GAYBULLA SALOMOV AND UZBEK SCHOOL OF TRANSLATION 13 dekabr
94
O’ZBEK TARJIMA MAKTABINING SHAKLLANISHIDA G.T.
SALOMOV TA’LIMOTI
https://doi.org/10.5281/zenodo.7481909
Homidjonova Fotima Bahromjon qizi
O’zDJTUIngliz tili 3-fakulteti 2- bosqich talabasi
Tashkent, O’zbekiston
Karimov Ulug‘bek Nusratovich
filologiyafanlari bo’yichafalsafa doktori (PhD)
Annotatsiya:
Ushbu maqolada o ’zbek tarjima maktablarining taraqqiyot
bosqichi va uning rivojlanishiga hissa qo’shgan ko’plar olimlar orasida salmoqli
o’rin tutadigan tarjimashunos olim G.T.Salomovning o’zbek tarjima maktabining
shakllanishida olib borgan izlanishlari bayon etiladi.
Kalit so’zlar:
Tarjimashunoslik, monografiya, fonetika, semantik, tadqiqot.
Bugungi kunda xalqlarning bir-biri bilan o'zaro siyosiy, iqtisodiy, ilmiy va
madaniy hamkorligi borgan sari kuchayib bormoqda. Bu kabi aloqalarni tarjimasiz
tasavvur qilib bo’lmaydi. Shuning uchun tarjimaning ahamiyati jamiyat hayotida
muhim o’rinni egallaydi. Tarjimaga xalqlarni bir-biriga bog’lab turadigan, fan va
madaniyatni rivojlantiradigan vosita deb ham qaraladi. Umuman olganda, tarjima
millatlararo muloqotning eng muhim ko’rinishi. Quyoshsiz yer yuzida hayot
bo’lmagani kabi, tarjimasiz turli xalqlarning o’zaro aloqasi taraqqiy etmaydi.
“Boshqa xalqlar hayotidan voqif bo’lmaslik, g’ofillik milliy mahdudlikka olib keladi
”. [1] Zamon o’zgarishi bilan tarjimaga boTgan talablar ham o’zgarib boradi. Ammo
uning maqsadi o‘zgarmaydi. “Tarjimaning taraqqiy etishi va rivojlanishi har bir
xalqning ma’naviy va ma’rifiy darajasiga bogTiq va, o‘z navbatida, u millatning
ijtimoiy tafakkuriga samarali ta’sir etadi. Tarjima aslida so’zni bir tildan ikkinchi
tilga o’zgartirish jarayonidir. Tarjima faqatgina nusxa ko‘chirish emas, tarjimonning
estetik ehtiyoji uning ixtiyoridan tashqari, tarjimada iz qoldiradi. Agar yozuvchi
hayotda ko’rgan-kechirgan mushohadalarini tilde badiiy ifodalasa, tarjimon asl
GAYBULLA SALOMOV AND UZBEK SCHOOL OF TRANSLATION 13 dekabr
95
matnini yangi til vositasida qayta jonlantiradi”[2] Buning uchun u asarda ifodalangan
voqealarni muallif bilan bir qatorda puxta bilishi kerak. Har bir xalq adabiyotining
rivojlanishida tarjimachilikning ta’siri yuqori bodadi. Zero, tarjima tarixi adabiyot
tarixi bilan tengdosh demakdir. “O‘zbek adabiyotida ham tarjimaning o’rni beqiyos
va u qadimdan rivojlanib kelgan. Tarjimashunoslik sohasida Mahmud Qoshg‘ariy,
Rabg‘uziy, Navoiy, Bobur, Munis, Ogahiy va boshqa tarjimashunos adiblarimizning
ijodi salmoqli o‘rin egallaydi.
Buyuk olimning sa’y-harakatlari sababli tarjimashunoslik ikkita ma’noni
o’xshatish emas, balki o’zbek tilining naqadar boy va imkoniyatlarining ko’pligi
isbotlab berildi. O‘zbekistonda tarjimashunoslik maxsus ilm-fan sifatida o‘tgan
asrning 2-yarmidan shakllana boshladi. O‘zbek tarjimashunosligi, asosan, adabiy
yo‘nalishda taraqqiy etgan. Professor J. Sharipov tadqiqotlariga ko’ra adabiyotimiz
tarixida tarjimaning o‘rnini beqiyos ekanligi ko’rsatildi. Komilov esa mumtoz
janrlarning o‘tmish va hozirdagi tarjimalarini tadqiq etdi. O’zbek tarjima maktabi
o’zining ko’p yillik tajriba va ko’nikmalariga ega. Xususan, yurtimizda bu sohada
amalga oshirilayotgan ishlarning ko’lami keng. O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi,
turli oliy ta’lim muassalarida tarjima haqida davra suhbatlari, bahs va munozaralar
tashkil etilmoqda. Bu kabi davra suhbatlarini tshkil qilishdan maqsad
tarjimachilikning yutuq va kelajakda undagi kamchiliklarni bartaraf qilishdan iborat.
Bu davrga kelib tilshunos va adabiyotshunos olimlarning tarjima nazariyasi talqiniga
bag‘ishlangan tadqiqotlari e’lon qilindi. XX asrning oltmishinchi yillarida N.
Vladimirova, J. Sharipov, G‘. Salomov, Yu. Po‘latov, J. Bo‘ronov, A. S. Aznaurova,
A. Abduazizov, Q. Musayev, G. G‘afurova, S. Salomova, N. Komilov singari
tarjimashunos olimlar tomonidan yaratilgan ilmiy tadqiqotlar O‘zbekistonda ham
tarjima nazariyasi borasida keng ko‘lamda izlanishlar olib borilganidan dalolatdir”.
[3]
Shuningdek, Tarjimashunos olim, publitsist, O‘zbekiston Respublikasida
xizmat ko‘rsatgan fan arbobi filologiya fanlari doktori, professor G‘aybulla as-
GAYBULLA SALOMOV AND UZBEK SCHOOL OF TRANSLATION 13 dekabr
96
Salom asl nomi Salomov G‘aybulla Tojiddinovich, asosan, zamonaviy
tarjimashunoslik masalalari bilan shug‘ullanib, tarjima jarayoniga til hamda adabiy
an’analarning ta’sirini g’oyatda ochiq ko‘rsatib berdi. “Tarjima nazariyasining
lingvistik tamoyillarini yaratishda professor A. V. Fedorov tadqiqotlarini davom
ettirib tarjimashunoslik rivojiga ulkan hissa qo’shdi. Olimning 1966-yilda nashr
qilingan “Til va tarjima” monografiyasi O‘zbekistonda tarjima nazariyasi fanining
keyingi ravnaqiga katta hissa qo‘shdi. Olimning bu monografiyasida tarjimaning
asosini tashkil etadigan so‘z, uning fonetikasi, semantik va uslub xususiyatlari hamda
tarjima jarayonida sinonimlardan to’g’ri foydalanish kabi muammolar tahlil qilingan.
“Professor G’.Salomov Toshkent Davlat universitetining filologiya va jurnalistika
fakulteti huzurida tashkil etilgan Tarjima nazariyasi kafedrasiga rahbarlik qildi.
Ayniqsa, adibning “Tarjima tarixi”, “Tarjima nazariyasiga kirish”, “Umumiy tarjima
nazariyasi asoslari” kabi ko’plab o’quv qo’llanmalari yurtimizdagi oliy ta’lim
muassasalarida tarjima nazariyasi kursini o‘qitishda asosiy tayanch vazifasini
bajardi. Shundan so‘ng uning “Tarjima asoslari nazariyasiga kirish” singari
darsliklari ham chop etildi” [5]
Xulosa qilib aytganda, professor G‘aybulla Salomovning “Tarjima nazariyasiga
kirish” o’quv qo’llanmasi oliy o‘quv yurtlarida o’qiyotgan talabalar va
tarjimashunoslik bilan shug’ullanadigan va tarjima ilmi borasida nazariy tadqiqotlar
yaratishga kirishgan ilmiy xodimlar uchun ham dasturilamalga aylandi. Umuman
olganda, hozirgacha qilingan nazariy ishlar boy ijodiy amaliyotning faqat birinchi
qatlaminigina olib o’zlashtirdi. Badiy ijod, tarjima san’atining qalbiga chuqur kirib
borish, katta tarix, chuqur nazariy tadqiqotlar yaratish hamon kun tartibidagi vazifa
bo’lib turibdi. Bizda boshqa davlat vakillari bilan aloqa qilish va ularning badiiy
adabiyotidan foydalanish ehtiyoji bor ekan, tarjima va tarjimashunoslik sohasiga
doim talab katta bo’ladi. Shu maqsadda, tarjima maktablarini ko’paytirishimiz va
uning rivojlanishini moddiy va ma'naviy jihatdan qo’llab-quvvatlab, u yerda ish olib
borayotgan tarjimonlarimizning amaliy va nazariy bilimlarni egallashlariga har
tomonlama imkoniyat yaratib berishimiz kerak.
GAYBULLA SALOMOV AND UZBEK SCHOOL OF TRANSLATION 13 dekabr
97
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:
1.
Salomov G. Tarjima nazariyasdiga kirish. - Toshkent: “O’qituvchi”, 1978.18- bet.
2.
G.T.Salomov. Tarjima tashvishlari. -Toshkent: “G'afur G'ulom nomidagi
Adabiyot va san'ati nashriyoti-1983
3.
https://saviya.uz/iiod/adabiyotshunoslik/tariima-na-zariyasi-fan-sifatida
4.
O'zbekiston Respublikasi Oliy va O'rta Maxsus Ta'lim Vazirligi Sharqshunoslik
instituti. Ergash Ochilov.Tarjima nazariyasi va amaliyoti (o’quv qo’llanma)
Toshkent-2012.
5.
Ergash Ochilov.Tarjima nazariyasi va amaliyoti (o’quv qo’llanma) Toshkent -
2012.
6.
Султонова, Ш. М. "THE PHENOMENON OF PROFANITY IN THE
RELIGIOUS PHRASEOLOGISMS IN RUSSIAN AND UZBEK." Научный
вестник Наманганского государственного университета 8 (2020): 256-260.
7.
Sultanova,
Shokhista.
"THE
CONTENT-ESSENCE
OF
THE
UNDERSTANDING OF “TIME” AND THE HISTORY OF ITS
ORGANIZATION." Журнал иностранных языков и лингвистики 5.5 (2023).
