Некоторые соображения по вопросу перехода языковых единиц в речь

ВАК
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
Отрасль знаний
CC BY f
5-9
35
35
Поделиться
Турниязов, Н., & Туробов, А. (2017). Некоторые соображения по вопросу перехода языковых единиц в речь. Иностранная филология: язык, литература, образование, 2(3 (64), 5–9. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/foreign_philology/article/view/548
Немат Турниязов, Самаркандский государственный институт иностранных языков

профессор

Абдурахим Туробов, Самаркандский государственный институт иностранных языков

доцент

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В статье освещены вопросы синтаксического оформления предложения, а также характерная для языковой системы событийность, из чего она состоит и характерные особенности каждой языковой единицы, освещены вопросы двуразмерности

Похожие статьи


background image

Хорижий филология.

№3, 2017 йил

 

 

 

REPORTS                                                  МАҚОЛАЛАР

 

TIL BIRLIKLARINING NUTQQA KO„CHIRILISHI MASALASI BILAN BOG„LIQ 

BA‟ZI MULOHAZALAR 

 

Turniyazov Ne‟mat Qayumovich,  

SamDCHTI professori 

Turоbov Abdurayim Malikovich, 

SamDCHTI dotsenti 

 

Kalit  so‟zlar: 

til  lingvistikasi,  nutq  lingvistikasi,  kommunikativ  jarayon,  sinergetika, 

verballash jarayoni, egotsentrik.

 

 

XIX  asr  tilshunosligida  tilning  sistema 

ekanligi  masalasini  o‗rganishga  poydevor 
qo‗yilgan  bo‗lsa,  XX  asr  tilshunosligida 
mazkur  masala  mukammal  o‗rganildi.  Bunda 
til  sistemasining  o‗ziga  xos  voqelik  ekanligi, 
uning nimalardan tashkil topishi va har bir til 
birligining  xarakterli  jihatlari,  ayniqsa,  ikki 
o‗lchamliligi  masalasi  mukammal  yoritildi. 
Biroq  til  belgilarining  nutqda  qo‗llanishi  va 
bu  bilan  bog‗liq  masalalar  tadqiqi  ikkinchi 
darajali  bo‗lib  qoldi.  Ehtimol,  shunday 
bo‗lishi  ilmiy  asoslidir.  Chunki  sistema 
haqida  mukammal  ma‘lumotga  ega  bo‗lmay 
turib, 

til 

belgilari 

(birliklari)ning 

kommunikativ 

jarayonda 

qay 

tarzda 

qo‗llanilishi  masalasini  tadqiqotlar  kun 
tartibiga  qo‗yish  imkoniyati  chegaralangan 
bo‗lishi tabiiydir. 

Ammo  shunday  bo‗lishiga  qaramay, 

XX asr tilshunosligida til bilan nutqni farqlab 
o‗rganish  lozimligi  masalasi  tadqiqotlar  kun 
tartibiga  kiritilgan  edi.  Fikr  dalilini  mashhur 
tilshunos  F.de  Sossyurning  ―til  va  nutq‖ 
dixotomiyasida 

ilmiy 

asoslanganligida 

ko‗ramiz. 

Aytish lozimki, F.de Sossyur tomonidan 

―til va nutq‖ dixotomiyasi ilmiy asoslangach, 
tilshunoslikda  katta  burilish  sodir  bo‗ldi. 
Zotan, 

asrlar 

davomida 

til 

va 

nutq 

muammolari  qorishtirilib  kelinar  edi.  Hatto 
hozirgi  kunda  ham  ba‘zi  tadqiqotchilar  til 
hamda  nutq  hodisalarini  farqlamayaptilar. 
Bizningcha, bugungi kunda til lingvistikasi va 
nutq  lingvistikasi  alohida  sohalar  sifatida 
ilmiy  dalillangan  ekan,  bunga  to‗liq  amal 
qilishimiz lozim. 

Mazkur masala ham  F.de Sossyur nomi 

bilan  haqli  ravishda  bog‗lanadi.  Olim  Jeneva 
universiteti  talabalariga  ma‘ruza  o‗qishi 
paytida quyidagilarni alohida ta‘kidlagan edi: 
―Да, господа, всетужелингвистику. Только, 
осмелюсь  вам  сказать,  область,  которой 
занимается,  лингвистика  весьма  обширна. 
А именно она состоит из двух частей: одна 
часть ближе к языку и представляет собой 
пассивный запас; другая же часть ближе к 
речи  и  представляет  собой  активную 
силу…‖

1

.

 

Ko‗rinadiki,  F.de  Sossyur  hali,  o‗z 

davrida  bashorat  qilib  tilshunoslikni  ikki 
qismga 

–  til  lingvistikasi  va  nutq 

lingvistikasiga  bo‗lib  o‗rganish  lozimligini 
aytgan 

edi. 

Albatta, 

tilshunoslik 

fani 

taraqqiyotining  hozirgi  davriga  qadar  til 
lingvistikasi 

muammolari 

mukammal 

o‗rganildi. Ammo nutq lingvistikasining ilmiy 
asoslanganligi  endigina  tan  olindi  va  unga 
hayotga yo‗llanma berildi. Bu juda muhimdir, 
zotan, 

ayni 

paytda 

tashqi 

tilshunoslik 

muammolari  ham  tadqiqotlarimizga  kirib 
keldiki, bu orqali inson omili ham eng kuchli 
kognitiv-pragmatik  vosita  sifatida  faoliyat 
ko‗rsata  boshladi.  Shu  bois  XXI  asr 
tilshunosligi  antroposentrik  ekanligi  alohida 
ta‘kidlanmoqda. 

Aslini 

olganda, 

tilshunoslikda 

antroposentrik  yo‗nalish  o‗tgan  asrning  70-
yillarida  tadqiqotlar  kun  tartibiga  kirib  kela 
boshlagan  edi.  Buning  dalili  sifatida  fransuz 
tilshunosi 

E.Benvenistning 

―Umumiy 

                                                           

1

 Соссюр Ф.де. Заметки по общей лингвистике.-

М.,1990.-С.206. 


background image

Хорижий филология.

№3, 2017 йил

 

 

 

tilshunoslik‖  asarining  bir  bo‗limi  ―Inson  va 
til‖  (―Человеквязыке‖)  deb  atalganligini 
ko‗rsatish  mumkin.  E.Benvenist  inson  va  til 
haqida  mulohaza  yuritganida  quyidagilarni 
mutlaqo to‗g‗ri qayd etadi: ―Именно в языке 
и 

благодаря 

языку 

человек 

конституируется  как  субъект,  ибо  только 
язык  придаѐт  реалность,  своюреальность, 
которая  есть  свойствабыть  –  понятию  
―Еgо‖ – моѐ я‖

2

To‗g‗ri,  yuqorida  ko‗rsatib  o‗tilgani 

kabi,  qariyb  hozirgacha  til  va  uning 
qo‗llanilishida,  taraqqiyotida  inson  omili 
masalasiga  jiddiy  e‘tibor  berilmadi.  Biroq, 
bizningcha,  buni  nisbiy  tushunmoq  darkor. 
Chunki 

V.fon 

Humboldt 

tadqiqotlarida, 

qolaversa, 

tilning 

falsafiy 

masalalarini 

o‗rganishda  inson  omili  masalasi  tadqiqotlar 
kun 

tartibiga 

qo‗yilganligi 

izoh 

talab 

qilmaydi.  Til  va  tafakkur  birligi  masalasi  esa 
tilshunoslarimizning 

har 

doim 

diqqat 

markazida  bo‗lib  keldi  va  shunday  bo‗lib 
qolmoqda. 

Bugungi 

kunda 

dolzarb 

sanalayotgan 

kognitiv 

tilshunoslik 

muammolari  ham  falsafada  bilish  nazariyasi 
nomi  bilan  azaldan  o‗rganilib  kelinmoqda. 
Bugungi 

tilshunoslikda 

uning 

lingvistik 

maqom 

olganliginigina 

yangilik 

deyish 

mumkin. 

Shuni  ham  aytish  kerakki,  kognitiv 

tilshunoslik o‗rganadigan barcha masalalar til 
unsurlarining  mazmuniy  jihatlarini  taqozo 
etadi.Bundan  tashqari,  bunday  masalalar 
tashqi 

tilshunoslikda 

tekshiriladigan 

obyektlarni  o‗z  ichiga  oladi.  Boshqacha 
aytganda, kognitiv tilshunoslik sistema, uning 
voqelanishi, 

sistema  birliklarining 

ichki 

bog‗lanishi, 

ularning 

tildan 

nutqqa 

ko‗chirilishi  va  h.k.,kabi  masalalar  bilan 
shug‗ullanmaydi.  Kognitiv  tilshunoslikning 
asosiy  tekshiruv  obyekti,  bizningcha,  tilning 
kommunikativ 

funksiyasi 

bilan 

uzviy 

bog‗lanadi. 

Shu 

bois 

E.A.Popovaning 

kognitiv  tilshunoslik  –  bu  til  bilan  inson 
omilining  munosabatini  o‗rganuvchi  yagona 
soha  emasligi  haqidagi  fikriga  qo‗shilamiz. 
Uning 

bu 

xususda 

bildirgan 

quyidagi 

mulohazalari  ham  ibratlidir:  ―…antropologik 

                                                           

2

 Бенвенист Э. Общая лингвистика.-М.,1974.-С.293. 

epitet 

tilning 

hozirgi 

paradigmasini 

o‗rganishda eng qulay va to‗g‗ri tushunchadir. 
Zotan,  bu  orqali  nafaqat  tilning  kognitiv 
xususiyatini, 

balki 

uning 

funksional-

kommunikativ  jihatlarini  tadqiq  etish  ham 
mumkin‖

3

Bugungi  tilshunoslikda  kommunikativ 

jarayonning  asosiy  birligi  sifatida  matn 
ko‗rsatilmoqda,  zero,  unda  tilning  barcha 
birliklari  kesishadi.  Biroq  matn  jumlalardan 
tashkil  topadi.  Albatta,  keng  ma‘noda  tilning 
nutqda  qo‗llanilishini  matnda  qayd  etamiz. 
Ammo  shuni  ham  aytish  kerakki,  tilning 
individual  qo‗llanilishi  jumlalar  orqali  sodir 
bo‗ladi.  Shu  bois  jumlani  kommunikativ 
jarayonning asosiy va minimal birligi sifatida 
talqin etish maqsadga muvofiqdir. Zamonaviy 
tilshunoslikda  muloqot  birligini  diskurs  deb 
atashmoqdalar.Jumla  esa  aksariyat  hollarda 
ana shu narsaning o‗zini taqоzo etadi. 

E.Benvenist 

biz 

tildan 

foydalan-

ganimizda 

muhim 

vosita 

sanaluvchu 

individual  akt  eng  avval  so‗zlovchini  nutqiy 
jarayon  parametri  sifatida  faollashtirishini 
ta‘kidlaydi. 

Bunda 

jumla 

(gap) 

shakllanmaguncha  til  o‗ziga  xos  imkoniyat 
tarzida  mavjud  bo‗lishini,  nutqiy  jarayon 
boshlangandan  keyin  esa  insonga  tovushlar 
orqali  faoliyat  ko‗rsatishi  uchun  sharoit 
yaratuvchi  faol  vositaga  aylanishini  alohida 
qayd  etadi

4

.  Bizningcha  ham,  ana  shu 

jarayonda  so‗zlovchining  pragmatik  faolligi 
boshlanadi  va  har  bir  jumla  uchun  zarur 
bo‗lgan  til  birliklarining  tildan  nutqqa 
ko‗chirilishi  bosqichma-bosqich  sodir  bo‗la 
boshlaydi.  Boshqacha  aytganda,  ayni  paytda 
til 

birliklaridan 

nutqda 

foydalanishning 

induktiv  usulu  faollik  ko‗rsatadi  va  bunung 
natijasida matn shakllanadi.  Pragmatik nuqtai 
nazardan  bu  o‗rinda  so‗zlovchining  illokutiv 
rejasi amalga oshadi. 

Albatta,  mazkur  hodisalarning  barchasi 

kommunikativ jarayon bilan uzviy bog‗lanadi, 
zero,  ayni  paytda  so‗zlovchi  (inson  omili) 
muhim  vazifa  bajaradi.  U.L.Cheyf  bunda 

                                                           

3

  Попова  Е.А.  Человек  как  основополагавщая 

величина 

современного 

языкознания// 

Филологические науки, 2002 №3.-С 71. 

4

Қаранг: Бенвинист Э. Кўрсатилган асар, 313-бет. 


background image

Хорижий филология.

№3, 2017 йил

 

 

 

so‗zlovchi va tinglovchining psixologik holati 
ham ahamiyat kasb etishini ta‘kidlaydi. Uning 
fikriga  ko‗ra,  tafakkur  bilan  bog‗liq  bo‗lgan 
semantik 

strukturalar 

inson 

miyasida 

fonologik  strukturalarga  aylanadi  va  shu 
orqali  lingvistikaning  tafakkur  jarayoni  bilan 
uzviy  aloqasi  vujudga  keladi.  Har  qanday  til 
hodisasini 

ham 

inson 

tafakkuri 

bilan 

hisoblashmay tadqiq etish qiyin

5

Ko‗rinadiki,  U.A.Cheyfning  lingvistik 

qarashlarida asosiy e‘tibor tilni intuitiv, ya‘ni 
xususiy 

bilimlarga 

asoslangan 

holda 

o‗rganishga  qaratiladi.  Biroq  olimning  bu 
qarashlari,  nazarimizda,  umumiy  masalaning 
faqat  bir  tomonini  tashkil  etadi.  Zotan, 
lingvistik  tadqiqot  tilni  kollektiv  bilish 
masalasi bilan aloqador aksariyat muammolar 
shu  tilda  so‗zlashuvchi  ommaning  bilish 
salohiyati bilan ham uzviylik tashkil etadi

6

Biroq  U.L.Cheyfning  kommunikativ 

jarayon  qatnashchilari  har  doim  tildan 
tashqari  muhit  bilan  bog‗liq  ekanligi  va 
buning  tildan  nutqda  foydalanishda  muhim 
ahamiyat  kasb  etishi  haqidagi  mulohazalari 
ibratlidir

7

. Chunki til birliklarining funksional 

faollashuvi pragmatik omillar qurshovida ro‗y 
beradi.Bunda, ayniqsa nutq muhiti muhim rol 
o‗ynaydi. Fikr dalilini muayyan til birligining 
qo‗llanilishi  bir  til  muhitida  mumkin  bo‗lib, 
ikkinchi  muhitda  inkor  etilishida  kuzatish 
mumkin. Bu jarayonda, albatta, kontekst katta 
nufuzga  ega  bo‗ladi.  E.V.Paduchayevaning 
qayd  etishiga  ko‗ra,  ko‗pgina  so‗zlar 
o‗zlaricha  mustaqil  ma‘no  anglata  olmaydi. 
Kontekstdan 

tashqari, 

jumlada 

(gapda) 

qo‗llanilgan  so‗z  yakka  bo‗lishiga  qaramay, 
jumlaning  umumiy  mazmuni  mazkur  so‗zlar 
anglatgan  ma‘nodan  kelib  chiqmasligi  ham 
mumkin

8

Masala 

tavsifining 

bunday 

qo‗llanilishi esa har bir so‗z (yoxud til birligi) 
faqat  kontekstda,  sintagmatik  qator  zanjirida 

                                                           

5

Қаранг:  Чейф  У.Л.  Значения  и  структура  языка.-

М., 1975.- С.47. 

6

Қаранг:  Лабов  У.  О  механизме  языковых 

изменений// Новое в лингвистике. Вып.7.-М., 1975.-
С.199. 

7

Қаранг:Чейф У.Л. Кўрсатилган асар, 47-бет. 

8

Қаранг: Падучаева Е.В. О семантике синтаксиса. –

М., 1974.-С.12. 

muayyan  funksiya  bajarishi  va  muayyan 
ma‘no anglatishidan dalolat beradi. 

Shuni 

ham 

aytish 

lozimki, 

til 

birliklarining sintagmatik qatorda qo‗llanilishi 
jarayonida funksional qimmat kasb etishini til 
materiali  tahliliga  system-struktur  nuqtai 
nazardan  yondashilganda,  yanada  mukammal 
va  aniqroq  kuzatish  mumkin.  Boshqacha 
aytganda:  ―Nutqiy  faoliyatni  va  u  bilan 
bog‗liq  muammolarni  tadqiq  etishda  masala 
tavsifiga  sistem  nuqtai  nazardan  yondashish 
eng 

ishonchli 

vosita 

sanaladi‖

9

E.V.Ponomarenko  bu  xususda  mulohaza 
yuritganda 

yana 

quyidagilarni 

to‗g‗ri 

ta‘kidlaydi:  ‖Til  o‗z  birliklari  bir-biri  bilan 
uzviy  munosabatda  bo‗lgan  funksional 
sistemadir‖

10

Til  sistemasini  ikki  xil  tushunish 

mumkin:  1.Metodologik  tamoyil  sifatida.  2. 
Tilning  immanent  (tashqi  ta‘sirlardan  holi) 
xususiyati 

tarzida. 

Albatta, 

mazkur 

tushunchalar  o‗zaro  bog‗liq  bo‗lib,  biri 
ikkinchisi  mavjud  bo‗lishini  taqоzo  etadi. 
Ammo  til  birliklarining  funksional  qimmat 
kasb  etishini  o‗rganishda  ulardan  ikkinchisi 
muhim  ahamiyat  kasb  etadi.Buning  asosiy 
boisi  shundaki,  til  sistemasi  (ichki  immanent 
harakterli 

sistema 

nazarda 

tutilmoqda) 

sinergetik  kuchga  egadir.  Agar  sinergetikani 
o‗z-o‗zini  boshqarish  deb  tushunadigan 
bo‗lsak,  u  holda  til  sistemasining  bunday 
sifatga ega ekanligi izoh talab qilmaydi. 

Ayni 

paytda 

biz 

til 

sistemasi

 

tushunchasiga  urg‗u  bermoqdamiz,  ammo  bu 
bilan  nutqning  ham  murakkab  sistema 
ekanligini 

inkor 

etmoqchi 

emasmiz. 

Shubhasiz,  nutq  ana  shu  sinergetik  kuch 
qurshovida  faoliyat  ko‗rsatadi.  Bu  jarayonga 
inson  omili  ishtiroki  bo‗lishi  muqarrardir. 
Lekin,  shu  bilan  birga,  nutqning  ham  faqat 
o‗zigagina 

tegishli 

jihatlari 

mavjudki, 

ularning  funksional  faollik  olishi  sinergetik 
omillarga tayanadi. 

―Sinergetika‖  termini  aslida  yunoncha 

bo‗lib,  u  o‗zaro  munosabat  bog‗lash 

                                                           

9

  Пономаренко  Е.В.  О  развитии  системного 

подхода  в  лингвистике  //  Филологические  науки, 
2004, №5.-С.24. 

10

Ўша мақола, 26-бет. 


background image

Хорижий филология.

№3, 2017 йил

 

 

 

ma‘nosini anglatadi. Mazkur terminni dastlab 
nemis  fizigi  G.Xaken  iste‘molga  kiritgan 
edi.Olim  ayni  paytda  lazer  nurlarining  o‗z-
o‗zini boshqarishini tushungan.Tilshunoslikda 
ham bu termin shu ma‘noda qo‗llanilmoqda

11

Til  birliklarining  nutqqa  ko‗chirilishi 

jarayonida  mazkur  tushuncha  eng  faol 
vositaga  aylanadi.  Chunku  nutq  zanjirining 
bekam ko‗st tashkil etilishida til birliklarining 
ketma-ket  qo‗llanilishi,  birining  sintaktik 
faollashuvi  ikkinchisi  bilan  bog‗liq  bo‗lishi 
ana 

shundan 

dalolat 

beradi. 

Zotan, 

―Sinergiya‖ 

tushunchasining 

o‗zi 

ham 

kuchlarning 

qorishuvi 

degan 

ma‘noni 

anglatadi

12

Darhaqiqat,  til  birliklarining  nutqqa 

ko‗chirilishi  jarayonida  fonologik  birliklar 
morfemalar bilan, morfematik birliklar so‗zlar 
bilan  o‗zaro  kesishadi  va  bu  orqali  ularning 
funksional qimmatlari belgilanadi. Shubhasiz, 
mazkur  jarayonda  so‗zlovchining  (inson 
omilining)  ham  mavqei  kattadir.  Chunki  u 
o‗zining diskursiv faoliyatida doimiy ravishda 
til  birliklarini  tanlash  bilan  mashg‗ul 
bo‗ladi

13

.  Boshqacha  aytganda,  inson  omili 

vositasida  muloqot  shakllanar  ekan,  til 
birliklarining  nafaqat  nutqda  qo‗llanilishi, 
balki  ularning  muayyan  funksional  salmoq 
kasb etishi ham u bilan bevosita aloqadordir. 

Shuni  ham  aytish  lozimki,  funksional 

tilshunoslikning  bosh  tezisi  grammatikaning 
kommunikativ 

va 

kognitiv 

jarayonga 

bo‗ysunishini  taqоzo  etadi

14

.  Bunung  boisi 

shundaki,  kommunikativ  jarayonning  qay 
tarzda 

shakllanishi 

insonning 

bilimlari 

darajasi  bilan  uzviy  aloqador  holda  ro‗y 
beradi. Bu esa, o‗z navbatida, til birliklarining 

                                                           

11

Пономаренко Е.В.Кўрсатилган мақола, 24-бет. 

12

Қаранг: Хакен Г. Синергетика. –М.,1980. 

13

Қаранг: Ли В.С. О системных отношениях между 

структурно-смысловыми  компонентами  дискурса// 
Русский 

язык: 

исторические 

судьбы 

и 

совроменность.  Материалы  II  международного 
конгресса исследователей русского языка.-М., 2004 
(Материал интернета). 

14

Қаранг: 

Лазуткина 

Е.М. 

Дискурс 

как  

когнитивный  аспект  коммуникации  (на  матер. 
соматических 

речений) 

// 

Русский 

язык: 

исторические судьбы  и совроменность. Материалы 
II 

международного  конгресса  исследователей 

русского языка.-М., 2004 (Материал интернета). 

amalda 

qo‗llanilishini 

talab 

qiladi.Bu 

o‗rinda,xususan, 

nutq 

shakllanishining 

verballashtirilishi muhim ahamiyat kasb etadi. 

Verballash  jarayoni  ham  o‗ziga  xos 

jihatlarga  ega  bo‗lib,  bunda  so‗zlovchining 
(umuman  insonning)  tafakkuri  bilan  ongi  va 
bir  paytning  o‗zida  til  bilan  nutq  birliklari 
o‗zaro  kesishadi.  S.D.Katsnelsonning  qayd 
etishiga  ko‗ra,  tafakkur  bilan  ong  o‗rtasidagi 
munosabatni  nutq  bilan  til  o‗rtasidagi 
munosabatga qiyos qilish mumkin. Biz nutqiy 
jarayonda  til  birliklaridan  bevosita  ongimiz 
ishtirokida foydalanamiz. Inson miyasida ong 
bilan  til  nisbiy  avtonom  holatda  bo‗lgan  ikki 
jihatni  tashkil  etadi.  Bu  jihatlarning  har  biri 
o‗z  vositalariga  va  ularni  faollashtirish 
omillariga  ega  bo‗lib,  ular  tilning  amalda 
qo‗llanilishi  va  funksional  qimmat  kasb 
etishida o‗zaro qorishadi

15

Shuni 

ham 

aytish 

kerakki, 

kommunikativ 

jarayonda 

so‗zlovchining 

ishtirok etishi, ya‘ni uning egosentrik mavqei 
izoh  talab  qilmaydi.Biroq  til  birliklarining 
amalda 

qo‗llanilishi 

har 

doim 

ham 

so‗zlovchining  eksplitsit  nutqi  bilan  emas, 
balki  so‗zlovchi  ishtirokining  implitsit  holati 
bilan ham berilishi mumkin. Masalan, 

Sobirni 

ko„rdim 

va

  Daryo  qirg„og„i  toshloq  edi 

jumlalariga  e‘tibor  beraylik.  Ayni  paytda 
birinchi 

jumlaning 

shakllanishida 

so‗zlovchining  egotsentrik  mavqei  yuqori 
ekanligi izoh talab qilmaydi.Chunki u shaxsan 
o‗zi  Sobirni  ko‗rganligi  haqida  xabar 
bermoqda. Bu holat ifodasi uning faqat o‗ziga 
tegishlidir. 

Ammo 

ikkinchi 

jumla 

so‗zlovchining  faoliyati  qandaydir  implitsit 
yo‗nalish olgandek xabar ifodasini bermoqda. 
Bu  o‗rinda  nafaqat  bir  kishi,  balki  barcha 
kishilar daryo qirg‗og‗ining toshloq ekanligini 
tasdiqlashlari  mumkin.  Masala  tavsifiga 
funksional  nuqtai  nazardan  yondashadigan 
bo‗lsak,  ayni  paytda  berilgan  gaplarning 
birinchisida  so‗zlovchining  egotsentrik  holati 
kuchli ekanligini ko‗ramiz. 

Har 

qanday 

gapning 

sintaktik 

shakllanishi,  albatta,  kommunikativ  jarayon 
talabi  bilan  bog‗liq  bo‗ladi.  Boshqacha 

                                                           

15

Қаранг: Кацнельсон С.Д. Речемыслительные 

процессы // Вопросы языкознания, 1984, №4.-С.4. 


background image

Хорижий филология.

№3, 2017 йил

 

 

 

aytgnanda, nafaqat gapning shakllanishi, balki 
gap  komponentlarining  funktional  faolligi 
darajasi 

ham 

ularning 

kommunikativ 

vazifalari orqali belgilanadi va bunda, so‗zsiz, 
so‗zlovchining ham ahamiyati muhim bo‗ladi. 

Zotan, nutqiy jarayon so‗zlovchi va tinglovchi 
o‗rtasidagi  fikr  almashinuvi  vositasida 
shakllanadi. 

 

 

Turniyazov  N.  Some  views  about  issues  in  translation  of  language  units  in  speech. 

This 

article  denotes  to  the  issues  of  syntactical  arrange  of  sentances  as  well  as  characteristics  of 
perculiarity of each language unit and eventfulness of language system. 

Турниѐзов  Н.  Некоторые  соображения  по  вопросу  перехода  языковых  единиц  в 

речь. 

В  статье  освещены  вопросы  синтаксического  оформления  предложения,  а  также 

характерная  для  языковой  системы  событийность,  из  чего  она  состоит  и  характерные 
особенности каждой языковой единицы, освещены вопросы двуразмерности. 

 

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов