GAYBULLA SALOMOV AND UZBEK SCHOOL OF TRANSLATION 13 dekabr
162
TAOMNOMA VA MENYULARDAGI TAOM NOMLARINI
TARJIMA QILISH USULLARI
https://doi.org/10.5281/zenodo.7482104
Ne’matova Gulnozaxon Valijon qizi
O’zbekiston Milliy universitetining
2-kurs magistratura talabasi
F.f.d. dotsent
Odilova G.K.
Annotatsiya:
Ushbu maqolada taom nominantlarini tarjima qilishda tarjima
turlari,tarjima jarayonida qo’llaniladigan tarjima usularining vazifasi haqida tahlil
qilinadi.Ma’lumki bugungi kunda turizim , shu jumladan gastranomik turizim
kundan-kunga jadal rivojlanmoqda. Bu sohani rivojlanishida eng katta qiyinchilik -
bu taomlarning sarlavhalari yoki nomlari, ingredientlar nomlari hamda
"pazandachilik" leksemalarining tarjimasidir. Ko‘pincha bu leksemalar bir qator
ekvivalent
bo‘lmagan
birliklarga
tegishli
bo‘lib,
tarjima
jarayonini
murakkablashtiradi. Taom nomlarning ingliz tilida berilishini tahlil qilish, ularni
berilishiga oid tavsiyalar ishlab chiqish bugungi kunning dolzarb
muammolaridandir.
Tayanch so’zlar:
taom nomlari, tavsifiy tarjima tadqiqotlari, taom nomlarini
tarjima qilish protseduralari, tarjima transformatsiyalari.
So'nggi yillarda turizimning barcha jabhalari shu jumladan gastranamik turizm
kundan-kunga jadal rivojlanmoqda. Gastronomiya madaniyatning muhim qismi
sifatida tobora ko'proq e'tirof etilmoqda va taom boshqa odamlar va jamoalar bilan
muloqot qilish uchun ajoyib vosita sifatida namoyon bo'lmoqda. Turistlarni nafaqat
bizning go'zal inshoatlarimiz, tarixiy obidalarimiz balki og'izda qoluvchi unutilmas
ta'mlar
mujasam
bo’lgan
taomlarimiz
yordamida
ham
jalb
qilish
mumkin.Gastronomik turizmda xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish ko‘p jihatdan oziq-
ovqat mahsulotlari assortimentini adekvat tarjima qilishga, shuningdek, restoranlar
va umumiy ovqatlanish joylarida ingliz tilidagi matnlarga qo‘yiladigan til talablariga
bog‘liq. Milliy oshxona nomi nantlarini tarjima qilish metodologiyasini o‘rganish
GAYBULLA SALOMOV AND UZBEK SCHOOL OF TRANSLATION 13 dekabr
163
zamonaviy tarjimashunoslikning dolzarb masalalaridan biridir.
Ovqatlarning nomlari, milliy o'ziga xoslik belgilari sifatida, odamlarni nima
is’temol qilishlari bilan tasvirlash mumkin. Brillat-Savarin:”Menga nima
yeyayotganingizni ayting, men sizga kimligingizni aytaman”. Aforizm biz iste'mol
qiladigan oziq-ovqat kimligimizni aniqlab berishi mumkinligini aniq ko'rsatib berdi.
Aslida, har bir millat ma'lum bir taom bilan asotsatsiya qilinadi.Misol uchun Italiya
deganda
pitsa(pizza),
Yaponiya
sushi
ko’z oldimizga keladi.
An'anaviy taomlar ma'lum bir mintaqadagi qabilaning merosidir. Odatda
ma’lum bir mintaqada yashovchi insonlarni ovqat borasidagi tanlovlari ularning
yashash joylariga ham bog’liq. Har bir milliy taom o’zida taomning tarkibiy qismlari,
pishirish jarayoni, tashqi ko'rinishi va xizmat ko'rsatish ko'rsatkichlari o’zida ma’lum
bir falsafani aks etadi. Shunday qilib, restoran menyusida an'anaviy taomlarni taklif
qilish va uni boshqa tilga tarjima qilish oson jarayon emas, chunki u shunchaki bir
tildagi nomlarni boshqa tilga tarjima qilish emas,balki boshqa madaniyatdagi
kontseptsiyani kiritishdir.
Odatda tarjima nafaqat lingvistik faoliyat, balki madaniy faoliyat hamdir[1].
Bundan tashqari, Nida "Til tuzilishidagi farqlardan ko’ra tarjimon uchun
madaniyatlar o'rtasidagi farqlar tarjima jarayonida
qiyinchiliklar yuzaga
keltiradi”deb ta'kidlaydi.[2] Stovianova fikriga ko’ra menyularni tarjima
qilishda:transliteratsiya (transliteration,), o’zlashtirma (calque)
tarjimasi va
tavsiflovchi (descriptive)
tarjima usulari keng qo’llaniladi.
Taom retsepti tarjimasida sarlavha, ya’ni taom nominantining tarjimasi muhim
o’rin tutadi. Aslida, ko’pgina tilshunoslar taom nominantlarini milliy realiyalar
qatoriga kiritadilar [3].
Badiiy va sohaviy tarjima 6 ta tarjima usullariga bo’linadi va ular quyidagilar:
1.
Adekvat
(Adequate)
2.
Ekvivalent
(Equivalent;)
3.
Erkin
(Free)
4.
So‘zma-so‘z
(Word-for-word)
GAYBULLA SALOMOV AND UZBEK SCHOOL OF TRANSLATION 13 dekabr
164
5.
Tasviriy
(Descriptive)
6.
Mashina tarjimasi
(Machine translation)
Adekvat
tarjima uslubi, g‘oya va syujet jihatidan asl nusxaga imkon qadar yaqin
bo‘lgan tarjimadir. Adekvatlik nisbiy tushunchadir va tarjimalarda ko'pincha to'liq
adekvatlik emas, balki adekvatlik mezonlari mavjud.
Ekvivalent
tarjima - asarning umumiy ma’nosini uslub va gap tarkibidagi
o‘zgarishlar orqali yetkazishdir.
Erkin
tarjima - matnning asl uslubi va hajmidagi o'zgarishlar bilan ijodiy tarjima
qilinishiga nisbatan erkin tarjima deyiladi.
Mashina tarjimasi asosan tarjima dasturlari va elektron lug'atlar yordamida
amalga oshiriladigan tarjimadir.
Biroq, taomnomalar yaratishda taom nominantlarini shunchaki, transliteratsiya
qilishning o’zi yetarli emas. G. Odilova taom nomlari tarjimasi jarayonida 7 ta
transformatsiya usullaridan foydalanib menyu yoki taomnomalarni tog’ri tarjima
qilish mumkin deb takidlab o’tgan.
1.
Transkriptsiya va transliteratsiya
2.
Qisman transkriptsiya
3.
Izohli transkriptsiya
4.
Adaptatsiya
5.
Perefraza
6.
Generalizatsiya
7.
Konkretizatsiya
Transkriptsiya va transliteratsiya
: Mazkur usul bir tildagi taom
nominantining harf sostavini ikkinchi tilga olib o’tish va o’sha tilning fonetik
imkoniyatlariga moslashtirish usulidir. Bu usul bilan ikkinchi tilda muqobili
bo’lmagan milliy koloritga ega taom nominantlari tarjima qilinadi.Misol tariqasida
O’zbek milliy taomlar shohi
Palov
ingliz tilida
Pilaf
tariqasida, o’zbekcha Kabob-
Kebab,Somsa-Somsa,Cho’pon-Choban tariqasida ingliz tiliga transliteratsiya
qilinadi.
GAYBULLA SALOMOV AND UZBEK SCHOOL OF TRANSLATION 13 dekabr
165
Qisman transkriptsiya:
Bu usulda tarjima tilida mabjud mahsulot tarjima
qilinib , asliyat tiligagina tegishli bo’lgan taom nomi transkripsiya qilinadi. [4]
O’zbek tilidan inglizchaga tarjima qilingan taom nomlari
-Khasip soup
(Xasip
sho’rva)
pumpkin manti
(oshqovoq manti)
Fried pilaf
(qovurma palov),
Steamed
kebab
(bug’lama kabob),
Pilaf with quinces
(Bexili Palov)
Fried shavla
(qovurma
shavla),; Ingliz tilidan o’zbekchaga -
Mac and Cheese
(makaron va pishloq)
Liver and
bacon
(jigar va bekon),
Chicken fried steak
(qovurilgan jo’jali steyk).
Izohli transkriptsiya:
Bu tarjima usulida asosan milliy koloritga ega taom
nomlarini tarjima qilishda foydalaniladi. Bunda taom nomi qo’shtirnoq ichida
transkripsiya qilinib so’ng yoniga tarjima tilida taomda ishlatiladigan masaliqlar
nomi yozilishi orqali yasaladi. O’zbek tilidan inglizchaga - “Shirqovoq”
pumpkin
soup with milk,
“Chuchvara”
national beef dumplings
; “Xo’l norin”
thin noodles
soup,
“Sutli go’ja” -
corn and milk soup ;
Ingliz tilidan o’zbekchaga - “Frikadel”
yumoloq qiymali sho’rva,
“Jerki”
quritib dudlangan go ’sht;
Adaptatsiya:
Bu usul muayyan taomning tarjima tilida tayyorlanishi va
mahsulotlari tarkibi o’xshash boshqa tildagi ekvivalentini berish va yarim kalkalash
usuli bilan yasaladi[5]
.
O’zbek tilidan inglizchaga -
National ramen soup-
ugrali
sho’rva;
National dumplings
-chuchvara;
Onion flat bread
-piyozli qatlama; Ingliz
tilidan o’zbekchaga
Italyancha usulda tayyorlangan xonim
- Lazanya;
Perefraza
: I.R.Galperin perifrazaga «bir predmetning ma’lum bir xususiyatini
ko‘rsatish uchun uni boshqa nom bilan atashdir» deya ta’rif berib o’tgan. O’zbek
tilidan inglizchaga -
Rice and beef soup with soured cream
Mastava;
Boiled beef and
pasta
-Shilpildoq; Ingliz tilidan o’zbekchaga -
Ichiga sabzavot, sariyog’, limon
sharbati aralashtirib pishirilgan ziravorli krab
-Deviled crab,
pivoga to’yintirilgan
joja
-Drunken chicken kabi taom nomlarini perefraza orqali tarjima qilish mumkin.
Generalizatsiya
: O’zbek tilidan inglizchaga -
Kebab
-titrama
kabob;Pilaf-
to’g’rama palov; Ingliz tilidan o’zbekchaga -
Go’shtlipirog-Steak
and kidney pie;
Qovurma jigar
-Liver and onions.
Konkretizatsiya:
O’zbek tilidan inglizchaga
Meat broth with vegetables
-
GAYBULLA SALOMOV AND UZBEK SCHOOL OF TRANSLATION 13 dekabr
166
Qaynatma sho’rva;
Black eyed peas porridge-loviya
shavla. Ingliz tilidan
o’zbekchaga
Bulg’ori qalampirli do’lma
-Stuffed peppers;
Gaz pechida yopilgan
loviya
-Baked beans);
Par pechida pishirilgan cho’chqa son go’shti
-Steamed ham);
Sutli qaylaga aralashtirilgan jo’hori-Creamed
corn;
Tovuqli sendvich-Hot
chicken
sandwich;
Pechda pishirilgan qo’zi go’shti
-Roast lamb with mint sauce.
Xulosa o’rnida shu aytish mumkinki, taom nomlarini tog’ri tarjima qilishda
avvalam bor ikki tilda ham taom nomining yasalishi leksik-semantik xususiyatlarini
ko’rib chiqish lozim.Shundan so’ng taom va retsept va menyularni tog’ri tarjima
qilish mumkin.Taom nomlarini tarjima qilish jarayonida tarjima usullaridan
foydalanish juda muhim. Tarjima usullari tarjima sifatini oshirish va asliyat tilidan
tarjima qilinayotgan taomlarni asl ma’no -mazmunini saqlab qolish uchun yordam
beradi. Bu esa restoran menyulari va retsept kitoblari tog’ri tarjima qilinishiga
yordam beradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI:
1.
Odilova, Gulnozа PhD (2019) " Problems of translation and comparative
stylistic analysis of the Uzbek and English national food nominees," Philology
Matters: Vol. 2019 : Iss. 2 , Article 20
2.
Toury, G. (2004). Probabilistic Explanations in Translation Studies. Translation
Universals., p. 15-32
3.
Nida, E. (1964). Principles of Correspondence. In L. Venuiti, The Translation
Studies Reader, (p. 120). London: Routledge.
4.
Baker, M., & Saldanha, G. (2017). Routledge Encyclopedia of Translation
Studies. New York: Routledge.
5.
O'zbek taomlari. Anvar Madraximov “O’qtuvchi” NMIU 2019 ISBN 978-
9943-02-562-2
6.
Mahmudov Karim: O‘zbek tansiq taomlari. - Tashkent: Mehnat. 1989. - B.332.
7.
Sultanova,
Shokhista. "THE CONTENT-ESSENCE OF THE UNDERSTANDING
OF “TIME” AND THE HISTORY OF ITS ORGANIZATION." Журнал
иностранных языков и лингвистики 5.5 (2023).
