О появлении первых литературных языковых ветв в Дивану лугатит турк.

ВАК
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
Отрасль знаний
CC BY f
44-49
30
10
Поделиться
Санакулов, У., & Курбонов, А. (2016). О появлении первых литературных языковых ветв в Дивану лугатит турк. Иностранная филология: язык, литература, образование, 1(4), 44–49. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/foreign_philology/article/view/352
Усмон Санакулов, Самаркандский государственный институт иностранных языков

профессор

Абдумалик Курбонов, Самаркандский государственный университет

Преподаватель

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В статье обосновывается, что выдающийся ученый XI века Махмуд Кашгарий, описывающий в своем произведении языки тюркских племен, выделяет в них схожие и специфические черты, представляет попытку их классификации. Отмечается, что входящие в одну группу огузские и кипчакские наречия, связаны многоуровнево. В его работе также осуществляется первая попытка интерпретации важной информации о формировании литературных языковях связей (сетей). В статье подчеркивается, что первый литературный язык возник на основе одной из ветвей староузбекского языка.

Похожие статьи


background image

Хорижий филология.  

№4, 2016 йил

 

 

44 

 

  SCIENTIFIC INFORMATIONS                                   ИЛМИЙ АХБОРОТЛАРЛ

 

 

“DEVONU LUG„OTIT TURK” ASARIDA  ADABIY TIL ILK  

TARMOQLARINING YUZAGA KELISHI HAQIDA 

 

Sanaqulov Usmon, 

Samarqand davlat chet tillar instituti professori 

Qurbonov Abdumalik, 

Samarqand davlat universiteti o’qituvchisi 

 

Kalit so’zlar

urug’, qabila, qavm, klassifikatsiya, sheva, lahja, guruh, tarmoq.

 

Shuni  alohida  ta‘kidlash  lozimki, 

adabiy  til  ilk  tarmoqlari  masalasida  Mahmud 
Koshg‗ariyning  "Devonu  lug‗otit  turk"  asari 
tarixiy  yozma  manbalar  orasida  alohida 
qiymatga  ega.  Unda  qadimgi  davrlardagi 
etnonimlar,  urug‗-  qabilalar  haqida  muhim 
ma‘lumotlar  berilgan.  Qomusiy  olim  o‗z 
asarida  o‗sha  davrlardagi  turkiy  urug‗-
qabilalar, 

ularning 

tarqalgan 

o‗rinlari, 

birlashmalari 

(ittifoqlari) 

haqida 

aniq 

ma‘lumotlar  beradi.  Mahmud  Koshg‗ariy 
o‗sha davrdagi qatnov qiyin bo‗lgan sharoitda 
nihoyatda keng va katta hududlarni kezib o‗z 
asari uchun materiallar to‗plagan. Chunonchi, 
Rumdan  Mochingacha,  xususan,  Yuqori 
Chindan 

boshlab 

butun 

Movarounnahr, 

Xorazm, 

Farg‗ona, 

Buxoroga 

qadar 

cho‗zilgan 

hududlarning 

qishloq 

va 

shaharlarini  kezib  chiqqan.  Ayniqsa,  o‗sha 
davrlarda  poytaxt  mavqeiga  ega  bo‗lgan 
Samarqand,  Buxoro,  O‗zgand,  Toshkent, 
Qashqar, Balasog‗un, Barsag‗on, Sayram kabi 
juda  ko‗p  markaz  shaharlarda  bo‗lib,  u  erda 
yashovchi  aholi  qatlamini  va  o‗ziga  xos  tili 
(lahjalari)ni 

ham 

izohlagan.  

 

Mahmud  Koshg‗ariyning  "Devonu 

lug‗otit  turk"  asarida  ajdodlarimizning 
shajarasi  haqida  juda  muhim  ma‘lumot 
mavjud.  Unda  70  dan  ziyod  etnonimlar  qayd 
etilgan. Xususan, unda qabilalar shajarasining  
ro‗yhati o‗ziga xos tartibda berilgan. "Devonu 
lug‗otit  turk"  asarida  avval 

Turklar

  haqida 

ma‘lumot  aytilgan.  Olimning  yozishicha, 

Turklar 

aslida  20  qabiladir.  Ular  Nuh 

payg‗ambar fazandi Yofasning o‗g‗li 

Turkka 

borib 

taqaladilar... 

Har 

bir 

qabilaning 

sanoqsiz  allaqancha    urug‗lari  bor.  Men 
bulardan  asosini, 

ona  urug„larini  yozdim,

 

shaxobchalarini  tashladim...  Bular 

bayanak 

(bajanak), 

qifchaq, 

o„g„uz, 

yamak, 

boshg„irt,  basmil,  qay,  yabaqu,  tatar, 
qirqiz,  chigil,  tuxsi,  yag„mo,  ig„raq,  yaruq 
(jaruq), jumul, uyg„ur, tangut, xitoy (chin), 
tavg„aj (mochin)”

kabi  katta  qabilalardir...Bu 

qabilalarning 

turar  joylarini  doira(ichi)da 

ko„rsatdim

‖.  Bu  doira    shakldagi  chizma 

aslida  turkiy  qabilalar  joylashgan  geografik 
xarita  devonning  birinchi  tomidagi  ―Turk 
qabilalari  va  ularning  bayoni‖  nomli 
sarlavhasida  qayd  etilgan.  Shuning  uchun 
ushbu 

asarning 

tarjimoni 

professor 

S.Muttallibov 

aytganidek, 

bu 

xarita 

devonning  birinchi  tomidagi  ―Turk  qabilalari 
va  ularning  bayoni‖  nomli  sarlavhasida 
aytilgan  fikrlardan  keyin  berilishi  lozim 
bo‗lgan.  Zero,  bu  fikrni  arabcha  nusxaning 
birinchi  tom  32-sahifasidagi  ma‘lumot  ham 
quvvatlaydi. 

Lekin 

bu 

xarita 

profesor 

S.Muttallibov  qo‗lidagi  nusxada  ikkinchi 
tomning  28-29-betlar  orasida  yopishtirilgan 
ekan

3

.  Doira  shakldagi  xarita  quyidagicha 

ilova etilgan: 

 

                                                           

3

 . Маҳмуд Кошғарий. Девону луғотит турк. 1-том.-

Т.: ―Фан‖, 1960, 64-б. 


background image

Хорижий филология.  

№4, 2016 йил

 

 

45 

 

 

 

Yuqorida qayd etilgan ma‘lumotlardan 

so‗ng devonda ―Turklar tilining xususiyatlari‖ 
sarlavhasi  ostida  qisqacha  bo‗lsa-da,  ajoyib 
fikrlar 

bayon 

qilingan. 

Olim 

avval 

shaharliklar  bilan  borish-kelishi  bo‗lgan, 
aniqrog‗i ikki tilda so‗zlashuvchilar, umuman, 
shaharlik turkiy qabilalar haqida ma‘lumotlar 
beradi: 

“sug„dak, kanyak (kanjak), arg„ular

 

ikki  tilda  so‗zlashuvchilardir; 

xotanlar, 

to„bo„tlar  va  tangutlar

ning  ba‘zilari  ikki 

tilda  so‗zlaydiganlar  va  boshqa  shaharlarga 
borib 

yurganlar 

tilida 

buzuqli 

bordir. 

To‗bo‗tlarning 

tillari 

alohidadir, 

xo‗tanliklarning  ham  ayrim  tillari  bor. 
To‗butlar  ham,  xo‗tanliklar  ham  turkchani 
yaxshi  bilmaydilar.  Bular  bu  yerlarga  so‗ng 
kelganlar... 

jabarqaliqlar, 

ya‟juj, 

ma‟jujlar

ning  uzoqda  turishlari,  Mochin-

Chin  bilan  ularni  katta  dengiz  ayirib  turgani 
uchun  ularning  tillari  bilinmaydi. 

Mochin  va 

chinl

iklarning  alohida  tillari  bor  bo‗lsa-da, 

shaharliklar  turkchani  yaxshi  biladilar...  
balasog‗unliklar 

sug‗dcha 

va 

turkcha 

so‗zlaydilar. Tiraz (Tolos) va Madinatulbayza 
shaharlarining 

xalqlari 

sug„dcha,  ham 

turkcha

  so‗zlaydilar.  Ispijab/Ispijob  (hozirgi 

Chimkent)dan  to  Balasog‗ungacha  bo‗lgan 

arg„u

 

shaharlarining 

hammasida 

yashovchilarning  tilida  ham  kamchilik  bor. 
Qashqarda 

qanjakcha 

so‗zlashadigan 

qishloqlar  bor.  Shahar  o‗rtasida  turuvchilar 

hoqoniy  turkcha

sida  so‗zlaydilar.  Men 

bungacha  so‗zlaganlarim  shahar  xalqidir. 
Rumdan 

Mochingacha 

bo‗lgan 

turk 

shaharlarining  bo‗yi  besh  mingdan  sakkiz 
ming  farsahgacha  etadi.  Bu  shaharlar  o‗rni 
doirada  (kartada)  ko‗rsatdim  ‖

4

.  Olimning 

ma‘lumotiga  ko‗ra,  ba‘zi  turkiy  qabilalar 
shaharliklar  bilan  aloqasi  borligi  tufayli, 
xususan,  turklashgan  qabilalar  ikki  tilda 
so‗zlashganlar.  Ular  tilida  turkiy  va  forsiy 
(sug‗d)  tiliga  xos  xususiyatlar  mavjudligini 
qayd etgan.  

Shundan  so‗ng,  u  sof  turk  tilda  va 

unga yaqin bo‗lgan tilda so‗zlashuvchi turkiy 
qabilalar haqida ma‘lumotlar beradi. Masalan, 
Turkiy  tilning  ―Eng  to‗g‗ri  va  aniq    shakli 
faqat  birgina  shu  tilni  biladigan  (birgina 
turkiy tilda so‗zlashadigan-U.S.), forslar bilan 
aralashmaydigan  va  shaharlarga  borish-kelish 
qiladigan  odami  bo‗lmagan  kishilarning 
tilidir‖.  Masalan,  ―qirqiz,  qipchoq,  o‗g‗uz,  

                                                           

4

Маҳмуд Кошғарий. Девону луғотит турк. 1-том, 65-66-

бб. 


background image

Хорижий филология.  

№4, 2016 йил

 

 

46 

 

tuxsi,  yag‗mo,  chigil,  ig‗raq,  yaruq  tillari 
faqat  turkchadir.  Yamak  va  bashg‗irt  tillari 
bularga  yaqindir.  Shuningdek,  qay,  jabaqu 
(yabaqu),  tatar,  bismil  qabilalarning  har  biri 
o‗ziga  xoslikka  ega  bo‗lsa-da,  turkchani 
yaxshi  biladilar.  Rumgacha  cho‗zilgan 
bulg‗ar, suvar, bajanaklar tili ba‘zi so‗zlarning 
oxiri  qisqartirilgan  bir  turkchadir...  Tillarning 
yengili  o‗g‗uzcha,  eng  to‗g‗risi,  yaxshisi  – 
yag‗ma, 

tuxsi 

qabilalarning 

tili 

va 

shuningdek,  Ila  (Ili),  Ertish  (Irtish),  Yamar, 
Etil  vodiylaridan  uyg‗ur  shaharlarigacha 
yashovchilar tilidir. Uyg‗urlarning ham tillari 
turkchadir,  lekin  o‗zlari  bir-birlari  bilan 
so‗zlashadigan  boshqa  bir  tillari  ham  bor. 
Bularning  ichida  eng  ochiq  va  ravon  til  – 
Hoqoniya  o‗lkasida yashovchilarning tilidir

5

‖ 

.  Bizningcha,  Mahmud  Koshg‗ariy  Hoqoniya 
o‗lkasidagi aholisi tili, yoki turk tili deb, o‗sha 
davrlarda 

endigina 

qabilalararo 

shakllanayotgan  umumqabilalararo  til,  ilk 
adabiy  tilining  tarmoqlarini  nazarda  tutgan 
bo‗lsa kerak. 

Darhaqiqat,  Mahmud  Koshg‗ariyning 

muhim  bir  ma‘lumotlaridan  biri  shundan 
iboratki,  o‗sha  davrlarda  juda  ko‗p  qabilalar 
muomalada o‗z tillari (shevalari)dan tashqari, 
ularning  qabilaviy  munosabatlar  sharoitida 
yuzaga 

kelayotgan 

yana 

boshlang‗ich 

umumiy  bir  guruh-guruh  til,  ya‘ni  adabiy  til 
tarmoqlari  ham  shakllanayotganligini  aniq 
dalillar  orqali  talqin  etgan.  Masalan, 

chigil 

gruppasi, 

o„g„uz 

guppasi, 

qipchoq 

guruppasi  kabi.

  Xuddi  o‗sha  yuqorida  qayd 

etilgan 

qabilalar 

tili 

(lahjalari) 

shakllanayotgan  adabiy  tilga  asos  bo‗lishini 
bilgan.  Shu  bois,  ularni  nomma-nom  sanab, 
ular  haqida  aniq  ma‘lumotlar  bergan.  Hatto, 
ayrimlari  haqida  devonning  ba‘zi  sahifalari 
maxsus    fikr  bildirgan.  Masalan,  yuqorida 
qayd  etilganidek, 

turk

  etnonimini  izohlashda 

uni ba‘zan turkiy qabilalarning umumlashgan 
nomi,  ba‘zan  esa  til  (shevasi)  jihatidan  
farqlanuvchi  alohida  qabila  sifatida  turkiy 
qabilalar  qatorida  sanab  o‗tadi.  Shuningdek, 
devonda 

chigil

  etnonimi  uch  xil  (Quyas, 

Barsaan, Tiroz shaharlarida va Qashqarda  bir 

                                                           

5

Маҳмуд Кошғарий. Девону луғотит турк. 1-том, 65-66-

бб. 

qancha  qishloqlarda  yashovchi)  qabilalar 
nomini  bildirgan.  Makidoniyalik  Iskandar 
(Aleksandr)  davridan    boshlab  ―chigiliy‖  deb 
yuritilganligi  aytilgan

6

.  Mutafakkir  Alisher 

Navoiy asarida ham Mahmud Koshg‗ariyning 
fikrlari  tasdiqlanadi.  Navoiyning  yozishicha, 
Iskandarning  Movarounnahrga  harbiy  yurishi 
paytida  ko‗plab  turkiy  qabilalar  qatori  chigil 
va  yag‗mo  qabilasi  bir  bo‗lib  qarshilik 
ko‗rsatgan. 

Masalan, 

“Chigil 

birla 

yag„modin 

aylab 

ubur, 

Nechukkim, 

chamandin sovobu dubur

7

.  

Manbalardan  seziladiki,  chigillar  ham 

juda qadimiy turkiy qabilalardan bo‗lgan, ular 
ayniqsa, 

yag„mo,  tuxsi

  kabi  qabilalar  bilan 

yaqin  hududlarda  ittifoq  bo‗lib  yashagan. 
Ularning  tillarida  ham  birlik  yuzaga  kela 
boshlagan.  Hatto,  ular  tili  bilan  Ila,  Irtish, 
Yamor  vodiylaridan,  Yuqori  Chingacha 
bo‗lgan hududlarda  yashovchi  qabilalar tilida 
umumiylik yuzaga kela boshlagan

8

. SHu bois, 

Mahmud  Koshg‗ariy  o‗g‗uzlar  Jayhundan 
yuqori  Chingacha  bo‗lgan  yerlardagilarning 
hammasini  ham 

chigil

  deb  ataydilar

9

,  degan 

fikrni aytgan bo‗lsa ajab emas.  

―Devonu  lug‗otit  turk‖  asarining  89, 

90,  91  sahifalarida 

o„g„uz

  etnonimi  haqida 

maxsus  ma‘lumot  berilgan. 

O„g„uz  etnonimi

 

avval  turklarga  xos  bir  qabilaning  nomi  deb 
izohlanadi.  So‗ng  o‗g‗uz  qabilasining  katta 
bir  tarmog‗ini

  turkman  o„g„uzi, 

aniqrog‗i

 

turkman 

qabilasi  deb  atab,  ularga  xos  22 

urug‗ning  nomlarini  va  har  bir  urug‗ning 
(mollariga  bosilgan)  o‗ziga  xos  tamg‗alari 
shakllarini birma-bir ko‗rsatib beradi. Demak, 
o‗g‗uz  etnonimi  keng  va  tor  ma‘nosida 
qo‗llangan.  Keng  ma‘noda  turklarga  xos 
o‗g‗uzlarning    ko‗plab  qabilalari  umumiy 
nomi,  tor  ma‘nosida  esa 

turkman 

o‗g‗uzi 

ma‘nosida, bitta qabila tushunilgan. Devonda 
turkman 

o‗g‗uzlarining 

birinchisi 

va 

boshliqlari   

qiniqlar

  nomlanganligi  aytilib, 

so‗ng   

qayig„,  bayun,  iva  (yiva),  salg„ur, 

afshar,  begtili,  bo„kdo„z,  bayot,  yozg„ir, 
eymur,  qorabuluk,  igdar,  urakir,  to„tirqa, 

                                                           

6

 . Маҳмуд Кошғарий. Девону луғотит турк. 1-том, 374-б. 

7

 . Алишер Навоий. Хамса.-Т.: ―Фан‖, 1960 (Шомурод 

котиб нусхасида 400 б.). 

8

 . Маҳмуд Кошғарий. Девону луғотит турк. 1-том, 10-б. 

9

 . Маҳмуд Кошғарий. Девону луғотит турк. 1-том, 374-б. 


background image

Хорижий филология.  

№4, 2016 йил

 

 

47 

 

ulayundlug„,  to„gar,  bajanak,  juvoldor, 
japin,  jaruqluq

  kabi  urug‗lar  tartib  raqamda 

tamg‗alari bilan ketma-ket berilgan

10

.  

Devonda  Mahmud  Koshg‗ariy  urug‗-

qabilalar 

tilining 

umumlashib 

boriayotganligini  va  ular  ilk  adabiy  til 
tarmoqlari  sifati  shakllanayotganligini  juda 
yaxshi  sezgan.  Shu  bois  ularni  guruhlarga 
bo‗lib,  klassifikatsiya  qilgan.  Olim  bergan 
ma‘lumotlardan    umum  qabilaviy  tilning 
shakllanishida  quyidagi  uch  guruh  qabila  va 
urug‗lar lahjalari sezilarli bo‗lgan :  

I  guruh    qabilalarga  sug‗dak,  kanjak, 

arg‗u,  tubut,  tangut,  xutan  uyg‗ur  kabilar 
kiritilgan. 

Ular 

faqat 

shaharlarda 

yashashgan....  Ularning  o‗z  tillari  (shevalari), 
yozuvlari 

ham 

bo‗lgan. 

Masalan, 

uyg‗urlarning  tili  turkcha  bo‗lsa-da,  o‗zaro 
so‗zlashuvda  shevasi  (o‗z  tili)  ni  ham 
qo‗llaganlar.  Bu  guruhdagi  barcha  qabilalar 
lahjasi  shakllanayotgan  adabiy  tilning  shahar 
tipi  sifatida  qaralib,  ular  so‗zlashuvida  o‗z 
tillari  (shevalari)ning  ta‘siri  ham  sezilib 
turgan. 

II  guruhdagi    qabilalarga  jumul,  qay, 

yabaqu,  totor,  basmil  kabilar  kiritilgan.  Bu 
qibilalar  asosan  dashtlarda  yashaganlar.  Ular 
shevalari  o‗ziga  xos  turkcha  bo‗lsa-da,  lekin 
umumiylik  sezilarli  bo‗lgan.  Shu  bois  ular 
lahjasi    shakllanayotgan  II  guruh  adabiy  til 
tarmog‗ini tashkil etgan. 

III  guruhdagi    qabilalarga  qirg‗iz, 

qipchoq, o‗g‗uz, tuxsi, yag‗mo, chigil, ig‗roq, 
yaruq,  qarluq,  qangli  kabilar  kiritilgan.  Ular 
faqat  turkchada  so‗zlashganlar,  yamak  va 
boshg‗irtlar  ham  bularga  yaqin  bo‗lgan.  Shu 
kabi  Rumgacha  cho‗zilgan  bulg‗ar,  suvar 
(shumir-U.S.)  bajanaklar  tili  turkcha  bo‗lib, 
ularda  ayrim  so‗zlar  oxiri  qisqartirib 
qo‗llanilgan.  Uchinchi  guruhdagi  qabilalar 
ham  sahro  (dasht)larda,  shuningdek,  qisman 
shaharlarda istiqomat qilganlar. Olimning ana 
shu tarzdagi klassifikatsiyasidan so‗ng bu uch 
guruh  urug‗-qabilalar  tilining  farqli  va 
umumiylik  tomonlari  misollar  asosida  tahlil 
ham  etgan.  Buni  biz  devondagi  ―Tilda  va 

                                                           

10

 . 

Маҳмуд Кошғарий. Девону луғотит турк. 1-том, 89-

91-бб. 

lahjalarda  bo‗lgan  farqlar  haqida‖  sarlavhali 
sahifalarida kuzatamiz

11

Aslida, 

Mahmud 

Koshg‗ariy 

tomonidan  fikr  yuritilgan  umumturkiy  til 
o‗sha  davrlardayoq  shakllangan  eski  o‗zbek 
adabiy  tilining  ilk  ko‗rinishidir.  Chunki  olim 
sanab  o‗tgan  qabilalar  va  ularning  lahjalari, 
ayniqsa,

  chigil  gruppasi,  o„g„uz  guppasi, 

qipchoq  guruppasi  kabi

  yuzaga  kelayotgan 

boshlang‗ich  umumiy  bir  guruhlar  tili,  ya‘ni 
adabiy til tarmoqlari o‗zbek xalqining dialekt 
va shevalariga deyarli mos keladi. 

Mahmud 

Koshg‗ariy 

tomonidan  

qabila,  qavm,  urug‗  sifatida  yuqorida  qayd 
etilgan  ma‘lumotlar  bilan  birlikda,  yana  bir 
qancha  etnik  nomlarni  devonning  ko‗pgina 
sahifalaridagi  so‗zlarning  ba‘zi  izohlarida 
qayta-qayta    tilga  oladi.  Bular  quyidagilar: 
chigil,  o‗g‗uz,  turk,  yag‗mo,  tuxsi,  sug‗dak 
(sug‗d),  arg‗u,  xo‗tan,  tubut,  tangut,  bulg‗or, 
suvar,  tajik,  arab,  xitoy  (chin,  mosin),  qiniq, 
qayig‗,  bayundur,  ifa  (iva,  yiva),  ezgish 
(ekzish)    och/o‗ch/uch  salg‗ur  (solg‗ur), 
afshar,  begtili,  bukduz  (buktuz),  bayat 
(boyot),  yozg‗ir,  aymur  (eymur),  aramut, 
qorabuluq,  olquabuluq,  igdar,  uragir  (urakir-
yuragir),  yamak, tutirqa (to‗tirqa), ulayndlug‗ 
(ulayundlug‗),  tug‗ar  (to‗gar),  elka,  juvaldor, 
japin  (japni),  jarluqlug‗  (jarlug‗luq),  qirqiz, 
qarluq,  chik,  bulaq,  kuchat,  kujo,  xalach, 
tot(tat),  tavg‗ach,  uyg‗ur,  turkman,  totor, 
bulaq,  charuq,  od  (o‗z),  tarbin,  tot,  ug‗roq, 
sug‗dak,  banak,  bayanak  (bajanak,  bajang), 
yabaqu,  ug‗roq,  qoy,  jumul,  basmil,  o‗zuz, 
yamoq  qanjak  kabilar  shular  jumlasidandir. 
Umuman,  juda  ko‗p  etnik  nomlar  haqida 
devonning har erida yo‗l-yo‗lakay tilga olinib, 
qisqacha  izohlar  ham  berilgan,  ba‘zilari  esa 
so‗zlarning  lisoniy  tahlili  jarayonida  qayta-
qayta tilga olingan. (1, 2, 3-tomida).   

Qipchoq  (qifchaq)

  -  turkiy  qabila. 

Etil-qipchoq  eli,  Qashg‗ar  yaqinidagi  joy 
nomi (1-t.103, 440); 

Yag„mo„, tuxsi, chigil

lar 

Ila  daryosi  bo‗yida  yashaganlar  (1-t.118, 
387); 

Ezgish  (ekzish)

  O‗zganda  turuvchi 

turkiy  qabila  (1-t.122); 

Och  (o„ch,  uch)

 

qabila  (1-t.129);  tubun-uch  qabilasining  so‗zi 

                                                           

11

. Маҳмуд Кошғарий. Девону луғотит турк. 1-том, 66-69-

бб. 


background image

Хорижий филология.  

№4, 2016 йил

 

 

48 

 

(1-t.  380);  CHag‗la  uch  qabilasining  yaylovi 
(1-t.405). 

Elka

  (elka buloq) turk qabilasining 

biri  (1-t.149); 

Tatar

-turkiy  xalqlarning  bir 

urug‗i    (1-t.156,  389);    Aramut-uyg‗urlar 
yaqinida  turuvchi  bir  turk  qabilasi  (1-t.  157); 

Yabaqu

-qabila.  Bujrach  ularning  begi  (1-

t.161); 

Tangut

-Chin  viloyatda  yashovchi 

qabila  (1-t.294); 

Yamak

  -  qipchoqlarning  bir 

toifasi  Irtish  yoqasida  yashaydilar  (1-t.  314); 

To„bo„t

  -  turk  diyorida  yashochi  bir  qavm. 

Mushk  olinadigan  kiyik  shularning  yerida 
bo‗ladi.  Bular  bir  jinoyat  qilib  Yamandan 
qochib,  dengiz  yo‗li  bilan  Chinga  o‗rnashib 
qolgan.  Sobit  degan  kishining  avlodidir.  U 
kishi  shu  yerni  yoqtirib,  joylashib  qolgan  va 
avlodi  ko‗paygan.  Avlodlari  ko‗pligidan 
turklar  yeridan  1500    farsax  yerni  olganlar. 
Sharq  tomoni  Chin,    g‗arb  tomoni  Kashmir, 
shimol  tomoni  Uyg‗uriston  eli,  janub  tomoni 
esa  Hind  dengizidir.  Ularning  tillarida 
arablarning ta‘siri bor.Chunki ular onani uma, 
otani  aba  deydilar  (1-t.337); 

Kuchat

  - 

Xorazimda turuvchi turklar (1-t. 338); 

Arg„u

-

qabila  (1-t.  341); 

Kujo

  -  uyg‗urlar  yaqinida 

yashovchi bir urug‗. Bo‗ko‗ qal‘asi kujo bilan 
uyg‗urlar o‗rtasida bo‗lgan (1-t. 342); 

Bulaq 

bir turk qabilasi. Ularni qipchoqlar asir qilgan 
edilar,  so‗ngra  xudo  qutqardi  va  ular  alka 
bulaq  deb  ataladigan  bo‗ldilar  (1-t.  360); 

Charuq-barchuq

  ismli  Afrasiyob  shahrida 

turuvchi  bir  toifa  (1-t.  362); 

Tajik 

nomli 

qavm (1-t. 368);  

Chumul  (jumul)

  -  turklarning  bir 

qavmi  (izoh:  Jumullar  haqida  devonda 
ma‘lumot  juda  oz.  Ular  ko‗proq  sahroda 
yashar  edilar.  Ularning  tillari  o‗zlariga  xos 
edi.  Basmil  qabilasi  bilan  birlikda  qilingan 
janglari  haqida  to‗rtlik  parchalaridagina  ular 
nomi qabila tarzida eslatiladi (Izoh: 1-t. 375). 
Masalan,  bir  she‘riy  parchaning  mazmunini 
ilova  qilamiz:  Yabaqu  jangiga  hoqonni 
yordamga  chaqirib  aytadi.  Bizning  odamlar 
podshoga  qarshilik  qilmaslik  uchun  muohada 
yozadilar.  Hozir  basmil  va 

jumul

  qabilalari 

biz  bilan  urushmoqqa  yig‗ildilar  (1-t.424.); 

Kanjoq

 

–  qabila  (1-t.405); 

Tuxsi

 

turklarning  bir  toifasi,  Qiyosda  turadilar, 
ularni tuxsi chigil deydilar (1-t.399). Saxsin - 
bulg‗orlar yaqinidagi bir shahar. U 

Suvordir

ya‘ni  u  shahar  suvor  qabilasiga  tegishli 
ma‘nosida bo‗lsa kerak (1-t.410); 

Tavg„ach

 - 

uyg‗ur.  U  ―tat‖dir  (bu  erda  biroz  aniqsizlik 
bor-S.M.).  Ular  Chin,  ya‘ni  Tavg‗achda 
yashaydilar.  Har  bir  katta  narsaga  ham 
tavg‗ach  azi  deydilar.  Tavg‗ach  Mochin 
mamlakatining  nomi  ham.  Bu  mamlakat 
Chindan  to‗rt  oylik  yo‗l  uzoqdir.Chin  aslida 
uchtadir:  1).  Yuqori  Chin-bu  Sharqda  bo‗lib, 
bunga Tavg‗ach deyiladi. 2). O‗rta Chin-buni 
Xitoy  deyiladi.  3).Quyi  Chin-buni  Barxan 
deyiladi  va  u  Qashqardadir.  Lekin  hozir 
(Mahmud Koshg‗ariy davrida-U.S.) Tavg‗ach 
ni  Mochin,  Xitoyni  Chin  deb  yuritiladi.  Tat  - 
tavg‗ach  yoki  uyg‗urdir.  Birinchi  so‗z  tat-
forsi,  ikkinchi  so‗z  tavg‗ach-turk  o‗rnida 
qo‗llaniladi.  Tat  tavg‗ach  so‗zi  turk  va  fors 
demakdir,  turklashgan  forsdir-U.S.  (1-t.423), 
Sumlim  tat  -  turkcha  bilmaydigan  fors. 
Umuman, 

sumlim 

so‗zi 

turkchani 

bilmaydigan  kishilarga  nisbatan  qo‗llaniladi 
(1-t.448); 

Qirqiz

-bir  turk  qabilasi,  qirg‗iz  (1-

t.426); 

Ug„roq

 

bir 

qabila 

nomi. 

Ug‗roqlarning  odamlari  g‗ayratli,  eydigan 
ovqatlari  uloqdir  (1-t.435); 

Sug„dak

  –

Bolasog‗unga  joylashgan  bir  qavm,  Ular 
Samarqand  va  Buxoro  o‗rtasidagi  sug‗ddan 
bo‗lib,  keyin  turklashib  ketgan  qavmdir  (1-
t.437); 

Qarluq

  -  turklarning  bir  guruhi.  Ular 

ko‗chmanchi  bo‗lib,  o‗g‗uzlardan  boshqa 
(farqlanuvchi-U.S.),  ular  ham  tukmandir  (1-
t.439; 

Qirnnak-joriya, 

cho‗ri. 

Ug„roq, 

yabaqu, qoy, jumul, basmil, o„g„uz, yamoq 
va  qipchoq

lar  so‗zi  (1-t.439); 

Kenjak-

turklarning bir toifasi (1-t.444); 

Basmil

 - turk 

urug‗laridan 

biri 

(1-t.445); 

Bayanak 

(bajanak)

  -  Rumga  yaqin  turuvchi  turkiy 

qabilalardan biri. Ular o‗g‗uzlarning bir toifsi 
sifatida  ―bajang‖  ham  deydilar  (1-t.450; 

O„g„uz

  -  Rumdan  Chin  yaqiniga  qadar 

yerlarda ham tarqalgan turkiy qabila (1-t.479). 
Bunday  izohlar  devonning  2  va  3-tomlarida 
ham  mavjud.  Mahmud  Koshg‗ariy  1-tomda 
qabilalar haqida maxsus to‗xtalganligi sababli 
biz 

faqat 

shu 

kitobdagi 

(1-tomdagi) 

ma‘lumotlarni havola etdik. 

Xullas,  devondagi  izohlardan  ma‘lum 

bo‗lishicha, X-XI asrlarda turk, chigil, o‗g‗uz 
va  qipchoq  tiliga  xos  lahjalarning  nufuzi 


background image

Хорижий филология.  

№4, 2016 йил

 

 

49 

 

yuqori  turgan.  Mahmud  Koshg‗ariy  o‗sha 
davrdagi  barcha  urug‗-qabilalar  lahjalarini, 
asosan  ana  shu  nufuzli  qabilalar  tillari 
orasidagi 

yaqinlik 

va 

o‗xshashliklarni 

qiyoslagan. Shuning uchun devonda qyoslash 
jarayonida ularning birini o‗g‗uz, ikkinchisini 
chigil yoki turk guruhiga xos deb ataydi. Ikki 

tilning biriga xos deganda esa, asosan, o‗g‗uz 
yoki  turkni  ko‗zda  tutgan.  Chunki  olim 
chigilni  turk,  qipchoqni  o‗g‗uz  tarmog‗i  deb 
ham qaragan. Shu nuqtai nazardan qaralganda 
devondagi  til  materiallari  shu  asosda  tahlil 
etilgan.  

 

Adabiyotlar: 

 

1.

 

Mahmud Koshg‗ariy. Devonu lug‗otit turk. 1-tom.-T.: ―Fan‖, 1960.-B.499. 

2.

 

Alisher Navoiy. Xamsa.-T.: ―Fan‖, 1960 (Shomurod kotib nusxasida).-B 400. 

 

Санакулов  У.,  Курбонов  А.  О  появлении  первых  литературных  языковых  ветв  в 

"Дивану  лугатит  турк". 

В  статье  обосновывается,  что  выдающийся  ученый  XI  века 

Махмуд Кашгарий, описывающий в своем произведении языки тюркских племен, выделяет в 
них  схожие  и  специфические  черты,  представляет  попытку  их  классификации. 
Отмечается,  что  входящие  в  одну  группу  огузские  и  кипчакские  наречия,  связаны 
многоуровнево.  В  его  работе  также  осуществляется  первая  попытка  интерпретации 
важной  информации  о  формировании  литературных  языковях  связей  (сетей).  В  статье 
подчеркивается,  что  первый  литературный  язык  возник  на  основе  одной  из  ветвей 
староузбекского языка. 

Sanakulov  U.,  Qurbonov  A.  On  primary  literary  linguistic  networks  in  "Divanu  Lugatit 

Turk".

    The  article  prouves  that  Makhmud  Kashgari,  eminent  scholar  of  XI  century,  describing 

languages of Turkik tribes reveals their common and specific points, and tries to classify them. It is 
underlined  that  Oghuz  and  Kipchak  dialects  being  from  the  same  linguistic  group  are  mutually 
raleted at different levels. Makhmud Kashgari also undertakes an attempt to analyze the important 
information on the forming of literary linguistic networks. The present article emphasizes  the fact 
hat the first literary language appeared from ont of the branches of the od Uzbek.

 

 

 

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Библиографические ссылки

Mahmud Koshg'ariy. Devonu lug‘otit turk. l-tom.-T.: “Fan”, 1960.-B.499.

Alisher Navoiy. Xamsa.-T.: “Fan”, 1960 (Shomurod kotib nusxasida).-B 400.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов