Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Самарканд, 140104, УЗБ, Бустонсарой 93

Yurtimizda dunyoni yangicha idrok etadigan, millat g‘ururi va haq-huquqi uchun kurashadigan, o‘z taqdirini xalqi, Vatani taqdiri bilan bir deb bilib, faoliyat ko‘rsatayotgan yangi avlod shakllanmoqda. Ular ham ajdodlar ma’naviy merosini, ham umumbashariy qadriyatlarni barobar o‘zlashtirmoqdalar. Salohiyatli mutaxassis kadrlar - O‘zbekistonning ertangi kunini, millat kelajagini belgilaydi. SHu bois zamon talablariga javob beradigan yuksak madaniyatli, bilimdon yoshlarni tarbiyalash davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylandi.

  • Ko'rsatilgan yildan o'tgan yillar 2016
    ВАК
    inLibrary
    Google Scholar

    «XORIJIY FILOLOGIYA: til, adabiyot, ta’lim» ilmiy–uslubiy jurnali xorijiy filologiya, adabiyot, pedagogika fanlarining rivojlanishiga aloqador bo‘lgan eng dolzarb muammolarni yoritib boradi. Jurnalda nafaqat filologiya, balki ta’lim, ilmiy-metodik va ma’naviy-ma’rifiy ish sohalarda igʻor tajriba va yutuqlar almashishga ham katta eʼtibor qaratilmoqda.

  • Ko'rsatilgan yildan o'tgan yillar 2022
    inLibrary
    Google Scholar

    To‘plamda Samarqand davlat chet tillar institutida o‘tkazilgan “Chet tillarni o’qitishda dolzarb muammolar, innovatsiyalar, an’analar, yechimlar va badiiy adabiyotlar tahlili” deb nomlangan Respublika miqyosidagi konferensiyada ishtirok etgan taniqli olimlar, yosh tadqiqotchilar, magistrantlar, iqtidorli talabalarning
    ma’ruzalari jamlangan. Undan o‘rin olgan ma’ruzalar o‘zbek, ingliz, rus, qoraqalpoq, nemis tillaridadir. Konferensiya materiallaridan iborat to‘plamda badiiy matnning stilistik tahlili, yechim va muammolari, xorijiy tillarni o'qitishda it teхnologiyalar, masofaviy ta'lim, elektron raqamli ta'lim, chet tillarni o'qitishda
    zamonaviy lingvistika yo'nalishlari, lingvistik tamoyillardan foydalanish, xorijiy til o'qituvchisining kasbiy kompetensiyalari hamda хorijiy tillarni o'qitishda baholash, qiyosiy adabiyotshunoslikning dolzarb masalalari, tarjimashunoslikning umumfilologik muammolari, roman-german tillari va adabiyotini o‘qitishning zamonaviy metodlari kabi sohalarga oid dolzarb masalalar yoritilgan. To‘plam til
    nazariyasi, o‘qitishning dolzarb muammolari, ta’lim-tarbiya nazariyalari, tillar o‘qitish metodikasi, xorijiy adabiyot, tarjima muammolari sohalarida ilmiy izlanish olib borayotgan mutaxassislar, tadqiqotchilar va magistrantlarga mo‘ljallangan.

  • Ko'rsatilgan yildan o'tgan yillar 2022
    inLibrary
    Google Scholar

    To‘plamda Samarqand Davlat chet tillar institutida o‘tkazilgan “Zamonaviy lingvistik tadqiqotlar: xorijiy tajribalar, istiqbolli izlanishlar va tillarni o‘qitishning innovatsion usullari” deb nomlangan xalqaro onlayn konferensiyada ishtirok etgan taniqli olimlar, yosh tadqiqotchilarning maʼruzalari jamlangan. Undan o‘rin olgan maʼruzalar o‘zbek, ingliz, nemis, rus, fransuz va xitoy tillaridadir. Konferensiya materiallaridan iborat to‘plamda germanistika va romanistikaning dolzarb muammolari, zamonaviy qiyosiy-tipologik tadqiqotlar, zamonaviy tarjimashunoslik va adabiyotshunoslik, lingvo kulturologik tadqiqotlar, lingvodidaktika va chet tili nutqiga o‘rgatishning pedagogik-psixologik tamoyillari, innovatsion pedagogik texnologiyalar va xorijiy tajribalar kabi sohalarga oid dolzarb masalalar yoritilgan.

    To‘plam til nazariyasi, frazeologiya va paremiologiya, tarjimashunoslik, taʼlim-tarbiya nazariyalari, tillar o‘qitish metodikasi sohalarida ilmiy izlanish olib borayotgan mutaxassislar, tadqiqotchilar va magistrantlarga mo‘ljallangan.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов