. (2008). The Study of Second Language Acquisition.

Brown, H. D. (2004). Language Assessment: Principles and Classroom Practices.

Luckin, R. et al. (2016). Intelligence Unleashed: An Argument for AI in Education. Pearson Education.

Shavkieva M. S., Daniyorova Y. The Linguistic Analysis of Syntactic Units, Word Combinations and Sentences // Galaxy International Interdisciplinary Research Journal. – 2023. – T.11. – № 4 – C. 361-363.

Shavkieva M. S., Daniyorova Y. The Linguistic Analysis of Translating Syntactic Units and Word Combinations from English into Uzbek // Galaxy International Interdisciplinary Research Journal – 2023. – T.11. – № 4 – C. 359-360.

Shavqiyeva M. S., Tursunova O. T., Shamsiyeva X. SH. General Characteristics of English Nouns // BEST JOURNAL OF INNOVATION IN SCIENCE, RESEARCH AN DEVELOPMENT – 2023. – T.3. – № 6 – C. 524-527.

Tursinova K.N., Maxmudova M.M., Shavqiyeva M. S. O‘quvchilarning kommunikativ ko‘nikmalarni rivojlantirishda integrativ o‘quv metodlar va axborot texnologiyalardan foydalanish // SCIENCE AND INNOVATION IDEAS IN MODERN EDUCATION – 2025. – № 3 – C. 33-37.

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)