O’zbek tarjima maktabining shakllanishida G.T. Salomov ta’limoti

Аннотация

Ushhu maqolada о ’zhek tarjima maktablarining taraqqiyot bosqichi va lining rivojlanishiga hissa qo ’shgan ко ’plar olimlar orasida salmoqli o’rin tutadigan tarjimashunos olim G.T.Salomovning o’zbek tarjima maktabining shakllanishida olib borgan izlanishlari bayon etiladi.

Тип источника: Конференции
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
CC BY f
94-97
117

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Xомиджонова F., & Каримов U. . (2024). O’zbek tarjima maktabining shakllanishida G.T. Salomov ta’limoti . Гейбулла Саломов и узбекская школа перевода, 1(1), 94–97. https://doi.org/10.5281/zenodo.7481909
Фотима Xомиджонова, Узбекский государственный университет мировых языков
Студентка 2 ступени 3 факультета английского языка
Улугбек Каримов, Узбекский государственный университет мировых языков
доктор филологических наук (PhD)
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushhu maqolada о ’zhek tarjima maktablarining taraqqiyot bosqichi va lining rivojlanishiga hissa qo ’shgan ко ’plar olimlar orasida salmoqli o’rin tutadigan tarjimashunos olim G.T.Salomovning o’zbek tarjima maktabining shakllanishida olib borgan izlanishlari bayon etiladi.


background image

GAYBULLA SALOMOV AND UZBEK SCHOOL OF TRANSLATION 13 dekabr

94

O’ZBEK TARJIMA MAKTABINING SHAKLLANISHIDA G.T.

SALOMOV TA’LIMOTI

https://doi.org/10.5281/zenodo.7481909

Homidjonova Fotima Bahromjon qizi

O’zDJTUIngliz tili 3-fakulteti 2- bosqich talabasi

Tashkent, O’zbekiston

Karimov Ulug‘bek Nusratovich

filologiyafanlari bo’yichafalsafa doktori (PhD)

Annotatsiya:

Ushbu maqolada o ’zbek tarjima maktablarining taraqqiyot

bosqichi va uning rivojlanishiga hissa qo’shgan ko’plar olimlar orasida salmoqli
o’rin tutadigan tarjimashunos olim G.T.Salomovning o’zbek tarjima maktabining
shakllanishida olib borgan izlanishlari bayon etiladi.

Kalit so’zlar:

Tarjimashunoslik, monografiya, fonetika, semantik, tadqiqot.

Bugungi kunda xalqlarning bir-biri bilan o'zaro siyosiy, iqtisodiy, ilmiy va

madaniy hamkorligi borgan sari kuchayib bormoqda. Bu kabi aloqalarni tarjimasiz

tasavvur qilib bo’lmaydi. Shuning uchun tarjimaning ahamiyati jamiyat hayotida

muhim o’rinni egallaydi. Tarjimaga xalqlarni bir-biriga bog’lab turadigan, fan va

madaniyatni rivojlantiradigan vosita deb ham qaraladi. Umuman olganda, tarjima

millatlararo muloqotning eng muhim ko’rinishi. Quyoshsiz yer yuzida hayot

bo’lmagani kabi, tarjimasiz turli xalqlarning o’zaro aloqasi taraqqiy etmaydi.

“Boshqa xalqlar hayotidan voqif bo’lmaslik, g’ofillik milliy mahdudlikka olib keladi

”. [1] Zamon o’zgarishi bilan tarjimaga boTgan talablar ham o’zgarib boradi. Ammo

uning maqsadi o‘zgarmaydi. “Tarjimaning taraqqiy etishi va rivojlanishi har bir

xalqning ma’naviy va ma’rifiy darajasiga bogTiq va, o‘z navbatida, u millatning

ijtimoiy tafakkuriga samarali ta’sir etadi. Tarjima aslida so’zni bir tildan ikkinchi

tilga o’zgartirish jarayonidir. Tarjima faqatgina nusxa ko‘chirish emas, tarjimonning

estetik ehtiyoji uning ixtiyoridan tashqari, tarjimada iz qoldiradi. Agar yozuvchi

hayotda ko’rgan-kechirgan mushohadalarini tilde badiiy ifodalasa, tarjimon asl


background image

GAYBULLA SALOMOV AND UZBEK SCHOOL OF TRANSLATION 13 dekabr

95

matnini yangi til vositasida qayta jonlantiradi”[2] Buning uchun u asarda ifodalangan

voqealarni muallif bilan bir qatorda puxta bilishi kerak. Har bir xalq adabiyotining

rivojlanishida tarjimachilikning ta’siri yuqori bodadi. Zero, tarjima tarixi adabiyot

tarixi bilan tengdosh demakdir. “O‘zbek adabiyotida ham tarjimaning o’rni beqiyos

va u qadimdan rivojlanib kelgan. Tarjimashunoslik sohasida Mahmud Qoshg‘ariy,

Rabg‘uziy, Navoiy, Bobur, Munis, Ogahiy va boshqa tarjimashunos adiblarimizning

ijodi salmoqli o‘rin egallaydi.

Buyuk olimning sa’y-harakatlari sababli tarjimashunoslik ikkita ma’noni

o’xshatish emas, balki o’zbek tilining naqadar boy va imkoniyatlarining ko’pligi

isbotlab berildi. O‘zbekistonda tarjimashunoslik maxsus ilm-fan sifatida o‘tgan

asrning 2-yarmidan shakllana boshladi. O‘zbek tarjimashunosligi, asosan, adabiy

yo‘nalishda taraqqiy etgan. Professor J. Sharipov tadqiqotlariga ko’ra adabiyotimiz

tarixida tarjimaning o‘rnini beqiyos ekanligi ko’rsatildi. Komilov esa mumtoz

janrlarning o‘tmish va hozirdagi tarjimalarini tadqiq etdi. O’zbek tarjima maktabi

o’zining ko’p yillik tajriba va ko’nikmalariga ega. Xususan, yurtimizda bu sohada

amalga oshirilayotgan ishlarning ko’lami keng. O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi,

turli oliy ta’lim muassalarida tarjima haqida davra suhbatlari, bahs va munozaralar

tashkil etilmoqda. Bu kabi davra suhbatlarini tshkil qilishdan maqsad

tarjimachilikning yutuq va kelajakda undagi kamchiliklarni bartaraf qilishdan iborat.

Bu davrga kelib tilshunos va adabiyotshunos olimlarning tarjima nazariyasi talqiniga

bag‘ishlangan tadqiqotlari e’lon qilindi. XX asrning oltmishinchi yillarida N.

Vladimirova, J. Sharipov, G‘. Salomov, Yu. Po‘latov, J. Bo‘ronov, A. S. Aznaurova,

A. Abduazizov, Q. Musayev, G. G‘afurova, S. Salomova, N. Komilov singari

tarjimashunos olimlar tomonidan yaratilgan ilmiy tadqiqotlar O‘zbekistonda ham

tarjima nazariyasi borasida keng ko‘lamda izlanishlar olib borilganidan dalolatdir”.

[3]

Shuningdek, Tarjimashunos olim, publitsist, O‘zbekiston Respublikasida

xizmat ko‘rsatgan fan arbobi filologiya fanlari doktori, professor G‘aybulla as-


background image

GAYBULLA SALOMOV AND UZBEK SCHOOL OF TRANSLATION 13 dekabr

96

Salom asl nomi Salomov G‘aybulla Tojiddinovich, asosan, zamonaviy

tarjimashunoslik masalalari bilan shug‘ullanib, tarjima jarayoniga til hamda adabiy

an’analarning ta’sirini g’oyatda ochiq ko‘rsatib berdi. “Tarjima nazariyasining

lingvistik tamoyillarini yaratishda professor A. V. Fedorov tadqiqotlarini davom

ettirib tarjimashunoslik rivojiga ulkan hissa qo’shdi. Olimning 1966-yilda nashr

qilingan “Til va tarjima” monografiyasi O‘zbekistonda tarjima nazariyasi fanining

keyingi ravnaqiga katta hissa qo‘shdi. Olimning bu monografiyasida tarjimaning

asosini tashkil etadigan so‘z, uning fonetikasi, semantik va uslub xususiyatlari hamda

tarjima jarayonida sinonimlardan to’g’ri foydalanish kabi muammolar tahlil qilingan.

“Professor G’.Salomov Toshkent Davlat universitetining filologiya va jurnalistika

fakulteti huzurida tashkil etilgan Tarjima nazariyasi kafedrasiga rahbarlik qildi.

Ayniqsa, adibning “Tarjima tarixi”, “Tarjima nazariyasiga kirish”, “Umumiy tarjima

nazariyasi asoslari” kabi ko’plab o’quv qo’llanmalari yurtimizdagi oliy ta’lim

muassasalarida tarjima nazariyasi kursini o‘qitishda asosiy tayanch vazifasini

bajardi. Shundan so‘ng uning “Tarjima asoslari nazariyasiga kirish” singari

darsliklari ham chop etildi” [5]

Xulosa qilib aytganda, professor G‘aybulla Salomovning “Tarjima nazariyasiga

kirish” o’quv qo’llanmasi oliy o‘quv yurtlarida o’qiyotgan talabalar va

tarjimashunoslik bilan shug’ullanadigan va tarjima ilmi borasida nazariy tadqiqotlar

yaratishga kirishgan ilmiy xodimlar uchun ham dasturilamalga aylandi. Umuman

olganda, hozirgacha qilingan nazariy ishlar boy ijodiy amaliyotning faqat birinchi

qatlaminigina olib o’zlashtirdi. Badiy ijod, tarjima san’atining qalbiga chuqur kirib

borish, katta tarix, chuqur nazariy tadqiqotlar yaratish hamon kun tartibidagi vazifa

bo’lib turibdi. Bizda boshqa davlat vakillari bilan aloqa qilish va ularning badiiy

adabiyotidan foydalanish ehtiyoji bor ekan, tarjima va tarjimashunoslik sohasiga

doim talab katta bo’ladi. Shu maqsadda, tarjima maktablarini ko’paytirishimiz va

uning rivojlanishini moddiy va ma'naviy jihatdan qo’llab-quvvatlab, u yerda ish olib

borayotgan tarjimonlarimizning amaliy va nazariy bilimlarni egallashlariga har

tomonlama imkoniyat yaratib berishimiz kerak.


background image

GAYBULLA SALOMOV AND UZBEK SCHOOL OF TRANSLATION 13 dekabr

97

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:

1.

Salomov G. Tarjima nazariyasdiga kirish. - Toshkent: “O’qituvchi”, 1978.18- bet.

2.

G.T.Salomov. Tarjima tashvishlari. -Toshkent: “G'afur G'ulom nomidagi

Adabiyot va san'ati nashriyoti-1983

3.

https://saviya.uz/iiod/adabiyotshunoslik/tariima-na-zariyasi-fan-sifatida

4.

O'zbekiston Respublikasi Oliy va O'rta Maxsus Ta'lim Vazirligi Sharqshunoslik

instituti. Ergash Ochilov.Tarjima nazariyasi va amaliyoti (o’quv qo’llanma)

Toshkent-2012.

5.

Ergash Ochilov.Tarjima nazariyasi va amaliyoti (o’quv qo’llanma) Toshkent -

2012.

6.

Султонова, Ш. М. "THE PHENOMENON OF PROFANITY IN THE

RELIGIOUS PHRASEOLOGISMS IN RUSSIAN AND UZBEK." Научный

вестник Наманганского государственного университета 8 (2020): 256-260.

7.

Sultanova,

Shokhista.

"THE

CONTENT-ESSENCE

OF

THE

UNDERSTANDING OF “TIME” AND THE HISTORY OF ITS

ORGANIZATION." Журнал иностранных языков и лингвистики 5.5 (2023).

Библиографические ссылки

Salomov G. Tarjima nazariyasdiga kirish. - Toshkcnt: “O’qituvchi”, 1978.18- bet.

G.T.Salomov. Tarjima tashvishlari. -Toshkcnt: “G'afur G'ulom nomidagi Adabiyot va san'ati nashriyoti-1983

https://saviva.uz/iiod/adabivotshunoslik/tariima-na-zariyasi-fan-sifatida

O'zbekiston Respublikasi Oliy va O'rta Maxsus Ta'lim Vazirligi Sharqshunoslik instituti. Ergash Ochilov.Tarjima nazariyasi va amaliyoti (o’quv qo’llanma) Toshkent-2012.

Ergash Ochilov.Tarjima nazariyasi va amaliyoti (o’quv qo’llanma) Toshkent -2012.

Султанова, Ш. M. "THE PHENOMENON OF PROFANITY IN THE RELIGIOUS PHRASEOLOGISMS IN RUSSIAN AND UZBEK." Научный вестник Наманганского государственного университета 8 (2020): 256-260.

Sultanova, Shokhista. "THE CONTENT-ESSENCE OF THE UNDERSTANDING OF “TIME” AND THE HISTORY OF ITS

ORGANIZATION." Журнал иностранных языков и лингвистики 5.5 (2023).