Значение народной медицины сегодня

CC BY f
372-373
1
0
Поделиться
Ешонбобоев, Ф., & Акбарходжаева, Ф. (2023). Значение народной медицины сегодня. Научные работы одарённой молодёжи и медицина XXI века, 1(1), 372–373. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/gifted-youth-medicine/article/view/26563
Ф Ешонбобоев, Ташкентский Педиатрический Медицинский Институт
Группа 103, Факультет медицинской педагогики
Ф Акбарходжаева, Ташкентский Педиатрический Медицинский Институт
Кафедра узбекского языка и литературы, русского и латинского языков
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Xalq tabobatiga e’tiborni oshirish va uning afzal tomonlarini anglab tushunush


background image

372

XALQ TABOBATINING HOZIRGI KUNDAGI AHAMIYATI

Eshonboboyev F., 103-guruh, Tibbiy pedagogika fakulteti

Ilmiy rahbar: Akbarxodjayeva F.A.

ToshPTI, O’zbek tili va adabiyoti, rus va lotin tillari kafedrasi

Mavzuning dolzarbligi.

Xalq tabobatiga e’tiborni oshirish va uning afzal tomonlarini anglab

tushunush.

Ishning maqsadi.

Xalq tabobatini o‘rganish va hayotga tadbiq etish.

Ishning amaliy ahamiyati.

Xalq qanchadan beri mavjud bo‘lsa, xalq tabobati ham shundan

buyon mavjud va xilma-xildir. Ularning asosiy maqsadi organizmning shaxsiy resurslarini safarbar
qilish, dorilarni kam miqdorda qo ‘llashdan iboratdir.

Tibbiyot san‘atining rivojlanishida Abu Ali ibn Sinoning “Tib qonunlari” asari alohida o‘rin

tutadi. Ushbu asar ko‘p asrlar davomida Sharqda bo‘lgan kabi G’arbda ham tibbiy bilimlarning asosiy
manbai bo‘ldi. Bu asarning 2-kitobida o'sha davrda o'simlik, hayvon va ma’danlardan olinadigan 800
dan ortiq dori-darmonlar ta’rifi, ularning davoli xususiyatlari va qo'llanish usullari bayon qilingan.
Ibn Sino O'rta Osiyo va Yaqin Sharq hamda O'rta Sharq mamlakatlaridan chiqadigan dori-
darmonlardan tashqari Hindiston, Xitoy, Yunoniston, Afrika, O'rta dengiz atrofi va boshqa joylardan
keltiriladigan ko'plab dori va moddalarni ham ko'rsatib o'tadi.

Zamonaviy tibbiyotda qo‘llanilayotgan katta miqdordagi sintetik preparatlarga qaramay,

shifobaxsh o'simliklar bilan davolash, Sharq mamlakatlaridagi kabi Yevropada ham keng
qo‘llanilmoqda. O‘simliklardan tayyorlangan vositalarni muvaffaqiyatli qo‘llash, ularning biologik
faoliyati, organizmga salbiy ta’siri yo‘qligi bilan afzal hisoblanadi

.

Masalan, yuvilgan petrushka

ko‘katini mayda to‘g‘rab, ildizini qirg‘ichning mayda tishidan o‘tkazing va to‘g‘ralgan petrushka
bilan aralashtiring. Hosil bo‘lgan bir stakan aralashmani sirlangan idishga solib, ustidan 2 stakan
qaynoq suv quying. So‘ng qopqoqni yopib, bir sutkaga olib qo‘ying. Har kuni ertalab yarim stakan
ana shu damlamadan iching. Bu giyox odamning organizmidagi barcha zararli moddalari siydik orqali
chiqarib tashlab, uni tozalaydi.

Piyoz bilan sarimsoqpiyoz alohida moddalar - fitosidlarga boy, ular esa mikroblarni o‘ldiradi,

shuning uchun kuzda hamda qishda aksirib va yo‘talib yurgan kishilarga yaxshi foyda beradi. Osiyo
yalpizi - ko'p yillik, tik o'suvchi, sertukli, qarama - qarshi shoxlangan, 60 -100 sm balandlikdagi poyali
o‘t o‘simlik. lyun - avgustda gullaydi, iyul-sentabrda mevasi yetiladi. O‘simlik gullagan vaqtida
poyasining yuqori qismidan 25-40 sm uzunlikda qirqib olinadi va soya, havo o‘tib turadigan joyda
quritiladi. Osiyo yalpizining hidi kuchli, xushbo'y, mazasi o'ziga xos o'tkir va sovutuvchi. Mahsulot
damlamasi spazmolitik, tinchlantiruvchi va o't haydovchi ta'siriga ega. Shu maqsadda O'zbekiston
Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi tibbiyot amaliyotida ishlatishga ruxsat bergan.

Olma ko'pchiligimizning eng sevimli mevalarimizdan biri. Bunga hayron qolmasayam bo'ladi,

chunki u nafaqat g'aroyib ta'mga ega shirin meva, balki shifobaxsh xususiyatga ega ne'mat hamdir.
Xalq tabobatining buyuk namoyondasi Abu Ali ibn Sino ham har kuni uxlashdan oldin bitta olma
yeyishni tavsiya etgan. Olma turli-tuman vitaminlar, mikroelementlar va boshqa foydali
moddalarning makoni hisoblanadi. Uning tarkibida

C, B1, B2 , P, E vitaminlari, karotin, kaliy, temir,

marganets, kalsiy, pektinlar, qand moddasi, organik kislotalar mavjud.

Hozirgi kunda xalq tabobati xalq zakovati bilan sug’orilgan juda boy va ulkan tajriba bilimlar

majmuasidir. U ilmiy (rasmiy) tibbiyotni yangi,

samarali

dorivor preparatlar bilan boyituvchi bitmas tuganmas manbadir. Xalq tabobatining bu sohadagi

qimmati,

tutgan

o’rni

bebahodir. Zamonaviy

tibbiyotda

qo’llaniladigan shifobaxsh o’simliklarni aksariyati o‘z vaqtida xalq tabobati dorivor vositalar
xazinasidan olinganligini yoki hozirgi zamon ilmiy tibbiyotining o’zi xalq tabobati asosida taraqqiy
etganini eslash kifoyadir.

Xulosa.

Yangi dorivor o’simliklarni izlab topishda xalq tabobati tajribasini o’rganishning

ahamiyati katta. Ibn Sino bobomiz aytganlaridek, kasallikni davolash emas uni oldini olish lozimdir.

Аdabiyotlar ro'yxati:

1.

Масаидова, Фарзона, and К. Турдиева. "Қамчибек кенжанинг “балиқ ови” ҳикоясининг
ғоявий хусусияти." Перспективы развития медицины 1.1 (2021): 643-644.


background image

373

2.

AKBARXODJAEVA, FERUZA ABDUGANIEVNA. "REQUIREMENTS FOR ADOPTED
TERMS IN THE FIELD OF MEDICINE." THEORETICAL & APPLIED SCIENCE
Учредители: Теоретическая и прикладная наука 9 (2021): 230-233.

3.

Рахматуллаев, А., and М. Эргашев. "Эндоскопическое трансуретральное лечение
первичного пузырно-мочеточникового рефлюкса высокой степени тяжести у детей:
эффективность и отдаленные результаты." Актуальные вопросы детской хирургии 1.1
(2023): 84-84.

Библиографические ссылки

Масаидова, Фарзона, and К. Турдиева. "Қамчибек кенжанинг “балиқ ови” ҳикоясининг ғоявий хусусияти." Перспективы развития медицины 1.1 (2021): 643-644.

AKBARXODJAEVA, FERUZA ABDUGANIEVNA. "REQUIREMENTS FOR ADOPTED TERMS IN THE FIELD OF MEDICINE." THEORETICAL & APPLIED SCIENCE Учредители: Теоретическая и прикладная наука 9 (2021): 230-233.

Рахматуллаев, А., & Эргашев, М. (2023). Эндоскопическое трансуретральное лечение первичного пузырно-мочеточникового рефлюкса высокой степени тяжести у детей: эффективность и отдаленные результаты. Актуальные вопросы детской хирургии, 1(1), 84. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/pediatric-surgery/article/view/25186

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов