GAYBULLA SALOMOV AND UZBEK SCHOOL OF TRANSLATION 13 dekabr
CHO‘LPON QALAMIGA MANSUB “QOR QO‘YNIDA LOLA”
HIKOYASINING KOREYS TILIGA TARJIMASIDA DINIY
REALIYALARNING BERILISHI
https://doi.org/10.5281/zenodo.7482054
D.
Ch.To‘raqulova
Doktorant Samarqand davlat chet tillari instituti
Annotatsiya:
Maqolada Cho‘lpon qalamiga mansub “Qor qo‘ynida lola”
hikoyasining koreys tiliga tarjimasida diniy realiyalar tarjimasi muammosi tahlil
qilindi.
Kalit so‘zlar
:
realiya, xos so‘z, transletiratsiya, ekvivalentlik, muqobil tarjima,
tarjima usuli.
Ma’lumki, diniy tarjimaning to‘laqonli chiqishida asliyat mansub xalqqa xos
so‘z va tushunchalar - realiyalar muhim rol o‘ynaydi. “Realiyalarga milliy taomlar,
kiyim-kechaklar, milliy cholg‘u asboblari, ro‘zg‘or anjomlari, nomlar, tahalluslar,
laqablar, shahar, qishloq xususiyatlari, me’morchilik, geografik nomlar, tabiat
manzaralari, hayvon va o‘simliklarning nomlari, daraja, unvon, tabaqa va boshqa
bo‘linishlarni ifodalovchi so‘zlar, muassasalar, tashkilotlar, diniy marosimlar va
boshqa etnografik belgilarni bildiruvchi so‘z va iboralar kiradi”[1]. Tarjimon asarni
tarjima qilish jarayonida, asarning milliy o‘ziga xosligini saqlash tarjimondan
nafaqat asliyatning tilini mukammal darajada bilishi, balki, o‘sha tilda so‘zlovchi
xalq o‘tmishi, bugunu, dini, madaniyati, adabiyoti, turmush tarzi, an’ana va urf-
odatlaridan ham yetarli darajada habardor bo‘lishni taqazo etadi.
XX asr o‘zbek hikoyaridan mutoola qilar ekanmiz, ularda imon va e’tiqod
masalalarining keng yoritilganligining guvohi bo‘lamiz. Tabiiyki bu mavzudagi
asarni bir tildan, ikkinchi bir tilga tarjima qilish oson emas. Ayniqsa islom diniga
mansub adiblarning bu mavzudagi asarlarini, koreys kitobxonlariga tushunarli, aniq
va ravshan qilib yetkazish shu bilan birga koreyscha tarjimada ularning asl
mazmunini, milliy o‘ziga xosligini saqlash o‘ta mashaqqatli ish bo‘lib, tarjimondan
GAYBULLA SALOMOV AND UZBEK SCHOOL OF TRANSLATION 13 dekabr
yuksak ma’suliyat va jiddiy mehnatni talab qiladi. O‘zbek adabiyoti namunalarini
koreys tiliga tarjima qilish mustaqillik yillaridan so‘ng rivojlana boshladi va bu
tarjimalar asosan to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘zbek tilidan koreys tiliga tarjima qilingan
bo‘lib, ushbu maqolada asliyat va koreyscha tarjimalari qiyosiy o‘rganiladi. O‘zbek
adiblari hikoyalaridagi diniy realiyalarning koreys tilida qanday aks etganligini
tahlilga tortar ekanmiz, ayni paytda mazkur tarjimalarning yutuq va kamchililariga
ham to‘xtalib o‘tamiz.
Diniy realiyalarni to‘g‘ri aks ettirishning asosiy me’zoni ularning uslubiy
vazifasini, to‘g‘ri aniqlashdan iborat. Shuning uchun tarjimon, eng avvalo matn
mohiyatini o‘qib har bir so‘zning mazmuniy va uslubiy salmog‘ini anglay olishi
lozim. Agar realiyalar mazmuniy va uslubiy jihatdan asosiy vazifani bajarsa, va
kitobxonning diqqat-e’tiborida tursa ularni tarjima qilishning eng qulay yo‘li
transletiratsiyadir
. “Transletiratsiya qollanilishi tarjima tilida realiyalarga to‘g‘ri
ekvivalentlarning yo‘qligi bilan izohlanadi. Bu hol, birinchidan, ikki xalqning tarixiy
taraqqiyot yo‘llari va hayotining iqtisodiy-ijtimoiy shart-sharoitlari turlicha
bo‘lganligi, ikkinchidan realiyalarning ko‘p ishlatilishi, tarjima tili ularni hazm qila
olmasligi va o‘quvchi uchun realiyalar ajib tushunmovchiliklar keltirishi bilan
tushuniladi”[2].
Transletiratsiya qilingan diniy realiyalar tarjima qilinayotgan tilni boyitishga
xizmat qiluvchi omillardan hisoblanadi. Biroq, tarjimada bunday usulda berilgan
realiyalarga tarjimon tomonidan izoh keltirilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. Koreys
tilida islom diniga xos realiyaning o‘rnini bosadigan munosib so‘z va tushunchalar
yo‘qligi sabab, bu borada tarjomonlarimiz realiyalarni transletiratsiya yo‘li bilan
tarjima qilib, ularga izoh berish usulidan foydalanganlari ma’qul.
Realiyalar tarjimasi tarjimashunoslikning muhim masalalaridan bo‘lib, hozirga
qadar u umumiy aspekt sifatida o‘rganib kelinadi. Realiyalar tarjima jarayonida eng
ko‘p muammo tug‘dirgani holda, tarjimashunoslikda eng kam o‘rganilgan
ko‘rinishlaridan biri diniy tushunchalar bo‘lib, ushbu maqolada ularning tarjimada
berilishini XX asr hikoyalaridan Abdulhamid Cho‘lpon qalamiga mansub bo‘lgan
“Qor qo‘ynida lola” hikoyasining falsafa fanlari doktori Viktoriya Kim tomonidan
GAYBULLA SALOMOV AND UZBEK SCHOOL OF TRANSLATION 13 dekabr
amalga oshirilgan tarjimalarini qiyosiy o‘rganish orqali ko‘rib chiqamiz.
Asliyat:
Bor-yo‘g‘ini qarzig‘a sotib berganidan so‘ng, juda
so‘fi
bo‘lib
eshonX
arnikida
chuvalashib qolg‘on edi. Uyga kelgandan so‘ng ham bir qoshiq
quyuq-suyug‘i bo‘lsa totinib, malla
joynomoz
ning
ustiga chiqib o‘lturub, qahrabo
tasbeh
ni
necha davr aylantirib “vazifa” larini o‘qur, so‘ngra to yarim kechagacha
ho‘ngur-ho‘ngur yig‘lar edi [3].
Koreys tilidagi tarjimasi:
^^ #7| °|°Н £^ AS’M ШЛ
£й/
(
s
h
^F#
S ^b А^И Ж
о/я
aq|Ai E¥<
О
Щ жл °;^^
.
л
A
^£
AH¥E
O
|^
ЗА
AA АН MA ЗА ШЧ
[5]
(Pijil kapgi viheso mo‘dn chesanil palgo
so‘pi
(allaril chal midnin saram)ga
tveo
imam
chibeso kinmuril xamyo chinego isotta. Ki saramin sebyokputo imam
chibe kaso chonyok nikke chibe to‘ravatta. Chibe vado imshik chogim mokko
achimkachi allaege kido ‘ril xamyo
mani urotta).
Koreyschadan o‘zbek tiliga arjimasi:
Qarzi ko‘pligi tufayli barcha
narsalarini sotib
so‘fi
bo‘lib imom uyida ishlab yurar edi. Bu odam saharlab
imom
ning
uyiga kelib kech tushganda uyiga qaytib kelar edi.
Tahlil:
Ushbu jumlada keltirilgan so‘fi so‘zi
№l
deb transletiratsiya usuli orqali
tarjima qilingan lekin, bu so‘z qanday ma’no anglatishi to‘g‘risida hech qanday
ma’lumot keltirilmagan. Agar tarjimon havolada, o‘zbek tilining izohli lug‘atida
ta’rif berilganidek “So‘fi, masjidda azon aytuvchi kishi; muazzin”[4] deb ta’rif berib
o‘tganida edi koreys kitobxoni uchun tushunarli tarjimani bera olgan bo‘lar edi.
Tarjimada “Dindorlar orasida ma’lum obro‘ qozongan ruhoniy, din peshvosi”
[4] ma’nosiga ega bo‘lgan
“eshon”
so‘zi o‘girmasida ham so‘z tanlashda hatolikni
kuzatish mumkin. Ya’ni mutarjim tomonidan eshon so‘zi o‘rnida imom (namozda
jamoatning oldida turib, namozni boshqaruvchi, ularni o‘ziga iqtido ettiruvchi shaxs)
[4] so‘zi qollanilgan va u
[O/Sl
ko‘rinishida transletiratsiya yo‘li bilan o‘girilgan.
Islom diniga tegishli bo‘lgan diniy unvon nomlari hisoblanib, ular umuman bir biriga
GAYBULLA SALOMOV AND UZBEK SCHOOL OF TRANSLATION 13 dekabr
zid bo‘lgan vazifani amalga oshiruvchilardir. Ushbu jumla tarjimasi o‘z aksini
topmagan. Tarjimon havola orqali koreys kitobxoni uchun ta’rif berib o‘tganida edi
tarjima muvoffaqiyatli amalga oshgan bo‘lar edi.
Jumlaning tarjima variantida asl variantdagidan farqli ravishda o‘zgartirish
kiritilgan va erkin tarjima yo‘li bilan tarjima qilinib, ba’zi jumlalar tushurib
qoldirilib, asliyatda uchramaydigan so‘zlar qo‘shimcha qilib kiritilgan. Masalan:
malla
joynomoz
ning
ustiga chiqib o‘lturub, qahrabo
tasbeh
ni
necha davr aylantirib
“vazifa” larini o‘qur, so‘ngra to yarim kechagacha ho‘ngur-ho‘ngur yig‘lar edi.
Tarjimon ushbu jumlani qisqagina qilib u Allohga ibodat qilar edi va ko‘p yig‘lar
edi tarzida o‘girgan. Asliyatda keltirilgan joynamoz va tasbeh so‘zlari tushurib
qoldirilgan.
Tarjimashunoslikning hozirgi darajasi har qanday holatda ham imkon qadar
asliyatga muvofiq tarjima yaratish lozimligi haqidagi nuqtai nazarni qo‘llab
quvvatlaydi. Tahon tarjima amaliyotidagi ilg‘or tajribalarga asoslanib bu borada bir
to‘xtamga kelish - davr taqazosi. Zero, bir millat adabiyotini boshqa bir millat
yozuvchisiga aylantirish, uning asarini milliylashtirishdan adabiyot yutmaydi. Har
qanday yaxshi tarjima vatan adabiyoti rivojiga hizmat qiladi. Zero tarjima biror bir
mamlakatning tarixi, bugungi kuni, adabiyoti va tilini yoritib beruvchi san’atdir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Shirinova R.H. Diniy realiyalarni badiiy tarjimada qayta yaratishning ayrim
tamoyillari. - Toshkent :2002,17 b.
2.
Xamroyev H. Milliy so‘zlar- realiyalar va badiiy tarjima. -Toshkent: 1982. 159 b.
3.
A.Cho‘lpon. Hikoyalar. - Toshkent: Ziyo, 2019, 28 b.
4.
O‘zbek tilining izohli lug‘ati.O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi. - Toshkent:
Davlat ilmiy nashriyoti,620 b.
5.
XX аср ўзбек ҳикояларидан/ А.Алимбеков.-Тошкент: Адиб, 2014, 22 b.
6.
Султонова, Ш. М. "Муқаддас матнларда замон категориясининг
лингвомаданий хусусиятлари. Филол. фанлари бўйича PhD диссертацияси."
(2018).
