Цикл художественных символов, формирунощихса на основе приема олицетворения-ташхис

ВАК
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
Отрасль знаний
CC BY f
114-117
28
262
Поделиться
Каюмов, Н. (2021). Цикл художественных символов, формирунощихса на основе приема олицетворения-ташхис. Иностранная филология: язык, литература, образование, (3 (80), 114–117. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/foreign_philology/article/view/1812
Нодир Каюмов, Самаркандский государственный университет

базовый докторант

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Литературный приѐм «ташхис» («олицетворение») занимает осебое место в ряду образов художественных символов классической литературы Востока. Этот литературный приѐм является оживление неодушевленным предметов и природны явлениий, наделение их человеческими качествами

Похожие статьи


background image

Хоrijiy filologiya

№3, 2021 yil

114

TASHXIS VA UNING ZAMIRIDA YUZAGA KELADIGAN BADIIY

TIMSOLLAR TURKUMI

Kayumov Nodir Nayimovich,

SamDU tayanch doktoranti

Tayanch so„zlar

: tashxis, jonlantirish, badiiy san‟at, timsol, tabiat, g„azal, fors, mahorat.

Tashxis va jonlantirish san‘ati badiiy

so‗z

san‘ati

namunalarining

ma‘naviy

san‘atlar turkumiga kiradi. Tashxis va
jonlantirish san‘ati badiiy asarning yanada
qiziqarli, jozibali va voqelikni

yaqqol

ko‗rsatishda

xizmat

qiladi.

Tashxis

adabiyotda jonlantirish ma‘nosida, jonsiz va
tabiat hodisalariga jon ato etib, turli xildagi
hasharot

va

parrandalarni

inson

tilida

gapirtirishdir. Shoir tashxis san‘ati bilan
jonsiz va mavhum narsalarga jon bag‗ishlab,
ularni odam ko‗rinishida namoyon etadi
[1:103,].

Tashxis va jonlantirish san‘atining

o‗ziga

xosligi

shundaki,

bu

san‘at

namunalarida jonsiz narsalar inson qarshisida
odam shaklida gavdalantiriladi. Har bir
o‗quvchi nazarida tasvirga bunaqa yondashish
judayam qiziqarli va maroqli bo‗lib, u
jonlanib inson shaklida namoyon bo‗lgan
jonsiz narsalardan zavqlanadi va buning asl
mohiyatini tushunishga harakat qiladi. Buning
natijasida, ijodkor tasvirlayotgan jonsiz narsa
insonga o‗xshab harakatlanadi, gapiradi va
hokazo.

Masalan,

Hofiz

Sheroziyning

mashhur g‗azalidan olingan quyidagi baytda
tabiat, lola va nargis guli ko‗zga tashlanib,
unda lola guli sog‗ar, ya‘ni qadah tutqazuvchi
shaxs misolida va nargis guli mast inson
shaklida namoyon bo‗ladi:

Lola sog„argiru nargis mastu bar mo

nomi fisq,

Dovari doram base, yo rab, kiro dovar

kunam?

[5:67,].

Bu baytda shoirning lirik qahramoni

shaxsiyati g‗amga cho‗kkan, dunyo ishlaridan
hayratda qolgan inson sifatida namoyon
bo‗ladi.

Ya‘ni

u

dunyo

ishlarining

adolatsizligidan, yaxshi insonlarning tuhmat
va bo‗htonlarga duchor bo‗lishi, adolat
mezoni buzilganini nihoyatda yuksak did
bilan bayon etadi. Baytda lola qadah

tutqazadi, nargis bo‗lsa qadah olib may ichib,
sarxush bo‗ladi. Mazkur baytda keltirilgan
badiiy obrazlar o‗quvchi qalbiga tabiatda
inson

harakatlarini

bajarishga

qodir

bo‗lmagan

narsalarni

insondek

harakat

qildirib zavq va shavq beradi.

Fors-tojik

shoirlari

tashxis

va

jonlantirish san‘atidan ko‗proq she‘rlarining
mazmunli, dilga yaqin va notakror bo‗lishi
uchun

foydalanishgan.

Sharq

mumtoz

adabiyotida juda ko‗p jonlantirilgan va
ma‘mul bo‗lgan obrazlardan biri bu «gul»
obrazidir. Gul obrazi ko‗pincha insonga xos
fazilatlarni qabul qilib, tarovati, go‗zalligi va
lobarligidan maqtanadi, kiborlik va g‗urur
sifatlarini o‗zida namoyish etadi.

Masalan, mashhur fors-tojik mumtoz

shoiri Umar Xayyomning bir ruboyisida gul
o‗zini maqtab, quyidagi sifatlarni bayon etadi:

Gul

guft,

ki

man

Yusufi

Misri

chamanam,

Yoquti garonmoyai pur dar dahanam.
Guftam: Chu tu Yusufi, nishone binmoy,
Gufto ki: Ba xun g„arq nigar pirahanam

[3:72,].

Bu ruboiyda gul shoir bilan munozara

qilib, o‗zining mashhur sifatlarini tavsiflaydi.
Ruboiyning birinchi misrasida tashxis va
tashbih san‘atlari bir radifda kelgan va gul
o‗zini Yusuf alayhissalomga o‗xshatib,
go‗zalligidan g‗ururlanadi. Ikkinchi misrada
gul

go‗zalligini

qimatbaho

yoqutga

o‗xshatadi. Uchinchi misrada shoir gulga
savol berib, agar Yusufga o‗xshasang, unda
o‗xshash jihatingni ko‗rsat deb izoh talab
qiladi. Gul insonlarga xos so‗zlash sifatini
o‗ziga qabul qilib, o‗zining rangiga ishora
etadi va ta‘kidlaydiki, uning tanasini
berkitgan kiyimi Yusufning birodarlari
tomonidan otasi Yaqubga ko‗rsatgan qon
bilan bo‗yalgan qizil libosdan namunadir.
To‗rtinchi misrada shoir tashxis va talmih


background image

Хоrijiy filologiya

№3, 2021 yil

115

badiiy san‘atlarini birgalikda keltirib, ruboiy
mazmunini boyitgan. Aytib o‗tish joyizki,
mazkur ruboiyda tashxis san‘ati badiiy
ifodalashning asosiy mezoni sifatida xizmat
qilib, tashbih va talmih san‘atlari bu san‘at
turining yaxshiroq ifoda etilishiga ma‘lum
darajada xizmat qilgan.

Tashxis va jonlantirish san‘atining

o‗ziga xos xususiyatlaridan biri bu inson qo‗li
bilan yaratilgan jonsiz moddiy jism va
buyumlarni jonlantirishdan iboratdir. Mumtoz
adabiyotda mavjud bunday badiiy obrazlar
qatoriga qadah, shamshir, qalam va boshaqa
jonsiz narsalarni misol tariqasida keltirishimiz
mumkin. She‘riyatda ba‘zan bu jonsiz jismlar
jonlanib,

insonlarga

xos

xarakter

va

xususiyatlarga

ega

bo‗ladilar.

Asadiy

To‗siyning quyidagi ruboiysini bunga misol
tariqasida keltirishimiz mumkin:

So„roxi ba go„shi qadah burda sar,
Bad-o„ rozi sarbasta gufti magar.
Nadonam, chi gufti, chi ando„xti,
Ki guftiyu az dida xun rexti

[1:103,].

Mazkur ruboiyda ko‗zachaning og‗zi

qadahning labiga insondek labini qo‗yib,
kechinmalarini bayon etadi. Ko‗zacha
qadahning qulog‗iga o‗zining dardu alamini,
sirlarini aytib, yig‗layotgan inson qiyofasida
namoyon bo‗ladi va didalaridan ko‗z yoshi
o‗rniga qon tomchilaydi. Bu ruboiyda shoir
oddiygina shishadan qadahga sharobning
quyilishini yuqori mahorat bilan, ularga jon
ato etib, ruboiyning badiiy mazmunini
yuksaltirishda foydalanadi.

Yuqorida ta‘kidlaganimizdek, tashxis va

jonlantirish san‘ati orqali inson ko‗ziga
ko‗rinadigan tabiatning umumiy jismlari,
shaxs tafakkurida sayqallanib, jonlantirilgan
holatda o‗quvchiga havola etiladi va ular
o‗zlarining odamlarga xos xususiyatlari bilan
namoyon bo‗ladi. Tabiatning jonsiz jismlari
jonlantirilgan holda, insonga xos xususiyat va
xislatlarga ega tarzda namoyon bo‗ladi va
o‗zlarining harakatlari orqali atrof muhitga
ta‘sir o‗tkazib, uning rivojiga yoki inqiroziga
sabab bo‗ladi.

Mumtoz adabiyotda jonlantirilib, badiiy

obrazlar

sifatida

qo‗llanilgan,

ko‗zga

ko‗rinmaydigan va faqatgina tasavvur qila
oladigan mavhum narsalar aql, bilim, so‗z,
yaxshilik va yomonlik, yolg‗on, rostgo‗ylik,

muhabbat va boshqalarni misol tariqasida
keltirishimiz mumkin. Shoirning kasbiy
mahorati natijasida, quyida zikr etilgan
mavhum jismlar jonlantirilib, insonga xos
xususiyatlarni qabul qilgan holda namoyon
bo‗ladi. Masalan:

Do„sh devona shudam, ishq maro didu

biguft:

Omadam man na‟ra mazan, joma

madar hej mago„.

Guftam: Ey ishq man az chizi digar

metarsam,

Guft: On chizi digar nest, hej mago„.
Man ba go„shi tu suxanhoi na on xoham

guft,

Sar bijunbondu bale juz, ki ba sar hej

mago„.

Guftam in ro„z sarishta ajab ast yo

bashar,

Guft in g„ayri basharastu, hej mago„

[2:115,].

Buyuk

mutasavvif

shoir

Mavlono

Jaloliddin Balxiyning ushbu baytlarida ikki
qahramon:

ishq

va

shoirning

o‗zaro

munosabatlari

ko‗zga

tashlanadi.

Shoir

jonlantirish san‘ati imkoniyatlari bilan
bog‗lagan

holda,

adabiyotning

asosiy

mavzularidan

bo‗lgan

ishq

obrazini

jonlantirib, u bilan suhbat quradi va unga
o‗zining qalbidagi kechinmalarini oshkor
aylab, ishqga xos xususiyatlarni ishqning
o‗zidan so‗raydi. Bu g‗azalda ishq va oshiq
o‗zaro savol-javob qiladilar. Oshiq ishq bilan
kechgan mukolamani tashxis va jonlantirish
san‘ati asosida sahnalashtiradi. Insoniyatning
oliy tuyg‗usi muhabbat bu g‗azalda insonga
xos xarakterga sohib bo‗lib, oshiqning oldiga
keladi va unga «Men sening oldingga keldim,
endi devonalikni bas qil, jomalaringni yirtib
o‗zingni har kuyga solma deb murojaat
qiladi». Oshiq bu savollarga javoban boshqa
narsadan qo‗rqishini izhor etadi. Ishq yana
tilga kirib, ta‘kidlaydiki, «Ishqdan bo‗lak
boshqa narsa yo‗qdir. Olam ishq asosida
yaratilganini

va

unda

faqat

ishq

mavjudligini», ta‘kidlaydi. Mukolama yana
davom ettirilib, ishq oshiqning savollariga
javob

beradi,

javob

berish

jarayonida

insondek bosh silkitib, oshiq so‗zlarini
tasdiqlaydi. Shuni aytish lozimki, tasavvufiy
mazmundagi mazkur g‗azalda asosiy mavzu


background image

Хоrijiy filologiya

№3, 2021 yil

116

ishq va muhabbatning buyukligidir. Bu
g‗azalda tashxis san‘atidan tashqari savol-
javob, tazod va boshqa badiiy san‘at turlari
ham qo‗llanilgan.

Tashxis va jonlantirish san‘ati X-XI

asr shoirlari ijodiyotida ham ko‗p uchraydi.
Mazkur davr shoirlari ijodiyotida tashxis va
jonlantirish

san‘ati,

asosan,

tabiat

manzaralarini

tasvirlash

jarayonida

foydalaniladi. Farruxiy Siistoniy o‗zining bir
qator g‗azal va she‘rlarida tabiat manzaralari
va unda yuz beradigan hodisalarni tasvirlash
jarayonida tashxis va jonlantirish san‘atinng
badiiy

imkoniyatlaridan

samarali

foydalangan. Shoir kuz faslining kelishini,
tabiatdagi mavjudotlarni sovuq urgan va
qarigan inson qiyofasida gavdalantirishni
jonlantirish san‘ati vositasida mohirlik bilan
bayon etadi. Mazkur she‘rda shoir oddiy
tabiat hodisasi, fasllar almashuv jarayonini
tasvirlaydi. She‘rda kuz o‗zining lashkarlari
bilan bostirib kelib, tabiatdagi mavjudotlar va
unsurlarni zir qaqshatadi, kuzning qahrli
hujumidan

zulol

suv

dag‗-dag‗

titrab

qaltiraydi va kuz tabiatda hukmronlikni
qo‗lga oladi:

To xazon toxtan ovarad so„i bodi

shamol,

Hamchu sarmozada bo larza gasht obi

zulol.

Bod bar bog„ hame arza kunad zarri

iyor,

Abr bar ko„h hame to„da kunad simi

halol.

Har zamon bog„ ba zarrob furo„

sho„yad ro„y,

Har zamon ko„h ba simob furo„ sho„yad

yol

[4:97,].

Yuqorida keltirilgan fikrlardan xulosa

qilish mumkinki, tashxis va jonlantirish
san‘ati badiiy adabiyotning go‗zal va betakror
san‘atlaridan hisoblanib, adabiy durdona va
timsollarning

yaratilishida

beqiyos

ahamiyatga sohibdir. Ijodkorlarning tabiat va
uning

betakror

manzaralari

haqidagi

she‘rlarida tashxis va jonlantirish san‘atidan
faol foydalanilgan. Xususan, turli yovvoyi
hayvonlar, qushlar, mevalar, mavhum jismlar,
tabiat manzaralarini tasvirlashda jonlantirish
va tashxis san‘atining o‗rni kattadir. Umuman
olganda, tashxis va jonlantirish san‘ati dunyo
xalqlari, mumtoz va yangi adabiyotning
poetikasida eng ko‗p murojiat etiladigan
badiiy san‘atlardan biridir.

Adabiyotlar ro„yxati

1.

T. Zehni. San‘ati suxan. – Dushanbe: Donish,- sah 103.

2.

Jaloliddin Balxi. Devoni Kabir. Jildi 2. – Dushanbe: Adib, 1993.- sah. 115.

3.

Umari Xayyom. Ruboiyot. – Dushanbe: Donish, 1983.- 72.bet.

4.

Sabaqi Ro‗daki. –Dushanbe: –Irfon,1984. -97 bet.

5.

Hofizi Sherozi. Kulliyot (murattib va muallifi sarsuxan J.Shanbezoda). – Dushanbe: Irfon,

1982.- 67.bet.

6.

Hodizoda R., Shukurov M., Abdujabborov T. Farhangi istilohoti adabiyotshinosi. –

Dushanbe: Irfon, soli 1966.

7.

Homidiy H., Abdullaeva SH., Ibrohimova S. Adabiyotshunoslik terminlari lug‗ati. –

Toshkent: ―O‗qituvchi‖, 1970.

8.

Huseynzoda F. Tamsil va tavsif. – Dushanbe: 1996.

Kayumov N. The personification and the series of artistic emblems that underlie it.

The art

of animation and personification has a unique place in the creation of beautiful images and artistic
symbols in the masterpieces of classical literature of the East. The personification serves to make
the work of art interesting, engaging, and accurately depicting reality. Personification is used in the
literature in the sense of animation, animation of inanimate and natural phenomena, their
manifestation in human form, the expression of various beings in human language. As a result,
inanimate and abstract things come to life and acquire human qualities and attributes.

In particular, various wild animals, birds, fruits, abstract objects, natural landscapes are

enlivened by the personification and create a beautiful and unique landscape. This article describes


background image

Хоrijiy filologiya

№3, 2021 yil

117

the poetic features of the personification and animation and the series of artistic symbols that form
the basis of it with concrete evidence based on the works of Persian-Tajik classical poets.

Каюмов Н. Цикл художественных символов, формирунощихса на основе приема

олицетворения-ташхис.

Литературный приѐм «ташхис» («олицетворение») занимает

осебое место в ряду образов художественных символов классической литературы Востока.
Этот

литературный приѐм является оживление неодушевленным предметов и природны

явлениий, наделение их человеческими качествами.












































Библиографические ссылки

T. Zehni. San’ati suxan. - Dushanbe: Donish,- sah 103.

Jaloliddin Balxi. Devoni Kabir. Jildi 2. - Dushanbe: Adib, 1993.-sah. 115.

Umari Xayyom. Ruboiyot. - Dushanbe: Donish, 1983.- 72.bet.

Sabaqi Ro‘daki. -Dushanbe: -Irfon,1984. -97 bet.

Hoftzi Sherozi. Kulliyot (murattib va muallifi sarsuxan J.Shanbezoda). - Dushanbe: Irfon, 1982,- 67.bet.

Hodizoda R., Shukurov M., Abdujabborov T. Farhangi istilohoti adabiyotshinosi. -Dushanbe: Irfon, soli 1966.

Homidiy H„ Abdullaeva SH., Ibrohimova S. Adabiyotshunoslik terminlari lug'ati. -Toshkent: “0‘qituvchi”, 1970.

Huseynzoda F. Tamsil va tavsif. - Dushanbe: 1996.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов