Одушевление и анимация искусства в творчестве поэтов классиков литературы Востока (на основе творчества персидских и таджикских поэтов X-XII веков)

ВАК
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
Отрасль знаний
CC BY f
71-75
34
98
Поделиться
Каюмов, Н. (2017). Одушевление и анимация искусства в творчестве поэтов классиков литературы Востока (на основе творчества персидских и таджикских поэтов X-XII веков). Иностранная филология: язык, литература, образование, 2(2 (63), 71–75. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/foreign_philology/article/view/529
Нодир Каюмов, Самаркандский государственный университет

Преподаватель 

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Искусство одушевления и восстановления является одной из форм искусства.Возникновение видов первобытного искусства, современное и примитивное сознание литераторов не являются полными. В данной статье рассматривается одушевление и история искусства анимации, теоретические вопросы, в творчeстве персидско-таджикских поэтов X-XII веков

Похожие статьи


background image

Хорижий филология.  

№2, 2017 йил

 

 

71 

 

SHARQ MUMTOZ ADABIYOTI SHOIRLARI IJODIDA JONLANTIRISH VA 

TASHXIS SAN‟ATI 

(X-XII asrlar fors-tojik shoirlari ijodiyoti misolida) 

 

Qayumov Nodir,  

Samarqand davlat universiteti o„qituvchisi 

Tayanch so‘zlar

: tashxis,  jonlantirish, san‟at,  shakl,  mazmun,  poeziya,  qasida, musammat, 

poetikа

.

 

Jonlantirish  va  tashxis  san‘ati  dunyo 

xalqlari,  mumtoz  va  yangi  adabiyotning 
poetikasida  eng  ko‗p  murojaat  etilgan  badiiy 
san‘atlardan  hisoblanadi.  Mazkur  maqolada 
jahon  va  fors-tojik  adabiyotshunoslari  va 
mumtoz 

adabiyotshunoslik 

vakillarining 

ilmiy-nazariy  qarashlari  asosida  mazkur 
san‘atning  tarixiy  negizlari,  uning  poeziyada 
tutgan  salmoqli  o‗rni,  poetik  funksiyasi, 
boshqa  badiiy  san‘atlardan  farqli  jihatlari, 
lafziy  va  ma‘naviy  san‘atlar  bilan  tipologik 
xususiyatlarini yoritishga harakat qilamiz.  

 

Adabiyot  nazariyasi  va  boshqa  ilmiy 

risolalarda  jonlantirish  va  tashxis  san‘ati 
to‗g‗risida  olimlarning  bir-biridan  farq 
qiladigan  fikr  va  aqidalari  bayon  etilgan. 
Mazkur  tadqiqotlarda  tashxis    va  jonlantirish 
san‘ati  badiiy  adabiyotda  biron-bir  jonsiz, 
mavhum  buyum  va  unsurga  jon  berish, 
tabiatdagi  voqea  va  hodisalarga  ruh  berib 
ularni inson qiyofasiga kirgizish, turli hayvon 
va  jonzotlarga  inson  tili  va  harakatini  berish 
orqali  yuksak  badiiy  obrazlarni  yaratish 
tarzida namoyon bo‗ladi. Shoir jonlantirish va 
tashxis  san‘ati  vositasida  jonsiz  tabiat 
unsurlarini  jonlantirib,  ularga  inson  siymosi 
va  harakatlarini,  uning  xulqu  atvorini, 
xarkterini  tatbiq  etadi.  Mumtoz  adabiyotda 
jonlantirish  va  tashxis  san‘ati  yordamida 
ko‗plab  o‗ziga  xos  go‗zal  va  badiiy  obrazlar 
vujudga  kelgan.  Jumladan,  sarv  daraxtining 
harakatlanishi,  lola  gulining  tabassum  etishi, 
bulutning  g‗amgin  shaxs  kabi  yig‗lashi, 
yulduzning  kiprik  qoqishi,  kelinchak  libosida 
bahorning kirib kelishi jonlantirish va tashxis 
san‘atining  badiiy  imkoniyatlar  hisobidan 
yaratilgan.  Shoir  tashxis  va  jonlantirish 
san‘ati  orqali  insoniyat  tasavvur  qila 
olmaydigan  noma‘lum  va  noayon  narsalarni 
ham  g‗oyatda  go‗zal  va  aniq  qilib  tasvirlay 

oladi,  ularga  jon  ato  etib  o‗zining  ichki  xis-
tuyg‗u  va  hissiyotlarini  mazkur  obrazlar 
orqali  bayon  etadi.  Masalan:  aql  va  bilim, 
adolat,  zulmu  istibdod  va  boshqa  ko‗zga 
ko‗rinmaydigan 

jismlar-mafhumlar- 

tushunchalar  jonlantirish  orqali  ma‘lum  bir 
obrazga  aylanadi  va  insoniy  fazilatlar  tufayli 
harakatlanadi. 

Adolatning 

tirilishi, 

yaxshilikning  jasur  pahlavon  qiyofasiga 
kirishi,  Ahuramazda  (Yaxshilik)  kuchlarining 
Ahriman  (Yоmonlik)  kuchlari  bilan  jang 
qilishi,  zulm  va  sitamning  o‗lishi,  fitnaning 
uxlagan  shaxsdek  xomush  bo‗lishi,  fikrning 
tug‗ilishi  va  aqlning  hukmronlik  qilishi 
tashxis  va  jonlantirish  san‘atining  badiiy 
imkoniyatlaridan  darak  beradi.  Fors-tojik 
mumtoz  shoirlari  jonlantirish  va  tashxis 
san‘atidan 

badiiy 

so‗zning 

qimmatini 

oshirishda,  noan‘anaviy  obrazlar  yaratishda 
foydalanganlar

 

[ 4:102]. 

Mumtoz  adabiyotning  X-XII  asrlarda 

shakl,  janr,  mavzu,  badiiy  obrazlar  hisobidan 
rivojlanishi  barobarida  adabiyotda  badiiy 
san‘atlarning  o‗rni  yuksalib  bordi.  Shoirlar 
o‗zlarining  she‘rida  badiiy  so‗z  quvvatini 
namoyon  qilish,  bayon  etilayotgan  mavzuni 
chiroyli  va  ko‗rkam  qilib  tasvirlashda  badiiy 
san‘atlardan foydalanganlar. Mazkur davrning 
she‘riyati va tasvirlar uslubiyotida badiiy so‗z 
namunalaridan,  asosan,  tashbih,  tashxis, 
istiora,  mubolag‗a,  savol-javob,  tazod,  tarse‘, 
majoz  va  kinoya  va  boshqa  so‗z  san‘atlarini 
uchratamiz.  

Jonlantirish  va  tashxis  san‘ati  X-XII 

asrlar  fors-tojik  mumtoz  shoirlari  ijodida, 
asosan, 

tabiat 

manzaralarini 

tasvirlash 

jarayonida,  sharob  va  mayga  bag‗ishlab 
bitilgan 

qasidalarda 

va 

boshqa 

tabiiy 

hodisalarni  tasvirlashda  ishlatilgan.  Mazkur 
davr  shoirlari  ijodiyotida  tabiat  manzaralarini 


background image

Хорижий филология.  

№2, 2017 йил

 

 

72 

 

tasvirlash  va  tavsiflash  katta  ahamiyatga 
molik 

bo‗lib, 

shoirlar 

badiiy 

san‘at 

namunalarida,  xususan,  tashxis  san‘ati  orqali 
tabiatning manzaralari:  mevalarning shirinligi 
va  navlari,  bog‗  va  gulzorlarning  ko‗rki-
chiroyi  haqida  ko‗plab  obraz  va  tasvirlarni 
yaratishgan. Tashxis va jonlantirish san‘ati X-
XII  asrlar  fors-tojik  mumtoz  shoirlari  ijodida 
asosan  ikki;  batafsil  va  muxtasar  shakllarda 
namoyon  bo‗ladi.  Jonlantirish  va  tashxis 
san‘atining  batafsil  yoki  to‗liq  shaklini 
Odamushshuaro  Rudakiy  Samarqandiyning 
―Modari  may‖  -―Mayning  onasi‖  qasidasida, 
Manuchehriy 

Domg‗oniyning 

musammatlarida,  Bashshori  Marvaziy  va 
Farruxiy 

Siistoniyning 

qasidalarida 

ko‗rishimiz  mumkin.  Jonlantirish  va  tashxis 
san‘atining  muxtasar  shakli  mazkur  davr 
shoirlarining  turli  bayt,  ruboiylar  va  qasida- 
musammatlarning  alohida  qismlarida  ko‗zga 
tashlanadi. 

X-XII 

asrlar 

fors-tojik 

mumtoz 

shoirlari  ijodida  jonlantirish  va  tashxis 
san‘atidan  mohirlik  bilan  foydalangan  va 
mazkur san‘atning badiiy imkoniyatlari orqali 
chiroyli  va  notakror  obrazlar  yaratgan 
shoirlardan  biri  bu  Abo‗abdulloh 

J

a‘far  binni 

Muhammad 

Rudakiy 

Samarqand

iydir. 

Rudakiy  she‘riyatida  jonlantirish  va  tashxis 
san‘ati    turli  shakllarda:  gohida  tamsilning 
ichida  va  gohida  mustaqil  shaklda  yuksak 
badiiyat va did bilan bayon etiladi. Masalan: u 
o‗zining  ―Madhi  Buxoro‖  (Buxoro  madhi) 
qasidasida tashbih san‘ati qatorida jonlantirish 
san‘atining muxtasar shaklidan mohirlik bilan 
foydalanadi:  

Mir moh astu Buxoro osmon, 
Moh so„i osmon oyad hame. 
Mir sarv astu Buxoro bo„ston, 
Sarv so„i bo„ston oyad hame. 

[ 5:15]

 

  Mazmuni:  Mir  oydur  Buxoro  osmon. 

Oy  osmon  ko„yida  kelgusidur,  Mir  sarvdur 
Buxoro  bo„ston,  Sarv  bo„ston  ko„yida 
kelgusidur. 

Yuqoridagi  misralar  asosan  tashbih 

san‘atidan  tarkib  topgan,  osmondagi  Oyning 
maqsad  sari  harakatlanishi  va  sarvning 
bo‗ston  yoniga  kelishi  tashxis  san‘atining 
muxtasar  shaklidan  tarkib  topgan.    Oy 

birinchi  misrada  amirga  tashbih  etiladi, 
ikkinchi misrada jonlantiriladi va maqsad sari 
harakat  qilib  osmon  uzra  keladi.  Uchinchi 
misrada  ham  shoir  amirni  tavsiflaydi  va  uni 
go‗zal  va  baland  sarv  daraxtiga  o‗xshatadi. 
To‗rtinchi  misrada  shoirning  tasvir  ob‘ekti 
sarv  daraxti  jonlantirilib  harakatga  keltiriladi 
va u bog‗u bo‗ston tomon tashrif buyuradi.  

Rudakiy  Samarqandiy  ijodida  may 

(sharob)ning  tayyorlanish  jarayoni  «Modari 
may»  qasidasida tashxis  san‘atining mufassal 
turi    vositasida  yuksak  badiiy  obrazlar 
vositasida  ifodalangan.  Rudakiy  birinchi 
marotaba  arab  xalifaligining  istilosidan  keyin 
fors-tojik mumtoz adabiyoti tarixida mayning 
tayyorlanish  jarayonini  kiritib,  uni  badiiy  did 
bilan  tasvirlaydi.  Rudakiyning  ―Modari  may‖ 
qasidasi  yaratilganidan  keyin  undan  keyingi 
davr 

shoirlari 

Bashshori 

Marvaziy 

va 

G‗aznaviylar  adabiy  muhitining  zabardast 
namoyandasi  Manuchehriy  Domg‗oniy  may 
tayyorlash 

jarayoni 

an‘analarini  badiiy 

adabiyotda  davom  ettirib,  o‗z  qasida  va 
musammatlarida 

tashxis 

va 

jonlantirish 

san‘atidan  mohirlik  bilan  foydalanadilar. 
Fors-tojik 

adabiyotining 

mohir 

tadqiqotchilaridan biri Asrorxon Boboyevning 
bu 

borada 

bildirgan 

fikr-mulohazalariri 

mavzuni  yanada  yaxshiroq  yoritadi:  ―Shuni 
aytib  o‗tish  kerakki,  may  tayyorlash  qadimiy 
hunarlardan  bo‗lib,  bu  borada  maxsus 
hunarmandlar  xizmat  qilishgan.  Badiiy  usul 
vositasida 

adabiyotda 

may 

tayyorlash 

jarayonini  tasvirlashni  Rudakiy  o‗zining 
―Modari may‖ qasidasi bilan Manuchehriydan 
oldin boshlab bergan edi [ 3:98]. 

Endi  ―Modari  may‖  qasidasining 

tashbib  qismida  tashxis  va  jonlantirish 
san‘atining  o‗rni  va  ahamiyatini  nazardan 
o‗tkazamiz.  Rudakiyning  ―Modari  may‖ 
qasidasida  tashxis  sa‘nati  mufassal  shakli 
vositasida  may  tayyorlash  jarayoni  va  inson 
taqdiri  fojeasini  tasvirlaydi.  Shoir  tashxis 
san‘ati  vositasida  «May  onasi»  -  (uzum)  va 
«uning  bolasi»  (uzumning  donalari)-dan  may 
tayyorlash  jarayonini    inson  hayotida  yuz 
beradigan 

fojia 

tariqasida 

ta‘sirchan 

tasvirlaydi. ―Ona va bola‖ (onaning bolasidan 
ajralishi)  fojiasini  shoir  mazmunli,  sehrli  va 


background image

Хорижий филология.  

№2, 2017 йил

 

 

73 

 

mohirlik  bilan  she‘rga  soladi  va  asl  mavzu 
uzum  shirasini  tortib  olish,  uni  xumga  solib 
tayyorlash  jarayonini  o‗quvchi  ko‗zidan 
pinhon  qilib,  ona  va  bolaning  ayanchli 
taqdiriga diqqatni qaratadi. Shunday qilib, asl 
mavzu  ko‗zdan  yiroqda  qolib  faqat  uning 
obrazi  namoyon  bo‗ladi.  Insonning  ayanchli 
fojiasi  shunday  mohirlik  bilan  tasvirlanadiki 
unda  o‗quvchi  tasvir  ob‘yektini  unutib  inson 
taqdirining mahzun lahzalarini yodga oladi va 
g‗amga cho‗madi. Masalan :  

Modari mayro bikard boyad qurbon, 
Bachchai o„ro giriftu kard ba zindon. 
Bachchai o„ro az-o„ girift nodoni, 
To-sh nako„bi naxustu z-o„ nakashi jon

 [ 

5:25]. 

 Tarjimasi:May 

onasini 

qurbon 

aylamak  lozim,  uning  bolasini  qo„lidan  olib 
hibs  qilmoq  kerak.  Onaning  bolasini  oldi 
nodonlik,  to  uni  urib  o„ldirmas  ekan  u  jon 
uzmagaydir. 

Yuqoridagi  baytlarda  zolim  bog‗bon 

uzum  donalarini  mehribon  ona  bag‗ridan 
uzib,  ularni  xumga  (zindon)  tashlaydi  va 
ularni nobud qilishga harakat qiladi.  Keyingi 
baytlarda shoir uzum bolasining kamol topish 
jarayoni,  uni  zindonga  tushish  va  shahid 
bo‗lish  voqealarini    yuksak  mahorat  va 
badiiyat  ila  jonlantirish  san‘ati  asosida 
tasvirlaydi: 

Chuz ki naboshad halol bikardan,  
Bachchai  ko„chak  zi  shiri  modari 

piston. 

To naxo„rad shir haft moh ba tamomi, 
Az sari urdibihisht to buni obon. 
On gah shoyad zi ro„i dinu rahi dod, 
Bachcha  ba  zindoni  tangu  modar  – 

qurbon. 

Chun bisupori ba habs bachchai o„ro, 
Haft shaboro„z xira monadu hayron. 
Boz chu oyad ba xushu hol bubinad, 
Jo„sh  barorad,  binolad  az  dili  so„zon

  [ 

5:25].

 

Tarjimasi:Bolaning 

ona 

sutiga 

to„ymasdan  ayirish  gunohdir.  Bola  yetti  oy 
davomida  oziqlanib,  so„ng  uni  qamoqqa 
solish adolatdan bo„ladi May onasini qurbon 
aylamak  lozim,  uning  bolasini  qo„lidan  olib 
hibs  qilmoq  kerak.  Bolani  onadan  ayirib, 

zindonga  solgandan  keyin,  u  yetti  kun 
davomida lolu xayron, goh o„zidan ketib, goh  
xushiga  kelib  taqdirning  zarbasidan  noliydi. 
Zindonning 

yettichi 

oyida 

bola 

mast 

nortuyaga  o„xshab  og„zidan  kafk  chiqarib, 
shaytoniy xislatlarni vujudga keltiradi.   

Nazariy  poetikada  voqea  yoki  badiiy 

obrazni  biron  badiiy  obraz  yo  tasvir  bilan 
qiyosiy 

tasvirlanayotgan 

vaqtda  qiyosiy 

tasvirlanayotgan  obraz  yorqinroq,  va  yuksak 
badiiy  ahamiyatga  molik  bo‗lmog‗i  lozim. 
Nazariy  poetikaning  ushbu  talaboti  tufayli, 
―ona  va  bola‖  obrazi  asl  tasvir-sharob 
tayyorlash  jarayonidan  ustunlikka  erishadi, 
hatto mazkur jarayonni o‗quvchining yodidan 
chiqarib 

ta‘sirchan  tasvirlaydi.  Keyingi 

baytlarda  uzum  bolasini  «hibs»-ga  olish, 
undan    iste‘mol  qilish  jarayonlari  mohirlik 
bilan  tasvir  etilgan.  Rudakiyning  mazkur 
qasidasida  dehqon  yoki  bog‗bon  atamalari 
«xasis  erkak»  ta‘biri  tarzida  ishlatilgan. 
Mazkur  masnaviyda  jonlantirish  san‘atining 
boshqa  shu  turdagi  san‘atlardan  farqi  ham 
shunda.  Shuningdek,  mazmun  shoirning 
tilidan naql qilinib uzum yo uning juvonmarg 
farzandi  o‗z  tilidan  gapirmaydi.  Rudakiy 
«Modari  may»  qasidasining  nasib  qismida 
tashxis va jonlantirish san‘ati qatorida tashbih 
san‘atidan  ustuvorlik  bilan  foydalanib, 
jarayonni 

badiiy 

jihatdan 

yuksakoq 

ifodalaydi.  She‘rda  keltirgan  tashbihlardan 
―mast  nortuya‖,  ―qizil  yoqut‖,―qizil  gul‖, 
―mushk‖, ―quyosh chashmasi‖ va boshqalarni 
misol keltirishimiz mumkin. Rudakiy o‗zining 
21  baytlik  she‘rida  uzumning  pishishi,  uning 
uzib  olinishidan  tortib  undan  may  tayyorlash 
jarayoni  sifatlarini  badiiy  san‘atlar,  xususan, 
tashxis 

va 

jonlantirish 

san‘ati  asosida 

tasvirlab,  ajoyib  manzaralarga  boy  badiiy 
san‘at namunasini ijod etgan.   

X-XII  asrlar  shoirlari  ijodida  may 

tayyorlash  jarayoni  va  uni  tavsiflash  ajoyib 
an‘anaga 

aylangan.Ustoz 

Rudakiyning 

―Modari  may‖  qasidasidan  keyin  somoniylar 
davri 

adabiyotining 

ko‗zga 

ko‗ringan 

vakillaridan 

Bashshori 

Marvaz

iy 

may 

tayyorlash  jarayoniga  e‘tibor  qaratgan  holda, 
tashxis 

va 

jonlantirish 

san‘ati  asosida 

noan‘anaviy  badiiy  timsollar  yaratishga 


background image

Хорижий филология.  

№2, 2017 йил

 

 

74 

 

muvaffaq  bo‗lgan.  Bashshori  Marvaz

iy 

qasidasining 

qisqacha 

mazmuni 

quyidagicha: 

bir kuni shoir boqqa borib uzum 

ishkomlarida  ―qorachadan  kelgan  yashil 
sochli‖  kelinchaklar,  ya‘ni  uzum  sinchalarini 
ko‗rib  zavqlanadi.  Shoirning  nazarida  uzum 
sinchalari  Zang  (qora)  shohning  qizlari  kabi 
ko‗rinadi  va  ularning  boshlari  yashil  ro‗mol 
bilan o‗ralgan.Ular har joy har joyda muallaq 
turib  onalarini  emadilar.  Shoir  havas  ila 
ularning  har  biriga  qo‗l  tekkizib  zavqlanadi, 
ammo 

uzoqdan 

bog‗bon 

shoirini 

―kelinchaklar‖  uzum  navdalari  bilan  birga 
ko‗rib  oru  nomusi  qaynab  g‗azabga  minadi. 
Bog‗bon 

shamshirni 

qo‗liga 

olib, 

kelinchaklarni latif bo‗ynidan tutib tomirlarini 
kesa 

boshlaydi. 

Bog‗bon 

jahl 

bilan 

kelinlarning  yashil  liboslarini  yirtib,  ularni 
yerga  qarab  yotqizadi.  Keyin  ularni  oyog‗i 
bilan  qattiq  tepib,  jonlarini  sug‗urib  olishni 
boshlaydi, shunda kelinlarning terilari shilinib 
zolim 

bog‗bon 

qo‗lida 

jon 

bera 

boshlaydilar.Tepib–tepib  urishlardan  so‗ng 
joni  chiqqan  ―kelinlar‖  tanalaridan  qon  sizib 
chiqib,  uzumzor  o‗rtasida  kovlangan  hovuzni 
qon  bilan  to‗ldiradilar.  Bog‗bon  yana  o‗sha 
jahl 

va 

g‗azab 

bilan 

qatl 

etilgan 

kelinchaklarning  qonlarini  katta  tosh  orasiga 
olib  borib  to‗kadi,  o‗sha  tosh  ustiga  muhr 
qo‗yib  mahkamlaydi  va  besh  oy  davomida 
ulardan  biron  marotaba  ham  xabar  olmaydi. 
Shu  bilan  tabiatda  bahor  ayyomi  kelib, 
bog‗bon  uydan  may  va  gulob  isini  tuyib, 
muhrlagan  tosh  va  undagi  ichimlik  yodiga 
tushib, toshdan borib muhrni oladi.  

On  xo„shae  bin  fitoda  bar  o„  barghoi 

sabz, 

Ham 

didanash 

xu

j

astayu 

ham 

xo„rdanash 

Ro„ze  shudam  ba  raz,  ba  nazari  du 

chashmi man 

Xira shud az a

j

oibi alvon, ki bingarand. 

Didam siyohro„yu aro„soni sabzmo„y, 
K-az  g„am  dilam  ba  didani  eshon 

biyoramid. 

Guf

i

, ki shohi Zang yake sabz chodare 

Bar 

duxtaroni 

xesh 

ba 

amdan 

bigustarid.

 [ 2: 216-217]

 

Bashshori  Marvaziy  shu  yo‗l  bilan 

may-sharob  tayyorlash  jarayonini  yuksak 
badiiyat  bilan  bayon  etib,  oddiy  ishlab 
chiqarish holatini ajoyib syujetga aylantiradi.  

Tashxis  va  jonlantirish  san‘ati  X-XI  

asrlar  boshqa  bir  qator  shoirlari  ijodiyotida 
ham  ko‗p  uchraydi.  Mazkur  davr  shoirlari 
ijodiyotida  tashxis  va  jonlantirish  san‘ati 
asosan 

tabiat 

manzaralarini 

tasvirlash 

jarayonida  foydalaniladi.  Masalan,  Farrux

iy 

Siistoniyning  bir  g‘azalida  shoir  tashxis  va 

jonlantirish san’ati vositasida fazoviy jism-

Oyning 

insonga 

xos 

xususiyatlarini 

ifodalab,  uni  Quyoshga  oshiq  tarzida 

tasvirlaydi

Z-oftob 

j

udo bud moh chandin shab, 

Hamedavid ba gardun bar oftob talab. 
Hamida  gasht  zi  hi

j

ronu  zard  gashta  zi 

g„am, 

Nizor  gashta  zi  ishqu  gudoxta  zi  taab

  [ 

6:75.] 

Yuqoridagi 

baytlarda 

Oyning 

Quyoshga 

oshiq 

bo‗lib,  sevib  qolishi, 

ma‘shuqaning ishq hijronida oshiqning g‗amu 
g‗ussalarga  mubtalo  bo‗lish  voqeasi  bayon 
etiladi.  Oy  o‗z  ma‘shuqasi  ishqida  yonishi 
natijasida, ko‗plab uqubatlarga duchor bo‗ladi  
va  rangi  za‘faron  bo‗lib,  bemor  odamga 
aylanadi.  Mazkur  baytlarda  shoir  tashxis  va 
jonlantirish  san‘ati  vositasida  tabiiy  hodisa 
sanalmish  Oyning  tutilishi  va  bir  necha  kun 
insonlar  nazaridan  chetda  qolishini  yuksak 
badiiy mahorat bilan tasvirlaydi. G‗azalda Oy 
o‗z  ma‘shuqasi  vasliga  etib  shodu  xurram 
bo‗lib,  ishq  sururidan  mast  bo‗lishi  ham 
tasvirlangan.  Buning  natijasida  Oyning  o‗z 
ma‘shuqasi  Quyosh  diydoriga  etishganidan 
boshqa  fazoviy  jismlar,  ya‘ni  yulduzlar  ogoh 
bo‗lib,  Quyosh  va  Oy  xursandchiligiga 
qo‗shilib, ularga hamrohlik qiladilar: 

Chu oftobtalab nazdi oftob rasid, 
Nishot kardu tarab kardu bud 

j

oi tarab. 

Furo„ nishast bar oftobu ravshan kard 
Ba  ro„i  ravshani  o„  chashmi  tirai  chu 

shab. 

Chu mohi dilshuda ba oftobi ro„y 
Guzor  kard  bad-in  dar  hame  du  ro„zu 

du shab

 [ 6:75].

 


background image

Хорижий филология.  

№2, 2017 йил

 

 

75 

 

Farruxiy Siistoniy o‗zining  yuqoridagi 

g‗azalida  jonlantirish san‘ati asosida Quyosh, 
Oy  va  bir  qator  osmon  jismlari  –  yulduzlarni 
jonlantirib,  ularga  insoniy  xususiyatlar  va 
sifatlarni  berib,  Oy  misolida  ishq  yo‗lida 
g‗aribu  notavon  oshiq  timsolini  yaratadi. 
G‗azalda  Oy  o‗z  mashuqasi  diydorini 
ko‗rolmay  xasta  va  ozor  chekkan  inson 
qiyofasida  namoyon  bo‗ladi.  Mashuqasi 
Quyosh  vasliga  etishganidan  keyin  Oy  ikki 
kunu ikki tun uning didoriga to‗ymay u bilan 
bazmu  jamshid  qilib, atrofida  parvona  bo‗lib, 
visol  oqshomlaridan  bahramand  bo‗ladi. 
Osmon  yulduzlari  Oyning  bu  ishidan  ogoh 
bo‗ladi  va  Oy  buning  natijasida  hijolat 
chekadi.  Atoqli  shoir  Farruxiy  Siiston

iy 

g‗azalda  Oyning  tutilish  holati  voqeasini 
bayon  etish  jarayonida  mufassal  tashxis 
turidan  foydalanadi.  Shoir  tabiatning  oddiy 
bir  hodisasini  lirik  timsollar  bilan  ifodalab, 
o‗quvchi  qalbini  o‗zining  poetik  mahorati 
bilan to‗lqinlantiradi.  

X-XI    asrlarda  fors-tojik  mumtoz 

adabiyotining  atoqli  shoirlari  ijodiyotida 

tabiatning  go‗zal  manzaralari  tasviri,  turli 
mevalar,    Mehrjon,    Navro‗z,  Sada  singari 
xalq  bayramlari  tavsifi  katta  ahamiyatga  ega 
edi.  Shoirlar  o‗zlarining  turli  xalq  bayramlari 
va  tabiat  unsurlari  haqidagi  she‘rlarini  sahli 
mumtane‘,  ya‘ni  Xuroson  uslubida  turli 
badiiy  san‘atlar  ishtirokida  mohirlik  bilan 
bayon 

etganlar. 

Shoirlarning 

tabiat 

manzaralari  haqidagi  she‘rlarida  ko‗pincha 
so‗z  san‘atlaridan  tashxis,  tavsif,  mubolag‗a, 
istiora  va  tashbihdan  foydalanib  kelganlar. 
Xususan,  mazkur  davr  shoirlari  ijodida  turli 
hayvonlaru 

qushlar, 

mevalar, 

tabiat 

manzaralari 

va 

peyzajlarini 

tasvirlash 

jarayonida  tashxis  va  jonlantirish  san‘atining 
o‗rni  nihoyatda  beqiyosdir.  Buning  misolini 
biz  somoniylar  va  g‗aznaviylar  adabiy 
muhitining 

atoqli 

shoirlari 

Rudakiy 

Samarqandiy,  Bashshori  Marvaziy,  Farruxiy 
Siistoniy, 

Manuchehriy 

Domg‗oniy  va 

Unsuriy 

ijod 

namunalarida 

bevosita 

ko‗rishimiz mumkin. 

Adabiyotlar 

 

1.

 

Ash‘ori hamasroni Ro‗daki. - Dushanbe: Tojikiston davlat nashriyoti 1958, 512 bet. 

2.

 

 Axtaroni adab. 2 jild. Dushanbe: Adib, 2007, 475 bet. 

3.

 

Boboev A . Mavzo‗ va sabki ash‘ori Manuchehriy.–Dushanbe: Donish, 1990, 128 bet. 

4.

 

Zehni T. San‘ati suxan. – Dushanbe: Adib, 2007, 396 bet. 

5.

 

Rudaki. Osori Rudaki. – Dushanbe: Tojikiston davlat nashriyoti 1958, 548 bet. 

6.

 

Sabaqi Rudaki. –Dushanbe: Irfon, 1984, 304 bet. 
 

Каюмов Н. Одушевление и анимация искусства  в творчестве  поэтов классиков 

литературы Востока (на основе творчества персидских и таджикских  поэтов   X-XII 
веков). 

Искусство    одушевления    и  восстановления  является  одной  из  форм  искусства. 

Возникновение  видов  первобытного  искусства,  современное  и    примитивное  сознание 
литераторов  не  являются  полными.  В  данной  статье  рассматривается  одушевление  и 
история  искусства  анимации,  теоретические  вопросы,  в  творчeстве    персидско-
таджикских  поэтов X-XII веков. 

Kayumov  N.  Animation  and  animation  of  art  in  the  works  of  Еastern poets  of  the  10th-

12th centuries (in base of poems of Persian and Tajik poets). 

The art of animating and restoring is 

one  of  the  forms  of  art.  The  emergence  of  species  of  primitive  art,  the  modern  and  primitive 
consciousness  of  writers  are  not  complete.  In  this  article,  animation  and  the  history  of  the  art  of 
animation,  theoretical  issues,  in  the  creative  work  of  the  Persian  Tajik  poets  of  the  10th-12th 
centuries are considered. 

 

Библиографические ссылки

Ash’ori hamasroni Ro'daki. - Dushanbe: Tqjikiston davlat nashriyoti 1958, 512 bet.

Axtaroni adab. 2 jild. Dushanbe: Adib, 2007, 475 bet.

Boboev A . Mavzo* va sabki ash’ori Manuchehriy.-Dushanbe: Donish, 1990, 128 bet.

Zehni T. San’ati suxan. - Dushanbe: Adib, 2007, 396 bet.

Rudaki. Osori Rudaki. - Dushanbe: Tojikiston davlat nashriyoti 1958, 548 bet.

Sabaqi Rudaki. -Dushanbe: Irfon, 1984, 304 bet.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов