To‘plamda Samarqand Davlat chet tillar institutida o‘tkazilgan “Zamonaviy lingvistik tadqiqotlar: xorijiy tajribalar, istiqbolli izlanishlar va tillarni o‘qitishning innovatsion usullari” deb nomlangan xalqaro onlayn konferensiyada ishtirok etgan taniqli olimlar, yosh tadqiqotchilarning maʼruzalari jamlangan. Undan o‘rin olgan maʼruzalar o‘zbek, ingliz, nemis, rus, fransuz va xitoy tillaridadir. Konferensiya materiallaridan iborat to‘plamda germanistika va romanistikaning dolzarb muammolari, zamonaviy qiyosiy-tipologik tadqiqotlar, zamonaviy tarjimashunoslik va adabiyotshunoslik, lingvo kulturologik tadqiqotlar, lingvodidaktika va chet tili nutqiga o‘rgatishning pedagogik-psixologik tamoyillari, innovatsion pedagogik texnologiyalar va xorijiy tajribalar kabi sohalarga oid dolzarb masalalar yoritilgan.
To‘plam til nazariyasi, frazeologiya va paremiologiya, tarjimashunoslik, taʼlim-tarbiya nazariyalari, tillar o‘qitish metodikasi sohalarida ilmiy izlanish olib borayotgan mutaxassislar, tadqiqotchilar va magistrantlarga mo‘ljallangan.