Укрепление правовых основ коопереации – как условия социального-экономического развития

  • Исследовательский институт правовой политики при Министерстве юстиции Республики Узбекистан
CC BY f
33-49
14
5
Поделиться
Сафарова, А. (2022). Укрепление правовых основ коопереации – как условия социального-экономического развития. Укрепление правовой базы кооперативов как факторсоциально-экономического развития, 1(1), 33–49. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/framework_of_cooperatives/article/view/13377
Адиба Сафарова, Исследовательский институт правовой политики при Министерстве юстиции Республики Узбекистан

Главный консультант

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Кооперативы играют важную роль в социально-экономическом развитии страны. За последние годы в нашей стране принято около 10 нормативно-правовых актов по развитию кооперативов. В основном они направлены на выращивание и переработку хлопка-сырца, фруктов и овощей, развитие производственной кооперации, расширение сотрудничества предприятий и населения. Однако, если сравним процессы развития коопераций в зарубежных странах, можем убедиться, что становлении и развитие данной сферы в нашей стране пока находится в нсудовлитворительном состоянии.
Это связано с тем, что наше национальное законодательство, регулирующее деятельность кооперативов, не соответствует современным требованиям и международным стандартам, все еще сохраняется значительное вмешательство государства в деятельность кооперативов, отсутствуют механизмы поощрения их инициатив.
В статье анализируются факторы, влияющие на развитие кооперативов, на основе практики и опыта зарубежных стран даются рекомендации по совершенствования законодательства.


background image

33

Safarova Adiba Shuxrat qizi

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy siyosat tadqiqot

instituti bosh maslahatchisi

KOOPERATSIYALARNING HUQUQIY ASOSLARINI MUSTAHKAMLASH

– IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISH OMILI SIFATIDA

------------------------------------------------------

Safarova Adiba Shukhrat kizi

Head consultant of Research Institute of Legal Policy under

the Ministry of Justice of the Republic of Uzbekistan

STRENGTHENING THE LEGAL FRAMEWORK OF COOPERATIVES AS

A FACTOR OF SOCIO-ECONOMIC DEVELOPMENT

------------------------------------------------------

Сафарова Адиба Шухрат кизи

Главный консультант Исследовательский институт правовой политики

при Министерстве юстиции Республики Узбекистан

УКРЕПЛЕНИЕ ПРАВОВЫХ ОСНОВ КООПЕРЕАЦИИ – КАК

УСЛОВИЯ СОЦИАЛЬНОГО-ЭКОНОМИЧЕСКОГО РАЗВИТИЯ

------------------------------------------------------

Kooperatsiyalarning huquqiy asoslarini mustahkamlash – ijtimoiy-iqtisodiy

rivojlanish omili sifatida

Annotatsiya.

Kooperatsiyalar mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida

muhim o‘rin tutadi. Mamlakatimizda ham so‘nggi yillarda kooperatsiyalarni
rivojlantirish maqsadida 10 ga yaqin normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Ular,
asosan, paxta xomashyosini yetishtirish va qayta ishlash, meva-sabzavotchilik, sanoat
sohasidagi kooperatsiyalarni rivojlantirish, tadbirkorlik subyektlari va aholi o‘rtasida
kooperatsiyalarni kengaytirishga qaratilgan. Biroq, mamlakatimiz iqtisodiyotida
kooperatsiyalarning o‘rnini xorijiy davlatlar bilan qiyoslaganda salbiy baholash
mumkin. Bunga kooperatsiyalar faoliyatini tartibga soluvchi milliy qonunchiligimiz
xalqaro standartlar talablariga javob bermasligi,

mazkur sohada davlat

aralashuvlarining saqlanib qolganligi, kooperatsiyalarga a’zolikni rag‘batlantiradigan
mexanizmlar mavjud emasligi kabi omillar sabab bo‘lmoqda.


background image

34


Maqolada kooperatsiyalarning rivojlanishiga ta’sir qiluvchi omillar tahlil

qilingan bo‘lib, mavjud amaliyot va xorijiy davlatlar tajribasi asosida qonunchilikka
takliflar berilgan.

Kalit so‘zlar:

kooperatsiya, kooperatsiyaga a’zolik, kooperativ mulk,

ixtiyoriylik, boshqaruv, ro‘yxatga olish, sanoat kooperatsiyasi, aholi bandligi

Аннотация.

Кооперативы играют важную роль в социально-

экономическом развитии страны. За последние годы в нашей стране принято
около 10 нормативно-правовых актов по развитию кооперативов. В основном
они направлены на выращивание и переработку хлопка-сырца, фруктов и
овощей, развитие производственной кооперации, расширение сотрудничества
предприятий и населения. Однако, если сравним процессы развития коопераций
в зарубежных странах, можем убедиться, что становлении и развитие данной
сферы в нашей стране пока находится в неудовлитворительном состоянии.

Это связано с тем, что наше национальное законодательство,

регулирующее деятельность кооперативов, не соответствует современным
требованиям и международным стандартам, все еще сохраняется значительное
вмешательство государства в деятельность кооперативов, отсутствуют
механизмы поощрения их инициатив.

В статье анализируются факторы, влияющие на развитие кооперативов, на

основе практики и опыта зарубежных стран даются рекомендации по
совершенствования законодательства.

Ключевые слова:

кооператив, кооперативное членство, кооперативная

собственность, волонтерство, управление, регистрация, производственная
кооперация, трудоустройство.

Annotation.

Cooperatives play an important role in the socio-economic

development of the country. In recent years, our country has adopted about 10
normative legal acts for the development of cooperation. They are mainly focused on
the cultivation and processing of raw cotton, fruit and vegetables, the development of
industrial cooperation, and the expansion of cooperation between businesses and the
population. However, the role of cooperation in the economy of our country can be
evaluated negatively compared with foreign countries. This is due to the fact that our
national legislation regulating the activities of cooperatives is not suitable the
requirements of international standards, government intervention in this area is
preserved, and there are no mechanisms to encourage membership in cooperatives and
so on.


background image

35

The article analyzes the factors influencing the development of cooperatives and

makes recommendations for legislation based on existing practices and the experience
of foreign countries.

Keywords:

cooperative, cooperative membership, cooperative property,

volunteerism, management, registration, industrial cooperation, employment


Kooperatsiyalar mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida muhim o‘rin tutadi.

Ma’lumot uchun: Kooperatsiya

- bu qonuniy umumijtimoiy yoki iqtisodiy maqsadga erishish

uchun ixtiyoriy ravishda birlashgan, talab qilinadigan kapitalga teng ulushlarni qo‘shgan va
tavakkalchilik va foydalarning adolatli ulushini qabul qilgan, umumiy qabul qilingan kooperatsiya
tamoyillariga muvofiq ish olib boruvchi shaxslarning belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan
birlashmasi.

Xususan, mutaxassislarning fikriga ko‘ra,

kooperatsiyalarning iqtisodiyotga

ijobiy ta’siri

quyidagilar bilan baholanadi:

- ishlab chiqarish, marketing, kommunal xizmatlar, transport, kredit, sug‘urta,

qishloq xo‘jaligi, xizmat ko‘rsatish kabi sohalarda tadbirkorlarning mehnat
unumdorligini oshiradi;

- muayyan turdagi mahsulotni ishlab chiqarishdan to tayyor mahsulot

ko‘rinishiga kelgunga qadar bo‘lgan bosqich bir kooperatsiya atrofida birlashganligi
natijasida chakana narxlarni pasaytiradi;

- tadbirkorlarning o‘zaro birlashishi ishlab chiqarishga yangi texnologiyalarni

jalb qilish, innovatsion uslublarni qo‘llash, tovarlarni xalqaro bozorga olib chiqish
imkonini yaratadi;

- kichik va o‘rta biznes vakillarining kooperatsiyalarga birlashib, yirik

tadbirkorlik subyektlari bilan o‘zaro raqobat muhitiga kirishishi monopoliyani oldini
oladi, bozor raqobatbardoshligini oshiradi;

- qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratilib, aholi bandligini ta’minlaydi.
Ijtimoiy jihatdan, kooperatsiyalar kam ta’minlangan, ishsiz fuqarolarni qo‘llab-

quvvatlash vazifasini bajaradi.

Shu sababli kooperatsiyalar faoliyati xorijiy davlatlarda ancha keng rivojlangan.

Jumladan, Xalqaro kooperativ alyans (International Co-operative Alliance)
ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘ylab

1 mlrddan

ortiq odam kooperativlarga

a’zodirlar. A’zolarining eng ko‘p soni – 305,6 mln a’zolarga va 30,000 ga yaqin
kooperativlarga ega AQSHga to‘g‘ri keladi. Kanadada har uchinchi fuqaro kooperativ
a’zosi hisoblanadi. Fransiyada kooperativlar fuqarolarni

700 ming

ish o‘rni bilan

ta’minlaydi. Yaponiyada fermerlarning

91%

i kooperativlar asosida tashkil etilgan.

Quvaytda chakana savdoning

80%

i iste’mol kooperativlari tomonidan amalga

oshiriladi.


background image

36

Dunyodagi eng yirik kooperativ korxonalarning jami daromadi

1.6 trln

AQSH

dollarini tashkil qiladi. Xalqaro mehnat tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, moliyaviy
kooperativlar

857 mln

kishiga (dunyo aholisining 13%i) xizmat qiladi, qishloq

xo‘jaligi kooperativlari qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining

50 %

ini ishlab chiqaradi.

Mamlakatimizda ham so‘nggi yillarda kooperatsiyalarni rivojlantirish

maqsadida 10 ga yaqin normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Ular, asosan, paxta
xomashyosini yetishtirish va qayta ishlash, meva-sabzavotchilik, sanoat sohasidagi
kooperatsiyalarni rivojlantirish, tadbirkorlik subyektlari va aholi o‘rtasida
kooperatsiyalarni kengaytirishga qaratilgan.

Jumladan, tomorqa yer maydonlaridan samarali va oqilona foydalanish hamda

tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash orqali aholini, ayniqsa ishsiz va
ijtimoiy ehtiyojmand aholi qatlami bandligiga ko‘maklashish maqsadida kooperativlar
tashkil etishni davlat tomonidan rag‘batlantirish mexanizmlari yo‘lga qo‘yildi.

Ma’lumot o‘rnida:

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

huzuridagi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan

2020-2021-yillar

davomida jami

697 ta

kooperativlar tashkil etilgan bo‘lib,

33 669 nafar

ishsiz fuqarolarning bandligi

ta’minlangan.

Qayd etish kerakki, kooperativlar tashkil etishni rag‘batlantirish va qo‘llab-

quvvatlash iqtisodiyot tarmoqlarining rivojlanishiga, ayniqsa, qishloq xo‘jaligi
resurslaridan samarali foydalanish orqali aholi daromadini oshirishga sezilarli ta’sir
etadi.

Biroq, mamlakatimiz iqtisodiyotida kooperatsiyalarning o‘rnini xorijiy davlatlar

bilan qiyoslaganda salbiy baholash mumkin.

Taqqoslash uchun:

Italiyada –

54 096,

Fransiyada –

62 041

, Germaniyada –

66 900

,

Ispaniyada –

58 279

ta kooperativlar

faoliyat yuritadi.

Ta’kidlash kerakki, tabiiy resurslar, mulkiy munosabatlar, huquqiy

mexanizmlar, biznes muhit, investitsiya oqimi, ishlab chiqarish infratuzilmasi,
iqtisodiy erkinlik kabilar kooperatsion jarayonlarni rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar
hisoblanadi.

Shu nuqtayi nazardan o‘rganish natijalariga ko‘ra, respublikamiz iqtisodiyotida

kooperatsiyalar faoliyati samaradorligi pastligiga ular faoliyatini tartibga soluvchi
qonunchilik xalqaro standartlar talablariga javob bermasligi, mazkur sohada davlat
aralashuvlarining saqlanib qolganligi, kooperatsiyalarga a’zolikni rag‘batlantiradigan
mexanizmlar mavjud emasligi kabi omillar sabab bo‘layotganligi aniqlandi. Xususan:

I. Kooperativlar faoliyatini tashkil etishdagi huquqiy va tashkiliy

kamchiliklar.

1. Kooperativlar faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik xalqaro

standartlar talablariga javob bermaydi.


background image

37

Ma’lumot o‘rnida:

Xorijiy davlatlarda kooperativ qonunlarning 2 turi amal qiladi: barcha

turdagi kooperativlar uchun umumiy qonun yoki tarmoq qonunlar.

Bunda umumiy qonun mavjud davlatlarda tarmoq qonunlar amal qilmaydi. Masalan,

Janubiy

Koreyada

muayyan sohani (qishloq xo‘jaligi, chorvachilik, baliq ovlash, kredit) tartibga soluvchi

tarmoq qonunlar amal qiladi.

Xitoy, Germaniya, Kanada, Malayziya, Fillipin

kabi davlatlarda

kooperativ munosabatlar faqat umumiy qonunlar bilan tartibga solingan.

Mamlakatimizda kooperatsiyalar faoliyati

umumiy va tarmoq

qonunchilik

hujjatlari bilan tartibga solinadi. Ya’ni, 1991-yil 14-iyunda qabul qilingan

“Kooperatsiya to‘g‘risida”gi

O‘zbekiston Respublikasining Qonuni kooperatsiyalar

faoliyatini tartibga soluvchi umumiy qonun hisoblanadi. Bundan tashqari,
kooperatsiyalar faoliyatiga doir o‘ndan ortiq tarmoq qonunchilik hujjatlari ham
mavjud. Jumladan, Fuqarolik kodeksi, Yer kodeksi, “Qishloq xo‘jaligi kooperativi
(shirkat xo‘jaligi) to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-martdagi “Meva-sabzavotchilik sohasida
qishloq xo‘jaligi kooperatsiyasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–
4239-son qarori va boshqa qonunchilik hujjatlarini misol sifatida keltirish mumkin.

Biroq, kooperatsiya sohasidagi huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi

normativ-huquqiy hujjatlarning ko‘pligi mavjud normalarni amaliyotda qo‘llash
jarayonida muammolarning kelib chiqishiga sabab bo‘lmoqda.

Xususan, qonunchilikdagi kamchiliklar sababli qishloq xo‘jaligini jadal

rivojlantirish, uning iqtisodiy samaradorligini oshirish, qishloq aholisining turmush
sharoitini yanada yaxshilash, ularning manfaatdorligini ta’minlashning zamonaviy
usuli bo‘lgan – klasterlarning kooperatsiyalar sifatida faoliyat yuritishi huquqiy
jihatdan mustahkamlanmagan.

Shuningdek, kooperatsiyalar faoliyatini tartibga soluvchi umumiy qonun –

“Kooperatsiya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni bugungi kun
talablariga, xususan Xalqaro kooperativ ittifoqi tamoyillari va tavsiyalariga javob
bermaydi. Mazkur Qonun

16 moddadangina

iborat bo‘lib, uning qoidalari umumiy

xarakterga ega, kooperatsiya a’zolarining manfaatlarini ifoda etmaydi hamda davlat
nazoratini belgilash bilan chegaralangan.

Ma’lumot o‘rnida:

Xitoyning “Kooperatsiyalar to‘g‘risida”gi qonuni (Cooperatives Act) 9

bo‘lim, 77 moddadan iborat. Germaniyaning “Kooperatsiyalar to‘g‘risida”gi qonuni (Cooperative
Law) 10 bo‘lim, 174 moddadan iborat.

Jumladan, mazkur Qonunda

kooperativlar faoliyatinining asosiy prinsiplari

aks etmagan. Shu sababli uning qoidalari ham mazmunan umumqabul qilingan
prinsiplarga mos kelmaydi.

Ma’lumot o‘rnida:

Xorijiy davlatlar qonunchiligida kooperativlar faoliyatining asosiy

prinsiplari sifatida quyidagilar keltirilgan:

- ixtiyoriy va ochiq a’zolik;


background image

38

- a’zolarni demokratik boshqarish;
- foyda yoki zararni qoplashda a’zolarning iqtisodiy ishtiroki va hissasi;
- biznesning mustaqilligi va a’zolari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning ochiqligi;
- kooperativlar o‘rtasidagi hamkorlik va jamiyat uchun g‘amxo‘rlik.

Masalan, ushbu Qonunda a’zolarni demokratik boshqarish xususiyatlari va

a’zolar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning ochiqligiga oid qoidalar mavjud emas. Bu o‘z
navbatida, a’zolarda o‘zaro ishonch va hamkorlik munosabatlari shakllanmasligiga,
ularning kooperatsiya faoliyatida ishtiroki cheklanishiga olib kelmoqda.

Shuningdek, Xalqaro kooperativ ittifoqi tavsiyalariga ko‘ra, kooperativ

qonunchilikda

kooperativ mulk

va

kooperativning zahira fondini

shakllantirish, uni

taqsimlash va foydalanish masalalari to‘liq tartibga solinishi lozim.

Qayd etish lozimki, “Kooperatsiya to‘g‘risida”gi Qonunda bu masalalar

yetarlicha tartibga solinmagan. Ushbu Qonunning 4-moddasi kooperativning
mulkdorlari va mol-mulki masalariga bag‘ishlangan. Biroq, moddada umumiy
masalalar, ya’ni, kooperativning mustaqil balansida o‘z ifodasini topadigan asosiy
fondlar, aylanma mablag‘lari, pay badallari, shuningdek, boshqa boyliklar kooperativ
mulki hisoblanishi kabi qoidalar belgilangan xolos.

Zahira fondlar haqidagi qoidalar esa mavjud emas.
Xorijiy davlatlar, jumladan Germaniyada kooperatsiyalarning zahira fondlaridan

investitsiya faoliyatini amalga oshirish, a’zolarga ssudalar berish kabi maqsadlarda
foydalanish mumkin.

Qolaversa, qonun hujjatlarida kooperatsiya munosabatlarini tashkil etish,

kooperatsiyaga a’zolik va a’zolikdan chiqish, a’zolik badalini to‘lash shartlari,
dividend ulushini aniqlash va taqsimlash mexanizmlari va umuman, kooperatsiya
munosabatlari to‘liq tartibga solinmaganligi amaliyotda qator muammolarga sabab
bo‘layotganligi, kooperatsiyalar faoliyatini yo‘lga qo‘yilishida tashkiliy-iqtisodiy
(moliyaviy) va huquqiy (shartnomaviy) mexanizmlar yetarli darajada yaratilmaganligi
ko‘zga tashlanmoqda.

Umuman olganda, “Kooperatsiya to‘g‘risida”gi Qonun kooperatsiyalar

faoliyatini rivojlantirishga, ularni iqtisodiyotda rolini oshirishga xizmat qilmaydi.

2.

Kooperativlar faoliyatida davlatning nazorat funksiyalari saqlanib

qolmoqda.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Osiyo mintaqasining amaldagi kooperativ

qonunlari, avvalambor, kooperativlar davlat tomonidan ishlab chiqilgan rivojlanish
dasturlari asosida faoliyat yuritishiga qaratilgan. Biroq, ularning fikricha,

hukumatlar

kooperativlar ustidan o‘z nazoratlarini (kooperativning kundalik ishlariga
aralashish) kamaytirishi lozim.


background image

39

Ma’lumot uchun:

Xalqaro kooperativ ittifoqining Osiyo mintaqaviy direktori

P.E. Weeraman shunday degan edi: «Kooperativ harakatni rivojlantirishga hukumat qo‘shishi
mumkin bo‘lgan eng katta hissa - bu qonuniy asos va zarur kafolatlar va imtiyozlarni yaratadigan
qonunchilikni joriy etishdir»

Mazkur xulosa O‘zbekiston uchun ham xos bo‘lmoqda. Jumladan, O‘zbekiston

Respublikasi Prezidentining 2019-yil 11-dekabrdagi “Meva-sabzavotchilik va
uzumchilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish, sohada qo‘shilgan qiymat zanjirini
yaratishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4549-son qarorining 1-
bandida kam ta’minlangan oilalar bandligini ta’minlash maqsadida xalqaro moliya
institutlari mablag‘larini jalb etgan holda 2020-yilda Farg‘ona, Andijon va Namangan
viloyatlarining 22 ta tumanida

31 ta

, 2021-yilda respublika bo‘yicha

100 ta

qishloq

xo‘jaligi birlashmalari tashkil etilishi belgilangan.

Ta’kidlash kerakki, mazkur talab kooperativlar faoliyatini tashkil qilish

prinsiplariga mos kelmaydi. Sababi “Kooperatsiya to‘g‘risida”gi Qonunning
1-moddasida O‘zbekiston Respublikasida kooperatsiya jismoniy va yuridik
shaxslarning iqtisodiy hamda ijtimoiy faoliyatning turli sohalarida umumiy
maqsadlarga erishish uchun tashkiliy jihatdan rasmiylashtirilgan, mulkning shirkat
(jamoa) shakliga asoslangan

ixtiyoriy

birlashmalaridan (kooperativlaridan)

iborat

ekanligi nazarda tutilgan.

3.

Amaldagi

qonunchilik

kooperativ

a’zolarning

a’zolikdan

manfaatdorligini ta’minlamaydi.

Kooperatsiya tashkil etishning asosiy maqsadidan biri bu kooperatsiya a’zolarini

daromad bilan ta’minlash va ularning daromadlarini oshirib borishga qaratilgan
bo‘ladi. Shunga ko‘ra, kooperativ qonunchilikda

kooperativlarning faoliyat

yuritishini rag‘batlantiradigan yoki a’zolarning manfaatdorligini oshiradigan
mexanizmlar

nazarda tutilishi lozim.

Jumladan, ushbu imkoniyat va imtiyozlar quyidagilardan iborat bo‘lishi

mumkin:

- Zahira fondlarini o‘z ichiga olgan kooperativ kapital ulushi, hissasi yoki

a’zoning ulushi sud tomonidan musodara qilinishi yoki sotilishi mumkin emas
(Malayziya);

- Kooperativdagi har qanday aksiyalar, jamiyat tomonidan berilgan qarzlar yoki

uning foizlari deklaratsiya qilinmaydi (Buyuk Britaniya);

- Hukumat ustav kapitaliga xayriya mablag‘lari ajratishi, kreditlar berishi, qarz

va foizlarni to‘lashni kafolatlashi va ustav kapitalining dividendlari qaytarilishini
kafolatlashi mumkin (Hindiston);

- A’zolar soni kam bo‘lgan yoki keng jamoatchilik bilan muomala qilmaydigan

kooperativlar har qanday turdagi davlat soliqlaridan ozod qilinadi (Fillipin);


background image

40

- Kooperativlar shtamp boji, ro‘yxatdan o‘tish boji va boshqa davlat bojlari

to‘lashdan ozod qilinadi (Shri-Lanka);

- Kooperatsiyalar daromad yoki tadbirkorlik solig‘idan ozod qilinishi mumkin

(Xitoy).

Biroq, bundan mexanizmlar qonunchiligimizda nazarda tutilmagan.

Ma’lumot uchun:

O‘rganishlar davomida Norin tumanida tashkil etilgan “XOLIS MADAD

CHORVA” ishlab chiqarish kooperativida

1 nafar

hamda Yangiqo‘rg‘on tumanida tashkil etilgan

“O‘ZAK AGRO KLASTER” ishlab chiqarish kooperativida

2 nafar

a’zolar mavjudligi aniqlangan.

4. Kooperatsiyalar to‘g‘risida aholi bilim darajasi kam, tadbirkorlarda

o‘zaro ishonch munosabatlari shakllanmagan.

Kooperatsiyalar faoliyatining samaradorligiga salbiy ta’sir qiluvchi omillar

qatoriga aholining kooperatsiyasi to‘g‘risidagi bilim darajasi yetarli emasligi, o‘zaro
hamkorlik munosabatlarini o‘rnatish va erkin birlashishga ruhiy (psixologik) jihatdan
tayyor emaslik kabilarni ham kiritish mumkin.

Kooperatsiya munosabatlarini tashkil etish, uning afzalligi, erishiladigan

yutuqlar, kooperatsiya munosabatlarini rivojlantirish bo‘yicha xorijiy davlatlarning
zamonaviy ilg‘or tajribalari yetarlicha targ‘ibot qilinmaydi. Qonunchilikda ham
tadbirkorlarda o‘zaro ishonch munosabatlarini shakllantirish borasida aniq
mexanizmlar nazarda tutilmagan.

Xorijiy davlatlar, jumladan,

Xitoyning

“Kooperatsiyalar to‘g‘risida”gi qonuni

71-moddasida davlat organlari kooperativlarni rivojlantirish uchun kooperativlarni
targ‘ib qilish, kooperativ ta’lim va o‘qitishni tashkil qilish, kooperativlarga moliyaviy
rag‘batlantirish kabi usullardan foydalanishi belgilangan.

Shuningdek, tadbirkorlarda o‘zaro ishonch munosabatlarini shakllantirish uchun

qonuniy mexanizmlar sifatida quyidagilar keltirilgan:

- A’zolarning kooperatsiyaga kirishi va chiqishi uchun asoslar;
- A’zolikdan chiqish haqidagi xabarning uch oy oldin berilishi;
- Kooperativ a’zo boshqa a’zolarning firibgarlik yoki insofsiz harakat

qilganligini aniqlansa, sud tomonidan yetkazilgan zararni undirib olishi mumkinligi va
h.k.

Shu sababli kooperatsiya ishtirokchilari bo‘lgan subyektlar, jumladan, fermer va

dehqon xo‘jaligi rahbarlari, tomorqa yer egalari yoki boshqa shu sohadagi
tadbirkorlarning huquqiy hamda biznes sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini
rivojlantirish zarur.

5. A’zolarda kooperatsiyani boshqarish ko‘nikmalarini shakllantiruvchi

mexanizmlar mavjud emas.

Kooperatsiya munosabatlariga asoslangan kooperativ korxonalarni va uning

a’zolari o‘rtasidagi munosabatlarni manfaatli tashkil etishda mutaxassislarning


background image

41

kooperativlarni boshqarish bo‘yicha yetarli bilim va ko‘nikmalarga egaligi muhim
ahamiyatga ega. Kooperativ a’zolari o‘z maqsadlariga erishish uchun boshqaruv va
buxgalteriya oid ko‘nikmalarga ega bo‘lishi lozim. Buning uchun kooperatsiya
boshqaruvi tizimli va samarali tashkil etilishi muhim ahamiyatga ega.

Ammo, kooperativlarni boshqarish bilan bog‘liq amaldagi tartib xalqaro

standartlarga mos kelmaydi. Jumladan, “Kooperatsiya to‘g‘risida”gi Qonunning
9-moddasida kooperativning oliy boshqaruv idorasi umumiy yig‘ilish, konferensiya,
syezd bo‘lib, ular kooperativ raisini (boshqaruvini), taftish komissiyasini (taftishchini)
saylashi va ularga kooperativni boshqarish bo‘yicha o‘z vakolatlarini topshirishi
belgilangan. Boshqaruvning boshqa shakllari nazarda tutilmagan.

Xalqaro amaliyot kooperativ boshqaruv beshta element bo‘yicha tasniflanishi

lozimligini ko‘rsatadi. Bular bosh assambleya,

boshqaruv raisi, ijroiya kengashi

yoki kuzatuv kengashi, taftish, qo‘mitalardan

iborat. Xorijiy davlatlarning

kooperativ qonunchiligida kooperativ boshqaruvning barcha turi mavjud hamda
ularning faoliyati, vakolatlari va funksiyalari qonun darajasida belgilab qo‘yilgan.
Boshqaruvning mazkur tuzilishi a’zolarda kooperatsiyani boshqarish ko‘nikmalarini
shakllantirishga qaratilgan.

6.

Kooperativlarni ro‘yxatga olish tizimli tartibga solinmagan.

“Kooperatsiya to‘g‘risida”gi Qonunning 5-moddasida

kooperativning ustavi

kooperativ ta’sis etishni istagan fuqarolarning umumiy yig‘ilishida yoki yuridik
shaxslar muxtor vakillarining yig‘ilishida qabul qilinishi va kooperativ joylashgan
yerdagi hokimlikda ro‘yxatga olinishi belgilangan bo‘lsada,

kooperativlarni

ro‘yxatga olishni tartibga soluvchi maxsus qonunchilik hujjati

mavjud emas.

“Kooperatsiya to‘g‘risida”gi qonunda ham kooperativlarni ro‘yxatdan o‘tish tartibi
belgilab qo‘yilmagan. Mazkur holat ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga ixtiyoriy
vakolatlar berishi, bu o‘z navbatida, kooperativlar faoliyatida turli amaliy
muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.

II. Kooperatsiyalarni rivojlantirishda tarmoqlararo kamchiliklar.
1. Qishloq xo‘jaligi tarmoqlarida kooperatsiyalar faoliyatini tashkil

etishdagi kamchiliklar.

Bugungi kun qishloq xo‘jaligi sohasida eng dolzarb masalalardan biri qishloq

xo‘jaligida mahsulot yetishtiruvchi xo‘jaliklar bilan ularning mahsulotlarini
tayyorlash, qayta ishlash, sotish, xizmat ko‘rsatish, ta’minot tizimidagi barcha xo‘jalik
subyektlari o‘rtasida teng manfaatlar asosida, adolat va oshkora iqtisodiy hamkorlikni
shakllantirish zarur hisoblanadi.

Biroq, qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish kooperatsiyalari faoliyati tahlili

fermer, dehqon, tomorqa xo‘jaliklarini kooperatsiya a’zoligiga biriktirishga, klasterlar


background image

42

faoliyatida kooperatsiya munosabatlarini shakllantirishga ma’muriy- boshqaruv,
tashkiliy omillar salbiy ta’sir etayotganligini ko‘rsatmoqda.

Birinchidan

, qishloq xo‘jaligi sohasini boshqaruv tashkilotlari fermer xo‘jaligi,

agroklasterlarning qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, ekinlarni joylashtirish,
uning maydoni va boshqa yo‘nalishlarda shu jumladan, infratuzilma subyektlari bilan
shartnoma tuzish jarayonlarida bevosita ishtirok etadilar (

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar

Mahkamasining 2018-yil 19-sentabrdagi 744-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining

2021-yil 16-noyabrdagi PF-14-son Farmoni

).

Qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish va mahsulot yetishtirish hajmlarini

tegishli boshqaruv tashkilotlari va tuzilmalar tomonidan belgilanishi, pirovard natijada,
yetishtirilgan mahsulotni sotish jarayonigacha bo‘lgan bosqichlarni ham ular
tomonidan nazoratga olinishiga, xo‘jaliklar faoliyati ustidan mavsum davomida
monitoring olib borilishiga sabab bo‘ladi.

Ikkinchidan

, qishloq xo‘jaligi korxonalarining umumiy faoliyatlarini

birlashtirib, ularni kooperatsiya asosida faoliyat yuritishi afzalligini asoslab beradigan,
shuningdek,

birlamchi

tashkiliy tuzilmalar o‘rtasida iqtisodiy hamkorlik

munosabatlarini o‘rnatishga yordam ko‘rsatadigan

davlat yoki nodavlat tuzilmalar

faoliyati yo‘lga qo‘yilmagan.

Shuningdek, kooperatsiya munosabatlari sharoitida xo‘jalik subyektlari

o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar, ularning daromadlar va xarajatlari, kooperatsiyalarning
yil yakuniy natijalari bo‘yicha YIM ulushi va boshqa shu kabi

ma’lumotlar

statistikasi

yuritilmaydi.

Uchinchidan

, paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyati tahlili erishilgan ijobiy

natijalar bilan bir qatorda hal etilishi lozim bo‘lgan qator muammolar ham
mavjudligini ko‘rsatmoqda.

Jumladan, paxta-to‘qimachilik klasterlarini moliyalashtirish, ularga kreditlar

ajratishning amaldagi tartibini takomillashtirish va bozor talablariga javob beradigan
yangi kreditlash mexanizmini yaratish zarur.

Paxta-to‘qimachilik klasterlari rahbarlarining fikricha, paxta-to‘qimachilik

klasterlarini moliyalashtirishning amaldagi tizimida, ya’ni, ishlab chiqarish va
moliyalashtirish muddati o‘rtasida

tafovut

mavjud. Xususan, bugungi kunda ishlab

chiqarish uzluksizligini ta’minlash uchun kreditlar

1-1.2

yil

muddatga berilmoqda

(O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 10.11.2021 yildagi PQ-2-son qarori).

Vaholanki, paxta xomashyosini birlamchi va chuqur qayta ishlash yo‘li bilan

yerni tayyorlash, ekish, hosilni yig‘ishtirib olish, yuqori qo‘shimcha qiymatga ega
tayyor mahsulot ishlab chiqarish, ularni ichki va tashqi bozorda sotish

3-3.5 yil

davom

etadi.


background image

43

Xulosa qilganda, qishloq xo‘jaligida kooperatsiya munosabatlarini davlat

tomonidan iqtisodiy va huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari to‘liq
emasligi, me’yoriy-huquqiy va tashkiliy-iqtisodiy asoslar yetarli bo‘lmaganligi
kooperatsiya munosabatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, faoliyatni yo‘lga qo‘yishdagi

muammolar va a’zolar o‘rtasidagi munosabatlarning to‘g‘ri tashkil etilmaganligi
sababli, hozirgi vaqtda rasmiylashtirilgan

94 ta

kooperatsiyadan

30 tasi

(31 foizi) o‘z

faoliyatini to‘xtatgan.

Ma’lumot uchun

: Ayni paytda qishloq xo‘jaligi sohasidagi kooperatsiyalar soni

64 ta

tashkil

etib, ularga jami

1003 ta

fermer xo‘jaliklari,

18 ta

qayta ishlash korxonalari,

15 ta

eksportyorlar

a’zo hisoblanadi hamda jami

23.2 ming ga

yer maydon biriktirilgan.

Bugungi kunda faoliyat yurituvchi kooperatsiyalarning jami yillik qayta ishlash quvvati

11,2

ming

tonna, quritish quvvati

2 ming

tonna, muzlatkich omborxonalar quvvati esa

11,3 ming

tonnani

tashkil etmoqda.

2. Kooperatsiyalarning iqtisodiyotning turli tarmoqlarida rivojlanishi

uchun yetarli tashkiliy-huquqiy asoslar yaratilmagan.

Yuqorida keltirilganidek, kooperatsiyalar ishlab chiqarish, marketing,

kommunal xizmatlar, transport, kredit, sug‘urta, qishloq xo‘jaligi, xizmat ko‘rsatish
kabi sohalarda muhim ahamiyatga ega.

Masalan, rivojlangan mamlakatlarda

sanoat kooperatsiyasi

ishlab chiqarish

samaradorligini oshirish va umumiy iqtisodiy o‘sishni ta’minlashning iqtisodiy
vositalardan biri hisoblanadi.

Yaponiya, AQSh, Germaniya, Fransiya, Italiya, Ispaniya, Turkiya

kabi

mamlakatlarda iqtisodiy rivojlanishning yuqori sur’atlarini ta’minlovchi tarkibiy
qismlardan biri bu - sanoat kooperatsiyasi va unga xizmat qiluvchi subpudratchilar
hisoblanadi.

Jumladan, Yaponiya tajribasiga ko‘ra, 1980-yillarning boshidayoq kooperatsiya

faoliyati asosida ish yurituvchi kichik firmalarning ulushi

65%

ni tashkil etgan bo‘lsa,

elektronika sanoatida bu ko‘rsatkich

86%

ga yetgan.

Biroq, mamlakatimizda sanoat kooperatsiyasining rivojlanganlik holati

qoniqarli darajada emas.

Xususan, bugungi

kunga qadar elektron kooperatsiya portalida (cooperation.uz)

jami

94 ming

ishtirokchi ro‘yxatdan o‘tgan. Portalga joylashtirilgan tovarlar soni

qariyib

184 ming

tani tashkil etgan.

Mutaxassislarning fikricha, O‘zbekistonda sanoat sohasida kooperatsiya

faoliyatini rivojlantirishdagi asosiy muammolar quyidagilardan iborat bo‘lmoqda:

yirik sanoat tarmoqlarida davlat ulushining saqlanib qolganligi;


background image

44

xo‘jalik

subyektlari

tomonidan

xalqaro

bozorlarga

chiqish

imkoniyatlaridan samarali foydalanmaslik;

kooperatsiyalarga a’zolikni rag‘batlantiradigan iqtisodiy mexanizmlarni

mavjud emasligi;

xorijiy mamlakatlar bilan sanoat kooperatsiyalarini tashkil etishdagi

muammolarning mavjudligi;

mahalliylashtirish dasturlarini ishlab chiqish hamda investitsion

loyihalarni amalga oshirishda hududiy nomutanosiblikning mavjudligi;

ishlab chiqarish korxonalarini mahalliylashtirish dasturiga kiritish

jarayonlarining murakkabligi;

hududlardagi ishlab chiqarish infratuzilmalarining rivojlanmaganligi;

qishloq xo‘jaligi va sanoat korxonalari kooperatsiyasini bog‘laydigan

tizimning mavjud emasligi;

ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish sohalari o‘rtasida kooperatsiyani

kengaytiradigan va rag‘batlantiradigan mexanizmlarning mavjud emasligi.

3.

Aholi bandligini ta’minlash sohasida kooperativlar faoliyatini tashkil

etishdagi kamchiliklar.

Bugungi kunda ishsiz va band bo‘lmagan aholi kooperativlar ustav fondiga

ulushdor sifatida kiritilib, ularning bandligigiga ko‘maklashish maqsadida Bandlikka
ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan subsidiyalar berish
mexanizmidan ta’sirchan va samarali chora sifatida foydalanilmoqda.

Ya’ni, ishsiz va ish qidirayotgan, shuningdek ijtimoiy ehtiyojmand aholi

qatlamiga mansub bo‘lgan fuqarolarning bandligini ta’minlash maqsadida kooperativ
tashkil etmoqchi bo‘lgan muassisga mazkur shaxslarni kooperativ ustav fondiga
(jamg‘armasiga) ulush sifatida kiritish uchun — har bir a’zoga bazaviy hisoblash
miqdorining

10 baravari

miqdorida subsidiya ajratish tizimi yo‘lga qo‘yilgan

(O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-maydagi PQ-4716-son qarori).

Biroq, mazkur sohada ham ayrim muammolar ko‘zga tashlanmoqda:

Birinchidan

, kooperativlarga a’zo bo‘lgan ishsiz shaxslar ishga qabul qilish

to‘g‘risidagi buyruq va mehnat shartnomasisiz a’zo bo‘ladilar. Bu esa mehnat
munosabatlariga kirishmaganligi sababli ikki tomonning mehnat huquqlari va
majburiyatlarini belgilamasligi natijasida daromadga ega bo‘lishini ta’minlamaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan olib
borilgan monitoring natijalariga ko‘ra, aksariyat kooperativlar a’zo bo‘lgan shaxslar
uchun Davlat soliq organlari tomonidan yagona ijtimoiy to‘lov to‘lamagan holatlari
aniqlangan. Bu esa a’zo bo‘lgan shaxsning ijtimoiy himoyasini, ya’ni pensiya yoshiga
yetganda, pensiya ta’minotini kafolatlamaydi. Shuningdek, davlat ijtimoiy sug‘urtasi


background image

45

bo‘yicha nafaqalar (vaqtincha mehnatga layoqatsizlik hamda homiladorlik va tug‘ish
bo‘yicha) to‘lanishi ham kafolatlanmaydi.

Ikkinchidan

, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil

20-apreldagi 225-son “Davlat mablag‘lari hisobidan band bo‘lmagan aholiga
berilayotgan subsidiya, grant, nafaqa va boshqa to‘lovlarning maqsadli va samarali
ishlatilishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida 2021-yil
1- maydan boshlab 28 ta tuman va shaharlarda sinov tariqasida Davlat mablag‘lari
hisobidan band bo‘lmagan aholiga berilayotgan subsidiya, grant, nafaqa va boshqa
to‘lovlarning maqsadli va samarali ishlatilishini ta’minlash maqsadida

ijtimoiy

shartnomalar

tuzish joriy etildi. Mazkur ijtimoiy shartnomaning bandlariga ko‘ra

kooperativlar ustav fondiga ulush sifatida kiritish uchun ajratilgan subsidiya hisobiga
ishlab chiqarish jarayonlarida kooperativ a’zosi sifatida faol ishtirok etish majburiyati
belgilangan. Ishsiz tomonidan uzrsiz sabablarga ko‘ra kontrakt shartlari bajarilmagan
taqdirda, shartnoma bekor qilingan kundan e’tiboran o‘n ikki oygacha ushbu shaxs
bilan shartnoma tuzilmasligi belgilangan. Bu esa shartnoma shartlari bajarilmasligi
munosabati bilan fuqaro 12 oy davomida Bandlik xizmatlaridan (ishsizlik nafaqasi,
subsidiyalar, stipendiyalar va b.) foydalana olmasligini anglatadi.

Uchinchidan

, ishsiz sifatida ro‘yxatga olingan shaxslar kooperativlarga a’zo

sifatida qabul qilingandan so‘ng, yetakchi tadbirkor tomonidan ko‘p o‘tmay
kooperativni tugatish va a’zolarga turli vajlar bilan subsidiya sifatida ajratilgan
ulushlarni qaytarib berilmasligi holatlari uchramoqda.

Kooperativlar soni 2020-yilda

469 ta

tashkil etilgan bo‘lsa, ularga ajratilayotgan

mablag‘lardan samarali foydalanish bo‘yicha olib borilgan nazorat-taftish natijasida
2021-yilda ular soni

228 taga

tushib qolgan.

Yuqorida keltirilgan muammolar va qonunchilikdagi kamchiliklar natijasida

jismoniy va yuridik shaxslarning kooperativlarga birlashuvi sezilarli darajada kamayib
ketgan, ularning kooperativlarga a’zolikdan manfaatdorligi yo‘qolgan.

Ta’kidlash kerakki, kooperativlar faoliyatini tartibga soluvchi qonunni qabul

qilishdan maqsad kooperativlarga huquqiy maqom berish va ularning ishlashiga
ko‘maklashish bo‘lishi, shuningdek, qonun kooperativlarning ixtiyoriy birlashmalar
sifatida va umumiy qabul qilingan kooperatsiya tamoyillariga muvofiq ishlashini
ta’minlashi lozim.

Xorijiy davlatlar qonunchiligini o‘rganish natijalari.

Kooperatsiyalar faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilikni o‘rganish maqsadida

Yaponiya, Janubiy Koreya, Germaniya, Xitoy, Hindiston, Malayziya, Kanada,
Fillipin

kabi davlatlar qonunchiligi o‘rganildi.


background image

46

Masalan, Xitoyning “Kooperatsiyalar to‘g‘risida”gi qonuni (Cooperatives Act)

9 bo‘lim, 77 moddadan iborat. Germaniyaning “Kooperatsiyalar to‘g‘risida”gi qonuni
(Cooperative Law) 10 bo‘lim, 174 moddadan iborat. Mazkur davlatlarda kooperativlar
faoliyatini tartibga soluvchi qonunning qoidalari, asosan, quyidagi tarkibiy tuzilishga
ega:

- Kooperatsiya tushunchasi, predmeti va kooperatsiya tamoyillari;
- Kooperatsiyalarni ro‘yxatdan o‘tish tartibi;
- A’zolik, a’zolarning huquq va majburiyatlari;
- Kooperatsiyani boshqarish;
- Mablag‘lar, kapital masalalari;
- Kooperatsiyani qayta tashkil qilish va tugatish;
- Kooperatsiyalar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish;
- Nizolarni hal qilish;
- Jazo masalalari.
Xorijiy davlatlar qonunchiligini tahlil qilish ushbu davlatlarda kooperatsiya

prinsiplaridan tortib jazo masalalarigacha bo‘lgan munosabatlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri
qonunda nazarda tutilganligini ko‘rish mumkin. Xususan,

Kanadaning

“Kooperatsiyalar to‘g‘risida”gi qonuni (Cooperatives Act) 8-moddasida kooperativlar
uch kishidan kam bo‘lmagan jismoniy shaxslar yoki ikkitadan ortiq yuridik shaxslar
birlashmasidan iborat bo‘lishi belgilangan. 16 yoshga to‘lmagan, muomala layoqatiga
ega bo‘lmagan yoki bankrotlik maqomi mavjud jismoniy va yuridik shaxslar
kooperatsiyalarga a’zo bo‘la olmaydi.

Janubiy Koreya

qonunchiligida agar a’zo bir yildan ortiq muddat

kooperativdan foydalana olmagan bo‘lsa, shuningdek, u sarmoyalarni to‘lash,
xarajatlarni taqsimlash yoki kooperativ oldidagi boshqa majburiyatlarni bajarmagan
taqdirda, kooperativdan chiqarib yuborilishi mumkinligi nazarda tutilgan.

Yaponiya

kooperativ qonunchiligida ham muayyan vaqt davomida kooperativ xizmatlaridan
foydalanmagan a’zolar Bosh organ tomonidan chiqarilishi mumkinligi belgilangan.

Shuningdek, xorijiy davlatlarda kooperativlarni ro‘yxatga olishning turli

muddatlari o‘rnatilgan. Masalan, bu muddat 15 kun (Kanada), 30 kun (Filippin), 2
oydan (Yaponiya) olti oygacha (Hindiston va Indoneziya) bo‘lgan davrlarni tashkil
qiladi.

Xalqaro amaliyot kooperativ boshqaruv beshta element bo‘yicha tasniflanishi

lozimligini ko‘rsatadi. Bular bosh assambleya, boshqaruv raisi, ijroiya kengashi yoki
kuzatuv kengashi, taftish, qo‘mitalardan iborat. Jumladan,

Xitoyning

“Kooperatsiyalar

to‘g‘risida”gi qonuni (Cooperatives Act) 32-moddasida kooperatsiyani boshqarish
masalalari yoritilgan. Unga ko‘ra, kooperativda kamida uchta direktor va uchta


background image

47

nazoratchi bo‘lishi kerak va ular a’zolarning qurultoyida a’zolar orasidan saylanadi.
Direktorlar va nozirlar uch yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga o‘z lavozimlarini
egallaydilar va agar qonun yoki ustavda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa,
ular qayta saylanish huquqiga ega.

Filippinning

Kooperativ kodeksida (Cooperative code of Philippines)

kooperativning ichki ishiga xalaqit beradigan davlat amaldorlari ham kooperativ
qonunchilikni buzgan huquqbuzarlik subyektlari sifatida keltirilgan. Ushbu qoida
kooperativlar ishiga siyosiy va byurokratik aralashuvni oldini olishga qaratilgan bo‘lib,
ko‘plab davlatlar uchun namuna bo‘la oladi.

Yuqoridagilarga ko‘ra, kooperativlar faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik

hujjatlarini takomillashtirish maqsadida quyidagilar taklif etiladi:

1.

“Kooperatsiya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonunini

yangi tahrirda ishlab chiqish, qonunning yangi tahrirdagi loyihasida quyidagilarni
nazarda tutish taklif etiladi:

-

qonunning

maqsadini

belgilash,

kooperativ

tushunchasiga

uning

xususiyatlaridan kelib chiqib, ta’rif berish;

- barcha turdagi kooperativlar faoliyati uchun mas keluvchi kooperativ faoliyat

prinsiplarini (ixtiyoriy va ochiq a’zolik, a’zolarni demokratik boshqarish, foyda yoki
zararni qoplashda a’zolarning iqtisodiy ishtiroki va hissasi, biznesning avtonomligi,
mustaqilligi va a’zolari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning ochiqligi, kooperativlar
o‘rtasidagi hamkorlik va jamiyat uchun g‘amxo‘rlik) belgilash;

- kooperativga a’zolik, a’zolarning huquq va majburiyatlarini xalqaro

standartlarga moslashtirish;

- kooperativlarni davlat ro‘yxatidan o‘tish tartibi, taqdim qilinadigan hujjatlar

ro‘yxati, ro‘yxatdan o‘tish uchun belgilangan muddat, arizani rad etish asoslarini
qonun darajasida belgilash;

- xalqaro davlatlar tajribasidan kelib chiqib, kooperativ boshqaruvning umumiy

yig‘ilish, boshqaruv raisi, ijroiya kengash (kuzatuv kengashi) va taftishdan iborat
ekanligini hamda ularning faoliyati, vakolatlari va funksiyalarini belgilab qo‘yish;

- kooperativ mulk tarkibi, ulardan foydalanish tartibi, kooperativ aksiyalar,

a’zolarning mulkiy huquqlari va javobgarligi masalarini aks ettirish;

- amaldagi qonunchilikda mavjud bo‘lmagan kooperativning zahira fondini

shakllantirish, uni taqsimlash va foydalanish tartibini nazarda tutish;

kooperativ va uning a’zolari o‘rtasidagi nizolarni hal qilish bo‘yicha aniq

qoidalarni aniq belgilash, bunda sud rolini imkon qadar kamaytirish;

- kooperativ qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik masalalarini to‘g‘ridan-

to‘g‘ri belgilash;


background image

48

- kooperativning faoliyatini to‘xtatish va uni qaytadan tashkil etish masalalarini

takomillashtirish.

2.

Kooperativlarni turli sohalarda, jumladan, ishlab chiqarish, marketing,

kommunal xizmatlar, transport, kredit, sug‘urta, xizmat ko‘rsatish kabi sohalarda
rivojlanishi uchun huquqiy mexanizmlarni yaratish;

3.

Kooperativlarning

faoliyat

yuritishini

rag‘batlantiradigan

yoki

kooperativlardan a’zolarning manfaatdorligini oshiradigan mexanizmlarlarni
(soliqlardan, bojxona to‘lovlaridan ozod qilish, hukumat tomonidan imtiyozli kreditlar
berish) yaratish;

4.

Qonunchilikda a’zolarda o‘zaro ishonch munosabatlarini shakllantirishga

xizmat qiluvchi mexanizmlarni, jumladan quyidagilarni belgilab qo‘yish:

- foyda va zararning a’zolarning shaxsiy mehnati bilan ishtiroki yoki xo‘jalik

faoliyatdagi ishtirokini hisobga olgan holda ular o‘rtasida taqsimlanishi;

- faoliyatning oshkoralik asosida boshqarilishi, har bir a’zo, qo‘shgan mulkiy

hissasining miqdoridan qat’i nazar, bir ovozga ega bo‘lishi;

- faoliyat to‘g‘risidagi axborotlarni uning barcha a’zolari uchun ochiq bo‘lishi.

5.

Kooperatsiyalar faoliyatiga oid statistik ma’lumotlarning ochiqligi,

shaffofligini ta’minlash;

6.

Kooperatsiyalar va ularning ahamiyati to‘g‘risida aholi, jumladan tadbirkorlar

xabardorligini oshirish maqsadida turli targ‘ibot tadbirlarini amalga oshirish, Savdo-
sanoat

palatasi

tomonidan

tadbirkorlik

subyektlarini o‘qitish dasturlarini

kooperatsiyalarning ahamiyatiga oid materiallar bilan boyitish.

7.

Kooperatsiya ishtirokchilari bo‘lgan subyektlar, jumladan, fermer va dehqon

xo‘jaligi rahbarlari, tomorqa yer egalari yoki boshqa shu sohadagi tadbirkorlarning
huquqiy hamda biznes sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun maxsus
elektron platforma faoliyatini yo‘lga qo‘yish;

8.

Qishloq xo‘jaligi sohasini boshqaruv tashkilotlarining kooperatsiyalar

faoliyatiga aralashuvlarini cheklash;

9.

Tadbirkorlik subyektlarining umumiy faoliyatlarini birlashtirib, ularni

kooperatsiya asosida faoliyat yuritishi afzalligini asoslab beradigan, shuningdek,
birlamchi tashkiliy tuzilmalar o‘rtasida iqtisodiy hamkorlik munosabatlarini
o‘rnatishga yordam ko‘rsatadigan nodavlat tuzilmalar faoliyatini rag‘batlantirish;

10.

Paxta-to‘qimachilik klasterlarini moliyalashtirish, ularga kreditlar

ajratishning amaldagi tartibini takomillashtirish;

11.

Sanoat kooperatsiyalari faoliyati sohasida:

- yirik sanoat tarmoqlarida xususiylashtirishni 2 barobarga oshirish;


background image

49

- xo‘jalik subyektlarining xalqaro bozorlarga chiqish imkoniyatlarini

kengaytirish;

- kooperatsiyalarga a’zolikni rag‘batlantiradigan iqtisodiy mexanizmlarni

kafolatlash;

- xorijiy mamlakatlar bilan sanoat kooperatsiyalarini tashkil etishning uzoq

yillarga mo‘ljallangan strategiyalarini ishlab chiqish;

- mahalliylashtirish dasturlarini ishlab chiqish hamda investitsion loyihalarni

amalga oshirishda hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanganlik holatidan kelib
chiqib yondashish;

- ishlab chiqarish korxonalarini mahalliylashtirish dasturiga kiritishdagi

jarayonlarni soddalashtirish;

- hududlarda kooperatsiyalar faoliyat yo‘nalishlaridan kelib chiqib, ishlab

chiqarish infratuzilmalarini rivojlantirish;

- qishloq xo‘jaligi va sanoat korxonalari kooperatsiyasini bog‘laydigan tizimni

ishlab chiqish;

- ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish sohalari o‘rtasida kooperatsiyalarni

kengaytiradigan va rag‘batlantiradigan mexanizmlarni takomillashtirish;

- Elektron kooperatsiya birjasi portali imkoniyatlarini kengaytirish.

12.

Aholi bandligini ta’minlash sohasida:

-

barcha turdagi kooperativlarga a’zo shaxslar uchun yagona ijtimoiy to‘lovlar

to‘lab borilishi talabini belgilash;

- ijtimoiy kontraktlarning bekor qilish asoslarini qayta ko‘rib chiqish;
- Davlat mablag‘lari hisobidan band bo‘lmagan aholiga berilayotgan

subsidiyalarni yetakchi tadbirkorlar tomonidan o‘zlashtirilishini oldini olish maqsadida
kooperatsiyalarni tugatish asoslarini takomillashtirish.

Mazkur takliflarning amaliyotga joriy qilinishi natijasida, avvalo, iqtisodiyotda

kooperatsiyalar ulushini oshadi, kooperatsiyalarning kooperativ tamoyillariga muvofiq
faoliyat yuritishi hamda a’zolarning kooperativga a’zolikdan manfaatdorligi
ta’minlanadi, samarali kooperativ boshqaruv joriy etiladi, kooperativ mulkdan
maqsadli foydalanish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

Bu esa tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida o‘zaro raqobat muhitini shakllantiradi,

ular tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilaydi, har bir sohada (qishloq
xo‘jaligi, sug‘urta, xizmatlar ko‘rsatish va h.k) samaradorlik ko‘rsatkichlarini oshiradi,
chakana narxlarni pasaytiradi va mamlakatning eksport salohiyatini oshiradi.
Shuningdek, ijtimoiy jihatdan kooperatsiyalarning keng ko‘lamli faoliyati orqali aholi
bandligi ta’minlanadi, kam ta’minlangan, ishsiz fuqarolarni ijtimoiy jihatdan qo‘llab-
quvvatlanadi.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов